Ana səhifə

Salomov ilhom


Yüklə 0.65 Mb.
səhifə3/6
tarix26.06.2016
ölçüsü0.65 Mb.
1   2   3   4   5   6

3.3. Tajriba uslublari
Dala tajribalari, yuqorida ko’rsatilganidek, O’zbekiston paxtachilik institutining Samarqand filiali dalalarida, o’tloq – bo’z tuproq sharoitlarida olib borildi. O’tmishdosh ekin boshoqli don ekinlaridir.

Tajriba uch qaytariqli bo’lib, variantdan tashkil topgan har bir variantlar 8 qaytariqdan iborat bo’lib, maydoni 720 m2 (7,2 m x 100 m = 720 m2) kuzatuv ishlari ish dasturiga asosan 4 qatorda olib borildi ya’ni hisob maydoni 360 m2.

G’o’za qator oralari 90 sm kenglikda ekilib, tajribada istiqbolli hisoblangan, Oqdaryo – 8 navi ekildi.

G’o’zani oziqlantirishda barcha variantlarda gektariga N- 200, R2O5- 140, K2O- 100 kg me’yorlarda qo’llaniladi. Fosforli o’g’itlarni yillik me’yorini 70 foizi va kaliyli o’g’itni 50 foizi kuzgi shudgor oldidan, qolgan me’yorlari azotli o’g’itlar bilan birgalikda qora plyonkani to’shash oldidan beriladi.



3.4-jadval

Tajriba tuzilmasi





Tajriba variantlari

1.

Plyonkasiz qo’sh qatorlab sug’orish (nazorat)

2.

Plyonkasiz yakka qatorlab sug’orish (nazorat)

3.

Qora plyonka to’shalgan, qo’sh qatorlab sug’orish

4.

Qora plyonka to’shalgan, yakka qatorlab sug’orish



Fenologik kuzatuvlar, biometrik o’lchovlar

Bahorda chigit ekish muddati kelgach, variantlar bo’yicha maydonlar tayyorlanib, chigit ekiladi va g’o’zada quyidagi o’lcham fenologik kuzatishlar olib boriladi.

- chigitni unib chiqish dinamikasi, %

- o’simlikni bo’yi, sm – I.VI , I.VII, I.VIII

- hosil shoxlari soni, dona - I.VII, I.VIII

- ko’saklar soni, dona - I.VII, I.VIII

- rivojlanish dinamikasi, %

A) Shonalash

B) Gullash

V) Pishish

- g’o’zani vilt bilan kasallanishi, %

- variantlar bo’yicha haqiqiy ko’chat qalinligi, ming/ga

- variantlar bo’yicha suv sarfi, m3

- hosilni yig’ishtirib olish va hosildorlikni hisoblash s/ga

- o’tkazilgan tadqiqotlarning variantlar bo’yicha iqtisodiy samaradorligini hisoblash

- olingan ma’lumotlar statistik tahlil qilinadi.



Agrokimyoviy va agrofizikaviy tahlillar.

Tajribada tuproq namunalari olinib, unda talab qilingan ko’rsatkichlar bo’yicha laboratoriya tahlillari o’tkazildi.

3.4. Tajriba obe’kti va Oqdaryo -8 navining tavsifi.

Tajriba obe’kti qilib, O’zPITIning Samarqand filialida yaratilgan g’o’zaning istiqbolli Oqdaryo -8 navi olingan va tajribalar o’tloq – bo’z tuproqlar sharoitida ochiq va qora polietilen plyonkasi tushalgan maydonlarda ekilgan g’o’zalarni taqqoslab sug’orish samaradorligi o’rganiladi.

G’o’zani Og’dayo-8 navi L-28 (Oqdaryo) AN-510 va S-9070 navlarining chatishtirish va olingan durugaylarni ko’p marta tanlash yo’li bilan X.Ibragimov, E.Abduraxmonovlar tomonidan yaratilgan. Bu nav 2005 yildan buyon Davlat nav sinash shahobchalarida sinovdan o’tib kelmoqda va Samarqand viloyatining paxta maydonlarida ekib kelinmoqda.

O’suv davri – 118-125 kun

Bosh poya balandligi – 100-110 kun

Shoxlanishi – 1,5-2 tip

Ko’sak yirikligi – 6,5-8,5 g

Tola uzunligi – 36-37 mm

Tola chiqishi – 38-39 %

Tola pishiqligi – 4,6-4,7 gk

Tolaning nisbiy uzilish kuchi – 27-28 gt/teks

1000 dona chigit massasi – 132 g

Mikroneyr ko’rsatkichi 4-4,3

Tola tipi – IV-V

Vilt kasalligiga chidamliligi – chidamli

Hosildorligi – 40-45 s/ga


3.5. Tajriba dalasida qo’llanilgan asosiy agrotexnologik tadbirlar.

Tajriba dalasida bajariladigan ishlar oldingi yilgi hosili yig’ishtirib olingan dalani tayyorlashdan boshlanadi. Dalani shudgorlash noyabr oyining 3-dekadasidan o’tkaziladi va shudgor oldidan dasturda ko’rsatilgan ya’ni rejalashtirilgan ma’danli o’g’itlar yuqorida ko’rsatilganidek, fosforli o’g’itlarning 70 foizi va kaliyli o’g’itlarning 50 foizi dalaga sepiladi. Erta bahorda yerga traktor kirish imkoniyati yaratilishi bilanoq tuproqda namni saqlab qolish maqsadida traktor bilan ikki izli boronalash yuritilib, bajariladi. Chigit ekish aprel oyining ikkinchi yarmida boshlanadi. Ekish uchun tuproqni ekishga tayyorlashga alohida e’tibor beriladi. Shudgorning holatiga qarab, dala avvalo joriy tekislanadi, chizellanadi, borona – mola yuritilib, tuproq ekishga tayyorlanadi.

Chigit ekishga berilgan tavsiyalar asosida markazlashtirilgan holda namlanadi va ekishda chigit sarfi me’yoridan oshmasligi e’tibor qaratiladi. Chigit to’liq unib chiqishi bilanoq, yaganalash o’tkaziladi, belgilangan tup son qoldiriladi. Keyingi olib boriladigan texnologik jarayonlar ham qat’iy reja asosida sifatli qilib olib boriladi.

Tajriba maydonini ekishga tayyorlash ishlarni yerni joriy tekislash 10-11 aprel 2012 yildan boshlab, 12 – aprelda diskalash va boronalash ishlari bajariladi. Bir marta chopiq va bir marta begona o’tdan tozalash ishlari bajarildi, g’o’za nihollari yaganalandi. Qator orasiga ishlov berish borasida 5 marotaba kultivasiya o’tkazildi, birinchi sug’orishdan so’ng o’g’it bilan jo’yak olinib 27 iyun kunida qator oraliqlariga tajriba dasturiga asosan qora plyonka to’shaldi. Tajriba maydonlari mavsum davomida 4 marotaba sug’orildi, 25 –avgustda chilpish o’tkazilib, 5-sentyabr kunida defoliasiya amalga oshirildi (3,5 - jadval).



3.5-jadval

Tajriba dalasida bajarilgan agorotexnologik tadbirlar




O’tkazilgan tadbirlar

Bajarish muddati

1.

Shudgorlash

11.08.11

2.

Yerni joriy tekislash

10.11.04.12

3.

Diskalash, boronalash

12.04.12

4.

Chigit ekish

14.04.12.

5.

Chopiq, begona o’tlardan tozalash

20-21.04.12

6.

Yaganalash

5.05.12

7.

Kultivasiya

12.05.12

8.

Kultivasiya

6.06.12.

9.

Sug’orish uchun jo’yak olish

9.06.12

10.

1-sug’orish

10.06.12

11.

Kultivasiya

17.06.12

12.

Jo’yak olish o’g’it bilan

20.06.12

13.

Jo’yaklarga qora plyonka to’shash

26.06.12

14.

2-sug’orish

5.07.12

15.

Kultivasiya

11.07.12

16.

Jo’yak olish

28.08.12

17.

3-sug’orish

1.08.12

18.

Kultivasiya

11.08.12

19.

Chekanka o’tkazish

25.08.12

20.

Jo’yak olish

26.08.12

21.

4-sug’orish

28.08.12

22.

Defoliasiya

05.09

4. TADQIQOT NATIJALARI

4.1. Qator oralig’ini mulchalashni g’o’zaning o’sishi va rivojlanishiga ta’siri.

Paxtachilik sohasida shug’ullanadigan olimlarimiz, mutaxasislar, fermer va dehqonlarimiz zimmasiga g’o’za hosildorligini oshirish, hosil sifatini yaxshilash yuzasidan katta vazifalar belgilangan va shu asosda keyingi yillarda ertapishar navlarni yaratish tola sifatini yaxshilash, yangi texnologiyalarni yaratish, mahsulot tannarxini arzonlashtirish borasida tinmay izlanishlar olib borilmoqda. Mo’l va sifatli paxta xomashyosini yetishtirishning asosiy omillaridan biri, suvdan tejab – tergab foydalanishdir.

Paxta maydonlarida g’o’za egat orqali sug’orilganda o’qariqlardan sug’orish suvlarining behuda bug’lanish va tuproqning pastki qatlamilariga singib ketishi natijasida yo’qolishi kuzatiladi. Bundan tashqari, sug’orish suvlari g’o’za qator orasiga ishlov berishni o’z vaqtida amalga oshirmasligi natijasida ham nobudgarchilikka yo’l qo’yiladi. Sizot suvlari sathi yer yuzasiga yaqin joylashganligi sababli namlikning bug’lanishi yuqori bo’ladi va tuproqning o’simlik ildiz tizimi tarqalgan qatlamida turli zaharli tuzlarning to’planishi sodir bo’ladi.

Bunday salbiy oqibatlarning oldini olish uchun g’o’za va boshqa qator orasi ishlanadigan ekinlarni polieitilen plyonka to’shalgan etaplardan sug’orish usulini qo’llash talab etiladi.

G’o’zani O’zPITI ning va Jizzax filiali tomonidan g’o’zani qora poldietilen plyonka to’shalgan egatlardan sug’orish texnologiyasi 2004 yil Paxtakor tumanlaridagi ikkita «Iso bobo» va «Chavondoz AUT» fermer xo’jaliklari paxta maydonlarida sinovdan o’tkazilgan «Iso bobo» fermer xo’jaligida joylashgan tajriba dalasidan mazkur usulda sug’orishni qo’llash natijasida gektaridan 5,9 sentnerdan paxta hosili olingan bo’lsa, nazorat variantida hosildorlik 40,5 sentnerni tashkil etgan. Bu ko’rsatkich «Chavondoz AUT» fermer xo’jaligida mos ravishda 49 sentner va 44,3 sentnerga teng bo’lgan. Bunda sug’orish suvlari 20-25 foizga iqtisod qilingan. Tajribalar O’zPITI ning Jizzax filiali dalalarida 2001 yil olib borilgan tajribalarida sug’orish suvlarining tejalishi natijasida g’o’zadan olingan qo’shimcha hosil 2001 yilda gektariga 12 sentneri, 2002 yilda 12 sentner, 2003 yilda 15 sentner va 2004 yilda esa 5,3 sentnerni tashkil etgan. 2006-2007 yillarda O’zPITIning Jizzax filialida g’o’za ekilgan turli me’yordagi mineral o’g’itlarni qo’llash orqali polietilen bilan qoplangan egatlar ustidan sug’orish tajribasi o’tkazilgan.

Tajribada azot o’g’itlari 100, 200, 300 kg/ga me’yorda plyonkasiz nazorat variantida ham va plyonkali variantlarda ham qo’llanilgan diametri 6 mm bo’lgan, har 1,2 m da joylashgan suv chiqaruvchi teshikka ega bo’lgan plyonka egatlarga yotqizilgan va sug’orish barcha variantlarga qator oralatib suv berish orqali amalga oshirilgan.

Tadqiqotlarni ko’rsatishicha, g’o’zani polietilen plyonka yotqizilgan egatlardan sug’orish natijasida sug’orish suvining tejalishi o’rtacha 35,3 % ni tashkil etib, qo’shimcha paxta hosili gektariga 104 sentner yoki 28,4 % ga ko’p bo’lgan.

Tadqiqtlarda g’o’zani polieitilen plyonka to’shalgan egatlardan sug’orishni hisoblash bilan birga uning ekologik samarasi bo’yicha kuzatishlar ham olib borilgan.

Olingan ma’lumotlar ko’rsatdiki, plyonka ostida tuproqdagi foydali mikroblar soni yuqori, tuproqdan atmosferaga kam miqdorda parnik gazi o’zlashtirilgan va mutonosib holda tuproq nematodalari sonini kamayishi kuzatilgan.

O’zPITIning Jizzax filial iva Oqbuloq agroxizmat markazi dalalarida 2005 yilda g’o’zani polietilen plyonka ustidan sug’orish texnologiyasi 10 ta fermer xo’jaliklari paxta maydonlarida joriy etilgan. Bunda g’o’za qator oralari polietilen plyonka yarim mexanizasiyalashgan uslulda qator orasiga plyonka yotqiziq moslamasi yordamida amalga oshirilgan.

Mazkur moslama xalqaro IKARDA tashkilotining bevosita ko’magida O’zPITI Jizzax filialida muxandis xodimlar tomonidan tayyorlangan.

G’o’zani o’sishi, rivojlanishi va hosil to’plashi bo’yicha olib borilgan kuzatishlar ko’rsatdiki, g’o’za qator orasiga plyonka to’shalgan maydonlarda ochiq maydonda o’sgan g’o’zalarga nisbatan ustunlik yaqqol namayon bo’lgan. G’o’za qator orasiga polieitilen plyonka to’sib, sug’orish texnologiyasi bo’yicha o’tkazilgan kuzatishlar natijalari asosida quyidagi afzalliklari mavjudligi aniqlandi.

- uzun egatlarda tuproqni bir tekis namlanishi ta’minlanadi;

- qator orasiga ishlov berish minimallashtiriladi;

-sug’orishdan keyin tuproq namligining bug’lanishi kamayadi;

- qora polietilen plyonka ostiga quyosh nuri tushmasligi natijasida begona o’tlarning nobud yuo’lishi kuzatiladi;

- qator orasida kultivator ishchi organlari yurmaganligi sababli tuproqning zichlashish darajasi ro’y bermasligi, kam me’yorlarda sug’orish natijasida tupproqning unumdor 0-40, 0-50 sm qatlamining sifatli namlanishi hisobiga ildiz tizimi jadal rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi;

- maqbul sug’orish va ozuqa rejimini yaratishi natijasida tupproq mikroorganizmlar soni va o’simlik qoldiqlari hisobiga minerallashgan azot va boshqa elementlar miqdori oshadi;

- tuproqda biokimyoviy jarayonlarni jadallashuvi natijasida uning biologik va fermentativ faolligi oshadi;

Yuqorida keltirilgan tavsiyada // sho’rlanmagan va kam sho’rlangan tuproqlarda g’o’zani egat orqali 60 sm ekilgan maydonlarda, sug’orish suvidan samarali foydalanish maqsadida sug’orish me’yorini kamaytirib, egat oralatib sug’orishni maqsadga muvofiqligi e’tirof etilgan.

Olingan ma’lumotlarga qaraganda, yer osti suvi chuqur joylashgan maydonlarda g’o’zani sug’orish me’yorlari, uning o’sishi va rivojlanishi davriga ko’ra tuproqning namlanishi 70-100-70 sm qatlami bo’yicha amalgai oshirilishi lozim. G’o’zani gullash va hosil to’plash davrida tuproqning namlanishi hisob qatlami 100 sm ga teng, boshqa rivojlanish fazalarida esa namlanish chuqurligi 70 sm ga teng bo’ladi.

O’zPITI tajribalarida olingan natijalar shuni ko’rsatadiki, mazkur tartibda rioya qilinsa, sug’orish suvi 9,5 foizga iqtisod qilnib, qo’shimcha 3,0 s/ga (7,4 %) hosil olinadi.

Yer osti suvlari yaqin joylashgan (o’tloqi) tuproqlarni sug’orishda hisobiy namlanish qatlami 50-70-50 sm olinadi. Bunda 70-100-70 sm sm ga nisbatan sug’orishda suv 32 foizga iqtisod qilinib, hosildorlik 0,9 s/ga (2-3 %) oshadi.

G’o’zani sug’orish texnologiyasini samaradorligini oshirishda egat oralatib sug’orishda suvni yanada iqtisod qilish maqsadida egatlar o’rnini almashtirishni tavsiya etiladi.

Bu texnologiyaning afzalligi shundaki, har bir suvdan keyin haydov traktori ikkita ishni birvaqtda, ya’ni suv yurgan qatorni yumshatib, suv yurmagan qatorga egat olib, keyingi suvga tayyorlab ketadi.

Traktorning kultivatoriga yumshatgich va egat ochish organlari biriktiriladi. Ularni ramada joylashuvi bir suvdan keyin o’zgaradi.

Tuproqqa kombinasiyalashtirilgan ishlov berishda odatdagi texnologiyaga qaraganda ishlov berish soni kamayadi. Bunda yog’ilg’i kam sarflanadi, tuproq kam zichlanadi va o’simlik kam zichlanadi, troktorning va kultivatorning ishlash muddati uzayadi.

Bunday sug’orish texnologiyasida qator orasiga ishlov berishda g’o’zaning tuproqdagi oziq elementlarini to’liq o’zlashtiradi, tuproq kam zichlanadi va o’simlik yaxshi rivojlanadi. Tajribalar shuni ko’rsatdiki, agar sug’orish egat oralatib har doim bir egatdan sug’orilsa, ildizning asosiy qismi shu tarafga qarab o’sadi. Tavsiyada taklif etilayotgan usulda g’o’zani egat orqali navbatlab sug’orilganda esa, ildiz bir tekisda rivojlanadi, oziq elementlardan to’liq foydalanganligi sababli hosildorlik oshadi.

Bundan tashqari, g’o’zani egat orqali navbatlab sug’orish texnologiyasini qo’llash nafaqat yonilg’ini iqtisod qilish, balki yuqori va sifatli paxta hosilini olish hamda tuproqqa ishlov berishni kamayishi hisobiga atrof muhitni zararlanashini oldini oladi.

Bizning tajribamizda ham yuqorida keltirilgan tavsiyada muvofiq va tajriba tizimida keltirilgan variantlar asosida olib borilgan tadqiqotlar qat’iy ravishda tasdiqlangan uslublar asosida olib borildi.

G’o’zani ekish, unib chiqish davridan to pishib yetilish, hosilni yig’ishtirish davrigacha uni o’sishi va rivojlanishi uchun qo’llaniladigan barcha agrotexnologik jarayonlar o’z vaqtida va sifatli qilib bajarilishiga erishildi.

Tadqiqot o’tkazish sharoitlari bo’limida ta’kidlanganidek, chigit o’z vaqtida ekilganligi natijasida yog’in – sochinlar o’z salbiy ta’sirini o’tkazaolmadi. Ekilgan chigitdan to’liq nihol olindi va zarur bo’lgan ko’chat qalinligi olishga erishildi.

Chigit 14 aprel kunida ekilgan bo’lsa, 20-21 kunlari o’tkazilgan unib chiqish dinamikasi bo’yicha hisobotlarda unib chiqish darajasi barcha variantlar bo’yicha 90-100 % ni tashkil etdi.

1-shonada g’o’zani o’sishi va rivojlanishini variantlar bo’yicha tahlil qiladigan bo’lsak, o’simliklarning bo’yi va chinbarglar sonida unchalik farqlar sezilarli darajada bo’lmadi chunki, bu davrda tajribada suv tejovchi texnologiyalar qo’llanilmagan, ya’ni qator oraliqlariga qora plyonka yotqizilmagan, g’o’za sug’orilmagan edi.

Masalan, 1-iyunda 1,2 variantlarda o’simlik bo’yi 17,1-16,9 sm, bo’lgan bo’lsa, 3-4 variantlarda 16,2-15,9 sm ni tashkil etgan, chinbarglar soni esa 6,3-6,3 ta bo’lgan bo’lsa, 3-4 variantlarda shunga mos ravishda 6,2-5,9 tani tashkil qilgan.

1-iyulda o’tkazilgan fenologik kuzatuvlarda o’simlik bo’yi, hosil shoxlari soni va to’plangan shonalar sonida oz bo’lsada farq borligi ma’lum bo’ldi (4.1-jadval).



4.1-jadval

Tajribada variantlar bo’yicha g’o’zani o’sish va rivojlanish

holati (1-iyul 2012 y.)



Variantlar

O’simlik bo’yi, sm

Shona soni, dona

Shona soni, dona

1

63,5

6,7

6,3

2

63,2

6,7

6,5

3

67,2

7,0

6,8

4

67,3

7,0

6,8

Jadvaldan ko’rinib turibdiki, nazorat variantlarga nisbatan qo’shqatorlab va yakkaqatorlab ekilgan sug’orilgan variantlarda o’simlik bo’yi 63,2 – 65,0 sm ni tashkil qilgan bo’lsa, qo’shqatorlab va yakkaqatorlab plyonka tushalgan va sug’orilgan variantda 67,2-67,3 sm ni tashkil etib, nazoratga nisbatan 4,5-3,7 sm o’simlik bo’yi baland bo’lganligi kuzatildi. O’rganilgan variantlar o’rtasida 3-4 variantlardagi o’simliklarda hosil shoxi va ulardagi shonalar soni ham 1-2 variantlardagidan nisbatan ko’proq bo’lganligi kuzatildi.

1-avgustda o’tkazilgan fenologik kuzatishlar va biometrik o’lchovlarda variantlar o’rtasidagi farqlar yaqqol sezilarli darajada bo’lganligi aniqlandi.


4.2 – jadval

Tajribada variantlar bo’yicha g’o’zani o’sish va rivojlanish

holati (I-VIII- 2012)


Variantlar

O’simlik bo’yi, sm

Hosil shoxlari soni, dona

Ko’saklar soni, dona

Tuguncha soni, dona

1

86,6

12,3

3,9

1,6

2

87,2

12,4

3,6

1,8

3

102,6

14,3

5,4

2,3

4

102,6

14,5

5,3

2,3

Jadval ma’lumotlaridan ko’rish mumkinki, mulcha sifatida qora plyonkaning va sug’orishni ta’siri o’simlikni o’sishi va rivojlanishga barcha ko’rsatkichlar bo’yicha o’z ta’sirini ko’rsatgan. Masalan o’simlik bo’yi 3-4 variantda I-VIII holatida 1-2 variantdagilarga nisbatan 16-17 sm gacha baland bo’lgan bo’lsa, hosil shoxlari soni 2,2-2,1 tagacha ko’p ko’saklar soni esa 1,5-1,7 donagacha ortgan. Bu esa mulchalash va sug’orishning ijobiy ta’sirini isbotlaydi.

Fenologik kuzatishlar 1-sentyabrda ham o’tkazilganda aniqlanildiki, mulchalashni ijobiy ta’siri hosil elementlar sonigina emas, balki uning rivojlanishiga jumladan ko’saklarning pishib yetilishiga ham ta’sir ko’rsataolar ekanligi ma’lum bo’ldi. Masalan; 1-sentyabrda.


variantda

ko’sak soni dona,


Shu jumladan ochilgani

1

9,8

4,1

2

11,5

4,4

3

12,4

4,1

4

12,4

4,4

Bu ko’rsatkichda, ya’ni 1-sentyabrda eng ko’p ko’sak, qo’sh va yakka qatorlab qora plyonka to’shalgan va sug’orish o’tkazilgan variantlardan olingan. Bu variantlarda nazorat variantlarga nisbatan har bir o’simlikdan o’rtacha 2,6 donagacha ko’p ko’sak yetishtirilgan. Ko’saklarning 1-sentyabrga kelib ochilgani ham nazorat variantlarga nisbatan 2 donaga ko’p bo’lganligini inobatga olish mumkin.

Umuman olganda, o’tkazilgan tadbirni g’o’zaning o’sishi va rivojlanishiga ta’sirini umumlashtirib tahlil qilish (4,3-jadval) mumkinki, g’o’za qator oralig’iga qora mulchani to’shash va u orqali sug’orishni o’tkazish katta agrotexnologik jarayon ya’ni tadbir bo’lib, uni ayrim o’rganilmagan tomonlarni ham yechimini kelajakda o’rganish va ishlab chiqish talab qilinadi.

Hozirgi vaqtda qora polietilen plyonka bilan g’o’za qator oralariga to’shashni tashkil qilish va keyin yakka yoki qo’shqatorlab sug’orishni o’tkazish mamlaktimizning barcha tumanlarida sinab ko’rilib, keng maydonlarda joriy etish borasida tavsiyalar ishlab chiqishga berilmoqda. Bu esa ushbu tadbirni sug’orma dehonchilik uchun naqadar ahamiyatga molik ekanligidan dolalat beradi.


1   2   3   4   5   6


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət