Ana səhifə

Magistrlik dissertatsiya


Yüklə 3.08 Mb.
səhifə4/6
tarix27.06.2016
ölçüsü3.08 Mb.
1   2   3   4   5   6

II. BOB. Metodika.
2.1. Antropometrik o’lchovlarni o’tkazish usullari
Bolalar va o’smirlarning o’sishi va rivojlanishi bir tekisda kyechmaydi. Tez o’sish davrlari sust o’sish davrlari bilan almashib turadi. Bunda bola organizmida miqdor va sifat o’zgarishlar yuzaga keladi. Boshqacha qilib aytganda, bolalar va o’smirlarni o’sish va rivojlanish to’lqinsimon kechadi. Bolalar va o’smirlarni o’sish va rivojlanishini me’yorida kechishini jismoniy rivojlanishi orqali aniqlash mumkin. Buni bir qator miqdor va sifat ko’rsatkichlari orqali baholash mumkin.

Jismoniy rivojlanish deganda organizmning kompleks morfologik va funksional xususiyatlari tushuniladi.

Jismoniy rivojlanishni belgilovchi ko’rsatkichlar orasida antropometrik ko’rsatkichlar kata ahamiyatga ega.

Ushbu ishda antropometrik o’lchovlardan somatometriya usuli qo’llanildi.

Antropometrik o’lchovlarni aniqligi va ishonchligini ta’minlash uchun ertalab o’tkazish tavsiya etiladi (kunning oxirida tanna vazniinng oshishi hamda bo’y uzunligining 1-1,5 smga pasayishi kuzatilishi mumkin).

I. Bo’yini balandligi rostomer yordamida o’lchandi. Buning uchun bola rostomerga orqa tomoni bilan tika turdi. Bunda qoidagi muvofiq bola tanasining uchta nuqtasiga ya’ni kurash, dumbasi hamda tovanni rostomerga tegib turishi kerak. Shunga muvofiq ushbu talabga rioya qilindi. Rostomerni planshestkasi bolani bosh qismiga tegizib qo’yildi va belgilangan raqam yozib olindi va daftarga qayd etildi. Ushbu o’lchovlarni o’tkazishda bola kiyimsiz bo’lishi lozim.

II. Ko’krak qafasini aylanasi uchta holatda o’lchanadi: maksimal nafas chiqarishda, maksimal nafas olishda hamda pauza vaqtida. Bu o’lchovni amalga oshirish uchun bola ikkita ko’lini ikki tomonga yozib turadi va santimetrili lenta ko’krak qafasi, orqa qismini kuragdan pastga qo’yilganda qo’llarni tushuradi. Shu vaqtda santimetrdan lenta ko’krak qafasini oldingi, qismiga ham tegiziladi. Bunda santimetri lenta ko’krak qafasi aylanasi bo’yicha zich tegib turishi kerak. Shundan keyin bola chuqur nafas chiqarish va ko’rsatilgan raqam yozib olinadi hamda chuqur nafas oladi va yana ko’rsatilgan raqam yozib olinadi.

Nafas olish va chiqarish paytida ko’krak qafasi aylanasidagi farq ko’krak qafasining ekskursiyasi deyiladi. Bu ko’rsatkich yoshi kattalarda o’rtacha 6-8 smni sportchilardja 12-16 smni, kichik maktab yoshidagi bolalarda 3-5 smni va yuqori sinf bolalarda 5-7 smni tashkil etadi.

Tadiqqotda ko’krak qafasini aylanasini o’lchash uchun tavsiya etilgan usul talablariga to’la rioya etildi va o’lchovlar o’tkazildi.

III. Tana vaznini aniqlash uchun tibbiyot amaliyotida foydalanadigan tarozidan foydalanildi. O’lchovni bolalarni kiyimsiz va oyoq kiyimini yechgan holda amalga oshirildi. Tarozi ko’rsatkichlari maxsus daftarda qayd etilib borildi.


III. BOB. Asosiy qism
3.1. Bolalar va o’smirlarning bo’yini balandligiga akselerasiyani ta’siri
Bolalar va o’smirlarning bo’yini balandligi yoki uzunligini aniqlash antropometrik o’lchovlarning ko’rsatkichi hisoblanadi.

Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishida bu ko’rsatkich doimiy ravishda aniqlanib turiladi. Chunki bu ko’rsatkich bo’yicha bolalar va o’smirlarning yoshga xos ravishda o’sishi va rivojlanishiga baho beriladi.

O’sish va rivojlanish qonuniyatiga ko’ra tananing bo’yiga o’sish ham notekis bo’ladi. Uning notekisligi qo’yidagicha namoyon bo’ladi. Yangi tug’ilgan bolaning bo’yi 48-52 sm bo’ladi. Bola hayotining birinchi yilida uning bo’yi 25 sm o’sadi va 75 smni tashkil etadi.

Ikkinchi yili tananing o’sishi sekinlashadi va u faqat 10 sm ga o’sadi. Keyingi yillarda (6-7 yoshgacha) o’sish tezligi yanada sekinlashadi. Kichik maktab yoshining boshlanishida bo’y 6-10 sm, 8-10 yoshda kelib esa 3-5 smga o’sadi. Jinsiy balog’atga yetish davrida o’sish tezligi yana ortadi, har yili o’sish 5-10 sm ni tashkil etadi. Tana o’sishining eng ko’p ortishi qiz bolalarda 12 yoshga kelib, o’g’il bolalarda esa 15 yoshda kuzatiladi. Bo’yning o’sishi asosan qiz bolalarda 19 yoshga kelib, o’g’il bolalarda esa 20 yoshga kelib tugallanadi. Yangi tug’ilgan davrdan to voyaga yetgunga qadar insonning bo’yi 3, tanasi – 3,5, ko’llari – 4, oyoklari – 5 marotaba uzunlashadi. Tananing bo’yicha o’sishi hayotning birinchi yilida uning massasini ortishi bilan, keyingi davrda sekinlashishi esa – funksional tizimlarning hujayralari, to’qimalari, a’zolari differensiyalashuvi jarayonlarini faollashuvi bilan bog’liq bo’ladi.

Kitoblarda o’sish va rivojlanish jarayonlari barqarorlashgan aholi guruhlari mavjudligiga oid ma’lumotlar berilgan. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan Yevropa mamlakatlarida menarxe yoshi 12,7-13 yilni tashkil etadi va keyinchalik pasayish kuzatilmaydi.

Shu munosabat bilan S.S.Solixo’jayev, A.P.Sayfulina, M.D.Raxmatullayeva, N.S.Xo’jayeva va M.F.Fayziyevlar tomonidan 1988 yilda Toshkent shahrida yashovchi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning jismoniy rivojlanishi ko’rsatkichlari tekshirilgan.


4-jadval

Toshkent shahridagi rus millatiga mansub maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jismoniy rivojlanishiningn (bo’yini balandligi) ko’rsatkichi


Yoshi

Jinsi

Bo’yini balandligi, sm

3 yosh

o’g’il bolalar

qiz bolalar



96,3±0,31

96,2±0,31



4 yosh

o’g’il bolalar

qiz bolalar



104,2±0,35

1030±0,31



5 yosh

o’g’il bolalar

qiz bolalar



110,6±0,32

109,4±0,31



6 yosh

o’g’il bolalar

qiz bolalar



116,7±0,32

116,9±0,33



7 yosh

o’g’il bolalar

qiz bolalar



122,3±0,43

121,6±0,46




Toshkent shahrida mahalliy millatiga mansub maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jismoniy rivojlanishining (bo’yni balandligi) ko’rsatkichi

5-jadval

Yoshi

Jinsi

Bo’yini balandligi, sm

3 yosh

o’g’il bolalar

qiz bolalar



96,0±0,36

95,0±0,36



4 yosh

o’g’il bolalar

qiz bolalar



101,4±0,30

101,5±0,27



5 yosh

o’g’il bolalar

qiz bolalar



103,0±0,28

107,3±0,29



6 yosh

o’g’il bolalar

qiz bolalar



114,0±0,30

114,0±0,30



7 yosh

o’g’il bolalar

qiz bolalar



118,8±0,50

118,5±0,41


Bolalarning jismoniy rivojlanishiga baho berish somatometrik ma’lumotlarni o’rganishni o’z ichiga oldi va umumiy qabul qilingan bir xil uslub asosida aniqlangan.

1972, 1978 yillardagi ma’lumotlarni olingan natijalar bilan taqqoslash shunday xulosaga olib keldiki russ millatiga va tub aholiga mansub bolalar o’rtasida akselerasiya mavjud bo’lib, aslida uning pasayish moyiligi ko’zaga tashlandi. Tadqiqotlarning natijalari tekshirilgan bolalarning 70 foizi o’rtacha jismoniy rivojlangan bolalar ekanligini ko’rsatdi. Rus millatiga mansub o’g’il va qiz bolalarning jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlariga baho berar ekanmiz, barcha yosh guruhlarida bo’y o’sishi oshganligini qayd etish kerak (4-jadval). Mahalliy millatga mansub barcha yoshdagi bolalarda ham xuddi shunday (5-jadval) biroq ayrim ko’rsatkichlar bo’yicha nisbiy qiymat ruslarga qaraganda ancha past O’zbekistonda bunday tadqiqotlar V.V.Shirokova-Divayeva (1939-1940); S.N.Yo’ldosheva (1945); D.I.Saidakbarova (1956); G.Z.Nurmuxamedov va O.T.Umnurseva (1972); K.S.To’laganov (1978) tomonidan o’tkazilgan. Bunda Toshkent shahrida yashovchi bolalar va o’smirlarlarning jismoniy rivojlanishi o’rganilgan. Ammo bu tadqiqotlar asosan maktabgacha yoshidagi bolalarni jismoniy rivojlanishini o’rganishga bag’ishlangan.

Bundan tashqari bunday tadqiqotlar Moskva shahrida yashovchi 8-16 yoshli o’g’il va qiz bolalarning jismoniy rivojlanishini o’rganish bo’yicha o’tkazilgan. 1890 yildan to 1982 yilgacha bolalar va o’smirlarning bo’yi o’sib kelgan. N.I.Mixaylovani ma’lumotlariga ko’ra 1890 yilda o’g’il bolalarning bo’yining balandliga 117,8, qiz bolalardiki esa 116,4 sm bo’lgan bo’lsa 1981 yilda bu ko’rsaktchi quyidagicha o’zgargan: o’g’il bolalarda 127,4 sm qiz bolalarda esa 131,5 sm bo’lgan. Shuni ham ta’kidlash lozimki bu o’zgarish bir tekisda bo’lmagan. Buni quyidagi 6-jadvaldan ham ko’rish mumkin.


Moskva shahrida yashovchi 8-16 yoshli o’g’il va qiz bolalarning bo’yini balandligi ko’rsatkichi sm ga (1890-1982 yillar).

6-Jadval


Yoshi

O’g’il bolalar

Qiz bolalar

I

II

III

I

II

III

8

5,5

6,9

-1,5

5,5

7,9

2,7

9

6,5

7,8

-1,0

6,5

7,9

5,8

10

6,7

0,7

0,9

5,7

8,7

3,6

11

5,5

13,3

0,1

5,5

13,3

0,7

12

8,0

10,0

2,3

2,0

10,0

4,7

13

8,4

11,1

1,4

8,4

10,1

4,3

14

6,7

7,2

0,1

7,7

7,1

3,3

15

9,6

5,0

3,1

8,6

5,0

5,0

16

7,2

6,5

3,6

7,2

3,2

5,6

I – 1890-1966 yillar

II – 1936 – 1969 yillar

III - 1969 – 1982 yillar

Ma’lumotlardan ko’rinmoqdaki eng katta o’zgarish 90 yillarning boshidan 30 yillargacha bo’lgan. Bunday o’zgarishni mualliflar sosial tizimini o’zgarishi, aholini yashash sharoitini yaxshilanib borishi ham aholini migrasiyasi bilan bog’lashgan. Ikkinchi jahon urushi davrida bu ko’rsatkich pasayib ketsin, chunki bu vaqtda aholini turmush sharoitini pasayishi hamda bolalar va o’smirlarni ruhiy zo’riqishni bzaga kelgan. 1950 yillardan boshlab bolalar va o’smirlarni bo’yini o’sish tezlashganligi to’g’risida ma’lumotlar mavjud.

Biz tomonimizdan o’tkazilgan tadiqqotlarga ko’ra O’zbekiston sharoitida (Samarqand misolida) ham bolalar va o’smilarni jismoniy rivojlanishi o’zgarib borgan, ammo bu o’zgarishlar bir tekisda emas. Buni jadvallardan (7-10) va rasmlarini (4-5) ham ko’rish mumkin. O’tkazilgan tadqiqotlarga ko’ra O’zbekiston sharoitida yashovchi o’g’il va qiz bolalarning bo’y o’sgan hamda bu hozir ham davom etmoqda.


7-Jadval

7-15 yoshli qishloq sharoitida yashovchi o’g’il bolalarning bo’y balandligi ko’rsatkichi




O’g’il bolalar

Yoshi

Bo’y balandligi, sm

7

125,8

8

134,4

9

133,3

10

142,2

11

153,8

12

156,0

13

168,7

14

175,9

15

175,5

8-Jadval



7-15 yoshli shahar sharoitida yashovchi o’g’il bolalarning bo’y balandligi ko’rsatkichi




O’g’il bolalar

Yoshi

Bo’y balandligi, sm

7

123,8

8

129,6

9

132,5

10

138,3

11

147,4

12

147,7

13

158,1

14

161,3

15

161,7

9-Jadval


7-15 yoshli qishloq sharoitida yashovchi qiz bolalarning bo’y balandligi ko’rsatkichi




Qiz bolalar

Yoshi

Bo’y balandligi, sm

7

124,1

8

134,8

9

134,0

10

139,2

11

144,8

12

153,3

13

167,2

14

167,5

15

170,2

10-Jadval



7-15 yoshli shahar sharoitida yashovchi qiz bolalarning bo’y balandligi ko’rsatkichi




Qiz bolalar

Yoshi

Bo’y balandligi, sm

7

123,8

8

129,6

9

132,5

10

138,3

11

147,4

12

147,4

13

158,1

14

161,3

15

161,7

Somatometrik o’lchovlardan ko’rinmokdaki bolalar va o’smirlarni bo’y balandligi ko’rsatkichi o’zgarib bormoqda va buni akselerasiyani ta’siri desa bo’ladi. Bolalar va o’smirlarni jismoniy rivojlanishishi (bo’y balandligi bo’yicha) tahlil etilganda qishloq sharoitida yashovchi o’g’il va qiz bolalarning bo’y balandligi shahar




4-rasm. 7-15 yoshli o’g’il bolalarning bo’y balandligi ko’rsatkichi



5-rasm. 7-15 yoshli qiz bolalarning bo’y balandligi ko’rsatkichi
sharoitida yashovchi tengdoshlariga nisbatan o’g’il bolalarda yoshiga qarab 2-13,8 sm.gacha baland ekanligi hamda qiz bolalarda 0,3-8,5 sm gacha baland ekanligi aniqlandi. Shunga ko’ra akselerasiyani bu ko’rsatkichi bo’yicha ta’siri qishloq sharoitida shahar sharoitiga nisbatan yuqori ekanligi ko’rinmoqda.

Bu qishloq sharoitidagi ijtimoiy muhitini hamda yashash tarzini va atrof muhit omillarining o’ziga xos ta’siridan dalolat bermoqda.

Olingan natijalarni S.S.Solixo’jayev tomonidan 1988 yilda o’tkazilgan tadqiqotlar ma’lumotlari bilan qiyoslasab 25 yil davomida 7 yoshli qishloqda yashovchi o’g’il bolalarni bo’yi 7 sm ga o’sgan bo’lsa shahar sharoitida bu ko’rsatkich 3.3. sm ni tashkil etadi. Raqamlardan ko’rinmoqdaki g’qishloq va shahar sharoitida yashovchi bolalar va o’smirlarni bo’yi balandligiga akselerasiya o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Shu munosabat ta’kidlash lozimki O’zbekiston sharoitida ham bolalar va o’smirlarni jismoniy rivojlanishiga akselerasiyani o’ziga xos ta’siri mavjud. Ammo boshqa mamlakatlardagi (Moskva shahri) shu yoshli bolalar va o’smilarni bo’yi balandigi bilan qiyoslaganda (1981 yildagi ma’lumot bilan) farqi juda kam ekanligi aniqlandi.

Hozirgi vaqtda ushbu tadqiqotlarni qo’llamini kengaytirish va katta miqdordagi hamda turli yoshdagi bolalarni va o’smirlarni jismoniy rivojlanishini o’rganish rejalashtirilgan.


59

3.2. Bolalar va o’smirlarningn tana vazniga akselerasiyani ta’siri


O’sish va rivojlanish tirik materiyaning umumiy biologik xususiyatlari hisoblanadi, uzluksiz ilgarilovchi jarayon ko’rinishida bo’ladi. U yoki bu fiziologik tizimlarning tuzilishida yoki faoliyatida yoshga oid xususiyatlarning mavjudligi, bola organizmini alohida yoshga oid davrida to’laqonli rivojlanganligini ko’rsatmaydi. Aynan shunday o’ziga xos xususiyatlar majmui u yoki bu yosh davrini tavsiflaydi. Organizm o’sishi va rivojlanishida barcha etaplarni bolalik o’smirlik, yoshlik, yetuklik davrlarini bosib o’tadi. O’sish bu organizmning miqdor ko’rsatkichi rivojlanish esa sifat ko’rsatkichi bo’lib, bu ikki jarayon notekislik, ya’ni gesteroxroniya, uzluksizlik va akselerasiya jarayonlari asosida yuzaga chiqadi.

Organizmning normal holatida o’sish va rivojlanish bir-biri bilan juda yaqin aloqada va hamkorlikda bo’lsa ham, ular bir vaqtda va bir xil jadallikda sodir bo’lmaydi, chunki biron-bir a’zo massasining kattalashishi uni bir vaqtda funksional jihatdan takomillashuvini bildirmaydi. Ontogenezda birinchi navbatda, ontogenezning ushbu bosqchichida yoki yaqin kelajagida organizmni yashashi uchun zarur bo’lgan a’zo va tizimlarning rivojlanish tezligi o’zgaradi. Ushbu bosqichda zarur bo’lmagan funksional tizimlarning rivojlanishini esa aksincha orqada qoladi. Shunga ko’ra o’sish va rivojlanish notekis davom etadi. Notekis rivojlanishida akselerasiya jarayonini ham e’tiborga olish lozimdir. O’sish va rivojlanish davrida akselerasiya bolalar va o’smirlarning antropometrik ko’rsatkichlarida ta’sir etadi. Bu to’g’risida ilmiy manbalarda ma’lumotlar mavjud.

Bir qator mualliflarning, xususan G.N.Salnikova, M.V.Antrpoova va boshqalarning tadqiqotlarida so’ngi 16-15 yillarda o’g’il va qiz bolalarning antropometrik ko’rsatkichlarida o’zgarishlar mavjud.

Hozirgi vaqtda shunday ma’lumotlar borki, ularga ko’ra, bola hali ona qornidaligidayoq, uning energiyasi oshadi va hayotining faol davr tugaguncha, ya’ni organizmdagi barcha o’sish va rivojlanishi jarayonlari nihoyasiga yetguncha davom etadi. G.N.Serdyukovskaya bilan R.A.Kalyujnayaning ma’lumotlariga ko’ra akselerasiya o’smirlik davrida eng yuqori jadalikka yetadi.



1890 – 1982 yillar davomida Moskva shahrida yashovchi maktab yoshidagi o’g’il va qiz bolalarning tana massasining tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, o’g’il bolalarning (8-16 yoshli) tana massasi 1890-1936 yillarda 1,3-4,7 kg.gacha, 1936-1969 yillarda 2,5-8,4 kg gacha oshgan. 1969-1982 yillarda 0,7-2,5 kg gacha o’zlargan qiz bolalarning (8-16 yoshli) tana massasi 1850-1936 yillarda 2,6-10,5 kg gacha, 1936-1969 yillarda 4,1-7,5 kg gacha oshgan. 1969 – 1982 yillarda esa 0,1-6,6 kg gacha o’zgargan. Raqamlardan ma’lum bo’lmoqdaki 1969-1982 yillarda o’g’il va qiz bolalarning tana massasi kata miqdorda o’zgarmaganligi (11-jadval) yaqqol ko’rinmoqda.
11-jadval
1   2   3   4   5   6


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət