Ana səhifə

Salomov ilhom


Yüklə 0.65 Mb.
səhifə4/6
tarix26.06.2016
ölçüsü0.65 Mb.
1   2   3   4   5   6

4.3-jadval
G’o’zalarning o’sishi va rivojlanishiga qator oralarini qora polietilen plyonka bilan mulchalash va

sug’orishning ta’siri



Var.

1-iyun

1-iyul

1-avgust

1-sentyabr

O’simlik bo’yi, sm

Chinbarg soni, dona

O’simlik bo’yi, sm

Hosil shoxi, dona

Shona soni, dona

O’simlik bo’yi, sm

Hosil shoxi, dona

Ko’sak soni, dona

Tuguncha soni, dona

Ko’sak soni, dona

Shu jumladan ochilgani, dona

1.

17,1

6,3

63,5

6,7

6,3

86,6

12,3

3,9

1,6

9,8

4,1

2.

16,9

6,3

63,2

6,7

6,5

87,2

12,4

3,6

1,8

11,5

4,4

3.

16,2

6,2

67,2

7,0

6,8

102,6

14,3

5,4

2,3

12,4

4,4

4.

15,9

5,9

67,3

7,0

6,8

102,6

14,5

5,3

2,3

12,4

4,4


4.2. Qator oralig’ini mulchalashning tuproq hajm massasiga ta’siri.
Tajriba dalasida g’o’zani amal davri boshida va amal davri oxirida ham tuproqning 0-100 sm qatlamigacha hajm massasi hamda shu qatlamgacha cheklangan dala nam sig’imi (ChDNS) aniqlandi.

4.4- jadvalda g’o’za amal davrining boshlanishidagi tuproq hajm massasi va cheklangan dala nam sig’imi (ChDNS) keltirilgan. Jadval ma’lumotlari tahlil qilinganda g’o’za amal davrining boshida tuproqni hajm massasi 0-70 sm qatlamda 1,27 g/sm3 tashkil etgan bo’lsa, aynan shu qatlamda va shu maydonda cheklangan dala nam sig’imi (ChDNS) shu muddatda 21,6 foizga teng bo’lganligi, 0-100 sm qatlamda esa 20,9 g/sm3 ni tashkil etganligi qayd etilgan.



4.4-jadval

Amal davri boshida tuproqning hajm massasi va cheklangan

dala nam sig’imi

Tuproq qatlami,

sm


Hajm masssasi,

g/sm3



Dala nam sig’imi (ChDNS), %

0-10

1,25

23,8

10-20

1,25

22,7

20-30

1,24

21,0

30-40

1,24

23,0

40-50

1,32

21,4

50-60

1,30

20,0

60-70

1,33

19,6

70-80

1,50

19,3

80-90

1,42

19,1

90-100

1,44

19,2

O’rtacha: 0-70

1,27

21,6

0-100

1,32

20,9

G’o’zani amal davri oxirida tuproqning hajm massasi 1-2 variantlarda 0-70 sm qatlamda 1,33-1,34 g/sm3 ni tashkil etgan bo’lsa, tajribaning 3,4 variantlarida 0-70 sm qatlamda tuproqning hajm massasi 1,31-1,33 g/sm3 ni tashkil etgan holda, 0-100 sm qatlamda esa 1,37 g/sm3 bo’lganligi qayd etilgan.



Tajribalarda g’o’zalarni qator orasiga qora polietilen plyonka bilan mulchalanganda tuproqni hajm massasi qolgan variantga nisbatan 0,04 va 0,02 g/sm3 kamligi isbotlandi (4.5-jadval).

4.5-jadval

Tajriba dalasining amal davri oxiradagi tuproq hajm massasi, g/sm3




Tuproq qatlami, sm

Variantlar

1

2

3

4

1

0-10

1,29

1,24

1,38

1,27

2

10-20

1,32

1,31

1,31

1,29

3

20-30

1,31

1,31

1,30

1,28

4

30-40

1,33

1,33

1,32

1,30

5

40-50

1,36

1,37

1,35

1,35

6

50-60

1,35

1,34

1,33

1,33

7

60-70

1,40

1,40

1,39

1,37

8

70-80

1,53

1,55

1,50

1,51

9

80-90

1,47

1,49

1,45

1,46

10

90-100

1,50

1,52

1,48

1,50

11

0-70

1,34

1,33

1,33

1,31

12

0-100

1,39

1,39

1,37

1,37

Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, amal davri oxiriga kelganda ham ochiq maydondagi sug’orilgan vriantlarda tuproqning hajm massasi qora polietilen plyonka bilan yopilgan qator oralig’i tuprog’ining hajm massasi orasidagi farq 0-70 sm da ham, 0-100 sm qatlamda ham plyonka bilan yopilgan variant foydasiz bo’lib chiqmoqda, ya’ni hajm massa bu variantda 0,01-0,02 g/sm3 ga farqlanmoqda. Bu ko’rsatkich hosil miqdoriga so’zsiz ta’sir ko’rsatmoqda.


4.3. Mulchalashning tuproq namligi va suv sarfi me’yoriga ta’siri.

Tajriba amal davri maboynida g’o’zalar 4-marotaba sug’orilda va har safar sug’orishdan oldin tuproq namligi tuproqning quruq og’irligiga nisbatan foiz hisobida o’rganildi va 1-2 variantlar bo’yicha quyidagi ko’rsatkichlar olindi. Nazorat variantlar hisoblanish 1-2 variantlarda tuproq namligi uning quruq og’irligiga nisbatan 15,1 foizdan 15,4 foizgacha bo’lib, tuproqning dala nam sig’imiga qaraganda hisob qatlamiga mos holda 70,3 - 69,9 foizgacha o’zgarganligi (4,6 jadval) hisobga olindi.



4.6-jadval

Tajriba variantlari bo’yicha mulchalab sug’orishning tuproqning namlanishiga ta’siri


Variantlar

Sug’orish soni, marta

Tuproq namligi (quruq og’irlikka nisbatan), % hisobida

Sug’orishdan oldin, o’rtacha

Sug’orish egatning boshidagi namlik, o’rtacha

Sug’orish egatini oxiridagi namlik, o’rtacha

1-2

1

15,1

21,1

13,7

2

15,4

20,7

13,8

3

14,9

22,1

14,0

4

14,7

21,4

13,6

3-4

1

15,3

21,4

18,8

2

15,7

21,7

18,6

3

15,1

21,7

19,1

4

15,0

21,5

18,9

Tajribada mavsumiy suv sarfi har gektar maydon hisobiga hisoblab borildi, ayni vaqtda oqavo suvlar miqdori ham inobatga olindi. Suv sarfi variantlar bo’yicha «Chipoletti» suv o’lchagich orqali olib borildi.

Hisob – kitoblarga ko’ra 1-2 variantlarda ya’ni plyonka ishlatilmagan variantlarda mavsumiy suv sarfi gektar maydon hisobiga 4300 m3/ga ni, shundan oqova suvlar miqdori 22,3 % ni ya’ni 958,9 m3/ga ni tashkil etgani ma’lum bo’ldi (4.7-jadval).

Tajribaning 3-4 variantlarida ya’ni sug’orish egatlariga qora polietilen plyonka to’shalgan variantlarda sug’orishdan oldin tuproq namligi, uning quruq og’irligiga nisbatan o’rtacha 15,0-15,7 foizgacha o’zgargan. Tuproqning cheklangan dala nam sig’imiga solishtirganda hisob qatlamiga mos holda 71,7-75,1 foizni tashkil qilgan.

Ushbu variantlarda g’o’zalar mavsumda 4 marotaba sug’orilib, har gektar maydon hisobiga 3740 m3 ga suv sarflangan.

Jadal ma’lumotlari tahlili ko’rsatmoqdaki, sug’orish tartibi bir xil bo’lsada (4 - marotaba), suv sarfi me’yorlari g’o’zani rivojlanish fazalari bo’yicha har safar o’zaro farqlanib borgan. Masalan, gullash fazasida 1-2 variantlarda, ya’ni plyonka ishlatilmagan variantlarda 880 m3/ga teng bo’lgan bo’lsa, 3-4 variantlarda ya’ni plyonka ishlatilgan variantlarda 750 m3/ga ni tashkil etgan. Gullash va meva tugish fazalaridagi sug’orish me’yorlari ham har safar mos ravishda 70-200 m3/ga gacha kamayganligi kuzatilgan (4.7 - jadval).


4.7-jadval

Tajriba variantlari bo’yicha sug’orish muddatlari, sug’orish tartibi va mavsumiy suv sarfi


Variantlar

Sug’orish rejimi

Sug’orish muddatlari

Sug’orish tartibi

Suv sarfi me’yorlari, m3/ga

Mavsumiy suv sarfi, m3/ga

Gullashgacha fazasi

Gullash va meva tugish fazasi

Pishish fazasida

1-2


70-70-60

10.06

1-3-0

880

-

-




5.07

-

910

-




1.08

-

1180

-




28.08

-

1330

-

4300

3-4


70-70-60

10.06

1-3-0

750

-

-




5.07

-

840

-




1.08

-

980

-




28.08

-

1170

-

3740


4.4. Qator oralarini mulchalashning g’o’za hosildorligiga ta’siri
Resurs tejovchi texnologiyalardan biri g’o’za qator oralarini mulchalash bilan birnecha agrotexnologik jarayonlarni bajarilish sonini kamaytirishga erishish ko’zda tutiladi. Ayrim texnologik zaruriyatlarni o’tkazish esa birmuncha qisqaradi va mos ravishda xarajatlari kamayadi. Ana shunday usullaridan suv tanqisligi olishda suv resurslaridan oqilona foydalanishda qator oralatib sug’orish usuli qo’llanilganda 15-20 foiz suvni tejash bilan birgalikda ertagi va mo’l paxta hosili yetishtirish imkoniyati yaratiladi.

G’o’zani sug’orishda qator orasiga qora polietilen plyonka to’shab sug’orish usullari Respublikamizning ko’pgina fermer xo’jaliklarida qo’llanib, gektaridan 5-10 sentnergacha qo’shimcha paxta hosili olishga erishmoqdalar. Lekin, Samarqand viloyatining sho’rlanmagan o’tloq bo’z tuproqlari sharoitida g’o’zani qatorlab sug’orishda suv tejovchi texnologiyalarni qo’llash deyarlik o’rganilmagan.

2012 yilda O’zPITI ning Samarqand filiali dalalarida olib borilgan tajribada asosan g’o’zalarni sug’orishda suv tejovchi sug’orish texnologiyalaridan (qora polietilen plyonka) yakka hamda qo’sh qatorlab sug’orishning g’o’za hosildorligiga ta’siri o’rganildi va olingan ma’lumotlar 4.8 – jadvalda to’lig’icha keltirilgan.

4.8-jadval

Qator oralig’iga qora polietilen plyonka to’shashning g’o’za hosildorligiga ta’siri, s/ga


Variantlar

Tup son, ga/ming dona

Qaytariqlar

O’rtacha hosil

I

II

III

1

93,5

29,8

33,1

33,4

32,1

2

93,4

38,2

40,3

42,5

37,5

3

95,6

41,5

40,5

42,4

41,5

4

96,1

42,3

40,4

42,3

41,7

Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, ko’chatlar qalinligi variantlar o’rtasida, katta farq qilinmagan. Qo’shqatorlab sug’orilgan nazorat variantda 32,1 s/ga hosil olingan bo’lsa, yakka qatorlab sug’orilgan nazorat variantdar 37,5 s/ga hosil olingan. Xuddi shu tartibda qator oralig’iga qora plyonka to’shalgan variantlada 41,5-41,7 s/ga hosil olinib, nazorat variantlarga nisbatan mos ravishda 4,5-9,4 s/ga cha qo’shimcha hosil olindi.

Qora polietilen qo’llanilgan variantlarda sug’orishdan keyin qator oraliqlariga ishlov berilgan, bunda yonilg’i – moy sarfi va boshqa xarajatlar iqtisod qilib qolingan.

O’tkazilgan tajriba natijasiga qaragandpa, qo’sh qator oralatib, qator orasiga plyonka to’shab sug’orilganda, yuqori hosil yetishtirish mumkinligi namoyon bo’ldi.



4.5. G’o’za qator orasini mulchalashning iqtisodiy samaradorligi.

Olib borilgan tajribalar va ular asosida xulosalar qilinganda qora polietilen plyonka bilan g’o’za qator oralari yetilganda tuproq haroratga, tuproqning mexanik – fizik va suv xususiyatlariga ijobiy ta’siri natijasida hosildorlik yuqori bo’lganligi kuzatildi. Lekin bu tadbirning iqtisodiy tomondan uni samaradorligini aniqlash va shu asosda yakuniy xulosa qilish talab etiladi.

Shuni e’tiborga olgan holda tajriba maydonida o’tkazilgan barcha agrotexnologik jarayonlar ya’ni kuzda g’o’zapoyani yulishdan boshlab, dalani shudgorlash, o’g’itlash, tuproqni ekishga tayyorlash, ekish va keyingi parvarish, hamda hosilni yig’ishtirishgacha bo’lgan xarajatlar hisobga olib borilgan. Qora plyonka narxi va uni tushash xarajatlari ham o’z aksini topgan.

Barcha xarajatlar qabul qilingan normativ xujjatlar asosida hisob kitob qilingan va har bir gektar maydonidan olinadigan sof daromat, mahsulot tannarxi, rentabellik darajasi kabi ko’rsatkichlar hisoblanib, bu haqdagi ma’lumotlar 4.9- jadvalda keltirilgan.


4.9-jadval
G’o’za qator orasini qora plyonka bilan mulchalashning iqtisodiy samaradorligi





Ko’rsatkichlar

O’lchov birligi

Variantlar

1

2

3

4

1.

Hosildorlik

s/ga

32,1

37,5

41,5

41,7

2.

Jami xarajat

Ming so’m/ga

1911,9

2133,5

2341,8

2433,7

3.

Sotilgan mahsulot qiymati

Ming so’m/ga

2257,1

2536,8

2818,1

3032,2

4.

Olingan sof daromad

Ming so’m/ga

345,2

405,3

476,3

598,5

5.

1 s. mahsulot tannarxi

So’m

59560,6

56840,0

56428,9

58362,1

6.

Rentabellik darajasi

%

18,1

19,0

20,3

24,6

Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, tajribada o’tkazilgan va o’rganilgan tadbir ya’ni qora polietilen plyonkani g’o’za qator oralig’iga tushib sug’orish o’tkazilganda bu tadbir iqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha samaradorligi bo’lib, xo’jalikka birmuncha iqtisodiy foyda keltirishi mumkin ekan. Mahsulot tannarxi an’anaviy usulga nisbatan sezilarli darajada arzon, sof daromat ham gektaridan qiyoslanganda ancha yuqori va rentabellik darajasi oddiy usulga nisbatan 2-6 foizgacha yuqori ekanligi isbotlangan.


1   2   3   4   5   6


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət