Ana səhifə

Magistrlik dissertatsiya


Yüklə 3.08 Mb.
səhifə6/6
tarix27.06.2016
ölçüsü3.08 Mb.
1   2   3   4   5   6

3.4. Akselerasiya va bolalar sporti
Hozirgi sportning xarakterli xususiyatlardan biri yosh sportchilarni tayyorlashishning barga etaplarida trenirovka jarayonini samaradorlishishi oshirish va yosh me’yorini pasaytirishdan iborat. Bunday tendensiya hozirgi vaqtda ko’pchilik sport turlarida 5 tadan 12 taga trenirovkalarni haftasiga o’tkazishiga olib kelmoqda. Ko’pchilik musobaqalarda (shahar, viloyat, mamlakat, Yevropa, Osiyo, Jahon va olimpiya o’yinlari) aynqsa sport gimnastikasi, suzish, figurali uchish va boshqalarda balog’at yoshiga yetmagan bolalar g’olib bolib chiqishmoqda. Bunday holatga bir tomonlama izoh berish qiyin. Buning asosida ko’pchilik olimlarning fikriga ko’ra «asr tendensiyasi», ya’ni rivojlanish akselerasiyasi bo’lishi mumkin. Uning ko’rinishlardan biri o’sish va rivojlanishining tyezlashuvi, tayanch va harakat apparatining rivojlanishining tezlashishi, muskul faoliyatining aerob va anaerob yo’llar bilan energiya bilan ta’minlash hamda bolalar va o’smirlarning erta morfofunksional yetilishi hisoblanadi.

Akselerasiya ta’sirida bolalar va o’smirlarning bo’yi balandligi, tana vazni va ko’krak qafasi aylanasi bundan 120-150 yil oldin yashagan bolalarni somatometrik ko’rsatkichlaridan oshganligi ilmiy manbalarda ko’rsatilgan.

Akselerasiyaga sabab bo’luvchi omillar va uni tushuntiruvchi qonuniyatlar juda ko’p, ammo ularni birortasi ham akselerasiyaini sababini aniq ko’rsata olmaydi. Shunga ko’ra bitta omilni emas bir nechta omilni kompleks ta’siri akselerasiyaiga sabab bo’lishi mumkin.

Asr tendensiyasi yoki akselerasiya sportga ham o’z uzini qoldirmoqda. Bolalarda hamda katta yoshdagi odamlarda tana andozlarining o’sganligi kuzaytilmoqda. Hozirgi futbolchilar, suzuvchilar va voleybolchilarni tana andozalari XX asrning boshida shu sport turlarida bilan shug’ullangan sportchilar tana andolzaridan kattadir.

Akselerasiya harakat sifatlarining o’zgarishga ta’sir etmoqda. N.Grimini ma’lumotlariga ko’ra 15-18 yoshli nemis maktab bolalari 1958 yilda balandlikka, uzunlikka sakrash hamda yadro uloqtirish bo’yicha 1910 yildagi tengdoshlariga nisbatan yaxshi natija ko’rsatishgan. S.M.Trombaxni ma’lumotlariga ko’ra 1966 yilda 13 yoshli Moskvada yashovchi maktab bolalari 1927 yilda 15 yoshli bolalar tomonidan ko’rsatilgan natijalarni berishgan.

Hozirgi vaqtda akselerasiyani hisobga olgan holda bir qator mamlakatlarda, ayniqsa Rossiyada 7 yoshdan boshlab figurali uchish, suzish, tennis, sport va badiiy gimnastika, 8 yoshdan boshlab akrobatika va suvga sakrash, 9 yoshdan biatlon, parus sporti, tramplindan sakrash, kurash, 10 yoshdan boshlab akademik greblya, voleybol, basketbol, fextovaniye, konkida yugurish spoti, 11 yoshdan boshlab xokkey, yengil atletika, 12 yoshdan boks, velosiped sporti, 13 yoshdan og’ir atletika kabi sport turlari bilan shug’ullanishga ruxsat berilgan.

Ayrim murabbiylar tajribadan kelib chiqqan holda sport va badiiy gimnastika, suzish konkida uchish turlari bilan shug’ullanishni yuqorida, ko’rsatilgan yoshdan 2-3 yil oldin boshlashni maslahat berishmoqda.

Yosh suzuvchilar, gimnastlar, akrobatlar, tennischilar va figurachilarning o’sish va rivojlanishi tugamasdan 16-17 yoshda morfofunksional darajaga ega va bu ularga yuqori sport natijalarni ko’rsatishga imkon bermoqda.

Hozirgi vaqtda o’tkazilgan tadqiqotlar va kuzatishlar bolalar va o’smirlarni jismoniy rivojlanishi 1,5-2 yoshga oldinga ketmoqda. Lekin barcha antropometrik ko’rsatkichlar bir xil emas. Ayrimlarida 2 ta somatometrik ko’rsatkich oldinda bo’lsa, boshqalar bitta ko’rsatki oldinga siljigan bo’lishi mumkin.

Akselerasiya ta’sirida bolalar va o’smirlar organizmning ko’pgina fiziologik ko’rsatkichlari katta odamlarnikiga mos kelmoqda. Bu ayniqsa yurak, nafas va qon aylanish faoliyatiga mos kelmoqda.

Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishda maksimal ish bajarishda, bolalar va o’smirlar yuqori natijalar ko’rsatishmoqda.

Shuni ham ta’kidlash lozimki bolalarni va o’smirlarni tibbiy nazoratdan o’tkazishda individual akselerasiyaga e’tibor berish lozimdir, chunki bunday bolalarda organizmni miqdor o’zgarishi sifat o’zgarishiga mos kelmasligi mumkin. Bu esa bolalar va o’smirlarning sog’lig’iga zarar yetkazadi.

Hozirgi vaqtda bir qator sport turlari bo’yicha bolalar va o’smirlar sportda katta yoshlilar natijalarini ko’rsatib xalqaro musobaqalarda g’olib bo’lishmoqda. Bular qatoriga 13 yoshli Janubiy Koreyalik Kim Yun Mi, 16 yoshli Amerikalik Maykl Felps, 15 yoshli Ruminiyalik Aureliya Dobre va 9 yoshli O’zbekistonlik Nodirbek Abdusattorovni kiritish mumkin. Bular ko’rsatilgan yoshda o’zlari tanlangan sport turlari bo’yicha xalqaro musobaqalar g’olibi bo’lishgan.

Akselerasiya ta’sirida bolalarni sportga jalb etish o’zini ijobiy natijalarni ko’rsatmoqda. Bolalar va o’smirlarni sportga jalb etishdan oldin qaysi somatometrik ko’rsatkichga akselerasiya ta’sir etganligini aniqlash muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Buni pedagoglar, murabbiylar va tegishli mutaxassislar hisobga olishlari lozimdir.



MUXOKAMA
Dissertasiyada ko’rsatilgan «Asr tendensiyasi» yoki boshqacha qilib aytganda akselerasiya muammosini o’rganish va uni sabablarini aniqlash bo’yicha olimlar ko’p ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. Olingan natijalar ilmiy nashlarda va o’quv adabiyotlarda chop etilmoqda. Shunga qaramasdan akselerasiyani o’rganilmagan qirralari ko’p. Dunyoni barcha mamlakatlarida ushbu masala o’rganilmoqda deyish xatto bo’ladi. Bu masalani ko’proq Yevropa mamlakatlaridagi olimlar o’rganishmoqda va ilmiy adabiyotlarda shular tomonidan bajarilgan ishlar natijalari chop etilgan.

Sobiq ittifoq davrida Rossiya omillari ham bu masalani o’rganishgan, ammo har tomonlama o’rganish va xulosalar hamda tavsiyalar byerish ko’proq bir tomonlama bo’lgan, ya’ni akselerasiya ta’siri bo’lishi mumkin bo’lgan barcha ko’rsatkichlar hisobga olinmagan. Shunga ko’ra ilmiy manbalarda mualliflar tomonidan keltirilgan ma’lumotlar ayrim hollarda bir biridan farq qiladi.

Akselerasiya haqiqatdan ham 130-150 yil davomida kuzatilmoqda. Ayrim darvlarda tezlashuvi yoki pasayishi kuzatilgan. Ikkinchi jahon urushi davrida akselerasiyani to’xtagani to’g’risida ma’lumotlar ham mavjud. Olimlarning fikriga ko’ra bu aholini turmush tarzini hamda medisina xizmatini pasayishi va bolalar hamda o’smirlarning ruhiy zo’riqish bilan izohlanadi.

Hozirgi vaqtda akselerasiya masalasiga e’tibor kuchayib bormoqda. Akselerasiya to’xtaydimi yoki bu hali davom etadimi degan savolga javob aniq emas va bu sohada izlanishlar davom etmoqda.

O’zbekiston sharoitida akselerasiya masalasi XX asrning o’rtalaridan boshlab o’rganilgan. Ammo bu izlanishlar ko’proq maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda va yangi tug’ilgan bolalarda o’tkazilgan. Maktab yoshidagi bolalar bo’yicha ma’lumotlar juda kam.

Shuni inobatga olib O’zbekiston sharoitida (Samarqand misolida) akselerasiyani rivojlanishini aniqlash uchun maktab bolalarini somatometrik ko’rsatkichlari o’rganildi. Akselerasiyani qishloq sharoitida hamda shahar sharoitida ta’sir etish farqini aniqlash uchun Tayloq tumanidagi 40 raqamli hamda Samarqand shahridagi 39 umumta’lim maktablaridagi o’quvchilar bilan tadqiqotlar o’tkazildi. Tadqiqotlar natijalariga ko’ra O’zbekiston sharoitida ham kaselerasiya rivojlanmoqda. U bolalar va o’smirlarni somatometrik ko’rsatkichlarida ta’sir etgan. Natijada bolalar va o’smirlarni bo’yi balandligi, tana vazni va ko’krak qafasi aylanasi o’zgargan.

Qishloq sharoitida yashaydigan va shahar sharoitida yashaydigan bolalar va o’smirlarga akselerasiyani ta’sinri bir xil emas. Buni izxlanishlar natijalari tasdiqladi.

Qishloqda sharoitida yashaydigan bolalarni somatometrik ko’rsatkichlari shahar sharoitida yashaydigan bolalarni somatometrik ko’rsatkichlariga nisbatan ancha kata ekanligi aniqlandi.

Bugunga qishloq sharoitining o’ziga xos ijtimoiy muhiti, turmush tarzi, tabiiy omillari hamda oilaviy sharoitlar sabab bo’lishi mumkin.

Bu farq o’g’il bolalarda ham qiz bolalarda kuzatildi. Shuni ta’kidlash, joizki 7-15 yoshli bolalar va o’smirlar somatometrik ko’rsatkichlari bir tekisda bir xil emas va bir-biridan farq qiladi. Bu akselerasiyani individualigidan dalolat byermoqda.

O’tkazilgan ilmiy izlanish natijalari bo’yicha sportga mo’ljallash va tanlash kabi ishlarini olib borish mumkin.

Ma’lumki hozirgi vaqtda sportga tanlash 1,5-2 yil oldinga ketmoqda. Bunga akselerasiyani ta’siri tufayli erishilmoqda. Shunga ko’ra sportdagi yosh ham ancha yosharib bormoqda va hali balog’at yoishga yetmagan bolalar va o’smir xalqaro musobaqalarga qatnashib g’olib bo’lishmoqda.

Olingan natijalar shundan dalolat bermoqdaki akselerasiya barcha somatometrik ko’rsatkichlarda bir xil ta’sir etmayapti. Ba’zi hollarda bitta, ba’zilarida esa ikkita ko’rsatkichga ta’sir etmoqda.

Buni ta’lim-tarbiya jarayonida hamda sportga jalb etishga hisobga olinishi kerak. Akselerasiya bolalarni sog’lig’iga qanday ta’sir etayotganligi to’g’risida ham ilmiy manbalarda ma’lumotlar mavjud. Bu ma’lumotlarni ko’pchiligi akselerasiyani bolalar va o’smirlarni sog’lig’iga ijobiy ta’sir etayotganligi to’g’risida bo’lsa, ayrimlarida salbiy ta’sir etayotganligi to’g’risida fikrlar yuritilgan. Shularni barchasini hamda o’tkazilgan izlanishlarni hisobga olgan holda shuni aytish joizki barcha mamlakatlar qatori O’zbekiston ham bolalar va o’smirlar o’sish va rivojlanishiga akselerasiya ta’sir etgan hamda uni ta’siri davom etmoqda.

Bu sohada yana izlanishlarni davom ettirish va uni batafsil o’rganish nazarda tutilgan.

XULOSALAR
1. O’zbekiston sharoitida (Samarqand misolida) rivojlanish akselerasiyasini mavjudligi va davom etayotganligi ilmiy izlanishlar natijalariga ko’ra aniqlandi.

2. 7-15 yoshli umumta’lim maktab o’quvchilarni somatometrik ko’rsatkichlariga akselerasiyani ta’sir etayotganligi isbotlandi.

3. 7 yoshli o’g’il bolalarning bo’yi 19888 yildagi tengdoshlariga nisbatan 7 smga o’sganligi aniqlandi.

4. 7-15 yoshli qishloqda yashovchi o’g’il bolalarning bo’yi shu yoshli shaharda yashovchi o’g’il bolalarning bo’yidan 2-13,8 sm baland ekanligi aniqlandi.

5. 7-15 yoshli bolalar va o’smirlarning tana vazni va ko’krak qafasi aylanasi olingi tengdoshlariga nisbatan oshganligi tasdiqlandi.

6. Sport turlari bilan shug’ullanuvchilar yoshi pasayib borishi tufayli akselerasiyani somatometrik ko’rsatkichlarga ta’sir doirasi hisobga olinishi lozimdir.

7. Akselerasiyani somatometrik ko’rsatkichlarga individual ta’siri tufayli bolalar va o’smirlarni sportga tanlash hamda mo’ljallashda buni hisobga olish zarurdir.

Amaliy tavsiyalar

1. Akselerasiya bolalarni ta’lim tarbiya jarayoniga ham ta’sir etadi. Hozirgi vaqtda o’quv xonalarni, laboratoriya va ustaxonalarni tayyorlashda hamda undagi jihozlarni ayniqsa mebellarni tanlashda buni hisobga olish kerak.

2. Akselerasiya barcha somatometrik ko’rsatkichlarda bir xil ta’sir etmasligini hisobga olgan holda bolalar va o’smirlarni sportga mo’ljallash hamda tanlashda buni e’tiborga olish kerak.

3. Sportni yosharib borishini hisobga olgan holda bolalar va o’smirlar bilan sport mashg’ulotlarini tashkil etishda akselerasiyani individuallishiga e’tibor qaratish lozim.

4. 7-15 yoshli qishloqda yashovchi va shaharda yashovchi bolalar uchun jismoniy yuklamalarni me’yorlashda ularni barcha antropometrik ko’rsatkichlarini hisobga olish lozimdir.

5. Akselerasiyani bolalarni sog’lig’iga ta’sirini doimiy ravishda tibbiy nazorat orqali aniqlab borish lozimdir.



Adabiyotlar ro’yxati

    1. I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. Toshkent, 2008.

    2. I.A.Karimov. Barkamol avlod orzusi. Toshkent, 1998.

    3. I.A.Karimov. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent, 1997.

    4. I.A.Karimov. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. Toshkent, 1997.

    5. Azimov I., Sobitov Sh. Sport fiziologiyasi. Toshkent, 1993 y. 15-13 bet.

    6. Azimov I. Jismoniy tarbiyaning yosh fiziologiyasi. Toshkent 1994 y. 4-26 bet.

    7. Azimov I. Fiziologiya. Toshkent, 1995 y. 3-17 bet.

    8. Almatov K.T., Klemeshyeva L.S., Matchanov N.T., Allamuratov Sh.I. Ulg’ayish fiziologiyasi. Toshkent, 2004 y. 5-35 bet.

    9. A.B. Chochovadze., I.I.Boxrax., R.N. Goroxov. Fizicheskoye razvitiye detey i podrostkov, issledovaniye i osenka. Detskaya sportivnaya medisina. Moskva 1994 g. 144.

    10. A.A.Guminskiy., N.N.Leonteva., K.V.Marinova. Rukovodstvo k laboratornыm zanyatiyam po obщyey i vozrastnoy fiziologii. Moskva, 1990 g. 40-50.

    11. A.P. Laptev. Beregi zdorovye s molodu. Moskva 1995 g.

    12. B.V. Semeyev., V.R.Nikolayev. Zdorovya s molodu. Gorkiy, 1984 g. 15.

    13. Biologiya individualnogo razvitiya. Kurs leksiy. Tashkent, UzMU, 1999 g. 30-35.

    14. B.A.Asadova., M.K.Sharipova., Problemы nasledstvennыx bolezney v detskom vozraste. Med. Jurnal. Uzbekistana 1988 №1

    15. V.A.Sodiqov., L.S.Qo’chqorova., Sh.Qurbonov. Bolalar va o’smirlar fiziologiyasi va gigiyenasi. O’quv qo’llanma. Toshkent 2005 y. 20-25.

    16. V.I.Dubrovskiy Gigiyena fizicheskogo vospitaniya i sporta. Moskva. 2002 g.

    17. G.N. Serdyukovskaya sosialnoye usloviya i sostoyaniya zdorovya shkolnika. Moskva 1998 g. 184

    18. G.N.Serdyukovskiy., S.M.Grombax. Gigiyenicheskaya osenka obucheniya uchashixsya v sovremennoy shkole. Moskva, 1992 g. 22-32.

    19. Gigiyena detey i podrostkov. Uchebnaya literatura dlya studentov medisinskix institutov (pod redaksii prof. V.N.Ksuxalonka)

    20. G.I.Kujenko I.F.Komonov Rejim dnya shkolnika. Moskva. 1983 g.

    21. Detskaya sportivnaya medisina (pod redaksii prof. S.B.Tixvenskogo). Moskva 1984 g.

    22. D.D.Sharipova., L.M.Semenova., S.G.Agadjanova. Oxrana zdorovya shkolnikov. Tashkent, 1984 g

    23. D.Sharipova., O’quvchilar salomatligini saqlash. Toshkent 1984 y. 10-16.

    24. D.Sharipova. O’quvchilar gigiyenasi. 1996 y. 20-24.

    25. I.A. Arshavskiy., Fiziologicheskaya mexanizmы i zakonomernosti individualnogo razvitiya. Moskva 1982 g. 40-60.

    26. K.T.Almatov., L.S.Klemesheva., A.T.Matchanov. Vozrastnaya fiziologiya. Tashkent, 2002 g. 5-24.

    27. L.M. Semanova. Fizicheskaya kultura malchikam. Moskva 1987 g.

    28. L.S.Klemesheva., M.S.Ergashev., Yoshga oid fiziologiya. O’quv qo’llanma Toshkent. 1991 y. 20-30 bet.

    29. M.S.Irgashev., L.S.Klemesheva. Vozrastnaya fiziologiya. Uch. Posobiye. Tashkent. 1995 g.

    30. M.N.Karimova., Zdorovye i shkolnaya zrelost detey 6-letnogo vozrasta. Med. jur. Uzbekistana. 1998 g. №6 2-3.

    31. N.N.Liontyeva, K.V.Marinova Anatomiya i fiziologiya detskogo organizma. Moskva 1996 g. 10-14.

    32. Nikityuk B., Musagaliyeva G., Sapchenko K. Akselerasiya razvitiya detey i yeye posledstviya. Almata, 1990 g. 7-50

    33. Rukovodstvo dlya vrachey shkol (pod redaksii G.N.Serdyukovskoy). Moskva 1989 g. 301.

    34. S.Solixo’jayev. Gigiyena. O’quv qo’llanma. Toshkent, 1996 y. 10-15.

    35. Solixo’jayev S. Bolalar va o’smirlar gigienasi. Toshkent, 1991 y. 3-26 bet.

    36. Sodiqov Q., Aripova S., Shaxmurova T. Yosh fiziologiyasi va gigiena. Toshkent, 2009 y. 34-49 bet.

    37. Sovremennыye metodiki gigiyenicheskix issledovaniy (pod redaksii prof. M.N. Lobidkina). Leningrad 1987 g. 18.

    38. S.N.Galperin. Anatomiya i fiziologiya cheloveka. Moskva 1994 g. 10-15.

    39. U.Z.Qodirov. Odam fiziologiyasi. Toshkent, 1996.

    40. F.N.Vaxobova. Osobennosti lichnostnogo razvitiya shkolnika kak faktor gotovnosti k shkole. Avtoref. Dis. Kand. Psixo. Nauk. Tashkent, 2000 g.

    41. Q.Sodiqov. O’quvchilar fiziologiyasi va gigiyenasi. Toshkent 1992 y. 5-10.

    42. Q.Sodiqov. Oilaviy hayot gigiyenik hamda jinsiy tarbiya. Toshkent 1997 y. 10-20.

    43. Q.Sodiqov., S.Oripova. Oilaviy hayotning tibbiy asoslari. O’quv qo’llanma. Toshkent, 2003 y. 25-30.

    44. Q.Sodiqov. Kichik maktab yoshdagi bolalar anatomiyasi, fiziologiyasi va gigenasi. Toshkent, 2004 y. 10-15.

    45. E.N.Nuritdinov. Odam fiziologiyasi. Toshkent, 2005.

    46. Yu.N. Lesisin Zdorovya naseleniya i sovremennыye teorii medisinы. Moskva. 1982 g. 326.

    47. Ya.S.Vayanbaum. Jismoniy tarbiya gigiyenasi. Toshkent 1991 y.

    48. www.bestreferat.ru

    49. www.google.ru



1   2   3   4   5   6


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət