Ana səhifə

Magistrlik dissertatsiya


Yüklə 3.08 Mb.
səhifə3/6
tarix27.06.2016
ölçüsü3.08 Mb.
1   2   3   4   5   6

1.5. Kichik maktab yoshidagi bolalar organizmining fiziologik xususiyatlari
Kichik maktab yoshi 7 yoshdan 11-I2 yoshgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda organizmning tuzilishi va funksiyalari bir tekisda rivojlanadi. Biroq gavdani o’sish tezlikning sekinlashishiga qaramay qizlarda 11 yoshgacha, bolalarda 12 yoshgacha gavda vazniga nisbatan bo’y o’sishi tezroq bo’ladi: oyoqlarning uzunligi sezilarli ortadi, ko’krak ko’rsatkichi (ko’krak qafasining aylanasi gavda uzunligiga nisbati) va Erisman indeksi (ko’krak kafasining aylanasi bilan gavda uzunligining yarmini farqi) kamayadi ya’ni gavdanini cho’zilishi kuzatiladi. Bo’y va gavda vaznida hamda gavda o’smilarining mutanosibligidan bolalar bilan qizlar aniq farq qilmaydi. L kin qo’l barmoqlarini qisish kuchi 7-8 yoshdagi qizlarda bolalarga nisbatan taxminan 5 kg 11-12 yoshlilarda esa-10 kg ga kam bo’ladi. Bundan tashqari 11-12 yoshgacha qizlarning ko’krak kafasining aylanasi bolalarga nisba­tan 1-2 sm ga. o’pkaning tiriklik sig’imi 100-200 sm3 kam bo’ladi. Shuning uchun qizlarga beriladigan siklik xarakterli va kuch bilan bajariladigan mashqlar bir muncha bolalarga nisbatan kam berilishi kerak.

Kichik maktab yoshidagi bolalarda skeletning suyaklanishi davom etadi, lekin uning turli qismlari har xil muddatda tugaydi.

Sport bilan shug’ullantirishda skeletning shakllanishining xususiyatlarini xisobga olish kerak. Shuni esda saqlash kerakki, sakrashda o’ng va chap oyoqlarning yerga urilishini bir xil bo’lmasligi tos suyaklarining surilishiga va ularni noto’g’ri o’sishga olib kelishi mumkin. Oyoqlarga haddan tashqari yuk tusishi, agar suyaklanish tugamagan bo’lsa oyoq kaftini silanishiga olib borashi mumkin.

Bu yoshdagi bolalar skeleti hali ancha tog’ayga ega bo’ladi, bo’g’inlar juda harakatchan boylamlari oson cho’ziluvchan bo’ladi. Shuning uchun kichik maktab yoshidagi bolalarda qomatni turli buzilishlari, umurtqa pog’onasini qiyshayishi, ko’krak qafasini shaklini o’zgarishi yuzaga kelishi mumkin.

Kichik maktab yoshidagi bolalarda muskullar tolasi ingichka, oq­sil va yog’larga kambag’al bo’lib, suv ko’p bo’ladi. Shuning uchun ularni sekin-asta va har tomonlama rivojlantirtsh kerak. Hajmi va tezligi katta bo’lmagan mashqlar berish zarur, chunki og’ir ishlar ko’p energiya sarflanishi bilan gavdani umumiy rivojlanishini susaytirishi mumkin. Biroq muskullarning nisbiy kuchi (gavda vaznini 1 kg ga) kattalardagiga yaqin bo’ladi. Shuning uchun kuchni rivojlantirishi maqsadida o’zining gavda vaznin etilgan holatda ushlash yuqoriga ko’tarish kabi mavqlarni keng qo’llash mumkik.

Kichik maktab yoshidagi bolalar qo’l-oyoq muskullari tana muskullariga nisbatan kuchsiz rivojlangan bo’ladi. Yosh kattalashishi bilan muskullar kuchini ortishi bir tekis bo’lmaydi. Qo’l kuchining yoshga qarab o’zgarishi quyida keltirilgan (jadval). Bolalarning shaxsiy taraqqiyotida (ontogenezda) kuchning o’sishi muskul tolalarning sonini ko’payishi muskul va biriktiruv to’qima komponentlari nisbatini o’zgarishi hamda muskullarining anatomik va fiziologik kesimlarining ortishi, biomexanik o’zgarishlar bilan bog’liq bo’ladi. Muskul tolalari tiplari nisbatan o’zgaradi: Qizil tolalar va oraliq tolalar ko’payadi, qizil muskul tolalarining nisbiy sathi ortadi. Bu «chidamlilik» mashqlarini keng qo’llash imkoniyatlarni beradi. Buni sportga tanlash va sportga mo’ljallashda hisobga olinish kerak.


Bolalarning nisbiy qo’l kuchi (kg)

yoshi

O’ng qo’l

Chap qo’l

Bolalar

qizlar

bolalar

qizlar

8

0.531

0.442

0.485

0.404

9

0.547

0.462

0.509

0.422

10

0.554

0.445

0.515

0.418

11

0.580

0.445

0. 535

0.414

12

0.606

0.444

0.528

0.418

13

0.572

0.444

S. 522

0.413

14

0.556

0.457

0.558

0.429

15

0.625

0.476

0.55§

0.433

16

0.718

0.502

0.662

0.451

Bu yoshda muskullarni asab tolalari bilan ta’minlashishi ancha yaxshi rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda yirik muskullar ancha tez rivojlanadi. Bu yoshdagi bolalarning kichik va aniq harakatlarini bajarishi shuning uchun qiyin bo’ladi. Bukuvchi muskullar oyoq qo’llar og’irlagini ko’tarib turish sababli doimo taranglanishida bo’lgani sababli ular yozuvchi muskullariga qaraganda yaxshiroq rivojlanadi.

Markaziy asab sistemasi bola organizmidagi birga hayotiy jarayonlar, jumladan uning hatti harakatlarini idora etib turadigan asosiy mexanizmlarning biridir. Asab sistemasida bu yoshning o’ziga xos o’zgarishlari bo’ladi. Asab sistemasining morfologik rivojlanishi to’liq tugallanadi, funksional ko’rsatkichlari esa ham ancha rivojlangan bo’ladi. Asab jarayonlarining kuchi va muvozanatiga nisbatan past bo’lib, qo’zg’alish prosess ustun turadi. Bu bosh miya po’stlog’i xujayralarini tez charchashga olib keladi. Asab sistemasining kuchli qo’zg’aluvchanligi va harakatchanligi. shuningdek yuqori egiluvchanligi harakat malakalarini ancha tez va yaxshi o’rganib olishni ta’minlaydi, harakatning shartli reflekslari tez tuxtalanadi. Shuning uchun 7-11 yoshli bolalar harakatning murakkab shakllari texnikasini oson o’zlashtiradi. Shu bilan bir qatorda bu yoshdagi bolalarda haddan tashqari kuchli yoki monotonli ta’sirlovchilar himoya tormozlanishini tez yuzaga keltiradi, "chidamlilik" mashqlari bilan shug’ullantirishda buni hisobga olish va muskul faoliyatini tez-tez almashtirish zarur bo’ladi.

Sezgi organlari 7 yoshdan 11-12 yoshgacha bo’lgan bolalarning ko’zlari, eshitish ta’m bilish, hid bilish organlari amalda kattalarnisiga o’xshash rivojlangan bo’ladi. Ammo bosh miya katta yarim sharlarining po’stlog’idagi markaziy bo’limlari rivojlanishda davom etadi.

6-7 yoshli bolalarda harakat funksiyalari tez takomillashadi, hapakat sifatlarini yuqori darajada bo’lishini ta’minlaydigan koordi­nasiya mexanizmlari shakllanadi. Gavda muvozanatini saqlash tez rivojlanadi.

Bolaning 8-12 yoshlik davri harakatlarning uyg’un rivojlanashi bi­lan xarakterlanadi. Erkin xarakatlardan bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’ining tobora ko’proq nazorat ostida bajariladigan uyushqoq harakatlarga o’tish bu davrning esosiy xususiyatlaridandir.

Ichki sekresiya bezlarining organizmdagi asosiy funksiyalarini bilmasdan turib bolaning tana tuzilishi va faoliyatini tushunib olish qiyindir. Kichik maktab yoshda ayrisimon biz bilan qalqonsimon bez, bo’yrak usti bezlari, gipofiz va jinsiy bezlari alohida ahamiyatga ega bo’ladi. Ayrisimon bez yoki bo’qoq bezi suyaklarning o’sishi va rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. 11 yoshdan boshlab uning funksiyasi susayib qoladi. Qalqonsimon bez gormonlari organizmning o’sish va rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Bu gormon yetishmay qolganda bo’yning o’smay qolishi -kreatinizm degan aqliy qaloqlik holati kelib chiqadi.

Gipofiz gormonlari skeletini o’sishiga, qo’l-oyoqlarning uzayishiga yordam beradi, moddalar almashinuvini ko’chaytiradi. Gipofiz faoliyatining kuchayishi bo’yning o’sib kotishiga sabab bo’ladi. Aksincha, susaygan holda bo’y pakana bo’lib qoladi. Bo’yrak usti bezlari kichik mak­tab yoshida va balog’atga etish davrida zo’r berib o’sadi. Bo’yrak, usti bezlari po’stlog’i faoliyatining kuchayishi, barvaqt balog’atga yetishga sabab bo’ladi.

Kichik maktab yoshidagi bolalarning qon aylangan sistemasi quyidagi xususiyatlar bilan xarakterlanadi: kattalardagiga nisbatan qon bosimi past bo’ladi (100-105 m s u.), yuraknikg daqiqaga qisqarishi kamaya boradi: tinch holatda, puls sonining yoshga qarab o’zgarishi quyidagi rasmda keltirilgan (1 rasm). Yurakning asab apparata yuqori darajada rivojlanadi, shuning uchun yurak tez bajariladigan jismoniy ishlarga darrov moslashadi va ishdan oldingi holatda tez qaytadi. Shu bilan birga bu yoshda yurakning funksional rezervi kichik bo’lganidan muskul ishida yurak ritma va qon bosimining turli bo’zilishlarga olish keladi



  1. rasm. Tinch holatda (ertalab o’rinda yotgan vaqtida) puls sonining yoshga o’qarab o’zgarishi



2. – rasm. O’pkaning tiriklik sig’imining yoshga qarab o’zgarishi

Kichik maktab yoshidagi bolalar nafas sistemasida o’pka hajmining kattalashivi, nafas olish tezligining sekinlashishi kuzatiladi. Bir daqiqada nafas olish soni 7-yoshlilarda – 23, 8 yoshlilarda - 22, 9 yoshlilarda - 21, 10 yoshlilarda 18-20 marta bo’ladi, nafas olish chuqurligi ortadi, O’pkaning daqiqalik hajmi 11 yoshlarda 4400 ml ga yetadi, shuni aytish kerakki, o’pkaning hajmi 8 yoshgacha bolalarda va qizlarda bir xil bo’ladi, keyin bolalarda qizlarga nisbatan ortiq bo’ladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda o’pkaning nisbiy daqiqalik hajmi o’smirlar va yoshlardagiga qaraganda ko’p bo’ladi.

O’pkaning tiriklik sig’imining (O’TS) yoshga qarab o’zgarishi qo’yidagi rasmda keltirgan (2 rasm). U qizlarga nisbatan bolalarda or­tiq bo’ladi. Nafas apparatining funksional imkoniyatini xarakterlovchi maksimal o’pka ventilyasiyasi va nafas rezervi bu yoshda sezilarli yertadi.

Kichik maktab yoshidagi bolalarda alveolalar sathi kapillyarlarning umumiy hajmi kattalardagiga nisbatan kichik bo’lgani sababli o’pkaning diffuziya qobiliyati kam bo’ladi, lekin bu yoshda qonning nafas imkoniyati ortadi. Yosh kattalashi bilan maktab bolalarning kislorod yetishmasligiga chidamligi ortib boradi.

1-jadval

Nafas olgandan keyin va nafas chiqargandan keyin

bolalarning O2 yetishmasligiga chidamliligi (soniya)

Yoshi

bolalar

qizlar

Nafas olgandan keyin

Nafas chiqargandan keyin

Nafas olgandan keyin

Nafas chiqargandan keyin

8

44,7

18,3

38,4

17,3

9

44,3

19,8

42,6

19,3

10

50,0

22,8

51,4

23,0

11

51,2

24,2

44,7

20,3

12

61,9

21,4

48,6

21,3

13

61,0

24,0

50,4

19,8

14

54,2

25,2

54,2

54,2

Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish, o’pkaning tiriklik sig’imining ortishiga katta ta’sir ko’rsatadi.

Jismoniy ishlar bajarishda kichik maktab yoshidagi bolalar o’ziga xos farqlanadi. Uzoq muddatli ishlarni bajarishda maksimal kislorod o’zlashtirish (MKU) ancha past bo’ladi, lekin og’ir bo’lmagan standart ishlarni bajarishda o’smirlarga va yoshlarga nisbatan MKO’ yuqori bo’lib, kislorod o’zlashtirish esa kam bo’ladi.

Bu yoshdagi bolalarda anaerob yo’l bilan energiya hosil bo’lishi past bo’lganida ular shiddatli ishlarni bajaraolmaydi, kislorod qarzi 300-1200 ml ga yetguncha ishlaydi. Lekin yoshda submaksimal tezlikdagi ishlarda chidamlilik sezilarli ortadi.

Shiddatli ishlarni bajarishda kichik maktab yoshidagi bolalarni nafas olish tezligi kattalardagiga nisbatan ancha ortiq, lekin nafasning daqiqalik hajmi kam bo’ladi. Sport bilan shug’ullanmaydigan o’quvchilarning maksimal o’pka ventilyasiyasi qo’yidagi jadvalda keltirilgan (jadval).



2-jadval

Sport bilan shug’ullanmaydigan o’quvchilarning maksimal o’pka ventilyasiyasi ko’rsatkichlari (L.Bilan)


Jinsi

Yoshi

8

9

10

11

12

13

14

15

Bolalar

48.0

50.7

52.3

60.9

64.5

68.3

84,3

103.5

Qizlar

41.2

45,5

52.1

55.0

68.0

60.3

57.0

77.3

Muskul ishini bajarishda bolalarning qon aylanish sistemasida ham o’ziga xos o’zgarishlar bo’ladi organizmning qanchalik yosh bo’lsa muskul ishi ta’sirida qonning daqiqalik hajmining ortishi kattalardagiga nisbatan shunchalix ham bo’ladi, bu hodisa yurak hajmining kichik bo’lishi va uning funksional xususiyatlari bilan tushuntiriladi.

Muskul ishida qonning daqiqalik hajmi tinch holatdagiga nisbatan 4-5 marta ortadi, bu asosan yurak urishining tezlashishi himobiga bo’ladi. Shuning uchun hatto uncha og’ir bo’lmagan ishlarni bajarishda ham yurakning bir daqikadagi qisqarish soni kattalardagiga nisbatan ancha yuqori bo’ladi. Shiddatli muskul ishlarida 8-11 yoshli bolalarning yurak urushi daqiqada 200-220 ga yetadi, biroq, MKO’ (maksimal kislorod o’zlajtirish) kattalarga qaraganda 2.5 marta kam bo’ladi.

Bolalarda arteriya qon bosimini muskul ishi tasirida ortishi kattalardagiga nisbatan kam bo’ladi. Bu yurak hajmining kichikligiga yurak muskullarining hali yaxshi rivojlanmaganligi qon tomirlarining yurakka nisbatan ancha kengligi bilan tushuntiriladi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, muskul ishini bagarishda kichik maktab yoshidagi bolalar uchun qon aylanish va nafas funksiyalari kattalardagiga qaraganda juda quchlangan holda bo’lishi va energiyaning tejasiz sarflanishi xarakterli bo’ladi. Bundan tashqari kislorod yetmaslik sharoitlarda bolalarning muskul ishining bajarish qobiliyati kam bo’ladi. (A.B.Gandelsman, 1966).

1.6. O’rta maktab yoshidagi bolalar organizmining fiziologik xususiyatlari
O’smirlar davri bolalar organizmining juda tez o’sishi, uning funksional imkoniyatlarini ortishi assimilyasiya progresslarining akgivlanishi, endokrin bezlar funksiyasini keskin o’zgarishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda balog’atga yetish jarayoni bo’ladi. Qizlarda mensetruasiya boshlanadi. Bu o’smirlar bilan ishlashda ularning funksional xususiyatlarini hisobga olishni yana ham muhimligini ko’rsatadi. Bolalarda 13-14 yoshda, qizlarda 11-I2 yoshda gavda uzunligi keskin ortadi. 13-14 yoshdan qizlarning o’sishi bolalarga nisbatan tez bo’lib, 14-15 yoshdan keyin esa sekin bo’ladi.

O’smirlar 14-15 yoshga yetganda ularning muskullari o’zining xususiyatlari bilan kattalar muskulidan kam farq qiladi. 13-14 yoshlilarda ayniqsa muskul kuchi tez ortadi. 8 yoshda muskullar massami tana og’irligining 27.2% ni tashkil etsa, 15 yoshga kelib, 32.6% gacha, 16 yoshda esa yoshsa esa 44,2% gacha ortadi. Biroq bu yoshda gavda og’irligiga nisbatan muskul kuchi baribir kam rivojlangan bo’ladi, sport amaliyotida bunga ahamiyat berish kerak. O’smirlik yoshidan boshlab bolalarning va qizlarning muskul kuchi sezilarli farqlanadi. Qizlar bolalarga nisbatan ancha kuchsiz bo’ladi. Bu davrda muskullarni asab ta’minlanishi va muskullar ishini boshqarishda mexanizmlar rivojlanishi tugallanadi.

O’rta maktab yoshidagi bolalarda ichki sekresiya bezlar funksiyasini keskin kuchayishi bilan vegetatv funksiyalarning o’zgarishi kuzatiladi. 11-12 yoshda gipofiz, ayniqsa uning oldinga bo’lagining faoliyati kuchayadi. Uning gormoni ta’sirida o’smirlik davrida tana bo’yi juda tez o’sadi. Gipofiz bilan qalqonsimon bezlarning funksiyalari ham kuchayib boradi. Qalqsisimon bez faoliyatini kuchayishi o’smirlarning tez hayajonlanadigan, asabiy va tez charchab qolishi sabab bo’ladi. O’smirlik davrida buyrak usti bezlarining ham funksiyasi kuchayadi. Bu ish qobiliyatini ortishiga, organizmning muhim sharoitlariga moslanish imkoniyatlarini kengaytiradi. Jinsiy bezlar funksiyasini keskin ortishi, o’smir­lik davri uchun katta-ahamiyatga ega. Jinsiy bozlarning gormonlari tasirida balog’at davrining boshlanishi yuzaga keladi. Birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilar rivojlanib beradi. Asab sistemasining reaktivligi ortadi, qon bosimi yurak va nafas funksiyalarining o’zgarishi yuzaga keladi, o’zining kuchina va imkoniyatini hisobga olmagan holda birdan harakat qilish namoyon bo’ladi.


3 – rasm. O’quvchilarga gavda og’irligining (shtrixli chiziq) va yurak og’irligining (yaxlit chiziq) o’zgarishi
O’smirlarning qon aylanish sistemasida yurak qorinchalari, ayniqsa chap qorincha ancha kattalashadi. Yurak og’irligi o’quvchilarning gavda og’irligiga va yoshiga qarab o’zgaradi (3-rasm). Yurak urish soni sekinlashib, daqiqada. 90 dan 80 gacha bo’ladi. Sistolik xajmi 23 ml dan. 33 ml gacha daqiqalik xajm esa 2.1-2.7 l gacha. Arterial qon bosimi 99/ 64 dan 105/70 mm s u. Qon tomirlar tonusi ortib qon bosimi kattalar bosimiga deyarli tenglashadi. Qonning daqiqalik hajmi ortadi. Shu bilan birga ko’rsatish kerakki, o’smirlarning qon aylanish sistemasining muskul ishiga adaptasiya qilishi katta maktab yoshidagilarga, nisbatan ancha kam, kattalarga nisbatan yana ham kam bo’ladi. Nisbatan og’ir bo’lmagan jismoniy ishlarda ham o’smirlarning qon aylanish sistemasi yuqori kuchlanishda ishlaydi.

O’rta maktab yoshidagi bolalar nafas olish organlarda ham boshqa sistemalardagiga o’xshash o’zgarishlar kuzatiladi. O’pka og’irligi 450 dan 500 gr gacha ortadi. Hafac ritmi 23 dan 20 gacha, nafas havosi hamma 160-260 ml gacha. O’pkaning tiriklik sig’imi ortadi ( 2-pacm). O’pkaning daqiqalik hajmi 3.6 l dan 4.7 l gacha. Jismoniy ish bajarganda o’pkaning eng yuqori daqiqalik hajmi bolalarda va qizlarda bir xil bo’lmaydi. Shu bilan birga bolalar bilan qizlarda uning farqi yana ham sezilarli bo’ladi. Nafasning daqiqalik xajmi kichik maktab yoshidagilardagiga qaraganda kam, lekin katta maktab yoshidagilardan yuqori bo’ladi. Bu davrda o’pkaning tiriklik sig’imi aniq ko’payadi. Bunda ham bolalar qizlarga nisbatan yuqori bo’ladi. O’smirlik davrida nafas tipi uzil-kesil shakllanadi: o’g’il bo­lalarda qorin bilan nafas, oliy tipii, qiz bolalarda esa ko’krak bilan nafas olish tipi qaror topadi. Balog’atga yetish davrida o’smirlar orga­nizma kislorod yetishmasligiga (gipoksiya) katta bilan odam organizmidan ko’ra kamroq chidaydigan bo’ladi.

O’smirlarning qonidagi o’zgarishlar ham o’ziga xos bo’ladi, ya’ni bu yoshda gemoglobin miqdori, eritrositlar soni balog’at davrining oxirida kattalardagiga deyarli tenglashadi. Bolalar qonining miqdori, bundagi eritrositlar va gemoglobin qizlardagiga nisbatan ko’p bo’ladi. Qon hajmi, 9% dan 8% gacha tana og’irligiga nisbatan Nv bilan orta­di, eritrositlar juda kam ortadi (4-4.5), limfositlar 40% dan 30% gacha, neytrofillar esa 50%-54% gacha ortadi.

O’smirlarda balog’atga yetish davrida qisqa muddatli tez bajariladigan va uzoq muddatli katta qobiliyat ortadi. Standart ishlarni bajrishda qon aylanish va nafas organlarining reaksiyasi biologik yoshga bog’liq bo’ladi. O’smirlarda aepob imkoniyatlar anaerob imkoniyatlarga nisbatan ko’proq ortadi. Bu yoshdagi bolalar kislorod qarzi 2000-2500 ml ga yetishi bilan jismoniy ishni tuxtatadi. Kichik maktab yoshidagilarga nisbatan kislorodni ishlatish foizi yuqori va kislorod o’zlashtirish ko’p bo’ladi.

O’smirlarda muskul ishini bajarishda qonning daqiqalik hajmi tinch holatdagiga nisbatan 5-6 marta ortadi, lekin bu asosan yurak faoliyatini tezlashishi xisobiga bo’ladi. Qon bosimi 13-14 yoshlilarda 150-180 mm s.u gacha, 15-16 yoshlilarda 155-195 mm s. u gacha ortadi. Asosiy almashinuv kattalarga nisbatan 1.5 marta yuqori. Shu oqsil 2 g/kg sutkada kattalrda 1.5 g/kg 7-8 g. kg karbonsuvlar kattalarda 5-6 gr/kg. Suv 1250 ml.dan 1350 ml gacha ortadi.

O’smirlarning bosh miya po’stlog’ining tuzilishi katta yoshli odam darajasiga yaqinlashib qoladi. Lekin bu davrda bosh miya po’stlog’idagi asab markazlarining qo’zg’aluvchanligi kuchayib, tormozlanish darajalari susayadi. Natijada ularning xulqida ko’pincha turli noadekvat reyaksiyalar ko’riladi, qaysirlik qilib chiqadi va hokazo.

Jismoniy ish bajarishda kislorod sarfi kattalarga nisbatan o’smirlarda unchalik tejamli bo’lmaydi. Kislorod qarzini yo’qotilishi xuddi kichik yoshidagi bolalardagiga o’xshash tez bo’ladi.

1   2   3   4   5   6


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət