Ana səhifə

Фукаро мухофазаси фанидан маъруза матнлари


Yüklə 439.5 Kb.
səhifə6/7
tarix25.06.2016
ölçüsü439.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7

AMALIY MASHG’ULOT



Mashg’ulotning maqsadi: Favqulodda vaziyatda o’qituvchilar, o’quvchilarni muhofazalash va dalil qat’iyatlik bilan ish tutishga, shuningdek muhofazalanish vositalaridan unumli foydalanishga o’rgatish.
MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHALAR



  1. FB-lardagi o’quvchilar va o’qituvchilar tarkibining hatti-harakati

  2. Maktab jamoasining FB sharoitini baholash tartibi

  3. Ximiyaviy va bakteriologik zararlanishlar

  4. Kuchli ta’sir etuvchi zaharlovchi moddalar ta’siridagi o’quvchilar va o’qituvchilar tarkibining hatti-harakati

MASHG’ULOT BO’YICHA NAZORAT SAVOLLAR




  1. Radiaktiv zararlanishlar kuzatilganda o’qituvchining roli va vazifalari nimalardan iborat?

  2. Ximiyaviy moddalardan zaharlanish deganda nimani tushunasiz?

  3. Ximiyaviy zaharlanish kuzatilganda o’qituvchining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

  4. Bakteriologik zaharlovchi moddalardan qaysilarini bilasiz?

  5. Bakteriologik zaharlovchi moddalar havoga tarqalganligi haqidagi xabarni eshitsangiz nima qilgan bo’lardingiz?

  6. O’quvchilarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish borasida qanday muolajalarni bajara olasiz?



FAVQULODDA VAZIYATDA O’QITUVCHILAR VA O’QUVCHILAR


TARKIBINING HATTI - HARAKATI
Umumta’lim maktab muassasalarining rahbarlari va shtab boshliqlari oldiga favqulodda favqulodda vaziyatlar vaqtida fuqaro muhofazasi uchun zarur bo’lgan kuch va mablag’lardan tashqari juda ko’p vazifalar qo’yiladi. Bularga qo’yidagilarni kiritish mumkin: Favqulodda vaziyatlar vaqtida fuqaro muhofarzasi haqida barcha o’qituvchilarga ma’lumot berish, o’z vaqtida tibbiy va yakka maxsus muhofazalanish vositalari bilan ta’minlash, o’quvchilar va jabrlanganlarga tez tibbiy yordam berishning tashkil qilinishi, qidiruv-qutqaruv ishlarining olib borilishi, yong’inning uchirilishi, qidiruv va jabrlanganlarni ko’chkinlar tagidan olib chiqish, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish, qisman bo’lsada o’quvchilar zaharlanishining oldini olish. Tozalash ishlarini olib borish, radioaktiv moddalar, zaharli moddalar va bakterial vositalarining miqdorini aniqlash, buning uchun dozimetrik va ximiyaviy nazorat asboblaridan unumli foydalanish zarur. Bunday vaziyatlarda o’qituvchi komandir rolini bajaradi. O’quvchilardan guruhlar tuziladi, vazifalar ma’lum bo’lishi bilan o’qituvchi barcha guruhlarga o’z vaqtida vazifalarni bo’lib beradi, vaqtni belgilaydi, katta guruhlarga qo’shimcha vazifalar ham beradi, shundan so’ng vaziyatni aniqlab biror qarorga kelinadi.

Vazifani bayon qilib, u qo’yidagi vazifalarni tushuntirishi kerak: Oldinda turgan va amalga oshiriladigan hatti-harakatlarning maqsadi, fuqaro muhofazasi boshlig’i, ya’ni direktorning fikri, uning vazifasi, vazifaning bajarilishida o’quvchilarning roli, qo’shnilarining vazifasi va ular bilan birgalikdagi amalga oshiriladigan hatti-harakatlar hamda vazifalarning bajarilishi uchun sarflanadigan tayyorgarlik vaqti to’g’risida ma’lumotlar beradi.

Vazifani bayon qila turib, tezlik bilan bajarilishi kerak bo’lgan tadbir o’tkazishi shart. Shuningdek yuqori sinf o’qugchilariga qo’shimcha vazifalar belgulash lozim.

Favqulodda vaziyat sharoitini baholashda shtab boshlig’i tomonidan birinchi navbatda o’quv yurti joylashgan xudud va uning atrofidagi radision, ximiyaviy va bakteriologik vaziyatlarning qanchalik xavfsiz ekanligiga e’tiborni qaratishi zarur, xavfsiz joylarga ko’chirish jarayonida yong’inlardan extiyotlik choralarini kurish, ob – havoning holatiga, yil fasliga va ularning oldiga quyilayotgan vazifalarining bajarilish jarayoniga ham e’tibor berilishi lozim. Vazifa bayon qilingandan sung qarorning bajarilishi natijasi va favqulodda vaziyat sharoitini baholagandan so’ng o’qituvchi tomonidan olib boriladigan qidiruv – qurqaruv ishlarining kengligi, birinchi tibbiy yordam, ko’proq e’tibor berilishi shart bo’lgan joylar, ishning borishi, kuch va mablag’ning taqsimlanishi ko’chirish tartibini aniqlaydi. Vazifalar qo’yilishida katta guruhlarning o’quvchilariga qidiruv – qutqaruv ishlarini olib boriladigan joylarni belgilash va jabr ko’rganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish, ularni zarar ko’rilgan joylardan olib chiqilsh tartib qoidalari va transportlarga yuklanishi, vazifalarning bajarilish vaqti, aloqaning ta’minlanishi, vazifa bajarilgandan so’ng yig’ilish joyi hamda vaqti tug’risida o’qituvchi tomonidan o’quvchilarga ko’rsatmalar beriladi.

Vazifalar bo’lingandan so’ng o’qituvchi uning bajarilishini kuzatib boradi va ehtiyot choralarini ko’rib, kerakli yordam ko’rsatadi. Shundan so’ng katta guruh ishlarining bajarilishi haqida ma’ruzani va nurlangan joylar haqida ma’lumotlar eshittiriladi. Katta guruh ishlarini umumlashtirib, fuqaro muhofazasi boshlig’ga ya’ni direktorga ma’lumot beradi va uning ko’rsatmasiga binoan harakat qiladi.

Maktablarda qidiruv – qutqaruv ishlarini asosan o’qituvchilarning aniq va mukammal ishlangan rejasi asosida tashkil qilinadi. Maktabdagi fuqaro muhofazasi shtabning komandiri shaxsiy tarkibni zararlangan hudud aniqlangandan sung xavfsiz deb belgilangan hududlarga vaqtdan unumli foydalangan holda olib chiqadi. Maktabdagi qidiruv – qutqaruv ishlarining yaxshi olib borilishi shundan iboratki, u signal olingan zaxotiyoq boshlanishi shart va to’liq nihoyasiga etkazilishi kerak. Maktablarda qutqaruv ishlarini olib borish asosan ikki etapga bo’linadi:

Birinchi etap – favqulodda vaziyatlar ro’y bergan joydan olingan signaldan,toki o’pga joyga etib kelinishi,

Ikkinchi etap – etib kelishdan tortib, o’quvchilarning zararsizlantirilgan joylarga etkazilishi, ularga birinchi tibbiy yordam kursatish ahvoli og’ir deb hisoblanganlarni maxsus transport vositalari yordamida shifoxonalarga junatilishi zarur.

Hamma narsa o’qituvchining harakati va aqliga bog’liq buladi.

Birinchi etapdagi qidiruv – qutqaruv ishlarini maktab dirertori tomonidan tashkil qilinadi, boshqa vazifalarni esa o’qituvchilar bajaradi. Pedagoglar jamoasi jipslangan tarzda o’z kuchlari bilan birgalikda bajaradi. Yong’in va zarar haqida direktor rayon markazidagi fuqaro muhofazasi shtabining boshlig’iga xabar beradi va yordam so’raydi. Maktab yonishining sababi esa elektr tarmoqlaridagi nosozlik, gaz ilitalarining to’g’ri ishlatilmaganli bo’lishi mumkin.

Qutqaruv ishlarida qatnashmagan o’qituvchilar tsa asosan o’quvchilarni qo’rqmaslikka undash, yong’in tufayli vaximaga tushmaslik va qaltis harakatlarni hosil qilmasliklariga e’tiborni qaratishlari zarur buladi. Ba’zi ruxan kuchli bulgan o’quvchilarga qurquvga berilgan o’rtoqlariga yordam berish vazifalarni yuklaydi. Agar iloji bo’lib qolsa, qutqaruv guruhi kelgunga qadar o’quvchilarni zararlangan joydan olib chiqishga harakat qiladi. Radiaktiv zararlanish haqida ma’lumot olingan bo’lsa o’qituvchi protivogazlarni kiyishga yordam beradi va muxofazalanishishlarini yukga quyadi. Agarda muxofazalanishzonasi bo’lmasa, sinfda qolishga va o’qituvchi yordamida xonaga radiaktiv zararlangan havoning kiritmaslik oldini oladi. Buning uchun deraza oyinalarini yopadi, ventilyasiya lyuklarini zichlab yopishadi, eshiklarni yopishadi va hokazolar.

Maktabning tibbiy xodimlari esa radiaktiv zararlanishni oldini olish uchun o’quvchilarga kaliy yodli, qalayli va yodli suyuqliklar berishadi. Havoda kuchli ta’sir qiluvchi zaxarli moddalar haqida xabar olib kelinsa, albatta o’quvchilarning nafas olish yullarini o’zlari muhofazalash uchun kerakli narsalar bilan ta’minlash zarur. Bularga turli protivogazlar va yoping’iclardir va ularga shu joyning o’zida birinchi tibbiy yordam ko’rsatadilar. Agar yaqin atrofda muhofazalanish zonalari bo’lmasa, u holda o’quvchilar bilan sinfdan tashqariga chiqmaslik kerak. Maktab direktori esa o’quvchilarni ko’chirish uchun transport chaqiradi. Zararlangan joydan chiiqib, o’quvchilar tibbiy ko’rikdan o’tadilar, kuchli ta’sir qiluvchizaxarli moddalardan zaxarlanishning oldini olish uchun eng avvalo nafas yullarini muhofaza qilish sharndir. Jabrlanuvchiga protivogaz kiydirish yoki bo’lmasa, paxta dokali bog’lamalardan foydalanish zarur. Bu bog’lamalar ikki foizli xlori suvga, yoki iste’mol sodasiga xo’llangan bo’lishi kerak. Shundan so’ng jabrlanganlarni davolash muassasasigaolib borish sharndir.

Ikkinchi shtabda esa o’qituvchilar qutqaruvchilarga kimlarga birinchi yordam ko’rsatilishi haqida xabar beradilar. Bolalar ko’p turgan joylarni ko’rsatadilar. Zarar ko’rganlarni olib chiqadilar, shuningdek ko’chirishga yordam qiladilar.

O’qituvchi hech narsadan qurqmasdan, hech narsaga e’tibor bermasdan o’quvchilarga yordam berishi kerak. Maktabdan qutqaruv ishlari tugallangan deb hisoblanadi, qachonki zarar ko’rgan joydan binna ham qoldirmay o’quvshilar olib chiqilsa va tibbiyot muassasalariga junatilgandan so’ngina tugallangan hisoblanadi.

Qutqaruv paytida o’qituvchi o’zining va bolalarining ehtiyotkorligini ta’minlashi kerak. Zarar ko’rgan bolalarni esa, albatta birinchi navbatda yaqin atrofdagi tibbiyot muassasalariga yoki punktlariga ko’chirilishi zarur. Qolgan o’quvchilarning ko’chirilishiesa shahar yoki rayon fuqaro muhofazasi boshlig’ining ko’rsatmasiga binoan bajariladi. Agarda favqulodda vaziyat katta masshtabda, ya’ni shahar yoki rayon miqyosida sodir etilgan bo’lsa ularni albatta qo’shni viloyatlar, yoki shaharlar hududiga ko’chirish lozim. Bunda esa ko’chirish haqidagi buyruqni Davlat favqulodda vaziyatlar komissiyasi tuzadi va vazifalarni belgilab boradi.

Bakteriologik zararlangan joydan jabrlanuvchilar va jabrlanmaganlar, ya’ni o’quvchilar karantin zonasidan chekkaroq joyga ko’chiriladilar, karantik tugagandan so’ng esa sal uzoqroq viloyat yoki respublikalarga ko’chiriladi.

O’quvchilar hayotning saqlanish choralarini esa o’pka joydagi hokimiyat, tashkilot rahbarlari maktab rahbarlari bilan birgalirda hal qiladilar. Maktab rahbarlari ko’chirilgan bolalarning ota – onalari bilan aloqa bog’laydilar. Shuningdek tibbiyot muassasalaridagi bolalarning xolidan ham xabar olib turadilar.

Xulosa:


Demak umumta’lim maktab jamoasi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda quyidagi xatti harakatlarni o’zlariga mujasamlashtira oladigan bo’lishlari shart:

1.Sodir etilgan favqulotdda vaziyatning turi va unga to’g’ri baho bera olish.

2.Favqulodda vaziyatda vahimaga berilmasdan tezkorlik bilan qilinadigan ishlar rejasi tuzib chiqish

3.Zudlik bilan umumta’lim maktab jamoasining faollariga topshiriq va vazifalarni bajarish tartibini etkazish.

4.Darhol umumta’lim maktab jamoasini xavfsiz joyga ko’chirish chora – tadbirlarini ko’rish va daddillik bilan ruyobga chiqarish.

5.Jarohatlanganlarnianiqlash va ularga yordam ko’rsatishni tashkil etish.

6.Vayronalar yuzaga kelgan bo’lsa, keciktirib bo’lmasdan qidiruv – qutqaruv ishlarini amalga oshirish.

7.Turli darajalarda zararlanganlarni aniqlash va davolash maskanlariga jo’natish.

A D A B I Y O T L A R
1. I.A. Karimov “O’zbekisto XXI – asr bo’sag’asida, xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari ”. Toshkent “O’zbekiston”. 1997 yil.


  1. Favqulodda vaziyatlar va muhofaza tadbirlari. O’quv qo’llanma. Fuqaro muhofazasi instituti – 2001 yil.

  2. N.D. Kozmin, X.I. To’ychiyev “Aholini yalpi qirg’in qurullaridan himoya qilish vositalari va usullari”. O’zbekiston nashriyoti. Toshkent., 1977 yil.

  3. Z. Ilyasova “Hayot havfsizligi asoslari”. O’quv qo’llanma. Fuqaro muhofazasi instituti, Toshkent – 2001 yil.

Mavzu: Talabalarga umumta’lim maktab o’quvchilarini sanitar ko’rikdan o’tkazish metodikasini o’rgatish.


Vaqt: 2 soat.

Mashg’ulot o’kaziladigan joy: Fuqaro muhofazasi xonasi.

Ko’rgazmali qurollar: Mavzuga aloqador plakatlar, diafilm va IPP-8


AMALIY MASHG’ULOT


Mashg’ulot maqsadi: Talabalarga sanitar ko’rikdan o’tkazish qoidalari, ularning maqsadi, tartibi dezantivatsiyalash, detazatsiyalash va talabalarning asosiy vazifalariga oid bilim va malakalar berishdan iborat.
MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHALAR



  1. Shaxsiy himoya paketi – IPP-8

  2. Shaxsiy degazatsiyalovchi paket

  3. Paxta – dokali tampon

  4. To’liq va qisman sanitar ko’rikdan o’tkazish.


1   2   3   4   5   6   7


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət