Ana səhifə

Учебно-методический комплекс по "Зоологии беспозвоночных" подгатовленной на основе современной педтехнологии


Yüklə 1.78 Mb.
səhifə3/16
tarix24.06.2016
ölçüsü1.78 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16

1.Mаshаnkаlаr sinfi

2.Еlkаоyoklilаr

3.Fоrоnidlаr
XX

Pаrdаlilаr yoki lichinkа хоrdаlilаr kеnjа tipi



Bоsh skilеtsizlаr kеnjа tipi.

Umurtqаlilаr kеnjа tipi.




Sоliplаr sinfi

Аppеndikulyariyalаr sinfi.



Bаliqlаr kаttа sinfi

To’rt оyoqlilаr kаttа sinfi.

Mavzu bo’yicha asosiy xulosalar: Shunday qilib, zoologiya so’zi hayvonot olamini o’rganadigan fanlar sistemasini ifodalovchi keng ma’noli so’zdir.

Demak zoologiya fani hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishi va yashash muhiti bilan munosabatlarini shuningdek ularning xususiy hamda tarixiy taraqqiyotini o’rganuvchi fandir.


NAZORAT savollari:

  1. Hayvonlar klassifikasiyasi bilan zoologiyani qaysi sohasi shug’illanadi.

  2. Hayvonlarning birinchi bo’lib kim tomonidan klassifikasiya qilingan.

  3. K.Linneyning hayvonlar to’g’risidagi sistemasi Aristotel sistemasidan farqi nimada ekanligini izohlab bering.

  4. J.Lamarkni zoologiyadagi sistematikani rivojlanishiga qo’shgan hissasi nimadan iborat.

  5. Hayvonlarning lotincha nomlanishini afzalliklari nimaligini izohlab bering.

  6. Hayvonlar taksonomik guruhlarini eng kichigidan boshlab tartib bilan ko’rsating: A-sinf, B-tur, G-tip, D-turkum, E-urug’.

  7. Hayvonlarning hozirgi zamon sistematikasini izohlang.

  8. Hayvonlar klassifikasiyasini sxematik izohlang.

Mustaqil ish topshiriqlari:

  1. Hayvonot olamining hozirgi zamon tiplarini tahlil qiling. (http:G’G’www.efremova.infoG’wordG’zoologija.html)

  2. Ushbu mavzu yuzasidan internet ma’lumotlaridan foydalanib fikringizni yozma (referat) tarzda bayon eting. (http:G’G’WWW.yandex.ru)

  3. Zoologiyaning rivojlanishidagi asosiy bosqichlarini aniqlang va yozma tahlil qiling. (Natali V.F. "Umurtqasizlar zoologiyasi")


Mavzuga oid adabiyotlar:

  1. O.Mavlonov va boshqalar. Umurtqasizlar zoologiyasi. Toshkent. «O’zbekiston» 2002 y. (3-26 b.)

  2. Natali V.F. Umurtqasizlar zoologiyasi. Toshkent. «O’rta va Oliy maktab». 1970 y. (3-10 b.)

  3. Dubovskiy G.P, A.M.Ummatov Umurtqasizlar zoologiyasi. (qo’llanma) Toshkent. 1996 y. (3-7 b.)

  4. Muhammadiev A.M. Umurtqasiz hayvonlar zoologiyasi Toshkent O’qituvchi. 1976 y. (3-8 b.)

  5. Raulov M. O’rta Osiyo Tabiatshunoslik fanlari tarixi Toshkent. 1993 y. (3-12 b.)

Mavzu: Sarkomastigoforalar ya’ni soxtaoyoq xivchinlilar tipi

Asosiy savollar

  1. Sarkodalilar sinfiga umumiy tavsif, amyobalar turkumi misolida. Sarkodalilar tuzilishi, oziqlanishi va ko’payishi.

  2. Xivchinlilar haqida umumiy ma’lumot va ularning morfo-fiziologik tavsifi. Xivchinlilarning klassifikasiyasi.

Tayanch tushuncha va iboralar: Psevdopodiylar, xivchin, gametalar, sitoplazma, ildizoyoq, fagositoz, ektoplazma, endoplazma, osmoregulyasiya, sista, zigota, makrosferik, mikrosferik, poralar, rizopodiylar, shizogoniya, pellikula, stigma.

Dars maqsadi: Sarkodalilar sinfini tavsiflash (amyobalar turkumi misolida). Sarkodalilar tuzilishi, oziqlanishi va ko’payishi haqida ma’lumot berish. Sarkodalilarni hayot tarzini sxematik izohlash va tarqalish mexanizmini tushuntirish.

Identiv o’quv maqsadlari:

    1. Sarkodalilar tuzilishi haqida ma’lumot beradi.

    2. Tarqalishi va soni to’g’risida ma’lumot beradi.

    3. Organellalarini tuzilishini izohlaydi.

    4. YAlang’och amyobalar deyilishi sababini izohlaydi.

    5. Amyobalar ko’payishini tushuntiradi.

    6. Tarqalishi va moslashish mexanizmini tushuntiradi.

Birinchi asosiy savolning bayoni:

Sarkodalilar (bu-"protoplazmatiklar" demakdir) ba’zan ildizoyoqlilar deb ham ataladi. Sarkodalilarning ko’pchiligi, suzib yuruvchi hayvonlar bo’lgan xivchinlardan farq qilib, sudralib yurib hayot kechiradi, ular suv tubida yoki suv o’simliklarida sudralib yuradi ba’zi turlari plankton hayot kechiradi.

Barcha sarkodalilar uchun umumiy bo’lgan belgi shuki, ularning protoplazmatik yalong’och gavdasi chig’anoq ichida bo’lishi mumkin, yoki har xil tuzilgan skeletga ega bo’ladi.

Sarkodalilarning harakat organlari psevdopodiylardir, yoki yolg’onoyoqlardir, bu yolg’onoyoqlar ovqatni tutib olish vazifasini ham utaydi. Sarkodalilar-bakteriyalar, suv o’tlar va boshqa mayda organizmlar bilan oziqlanadigan xaqiqiy hayvonlar, geterotrof organizmlardir.

Hozirgi vaqtda sarkodalilarning 8-10 mingdan ortiq turlari mavjud. SHulardan 80% dengizlarda, 20% chuchuk suvlarda hayot kechiradi.

Nihoyat, ba’zi birlari tuproqda yashab, tuproq bakteriyalari bilan oziqlanadi.

Sakodalilar sinfi beshta turkumga bo’linadi:

1-turkum Amyobalar-Amoebina

2-turkum CHig’anoqli amyobalar-Testacea

3-turkum Forominiferalar-Foriminifera

4-turkum Nursimonlar-Radiolaria

5-turkum quyoshsimonlar-Helioza

Amyobalar turkumi - Amoebina.

Ko’pchilik amyobalar chuchuk suvda yashaydigan hayvonlardir. Ularning eng yirik vakillaridan biri Ameoba proteus bo’lib, u chuchuk suv xavzalardagi o’simliklarda, chiriyotgan barglarda va suv ostida bo’ladigan har xil narsalarda sudralib hayot kechiradi. Bu sinfga kiradigan amyobalarni, yalong’och amyobalar ham deb ataladi, chunki ularda, hech qanday chig’anoq yoki skelet bo’lmaydi. Bu amyobalar sirtida qobiq bo’lmaganligi sababli ularni gavda shakli doimo o’zgarib turadi.

Agar tirik amyobaning harakatlanishi mikroskop ostida ko’rilsa, unda bir necha psevdopodiylar, ya’ni "soxta oyoqlar" hosil qilishni kurish mumkin. Soxta oyoqlar shakli doimiy ravishda o’zgarib turadi.

Psevdopodiylar harakatlanish bilan birga ovqatni yoki oziqani ham qamrab olish vazifasini ham bajaradi. Ular yolg’on oyoqlari bilan oziqani o’rab oladi va u sitoplazmada hosil bo’lgan pufakchaga o’tkaziladi. Vakuollar ichidagi shira tasirida barcha oziq moddalar parchalanib, sitoplazmaga shimiladi. (bu hujayra ichida hazm bo’lishga kiradi).

Amyobaning butun sitoplazmasi aniq ikki qismga ajralgan. Tashqisi shaffof, bir oz yopishqoq, hazm qiluvchi vakuolalardan xoli qavat ektoplazma deb ataladi.

Ichkisi-donador suyuqlikka va oziq kiritmalarga boy qavat endoplazma deyiladi. Protey amyobasining sitoplazmasida hazm qilish vakuolalaridan tashqari uning hayotida muhim rol o’ynaydigan qisqaruvchi vakuolalar ham bo’ladi. Ular sitoplazmadagi keraksiz oziqlarni (suyuqlikni) to’playdi, va ma’lum bir o’lchamga etgandan keyin qisqarib harakatga keladi va shu yo’l bilan keraksiz oziqlarni tashqariga chiqarib turadi.

Qisqaruvchi vakuola nafas olish jarayonida ham ishtirok etadi, chunki uning faoliyati tufayli sitoplazma ichiga doimiy ravishda kislorodga boy suv kirib turadi.

Amyobalarning ko’pchiligi jinssiz yo’l bilan urchiydi. Faqat bir tur amyobaning (Amoeba diploidea) jinsiy yo’l bilan ko’payishi aniqlangan. Amyobalarning jinssiz urchishi, ko’pincha, ikkiga bo’linish yo’li bilan sodir bo’ladi. Amyobalar bo’linish oldidan, odatda, psevdopodiylarini yig’ishtirib oladi. SHundan keyin yadrosi bo’linadi va shu bilan birga, amyoba gavdasining o’rtasi ingichka tortadi va ikkiga ajraladi. Ba’zi amyobalarda yadrosi ikkiga, undan keyin to’rtga va undan ko’p yadrolarga bo’linadi, shundan keyin esa hujayraning protoplazmasi bo’linadi.



NAZORAT savollari:

  1. Sarkodalilar qaerlarda tarqalgan va ularning soni qancha.

  2. Organellalarining vazifasi nimadan iborat.

  3. Nima uchun yalong’och amyobalar deyiladi ?

  4. Amyobalar qanday ko’payadi ?

  5. Bir hujayralilarning hujayra organoidlari va ularning funksiyalarini juftlab yozing: A-qisqaruvchi vakuol, B-yadro, V-hazm vakuoli, G-xivchin yoki kipriklar: 1-ko’payish, irsiy belgilarini saqlash, 2-harakatlanish, 3-hazm qilish, 4-osmoregulyasiya, nafas olish.

  6. Bir hujayralilar tipini ko’rsating: A-sarkodalilar, B-xivchinlilar, V-sarkomastigoforalar, G-infuzoriyalar, D-kiprikli infuzoriyalar, E-sporalilar, J-koksidiyalar, Z-mikrosporiyalar, I-miksosporidiyalar, K-gregarinalar.

  7. Sarkodalilar qanday tuzilishga ega.

Ikkinchi asosiy savol:

Xivchinlar haqida umumiy ma’lumot va ularning morfo-fiziologik tavsifi. Xivchinlilarning klassifikasiyasi.



Dars maqsadi: Xivchinlilarga xos bo’lgan xususiyatlar, ovqatlanishi, ko’payishi va sistematikasi haqida ma’lumot berish.

Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Xivchinlilarga xos xususiyatlarni ko’rsatish.

  2. Xivchinlilarni klassifikasiyasi to’g’risida ma’lumot berish.

  3. Ovqatlanish usuliga qarab guruhlarga ajratish sabablarini izohlash.

  4. Autotrof va getrotrof organizmlar to’g’risida ma’lumot berish.

Ikkinchi asosiy savolning bayoni:

Bu sinf vakillari juda diqqatga sazovordir, chunki bu sinfga bir tomondan, ovqatlanish usuli jihatidan tipik bo’lgan hayvonlar, ikkinchi tomonda xaqiqiy o’simlik formalar kiradi. Tipik o’simliklar uchun harakterli narsa, ularni anorganik moddalardan, organik moddalar sintez qilish qobiliyati mavjud ekanligidadir. Bunday organizmlar autotrof organizmlar deb ataladi. Ularni ovqatlanish usuli esa golofit ovqatlanish deb ataladi.

Ba’zi guruh o’simliklar (zamburug’lar-bakteriyalar) tamomila boshqacha yo’l bilan oziqlanadi. Ularning ovqatlanishi uchun murakkab organik moddalarning parchalanishidan hosil bo’ladigan mahsulot kerak. Bunday ovqatlanish usuli saprofit usuli deb ataladi. Saprofitlar autotrof organizmlar bo’lmay, balki geterotrof organizmlardir.

Barcha hayvonlar, yashil o’simliklardan farqli ularoq murakkab organik moddalar (oqsillar, yog’lar va uglevodlar) bilan ovqatlanadigan (saprofitlardan farq qiladigan) getrotrof organizmlardir. Hayvonlarni ovqatlanish usuli golazoy usul deb ataladi. Hayvonlar olami bilan o’simliklar olami orasidagi asosiy farqning sababi ham ovqatlanish usulidagi ana shu o’ziga xos xususiyatdan iborat. Xivchinlilar sinfiga xos bo’lgan bitta belgi shuki, ularda gavdani oldingi uchiga joylashgan bitta, ikkita yoki bir nechta xivchinlar bo’ladi.

Xivchinlilar sinfi yig’ma gruppa bo’lib, bu gruppaga bir hujayrali tuban hayvonlar ham, bir hujayrali o’simlik organizmi ham kiradi, bu esa hayvonat olami bilan o’simliklar olamini bir ildizdan kelib chiqqanini tasdiqlaydi.

Xivchinlilarning morfo-fizologik tavsifi.

Xivchinlilar gavdasi juda xilma-xil shaklda, ko’pincha avval shar yoki dugsimon shaklda bo’ladi. Harakat organi xivchin hisoblanadi, uni soni va uzunligi turlicha bo’ladi. Xivchinlar gavdani oldingi uchiga joylashgan bo’lib, hayvon harakatlanadigan tomonga qarab cho’zilgan.

Xivchinlilar gavdasi, boshqa eng sodda hayvonlarda bo’lgani kabi, protoplazma, va odatda bitta yadrodan iborat. Protoplazma ikki qavatga bo’linadi. 1)ancha quyuq gomogen va tiniq sirtqi qavat-ektoplazma; 2)suyuqroq va donador ichki qavat-endoplazma.

Xivchinlilarni ovqatlanish usuliga qarab uchta asosiy gruppaga - 1 golofit, 2 saprofit, 3 golozoyga bo’linadi.

1. Golofit yoki o’simlik tipida ovqatlanadigan xivchinlilar gruppasiga barcha xlorofilli xivchinlilar kiradi. Ular barcha o’simliklar singari, fotosintez yordami bilan oziqlanadi. Bunday xivchinlilarning ovqatlanish organellalari shakli va katta kichikligi turlicha bo’lgan xromotoforlardir.

2. Saprofit usulda ovqatlanish-ancha murakkab bo’lib organnik moddalarining parchalanishidan hosil bo’ladigan organik moddalar bilan oziqlanadi. Bu ovqat hujayra ichiga osmotik yo’l bilan kiradi. Bunday xivchinlilar, iflos, chiriyotgan organik moddalar ko’p bo’lgan suvlarda yashaydi va bunday suvlarni tozalashda muhim rol o’ynaydi.

3. Golozoy usulda ovqatlanadigan xivchinlilar. Ular bakteriyalar, mayda suv o’tlari bilan oziqlanadi. Ularda ko’pincha hazm qilish organellalari og’iz xalqum, hazm qilish vakuolalari bo’ladi.

Xivchinlilarning ko’payishi. Xivchinlar asosan ikki yo’l bilan ko’payadi, ya’ni jinsiy va jinssiz. Jinssiz ko’payishda hujayraning bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Xivchinlilarning jinssiz bo’linishi yadroni miotik bo’linishidan boshlanadi, yadro bo’lingandan keyin hujayra uzinasiga bo’lina boshlaydi, bu bo’linish gavdaning oldingi uchidan boshlanadi.

Jinsiy ko’payishi xivchinlilarda turlicha sodir bo’ladi. Eng sodda holda, kattaligi bir xil bo’lgan jinsiy individlarning-gametalarning kopulyasiyasi vujudga keladi.

Bir xil gametalarning, ya’ni izogametalarning kopulyasiyasi izogam kopulyasiya deb ataladi. Ba’zi xivchinlilarda gametalar katta kichikligi bilan farq qiladi, va bu holda anizogam kopulyasiya bo’ladi.

Xivchinlilar sinfi o’ndan ortiq turkumga bo’linadi. Ulardan ko’pchiligi o’simlik organizlarining juda ko’pchiligini o’z ichiga oladi, bu organizmlarni botaniklar xivchinli o’simliklar degan maxsus bir tipga kiritadilar.

Masalan: xrizomonadalar, kriptomonadalar, qalqonlilar va boshqalar.

Biz o’rganadigan:

Evglenasimonlar-Evglenoidea

Protimonadalar-Protomonadina

Ko’p xivchinlilar-Polimastigina

Ildiz xivchinlilar-Rhizomastigin

Zoologiya nuqtai nazardan eng qiziqarli turkumlardir.

Mavzu bo’yicha asosiy xulosalar: Xulosa qilib aytganda, sarkodalilarning ko’pchiligi, suzib yuruvchi hayvonlar bo’lib, ular suv tubida yoki suv o’simliklarida sudralib yuradi va ba’zi turlari plankton hayot kechiruvchi hayvonlardir.

Demak sarkodalilar-bakteriyalar, suv o’tlar va boshqa mayda organizmlar bilan oziqlanadigan xaqiqiy hayvonlar, geterotrof organizmlardir.


NAZORAT savollari:

  1. Xivchinlilarga xos xususiyatlar nimalardan iborat.

  2. Xivchinlilarning qaysi sinflarini bilasiz ?

  3. Xivchinlilar qanday yo’llar bilan ko’payadi.

  4. Hayvonsimon xivchinlilar tuzilishini izoxlang.

  5. O’simliksimon xivchinlilarning ahamiyati nimalardan iborat.

  6. Xivchinlilar ovqatlanish usuliga qarab qaysi guruhlarga ajratiladi.

  7. Autotrof va getrotrof organizmlarni farqlari nimada.

  8. Kaloniyali yashil xivchinlilar haqida nimalarni bilasiz.

  9. Hayvonsimon xivchinlilar vakillaridan qaysilarni bilasiz.

  10. Parazit xivchinlilarning asosiy belgilari nimadan iborat va bu belgilarning yuzaga kelish sabablari hamda ahamiyati haqida gapiring.

  11. Parazit xivchinlilarning hayot tarzini o’zgartirish mumkinmi ? o’z fikringizni bayon eting.

  12. Xivchinlilarning hayot tarzini sxematik izohlang.

  13. O’ylab ko’ringchi! Xivchinlilarni rivojlanish bosqichlari qanday faktorlar ta’sirida o’zgarishi mumkin.

Mustaqil ish topshiriqlari:

        1. Ushbu mavzu buyicha internetdan foydalanib o’z fikringizni yozma bayon eting (http.WWW.guldu.uz saytidan).

        2. O’simliksimon xivchinlilar bilan hayvonsimon xivchinlilarni farqini rasm daftaringizda chizmalar asosida tahlil qiling.

        3. Hayvonsimon xivchinlilarga xos bo’lgan xususiyatlarni sxematik izohlang (Kafedra kutubxonasi O.Mavlonov "Umurtqasizlar zoologiyasi")

Mavzuga oid adabiyotlar:

  1. O.Mavlonov va boshqalar. Umurtqasizlar zoologiyasi. Toshkent. «O’zbekiston» 2002 y. (27-53 b.)

  2. Natali V.F. Umurtqasizlar zoologiyasi. Toshkent. «O’rta va Oliy maktab». 1970 y. (11-34 b)

  3. G.K. Dubovskiy, A.M.Ummatov Umurtqasizlar zoologiyasi. (qo’llanma) Toshkent. 1996 y. (8-21 b.)

  4. Muhammadiev A.M. Umurtqasiz hayvonlar zoologiyasi Toshkent O’qituvchi. 1976 y. (12-25 b.)


Mavzu: Spora hosil qiluvchi bir hujayralilar yoki sporalilar tipi

Asosiy savollar:

  1. Sporalilarning tuzilishi, rivojlanishi va parazitlik xususiyatlari.

  2. Gregarina, koksidiya va qon sporalari turkumlariga umumiy ma’lumot.

Tayanch tushuncha va iboralar: Spora, shizogoniya, gameta, izogametalar, oosista, sporogoniya, sporozoitlar, makrogameta, mikrogameta, trofozoit, merozoit, tuxum, kopulyasiya, sporoblastlar, koksidioz, eymeriya, shizont, inkubasiya davri.

Dars maqsadi: Sporalilarning parazitlik qilib yashash natijasida tuzilishi va rivojlanish jarayonida paydo bo’lgan xususiyatlari to’g’risida ma’lumot berish.

Identiv o’quv maqsadlari:

    1. Sporalilar tuzilishini izohlaydi.

    2. Parazitlikka moslashish sabablarini tushuntiradi.

    3. Xavfli sporalilarga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish yuzasidan o’z fikrlarini bayon etadi.

1 – asosiy savolning bayoni:

Sporalilar parazitlik qilib yashaydigan eng sodda hayvonlardir. SHu bilan birga ularning ko’pi hujayrada hayot kechrib, odam va har xil umurtqali hamda umurtqasiz hayvonlarning epitelial hujayralarida qon hujayralarida va boshqa hujayralarda yashaydi. Hamma sporalilarga xos bo’lgan umumiy xususiyat boshqa eng sodda hayvonlardan farqli ularoq ular tuzilishining parazitlar hayot sharoitiga bog’liq bo’lgan ancha soddaligidir. Ikkinchi tomondan sporalilar murakkab rivojlanish sikli bilan, ya’ni hayot siklida bir necha stadiyalar almashinib turishi bilan harakterlanadi.

Spora hosil qiluvchilar evolyusiya jarayonida har xil organlarga, turkumlarga shunchalik moslashib qolganki, hozir organizmning shu organlarida, turkumlarda va hujayralardagina parazitlik qila oladi. Ularning ko’pchiligi ovqat hazm qilish sistemasi bilan bog’liq holda jigarda, buyrakda va qonda yashaydi.

«Sporalilar» degan nom ularning hayotiy siklida spora stadiyalarni bo’lishini ko’rsatadi, bu stadiya vaqtida parazitlarning embrionlari maxsus qobiqqa, boshqa eng sodda hayvonlarning sistalariga o’xshash qobiqqa o’ralgan bo’ladi. Parazitning tashqi muhit orqali tarqalishi ana shu yo’l orqali boradi, chunki sporalarning qobiqlar, embrionalarni har xil noqulay sharoitdan bemalol himoya qiladi.

Sporalilar odamda va hayvonlarda parazitlik qilib qayta zarar etkazadi. Misol uchun bezgak tug’diruvchi–bezgak plazmodiyali, qora mollarda og’ir kasalliklar tug’diruvchi–qora shol parazitlari. Ularni ko’pchilik turlari quyon, uy parrandalarining ichak va jigarlarda parazitlik qilib xalq xo’jaligiga katta zarar etkazadi. SHuning uchun, sporalalarning o’rganish nihoyatda katta ahamiyatga ega.

NAZORAT savollari:


  1. Sporalilarga xos xususiyatlar nimalardan iborat.

  2. Sporalilar sinflarini ko’rsating: A-miksosporidiyalar, B-koksidiyasimonlar, V-gregarinalar, G-mikrosporidiyalar.

  3. Sporalilar tuzilishi va hayot kechirishini tushuntiring.

  4. Sporalilar sistematik guruhlarini ularga mansub turlar bilan birga juftlab ko’rsating: A-toksoplazmalar, B-koksidiyalar, V-sarkosporidiyalar, G-qon sporalilari, D-gregarinalar; 1-suvarak ichagi paraziti, 2-eymeriya, 3-mushuk tokso-plazmasi, 4-bezgak plazmodiysi, 5-go’sht sporalisi.

  1. Sporalilar tuzilishiga ko’ra boshqa sodda hayvonlardan qanday farq qiladi.

  2. Sporalilarni parazitlikka moslanishini tahlil kiling.

  3. Xavfli sporalilarga qarshi kurash choralarini izohlab bering.

  4. Sporalilarning amaliy ahamiyati haqida fikrlaringizni bayon eting.

2-asosiy savol:

Gregarina, koksidiya va qon sporalilari turkumiga umumiy ma’lumot.



Dars maqsadi: Gregarina, koksidiya va qon sporalari turkumlari to’g’risida talabalarga ma’lumot berish.

Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Gregarinalarga xos xususiyatlar to’g’risida ma’lumot beradi.

  2. Gregarinalarning morfologik tuzilishi to’g’risida ma’lumot beradi.

  3. Qon sporalilar va koksidiyalarni hayot siklini izohlaydi.

  4. Gregarinalarning rivojlanish sxemasini chizadi.

  5. Bezgak va unga qarshi kurash choralariga nazariy jihatdan ijodiy yondoshadi.

2-asosiy savolning bayoni:

Gregarinalar sporalilarning o’ziga xos guruhini tashkil etadi, ular har xil umurtqasiz hayvonlarda: suvaraklarda, yomg’ir chuvalchanglarida, qo’ng’iz lichinkalarida, parazitlik qilib yashaydi. Gregarinalar, ko’pincha ichaklarda parazitlik qiladi, masalan yomg’ir chuvalchangining urug’ pufakchalarida uni hamma vaqt topish mumkin. Ular, koksidiyalar va gemosporidiyalardan farqli o’laroq, gregarinalar hujayralari hujayra ichida yashaydigan bo’lmay, har xil organlar bo’shliqlarida yashaydigan parazitlardir.

Gregarinalarning o’ziga xos ko’pgina xususiyatlari ular hayot sharoitining koksidiyalar va gemosporidiyalar hayot sharoitiga qaraganda boshqacha bo’lishidan kelib chiqadi. Gregarinalarning gavdasi cho’ziq bo’lib, ikki qismga protomerit (old qism) va deytomeritga (ket qism) bo’linadi. Deytromeritda pufakchasimon yadro bo’ladi uning gavdasi taram-taram teshikchali kutikula bilan o’ralgan. Ko’pgina gregarinalarning oldingi uchi xartumcha tarzda cho’zilib, ko’pincha ilmoqli bo’ladi va organellalarga aylanadi, gregarina ana shu organellasi yordami bilan xo’jayin to’qimalariga tirmashib oladi. Gregarina gavdasining uchinchi bo’limi, kutikulyar ilmoqlar bilan ta’minlangan epimerit ana shu yo’l bilan hosil bo’ladi.

Gregarinalar juda harakatchan bo’lib, ularning harakati ancha xilma-xildir. Ularning ba’zi turlari (yomg’ir chuvalchangining urug’ pufakchalarida hayot kechiradigan Monoystis) gavdasini sal bukish yo’li bilan harakatlansa, ba’zi turlari gavdasini hech bir o’zgartirmay sirgalib yuradi. Gavdasining bukish yo’li bilan harakatlanadigan turlarning harakatlanish organlari ektoplazma ostida joylashgan qisqaruvchi tolacha-mionemlardir. Sirg’anuvchi turlarning sirg’alish vaqtida ular ketki qismidan shilimshiq ajratadi, gregarina shilimshiq chiqarish vaqtida hosil bo’ladigan itarilish kuchi ta’sirida, oldinga tomon suriladi, yoki harakat qiladi.

Ko’payishi. Juda oz gregarinalargina jinssiz yo’l bilan ko’payadi, ularni ko’pchiligi faqat jinsiy usulda ko’payadi. Ko’pgina turlari (ba’zan yoshlik vaqtidayok) juft-juft bo’lib qo’shilishni kuzatish mumkin, bunda bir gregarinaning protomeriti boshqa bir gregarinaning ketingi uchiga yopishadi bunday «sizigiyalar»ni qora suvarak ichagida hayot kechiradigan gregarinalarda (Gregarina blattarum)da hamma vaqt kuzatish mumkin. «Primit» va «satellit» lardan iborat sizigiyalarning hosil bo’lishi jinsiy jarayonning boshlanishidir. «Primit» urg’ochi individ «satellit» esa erkin individ deb hisoblanadilar. Sizigiyalar hosil qiluvchi ikkala gregarina katta yoshga kirgandan keyin yumaloqlanadi va umumiy qobiqqa o’raladi, ammo qo’shilib ketmaydi. SHundan so’ng har qaysi hujayraning sirtida harakatchan mayda hujayralar-gametalar ajralib chiqadi.

Sista ichidagi individlardan birining gametalari ikkinchi individ gametalari bilan juft-juft bo’lib qo’shilib, zigota hosil qiladi. Zigota qobiqqa o’raladi va qobiq ichida 8 ta chiziq hujayraga bo’linadi 8 ta sporozoitli sporalar shu tariqa hosil bo’ladi. Sporalar xo’jayini ichidan tashqariga chiqarilib yuboriladi va bu sporalarni boshqa individlar yutib yuboradi. YUtib yuborilgan sporalar ichak ichida yoriladi, sporozoitlar ichakning epitelial hujayralariga kirib boradi va o’sadi. O’sib borish bilan, gregarinalar hujayradan ichak bo’shlig’iga o’tadi va erkin sirg’alib yuradi yoki agar epimeriti bo’lsa, ichak epiteliysiga old uchi bilan yopishgancha qoladi.

Koksidiyalar–Coccidiida-hujayra ichida yashaydigan parazitlar bo’lib, umurtqali, shuningdek umurtqasiz hayvonlarning epitelial hujayralarida (ichak, jigarda) yashaydi. Eimeria avlodidan bo’lgan koksidiyalar eng katta amaliy ahamiyatga ega bo’lib, ularning har xil turlari quyonlarda (Eimeria pergorans, E. Magna, E. Sfiedae), qoramollarda va xonaki parrandalarda parazitlik qilib yashaydi.

Quyonlar ovqat bilan birga, koksidiyalarning oosistalarini yutib yuboradi va koksidioz bilan zararlanadi, oosistalarda embrionli sporalar bo’ladi, bu sporalar sporozoitlar deb aytiladi. Quyon ichagida oositalar qobig’i erib sporalarning qobig’i yoriladi va sporozoitlar ichakning epitelial hujayralariga tez kirib boradi. Sporozoit dug shaklidagi ingichka hujayradir. Sporozoit epitelial hujayraga kirib, yumaloqlanadi va trofozoitga–yadroli sharsimon hujayraga aylanadi, bu hujayra xo’jayini hujayrasining protoplazmasi hisobiga diffuziya yo’li bilan ovqatlanadi. Trofozoit o’sa borib, sxizontga aylanadi. Trofozoit ham, sxizantda ham hech qanday organella bo’lmaydi.

Sxizont yadrosi 8-60 ta yadroga bo’linadi yadrolarning bu bo’linish soni har xil turlarda turlicha bo’ladi va bir turning o’zida ham o’zgaradi. SHundan keyin, sxizont, yadrolarining soniga muvofiq suratda, uzun-uzun mayda hujayralarga–merozoitlarga ajralib ketadi. Merozoitlar tashqi ko’rinishi jihatidan sporozitlarga juda o’xshaydi. Ular epiteliy hujayralardan ichak bo’shlig’iga chiqib, sog’lom epitelial hujayralarga kiradi, bu erda esa o’sha siklning o’zi takrorlanadi merozoit trofozoitga va sxizontga aylanadi. Ammo bir qator jinssiz avloddan keyin jinsiy prosess boshlanadi. Jinsiy prosess shundan boshlanadiki, epitelial hujayralarga kiradigan merozoitlar jinssiz trofozoitlarga emas balki jinsiy individlarga yo urg’ochi individlarga makrogametositlarga yoki erkak individlarga mikrogametositlarga aylanadi. Makrogametositlar va mikrogametositlar dastavval bir-biridan, shuningdek, trofozoitlardan ham kam farq qiladi, keyin har qaysi makrogametosit bitta makrogametaga mikrogametosit esa uzunchoq shaklli va xivchinlari bor bir necha mikrogametalarga aylanadi. Mikrogametalar xo’jayin hujayrasidan chiqib, makrogametalarni urug’lantiradi, buning natijasida zigota hosil bo’ladi, bu zigota o’z atrofida qobiq chiqaradi va oosista deb ataladi. Oosista ichak bo’shlig’iga tushadi, biroq Eimeria avlodidan bo’lgan koksidiyalarda oosistaning rivojlanishi faqat tashqi muhitda, kislorod etarli darajada kirib turganda sodir bo’ladi. Bunda oosistaga yadrosi bir necha yadroga bo’linadi. SHundan keyin oosista protoplazmasi yadrolar soniga muvofiq ravishda qismlarga bo’linadi va shunday qilib, oosistada sporoblastlar hosil bo’ladi. Sporoblast qobiqka o’raladi, bu qobiq ichida sporoblast ko’pgina koksidiyalarda ikkita hujayraga bo’linadi. SHunday qilib sporoblast sporaga aylanadi bu spora ichida ikkita sporozoit bo’ladi. Oosistaning rivojlanishi uchun uni quyon eyshi kerak, quyon ichagida sporozoitlar qobiqdan bo’shaydi va epitelial hujayralarga kirib boradi.

Qon sporalilari–Haemosporidia. Odamning va har-xil sut emizuvchi hayvonlarning, parranda va boshqa umurtqali hayvonlarning eritrositlarida rivojlanishning muayyan stadiyalarida yashovchi parazitlar qon sporalilari deb ataladi. Bezgak plazmodiyalari. qon sporalilari jumlasiga avvolo, bezgak plazmodiyalarining har xil turlari-odamda har xil bezgak tug’diruvchi parazitlar kiradi. qon sporalilarining hayotiy sikli xo’jayinlarini almashtirish yo’li bilan o’tadi, bunda xo’jayinlar bir-birini zararlaydi. CHivin bezgak bilan og’rigan kishi qonini so’rib zararlansa, plazmodiy bilan zararlangan bu chivin sog’lom odamni chaqib, uni zararlaydi.

Odamda bo’ladigan bezgakning uchta asosiy turi mavjud 1) uch kunlik isitma (tertiana)-bu isitma har 48 soatdan keyin qaytalab turadi, 2) to’rt kunlik isitma (quartana)-bu isitma 72 soatdan keyin qaytalab turadi, 3) tropik isitma (tropica)-bu isitma har 48 soatdan keyin qaytalab juda qattiq va uzoq vaqt tutib turadi.

Bezgakning bu uch turi uch xil bezgak plazmodiylari zararlashadan vujudga keladi: uch kunlik bezgakni Plasmodium vivax, to’rt kunlik bezgakni Plasmodium malariae, tropik bezgakni Plasmodium falciparum vujudga keltiradi. Uch kunlik bezgakni tug’diruvchi parazit–Plasmodium vivax ni misolga olib, bezgak plazmodiylarining hayotiy siklidagi asosiy belgilarini ko’rib chiqamiz.

Pl. vivax bilan zararlangan bezgak chivini odam qonini so’rganda chivinning so’lak bezlarida bo’ladigan sporozoitlar odam qoniga o’tadi. Odam qoniga o’tgan sporozoitlar eritrositlarga darhol kirib bormasdan balki har xil organdagi qon tomirlarining endoteliyalariga kirib boradi. Endoteliyalarda ular sxizontlarga aylanadi, sxizontlar esa ko’plab, merozoitlar tariqasida qonga o’tadi, ana shundan keyin esa eritrositlarga kiradi. Merozoitlar bu erda ham o’sib sxizontlarga aylanadi. Pl. vivax yosh sxizontlarining shakli uzukka o’xshaydi. Sxizont o’sa borishi bilan uzuksimon shaklini yo’qotadi, eritrositda tobora ko’p joyni egallaydi va uning gemoglabin plazmasi bilan ovqatlanib juda zo’r harakatchanlikni saqlaydi. Sxizont protoplazmasida eritrosit gemoglobinining emirilishi natijasida pigment to’planadi. Sporozit kirgandan taxminan 40 soat o’tgach, sxizont yadrosi bir necha marta bo’linadi va ikkinchi stkaning oxiriga kelganda 12-14 ta merozoitga bo’linadi, bu merozoitlar orasida bir uyum pegment qoladi. Qon plazmasiga o’tgan merozoitlar sog’lom eritrositlarga o’tib jinsiy sikl yanada boshlanadi va bu sikl yana 48 soat, ya’ni mirozoitlarning ikkinchi avlod chiqquncha davom etadi.

Pl.vivax bilan zararlangandan keyin 14-18 kun orasida bezgak bilan og’rish bilinmaydi. Bu-uch kunlik bezgakning inkubasiya davri. Odam organizmida parazitlar soni ko’paygach isitma tuta boshlaydi va bu isitma har 48 soatda takrorlanib turadi. Buning sabab shuki, bir yo’la zararlanganda qonga o’tgan barcha parazitlarning jinssiz ko’payishi qat’iy bir tartibda bo’ladi, isitma esa merozoitlar qon plazmasiga o’tgan vaqtida tutadi. Qon plazmasiga merozoitlar bilan birga, sxizontning hayot faoliyati natijasida hosil bo’lgan zaharli mahsulotlar ham o’tadi. Bunda odam organizmining temperaturasi ko’tariladi.

Bir necha jinssiz avloddan keyin kasal qonida jinsiy individlar-gametositlar hosil bo’ladi. Eritrositlarga kirib borgan merozoitlarning bir qismi yo makrogametositlarga yoki mikrogametositlarga aylanadi. Gametositlar kasal odam qonida tobora ko’p to’planadi, ammo undan keyin rivojlanmaydi. Odam qonida faqat jinsiy individlargina hosil bo’ladi. Gametositlar bundan keyin rivojlanishi uchun anofeles chivinining me’dasiga o’tishi kerak, chivin bezgak bilan og’rigan odamning qonini so’rganda gametositlar chivin me’dasiga o’tadi. Bunda chivin ichagida sxizontlar halok bo’lib, faqat gametositlargina qoladi. Makrogametositlar makrogametalarga aylanadi; mikrogametositlar xivchinsimon bir necha (6-8 ta) harakatchan mikrogametalar va pigmentli qoldiq tana hosil qiladi. SHundan keyin, makrogametalar hamda mikrogametalar kopulyasiyalanadi va zigota hosil bo’ladi. Zigota cho’ziq shaklga ega bo’lib, harakatchandir. U ookineta deb ataladi. Ookineta me’da epiteliylaridan epiteliyning bazal pardasiga o’tib, qobiqqa o’raladi va oosistaga aylanadi, oosista esa o’sib, me’daning muskuldor devorini kengaytiradi. Oosistada yadro ko’p marta bo’linadi; protoplazma uchastkalarga-sporoblastlarga ajraladi, bu sporoblastlardan juda ko’p sporozoitlar hosil bo’ladi. Etilgan oosistalar yoriladi, sporozoitlar chivinning gavda bo’shlig’ini to’ldirgan gemolimfasiga o’tadi. Gemolimfa sporozoitlarni chivinning so’lak bezlariga olib boradi, sporozoitlar bezlarga kirib ketadi. Ravshanki, chivin odamni chaqqanda odam qoniga so’lagi bilan birga juda ko’p sporozoitlarni yuqtiradi.

Anofeles chivini bezgak tarqatuvchi parazit bo’lish bilan birga, bezgak plazmodiysining ikkinchi xo’jayini hamdir, plazmodiy taraqqiyotining jinsiy sikli ana shu xo’jayinda o’tadi. Parazitning hayotiy siklida xo’jayinlar almashinib turadigan holda, parazitning jinsiy jarayoni bo’ladigan xo’jayinni asosiy xo’jayin deb, parazitning jinssiz urchishi bo’ladigan xo’jayinni esa oraliq xo’jayin deb atash qabul qilingan.


1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət