Ana səhifə

Фукаро мухофазаси фанидан маъруза матнлари


Yüklə 439.5 Kb.
səhifə2/7
tarix25.06.2016
ölçüsü439.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7

Vaqt: 4 soat


Ma’ruza maqsadi: Talabalarga tinchlik va urush vaqtida turli

xil favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelish

sabablar va ularning tavsifnomasi xaqida

bilim va tushunchalarni berish.

Ko’rgazmali qurollar: Rasmlar, plakatlar, devoriy ko’rgazmalar,

diafil’m va jurnallar.

R E J A:



  1. Favqulodda vaziyatlarning turlari va ularning kelib chiqish sabablari.

  2. Xalq xo’jaligida sodir etiladigan falokatlar, xalokatlar, tabiiy ofatlar va ularning tavsifnomasi.

  3. Fuqoro muxofazasining axolini ogoxlantirish bo’yicha o’tkazilishi lozim bo’lgan chora - tadbirlari.

  4. Chernobil AESidagi halokat va uning tafsifnomasi.

  5. Kucli ta’sir etuvchi zaxarli moddalar (KZM) ning tafsifnomasi

Mavzu bo’yicha tayanch tushunchalar:



          1. FVlarning turlari va kelib chiqish sabablari

          2. Tabiiy ofatlarning turlari va tafsifnomasi

          3. AESlardagi xalokatlar va ularning atrof muxitni zaralantirish oqibatlari

          4. FM ning axolini FV larrdan ogoxlantirish usullari

          5. KTZM larning tafsifnomasi.

I. FV larning turlari va kelib chiqish sabablari.

Sir emas, dunyo miqyosidagi favqulodda vaziyat (FV) lar ko’lami yildan – yilga ortib bormoqda. Bularga Chernobil’ AES-sidagi xalokat, temir yo’l transportidagi sodir etilayotgan falokatlar, ayniqsa, kuchli zaxarlovchi modda (KZM) larni tashish mobaynidagi falokatlar, turli tabiiy ofatlar xamda texnogen xususiyatli xalokatlarning ko’lami ortib bormoqda. Masalan, Ashxobod (1948) va Armanistondagi (1998y) er silkinishlar, xatto tinchlik vaqtida xam ommaviy kirgan qurollarining ishlatilish xavfi saqlanib qolayotganligi urush va tinchlik davrlaridagi FV larni o’rganish zarurligini taqozo etadi. Shuning uchun xam Fuqoro muxofazasining tinchlik va urush vaqtidagi o’rni va FV larning oqibatlarini bartaraf qilishdagi vazifalari va axamiyati dolzarbligicha qolmoqda.

Dunyo miqyosida sodir etilaetgan barcha FV larni quyidagi turlarga bo’lib o’rganish qabul qilingan:



  1. Tabiiy ofatlar tufayli yuzaga keladigan FV lar (er qimirlash, xalokatli suv toshqinlar, bo’ronlar, qor bo’ronlari, ko’chkilar, sel kelishi, o’rmon va torf yong’inlari, epidemiyalar va boshqalar.)

  2. Atrof muxitga radioaktiv va zaxarli moddalarning chiqarib yuborilishi bilan bog’liq bo’lgan FV lar (AESlaridagi falokatlar, yadro energetikasiga ta’luqli bo’lgan karxonalardagi radioaktiv moddalar)ning atmosferaga chiqib ketishi. KZM ishlab chiqaruvchi korxonalardagi falokatlar, bakteriologik moddalarni va pestitsidlar ishlab chiqaruvchi korxonalardagi nosozlik va falokatlar tufayli atmosferaning zaxarlanishlari).

  3. Yong’inlar, portlashlar tufayli yuzaga keladigan FVlar va ularning oqibatlari (imorat, inshoot, texnologik qurilmalar,xar xil xajmlar, portlash va yong’in xavfi bor bilgan quvurlar, axoli punktlaridagi yong’in va portlashlar, shuningdek transport quvurlaridagi xalokatlar va boshqalar)

  4. Turli mojoralar tufayli yuzaga keladigan FV lar (shtab, omborxonalar, xarbiy garnizonlarga uyushtiriladigan qurolli xujumlar, dinniy-estremistik guruxlarning tashabusi tufayli tashkil etiladigan namoyishlar va tartibsizliklar, milliy adovatlar tufayli yuzaga keladigan to’qnashuvlar va x.k.).

FV larning turlaridan eng daxshatlisi er silkinishi bo’lishiga qaramasdan insonlar orasidagi bo’layotgan qurbonlar xisobiga binoan bo’ronlar birinchi o’rinda turar ekan.

Barcha FV larni kelib chiqishi sabablariga ob’ektiv va sub’ektiv omillarni ro’para qilish mumkin. Ob’ektiv omillar sifatida xalq xo’jaligining rivojlantirilishi uchun zarur bo’lgan barcha texnologik jarayonlarni takomillashtirish va yangilarini joriy etishni taqozo etadi. Bu jarayonni ro’yobga chiqarishda inson omili katta axamiyat kasb etadi, lekin buning zaminidagi muammolarning echimini xal qilishda oqilona yondashuv o’ta muxim axamiyatga ega, chunki dastlabki loyixalash, sinovdan o’tkazish va joriy qilingan taqdirda xam zamon talabiga javob beradigan texnologyalarni ishlab chiqarishga tadbiq qilish zarur, shundagina turli xil ko’rinishdagi falokat va xalokatlarning oldi olingan bo’ladi.

Sub’ektiv omillarga: ishchi xizmatchilarning va mutasadi xodimlarning o’z xizmat vazifalariga e’tiborsizlik xamda ma’suliyatsizlik bilan munosabatda bilishligi - oqibat natijada turli baxtsizliklar, kelishmovchiliklar, falokat va boshqa ko’rinishdagi FV larning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari xodimlar malakasining pastligi, loqaydsizligi, xizmat vazifalarini suiste’mol qilishligi, texnologik jarayonlarni qo’pol ravishda buzish xolatlari, ish o’rinlarini tashlab ketish xollari va x.k. Ayniqsa, insoniyat tomonidan tabiiy boyliklardan ayovsiz foydalanish xolatlari, tabiatga nisbatan befarq munosabatda bo’lish, eng achinarlisi yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik va qo’pol ravishda buzish xisobiga ko’p miqdordagi yong’inlarning kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda.

II. Xalq xo’jaligida sodir etiladigan falokatlar, tabiiy ofatlar va ularning tavsifnomasi.
Tabiiy ofatlar deganda tabiatda sodir etiladigan er qimirlashi, suv toshqini, ko’chkilar, qor ko’chishi, sel kelishi, bo’ronlar, tufonlar, yong’inlar, vulqonlarning otilishi va boshqalarni kiritish mumkin. Bunday favqulodda vaziyat kurinishida sodir etiladigan tabiiy ofatlar axolining normal faoliyatini izdan chiqaruvchi, insonlarning qurbon bo’lishiga, katta miqdordagi moddiy boyliklarning yakson bo’lishiga olib keladi.

Tabiiy ofatlar aloxida yoki bir-biriga bog’liq ravishda yuzaga kelishi mumkin. Ba’zilari insoniyat faoliyatidagi aqlsizlik bilan ish yuritish tufayli sodir etiladi (irmon yong’inlari, ishlab chiqarishdagi portlashlar, foydali qazilmalarni olishda, tog’ kon ishlarini olib borish va kar’erlardagi portlatish ishlarini olib borish jarayonidagi sabablar xisobiga ko’chki xodisalarining sodir etilishiga turtki bo’ladi). Dunyo miqesida sodir etilaetgan tabiiy ofatlarning 9/10 qismi quyidagi 4 ta turlariga to’g’ri kelishi aniqlangan: suv toshqinlari (40%), tropik tufonlar (20%), er silkinishlari (15%), va qurg’okchilik (15%) ni tashkil etarkan. Olib borilgan tadqiqot natijalariga binoan tropik tufonlar tufayli axoli orasida nobud bo’lishi bo’yicha birinchi o’rinni egallarkan, suv toshqinlari esa ko’p kuzatilishi va katta miqdordagi talafotlar bilan namoyon bo’larkan.

Er silkinishi deganda er qobig’ining kuchli tebranishi o’rganilib, vulqon yoki tektonik sabablar tufayli yuzaga keladi va imoratlarning vayron bo’lishi, yong’inlar chiqishi va insonlarning xalok bo’lishiga olib keladi. Erning silkinishi quyidagi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi: er yuzidagi tebranishning jadalashish jarayoni, magnitatudasi va silkinish o’chog’ining chuqurligi bilan.

Erning silkinishdagi umumiy energiyasi magnituda bilan tavsiflanadi va u mikronlarda o’lchanadigan tuproq siljishidagi maksimal amplituda lagorifmi bilan ifodalanadi: Mqlg λmax. Bu qursatkich seysmograf asboblari yordamida silkinish markazidan 100 km masofadagi uzoqlikda ilchanadi. Rixter shkalasiga binoan magnituda (M) 0 dan 9 gacha o’zgaradi (9 eng kuchli silkinish). M ning bir birlikka ortishi tebranish amplitudasining 10 barobarga ortishini bildiradi va er silkinishdagi energiyaning 30 barobarga ortadi. Masalan Mq7 bilganda, tuproq silkinishdagi maksimal amplituda Mq5 bilgandagi qiymatga nisbatan 100 barobar ko’p, shu bilan birgalikda er silkinishdagi umumiy energiya miqdori 900 marotaba ortadi.

Er yuzasidagi energiya intensivligi ballarda o’lchanadi, u esa silkinish o’chog’i, magnituda, silkinish markazigacha bo’lgan masofa, erning geologik tuzilishi va boshqa ko’rsatkichlariga bog’liq bo’ladi.

Er silkinishi tufayli xalq xijaligiga katta miqdorda moddiy zarar etkazilishidan tashqari axoli orasida insonlarning xalok bo’lishiga sabab bo’ladi. Masalan 1990yil 21 iyundagi Eronning shimoliy qismi (Gilyan viloyati)da yuzaga kelgan er silkinishi tufayli 50 mingdan ko’proq axoli xalok bo’lgan, 1 mln kishi yarador va boshpanasiz qolgan.

7 dekabr’ 1988 yil Armonistondagi er silkinishi tufayli 25 ming Fuqoro xalok bo’lgan. 1,5 mingta qishloq va 12 ta shaxar katta zarar ko’rgan, shu jumladan 3 ta shaxar tilik vayronaga aylangan.

Er silkinishi boshqa turdagi tabiiy ofatlarni yuzaga keltiradi: ko’chkilar, sel kelishi, suv toshqini (tig’onlarning yorilish) xisobiga yong’inlar (neft saqlagichlardagi shikastlanishlar va gaz quvurlaridagi uzilishlar - yorilishlar), kommunikatsiyalar, elektr ta’minoti, suv ta’minoti va kanalizatsiyalardagi falokatlar, ximiyaviy korxonalardagi falokatlar tufayli KZM larning chiqarib (oqib ketishi) yuborilishi xamda AES lardan RM larning atrof-muxitga tarqalishi tufayli salbiy oqibatlar yuzaga keladi.



Suv toshqini deganda daryo, ko’, suv omborlaridagi suv satxining tezkorlik ko’tarilishi tufayli katta maydonlarni suv bilan qoplanishiga aytiladi va u quyidagi sabablarga ko’ra yuzaga keladi: baxorgi paytlardagi qorlarning erishi, ko’p miqdordagi yog’ingarchilik va jala kelishi, daryolardagi muzliklarning yig’ilib qolishi, tig’onlarning buzilishi, ko’chkilar tufayli ko’llarning paydo bo’lishiga va xakozalar. Suv toshqini tufayli korxonalar, imoratlar vayronaga aylanishi, avtomobil va temir yollarning buzilishi, aloqa va elektr tarmoqlarida, sug’orish tizimiga, qishloq xo’jalik ekinlariga, xom ashyo va boshqa turdagi moddiy boyliklarga katta ziyon etkaziladi.

Suv toshqini tufayli elektr tarmoqlaridagi qisqa tutashuv zaryadlar xisobiga yong’inlar chiqishi, suv va kanalizatsiya quvurlarida uzilishlar, televizion va telegraf kabellaridagi aloqalarning yo’qolishi, ba’zi maydonlardagi er satxining chiqishi xisobiga uzilishlar paydo bo’ladi. Suv toshqinlarining oldini olishda suvning taqsimot sarflanishini doimiy nazorat qilib borish, daraxtlar ekish va suv toshqini bo’ladigan xududlarda ko’ndalangiga ishlov berish kabi ishlarni bajarish zarur. Katta daryolar uchun suv omborlarini qurish va sarflanishi nazorat qilish xisobiga ularning satxi rostlanadi, suv izanini chuqurroq olish, suv oqimining yonalishini tog’rilash, muzlarni yorish, ayniqsa, muz qalinligiga nisbatan 2,5 barobar chuqurlikda portlatishlar - ko’proq foyda beradi(tuz yoki maydalangan shlak sepish maqsadga muvofiq xisoblanadi).

Ko’chkilar – tog’ jinsli, tuproq va qor massalarning qiyalik bo’ylab sirpanib siljishiga aytiladi, sababi muvozanat xolatining yo’qolishi tufayli yuzaga keladi, bu esa turli sabablarga ko’ra sodir etiladi (jinslarning suv bilan yuvilishi, shamol va yog’ingarchilik ta’sirida namlanishi, erdagi silkinishlar va boshqa omillar natijasida mustaxkamligining kamayishiga olib keladi).

Ko’chkilar burchak qiyaligi 20o va undan yuqori bo’lgan barcha qiyaliklarda uchrashi mumkin va xamda turlicha tezlikda xarakatlanadi. Kam tezlikdagisida jinslarning tezligi yiliga bir necha un sanimetrni tashkil etsa, o’rtachasida-soatiga yoki sutkada bir necha metrga, katta tezlikdagilari esa soatiga bir necha o’n km masofolarga siljiydi. Katta tezlikda xarakatlanuvchi ko’chkilar tufayli xalq xo’jaligiga ko’p miqdordagi moddiy zararlardan tashqari insonlarning xalok bo’lishiga sabab bo’ladi.

Ko’chki xodisalari tufayli bir necha yuz va mlrd m3 xajmdagi jinslarning ma’lum kiyaliklar bo’ylab siljishiga sabab bo’ladi. Ko’chkilar xalq xo’jaligining barcha soxalariga katta talofat keltiradi, qishloq xo’jalik maydonlarining yaroqsiz xolga kelishi, foydali qazilmalar ishlab chiqarishda xavfli xolatni yuzaga keltiradi, tunellar, quvurlar, telefon va elektr simlarini, yillarni yaroqsiz xolga keltiradi.

Masalan: 1911 yili Pamirdagi er silkinish tufayli (Mq7,4 ball) 2,5 mlrd m3 xajmdagi tuproq massasining surilishiga va 200 kishidan iborat bo’lgan Osoy qishlog’idagi axolining ko’chki tagida qolishiga, so’ng Murgab daryosining tuzilishiga xamda 300 m balandlikdagi tabiiy tig’onning xosil qilinishiga sabab bo’lgan. Bir yildan so’ng 300 xonadan istiqomat qiluvchi Sarez qishlogining axolisi boshqa joyga ko’chirilgan. Xozirgi kunda xosil qilingan tabiiy ko’l –Sarez suv omboridagi suv satxining balandligi 284 km, uzundligi 53 km ni tashkil etadi. BMT ning maxsus qaroriga binoan xozirgi kunda Sarez ko’li ekologik xalokat sifatida ro’yxatga olingan.

£or ko’chkilari - qor kristallari va xavo aralashmasidan iborat bo’lgan massalarning, qiyaligi 250 - 600 bo’lgan qiyaliklarda siljish jaraeniga aytiladi. Katta toshlar va mayda daraxtlar qor ko’chkilariga tisir qila oladi. 1990y Pamir tog’idagi er silkinish va qor ko’chishi natijasida, dengiz satxidan 5300 m balandlikda 40 kishidan iborat bo’lgan alpinistlarning xalok bo’lishiga olib kelgan.

Ximoyalanish: faol va passiv ravishda amalga oshirish usullarini qo’llash mumkin. Passiv usuliga binoan ko’chki yuzaga kelishi mumkin bo’lgan qiyaliklarni chetlab o’tiladi va turli to’siqlar bilan bekitiladi. Faol usulga binoan ko’chki xavfi bor qiyaliklar portlatilib, majburiy ravishda qor va tuproq massalarining ko'chishiga, ya’ni tabiiy ko’chkilarning yuzaga kelmasligi ta’minlanadi.

Sel kelishida - asosan tog’lardagi daryolarda katta tezlik bilan xarakatlanuvchi yomg’ir suvlarining mineral zarrachalar, toshlar va tog’ jinslarining parchalari (10-70% ni tashkil etadi) bilan birgalikdagi xarakatlanish jarayoniga aytiladi. Orta Osiyo sharoitida ko’proq loyqalangan sel oqimi uchraydi. Sel oqimining tezligi 2,5-4 m/s, to’siqlarni yorib o’tish jarayonida 8-10 m/s va undan kattaroq tezlik bilan xarakatlanadi. Masalan, 1921 yilning 8 iyuniga o’tar kechasi Olma-ota shaxriga tog’ tomonidan kelgan sel (2100da) tuproq, loy, tosh, qor, qumlarni suv oqimi bilan olib kelishi natijasida, dala xovlilar odamlari bilan, xayvonlar, daraxtlar va turli jismlar shaxarga oqizib kelingan va uylar fundamenti bilan ko’chirib yuborilgan. Sel oqimi ertalabga yaqin to’xtagan va shaxar xududida 200 m kenglikdagi, ya’ni 2 mln m3 li tosh-loyqa aralashmasi bilan to’ldirib tashlangan.

Ximoyalanish- tog’ konlar qurish xisobiga suvning katta bosimli oqimini to’xtatish, suyuqlik oqimini o’tkazib yuborish, ariq va zavurlarni qazish kabi ishlarni olib borish zarur bo’ladi.

Bo’ronlar deganda Boffort shkalasiga binoan 12 balli tizimda o’lchanadigan kuchli shamollarga aytiladi. Tropik tsiklonlar xam bo’ronlar turiga kiradi (Tinch okeani, Markaziy Amerika qirg’oqlarida, Uzoq Sharq, Xind okeanlaridagi buronlar tufonlar deyiladi) bu bo’ronlarda shamol tezligi 50 m/s ortiq bo’ladi. Bo’ronlar va shtormli shamollar deganda shamol tezligining miqdori Boffort shkalasiga binoan xarakatlanish tezliklari 20,8-32,6 m/s bo’lgan kuchli shamollarga aytiladi. Bo’ronlar tufayli qishda qor massalari osmonga uchirib yuboriladi, buning natijasida yo’llarning to’silishiga, transport vositalarining to’xtashiga, suv, gaz, elektr va aloqa tarmoqlaridagi uzilishlarini yuzaga keltiradi. Masalan: 1970 yilning 13 noyabrida Pokistonning markaziy qismiga (qirg’oq qismi) kelgan biron tufayli va sel kelishi oqibatida suv satxining birdaniga qutarilishi va dengiz to’lqinining ta’sir etishi tufayli 10 mln. axoli katta miqdorda talafot ko’rgan, shu jumladan 0,5 mln. kishi nobud bo’lgan va bedarak yoqolgan.

1944 y (dekabr) Luyun orolidan (Filippin) 300 mill uzoqlikda joylashgan A£Sh ning 3-floti tayfun (tufon) markaziga yaqin joyga borib qolganligi tufayli 3 ta esminets chikkan, 28 ta tema shikastlangan, 150 dan ortiq samolyotlar kemalardan tushirib yuborilgan, 800 dan ortiq odam xalok bo’lgan.

Ximoya sifatida metro saqlagichlar, er osti yo’llari, imoratlarning erto’lalari (faqat suv bosish extimoli xisobiga ximoyalanish uchastkalari tepalik joylarda bo’lgani ma’qul).

Yong’inlar deganda nazorat qilib bo’lmaydigan yonish jarayoni o’rganilib, moddiy boylikning yo’qolishiga va odamlar xalok bo’lishiga sabab bo’ladi. Enginlarning kelib chiqishiga asosiy sabab olov bilan extiyotkor bo’lmaslik, yong’in-xavsizlik qoidalariga rioya qilmaslik, bundan tashqari tabiatdagi chaqmoq-uchqun xodisalarining sodir etilishi, torf-isimliklarning o’z-o’zidan olovlanishi (90 foiz yong’inlar insonlarning xatosi va 10 foizga yaqini uchqun chiqishi tufayli sodir etilishi aniqlangan).

Tabiiy ofatlar tufayli sodir etiladigan yong’inlar keng maydonlarni qamrab olish xususiyatiga ega, ayniqsa bu xolat o’rmonlar va dashtlar (dalalar)da uchraydi. Irmon yong’inlari yonish jadalligi bo’yicha kuchsiz, o’rta va kuchli turlarga bo’linadi, xamda yonish usuliga ko’ra –pastda va tepa qismida yonishi bilan ajraladi

Irmon pastki qismi yonganda, barcha o’t-o’lanlar yonadi, daraxt tepasiga olov o’tmagan bo’ladi, Yong’inning tarqalish tezligi 0,3-1 m/min., kuchsizida esa 16 m/min. (1 km/soat), kuchli yong’inda olov balandligi 1-2 metr balanliklarda alanqalanadi, maksimal xarorat miqdori 9000 S gacha etadi. Ormon tepa qismi yonganda, dastlab pastki yong’inning davomi sifatida yuzaga keladi va daraxtlarning tepalari yonadi, olovning tarqalish tezligi 5-8 dan 8-25 km/soat gacha etadi.

Er osti yong’inlari ko’p xollarda o’rmon yong’inlarning davomi sifatida yuzaga keladi va er osti joylashgan 50 sm chuqurliklarda va undan chuqurroq bo’lgan torf qatlamlarining yonishi kuzatiladi (ba’zan ko’proq chuqurlikda) va yonish tezligi 0,1-0,5 m/min.tezlikda tarqaladi va ko’p miqdorda tutun xamda bo’shliqlar xosil qiladi. Shuning uchun xam er osti yong’inning o’chog’iga extiyotkorlik bilan yaqinlashish zarur, Yonish jarayoni qishda qor tagida xam davom etishi mumkin.

Dasht (dala) yong’inlari ochiq maydonlardagi qurigan o’tlarning yoki etilgan bug’doylarning yonishi tufayli yuzaga keladi. Asosan yoz davriga to’g’ri keladi vaularning tarqalish tezligi 20-30 km/soatni tashkil etadi.

Irmon yong’inlariga qarshi kurashda pastki qismini o’chirish yoki tuproq sepish, suv sepish va boshqa usullar ishlatiladi. Ormonning tepa qismi yonganda suvli yoki ochjig usulidagi yo’lakchalar xosil qilinadi. Ochig usuliga ko’ra 10-20 m kenglikdagi yo’lakcha yoqib yuboriladi, uning uzunligi 150-200 m.dan kam bo’lmasligi kerak. Dashtdagi yong’inlar sham xud shu usulda o’chiriladi.

Er osti yong’inlarini uchirish jarayoni quyidagi 2 usulda amalga oshiriladi:



  1. Torf yong’inning atrofida 8-10 m masofada ariqcha kavlanadi, sungra Erning mineral qatlamigacha bo’lgan maydonlar suv bilan to’ldiriladi.

  2. Yong’in atrofida ximiyaviy moddalar bilan boyitilgan yo’lakcha xosil qilinadi (sul’famol’, yuvish poroshogi va xakozalar).

Falokat – bu mexanizm, mashina, uskuna va inshoatning ishga yaroqsiz xolatga kelishidir. Asosiy sababiga-texnologik jarayonga rioya qilmaslik, xavfsizlik choralarining qurilmaganligi, loyixalashda yo’l qo’yilgan xatolar, tayyorlash jarayonidagi xatolar, mexnat intizomining past darajadaligi va tabiiy ofatlarning oqibatlari tufayli sodir etiladi. Ishlab chiqarishdagi falokatlar, ayniqsa kimeviy korxonalardagi portlashlar xisobiga juda katta miqdordagi talafotlar va qurbonlar sodir etiladi.

Katta talofatlar asosan portlashlar, yong’inlar, atrof-muxitning KZM va RM lar bilan zararlanishi tufayli yuzaga keladi.

Portlashlar va uning natijasida sodir etiladigan yong’inlar tufayli portlash moddalarining zaxarli moddalar sifatida atrof – muxitga tarqalishi ko’rinishida namoyon bo’ladi. Ko’pincha uglevodorodli maxsulotlarning xavo qopqoqlariga yigilib qolishi, ulardagi mavjud nosozliklar xisobiga tashqariga chiqib ketishi va issiq manbalariga kelib tegishi natijasida portlashlar sodir etiladi. Yong’inlar elektr tarmoqlaridagi nosozliklari xisobiga xam yuzaga keladi, ayniqsa, xajmlardagi va boshqa turdagi idishlardagi kamchiliklar sabablariga ko’ra sodir etiladi.



III. FM ning axolini ogoxlantirish va ko’chirish bo’yicha o’tkaziladigan chora- tadbirlari.

Axolini turli ko’rinishdagi FV lardan muxofazalash bo’yicha o’tkaziladigan barcha chora - tadbirlar orasida uning dastlabki bosqichi sifatida axolinining barcha qatlamlarini o’z vaqtida ogoxlantirish va qanchalik tezkorlik bilan amalga oshirilishiga erishilsa, u shu darajada ko’proq foyda beradi. Bu amaliyotni FVning maxalliy bo’linmalari va ular ixtiyorida bo’lgan barcha tashkilotlar tarkibidagi FM shtablarining mutasadi xodimlari tomonidan ma’lum belgilangan rejalari asosida amalga oshiriladi.

Ogoxlantirish jarayoni radio, teleko’rsatuvlar va shtab tarkibiga biriktirilgan transport vositalarida ovoz kuchaytirgichlar yordamida yoki ishlab chiqarish korxonalarida beradigan signallar orqali amalga oshiriladi.

Sirenalar ovozi, korxonalardagi signallar, transport vositalari yordamida quyidagi ogoxlantiruvchi ma’lumotlar beriladi: «XAMMANING DIQQATIGA!!! Bu ma’lumotni eshituvchilari diqqatiga aytilganda quyidagilar ta’kidlanadi: zudlik bilan radio va telekirsatuvlari orqali FM ning xabarlarini eshiting va ko’rsatmalariga rioya qiling!

Agar xalokat ximiyaviy xabarli korxonalarda kelgan bo’lsa, u xolda axoliga eshittiriladigan ma’lumot mazmuni quyidagicha bo’lishi mumkin: Diqqat !!! FM ning ShTABI GAPIRAYAPTI! FUQAROLAR ! GIShT KOMBINATIDAGI FALOKAT TUFAYLI KZM – AMMIAK ning TIKILIShI XISOBIGA zararlangan xavo oqimi axoli istiqomat qilayotgan manzilning sharqiy (janubiy yoki tarafta)tomoniga tarqalmoqda. Shuning uchun shu yo’nalishdagi ko’cha va maxallalarrda yashayotgan axolining ko’chalarga chiqmasligi, uy va xonalardagi barcha tirqishlarni qo’shimcha zichlovchi materiallar bilan yaxshilab berkitilish zarurligi uqtirib o’tiladi.

O’ta xavfli ko’chalarda yashayotgan axoliga darxol zudlik bilan qaerga qo’chish kerakligi va qo’shnilarga xam aytish zarurligini eshittiradi. Ko’chib borgandan so’ng FM shtabining ko’rsatmalariga rioya qilish kerakligi ta’kidlab o’tiladi.

Er silkinishining extimoli yuzaga keladigan bo’lsa, u xolda axoliga quyidagicha murojaat etiladi: «Diqqat !!! FM ning shtabi gapiradi! Er silkinishining yuzaga kelish extimoli tufayli quyidagi extiyot choralarni ko’ringlar: gaz, suv, elektr tokini, o’chog’dagi olovni o’chiring». Olingan ma’lumotni qo’shnilarga etkazing, o’zingiz bilan kerakli kiyimlar xujjatlar, oziq- ovqatlar,suv olib ko’chaga chiqinglar, qariyalar va kasallarga yordam ko’rsating, xamda imorat va elektruzatgich (sim)lardan uzoqda bo’lish kerakligi aytib o’tiladi.

Agar er silkinishning birinchi tebranishida uyda bilsngiz, u xolda darxol deraza yoki eshik oldida turishni intiling. Tartib saqlashga va vaxima qilmaslikka chaqiramiz. FM shtabning ma’lumotlariga e’tibor bilan axamiyat bering.

Agarda dushman tomonidan xujum xavfi keladigan bo’lsa, mashalliy xokimiyat va FVlarning joylardagi shtabi tomonidan chiqarilgan farmoyish, e’lon va axolining xatti-xarakatiga oid yo’l –yo’riqk va qoidalarga to’liq amal qilinishi so’raladi. Shu vaqtdan boshlab radio va teleko’rsatuvlar doimo qo’yilgan bo’lishi kerak hamda barcha so’ngi yangiliklardan xabardor bo’lib turishligiga e’tibor qaratiladi.

Maboda dushman tomonidan xavo xujumi xavfi yuzaga kelsa «Xavo trevogasi!» degan signal beriladi. Bundan oldin: «Diqqat shamma uchun!» - degan signal beriladi, singra radio-telekirsatuvlar va e’lonlar eki murojat tarikasida u eki bu turdagi FVlar tugrisida ma’lumotlar beriladi. Maslan: Diqqat! Diqqat! Dikkat! FM ning shtabidan gapirayapmiz. Fuqorolar! ¥avo trevogasi! Shu munosabat bilan svet, gaz, suv va olovlarni o’chiringlar! Shaxsiy muxofazalanish vositalari, shaxsiy xujjatlar, suv, oziq-ovqat zaxiralari va issiq kiyimlarni olinglar. Qo’shnilarni ogoxlantiring va qariyalar hamda kasallarga yordamlashing xamda barchaning to’planishi zarur bo’lgan manzil ko’rsatib o’tiladi.

Agar FVlar turi sifatida tabiiy ofatlar urniga ommaviy kirgin qurol(OKK)lari yoki kuchli zaxarlovchi moddalarning qullanilish xavfi yuzaga keladigan bo’lsa, u xolda axoliga quyidagicha murojat qilinadi: «Xammaning diqqatiga!» radioaktiv, kimyoviy va bakteriologik vositalarning kullanilish xavfi borligi tufayli barcha Fuqarolar ma’lum tuplanish punktiga shu vaktga (soati aytiladi) yigilishlari suraladi xamda ularni xavfsiz joylarga kuchirish kerakligi tugrisida ma’lumotlar va kanday amallarni bajarilari lozimligi kursatib utiladi.

Axolini xavfsiz joylarga kuchirish, joylashtirish va ish bilan ta’minlash vazifalari FM shtabining shu soxa bo’yicha muovini tomonidan oldindan ishlab chiqilgan reja asosida amalga oshiriladi. Axoli va ma’lum ob’ektlardagi ishchi – xodimlarni xavfsiz joylarga ko’chirish jarayoni transport vositalari bilan ta’minlanganligi yoki ta’minlanmaganligiga asosan piyoda yoki avtoulovlarda amalga oshiriladi. Agar transport vositalari bilan ta’minlanish xolati etarli darajada bo’lmasa, u xolda ayollar va bolalar xamda qariyalar, kasallar xamda ularga tenglashtirilgan Fuqarolar avtoulovlar yordamida ko’chiriladi.

FM shtabining mutasaadi xodimlari tomonidan evakuatsiya jarayoninning tartibli ravishda amalga oshirilishi, joylashtirish rejasi, kimlar ma’sulligi, tartibni saqlash va boshqa barcha xizmatlarning normal faoliyat yuritishlarini nazorat qilishlari xamda vaqtincha evakuatsiya qilingan axoli uchun suv va oziq – ovqat maxsulotlari ta’minlanish jarayonlariga javob berishadi. Axoli evakuatsiya qilingandan so’ng, ular necha kun davomida shu erda bo’lishligi, ulrning ish bilan ta’minlanish xolati xamda olib borilaetgan xavfsizlik chora – tadbirlari tugrisidagi ma’lumotlarni o’z vaqtida etkazib turishlari zarur bo’ladi. Ayniqsa, OKK ishlatilgan taqdirda xavfsizlik qoidalariga o’ta jiddiy yondashishni talab etadi, chunki RM, ZM va BVlar bilan zararlangan xududlar aloxida ro’yxatga olingan bo’lishi kerak xamda u xududlarga axolining borishi mutlaqo taqiqlangan bo’lishi kerak. Bundan tashqari bu turdagi barcha xududlarda ma’lum ogoxlantiruvchi yozuvlar o’rnatilgan bo’lishi shart: «Inson xayoti uchun o’ta xavfli! Bu xududga o’tish qattiyan man etiladi!»



  1. Chernobil AESidagi halokat va uning tafsifnovasi.

Ma’lumki, o’zidan nur tarqatish va odam organizmida «nurlanish» deb nomlanadigan kasallikni vujudga keltirishi mumkin bo’lgan radiatsion materiallar xalq xo’jaligining bir qator soћalarida turli maqsadlar uchun ishlatib kelinmoqda. Bularni saqlash, to’g’ri ishlata bilish va tashlab yuborish, qayta ishlash jarayonlarida texnika xavfsizligiga rioya etilmasa oѓir oќibatlarga - atrof-muћitning radioaktiv zararlanishiga, odamlarning, mavjudotlarlarning halok bo’lishi va o’simliklarning yaroqsiz holga kelishiga olib keladi.

Radiatsion xavfli inshooat - bu muassasa bo’lib, unda sodir bo’lgan halokat tufayli ommaviy radiatsion zararlanish xolati vujudga kelishi mumkin.

Radiatsion halokat -sodir bo’lgan voqea bo’lib, uning natijasida radioaktiv mahsulotlar parchalanishi va nurlanish hosil bo’ladi. Radioaktivlik miќdori chegaralangan me’yordan oshmasligi va inson ћayoti uchun xavfli vaziyatni vujudga keltirmasligi lozim.

Bu halokatlarning 3 turi ma’lum:

- bir joyda - bunda radiatsion xavfli inshoatda yŏl ќŏyilgan nosozlik tufayli, radioaktiv xossaga ega bŏlgan moddalar shu inshoatdagi uskunalar chegarasida bŏlib, tashќariga chiќmagan;

- maћalliy - bunda radioaktiv xususiyatga ega bŏlgan moddalar miќdori yuќori bŏlib, sanitar-ћimoya ћududga tarќalishi mumkin va zarari yuќori bŏladi. Ŏz miќdoriga kŏra shu radiatsion xavfli inshoat uchun belgilangan me’yoriy miќdordan oshiќ bŏlib, radioaktivlashgan ћolatning ta’siri katta ћisoblanadi;

- umumiy - radiatsion xavfli inshoatda sodir bŏlgan nosozlik tufayli, ћalokat katta ћududga tarќalishi va odamlarda nurlanishga olib keladi.

Ћalokatlar sodir bŏlishi mumkin bŏlgan radiatsion xavfli inshoatlarning turlari kŏp -atom stantsiyasi, yadro yoќilѓisi ishlab chiќaruvchi korxona, yadro reaktori bŏlgan ilmiy-tekshirish institutlari va ћ.k.

Radiatsion xavfli inshoatlardagi ћalokatlarning tavsiflanishi:

I tur halokat - birinchi xavfsizlik tŏsѓiќning nosoz ћolatga kelishi - issiќlik ajratuvchi elementlar ќobiќlarining buzilishidir.

II tur halokat - birinchi va ikkinchi xavfsizlik tŏsiѓining buzilishi, ya’ni reaktor ќobiѓining buzilishi tufayli radioaktiv moddalar tarќalishiga sharoit yaratilishiga aytiladi.

III tur halokat -uchchala xavfsizlik to'sig’ining buzilishi tufayli vujudga keladi. Birinchi va ikkinchi to’siq buzilishi tufayli radioaktiv moddalar reaktorning himoya qobig’i yordamida to’siladi, undan ŏtgan moddalar tashќariga chiќib ketib tarќalishi mumkin.

Og’ir sharoit vujudga kelgan chog’da, issiqlik yoki yadro portlashi sodir bo’ladi.

ŎzR Fanlar Akademiyasining Yadro fizikasi instituti va radioaktiv chihindilar sahlanadigan joylar radioaktiv xavfli inshoatlar (RXI) ћisoblanadi.

ŎzR FA ning Yadro fizikasi instituti Toshkent viloyati Hibray tumani Ulug’bek shaћarchasida. Uning atrofida 3 ta zona belgilangan:

- zaxarlanish eћtimoli bor zona (R q 1 km), aћolisi 6 ming кишига яќин;

- санитария мућофазаси зонаси (Р q 3 км), аћолиси 14 минг кишига яќин;

- кузатиш зонаси (Р q 15 км), аћолиси 400 минг кишига яќин.

Chernobil’, 1986 yil. Ana shu kamsuhum, mŏ’jazgina ukrain shaћarchasi nomi keng tarhaldi. Falokatning dastlabki dahihalarida 30000 kishi ћayot bilan vidolashdi. Radiatsiya asorati bugungacha yana 30 ming kishining ŏlishiga olib keldi. Radioaktiv zarrachalar Ukrainaning 11 viloyatiga tarhalgan.



Kuyidagi 1 - jadvalda radiatsiyaning insonlarga ta’sir doirasi va xavflilik darajasi tugrisida ma’lumot keltirilgan

1 - jadval



Nurlanish mihdori

Zararlanish belgilari

50 R

Zararlanish belgisi yŏh

100 R

Kŏp marta nurlansa (10-30 kun) 10% odamlarda husish, darmonsizlanishi belgisi paydo bŏladi

200 R

Nurlanish kuchaysa 1 turdagi nurlanish kuzatiladi

300 R

II turdagi nurlanish kuzatiladi

XX asrning eng katta xalokati sifatida 1986 yilning 26 aprelida Chernobill atom elektro stantsiyasi(AES)dagi portlash e’tirof etiladi. Bu potlashning asosiy sababi texnologik jaraenning qo’pol ravishdagi buzilishi hisoblanadi. Avariya oqibatlarini bartaraf etish uchun 900minga yaqin mutahassis va ishchi-xodimlar jalb qilingan. So’ngi 15 yil davomida avariya oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan fuqarolardan 60000 qa yaqini xaetdan ko'z yumishgan (10 yillik afgon urushida 15000 askar va zobitlar xalok bo’lishgan). 2001 yilning 20 yanvaridan boshlab Chernobill AESining ish faoliyati to’xtatilgan (xavfsizlik nuqtai nazardan). Bu jaraen jaxon xamjamiyatining taklifiga binoan amalga oshirilgan.

Chernobill xalokati tufayli quyidagi moddiy zararlar va talafotlar ko’rilgan:


            1. Radioaktiv moddalarning tasir doirasining kamayish jarayoni yadroviy portlashga nisbatan ancha sekin so’nishi aniqlangan.

            2. Insonlarga ta’sir etish jarayoni asosan nafas olish organlariga bug – gazli radioaktiv havoning kirishi va oziq – ovqat xamda suv bilan iste’mol qilinishida kuzatiladi. Bu xolatlarda (1,5-2 oy ) organizimga yod – 131 elementining 8 sutka davomida parchalanishi xisobiga zararlanadi.

            3. Qishloq xo’jalik maydonlarining zararlanish xolati 30 km maydon –2 mln. ga teng ,o’lgan er maydonlari radioaktiv zararlangan va asosan tseziy va yod - 137 elementi bilan qishloq xo’jaligi ekinlari zararlangan va yaroqsiz xolatga keldi deb belgilangan.

            4. Tabbiy o'simliklar qatorida sosna o'rmonlari yadroviy portlashga nisbatan 10 barobar ko’proq zarar ko’rgan. beryoza, dub va boshqa bargli daraxt navlari deyarli zarar ko’rmagan (ularning singdirish qobilyati juda kam bo’lganligi aniqlangan)

            5. Daryolar va suv xavzalari tseziy va strontsiy izotoplari hisobiga zararlangan. Olib borilgan chora - tadbirlar hisobiga, yani 100 dan ortiq qurilgan filtrlovchi ximoya xavzalarining xisobiga 1986 yilning iyul oyidan 1987 mayigacha bo’lgan muddat davomida ularning ta’sir doirasi 20 barobarga kamaytirilgan

Olib borilgan chora - tadbirlar hamda yogingarchilik va qor ta’siri hisobiga bir yildan so’ng radiaktiv zararlanish darajasi 55 barobarga kamaytirilgan.

Chernobildagi AES ћalokati to’º’risidagi 1987 yildagi sud ma’lumotlariga ko’ra, AES da oddiy intizom qoidalariga rioya qilish, javobgarlikni sezish juda pasayib ketgan.

Stantsiya direktori ћalokatdan keyin ћam radiatsion tekshirishni o‘tkazmagan, o’tkazish uchun kerakli zamonaviy uskuna, moslamalar bo’lmagan, gazdan saqlash vositasi stantsiyada ishlovchi xodimlarda bo’lmagan, ћalokat to’g’risidagi ma’lumot ŏz vaqtida e’lon qilinmay 36 soat o’tgandan sŏng e’lon hilingan.

Stantsiya xodimlari anih handay ћarakatlar hilishlari lozimligini bilmaganlar. 21 mln m3 uskunalarning ustki yuzasi maxsus tozalashdan ŏtkazilmagan. 500 ming m3 er yuzasini tuproѓi kŏchirilib kŏmib yuborilgan. 600 ta hishlohlar zaxarli radioaktiv moddalardan zararsizlantirilgan.



V. Kuchli ta’sir etuvchi zaxarli moddalar (KZM) ning tafsifnomasi
Республикамиз Президентининг 1998 йил «Ўзбекистон» нашриётида чоп этилган «Ўзбекистон буюк келажак сари» асарларида баён этилишича «Экологик хавфсизлик, атроф-мућит ва ћудудни мућофаза этиш кишилик жамиятининг бугуни ва эртаси учун долзарблиги, жуда заурлиги боис энг мућим муаммолар жумласига киради».

Масаланинг наќадар долзарблиги ћукуматимиз томонидан чиќарилаётган ва фуќаролар мућофазасига ќаратилган ќарорларида ћам ўз исботини топмоќда.

Ћозирги кунда мутахассислар таћлил ќилиб аниќлаган маълумотларга кўра кимёвий хавфли иншоатларда бўладиган ћалокатлар туфайли тез таъсир этувчи захарли моддаларни атроф-мућитга тарќалишига бир ќатор сабаблар мавжуд. Асосийлари ќуйидагилар:

- корхонадаги техноген жићозлардаги носозликлар;

- узоќ муддат ишлатилган ускуна-жићозларнинг эскириши;

-моддаларни ишлаб чиќаришда, саќлашда, ташиб оборишда йўл ќўйилган хатоликлар туфайли;

- портлаш, ёнѓин содир бўлиши, ћалокатлар туфайли;

- моддалар билан ишлашда, уларни саќлашдаги техника хавфсизлиги ќоидаларини бузулиши туфайли;

- четдан олиб келинган технологик жараён хавфсизлик талабларига тўлиќ жавоб бермайди;

- корхонада мећнат интизоми паст, мутахассис ва ишчиларнинг малакаси етарли эмас;

- маћсулот ишлаб чиќаришда мураккаб технологик жараён тизими ќўлланади.

Айтиб ўтилгандан фарќ ќилувчи айрим сабаблар туфайли ћам техноген тусдаги фавќулодда вазият вужудга келиши мумкин.

Жумладан, Республика Вазирлар Маћкамасининг 23.12.97 йилдаги № 558 ќарори, 27 октябр 1998 йилда чиќарилган № 455 ќарорида техноген тусдаги фавќулодда вазиятлардан -кимёвий ва радиацион хавфли иншоатларда содир бўлиши мумкин бўлган фавќулодда вазиятлар ћаќидаги тушунчалар изоћлаб берилган.

Кимёвий ва радиацион хавфли иншоатлардаги ћалокатлар (авариялар) деганда кучли таъсир ќилувчи захарли моддалар(КТЗМ)нинг атроф-мућитга тарќалиши, радиоактив моддалардан фойдаланиш ва саќлаш тартибларига риоя ќилмаслиук туфайли фавќулодда вазият вужудга келиши тушунилади. Фавќулодда вазият натижасида захарли моддалар таъсирида одамлар, ћайвонлар, ўсимликлар кўплаб шикастланади.

Кимёвий хавфли корхоналардаги ћалокатларнинг тавсифланиши

И - портлаш туфайли содир бўлган ћалокат, технологик жараён ишдан чиќќан, мућандислик ќурилмалари бузилган, натижада батамом ёки ќисман маћсулот ишлаб чиќариш тўхтаб ќолган. Катта миќдорда молиявий ёрдам тиклашга талаб этилади.

ИИ - ћалокат натижасида асосий ёки ёрдамчи технологик ќурилмалар ишдан чиќќан, ишлаб чиќаришни йўлга ќўйиш учун маълум миќдордаги ёрдам керак бўлади.

Ћозирги кунда республикада кимёвий хавфли иншоатларнинг асосийлари «Ўзбеккимёсаноат» уюшмасига ќарашли корхоналар бўлиб, улар Ќўќон, Самарќанд, Бухоро, Навоий, Чирчиќ, Олмалиќ шаћарларида жойлашган. Бу корхоналардан ташќари кимёвий захарли моддалар билан ишлайдиган бошќа корхоналар ћам мавжуд - «Ўзгўштсут», «Ўзбексавдо», «Ўзќишлоќхўжалик» маћсулотлари уюшмалари, Бекобод металлургия корхонаси, Миконд корхонаси, Тошкент лак-бўёќ, тўќимачилик корхоналари, Коммунал хўжалик вазирлиги иншоатлари (сувни тозалаш) ва бошќалар. Ћаммаси бўлиб республика ћудудида 200дан ошиќ кимёвий хавфли иншоатлар бор. Уларда ишлаб чиќариладиган ёки маћсулот ишлаб чиќариш учун олиб келинадиган, саќланадиган суюќ, ќаттиќ, газ ћолатдаги инсон, ћайвон соѓлиѓи учун зарарли, кучли таъсир кўрсатувчи моддалар тури кўп.

Буларга аниќ мисолларни ќуйидаги жадваллардан кўриш мумкин.

Захарли моддалардан айримлари тўѓрисида ќуйидаги тафсилотни келтириш мумкин (2 - жадвал).

2 - жадвал

Кучли таъсир этувчи

Ўртача захарловчи миќдори, мг×мин/л

моддалар номи

бошланѓич

ўлимга олиб келувчи

Ацетонитрил

21,6

-

Фторли водород

4

7,5

Хлорли водород

2

200

Метиламин

4,8

-

Азот оксиди

0,002

1,5

Олтингугурт ангидриди

1,8

70

Концентрланган

хлор кислотаси


2


30

Олтингугуртли водород

16,1

30

Фтор

0,39

-

Уч хлорли фосфор

3

30

Хлорциан

0,75

-

Синил кислота

0,2

1,5



Кимёвий хавфли моддаларнинг ќисќа тафсилоти

Хлор - одатдаги шароитда ќўланса хиди бор, сарѓиш-яшил газ; ћаводан 2,5 баравар оѓир. 340С ћароратда суюќ ћолатга ўтади. Сувда яхши эрийди (+ 200С ћароратда бир ћажм сувда икки ћажм хлор эрийди), органик эритувчиларда ћам яхши эрийди. Кучли оксидловчи модда; маъданлар билан, кўпчилик маъданмас моддалар ва органик моддалар билан ўзаро яхши таъсир этади. Бўѓувчи таъсири бор; ПТД - 0,6 мг/л×мин, ўлдирадиган дозаси - 6 мг/л×мин, ПДК - 0,5 мг/м3.

Аммиак - одатдаги шароитда ўткир нашатир спирт ћиди бор рангсиз газ, ћаводан енгил. 330С ћароратда ёки юќори босимларда осонгина суюќ ћолатга ўтади. Сувда яхши эрийди ва кислород мућитида ёнади. Аммиак билан ћавонинг ќуруќ аралашмасида портлаш хусусияти бўлади (ћарорат 180С бўлиб, ћаво таркибида 16-28% атрофида аммиак бўлса). Бўѓувчан ва нервотроп таъсир этади.

Аммиак газининг одамлар яшайдиган ћаводаги мумкин бўлган миќдори 0,04 мг/м3, энг кўпи билан 0,2 мг/м3 га тенг. Агар газнинг миќдори 40-80 мг/м3 бўлса, кўз ачишиб ёшланади, нафас олиш йўллари ќаттиќ ачишади.

Газнинг ўлимга олиб келиши мумкин бўлган миќдори 1500-2700 мг/м3 га тенг. Газнинг сувдаги 10% эритмаси нашатир спирт деб номланади, 18-20% эритмаси эса аммиакли сув деб айтилади.

Суюќ аммиак гази саноат миќёсидаги совутгичларда, совутгич модда сифатида ишлатилади.

Аммиак гази саќлаш ва маълум масофага ташиб обориш учун сиќилган ћолда 6-18 кгс/см3 босимга эга ћолда металл идишларда олиб борилади.

Хлор нафас олиш йўлларини ќичиштиради, ўпкани шиширади, юќори даражада ќуюќлашгани эса ўлдиради. Захарланганлик белгилари: конъюнктивит (кўз жилдининг, шиллиќ пардасининг яллиѓланиши), танглай ва томоќнинг ќизариши, бронхит, нафас ќисиши, овоз бўѓилиши, кўз ёшланиши, азоб берадиган ќуруќ йўтал, шилимшиќ ва ќон аралаш балѓам ажралиши, бадан кўкариши, хушдан кетиш. Терига таъсир ќилганда: ќизариќ, керикиш, экзема.

Аммиак нафас олиш йўлларини ќичиштиради, мия тўќимаси фаолиятига таъсир кўрсатади, ќон ќуюлишини бузади, хотирани пасайтиради, кўз кўришига таъсири бор. Кўп миќдорда таъсир этса одам вафот этади.

Кимёвий мућофаза - бу КТЗМ (кучли таъсирчан захарли моддалар)нинг (захарловчи моддаларнинг) аћолига, фуќаро мућофазаси (ФМ) кучларига ва халќ хўжалиги иншоатларига зарарли таъсири олдини олишга ёки уни имкони бор даражада камайтиришга ќаратилган тадбирлар комплекси (мажмуи).

Кимёвий мућофазанинг энг асосий вазифаси кимёвий хавф объектлари (КХО)даги ћалокатлар билан боѓлиќ фавќулодда вазиятлар олдини олишдан иборат.

Кимёвий хавфга биноан ћамма маъмурий-ћудудий бирликлар (МЋБ) 3 та хавфлилик даражасига бўлинади:

Авария-ћалокат - маћсулот тайёрлашда ишлатиладиган машиналар, жићозлар, технологик тизимдаги ускуналар мажмуасидаги носозлик, электр билан таъминлашдаги носозлик, бинолар, ќурилмадаги носозликлар туфайли вужудга келадиган воќеага айтилади.

Транспорт турларининг ўзаро тўќнашуви, корхонадаги технологик носозликлар, моддаларни саќлашда йўл ќўйилган хатоликлар туфайли содир бўладиган ћалокатлар натижасида тез таъсир этувчи захарли моддалар атроф-мућитга тарќалиши мумкин.



Катастрофа-ћалокат бўлиб, олдингисидан фарќли ћолда ћалокат ќамрови кенгроќ ва одамлар ћалок бўлишига олиб келган воќеага айтилади.

Поездлар ўзаро тўќнашиши, самолет ћалокати, саноат корхонасида содир бўлган ћалокатлар туфайли атроф-мућитнинг ёмонлашуви, инсонлар ќурбони, талофат даражасининг ортиб бориши ћаммаси бу турдаги ћалокат турига хос хусусиятдир.

Мисол тариќасида айрим фавќулодда вазиятларни келтириш мумкин: Ћиндистон, Бхапал, 1984 йил.

Американинг «Юнион Карбайт» компаниясига ќарашли кимё заводида газ ќувурларидан 40 тонна ўткир захарловчи модданинг ташќи мућитга оќиши оќибатида улкан фалокат рўй берди. 2000 кишининг ћаётига зомин бўлган мана шу ћодиса туфайли 200 минг Ћиндистон фуќароси захарланиб, саломатлигига жиддий зиён етди.

Саноат чиќиндилари, кимёвий корхоналарнинг иш фаолияти, ядро синовлари, космик парвозлар табиат мувозанатига жиддий таћдид сола бошлади.

Халќимиз томонидан ќадимдан айтиб келинадиган «Ўт балосидан, сув балосидан, бемаћал фалокатдан, чорасиз кулфатдан асра» деган наќлнинг бугунда ћам долзарб бўлиб ќолаётганлиги, биз ћануз фавќулодда ћодисалар таћликасида яшаётганимиздир. Кутилмаган бир пайтда ћудуднинг захарланиши, портлаш, ер силкиниши, ёнѓин чиќиши, сел, ер кўчиши ва бошќа тасодифий ћодисалар рўй бериши вайронагарчиликка, минглаб инсонларнинг ќурбон бўлишига сабаб бўлиши мумкин.

Шунинг учун улардан мућофаза тадбирларини билиш ва уларни ќўллаш энг мућим ва долзарб масала ћисобланади.

Ерда ћаётнинг пайдо бўлиши, ћайвонот ва наботат олами, унинг барќарорлиги табиий мезонлар мувозанатига боѓлиќ. Бизнинг ана шу мувозанатни бузишга асло ћаќќимиз йўќ, зотан, боболаримиздан мерос бўлиб ќолган бу дунёни келажак авлодга бекаму - кўст етказишдек олий инсоний вазифа хар биримизга тегишли. Шунинг учун она табиатни асраш, уни эъзозлаш ва унга нисбатан яхши муносабатда булиш хар биримизнинг мукаддас бурчимиз хисобланади.
Илова
1998 йилда O’z.Rda содир этилган фавќулодда вазиятлар (ФВВгидан олинган маълумотларга кўра)


Санаси

Вилоят

Шаћар

ФВ тури

ФВ келиб чиќиш сабаби

Тало-фат кўрган

Ўл-ган

30.01

Тошкент

Чирчиќ

кислота тўкилиши

кимёвий корхона

0

0

07.02.

Тошкент

Чирчиќ

олтингугурт кислотаси оќиши

кимёвий корхона

0

0

08.08

Сирдарё

Хавост

аммиак учиб чиќиши

Чирчиќ кимёвий корхонаси

0

0

24.09

Наман-ган

Наман

ган


аммиак учиб чиќиши

сут корхонаси

0

0

09.08

Навоий

Навоий

аммиак учиб чиќиши

аммиак саќлаш идишлари (цистерна)

0

0

08.02

Фарѓона

-

газолин билан захарланиш




1

3

25.03

Тошкент

Истиќ-бол

захарланиш




8

0

13.05

Наман- ган

Наман- ган

КТЗМ билан захарланиш




3

3

08.08

-«-

Обод

захарланиш




2

1

13.10.

Бухоро

Бухоро

захарланиш




1

2

10.12

Самар-ќанд

Кўктош

СО2 билан захарланиш

турар жой уйи

0

3

13.12.

Тошкент

Чирчиќ

захарланиш

аёллар

2

0

06.10

Тошкент

Геофи-зика

Б4 ракета портлаши

Б4 ракета

0

5
















17

15

Mavzu bo’yicha nazorat savollari

1. FVlarning turlari va ularning kelib chikish sabablarigapirib bering.

2. Tabiiy ofatlarning turlari va tafsifnomasi gapiring



  1. Chernobil AESdagi xalokat va uning atrof muxitga yetkazgan salbiy oqibatlari nimalardan iborat bo’ldi.

  2. FM si shtabining axolini FV larrdan ogoxlantirish jarayoni qaysi usullarda avalga oshiriladi.

  3. KTZM larning tafsifnomasi va ulardan muhofazalanish qanday amalga oshiriladi .

4 – Ma’ruza
Mavzu: Axolini favqulodda vaziyatlardan muxofazalash

1   2   3   4   5   6   7


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət