Ana səhifə

Фукаро мухофазаси фанидан маъруза матнлари


Yüklə 439.5 Kb.
səhifə7/7
tarix25.06.2016
ölçüsü439.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7

AMALIY MASHG’ULOT YUZASIDAN


NAZORAT SAVOLLAR:


  1. IPP-8 paketining tuzilishini aytib bering?

  2. IPP-8 paketidan foydalanish tartibini aytib bering?

  3. Odamlarni qisman sanitar ko’rikdan o’tkazish tartibini aytib bering?

  4. Odamlarning to’liq sanitar ko’rikdan o’tkazish tartibini aytib bering?

  5. Paxta dokali tamponni o’zingiz tayyorlab ko’rsating va uni talabalardan birida kiydirib tekshirib ko’ring?

QISMAN SANITAR KO’RIKDAN O’TKAZISH.


Dushman tomonidan ZM-lar ishlatilganda qisman sanitar jihatdan ishlov berish kechiktirilmasdan shu zohoti zararlangan joyning o’zida o’tkazilishi kerak.

Ximiyaviy zaharli moddalarga qarshi shaxsiy ximoya paketi IPP-8 dan foydalanish zarur. Buning uchun zudlik bilan polietilen xaltani va flakonning qopqog’i burab ochiladi. So’ngra paxta-dokali tamponni degazatsiyalovchi suyuqlik bilan ho’llanadi. Ho’llangan tampon bilan badanning ociq joylari ikki, uch marta artiladi. Artilgan joyga yaqin turgan kiyim ho’llab tozalanadi.

Badanning ochiq joyidagi teriga ikki marotaba ishlov beriladi: birinchisi ZM-lar ishlatilgandan keyin o’sha xavfli joyning o’zida bo’lsa, ikkinchisi esa zaharlangan joydan chiqqandan keyin va muhofazalovchi kiyimlar yechilgandan so’ng, IPP-8 ishidagi suyuqlik ko’zning shilliq pardalariga va og’iz bo’shlig’iga tushmasligi kerak. IPP-8 bo’magan taqdirda shaxsiy degazatsiyalovchi paketdan foydalanish zarur.

Paxta-dokali tampon 2%-li sodali eritma bilan namlanib, badanning ochiq joylaridagi teri artiladi (tamponning ikkinchisi №1 eritma bilan yana bir karra o’sha joylar artiladi). Degazirlovchi selikogelli paket (paketni ochib teridagi va kiyimdagi ZM-tomchilari ustiga selikogelli poroshok sepiladi) hamda sovun sodali eritma bilan badanning ochiq joyidagi teri artiladi, kiyim esa namlanadi.

ZM bilan ruxsat etilgan darajadan yuqori zararlanish ro’y berganda, aholini qisman sanitar ko’rikdan o’tkazish uchun, ular zararlangan joydan chiqqan zahoti qo’yidagi amallar bajarilishi shart:


  • zararlanish uqog’idan chiqqandan so’ng, ZM-ni ketkazish maqsadida muhofaza va ustki kiyimlar yechiladi hamda yaxshilab silkib qoqiladi, supurgi va tozalagich bilan supurib tozalanadi,

  • poyafzal supurgi bilan yoki toza ko’kat bilan supurib tashlanadi, so’ngra toza suv bilan yaxshilab yuviladi,

  • protivogaz sumkasini ochib silkib qoqiladi, protivogaz qutisi bilan yuz qismi toza suv bilan yuviladi,

  • badanning ochiq joylariga ishlov berishda toza suv bilan qo’l, yuz, bo’yin yaxshilab sovunlab yuviladi, tirnoq tagi kirdan tozalanadi, og’iz va burun bo’shliqlari toza suv bilan yaxshilab chayiladi,

  • suv bo’lmaganda badanning ochiq joylariga toza qor bilan ishlov beriladi yoki quruq tampon bilan (uni tez-tez alishtirib) yuqoridan pastga qarab bir yo’nalishda artiladi.

Dushman tomondan BV (bakteriologik vosita) ishlatilganda qisman sanitar ko’rikdan o’tkazishda bakterial aerozolli bulut o’tib ketgan zahoti (BV qo’llanilgan vaqti aniqlangach) IPP-8, dezinfeksiyalovchi eritma (2%-li monoxloramin eritmasi) bilan juda bo’lmaganda toza suvdan foydalanishadi. BV bilan zararlanganda qisman sanitar ko’rikdan o’tkazish usuli PM va ZM-lar bilan zararlangandagiga usulga o’xshash bo’ladi.



Aholini sanitar ko’rikdan o’tkazish jarayoni quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • suv manbasiga yaqin bo’lgan joydan maydoncha tanlash va uchta bo’limdan iborat bo’lgan palatkalar o’rnatish: yechinish, kiyinish va yuvinish bo’limlari.

  • dala sharoitida suvni isitish uchun avtomobil - dush uskunasidan foydalanish,

  • tashqi va ichki poyafzallarni almashtirish fondini tashkil qilish,

  • sanitar ko’rikdan o’tkazish uchun zarur bo’lgan vositalar bilan ta’minlash,

  • kiyim va poyafzallar uchun qoplar, DP - 5A asbobi, suv o’tkazmaydigan bog’lamlar yoki nakleykalar, birinchi tibbiy yordamni ko’rsatish uchun zarur hisoblanuvchi dori - darmonlar, 1…3% - li monoxloramin eritmasi, 2% -soda eritmasi, sovun va boshqa vositalar bo’lishi talab etiladi.

To’liq sanitar ko’rikdan o’tkazish jarayoni quyidagi ketma - ketlikda olib boriladi:





  • RM bilan zaharlangan fuqarolar, kiyim almashtirish bo’limiga kirishdan oldin, protivogazdan tashqari barcha shaxsiy muhofazalanish vositalarini yechib, maxsus ajratilgan joyga taxlab qo’yiladi, bosh va ustki kiyimlar raqamlangan shaxsiy qoplarga joylashtiriladi. So’ngra, ularning kiyim va poyafzallari dezaktivizatsiyalanadi,

  • Kiyim almashtirish bo’limida ishlash uchun saninstruktor, DP - 5A asbobi bilan dozimetrchi, 2 - 3 ta sanitar ajratiladi. Dozimetrchi barcha kiyimlarning ZMlar bilan qanchalik zararlanganlik darajasini aniqlaydi. ZMlar bilan zararlangan kiyim va poyafzallar qoplarga joylashtirilib, dezaktivizatsiya bo’limiga jo’natiladi. Dezaktivizatsiya qilishda yaramaydigan kiyimlar almashtirish fondi hisobiga yangilari bilan almashtiriladi.

  • qimmatbaho buyumlar, hujjatlar raqamlangan qoplarga joylashtiriladi va egalariga jeton ko’rsatilgan taqdirda qaytarib beriladi.

  • sanitar o’rgatuvchi va sanitarlar yordamida jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatiladi. Sanitar ko’rikdan o’tadigan shaxs yuvinish bo’limiga kirish oldidan qo’lini, bo’ynini, protivogazning yuz qismini monoxloraminning 1-2% eritmasi bilan yaxshilab artiladi, so’ngra sanitardan sovun hamda yuvinish uchun zarur bo’lgan boshqa vositalarni olib yuvinish bo’limiga kiradi.

  • ZM bilan zararlanganlar yuvinish bo’limida sovun va yuvgichlar yordamida issiq suv bilan yaxshilab yuvinadi. Dushda yuvinish tartibi qo’yidagicha: qo’llar sovun bilan yaxshilab yuviladi, tozalagich yordamida tirnoq tagidagi kirlar ketkiziladi, so’ngra bosh, yuz, bo’yin va butun tana yuqoridan pastga qarab, 2-3 marotaba yaxshilab sovunlab yuviladi, og’iz va burun bo’shliqlari suv bilan chayiladi, yuvinish jarayoni 15-20 minut davom etadi.

  • kiyinish bo’limida ham ishlash uchun sanitar o’rgatuvchi va dozimetrchi ajratilgan bo’ladi. ZM-lar bilan zararlanganlar yuvinib chiqqandan so’ng kiyinish bo’limida ikkinchi marta dozimetrik kontroldan o’tkaziladi.

  • Agar zararlanish darajasi ruxsat etilgandan yuqori bo’lsa, ular takroriy ravishda yuvinish bo’limiga qayta kiritiladi. Teri qavatining ZM bilan zararlanish darajasi ruxsat etilgandan yuqori bo’lsa, zararlangan shaxs tibbiyot nazoratigaolinish shart.

  • ko’z zararlanganda 2%-li soda eritmasi bilan yuviladi, ho’l holatga kelgan bog’lamlar almashtiriladi, ichki, ustki kiyim va poyafzal beriladi. Kiyinib bo’lganlar tig’ilish punktiga yuboriladi.

  • ZM va BV-lar bilan zararlanganlar ham xuddi shu usulda sanitar ko’rikdan o’tkaziladi.

  • sanitar bo’limi xodimlari, protivogaz, rezina etik va qo’lqopda ishlashlari shart, bundan tashqari yechinish bo’limida muhofaza kiyimi va etak tutgan bo’lishi kerak. Ishdan so’ng sanitar xodimlari to’liq sanitar ko’rikdan o’tishlari zarur.

SUV VA OZIQ-OVQAT MAXSULOTLARINI

DEGAZATSIYALASH.
Suvni degazatsiyalash jarayoni qo’yidagi ketma - ketlikda olib boriladi:


  1. Suvni kamida bir soat davomida qaynatish zarur. Lyuizit bilan zararlangan suvni degazatsiyalashda bu usul ishlatilmaydi. Sababi bu usul qo’llanilganda suvning tarkibida mishyak chiqindisi hosil bo’ladi.

  2. Suvni maxsus filtr yutgichlar yordamida filtrlash (universal ko’chma yuradigan filtr UKF-30, soatiga 3 litr suvni RM-dan tozalaydi, gazmol ko’mirli filtr TUF-200 yoki modernizatsiyalashtirilgan avtofiltrlash stansiyasi MAFO-7500) uskunalari va moslamalaridan foydalanib tozalashadi.

  3. Xlorli oxakning tinitilgan eritmasi bilan yoki kalsiy gidroxloridli hamda koyagulyant-temir kuporosini qo’shib degazatsiyalash.

  4. Kombinatsiyalashgan usulni qo’llash, ya’ni filtrlash, so’ngra esa xlorlash usuli

Oziq-ovqat mahsulotlarini degazatsiyalash uchun qo’yidagi amallarning bajarilishi talab etiladi:

  1. Oziq-ovqat mahsulotlarining ustki qatlamini olib tashlash (go’sht bo’lsa 2-3 sm. sochiladigan mahsulotlar uchun 5-7 sm.), shamollatish yoki qayta qizdirish, so’ngra ularda RM-lar yo’qligi aniqlansa, kulinariya ishlovidan (kamida 2 soat qaynatiladi) o’tkazilgach ishlatishga yaroqli deb hisoblanadi.

  2. ZM bo’g’lari bilan zararlangan sabzavotlar, mevalar toza sovuq suv oqimida 2-3 marotaba yuviladi, so’ngra kulinariya ishlovidan o’tkaziladi. Tomchi suyuqlik shaklidagi ZM-lar bilan zararlangan sabzavotlar, mevalar, shuningdek zich bekitilmagan idishlardagi tayyor oziq-ovqat maxsulotlari degazatsiya qilinmaydi, ular butunlay yo’q qilinadi.

  3. Konservalangan, ya’ni zichlab bekitilgan maxsulotlarning idishlar degazatsiyalovchi eritmador (1 va 2 nomerli eritma)-dan o’tkazilgandan keyingina ishlatishga yaroqli deb hisoblanadi.

“Suv va oziq-ovqat mahsulotlarini dezaktivatsiyalash usullari”


RMlar bilan zararlanish darajasi ruxsat etilgan kattalikdan yuqori bo’lgan suv, oziq-ovqat, tibbiy anjomlar, buyumlar dezaktivatsiyadan o’tkaziladi va radiometrik nazoratdan o’tkazib turilishi kerak. Suvni dezaktivatsiyalash maqsadida quyidagi usullardan foydalanish mumkin:

  1. Idishga suv quyilib, har bir litr hisobiga 30 ml. temir kuporosi qo’shib, koagulyatsiyadan o’tkaziladi. Suv tingandan keyin tiniq qismi boshqa idishga qo’yib olinadi, chuqindi qismini esa filtr yordamida tozalanadi.

  2. Ionitlar yordamida tozalash (ionizatsiyalash)

  3. Distilyator yordamida haydash yoki qo’lda yasalgan haydash moslamasi yordamida o’tkaziladi.

  4. Yuqorida keltirilgan usullardan birgalikda foydalanish

Bu usullardan foydalanilganda suvni RM-lardan tozalash ko’rsatkichi 95-98%-ni tashkil etadi

Oziq-ovqat mahsulotlarini dezaktivatsiyalash jarayoni qo’yidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:



  1. Zararlangan oziq-ovqat mahsulotlarining ustki qismidan 1 - 1,5 sm. qalinlikdagi qatlami olib tashlanadi.

  2. Oziq-ovqat mahsulotining zichlab berkitilgan idishlari (konservalar) maxsus dezaktivatsiyalovchi eritmalarning biri bilan yuviladi. (SF poroshogining 0,2 - 0,3%li suvli eritmasi, OP - 7, OP - 10, va DL eritmalaridan foydalanishadi).

  3. Zichlab bekitilmagan idishlarni yuvib, ichidagi oziq-ovqat mahsulotining zararlangan yuqorigi qismi olib tashlanadi.

  4. RMlar bilan ruxsat etilgan kattalikdan yuqori darajada zararlangan suyuq holatdagi oziq-ovqat mahsulotlari brak, ya’ni yaroqsiz deb topiladi.

Tibbiy anjomlarni dezaktivatsiyalash uchun:



  1. Jarroxlik asboblari, shifoxona va dorixonadagi metall asboblar dezaktivatsiyalovchi eritmaga ho’llangan latta bilan yaxshilab yuviladi, toza suvda chayqab olinadi, hamda sterillanadi.

  2. Tibbiy xalatlar, choyshablar, ichki kiyimlar yuvish vositasi bilan qo’shib kir yuvish mashinasida yaxshilab yuviladi.

  3. Jarroxlik rezina anjomlari (qo’lqop, grelka, muzxalta) iliq yuvuvchi eritmalar bilan ko’p marta yuviladi. So’ng toza suvda chayqab olinadi va sterillanadi.

X U L O S A

Demak talabalar tomonidan sanitar ko’rikdan o’tkazish jarayonini amalga oshirishda qo’yidagilarga e’tibor berishlari zarur ekan:


  1. RM va ZMlar bilan zararlanganda aholini sanitar ko’rikdan o’tkazish jarayoni qisman va to’liq sanitar ko’rikdan o’tkazilar ekan.

  2. Suv, oziq - ovqat maxsulotlari va tibbiy anjomlarni dezaktivatsiyalash zarurligi, hamda uni amalga oshirish metodikasini.

  3. Suv va oziq ovqat maxsulotlarini degazatsiyalash metodikasini o’rgatish.

A D A B I Y O T L A R


1. I.A. Karimov “O’zbekisto XXI – asr bo’sag’asida, xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari ”. Toshkent “O’zbekiston”. 1997 yil.

2.Favqulodda vaziyatlar va muhofaza tadbirlari. O’quv qo’llanma. Fuqaro muhofazasi instituti – 2001 yil.



3.N.D. Kozmin, X.I. To’ychiyev “Aholini yalpi qirg’in qurullaridan himoya qilish vositalari va usullari”. O’zbekiston nashriyoti. Toshkent., 1977 yil.

4.Z. Ilyasova “Hayot havfsizligi asoslari”. O’quv qo’llanma. Fuqaro muhofazasi instituti, Toshkent – 2001 yil.
1   2   3   4   5   6   7


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət