Ana səhifə

Фукаро мухофазаси фанидан маъруза матнлари


Yüklə 439.5 Kb.
səhifə5/7
tarix25.06.2016
ölçüsü439.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7

RADIATSIYA BILAN ZARARLANGAN MAYDONDA


RADIATSIYA ME’YORINI ANIQLASH.

Radiatsiya me’yorini aniqlash uchun qo’yidagi amallar bajariladi:



  1. zond ekranini “G” holatiga o’rnatish hamda zondni g’ilofiga joylashtirish,

  2. priborni yer sathidan 0,7-1 metr balandlikda qilibbo’yinga osib quyish kerak.

  3. diapozon ruchkasini “200” holatiga o’rnatib mikroampermetrning 0-200 r/s pastki shkalasidan ko’rsatgichni olish kerak. Bu diapozonda 5 r/s-dan katta bo’lgan radiatsiya me’yorini o’lchash mumkin.

  4. pribor 5 r/s-dan kam ko’rsatadigan bo’lsa, diapozon ruchkasini keyingi vaziyati ya’ni x1000-ga o’kazib, mikroampermetrning yuqori shkalasidagi 0-5 r/s qiymatlar ko’rsatgichidanqiymat olinib, uni 1000-ga ko’paytiriladi va 5 r/s-gacha bo’lgan radiatsiya me’yori aniqlanadi.


Turli obyektlarning radiatsiya bilan zararlanish darajasini aniqlash.
Jarayoni qo’yidagi ketma-ketlikda olib boriladi:

  1. zond ekranini “G” holatiga o’rnatish.

  2. diapozon ruchkasini x1000-ga qo’yib, zondni tekshiriluvchi obyektga 1-3 sm. masofaga yaqinlashtirish kerak,

  3. mikroampermetrning yuqorigi shkalasi 0-5 r/s ko’rsatgichidan ko’rsatgich olinib, olingan sonni 1000-ga ko’paytirib. gamma-fon miqdori aniqlanadi.

  4. pribor 5 r/s-dan kam ko’rsatadigan bo’lsa, diapozon ruchkasini keyingi holatga x100-ga o’tkazib, mikroampermetr strelkasi ko’rsatgan sonni 100-ga ko’paytirib, natijaviy radiatsiya me’yori aniqlanadi.


Individual va guruhlar bo’yicha dozimetrik nazorat o’tkazish.

Radiatsiya bilan zararlangan joyda aholining tashqi nurlanish dozasini, DP-22V hamda DP-24 asboblarning tarkibida qiruvchi DKP-50A individual dozimetr yordamida aniqlash mumkin. Bu pribor yordamida 2-50 P-gacha bo’lgan gamma nurlanishning individual dozasini aniqlab beradi.



Dozimetrni ishga tayyorlash ketma-ketligi qo’yidagicha:

  • priborni himoya vositasini hamda zaryad berish moslamasidagi zaryad uyasining himoya qolpog’ini burab olish,

  • potensiametr ruchkasini soat strelkasi yo’nalishiga qarshi oxirigacha burash (dastlabki vaziyatiga keltiriladi)

  • dozimetrni zaryad berish uyasiga o’rnatish

  • okulyarga qarab, dozimetrni bir barmoq bilan oz darajada qisib, ikkinchi qo’l bilan potensiametr ruchkasini soat strelkasi yo’nalishi bo’yicha burab shkaladagi ko’rsatgich chiziqni “O” vaziyatiga keltiriladi, so’ngra dozimetrni uyadan olib, himoya vositasini va zaryad uyasini himoya qalpog’ini joyiga burab qo’yish kerak.


INDIVIDUAL DOZIMETRIK NAZORAT

QO’YIDAGI TARTIBDA O’TKAZILADI:


  1. radiatsiya bilan zararlangan joyda har bir kishi bittadan ishga tayyor dozimetrik oladi. Shu bilan birga dozimetrning nomeri nurlanish dozasi hisobiga olinadigan jurnalga yozib olinadi.

  2. gamma nurlanish rayonida ishlash vaqtida dozimetr chuntagida olib yuriladi, har zamonda dozimetrning okulariga qarab, shkaladagi ip ko’rsatgan daraja bo’yicha ish mobaynida olingan nurlanish dozasining kattaligini bilish mumkin.

  3. ish tugagach dozimetrni postga topshiriladi, ish vaqtida olingan nurlanish dozasini hisobga olish jurnaliga hamda meditsina daftarchasiga yozib qo’yiladi.


GURUHLAR BO’YICHA DOZIMETRIK

NAZORAT O’TKAZISH UCHUN:

  1. ishga tayyor bo’lgan individual dozimetr DKP-50A faqat bir kishiga-guruh sardoriga beriladi. Guruh sardori olgan nurlanish dozasini, radiatsiya bilan zararlangan joyda ishlagan guruh a’zolarining hammasiga yozib qo’yiladi.


Harbiy himoya razvedka pribori VPXR yordamida zaharli modda borligini aniqlash.

  • priborni qopqog’ini ochib, nasos futlyardan chiqarib olinadi.

  • Zarin, zamon va V-gazlarini aniqlash uchun belgilangan qizil xaltani va qizil nuqtali 2-ta indikator trubkasini olib, uchlarini kesish kerak.

  • ampula yorgich yordamida trubkaning yuqori ampulalarini yorib markirovkalanganuchidan ushlab, 2-3 marta qattiq silkish kerak.

  • Trubkani birini /tajribalisini/ markirovkalanmagan uchini nasosga o’rnatib, u orqali 5-6 marta havo haydaladi. Ikkinchi trubka /kontroldagi/-ga havo haydalmaydi.

  • nasos tutgichida qizil chiziq bilan belgilangan ampula yorgich yordamida pastki ampulani yorib, 1 minut davomida to’lgazgich ichidagi rang o’zgarishini kuzatamiz.

  • sinil kislotasi, xlorion, fosgen va difosgen moddalarning birligini aniqlash uchun 3-ta yashil xalqali ko’rinishdagi 1-ta indikator trubka olinib, uning ikkala uchini keskich yordamida kesib olish kerak.

  • ampula yorgich yordamida indikator trubkasining ichidagi ampulani yorib markirovka qilingan tomonidan ushlab, 2-3 marta qattiq silkish kerak.

  • trubkaning markirovkalanmagan uchini nasosga o’rnatib, 10-15 marotaba havo haydaladi. So’ng indikator trubkasini nasosdan olib, 1 minut davomida havo haydalgan idish ichidagi rang o’zgarishi kuzatiladi.

Havodagi ipritni aniqlash uchun:

  • bitta sariq halqali indikator trubkasini olib, ikki uchini kesib markirovka qilinmagan uchini nasosga o’rnatib, 60 marta havo haydaladi.

  • trubkani nasosdan olib, 1 minut vaqt o’tgach ampuladagi havoning rangi bilan taqqoslanadi.

Havo harorati past bo’lganda indikator trubkasini isitgich yordamida isitish kerak bo’ladi.

Yer sathidagi kiyimlardagi va boshqa buyumlardagi zaharli moddalarni aniqlash uchun, nasosga maxsus voronkalik moslamani burib o’rnatiladi. Nasosni tekshiriladigan ob’yektga shunday yaqinlashtirish kerakki, uning moslamasidagi voronka eng ko’p zaharlangan joyni egallasin. Nasos yordamida 60 marta havo haydaladi.

Radioaktiv zaharli va bakteriologik moddalar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlaridan va suvdan namuna olinib, ularni laboratoriyaga jo’natish uchun yo’llanma tuzish.

Suvning radiatsiya, zaharli moddalar va bakteriologik moddalar bilan zararlanganda namuna olish tartibi qo’yidagi ketma-ketlikda olib boriladi:

  • suv havzasini va unga yaqin bo’lgan joylarni tekshirib, radiatsiya, zaharli modda va bakteriologik modda bilan zararlangani haqida belgilarni aniqlash maqsadida suv havzasi yaqinida radiatsiya me’yori bilan VPXR yordamida havoda zaharli modda borligini aniqlash kerak bo’ladi.

  • suvdan namuna 0,5-1 litr miqdorda toza idishga olinadi. Quduqdan olingan suv avvaliga chelakka aralashtiriladi, tibbiy suv havzasidan ikkita namuna yuzasidan va chuquridan batometr yordamida yoki ipcha osilgan yukli butilka yordamida olinadi.

  • vodoprovod suvini 10 minut oqizib keyin namuna olinadi, olingan namunalar nomerlanib, ularga yo’llanma qogozlar to’lg’azilib labolatoriyaga yuboriladi.

Bakteriologik vositalarning qo’llanishida yuzaga keladigan zararlanish darajasini aniqlash jarayoni qo’yidagi usulda amalga oshiriladi:

  • oziq-ovqat ob’yektini tekshirishdan o’tkazish,

  • ochiq yotgan oziq-ovqat mahsulotlarning yuzasidan olinadi, idishlarda yopiq joylashgan oziq-ovqatlar partiyasini 10-joydan ochib, har bir joyidan 50-100 gramm miqdorda namuna olinadi, qattiq mahsulotlardan 1 sm. chuqurlikdan (non, go’sht), sochiladigan mahsulotlardan 3 sm. chuqurlikdan (un, guruch), govanli mahsulotlardan 10 sm. chuqurlikdan (makaron, suxari), yarim suyuq mahsulotlardan 5 sm. chuqurlikdan (murabbo), ichimliklar yuzasidan va shisha nay yordamida idish tubidan namuna olinadi. Bu namunalar ham nomerlanib, og’zi muhrlanadi, har biriga alohida yo’llanma yozib laboratoriyaga yuboriladi.

Jo’natilgan yo’llanmada qo’yidagi ma’lumotlar aks ettirilgan bo’lishi shart:

Qachon (sana,sutkaning qaysi vaqti), kim tomondan va qaerdan namuna olinganligi hamda jo/natish manzili to’g’risida to’liq ma’lumot yuboriladi.
X U L O S A:

Shunday qilib, talabalar tomonidan mashg’ulot yakunida qo’yidagi bilim va ko’nikmalarni o’zlarida mujassamlashtirilgan bo’lishlari kerak:

  1. Radioaktiv, ximiyaviy va bakteriologik zararlanish darajalarini aniqlashda qo’llaniladigan asboblarning turlari hamda tuzilishlariga oid bilim va tasavvurga ega bo’lishadi.

  2. Radioaktiv va ximiyaviy zararlanish darajalarini asboblar yordamida aniqlash bo’yicha malaka va ko’nikmalarga ma’lum erishadilar.

  3. Zararlanish darajasining aniqlanish darajalariga asosan to’g’ri hatti-harakatlarni hosil qilish bo’yicha kerakli qarorlarni chiqarish yoki tavsiya eta oladigan bo’ladilar.

A D A B I Y O T L A R:




  1. Favqulodda vaziyatlar va muhofaza tadbirlari. O’quv qo’llanma. Fuqaro muhofazasi instituti – 2001 yil.

  2. Гражданская оборона под редакцией Е.П. Шубина М., Просвещение, 1991- год.

  3. N.D. Kozmin, X.I. To’ychiyev “Aholini yalpi qirg’in qurullaridan himoya qilish vositalari va usullari”. O’zbekiston nashriyoti. Toshkent., 1977 yil.

  4. I.I. Mamatov. ”Harbiy toksikologiya va tibbiy muhofaza ” Toshkent, 1997 yil.

Mavzu: “Favqulodda vaziyatda o’qituvchilar va o’quvchilar tarkibining xatti-harakati”



Vaqt: 4 soat


Mashg’ulot o’tkaziladigan joy: Fuqaro muhofazasi xonasi

Ko’rgazmali qurollar: Darsga oid plakatlar, rasmlar, diafilm.



1   2   3   4   5   6   7


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət