Ana səhifə

Salomov ilhom


Yüklə 0.65 Mb.
səhifə5/6
tarix26.06.2016
ölçüsü0.65 Mb.
1   2   3   4   5   6

4.6. Ishlab chiqarish tajribasi.
Rejalashtirilgan ishlab chiqarish tajribasi Samarqand viloyatining Oqdaryo tumani «Zarafshon» MMTP «Zamon Said Temurxon» fermer xo’jaligining 5 gektarlik dalasida o’tloq –bo’z tuproq sharoitida o’tkazildi.

Tajriba dalasining tuprog’i mexanik tarkibiga ko’ra qumoq, yer osti suvlarining sathi 6-8 metr, eskidan dehqonchilik qilib kelinadigan yer bo’lib, har doim g’o’za, g’alla ekilib kelingan maydon.

Tajriba qo’yishdan oldin tuproqning 0-30 sm va 30-50 sm qatlamlaridan paket usulidan tuproq namunasi olinib, agrokimyoviy tahlillar o’tkazildi.

Tahlil natijalari shuni ko’rsatdiki, 0-30 sm qatlamda azot (nitrat) 28,3 mg/kg, harakatchan fosfor 15,4 mg/kg, tuproqning 30-50 sm qatlamida esa harakatchan azot va fosfor miqdori mos ravishda 16,4-10,8 mg/kg ni tashkil etdi.

Azot, fosfor elementlarining umumiy shakllari miqdori 0-30 sm qatlamda 0,189 foiz azot, fosfor 0,55 foizni tashkil etgan bo’lsa, tuproqning 30-50 sm qatlamida bu elementlar mos ravishda 0,115-0,127 foizni tashkil etdi.

Olingan ma’lumotlar ko’rsatkichi shuni ko’rsatadiki, ishlab chiqarish tajribasi qo’yish uchun tanlangan maydon to’lig’icha yaroqli bo’lib hisoblanadi.

O’tkazilgan tajriba yili ob–havosi «Dahbed» agrometeostansiyasidan olingan ma’lumotlar bo’lib, uni ko’rsatkichlari quyidagilardir. Bunda yillik ob – havo harorati o’rtacha 14,8 0S ni tashkil qilib, ko’p yillik ko’rsatkichga nisbatan 1,2 0S yuqori ekanligi qayd qilindi. O’suv davrida esa ko’p yillikka nisbatan 0,5 0S ga yuqori bo’lganligi hisobga olindi.

Yog’in – sochilar yig’indisi miqdori tajriba yilida jami 416 mm ni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’p yillik ko’rsatkichga nisbatan 42 mm ko’p bo’lganligini ko’rsatadi.

Ob – havoning o’suv davri ya’ni aprel – may oylari bo’yicha tahlil qilinadigan bo’lsa, aprel oyi havo harorati o’rtacha 12,1 0S ni tashkil qilib, ko’p yillikka nisbatan 0,8 0S ga ortiq bo’lgan.

Yog’ingarchilik miqdori esa aprel oyida 68,9 mm miqdorida bo’lib, ko’p yilikka nisbatan 15,5 mm ko’p bo’lganligi qad qilindi.

May oyi ob –havosi tahlili ko’rsatdiki, may oyi ham seryog’in kelib, yog’ingarchilik miqdori 73,8 mm ni tashkil qildi, ya’ni bu ko’rsatkich ko’p yillikka nisbatan 39,9 mm ko’p demakdir.

Keltirilgan yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, tajriba yilida kuzning iliq kelishi, yog’ingarchilikni nisbatan kam bo’lganligi sababli, yetishtirilgan hosilni qisqa muddatlarda nobudgarchiliksiz yig’ib olishga imkon yaratildi.

Tajriba dalasida o’tkazilgarn barcha agrotexnologik tadbirlar o’z vaqtida sifatli qilib bajarildi va barcha agrotexnologik tadbirlar qat’iy dastur asosida olib borilishiga erishildi. Fosforli va kaliyli o’g’itlarning asosiy qismi tajriba tuzilmasiga asosan shudgorlashdan oldin berilib, 15-dekabrda shudgorlash o’tkazildi. Dalani ekishga tayyorlash yerning yetilishi bilan o’tkazildi. Ekishdan oldin tajriba maydoni diskalandi, boronalandi, mola bosildi, chizellandi. Vegetasiya davrida g’o’za qator oralari plyonkasiz oddiy usulda ekilgan maydonlarda 5 maratoba kultivasiya, 3 maratoba jo’yak olish, 5 maratoba sug’orish va 2 maratoba oziqlantirish, bir maratoba zararkunandalarga qarshi kurashi, 2 maratoba begona o’tlarga qarshi chopiq qilish hamda chekanka qilish kabi jarayonlar o’tkazildi.

Qator oralig’iga qora plyonka bilan mulchalash o’tkazilgan maydonlarda esa 3- maratoba kultivasiya, 2 maratoba jo’yak olish, 4 maratoba sug’orish, 2 maratoba oziqlantirish, bir maratoba chopiq, chekanka va defoliasiya qilindi. Tajribaning qator oraliqlarida polietilen plyonka bilan mulchalashgan maydonlarda sug’orish va boshqa agrotexnologik tadbirlarni o’tkazish 4.10. jadvalda keltirilgan.




4.10 – jadval

Ishlab chiqarish tajribasida bajarilgan agrotexnologik tadbirlar




Agrotexnologik tadbirlar

Bajarish muddatlari

Boshlanishi

Tugallanishi

1.

Shudgor oldidan o’g’it sepish

5. XII

5. XII

2.

Shudgorlash

10. XII

11. XII

3.

Diskalash, boronalash, chizellash

16. IV

16. IV

4.

Chigitni ekish

17. IV

17. IV

5.

1-kultivasiya

1. V

1. V

6.

Chuqur ishlov berish

6. V

6. V

7.

2-kultivasiya

7. V

7. V

8.

Yaganalash

10. V

12. V

9.

Chopiq qilish

15. V

17. V

10.

O’g’itlash

20. V-12.VII

20. V-12.VII

11.

1-sug’orish

20. V

24. IV

12.

3 – kultivasiya

20. V

20. V

13.

2-sug’orish

11. VII

13. VII

14.

4-kultivasiya

18. VII

18. VII

15.

Chekanka

20. VIII

20. VIII

16.

3-sug’orish

10. VIII

14. VIII

17.

Defoliasiya

7. X

7. X

18.

Terimlar: 1-terim

24. X

24. X




2-terim

5. XI

5. XI

Dasturda rejalashtirilgan ishlar asosan g’o’za shonaga kirgan davrdan boshlab bajarildi. Shuning uchun tajribani qo’yishdan oldin 1- iyun ma’lumotlari umumiy holda aniqlandi. Ikkala variant joylashtiradigan maydodagi g’o’zalarning o’sishi va rivojlanishi bir xilda bo’lib, o’simlik bo’yi 13,2 sm, chinbarglar soni 2,4 donani tashkil etdi.

2- iyulda ham ochiq maydon va qora plyonka qator oralariga to’shalganda o’simlik bo’yi, hosil shoxida va hosil tugunchalari o’rtasida katta farq sezilmadi.

3-avgustda o’tkazilgan fenologik kuzatuvlar bosh poyaning balandligida, hosil shoxi, hosil elementlari tuplashda qator oralari qora plyonka tushalgan maydonda ochiq maydonga nisbatan kuzga tashlanarli farq kuzatildi. O’simlik bo’yi ochiq maydonda 74,2 sm bo’lgan bo’lsa, qator oralariga qora plyonka to’shalgan variantlarda 85 sm ni tashkil etib, ochiq maydonga nisbatan plyonka to’shalgan maydonda hosil shoxlari 2,2 dona, hosil elementlari ham 1,9 donaga ko’proq bo’lganligi qayd etildi.

1-avgust ma’lumotlarida ham qator oralariga qora plyonka to’shalgan maydonlarda ochiq maydonga nisbatan barcha ko’rsatkichlar yuqoriroq bo’lib, ko’sak soni tajriba maydonida ya’ni plyonka to’shalib sug’orilganda 12,1 dona ko’sak olingan bo’lsa, oddiy egatda sug’orish o’tkazilganda 10,6 donani tashkil etdi.

Ko’saklarning pishib yetilishida ham qora plyonka to’shab sug’orilganda tezroq bo’lgani 4.11 – jadval ma’lumotlaridan ravshan ko’rinadi.

Olib borilgan ishlab chiqarish tajribasida kuzatuvlarda shonani, gulga, gulni ko’sakka, ko’sakni pishishiga ta’sirini bilish maqsadida, ochiq maydonda va qora plyonka to’shalgan maydonlardan 100 donadan o’simlik namunalari olinib, tahlillar o’tkazilib borildi.

Tajribada ko’saklarning yetilishi va pishishi keltirilgan adabiyotlar tahlilida va tajribalarda ko’rsatilganidek, resurs tejovchi texnologiyada tuproq namligi oddiy egatlar bo’yicha sug’orilganda qara plyonka to’shalgan variantlarda tuproq haroratining yuqoriligi sababli, uning ta’sirida g’o’zaning keyingi rivojlanish fazalarida ijobiy natijalar olingan.



4.11-jadval

Ishlab chiqarish tajribasida g’o’zaning gullash va ko’saklarning ochilish dinamikasi, %

Tajriba maydoni

Gullash fazasi

Ko’saklarning ochilishi

10.VII

13. VII

16. VII

26. VIII

29. VIII

31. VIII

Ochiq maydonda

25

40

76

10

51

68

Qora plyonka to’shalganda

30

47

89

30

62

90

Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, g’o’zani gullash dinamikasida variantlar orasidagi farq sezilarli darajada bo’lgan bo’lsa, bu ko’rsatkich ko’saklarning ochilish dinamikasida yanada yaqqalroq namoyon bo’ladi. 26-avgustda o’tkazilgan sanadayoq ochiq maydonga nisbatan qora plyonka tushalgan maydonda ko’saklarning ochilishi 20 foizga tezlashgan bo’lsa, keyingi muddatlardagi kuzatishlarda ham ko’saklarning ochilish darajasi yanada jadallashganligi kuzatildi. Bu esa qora plyonkaning bevosita ijobiy ta’siri ekanligini ko’rsatadi.

Ishlabchiqarish tajribasidan olingan natijalar ma’lumotlarini atroflicha tahlili shuni ko’rsatadiki, an’anaviy ya’ni oddiy usulda sug’orish bilan qator oralariga qora plyonka to’shab sug’orish usuli taqqoslanganda, bir gektardagi g’o’za tup soni bir xilda bo’lib, bir ko’sakdagi paxtaning salmog’i ishlab chiqarishda qo’llanilgan agrotexnologiyada (ochiq maydonda) 6 grammni tashkil etgan bo’lsa, agroresurs tejovchi, ya’ni qora plyonka to’shab sug’orish usulida 6,2 grammni tashkil etgan. Tajribada birinchi terimda qora polietilen plyonka to’shab sug’orish usuliga nisbatan 2,8 s/ga yuqori hosil olingan. Xuddi shunday holat ikkinchi terimda ham kuzatilib, 2,2 s/ga qo’shimcha hosil olishga erishilgan.

4.12-jadval

Ishlab chiqarish tajribasida maydonlar bo’yicha g’o’za hosildorligi, s/ga




Tajriba maydoni

Tup soni ming dona/ga

Hosildorlik

1-terim

2-terim

Umumiy

1.

Ochiq maydonda

85,3

20,6

5,3

25,8

2.

Qator oralig’iga qora plyonka to’shalganda

85,7

23,4

7,5

30,9

Hosilni terimlar bo’yicha tahlil qilinganda ishlab chiqarishda qo’llanilayotgan an’anviy oddiy sug’orishda umumiy hosildorlik 25,8 s/ga ni, tashkil etgan bo’lsa, resurs rejovchi ya’ni egatlar oralig’ini polietilen plyonka bilan qoplab sug’orilganda 30,9 s/ga hosil olinib, andozaga nisbatan 5,1 s/ga ko’p paxta yetishtirilgan demakdir.

Shuni inobatga olgan holda xulosa qilish mumkinki, Zarafshon voxasining o’tloqi – bo’z tuproqlari sharoitida resurs tejovchi texnologiyani qo’llash yo’li bilan ya’ni g’o’za qator oralariga qora polietilen plyonka qo’llash hosildorlikni 5,1 s/gacha oshirish mumkin ekan. Kelajakda bu usulni chuqurroq o’rganish va keng maydonlarga joriy etish maqsadga muvofiqdir.

Ishlab chiqarish tajribasining iqtisodiy samaradorligini aniqlash maqsadida olib borilgan hisob – kitob ishlari natijalari 4.13-jadvalda keltirilgan.



4.13- jadval

Ishlabchiqarish tajribasining iqtisodiy samaradorligi




Tajriba maydoni

Hosildorlik, s/ga

1 ga maydonga sarflangan xarajatlar, ming/so’m

1 s mahsulotning tannarxi, so’m

1 ga olingan daromat, so’m/ga

Sof foyda ming/ga

Rentabellik darajasi, %

1.

Ochiq maydon, egatdan sug’orish

25,8

1280,1

45740,3

1577,0

296,9

23,2

2.

Qator orag’iga qora plyonka to’shab sug’orish

30,69

1452,3

50236,2

1871,1

418,8

28,8

Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, ishlabchiqarish sharoitida keng maydonlarda, qora polieitilen plyonka bilan g’o’za qator oralarini yopib, sug’orish ishlarini olib borganda qo’shimcha hosil hisobiga oddiy usulga nisbatan 100 ming sumdan ziyodroq sof foyda olish mumkin, rentabellik darajasi esa 5,6 % ga ortadi.



X u l o s a l a r

O’zPITIning Samarqand filiali hamda Oqdaryo tumanining «Zarafshon» MMTP ga qarashli «Zamon Said Temurxon» fermer xo’jaligi dalalarida ishlabchiqarish tajribalari asosida olingan ma’lumotlar bo’yicha quyidagi xulosalarni qilish mumkin.

1. G’o’za qator oralig’iga qora polietilen plyonkani to’shab, mulchalanganda g’o’zani o’sishi va rivojlanishi ochiq maydondagi g’o’zalarga nisbatan ancha tezlashildi, o’simlik bo’yi 12-14 sm ga baland, hosil shoxlari soni 2-2,2 taga ko’p, ko’saklar soni 2,5-2,6 taga ortgan bo’lishligi aniqlandi.

2. G’o’zaning amal davri davomida va oxirigacha tuproqning 0-70 va 0-100 sm qatlamlarida tuproq hajm massasi qora plyonka bilan yopilgan variantlarda ochiq maydonga nisbatan 0,01-0,02 g/sm3 ga kam bo’lganligi qayd etildi.

3. Mulchalab sug’orishning tuproq namligiga ta’siri sezilarli bo’lib, plyonka ishlatilmagan maydonlarda mavsumiy suv sarfi 4300 m3/ga ni tashkil etgan bo’lsa, plyonka to’shalgan maydonlarda cheklangan dala nam sig’imi 75 % bo’lgan holda mavsumiy suv sarfi 3740 m3/gani tashkil etgan yoki sug’orish me’yori mos ravishda 880-750 m3/ga teng bo’lib, sug’orish me’yorlari ham mos ravishda 70-200 m3/ga kamaygan.

4. Qator oralig’iga qora polietilen plyonka to’shalgan qo’sh qatorlab va yakka qatorlab sug’orilgan variantlardan 41,5-41,7 s/ga hosil olinib, nazorat variantlarga nisbatan mos ravishda 4,5-9,4 s/ga qo’shimcha hosil olingan. Ishlabchiqarish tajriba variantlari ma’lumotlari ham shunga mos bo’lib, qo’shimcha hosil 5,1 s/gani tashkil qilgan.

5. Qora polietilen plyonkani g’o’za qator oralig’iga to’shab sug’orish va boshqa tadbirlarni o’tkazish iqtisodiy nuqtai nazardan samarali bo’lib, rentabellik oddiy usulga nisbatan 5-6 foiz yuqori bo’ladi, mahslot tannarxi arzonlashadi, sof daromat ko’payadi.

Ishlab chiqarishga tavsiyalar
Dala va ishlab chiqarish tajribalari ma’lumotlari asosida ishlab chiqqarishga quyidagi tavsiyalarni berish maqsadga muvofiq deb hisoblash mumkin.

- g’o’za qator oralig’iga qora polietilen plyonkani to’shab mulchalanganda g’o’zani o’sish va rivojlanishi tezlashadi, hosildorligi plyonka to’shalmagan maydonga nisbatan 4,5-9,4 s/ga qo’shimcha hosil olinadi. Bu usulda suv sarfi 20-26 foizga va birnecha texnologik jarayonlar soni ham kamayib, iqtisodiy samaradorlik oshadi, mahsulot tannarxi arzonlashib, sof daromat ko’payadi, rentabellik darajasi 5-6 foizga ko’tariladi.




FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO’YXATI

Normativ-huquqiy hujjatlar, Prezident asarlari va qarorlari


  1. Karimov I.A. “Qishloq xo’jalik taraqqiyoti-faravonlik manbai” Toshkent, 1994 y.

  2. Karimov I.A. “O’zbekiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo’lida” Toshkent, 1995 y.

  3. Karimov I.A. “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo’llari va choralari” Toshkent 2009 y. 54 bet.

  4. Karimov I.A. «2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi» Toshkent 2012 y.

Darslik va o’quv qo’llanmalar:

  1. Saidmurodov S., Xasanova F.- Polietilen plyonka paxtachilikda. Paxta majmuidagi ziroatlar yetishtirish texnologiyasining ahvoli va rivojlantirish istiqbollari, 130 bet. Tashkent, 1966.

  2. Oripov R., Ostonov S. – Paxtachilik. Samarqand – 1997 y. 55 bet.

  3. Oripov R., Ostonov S. – G’o’za o’stirish texnologiyasi. Samarqand – 1999 y., 45 – bet.

  4. Obidov K., Sultonov M. _ Paxtachilikda Andijon uslubi: chigitni plyonka ekish va uning samaradorligi (paxtakorlar uchun qo’llanma) 14-bet, Toshkent – 1996 y.

  5. Muxamedjanov M.V., Zokirov A.Z. – Temperaturv i razvitiye xlopchatnika. Izd-vo «Kolos», Moskva, 1968.

  6. Muxammadjonov M.V., Zokirov A. – G’o’za agrotexnikasi. Toshkent, «Mehnat», 1988, 35-96 betlar.

  7. Kostyakov A.N – Osnovы meliorasii M, selxozgiz, 1951.

  8. Rыjov S.N. – Orosheniye xlopchatnika v Ferganskoy doline, Tashkent, 1948.

  9. Kachinskiy N.A., Izucheniye fizicheskix svoystvo pochvы i kornevыx sistem rasteniy. M, Selxozgiz, 1993.

  10. Metodika polevыx i vegetasionnыx opыtov s xlopchanikom. Tashkent, SoyuzNIXI, 1969, 1971.

  11. Metodы agroximicheskix, agrofizicheskix i mikrobiologicheskix issledovaniy v polivnыx xlopkovыx rayonax. Tashkent, SoyuzNIXI, 1963, 1973.

Ilmiy jurnallardagi va to’plamlardagi maqolalar:


  1. Abduqodirov X.M. – Agroximicheskaya xarakteristika pochv xlpkovыx rayonov Samarkandskoy oblasti «Xlopkovodstvo» 1967 № 10.

  2. Avliyaqulov A., Tojiyev M. – Surxondaryoda g’o’zani plyonka ostida o’stirishning samaradorligi mamlakat paxtachiligida yangi davr – chigitni plyonka ostiga ekib, hosildorlikni oshirish ma’ruzalar tezislar, Andijon 1997, Toshkent 1997 y. 38 bet.

  3. Avliyaqulov A. Hamutali A va boshqalar – Sistema zemledeliya v usloviyax korennogo izmeneniya sturkturы selskoxozyaystvennogo proizvodstva, Tashkent, 1998, str. 71.

  4. Avliyaqulov A.E. Orosheniye kultur xlopkovogo sevooborota. Mehnat, Tashkent, 1998.

  5. Avliyaqulov A.E. Orosheniye kultur xlopkovogo sevooborota. Mehnat, Tashkent, 1988.

  6. Bezborodov G.A. – Primeneniye somona v kachestva organicheskogo udobreniya i dipressora ispareniya vlaga v oroshayemoi zemledeliye xalqaro ilmiy – amaliy konferensiya ma’ruzalari asosidagi maqolalar to’plami Toshkent – 2007, 9-bet.

  7. Bezborodov G.A. – Mulchiravaniye salomы obespechivayet: snijayet ispareniye vlagi, snijeniye temperatura pochvы, sposobstvuyushiye aktivizasii pochvennoy mikroflorы, sokrashayetsya mejduryadnыx obrabotok, obuslыvlivayuщiye menshe uplatneshe pochvы, ulucheniye razvitiya kornevoy sistemы xlopka, sokraщayetsya gazaobraznыx pater NO, ekonomiya orositelnoy vodы i mineralnыx udobreniy i povesheniya urojaya xlopka – sыrsa

  8. Bezborodov G.A., Bezbarodova Yu.G. – Vliyaniye sovremennoy mulchi na vodnыy, gazavыy i mikrobiologicheskiy rejim pochvы. O’zPITI xalqaro ilmiy – amaliy konferensiya ma’ruzalari asosida maqolalar to’plami Toshkent -2006, 368 bet.

  9. Bezborodov G.A., Toshmatov M.N. – G’o’za qator orasiga plyonka to’shab sug’orish texnologiyasi xalqaro ilmiy – amaliy konferensiya ma’ruzalari asosidagi maqolalar to’plami. Toshkent -2006, 369 bet

  10. Baxromov S. – Plyonka ostiga chigit ekish usulida kimyoviy o’toq samaradorligi O’zQVSXV, O’zPITI, IKARDA, IVMI larning xalqaro ilmiy – amaliy konferensiya ma’ruzalari asosidagi maqolalar to’plami. Toshkent 2007. 261 bet

  11. Bezborodov Yu.G., Qalandarov U.I., Maxsadov X.E. Usovershennostvavaniya texnologiya orosheniya xlopchatnika po borozdam s ispolzovaniyem polietilenovoy plyonki UzKVSXV, UzPITI, IKARDA, IVMI _ xalkrao ilmiy – amaoiy konferensiya ma’ruzalari asosidagi maqolalar to’plami Toshkent – 2007, 141 bet.

  12. Bezborodov Yu.G., Qalandarov U.I., Maxsadov X.E. – Mualliflar ta’kidlashicha, polietilen plyonka bilan sug’orishni boshqarish iqtisodiy jihatdan samaralidir. Sof daromat mo’lchalangan maydonlarda gektariga 1174220 so’mni tashkil etgan bo’lsa, mulchalanmagan maydonlarda 600450 so’mga teng bo’lgan, bu raqamlar Jizzax viloyatining «Paxtakor» fermer xo’jaligi misolida olingan.

  13. Bezborodov G.A. – Parametrы raspredeliniya vlajnosti pochvы pri polive xlopchatnika po ekromirovannogom borozdam ZKSXV, IKARDA, UZPITI xalqraro ilmiy – amaliy konferensiya ma’ruzalari to’plami Toshkent – 2010, 49-56 betlar.

  14. Bezborodov G.A. –Tajribada plyonkaning o’rta qismidan suv o’t kazish (singdirish) uchun diametri 5-6 mm teshikchalar qilinadi, masofasi 1 metr atrofida. Sug’orish kichik me’yorda o’tkaziladi, tuproq 40-50 sm chuqurlikda namlanishi kerak. Qator oralig’iga ishlovlar berilmaydi.

  15. Gorenberg Ya.X. – Rejim orosheniya xlopchatnika v zavisimosti ot gustotы stoyaniya. «Xlopkovodstvo», 1960, № 4.

  16. Ibraximov G.A. – Gustota i urojaynost xlopchatnika «Xlopkovodstvo», 1979, № 4, str 35.

  17. Ibraximov G.A., Aznaurov A., Nazarov M., - Urojaynos v zavisimosti ot chustotы stoyaniya «Xlopkovodstvo», 1982, № 9, str 39.

  18. Ibraximov G.A., Abdullayeva M. – Markaziy Farg’onaning yangi o’zlashtirilgan tuprog’i sharoitida ko’chat qalinligi va ingichka tolali g’o’za hosildorligi. «G’o’za yetishtirishni hozirgi zamon texnologiyasi». Toshkent 1993, 87 bet.

  19. Izbosorov E. – Rejim orosheniye novыx perespektivnыx sortov xlopchatnika na serpozemnыx lugovыx pochvax Djizzaxskoy stepi. Avtoref kand. diss., 1994.

  20. Izbosorov E., Urolov S., Ruziyev A. – S -6524 navini sug’orish oziqlantirish tartibi. «O’zbekiston q.x.jurnali» 1992, № 4-5, 11 bet.

  21. Ikromov Yu.I., Berdiyev S.M., Usmonov S.A., Inoyatov M.X., Minin I.N. – Primeneniye plyonok v seleksii «Xlopkovodstvo», 1979, № 3, str

  22. Isomoilov I., Safiullin N.M. Agrotexnika vozdelevaniya xlopchatnika sorta «S-6524» udobreniya i produktivnost xlopchatnika trud, vыp. 66, Toshkent, 1990, str 89.

  23. Kamalova M., Vozdelevaniye sorta xlopchatnika S-6524 v usloviyax tipichnыx serozemov Namangaskoy oblasti «Tezisы dokladov nauchno – texnicheskoy konferensii», 1991, Qarshi, str. 41.

  24. Karimov Sh. Effektivnost priposevnogo vneseniya organicheskix udobreniy na xlopchatnikn v usloviyax lugovo – serozemnыx pochv Smarkandskoy oblasti. Nauchnыy otchet, Samarkand, 1981.

  25. Kuguchkov D.M., Pochvы oroshayemыx rayonov Samarkandskoy oblasti i puti povыщyeniya ix plodorodiya. Materialы 3- y. obyedinnыy nauchnoy konferensii uchenыx g.Samarkanda.Seksiya s-x nauk, Samarkand, 1961.

  26. Karimov Sh., Salomov I., - Qator oralarini qora polietilen plyonka bilan mulchalab sug’orishning g’o’za hosildorligiga ta’siri. O’zPITI xalqaro ilmiy – amaliy anjuman ma’ruzalari to’plami. Toshkent. 2012 y. 303 bet.

  27. Mambetnazarov B., Nurjonov K., Orazimbetov M., - Orosheniye xlopchatnika na lugovыx pochv. «Xlopkovodstvo», 1983, № 7, str. 36.

  28. Maxmudov O., Ne’matov G., Baxramov S., - Shaffof plyonka ostiga chigit ekib, g’o’za o’stirish afzalliklari. Kitob paxta majmuidagi ziroatlar yetishtirish texnologiyasining ahvoli va rivojlantirish istiqbollari. Toshkent – 1996. 92 – bet.

  29. Mednis M.P. – O vliyaniye polivnogo rejima na razlichnыye sorta xlopka «Xlopkovodstvo» 1951. № 6.

  30. Meyerson G.M., - K voprosu izucheniya prodoljitelnosti mejfaznыye periodov u xlopchatnika v zavisimosti ot polivov i udobreniy «Xlopkovoye delo», 1929, № 10.

  31. Miraxmedov S., Jobborov X., Xolxujayev T. – Gustotы stoyaniya sorta Tashkent – 6 «Xlopkovodstvo», 1979, № 1, str. 19.

  32. Muslimov S.M. – Rejim orosheniya srednevoloknistыx sortov xlopchatnika na tipichnыx serozemыx Tashkentskoy oblasti «Meliorasiya i orosheniya kultur xlopkovogo sevooborota» Tashkent, 1986, str 99.

  33. Nazarov R.S., Muborakov A., Nurmatov Sh., - Plyonka ostiga chigit ekish va g’o’zani parvarishlash bo’yicha muvaqqat tavsiyalar. Toshkent – 1998 y. 14 – bet.

  34. Nichiporovich A.A. – Fotosintez i urojay. M. «Znaniye»1966.

  35. Oripov R., Yusupov Sh., Hamdamov A.X., Xamedov B.A – Rejim orosheniya i plotnost razmesheniya rasteniy na semenovodcheskix posevax xlopchatnika sorta Kirgizistan – 3, «Texnologiya vozdelevaniya novыx perspektivnыx srednыye i tonkovoloknistыx sortov xlopchatnika v Uzbekistane» Tezisы doklodov nauno – texnicheskoy konferensii (dekabar) 1991, Qarshi, str. 57.

  36. Ostonov S., Toshtemirov A., Oripov R. – Samarqand viloyatidagi o’tloq – bo’z tuproqlarda plyonka ostida o’stirilgan g’o’za tuplarining qalinligi. «Mamlakat paxtachiligida yangi davr – chigitni plyonka ostiga ekib, hosildorlikni oshirish» ma’ruzalar tezislar (Andijon, avgust, 1997) Toshkent – 1997, 37-bet.

  37. Ostonov S., Oripov R., Mo’minov K. – Plyonka ostida ekilgan g’o’za navlarining hosildorligiga sug’orish rejim iva tup qalinligi ta’siri. Kitob: qishloq xo’jaligini barqaror rivojlantirish muammolari, Samarqand, 1999 y. 32-35 bet.

  38. Ostonaqulov T.E. – Plyonka ostiga ertangi sabzavot ekinlari va kartoshka o’stirish texnologiyasi. Toshkent, 1997. 44 – bet.

  39. Petinov N.S., Samiyev X. – Vliyaniye vodnogo rejima na nekotoriye fiziologicheskiye prosessы v listyax xlopchatnika, Uzb.biol.jurn. 1959, № 1.

  40. Poltarsskiy V.V. – Vzamodeystviye mineralnыx udobreniy s drugimi agrotexnicheskimi faktorami urojaynosti xlopchatnika. Nauch.byuleten. SoyuzNIXI, № 1, 1936.

  41. Raximboyev A., Abdunazarov A. – Gustota stoyaniya i rejim orosheniya Xlopchatnika J. Xlopkovodstvo 1978, № 7, str. 47.

  42. Raxmonov A. – Tashkentskaya texnologiya v deystvii. J. «Xlopkovodstvo», 1982, № 6, str. 17.

  43. Raxmatov O., Egamshukurov Ro’zimurodov O. – Optimalnaya gustota stoyaniya rasteniy zalog vыsokogo urojaya. J. «Xlopkovodstvo», 1983, № 3, str. 15.

  44. Raxmonqulov S., Xasanova F., - G’o’zani plyonka ostida yetishtirish «Mamlakat paxtachiligida yangi davr – chigitni plyonka ostiga ekib, hosildorlikni oshirish» ma’ruzalar tezislar (Andijon, avgust, 1997) Toshkent – 1997, 57-bet.

  45. Rjevskiy G.K. – Kakoy doljna bыt gustota stoyaniya xlopchatnika «Sosialisticheskoye selskoye xozyaystva Uzbekistana», 1953, № 1.

  46. Rizayev R., Pardayev R. – Rejim orosheniya i gustotы stoyaniya xlopchatnika na serozemno lugovыx pochvax Golodnoy stepi. Trudы SoyuzNIXI, vыp 67, Tashkent, 1990, str. 39.

  47. Rizayev R., Kadshaliyev S., Duysenov T. – Rejim orosheniya novыx sortov xlopchatnika v usloviyax golodnoy stepi. Tezisы doklodov nauchno texnicheskiy konf. (dekabr) 1991 g. Qarshi. Tashkent, 1991, str. 59.

  48. Rajabov T.Ya., Rajabov T.T., - G’o’zani plyonka ostida parvarishlash va tuproqning meliorativ holati. O’zQSXV, O’zPITI, IKARDA, IVMI ning xalqaro ilmiy – amaliy konferensiya ma’ruzalari asosidagi maqolalar to’plami. Toshkent, 2007, 248 b.

  49. Saidmurodov S., Borskovo K. – Effektivnost texnologii seva sorta S-6524 s pokritiyem polietilinovыy plyonkoy. (dekabr 1991 g Karshi), Tashkent, 1991, str. 87.

  50. Saydaxmedov X.A. – Razvitiye xlopchatnika v zavisimosti ot sxem poliva i razmesheniy «Xlopkovodstva», 1970, № 7.

  51. Sobirov P., Ibroximov G.A. – Rost, razvitiye i urojaynost xlopchatnika sorta 175- F v zavisimosti ot srokov seva, gustotы chtoyaniya i sxem razmesheniya na lugovыx pochvax Xorezmskogo Oazisa, «Texnologiya vozdelevaniya novыx perspektivnыx konferensii» (dekabr 1991 g. Karshi), 72 bet.

  52. Salomov I., Karimov Sh – Qator oralarini qora polietilen plyonka bilan mulchalab sug’orishning g’o’za hosildorligiga ta’siri, Samarqand qishloq xo’jalik instituti iqtidorli talaba va magistrantlarning ilmiy konferensiyasi materiallari to’plami. Samarqand sh. 2012 y. 18 – bet.

  53. Tagiyev R. – Gustota stoyaniya sorta Xlopchatnika J. «Xlopkovodstva», 1982, № 4, str 18.

  54. Trushkin A., Akbayev R. – Gustota stoyaniya i kachestva formiruyushix semyan xlopchatnika J. «Xlopkovodstva», 1980, № 12, str 25.

  55. Turopov I. – Mulchirovaniye polietilinovыy plyonkoy J. «Xlopkovodstva», 1977, № 3, str 44.

  56. Toshmatov M. – Suv resurslarini tejovchi texnologiya. O’zRQVSXV, O’zPITI, IKARDPA, IVMI o’tkazgan xalqaro ilmiy – amaliy konferensiya ma’ruzalari asosidagi maqolalar to’plami. Toshkent – 2007, 76 – bet.

  57. Xoliqulov Sh.T. – Vliyaniye mulchirovaniya na svoystva pochvы i urojaynost xlopchatnika. Tashkent, «FAN», 2000 g. 156 str.

  58. Xoliqulov Sh.T. – Optimizasiya svoystva i rejimov oroshayemыx pochv putem mulchirovaniya i vneseniya kompostov pri vrzdelevanii xlopchatnika. Avtoreferat dissertasii na sostoyaniye uchenыx stepeni doktora s-x nauk. Tashkent – 1966 g.

  59. Xoliqulov Sh.T. – Vliyaniye mulchirovaniya polietilinovыy plyonkoy na biologicheskuyu aktivnost pochv pri vыrashivanii xlopchatnika. «Doklad AN Uzbekistana». Tashkent, 1996, № 4.

  60. Xamidjanov X., Mamadjanov M. – Kartofel pod plyonkoy «Selskoye xozyaystvo Uzbekistana», 1987, № 3, str. 37.

  61. Xudoyqulov A. – Otnosheniya razlichnыx po skorospelosti sortov xlopchatnika k nijney granisы predpolivnoy vlajnosti pochvы. Materialы shestoy konferens. Molod.uchen.po.selskomu xozyaystvu Uzbekistana. Tashkent, 1971. chtr. 198.

  62. Hasanova F., Salomov Sh.T. G’o’zani parvarishlashning maqbul usuli. O’zPITI, IKARDA xalqaro ilmiy – amaliy konferensiya ma’ruzalari asosidagi maqolalar to’plami Toshkent – 2006, 255 bet.

  63. Hasanova F.M., Rajabov T.T., Azotli o’g’itlarni qo’llash muddatlarining plyonka ostida parvarishlangan g’o’za hosildorligiga ta’siri. O’zPITI, IKARDA xalqaro ilmiy – amaliy konferensiya ma’ruzalari asosidagi maqolalar to’plami. Toshkent -2006, 347 – bet.

  64. Chirsov S., Yanayeva Ye, Ermatov K- Svetorpazrushayushayasya plyonka na xlopchatnike «Selskoye xozyaystva Uzbekistana», 1987, № 5, str 668.

  65. Churlyayev A.D. – Samarkandskaya oblast. Vkn. Rejimы orosheniya i gidromodulnoye rayonirovaniye po Uzbekiskoy SSR. Izd-vo Uzbekistan. Tashkent, 1971. str 192.

  66. Sheraliyev A., Ergashev M. – Chigitlarni plyonka ostiga ekishning zamburug’lar biosinoziga ta’siri. «Mamlakat paxtachiligida yangi davr chigitni plyonka ostiga ekib hosildorlikni oshirish» (Andijon, 1997), Toshkent 1997, 47 bet.

  67. Shodiyev I., Farmonov F. – Yangi uslub Navoiy viloyatida. «Mamlakat paxtachiligida yangi davr chigitni plyonka ostiga ekib hosildorlikni oshirish» (Andijon, 1997), Toshkent 1997, 53 bet.

  68. Shodmonov K., Parvatov Ye., Rodjestvenskiy M. – Gustota stoyaniya rasteniy V Ferganskoy doline «Xlopkovodstva», 1978, № 4, str 38.

  69. Egamshukurov T. – Vliyaniye sxem razmesheniye i gustotы stoyaniya rasteniy na urojay xlopka sыrsa v usloviyax svetlыx serozemov Kashkadarinskoy oblasti. V. kn. «Materialы 9-konferensii molodыx uchen. Uzbekistana», (Xlopkovodstva), Tashkent, 1977, str 23.

  70. Ermatov A. – Chigitni plyonka ostiga ekish davr talabi. «Mamlakat paxtachiligida yangi davr chigitni plyonka ostiga ekib hosildorlikni oshirish» (Andijon, 1997), Toshkent 1997, 34 bet.

  71. Yuldoshev S.X., Nazarov M., Utegenov Sh. – Urojaynosti xlopchatnika v zavisimosti ot gustotы stoyaniya i urovnya pitaniya «Xlopkovodstvo» 1997, № 2. str 20.

  72. Yuldoshev S.X., Nazarov M. – Optimalnaya gustota stoyaniya rasteniy – vajnыy faktor uskoreniya razvitiya i povыsheniya urojaynosti xlopchatnika. V. kN. «Dalneyshiye razvitiye xlopkovodstvo v SSR» Moskva.izd. «Kolos», 1979, str. 341.

  73. Yuldoshev S.X., Sagatov U., Kamolova M., Toshmuxamedov Sh. – Agrotexnika sorta Tashkent – 6, «Xlopkovodstva», 1983, № 7, str 24.

  74. Yazыkov P.P. – Povыshennaya gustota stoyaniya rasteniy xlopchatnika. Tashkent, izd-vo AN UzSSR, 1953.

  75. Yakubjonov O., Yangiboyev T., Mansurov A. – Yangi usulning iqtisodiy samarasi. «Mamlakat paxtachiligida yangi davr chigitni plyonka ostiga ekib hosildorlikni oshirish» (Andijon, 1997), Toshkent 1997, 29 bet.

  76. Qambarov B.F., Doniyorov T. – Vozdelevaniye xlopchatnika pod plyonkoy na zasolennыx pochvax Kashkadarinskoy oblasti. «Mamlakat paxtachiligida yangi davr chigitni plyonka ostiga ekib hosildorlikni oshirish» (Andijon, 1997), Toshkent 1997, 71 bet.

  77. Qambarov B.F., Xorst M.G., Aliboyev K.U. – Issledovaniye zasuxo, soleye i viltoustoychivosti perspektivnыx sortov xlopchatnika Instututa genetiki AN RUZ pri vozdelevanii pod plyonkoy na fone optimalnogo rejima orosheniye Golodnoy stepi. «Mamlakat paxtachiligida yangi davr chigitni plyonka ostiga ekib hosildorlikni oshirish» (Andijon, 1997), Toshkent 1997, 61 bet.

  78. G’oforov L., Ochilov A. – Yangi uslub yuksak ma’suliyat va dehqonchilik madaniyatini talab etadi. «Mamlakat paxtachiligida yangi davr chigitni plyonka ostiga ekib hosildorlikni oshirish» (Andijon, 1997), Toshkent 1997, 25 bet.

  79. Eaton F.M. – Physiology of the Cotton plant Annual reirw of plant physiology. Uol. Califorma U.S.A. 1955/

  80. Brown D.A., Benediet R.H., Bryan B.B. irrigation of cotton in Arkonsos. ark. agr. exp. sta.bull.552 1955.

  81. Arnat C.H. Water algorption in the cotton plant asaffectea by goies and water temperatures u plant physiol. Vol 12.1937.

97. Jaskeon E.B, Krellinges H.F. – Responses of cotton varietea to manogement. The cotton Gin and oil mill press, 1963, vol. 64.
1   2   3   4   5   6


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət