Ana səhifə

Bargning ichki tuzilishi. G ‘o‘za bargining ichki tuzilishi misolida o‘rganis


Yüklə 0.78 Mb.
tarix24.06.2016
ölçüsü0.78 Mb.
5 sinf Botanika fanidan bir soatlik dars ishlanmasi

Mavzu. “Bargning ichki tuzilishi. G ‘o‘za bargining ichki tuzilishi misolida o‘rganis”
Texnologik xarita


Мavzu

Bаrgning ichki tuzilishi


Maqsad, vazifalar

Mаqsаd:O‘quvchilarni dars jarayonida barglarning ichki tuzilishi, hujayralarni, ularning vazifalarini g‘o‘za bargining ichki tuzilishi misolida o‘rgatish.
Vazifalar: O‘quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg‘otiladi, ular mavzu asosida kerakli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Mavzuga oid tarqatilgan topshiriqlarni yakka va guruh holatida o‘rganib, o‘zlashtirishga erishadilar. Suhbat-muhokama orqali o‘quvchilarning angi mavzuni qay darajada o‘zlashtirganligi nazorat qilinadi, ularning bilimi baholanadi.

O‘quv jarayonining mazmuni

Barg hujayrasi, uning organoidlarining o‘simlik hayotida biologik ahamiyati bilan tanishtirish orqali o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, estetik, ekologik va ahloqiy tarbiya berish. O‘quvchilarni barglarning hujayraviy tuzilishi, organoidlarning biologik ahamiyati haqidagi bilimlari, organoidlarning vazifalari, ularni bir-biridan ajratish, kuzatish va darslik ustida mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.

O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: Og‘zaki bayon qilish, “Hamkorlikda kichik guruhlarda ishlash”.

Shakl: Suhbat-muhokama, jamoa va kichik guruhlarda ishlash.

Vosita: O‘simlik barglari va ularning ichki tuzilishi tasvirlangan slayd va plakatlar, mikropreparatlar.

Usul: Tayyor slayd, plakatlar va mikropreparatlar asosida.

Nazorat: Og‘zaki nazorat, savol-javoblar, muhokama, kuzatish, o‘z-o‘zini nazorat qilish.

Baholash: Rag‘batlantirish, 5 balli tizim asosida baholash.

Kutiladigan natijalar

O‘qituvchi: mavzu qisqa vaqt ichida barcha o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladi. O‘quvchilarning faolligi oshadi. O‘quvchilarda darsga nisbatan qiziqish uyg‘onadi. Mavzuda o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalardan kelib chiqqan holda o‘quvchilar bilimi baholanadi. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi. O‘quvchilar og‘zaki va yozma axborotlarni mustaqil o‘rganish, uni xotirada saqlash, boshqalarga yetkazish, savol berish va savollarga javob berishga o‘rgatiladi.

O‘quvchi: yangi bilimlarni egallaydi. Yakka va guruh bo‘lib ishlash malakasiga ega bo‘ladi. Og‘zaki va yozma nutqi rivojlanadi. Eslab qolish qobiliyati (xotirasi) mustahkamlanadi.O‘z-o‘zini nazorat qilish, ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmasi shakllanadi. Qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumotga ega bo‘ladi. Jarayonni baholay oladi va munosabat bildiradi.

Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar)

O‘qituvchi:

Yangi pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtiradi va darsga tatbiq etib, takomillashtirishga erishadi. O‘z ustida ishlaydi. Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog‘laydi va solishtiradi. Pedagogik mahoratini oshiradi.



O‘quvchi:

Matn bilan mustaqil ishlashni o‘rganadi.O‘z fikrini ravon bayon qila oladi. Shu mavzu asosida qo‘shimcha materiallar topadi, ularni o‘rganadi.O‘z fikri va guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi.



Darsning borishi

I. Tashkiliy qism.

Guruh o‘quvchilari o‘zlarining guruh nomiga berib o‘tadilar.



Guruhlar I. Olma.

II. Shaftoli.

III. O‘rik.

IV. Anjir.

V. Uzum.

Olma - ra’noguldoshlar oilasiga mansub mevali daraxt. Xushbo‘y, shirin va nordon olmalar, yurakni quvvatli qiladi. Xalq tabobatida surinkali bod, tovush bo‘g ‘ilishi, kamqonlik, oshqozon – ichak yo‘lining yallig ‘lanishi kabi kasalliklar davolangan .

Sanoatda olmadan murabbo, djem, kompot, sharbatlar tayyorlanadi. Uy sharoitida olmadan, yoki dejimidan tayyorlan piroqlar juda mazali va to‘yimli bo‘lib ishtahani ochadi. Olmani o‘zidan tayyorlangan pirok gijjalarda va dizenteriyada foyda qiladi. Uning tarkibida inson salomatligi uchun zarur maddalar, temir moddasi bor.



Shaftoli - pishgan shaftoli me’da uchun yaxshi bo‘lib, ovqatga ishtaha tugdirish xusisiyati bor. Shaftolini ovqatning ustiga eyish yaramaydi, ovqatni ham buzadi o‘zi ham buziladi. Shuning uchun ovqatdan ilgari eyish zarur. Shaftolining bargidan olingan suvi quloqqa tomizilsa qurtlarni o‘ldiradi.

Uning yog‘i bosh yarmining og‘rishida, issiqdan va sovuqdan paydo bo‘lgan quloq og‘riqlarida foyda qiladi.

Shaftoli mevasi tajribada 15 % gacha qand, эfir moyi, pektin, karatinoidlar, organik kislotalar (olma, uzum, hin va limon) C,B vitaminlari, kaliy magniy va organizm uchun zarur bo‘lgan foydali moddalari bor.

O‘rik – Shaftolidan ko‘ra me’da uchun muvoffiqroqdir.

Mevasi yangiligida iste’mol qilinadi. Sanoatda ham oilada ham undan jem, sharbat, murabbo, kampot tayyorlanadi.

O‘riklar asosan quritiladi juda yaxshi bargak va turshak tushadi.

Xalq tabobatida yurak og‘riganda, xafaqon kasalligida o‘rik mag‘zidan choy ichish tavsiya qilinadi. Ivitilgan turshak isitmalarga foyda qiladi va qabiziyat oldi olinadi.

O‘rik mevasi tarkibida qandlar, pektin moddalar, organik kislotalar, karotin, C, PP vitaminlari bor.

Anjir - uning o‘ziga xos tabobati bor. Anjir shinnisining ta’siri asal ta’siriga o‘xshaydi.

Anjirdagi oziqlikning tig‘izligi garchi don va go‘shtlarnikidek bo‘lmasa ham, boshqa hamma mevalarning ovqatliligidan zo‘rdir.

Ho‘l va quruq anjir tutqanoq kasaliga foyda qiladi. Quloq osti shishlariga qo‘yib bog‘lansa ham foyda etkazadi, tomoq qirilishiga, ko‘krak va o‘pka yo‘llariga mos keladi. Sharbati sutni ko‘paytiradi.

Ho‘l anjir ayniqsa, agar maydalangan bodom bilan eyilsa, yumshatuvchi va (ichni) engil suruvchidir.

Xususan uni sutini ishlatilsa qumni chiqaradi.

Anjir mevasi tarkibida qand, organik kislotalar, C, B, B12 vitaminlari, provitamin A, oqsil pektin va mineral tuzlar bor.

Xalq tabobatida anjir qadimdan jigar, taloq va o‘pka shamollashida ishlatilib kelingan. Ilmiy medissinada keng foydalaniladi.

Uzum - tokdoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik chirmashib o‘sadigan o‘simlik. Uzilgandan keyin ikki yoki uch kun saqlangan uzum o‘sha kuni uzulganidan yaxshidir.

Yangi uzulgan uzum (ichni) dam qiladi. Asrab osib qo‘yilgan yaxshi oziqli bo‘lib badanni quvvatli qiladi.

Mayiz jigar va me’daning do‘stidir. Uzum va mayiz birgalikda ichak og‘riqlariga, yaxshi mayiz эsa buyrak va qovuqqa foyda qiladi.

Mevasia tarkibida 30% gacha, oqsil, pektin, B1, B2, B6, B, C, P, PP vitaminlari, karotin va mineral tuzlar bor. Tok barglarida ham organik kislotalar, C, P vitaminlari va 2% gacha qand bor.

Xalq tabobatida tok mevasi buyrak, qovuq, me’da, yurak, ichak-jigar kasalliklarini davolashda keng foydalaniladi.

Ilmiy medisinada uzumdan kamqonlik, surunkali bronxit kabi kasalliklarni davolashda ishlatiladi.


Yangi mavzuni o ‘rganish

O‘quvchilar guruhlarda yangi mavzuni o‘rganishdan oldin o‘tgan mavzu bo‘yicha tayyorlab kelishgan rangli qog‘ozlardan yasalgan bargchalarni ma’lum daqiqada poyada qarama-qarshi, ketma-ket, xalqada, murakkab barglar shaklida joylashtirishlari kerak. Guruhlar ishini tugatgandan keyin barglarni poyada joylashishini guruhdan bitta o‘quvchi tushuntirib beradi.


REJA:

  1. Barglarni ichki tuzulishini, bajaradigan vazifasiga mos kelishi.

  2. Barg hujayralari va organoidlari.

  3. Ularning tuzulishi va vazifalari.

  4. Bargdagi to‘qimalar.


Chaqiriq

  1. Bargning ichki tuzulishi deganda nimalar ko‘z oldingizga keladi.

  2. Barg nima uchun doimo yashil rangda.

  3. Barg tomirlari qanday vazifa bajaradi.

  4. Bargning эng muhim vazifalaridan biri.

  5. Barglarning эtini tuzulishi nimaga bog‘liq.

Yordamchi so‘z “Antotsion”.

Barglarning ichki tuzulishi, ularning bajaradigan vazifasiga bir muncha mos keladi.

Bargning tashqi sharoitga moslashuvchi organi эkanligi, uning ichki tuzulishida aniq ifodalangan. Bargning ichki tuzulishiga undagi ayrim organoidlarning tarkibi va ularning joylashishi tartibiga suv rejimi, yorug‘lik, harakat, shamol, tuproq sharoiti, dengiz sathidan balandlikda joylashishi va boshqa omillar sezilarli darajada ta’sir qiladi. Shuning uchun bargning ichki tuzulishi, hatto bir o‘simlikning o‘zida ham farq qiladi. Barg sirtining ham ostki, ham ustki tomoni эpidermis bilan qoplangan. Эpidermis hujayralari bargda suv bug‘lantirishni va havo almashinib turushni to‘g‘ri ta’minlab boradi. Bu hujayralar oraliqsiz zich joylashib, u bargni qurib qolishidan hamda tashqi fizik mexanik ta’sirlardan, shuningdek, bargning ichki hujayralari mezofillga mikroorganizmlarni kirishidan saqlaydi. Ayrim o‘simliklarni (piyoz boshi, begoniya, trodeskansiya) ustki эpidermis hujayralarida antotsion pigmentlari bo‘lib, bargni, barg bandini har-xil ranga bo‘yaydi. Barg эpidermisi xoh rangsiz, xoh rangli bo‘lsin o‘zidan bemalol quyosh эnergiyasini o‘tkazadi. Ostki эpidermis hujayralari orasida ko‘pgina ustiцalar joylashadi.

11

10

1. Epidermis. 2. Kollenxema hujayralari. 3. Ustunsimon assimilyasion to‘qima. 4. Bulutsimon assimilyasion to‘qima.5. Asosiy parenxema hujayralari. 6. Elaksimon naylar. 7. Floema qavatini qoplab turuvchi hujayra. 8. O‘tkazuvchi hujayralar. 9. Ajratuvchi hujayra. 10. Ustistsa (barg og‘izchasi). 11. Bezcha.


Ostki hamda ustki эpidermis orasida xlorofill donachalariga boy bo‘lgan mezofill deb ataladigan assimilyatsion to‘qimalar joylashgan. Ikki pallali o‘simliklarda mezofill hujayralar ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi. Bir necha qavat cho‘ziq barg sathiga perpendikulyar joylashgan hujayralar ustunsimon yoki polisat porenximasi deb ataladi. Bu to‘qimada xloroplast juda ko‘p bo‘lgani uchun barg ustki tomonidan to‘q yashil rangda ko‘rinadi.

Ustunsimon parenxima ostida bir oz yumaloqroq, turli shakldagi hujayralar joylashgan bo‘lib, ular g‘ovaksimon yoki bulutsimon parenxima deb ataladi. Bulutsimon parenxima hujayralari siyrak joylashgan, ya’ni orasida bo‘shliqlar bor.

Ustunsimon hujayralar esa ularda zich joylashganligi bilan farq qiladi. Bulutsimon parenximada xloroplastlar nisbatan kam, shuning uchun ham barg ostki tomondan och yashil rangda ko‘rinadi. Hujayra orasidagi bo‘shliqlar orqali havo va suv bug‘lari harakat qiladi. Keraksiz havo va suv ustitsa orqali atmosferaga chiqarilib yuboriladi. Bulutsimon to‘qima o‘zining yassi tomoni bilan ustunsimon to‘qimaga yopishib olib, unda tayyor bo‘lgan organik birikmalarni floemaga yetkazib beradi. Ikkala parenxima birgalikda asimiliyasion to‘qimani tashkil qiladi.

Bargning mikroskopik tuzulishi barg sathiga tushadigan yorug‘lik miqdoriga ham bog‘liq. Quyosh nuri yaxshi tushadigan yerdagi o‘simlik (yantoq, kungaboqar)lar barglarida bir yoki bir necha qavat ustunsimon parenximalar mavjud. Soyada o‘sadigan barglarda esa bulutsimon parenxima to‘qimalari hosil bo‘ladi. Bunday holatni hatto bitta o‘simlikning o‘zida ham kuzatish mumkin. Demak, oftobda o‘sadigan barglar soyada o‘sadiganlarga qaraganda 2-2,5 marta qalin bo‘ladi.

Ustunsimon parenxima quyosh energiyasining miqdoriga qarab, moslashuvchi organ hisoblanadi. Masalan, quyosh energiyasi ko‘p bo‘lsa, hujayradagi xlorofill donachalari o‘zining kichik sathi bilan quyoshga qarab kam nur oladi, agarda bunday energiya kamlik qilsa, yuzasi keng tomoni bilan quyoshga qarab yorug‘lik nurini ko‘proq oladi. Quyosh energiyasi haddan tashqari ko‘p bo‘lsa, xlorofill donachalari ustunsimon to‘qimaning tubiga tushib, yorug‘likdan qochadi. Yorug‘lik kamayganda esa aksincha, yuqoriga ko‘tariladi.

Barg assimilyasion to‘qimalari orasida tomir qismi – tolali nay bog‘lamlari bo‘lib, ksilema shu bog‘lamning ustki, floema esa ostki tomondan joylashadi. Ostida epidermis bilan qoplangan, u bargning tomir qismidan pastdan bir yoki ikki qavat kollenxima to‘qimasi joylashgan bo‘lib, u bargning elastiklik qobiliyatini oshiradi. Uning ostki qismida asosiy parenxima hujayralari bor va unda har-xil organik hamda anorganik moddalar to‘planadi. Shuningdek, bargda uni tik ushlab turuvchi va sinib ketishidan asrovchi mexanik to‘qima sklerenxima ham mavjud.
Yangi mavzu yuzasida o‘quvchilarda savollar tug‘uldi.


  1. Nima uchun piyozning po‘sti begoniya, trodiskansiya gullarining barglari har-xil rangda bo‘lishi nimaga bog‘liq?

  2. Bir urug‘ pallali o‘simliklar bargining tuzulishi ikki urug‘ pallali o‘simliklarning barg tuzulishidan qanday farq qiladi?

  3. Nima uchun archaning barglari doimo yashil?

  4. Ustitsalar hamma barglarda bo‘ladimi?


Yangi mavzuni test orqali mustahkamlash.

  1. Bargda qanday to‘qimalar bor?

  1. assimilyasion, mexanik, o‘tkazuvchi

  2. asosiy assimilyasion, mexanik, o‘tkazuvchi

  3. jamg‘aruvchi to‘qima, hosil qiluvchi

  1. Bargda qanday hujayralar bor?

  1. ustunsimon, bulutsimon,

  2. epiderma, parenxima, suv o‘tkazuvchi naylari

  3. barchasi to‘g‘ri

  1. Barg tomirlari qanday vazifa bajaradi?

  1. suv o‘tkazadi, bargni tashqi tomondan himoya qiladi

  2. ularda o‘tkazuvchi naylar bo‘lganligi uchun, suv unda erigan moddalarni o‘tkazadi

  3. unda mexanik to‘qima bo‘lganligi uchun barg etini mustahkam tutib turadi

  4. b va c javoblari to‘g‘ri.

  1. Oftobda o‘sadigan barglar soyada o‘sadigan barglarga qaraganda qanchalik bo‘ladi?

  1. 1-2 marta qalin

  2. 2-2,5 marta qalin

  3. 4-5 marta qalin

  1. Piyoz po‘stining qizilligi begoniya, trodeskansiya barglarining har-xil rangdaligi qanday pigmentga bog‘liq?

  1. antotsion

  2. plastidalar

  3. lekoplastlar


Uyga vazifa
Mavzuni mustahkamlash uchun o‘qish, bargning ichki tuzulishi rasmini chizish.

Faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi, eng faol guruh aniqlanib rag‘batlantiriladi.







Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət