Ana səhifə

Учебно-методический комплекс по "Зоологии беспозвоночных" подгатовленной на основе современной педтехнологии


Yüklə 1.78 Mb.
səhifə4/16
tarix24.06.2016
ölçüsü1.78 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16

Mavzu bo’yicha asosiy xulosalar: Shunday qilib sporalilar parazitlik qilib yashaydigan eng soda hayvonlardir.

Spora hosil qiluvchilar evolyusiya jarayonida har xil organlarga, to’qimalarga shunchalik moslashib qolganki, hozir organizmning shu organlarida, to’qimalarida va hujayralardagina parazitlik qila oladilar.

Sporalilarning ko’pchiligi ovqat hazm qilish sistemasi bilan bog’liq holda jigarda, buyrakda va qonda yashga moslashgandir.

NAZORAT savollari:


  1. Gregarinalarga xos xususiyatlarni tushuntiring.

  2. Gregarinalarning morfologik belgilarini yozing.

  3. Qon sporalari va koksidiyalarni hayot siklini bir biridan farqini aniqlang.

  4. Gregarinalarning rivojlanish sxemasini tahlil kiling.

  5. Bezgak va unga qarshi kurashish choralarini o’ylab ko’ring.

  6. Bezgak plazmodiysining jinssiz va jinsiy siklning gallanishi.

  7. Bezgak plazmodiysi haqida adabiyotlardan ma’lumotlar to’plang va unga qarshi kurash choralari haqida o’z fikringizni bayon eting.

  8. Parazitlar bilan ular parazitlik qiladigan organlarni juftlab yozing: A-miksozoma, B-ipak qurti nozemasi, V-asalari nozemasi: 1-ichak epiteliysi, 2-barcha organlar, 3-miya va tog’ay to’qimasi.

Mustaqil ish topshiriqlari:

  1. Bezgak plazmodiysi rivojlanishini odamni pashsha chaqishidan boshlab tartib bilan sxematik izohlang. (http.WWW.guldu.uz)

  2. Qon sporalilari va koksidiyalarni hayot siklini tahlil qiling va fikringizni yozma ifodalang. (http:G’G’natural.claw.ruG’)


Mavzuga oid adabiyotlar:

  1. O.Mavlonov va boshqalar. Umurtqasizlar zoologiyasi. Toshkent. «O’zbekiston» 2002 y. (53-65 b.)

  2. Natali V.F. Umurtqasizlar zoologiyasi. Toshkent. «O’rta va Oliy maktab». 1970 y. (45-52 b.)

  3. Dubovskiy G.P, A.M.Ummatov Umurtqasizlar zoologiyasi. (qo’llanma) Toshkent. 1996 y. (32-38 b.)

  4. Muhammadiev A.M. Umurtqasiz hayvonlar zoologiyasi Toshkent O’qituvchi. 1976 y. (44-56 b.)


Mavzu: Infuzoriyalar tipi

Asosiy savollar:

  1. Infuzoriyalar tipi to’g’risida umumiy ma’lumot va ularning morfo-fiziologik tavsifi (kiprikli infuzoriyalar misolida).

  2. Kiprikli infuzoriyalarning turkumlari.

Tayanch tushuncha va iboralar: Pellikula, membrana, trixosistlar, sitostom, sitofarinks, halqum, vakuola, entoplazma, sitoplazma, poroshisa, rezervuar, yadro, mikronukleus, makronukleus, tufelka, kon’yugasiya, migrasion, stasionar, sinkarion.

Dars maqsadi: Infuzoriyalar tipi to’g’risida umumiy ma’lumot berish. Infuzoriyalarga morfo-fiziologik tavsif berish.

Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Infuzoriyalarning tabiatda tarqalishi va ularga xos xususiyati haqida ma’lumot beradi.

  2. Kipriklarni tuzilishi va vazifasi to’g’risida tushuncha hosil qiladi.

  3. Kiprikli infuzoriyalar oziqlanish va ko’payishi to’g’risida ma’lumot beradi.

Birinchi asosiy savol bayoni:

Infuzoriyalar tabiatda keng tarqalgan sodda hayvonlarning eng katta sinfi bo’lib, 7000 dan ortiq turni o’z ichiga oladi. Ular dengizlarda va chuchuk suvlarda keng tarqalgan. Ayrim turlari nam tuproqlarda ham yashashga moslashgan. Ularni ba’zi vakillari umurtqasiz va umurtqali hayvonlarda parazitlik qilib yashaydi.

Infuzoriyaga xos alomatlar quyidagilardir:

1. Tipik harakatlanish organellalari kipriklar hisoblanadi. (bo’lar juda ko’p bo’ladi)

2. Infuzoriyalarda kamida ikkita yadro bo’ladi.

Infuzoriyalarning juda ko’pchiligida-(Protociliata gruppasidan tashqari) bitta yrik yadro makronukleus va mayda mikronukleuslar bo’ladi. (ular 1-2 - yo ko’p bo’ladi).

3. Individlarning vaqtincha juft-juft bo’lib qo’shilishi, ya’ni konyugasiya vaqtida sodir bo’ladigan jinsiy prosessning alohida bir shakli ham yadrolarning differensiyalashi bilan bog’liqdir. Natali ma’lumotlariga qaraganda infuzoriyalar uchta kenja sinfga bo’linadi:

1. Kiprikli infuzoriyalar-Ciliata

2. So’ruvchi infuzoriya-Suctoria

3. Opalinalar-Protocilata

Kiprikli infuzoriyalar-Ciliata. Infuzoriyalarning juda ko’pchiligini kiprikli infuzoriyalar tashkil etadi. Ular, odatda, chuchuk suvlarda yashaydi, kichik-kichik ko’lmak suvlarda ayniqsa juda ko’p bo’ladi. Kiprikli infuzoriyalarning ba’zilari nam tuproqlarda ham yashaydi. Kiprikli infuzoriyalar hayot kechirishi va ovqatlanishi usuli jihatidan juda xilma-xildir. Ular suzib yurib, suv o’tlariga yopishib hayot kechiradi.

Kiprikli infuzoriyalarning ko’pchiligi bakteriyalar va mayda suv o’tlari bilan oziqlanadi. Ular orasida, baliqlar terisida har xil hayvonlar va odam ichagida parazitlik qilib yashaydigan formalari ham mavjud.

Morfo-fiziologik tavsif. Infuzoriyaning shakli nihoyatda xilma-xil bo’ladi. Ammo ko’pgina infuzoriyalar suzib yurib hayot kechirishga moslashganligi tufayli, ularning gavdasi cho’ziq bo’ladi. Bunga hammamizga tanish-Paramaecium Saudatum - tufelkasi misol bo’la oladi. Ularni katta kichikligi ham turlicha bo’ladi. Eng yirik turlari 1 mmgacha undan ham yirikroq bo’ladi.

Ularning gavdasi yupqa, ammo tig’iz pellikula bilan o’ralgan. Pellikula egiluvchan va elastik bo’ladi, shu sababdan ko’pchilik infuzoriyalarning pellikulasi gavda shaklini ba’zi o’zgarishiga to’sqinlik qilmaydi.

Ularning harakatlanish organlari kipriklar hisoblanib, ular xivchinlilarga qaraganda ancha ingichka va qisqa protoplazmatik qillardir. Kipriklar infuzoriyalarning butun gavdasini bir tekisda qoplab oladi (tufelkada), yoki gavdani muayyan joyida to’plangan bo’ladi. Kipriklar soni tufelkada 10-15 mingga etadi.

Ko’pgina infuzoriyada oddiy kipriklardan tashqari og’iz chuqurligini o’rab turadigan yirik tuzilmalar membranalar bo’ladi. Infuzoriya sitoplazmasi yaqqol ikki qismga tashqi bir oz rangli ektoplazmaga va ichki donador endoplazmaga ajralgan.

Ko’pgina infuzoriyalarning ektoplazmalarida juda ko’p trixosista joylashgan.

Trixosistalar tayoqchasimon cho’ziq tanalar bo’lib yorug’likni kuchli ravishda sindiradi. Trixosistalar hujum qilish va himoyalanish organlaridir. Infuzoriyalar o’z gavda shaklini o’zgartira oladi, buning asosiy sababi ektoplazmada qisqaruvchi maxsus iplar mionemlar bo’ladi. Ularning ektoplazmasida skelet tizilmalari bo’ladiki gavdaning muayyan shaklida bo’lishida muhim rol uynaydi. SHunday qilib infuzoriyalarning ektoplazmasi yuqori darajada differensiyalangan bo’lib: kipriklar apparati, trixosistalar, mionemalar, nerofanalar va tayanch skelet tolalarini o’z ichiga oladi.

Endoplazmada organellalardan ovqat hazm qilish va chiqarish sistemalari joylashgan infuzoriyalarning ovqat hazm qilish organellalari og’izdan, ya’ni sitosomdan boshlanadi (og’iz pellikuladagi teshikdir). Ko’pchilik infuzoriyalarda og’iz maxsus og’iz oldi chuqurchasi yoki peristom tubida bo’ladi. Kipriklar va membranellalar xilpillab suv oqimini hosil qiladi. Suv oqimi bilan esa ovqat zarralari (bakteriyalar va boshqalar) og’izga keladi, undan keyin bu ovqat zarralarini infuzoriya yutib yuboradi. Ko’pgina yirtqich infuzoriyalarda peristom bo’lmaydi, ular ovqatni cho’ziluvchan og’zi bilan qamrab oladi.

Ovqat og’zidan "Xalqum"ga yoki sitofarinksga o’tiladi, u qisqa kanal bo’lib qisqa kipriklar bilan o’ralgan bo’ladi. Xalqumning ichki chetida, ovqat zararlarini to’planishi natijasida, pufakcha hosil bo’ladi (bu pufakcha endoplazmadan ajralib chiqadigan suyuqlik tomchisidan iboratdir).

Xalqum tubida to’plangan ovqat yo’li ana shu suyuqlik tomchisiga tushadi. Ovqat hazm qilish vakuolasi ana shu yo’sinda hosil bo’ladi. Ichida ovqati bor vakuolalar xalqumdan o’tib, infuzoriya endoplazmasiga tushadi, endoplazmadan ovqat hazm qiluvchi fermentlar ajralib chiqadi. Butun ovqat hazm qilish jarayoni vakuolalar hosil bo’lishdan tortib defeksiyagacha turlicha vaqt davom etadi (tufelkada 1 soat). Ovqatning hazm bo’lmagan qoldiqlari maxsus vakuolalar orqali ektoplazma sirtiga keladi va infuzoriyaning orqa uchida maxsus teshik poroshchisa bo’ladi, defekasiya jarayoni ana shu teshik orqali amalga oshadi.

Ta’sirlanuvchanlik. Boshqa sodda hayvonlarda bo’lgani kabi tashqi ta’sirlardan ta’sirlanish xususiyatiga ega. Ularda yorug’ni sezish organlari bo’lmaydi. Sezuv organlari rolini kipriklar va membronellalar o’ynaydi. Infuzoriyalar muhitning ximiyaviy tarkibini nihoyatda yaxshi xis etadi, turli xil moddalar turlicha ta’sir etadi. Noqulay sharoitda sistaga o’raladi.

Infuzoriyalarning ko’payishi. Ular ikki xil yo’l bilan ko’payadi, ya’ni jinssiz va jinsiy. Jinssiz ko’payishi infuzoriya gavdasining kundalanligiga ikkiga bo’linish yo’li bilan sodir bo’ladi. Bunday bo’linish ikkala yadroning bo’linishidan boshlanadi. Makronukleus cho’ziladi, keyin o’rtasi ingichkalashib metotik bo’linadi. Mikronukleus kariokinetik usul bilan bo’linadi. Infuzoriyalarning ko’pchilik turlarida jumladan, tufelkalarda ham jinsiy ko’payish kuzatiladi, buni kon’yugasiya deb ataladi.

Konyugasiya davrida har bir individdagi makronukleus sitoplazmada eriydi, mikronukleus esa miotik yo’l bilan ikki marta bo’linib to’rtta yadro hosil qiladi, ularning uchtasi erib ketadi va bitta qolgani ikkiga bo’linib ikkita jinsiy yadro hosil qiladi.

Ularning harakatchan kichikrog’i migrasion yadro (yoki erkaklik yadrosi) bir oz kattaroq ikkinchisi stasionar yadro (yoki urg’ochilik yadrosi) deyiladi.

O’zaro almashish natijasida qo’shilishidan hosil bo’lgan murakkab yadrolar sinkarionlar deyiladi. Sinkarion hosil bo’lgandan so’ng konyugantlar bir-biridan ajraladi. Keyinchalik har bir konyugant infuzoriyalarga xos bo’lgan makronukleusli va mikronukleusli yadro apparatini tiklagandan so’ng yana oddiy bo’linish yo’li bilan ko’paya boshlaydi.


NAZORAT savollari:

  1. Infuzoriyalarning tabiatda tarqalgan joylarni bayon eting.

  2. Infuzoriyalar qanday harakatlanadi va ularni harakat organiga nimalar kiradi.

  3. Infuzoriyalar tashqi ta’sirni qanday sezadi.

  4. Sitosom nima vazifani utaydi.

  5. Infuzoriyalarni boshqa sodda hayvonlarga nisbatan o’ziga xos xususiyatlari nimada ekanligini o’ylab ko’ring va bayon eting.

  6. Infuzoriyalarni ko’payishini sxematik tarzda ifodalang.

  7. Infuzoriyalar uchun xos xususiyatlarni ko’rsating: A-harakatlanish organoidlari kipiriklar, B-ayrim infuzoriyalarda xivchinlar bo’ladi, V-makronukleusi bir nechta, E-mikronukleusi bir nechta, D-mikronukleusi bitta, E-makronukleusi bitta, J-jinssiz ko’payishi aniqlanmagan, I-gametalar hosil qilib jinsiy ko’payadi, K-kon’yugasiya orqali jinsiy ko’payadi.

  8. Kiprikli infuzoriyalarga tegishli belgilarni ko’rsating: A-o’troq yashaydi, B-erkin, V-etuk davrida kipriklari va og’izi bo’lmaydi, G-tanasi kipriklar bilan qoplangan, D-maxsus paypaslagich o’simtadan iborat so’rg’ichlari bor, E-yirtqich oziqlanadi, J-ko’pchiligi chiriyotgan o’simlik qoldiqlari, bakteriyalar bilan oziqlanadi, 3-pellikulasi ostida trixosistlar joylashgan.

2- asosiy savol:

  1. Kiprikli infuzoriyalarning turkumlari.

Dars maqsadi: Kiprikli infuzoriyalarning turkumlari to’g’risida tushuncha berish.

Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Kiprikli infuzoriyalar to’g’risida ma’lumot beradi.

  2. Kiprikli infuzoriyalarning muhim turkumlari to’g’risida tushuncha beradi.

2-asosiy savolning bayoni:

Infuzoriyalar kiprik apparatining tuzilishiga asoslanib ular, quyidagi eng muhim turkumlarga bo’linadi:

1. Teng kipriklilar-Holotricha

2. Har xil kipriklilar-Heterotricha

3. Qorin kipriklilar-Hypoitricha

4. Kam kipriklilar-Oligotricha

5. To’garak kipriklilar-Perttricha

1. Teng kipriklilar infuzoriyalar ichida eng ko’p va keng tarqalgan vakillaridir, ular juda oddiy tuzilgan kipriklar bilan ajralib turadi.

Teng kipriklilarning tipik vakillari Paramaecium caudatum P.Aurelia va boshqalardir. Didinium avlodining kipriklari butun gavda buyicha bir tekisda emas belbog’-belbog’ bo’lib joylashgan. Teng kipriklilarning ko’pchiligi bakteriyalar bilan oziqlanadi, ammo ular orasida, yirtqichlari (paramisiyalar) parazitlari (Ichtyophtirins multifilis) mavjud.

2. Har xil kipriklilar - Heteroticha

Bo’lar shu bilan xarakterlanadiki, ularda gavdasini qoplab turadigan kipriklardan tashqari peristom tevaragida spiral tarzda joylashgan ancha yirik membranellalar ham bo’ladi.

Ularni tipik vakili bizning chuchuk suvlarda tarqalgan trubachalar (Stentor) bo’lishi mumkin. Trubachlarda o’ziga xos tasbehsimon makronukleus va bir nechta mikronukleus bo’ladi. Trubachalar ancha yirik infuzoriyalardir. Ularni kattali 0,5 mm dan 2 mm ga etadi.

Har xil kipriklilar orasida parazitlari ham bor, ulardan odam ichagida parazitlik qilib hayot kechiruvchi - balantidiya (Balantidiumcoli) bu xronik ichketar kasalligini keltirib chiqaradi.

3. Qorin kipriklilar - Hypotricha

Ular shunisi bilan tavsiflanadiki, ularda peristom atrofidagi membranellalaridan tashqari og’iz oldida tulqinsimon parda ham bo’ladi.

Bularning vakillari chuchuk suvda yashaydigan stilonxia (Stylonhia mytilus), oksitrixa (Oxytricha), Euplotes (Eyplotes) va boshqalardir.

4. Kam kipriklilar - Oligotricha.

Kam kipriklilar turkumiga dengizlarda plankton hayot kechiruvchilardan tashqari entodinomarfalar kiradiki, ular har xil sut emizuvchilarning oshqozon va ichagida hayot kechiradigan vakillari kiradi. 1 kub sm da 2 mln infuzoriya bo’ladi. Ular parazitlik qilmay simbioz hayot kechiradi.

5. Tugarak kipriklilar-Peritricha.

Ularning ko’pchiligi harakatsiz turgan joyda hayot kechiradi. Ularning tipik vakili bizning suvlarda keng tarqalgan suvoyka Vorticella misol bo’la oladi.



Mavzu bo’yicha asosiy xulosalar: Xulosa qilib aytganda infuzoriyalarga xos alomatlar quyidagilardir:

    1. Tipik harakatlanish organellalari kipriklar hisoblanadi. (bo’lar juda ko’p bo’ladi)

    2. Infuzoriyalarda kamida ikkita yadro bo’ladi. Infuzoriyalarning juda ko’pchiligida bitta yrik yadro makronukleus va mayda mikronukleuslar bo’ladi.

    3. Individlarning vaqtincha juft-juft bo’lib qo’shilishi, ya’ni konyugasiya vaqtida sodir bo’ladigan jinsiy prosessning alohida bir shakli ham yadrolarning differensiyalashi bilan bog’liqdir.


NAZORAT savollari:

  1. O’zbekiston haqida infuzoriyalarning qaysi turkumlari tarqalgan.

  2. Harakatsiz hayot kechiruvchi infuzoriyalarga qaysi infuzoriyalar kiradi.

  3. Har xil kipriklilarga misollar keltiring.

  4. Kiprikli infuzoriyalarni ko’payishi va tarqalish areali haqida o’z fikringizni bayon eting.

  5. Infuzoriyalarning ahamiyatini bayon eting.

  6. Infuzoriyalar mavjud bo’lgan muhitni aniqlang va o’sha sharoitni o’rganing.

  7. Laboratoriya sharoitida infuzoriyalarni o’rganib tabiiy sharoitdagisi bilan taqqoslang.

  8. Kiprikli infuzoriyalar kenja sinfini ko’rsating: A-teng kipriklilar, B-spiral kipriklilar, V-har xil kipriklilar, G-qorin kipriklilar, D-doira kipriklilar, E-kam kipriklilar.

  9. Kiprikli infuzoriyalar taksonomik guruhlari va ularga mansub turlarni juftlab ko’rsating: A-teng kipriklilar, B-har xil kipriklilar, V-qorin kipriklilar, G-doira kipriklilar: 1-stilonixiya, 2-suvoyka, 3-tufelka, 4-karnaycha.

Mustaqil ish topshiriqlari:

        1. Kafedra kutubxonasiga qarashli elektron darslikdan foydalanib infuzoriyalarni harakatini, tuzilishini, oziqlanishini kuzating va o’z fikringizni yozma bayon eting. (http.WWW.guldu.uz)

        2. Parazit infuzoriyalarni ko’payishi va rivojlanishini sxematik tahlil qiling. (1, 2, 3, 4-adabiyotlar)


Mavzuga oid adabiyotlar:

  1. O.Mavlonov va boshqalar. Umurtqasizlar zoologiyasi. Toshkent. «O’zbekiston» 2002 y. (71-87 b.)

  2. Natali V.F. Umurtqasizlar zoologiyasi. Toshkent. «O’rta va Oliy maktab». 1970 y. (55-67 b.)

  3. Dubovskiy G.P, A.M.Ummatov Umurtqasizlar zoologiyasi. (qo’llanma) Toshkent. 1996 y. (65-72 b.)

  4. Kuznesov B.A. i.dr. Kurs zoologii. Moskva 1998 y. (78-85 b.)



Mavzu: Ko’p hujayralilar olami

Asosiy savollar:

  1. Bulutlar tuzilishining morfologik tiplari.

  2. Bulutlarning urchish va rivojlanishi. Bulutsimonlar sinflari va asosiy turkumlari.

Tayanch tushuncha va iboralar: Xoanasitlar, paragastral tana, oskulum, mezogleya, askon, pora, sikon, leykon, amyobasitlar, arxeositlar, porositlar, miositlar, regenerasiya, spikulalar.

Dars maqsadi. Bulutlarning tuzilishi to’g’risida ma’lumot berish.

Identiv o’quv maqsadlari:

    1. Askonoid tuzilish haqida ma’lumot beradi.

    2. Askonoid, sekonoid va leykonoid tuzilishlarini farqini izohlab beradi.

    3. Skelet tuzilishi va kimyoviy tarkibi haqida ma’lumot beradi.

Birinchi asosiy savolning bayoni:

Bulutlar eng tuban tuzilgan ko’p hujayralilardir. Ular tuzilishining tuban darajada ekanligi hayvon gavdasining differensiyalashgan to’qima va organlardan emas, balki ikki qavatli hujayralardan iborat ekanligi bilan ifodalanadi.

Bulutlar asosan dengiz hayvonlardir, ularning faqat ozginasigina (bodyagalar chuchuk suvlarda yashaydi). Bulutlar substratlarga (o’simlik poyasiga) yopishib hayot kechiradi. Bulutlar ko’pchiligi kaloniya bo’lib yashaydi, ular orasida kaloniya xosil qilmay yashaydiganlari ham bor.

Hozirgi vaqtda hayvonot olamida bulutlarning 5000 ga yaqin turi mavjud. Bulutlar har xil darajada murakkab tuzilganligi bilan xrakterlanadi, ular asosan uchta asosiy tipda tuzilgan – askanoid, sikonoid, leykonioid.

Birinchi tip askonoid tuzilishi. Bunday tuzilishga, dengizda yakka-yakka yashaydigan Ascetta avlodiga kiradigan vakillarning tuzilishi misol bo’ladi. Bulutlar tanasining sirtqi tomonida oskulumdan tashqari juda ko’p mayda g’ovaklar bor, bu g’ovaklar kanallarga olib boradi, kanallar esa bulutlarda poragastral yoki gastral deb ataladigan bo’shliqqa ochiladi. Tana devorlarining ichki (paragastral bo’shliqqa qaragan) tomoni xivchinli maxsus yoqali hujayralar, ya’ni xoanositlar bilan qoplangan. Bulutlarning bunday tipda tuzilishi askonoid tuzilish deb ataladi.

Ikkinchi tip sikonoid tuzilishi. Bunday tuzilishiga – Sycon rophanus ning tuzilishi misol bo’ladi.

YAkka-yakka yashaydigan bu hayvonlar gavdasining paragastral bo’shliq devorida silindir shaklida ko’p miqdorda botiqlar ya’ni kameralar hosil bo’ladi. Xoanasitlar, gavda devorining paragastral bo’shliqqa qaragan tomoniga joylashmay balki botiqlar yuzini qoplab xivchinli kameralar hosil qiladi. Bulutlar tuzilishining bunday tipi shu tip uchun xarakterli bo’lgan formalar nomi bilan sikonoid tipi deb ataladi.

Uchinchi tip leykonoid tuzilish. Leykonoid tipda tuzilgan bulutlarda, xivchinli kameralar tana devorining ichkarisiga ancha chuqur kiradi va bir muncha murakkab kanallar sistemasi orqali tashqi muhit bilan shuningdek paragastral bo’shliq bilan ham ulanadi. Bunday holda g’ovaklar suvni avvalo xivchinli kameralarga kiritadigan kanallarga olib kiradi. Xivchinli kameralardan esa paragastrol bo’shliqqa suv chiqaradigan kanallar sistemasi boshlanadi. Leykonoid tipida tuzilgan har xil bulutlarda kanallar sistemasi ko’p darajada murakkablashgan bo’lishi mumkin.

Juda ko’pchilik bulutlarda skelet bo’ladi. Skelet tuzilishining tuzilishi va tarkibi xususiyatlari juda muhim sistematik belgilardan hisoblanadi. Bulutlar skeleti ohakdan, kremniydan, kremniyli shoxsimon moddadan va shoxsimon moddadan, ya’ni spongiyadan iborat bo’lishi mumkin. Ohak oqim dengizda ko’pincha yakka-yakka yashaydigan (Aseota sycon)lar uchun xosdir.

Ohak skelet kalsiy karbonatdan tuzilgan har xil shaklli ninalar yoki spikulalardan iborat. Spikulalarni mezogleyyaning skleroblastlar deb ataladigan maxsus hujayralar hosil qiladi.

Kremniy skelet skleroblastda uning organik moddadan tuzilgan o’q ipi atrofida to’plangan qumtuproqdan iborat spikuldan hosil bo’lgan. Kremniy spikula ikki xil bo’ladi bular skelet asosini tashkil etuvchi yirikroq–makroskeletlar va maydaroq–mikroskeletlardir.

Bulutlarning kremniyli shoxsimon moddadan tuzilgan skeleti (bodyagalar skeleti) kremniydan tuzilgan spikulalar va maxsus organik modda-spongiyadan tuzilgan tolalardan iborat. Spongiya, tarkibi jihatidan ipakka yaqin turgan murakkab organik moddadir. Sponginni maxsus hujayralar – sponginoblastlar hosil qiladi.



NAZAROT savollari:

  1. Askonoid tuzilishini tushuntirib beradi.

  2. Askonoid sikonoid va leykonoid tuzilishi farqlari nimada.

  3. Bulutlar skelet tartibi nimadan tuzilgan.

  4. Sponginoblostlar qanday hosil bo’ladi. Sxematik tasvirlash.

  5. G’ovaktanlilar tuzilish tiplari va ularga xos tuzilish belgilarini juftlab ko’rsating: A-askon, B-sikon, V-leykon: 1-mezogley qalin, xoanositlar mezogleyga botib kirgan kameralar devorida joylashgan, 2-mezogley juda qalin, xoanositlar mezogleyga chuqur botib kirgan kameralar devorida, 3-mezogley yupqa, xonositlar paragastral bo’shliq devorida.

  6. Quyidagi atamalarni va ularning ma’nosini juftlab yozing: A-paragastral, B-xoanositlar, V-oskulum, G-zigota, D-ontogenez, E-mezogleya, J-regenerasiya: 1-individual rivojlanish, 2-xivchinli hujayralar, 3-tana bo’shlig’i, 4-tana jarohatlangan qismining qayta tiklanishi, 5-oraliq modda, 6-urug’langan tuxum hujayra, 7-«og’iz» teshigi.

2- asosiy savol:

Bulutlarning urchishi va rivojlanishi. Bulutsimonlar sinflari va asosiy turkumlari.



O’qituvchining maqsadi: Ko’p hujayralilar va ularning shakllanishi haqida ma’lumotlar berish. Bulutlarning urchishi va rivojlanishi to’g’risida ma’lumot berish. Bulutsimonlar sinflari va asosiy turkumlari haqida tushuncha hosil qilish.

Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Tashqi kurtaklanish haqida ma’lumot beradi.

  2. Ichki kurtaklanish bilan tashqi kurtaklanish farqini izohlab beradi.

  3. Jinsiy yo’l bilan ko’payishni tushuntirib beradi.

  4. Bulutlar rivojlanish bosqichlari to’g’risida ma’lumot beradi.

  5. Bulutlarning asosiy turkumlari to’g’risida ma’lumot beradi.

  6. Bulutlar skeletining ximiyaviy tarkibiga ko’ra turkumlarga bo’linishini izohlab beradi.

  7. Bulutlar ahamiyati to’g’risida ma’lumot beradi.

2-asosiy savolning bayoni:

Bulutlar jinssiz, jinsiy usulda ko’payadi. Ular tashqi kurtaklanish yoki ichki kurtaklanish yo’li bilan jinsiz urchiydilar.

Tashqi kurtaklanish sirt tomonidan kichkina shish kurtak hosil bo’lish singari, bu kurtak o’sib oskulum hosil bo’lishidan ona organizmidan ajralib ketmaydi va bulut o’sib ketib, ko’p individlardan iborat kaloniya hosil qiladi.

Ichki kurtaklanish chuchuk suv bodyagasida va ba’zi bir dengiz bulutlarida uchraydi. Ichki kurtaklanishda kuz kirishi bilan bodyaga tanasidagi arxeositlar bir to’da bo’lib to’planadi va ular atrofida va boshqa amyobasimon hujayralar yordami bilan xitindan iborat ichki qavat po’st hosil bo’ladi. SHu tariqa hosil bo’layotgan ichki kurtakni yoki gemmulani, o’rab oluvchi skleroblastlar deb ataladigan maxsus skeletlar hosil qiladi.

Kuzda bodyaga kaloniyasi ajraladi va ular o’rnida faqat ko’p miqdorda gemulalar qoladi. SHunday qilib, gemmulalar hosil bo’lishi bulutlarning yilning ular hayoti uchun noqulay bo’lgan davri dalada o’lmasdan qolishga va tarqalishga moslashuvidir.

Bulutlarning anchagina qismi germofrodit bo’ladi, ammo ko’pchiligi shu jumladan chuchuk suv bodyagasi ayrim jinsli bo’ladi.

Jinsiy hujayralar mizogliyada hosil bo’ladi, lekin tuxum bulut mizoglyasida qoladi, shu joyda urug’lanishdan boshlab, lichinka hosil bo’lguncha rivojlanadi.

Spermatazoidlar suvga chiqadi, suv oqimi bilan birga yonma-yon turgan kaloniya ichiga kiradi va tuxumini urug’lantiradi.

Urug’langan tuxumni bo’linish natijasida lichinka hosil bo’ladi. Bulutlar uchun lichinkalarning ikki xil shakli: ko’pgina ohakli bulutlar (sucon va boshqalar) uchun amfiblastula va kremniyli shoxsimon moddadan tuzilgan bulutlar uchun parenxima shakli xosdir.

Amfiblastula blastulasimon bir qavatli lichinka bo’lib, yarmi donador yirik hujayralardan ikkinchi yarmi esa xivchinli juda mayda hujayralardan iborat.

Amfiblastula bir necha vaqt suvda suzib yuradi. So’ngra ichiga botib kirish jarayoni yangitdan boshlanadi, ammo bu safar yirik hujayralar emas, xivchinli mayda hujayralar ichiga botib kiradi, yirik hujayralar esa ektoderma o’rnini egallaydi.

Gastrulaga o’xshagan bunday stadiyada lichinka tebranuvchi hujayralar ichiga botib kirgan tomoni bilan substratga o’tiradi tebranuvchi hujayralar keyinchalik xoanositlarga aylanadi tashqi yirik hujayralar esa bulut tanasining boshqa hamma hujayralarini hosil qiladi.

Parenximula ham tebranuvchi mayda hujayralar bilan qoplangan, ammo boshqa usul bilan hosil bo’ladigan lichinkadir.

Kiprikli tebranuvchi mayda hujayralar o’sib lichinka ichiga g’ovak holda joylashgan va shunday qilib, endoderma joyini egallagan yirik hujayralarni qoplab oladi. So’ngra sirtqi (tebranuvchi) hujayralar tashqi tomondan ichiga o’sishi kuchayadi, ichki hujayralar esa tashqariga suriladi va tebranuvchi hujayralar o’rnini egallaydi. Keyinchalik, lichinka substratga yopishib, yosh bulutlarga aylanish paytida tebranuvchi hujayralar xoanasitlarga aylanadi.

SHunday qilib, amfiblastula bilan parsiximula rivojlanishdagi umumiylik shundan iboratki, dastlab ektoderma o’rnini egallagan tebranuvchi hujayralar keyinchalik biror usul bilan ichki qavat hujayralariga aylanadi va ulardan xoanasitlar hosil bo’ladi.

Bulutlar klassifikasiyasiga asos bo’ladigan muhim belgilar ular skeletining tuzilishidir. Bulutlarning skeletlarining ximiyaviy tarkibiga qarab Natali (1960) besh turkumga–ohakli; SHishasimon yoki uch o’qli kremniyli; to’rt o’qli kremniyli; kremniy-shox moddali; shox moddali daraxtsimon bulutlarga bo’ladi.

Xadorn (1989) Bulutlarni uch turkumga–Calcipongia (ohakli): Sycon; Silisipondia (kremniyli): Eupllcfella (kubsimon), Cliona (parmalovchi bulutlar)

Cornacuspondondia (kremniyli shox-modda):Euspoongia (tualet gubkasi), Hippospongia (ontsimon gubka) Spongila va Ephydafia (chuchuk suv yoki bodyaga)

Bu, bulutlar turkumlarini Dubovski (1991) oddiy bulutlar sinfi – Domospongia tarkibiga kiritadi. CHunki hozirgi vaqtda yashovchi bulutlarning ko’pchiligi oddiy bulutlar sinfiga mansubdir. Ular tanasining shakli xilma-xilligi va ranglari bilan farq qiladi nihoyatda maydalari bilan yiriklari ham mavjud.

Oddiy bulutlarning ko’pchiligi kaloniya bo’lib yashaydi, ba’zan esa alohida yashovchilari ham uchraydi.

Ohakli bulutlar–Calcispongia turkum vakillari faqat dengizda ko’pincha yakka-yakka yashaydigan mayda bulutlar kiradi ular skeleti kalsiy karbonatdan iborat.

Morfologik jihatdan eng sodda tuzilgan tiplar (askonoid va sikonoid) ohakli bulutlarda uchraydi.

Kremniyli–Silisipondia turkumi vakillari ham faqat dengizlarda uchrab kremniyli skeletdan tuzilgan Bu turkumga ba’zi bir juda yirik kremniyli ninalardan iborat uzun tuki yoki dumi bor bulutlar ham kiradi. Bu turkumga to’rt o’qli kermniy spikulalari bo’lgan dengiz bulutlardan tinch okeanda yashaydigan bo’yi 1,5 m keladigan shakli kuvachaga o’xshaydigan bulut «kuvacha neptun» –Poferion nepfun: ham kiradi. Mollyuskalar chig’anog’iga va marjon poliplar koloniyasiga o’rnashib yashaydigan parmalovchi bulutlar –cliona ham kiradi.

Kremniy-shoxsimon moddali –Cornacuspondia turkumi.

Bu turkumning xarakterli xususiyati shuki, tolalardan hosil bo’lgan spongili turdan peborat skeleti bor. Kremniy shox moddali bulutlarga chuchuk suv bulut-bodyaga (Spongillidae) misol bo’la oladi. Bu oila vakillari aniq shaklga ega emas bodyagalar ko’pincha o’simtali yostiqsimon yoki daraxtsimon shoxlangan shakllarda uchraydi.

Ularning farqi sarg’ish qo’ng’ir yoki yashil bo’ladi. Bodyaga bulutlarning yashil rangda bo’lishi, ular organizmidagi simbioz yashovchi suv o’tlarining miqdoriga bog’liq. Bodyagalar o’ziga xos bo’lgan qo’lansa hidga ega.

Bodyagalarning og’iz teshiklari tanasining yuqori qismida, ya’ni oskulyar chuqurchada joylashgan bo’lib, ular qisqarish va bo’shash xususiyatiga ega. Bu esa bulutlarda kuzatiladigan alohida xususiyat hisoblanadi.

Bodyagalar gidrotexnika va vodaporovod qurilmalariga kirishdan ko’pincha ular ifloslanadi, bu bilan ular xo’jalikka ancha zarar etkazadi.

Xalq medisinasida quritilgan bodyagalardan revmatizm kasalligini davoloshda foydalaniladi, bndan tashqari, kosmetikada ham ular sun’iy qizillik yuritish uchun foydalaniladi.

1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət