Ana səhifə

Ijtimoiy fanlar bloki Dolzarb mavzu Toshkent-2013 Ijtimoiy fanlar bloki


Yüklə 387.5 Kb.
səhifə2/5
tarix26.06.2016
ölçüsü387.5 Kb.
1   2   3   4   5

Respublikaga keltirilayotgan tovarlarning 60 foizi esa mashinalar, asbob-uskunalar, yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati mahsulotlaridir.

Galati bir vaziyat vujudga kelmoqda. Respub­lika juda qimmatli xom ashyo paxta, nitron, kaprolaktam ishlab chiqarayotgan bir paytda ularni qayta ishlashdagi sayozlik, texnologiya zanjiri nihoyasiga yetkazilmaganligi oqibatida ayni shu xom ashyodan ishlab chiqariladigan gazlama, suniy tola va tayyor mahsulotlarni chetdan keltirishga majbur bolmoqda. ( Otmishdan saboq chiqarib, kelajakka ishonch bilan, 1990 yil 5-iyun )

Hisob-kitoblarga qaraganda, ko’p mablag’ sarflamasdan, korxonalarni birmuncha o’zgartirib, tay­yor mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish mumkin. Ana shunda material va tovar ta’minoti moliyaviy imkoniyatlarini qidirib topish masalalari bu qadar keskinlashmagan bo’lur edi.

Keyingi o’n yilliklar mobaynida iqtisodiyotni rivojlantirishda xom ashyo va chala tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan va chetga yuboradigan, mehnatni nisbatan kamroq talab qiladigan xom ashyo tarmoqlari ustun deb hisoblandi. Natijada ishlab chiqarishning umumiy hajmida yengil sanoatning ulushi keyingi 50 yil ichida 54 foizdan 37 foizga, oziq-ovqat sanoatining ulushi 30 foizdan 14 foizga tushib qoldi. Buning o’rniga yoqilg’i sanoati, kimyo va neft kimyosi, qora va rangli metallurgiya , ya’ni, xom ashyo tarmoqlarining ulushi ancha ko’paydi. Ayni vaqtda mashinasozlikning ulushi shu yillarda atigi 7 ko’rsatkichga ko’paydi va hozirgi vaqtda atigi 16 foizni tashkil etadi.

Bu tarmoqlarning jadal rivojlanishi esa mehnatga layoqatli aholini ishlab chiqarishga jalb etish vazifasini hal qilmadi, hal eta olmas ham edi. Chunki 1 million so’mlik asosiy ishlab chiqarish fondlariga yoqilg’i sanoati va elektr energetikada 9 kishi, ximiya sanoatida 16, neft ximiyasida 18, qora metallurgiyada 34, rangli metallurgiyada 24 kishi jalb etilmoqda. Yengil sanoatda esa 1 million so’mlik asosiy ishlab chiqarish fondlariga 168 kishi, yog’ochsozlik sanoatida 143, mashinasozlikda 112, oziq-ovqat sanoatida 90 kishi ish bilan ta’minlanadi. Shu tarmoqlarning ayrim sohalarida esa mehnattalablik ko’lami 300 — 400 kishiga yetadi. Ammo bu xususiyatlar hisobga olinmadi.

Butun faoliyati paxtachilik, paxtachilik uchun mashinalar ishlab chiqarish bilangina cheklangan mashinasozlikni kompleks rivojlangan soha deb bo’ladimi, axir. Respublikada murakkab uy-ro’zg’or texnikasi, yo’l qurish mashinalari, plastmassa buyumlari, oziq-ovqat sanoati jihozlari, savdo-sotiq va maishiy xizmat sohasi uchun kerakli asbob-uskunalar va shu kabilar deyarli ishlab chiqarilmayapti.

Hozir kimyo rivojlanishidagi «muvaffaqiyatlar»ga ham achinib qayta baho berishga to’g’ri keladi. Bu sohada katta-katta korxonalarga afzallik berib kelindi, ular respublikadagi ekologiya vaziyatini juda yomonlashtirib yubordi...

Buning ustiga, mana shunday azim korxonalar ham aslida dastlabki qayta ishlangan mahsulotlarni — nitron, atsetat, kaprolaktamni ishlab chiqarmokdaki, ular ham O’zbekistondan tashqariga yuborishga mo’ljallangandir.

Respublika yalpi paxta hosilini garazli maqsadlarda kopaytirdi, degan davolar ham boldi. Bu afsonaga chek qo’yish payti keldi. Paxtaning yakkahokimligi O’zbekiston qishloq xojaligining tub maqsadlariga xilof ravishda yuqoridan zorlab otkazib kelindi.

So’ngra, 30-yillardan boshlab O’zbekiston SSR oldiga qanday qilib bo’lmasin mamlakatning paxta mustaqilligini ta’minlash vazifasi qo’yilgan edi. Biz qancha mashaqqat bilan bo’lmasin, bu vazifani hal qildik.



Ozbekiston paxta yetishtirishga mana shunday ixtisoslashtirish oqibatida respublikada gosht va sut yetishtirish imkoniyatlari kamayib ketdi, (biroq biz shunga muvofiq ravishda ornini toldiradigan hech narsa olmadik.

Ayni bir paytda respublikaning ko’pgina hayotiy muhim manfaatlariga ziyon yetdi, paxta yakkahokimligi, ilmiy asoslangan almashlab ekishlar buzilganligi, yerning tinka-madori qurib ketganligi, suv manbalarining imkoniyatlari tobora kamayib borganligi qishloq xojaligiga halokatli tasir korsatdi. Natijada oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish cheklab qoyildi va aholini shu mahsulotlar bilan ta’minlash muammolari keskinlashdi. Orol dengizining falokati Qoraqalpogiston janubi uchun borib turgan ekologik kulfat boldi, endi Orolni qutqarib qolish uchun zudlik bilan favqulodda chora-tadbirlar korilishi kerak.



Yana takrorlaymiz paxta hajmi ketidan quvish, paxta yakkahokimligi «mahalliychilik» manfaatlariga mos edi, respublika shuning evaziga «boylik orttirdi», degan xulosaga sira qo’shilib bo’lmaydi. Biz mamlakatning paxta mustaqilligini ta’minlash uchun o’z baynalmilal burchimizni ado eta borib, ko’ra-bila turib, respublika manfaatlariga va il­miy agrotexnika talablariga putur yetkazib, meva va sabzavot, yem-xashak tayyorlashni cheklab qo’yishga, demakki, chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni cheklab qo’yishga majbur bo’ldik.

Oqibatda, mamlakatda oziq-ovqat iste’moli, umuman, turmush darajasi bo’yicha oxirgi o’rinlardan biriga tushib qoldik. Paxtamiz uchun munosib haq to’lash o’rniga, bizga, boqimanda bo’lib qoldingiz,deb ta’na qilishdi. Xalqni bu tarzda behayolik bi­lan oyoq osti qilishni biz qat’iy rad etamiz.

Shunday qilib, ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi xatolar va yaroqsiz yondashuvlar, xalq xo’jaligining tuzilishida, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirishda yo’l qo’yilgan xatolar va nomutanosibliklar og’ir oqibatlarga, xalq xo’jaligi sohasida mashaqqatli muammolarni vujudga keltirdi. Respublikada ijtimoiy, iqtisodiy keskinlik kuchayib, tanglik holati yuzaga qolishiga sabab bo’ldi.

Boshqa barcha muammolar — aholining ish bilan ta’minlanishi, milliy daromadning shakllanishi kabi sohalarga ham bu ahvol o’z ta’sirini o’tkazdi, bu esa byudjetning kamomadiga, har bir oilaning moddiy ta’minoti darajasi pasayishiga olib keldi.

Maktab va maktabgacha ta’limni rivojlantirish, yoshlarni axloqiy tarbiyalash masalalarini olib ko’raylik. Faqat eng ilg’or ishlab chiqarishgina, oqilona yo’lga qo’yilgan infrastruktura va avvalo, ijtimoiy infrastruktura yosh avlodni uyg’un kamol toptirish uchun, uni bolalik chog’ida zamonaviy ishlab chiqarishga, fan-texnika taraqqiyotiga qiziqtirish uchun sharoit yaratadi.

Bugun biz butun mas’uliyat bilan shunday deyishimiz kerak: mintaqamiz taraqqiyotining tarixiy, oqilona mantiqni e’tiborga olmay, buyruqbozlik-ma’muriyatchilik usullari tazyiqi ostida shakllangan qarashlarning hammasiga barham berilishi ke­rak.

Mintaqamiz taraqqiyotining istiqbollariga, avvalo respublika aholisining, mana shu qadimiy va go’zal diyorda yashovchi barchaning, har bir kishining manfaati nuqtai nazaridan qaramoq kerak.

Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishini, struktura va investitsiya siyosatini qaytadan ko’rib chikish, barpo etilgan ishlab chiqarish quvvatidan, ijtimoiy va ma’naviy imkoniyatlardan foydalanish sohasida o’tkaziladigan va hozirning o’zidayoq o’tkazilayotgan strategiyaga mana shunday yondashuv asos qilib olinishi kerak.


2. Respublika iqtisodiyotini tiklash borasida amalga oshirilgan ishlar.

Islom Karimov O’zbekistonni iqtisodiy mustaqillik yo’liga olib chiqish, uni davom etayotgan inqiroz girdobidan chiqarish yo’llarini ham ko’rsatib berdi. O’zbekiston resurslari va imkoniyatlariga baho berishga mutlaqo yangicha yondoshmog’imiz lozim. Yurtimizning ajoyib tabiiy iqlim sharoitidan yetarlicha foydalanyapmiz. Bu zaminda hamma narsa o’sadi va biz eng foydali va daromadli ekinlarni aniqlab olishimiz lozim, bunda bozorning talabiga qarab hosil yetishtirishimiz kerak.

Keyingi yillarda yerlarning irrigatsiya va miliorativ holatiga e’tibor susaydi. Hozir bizda (1990 yil iyung’) 500 ming ga sho’rxok yerlar bor. O’zbekiston zamini ostida g’oyat katta boyliklar yashirinib yotibdi. Respublika hali juda ko’p yillar mobaynida gaz kondensati, ko’mirga bo’lgan o’z talab-ehtiyojini to’la-to’kis ta’minlay oladi. Yangidan ochilgan neft konlari neft qazib olishni 3-4 barobar ko’paytirish imkonini beradi.

Biz Qizilqumda fosforitlarning juda katta konini o’zlashtirishni mo’ljallayapmiz. Nihoyat, bizda rangli va qimmatbaho metallarning juda katta resurslari bor.

O’zbekiston “valyuta oltini” deb ataladigan eng qimmatbaho oltinni yetkazib bermoqda, undan respublika manfaatlari yo’lida samarali foydalanish yuzasidan takliflar tayyorlanayotir. Ana shularning hammasini hamda qishloq xo’jalik va sanoat xom ashyosini, tayyor mahsulotlarning necha o’nlab turlarini bozorda cheklanmagan miqdorda sotish imkoniyati bor va bu narsa respublika iqtisodiy quvvatini va iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlashga xizmat qilishi kerak.

Bu katta resurs va boyliklardan qay tariqa foydalanish kerak? Bu asosiy muammoni hal etishning bosh yoli - xalq xojaligi strukturasini tubdan ozgartirishdir. Xom ashyo resurslarini asosan respublika hududida qayta ishlashga erishmoq kerak.

Bunda eng muhim narsa birinchi navbatdagi vazifalarni belgilab olish va tovar kon’yukturasini hisobga olishdan iboratdir. Bu tadbir milliy daromadni oshirish, byudjetni barqaror qilish va o’stirish hamda odamlar turmushining moddiy sharoitini yaxshilash uchun real shart-sharoit yaratadi. O’zimizda qazib olinadigan rangli metallar, nitron, kaprolaktam, binokorlik materiallari va hokazolardan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tish lozim.

Kerakli mollar ishlab chiqarishni tez ko’paytirish, aholini ish va ish haqi bilan ta’minlashning muhim yo’nalishi — kichik korxonalar, filiallar va tsexlarni rivojlantirib, ularni ish kuchi ortiqcha rayonlarga joylashtirishdir. Kichik korxonalar, tayyorlanadigan mahsulotni tezda o’zlashtira oladigan tsexlar bozor injiqliklariga tezroq moslashib, ko’payib borayotgan mehnat resurslarini ish bilan ta’minlash imkonini beradi.

Mintaqalarning hozirgi holatini baravarlashtirish uchun qat’iy choralar ko’rish zarur. Qashqadaryo, Sirdaryo, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida sanoat notekis rivojlandi. Qoraqalpog’iston ASSRda qoloqlikka yo’l qo’yilib, aholi jon boshiga sanoat mahsuloti ishlab chiqarish respublikadagi o’rtacha darajadan ikki barobar pastdir.

Rayon markazlarida, kichik shahar va posyolkalarda kop tarmoqli sanoat kombinatlari qurish istiqbolli ishdir. Bu tadbir badiiy va xalq hunarmandchiligi singari unutilgan sohalarni qayta tiklash bilan bir vaqtda aholi uchun zarur mollar, mahalliy binokorlik materiallari ishlab chiqarishni kengaytirish imkonini ham beradi.

1990-1991 yildayoq 120—130 million so’mlik xalq iste’moli mollari ishlab chiqaradigan 150 dan ortiq ana shunday kombinat barpo etish mo’ljallanmoqda.

Bizda respublikamizning xalq iste’moli mol­lari jihatidan hozirgi qaramligini tugatish uchun barcha sharoitlar bor. Yengil va mahalliy sanoatni rivojlantirishning tashib kelish va chetga chiqarish balanslariga asoslangan konkret dasturlari zarur. Xo’sh, nima uchun iste’mol qilinayotgan kiyim-kechaklariing chorak qismini, trikotaj buyumlar va ip gazlamaning uchdan bir qismini, poyafzalning deyarli yarim qismini chetdan tashib keltirish kerak? Bularning hammasini o’z xom ashyomizdan o’zimizda tayyorlash mumkin-ku, axir.

Zamonaviy fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini egallash, ishlab chiqarishning fan yutuqlari va mehnat ko’p sarflanadigan tarmoqlarini jadal rivojlantirishga keskin burilish strukturaviy qayta qurishning tarkibiy qismi bo’lib qolishi kerak. Mashinasozlik, radioelektronika, asbobsozlik korxonalarini tubdan yangilash va yangilarini qurish hamda chiqarilayotgan mahsulotlarni yangilash vazifasi kun tartibida turibdi.

Buning uchun bizda barcha zarur resurs va shart-sharoitlar, ilmiy texnikaviy va loyiha-konstruktorlik bazasi bor. Fan va texnika taraqqiyotining oldingi marrasiga chiqmasak, istiqbol porloq bo’lmaydi, Faqat shu asosdagina biz boshqa mintaqalar va chet ellar bilan teng huqukli sheriklar sifatida aloqa bog’lay olamiz.

Qishloq xo’jaligi qanday rivojlanishi kerak? Respublika agrar sektori iqtisodiyotning shun­day bo’g’iniki, O’zbekistondagi muammolarning aksariyatini ana shu bo’g’inga tayanibgina hal eta olamiz.

Biz paxta yakkahokimligiga qarshi izchillik bi­lan kurash olib boraveramiz. Bu narsa respublikaga markaz tomonidan zo’rlab qabul qildirilgan bo’lib, O’zbekistonga, uning aholisiga beqiyos zarar keltirdi.

Buning ustiga, o’z baynalmilal burchini bajargan va mamlakatning paxta mustaqilligini ta’minlagan dehqonlar gektar boshiga hammasi bo’lib 2200 so’m daromad olmoqdalar. Vaholanki, paxta oxirigacha qayta ishlansa, undan yuz xilga yaqin mahsulot va 18— 20 ming so’m yoki o’n barobar ko’p daromad olish mumkin.

Paxtamizdan qay tariqa eng samarali foydalanish mumkin? Undan nimalar ishlab chiqarish eng foydali bo’ladi? Bozorga qay tariqa faol ta’sir ko’rsatish kerak? Bularning hammasini o’rganib olishimiz lozim. Hatto, g’o’zapoya, shrot, lintdan to’g’ri foydalanilsa, biz hozir olayotganimizdan 3 — 5 ba­robar ko’p daromad olish mumkin.

Biz paxtachilikni almashlab ekishni joriy etishga asoslangan ilmiy yo’ldan borish sohasida jiddiy qadamlar qo’ydik. Biz 1991 yilda paxta tolasi yetishtirishni 100 ming tonna kamaytirish, davlat buyurtmasi darajasini esa yetishtirilgan mahsulotning yarmidan oshirmaslik vazifasini qo’ymoqdamiz. Paxtadan bo’shagan yerlardan esa odamlarning dolzarb ehtiyojlarini qondirish uchun, shu jumladan, chorvachilik mahsuloti yetishtirishni kengaytirish uchun foydalaniladi.

Biz qayta ishlash sanoati korxonalari qurilishini nihoyatda jadallashtirishimiz zarur. 1995 yili O’zbekistonda 300 ta mo’jaz tsex qurish ko’zda tutiladi. Bu esa oziq-ovqat mollari resurslarini ancha ko’paytiradi hamda aholini bu mollar bilan ta’minlashni yaxshilaydi, ularni Ittifoq ichki bozorida va jahon bozorida foyda bilan sotish imkonini kengaytiradi.

Biz qishloqning ijtimoiy hayotini qayta qurishni o’zimizning bosh vazifamiz deb bilamiz. Agar dehqonning xonadoni va xo’jaligi obod bo’lsa, dehqon badavlat bo’ladi. Qishloqni qashshoklikdan qutqarish, qishloq xonadonini badavlat qilish yo’lida ish olib borishimiz lozim. Qishloq ijtimoiy turmushini qayta qurish, qishloqning suv, gaz ta’minotini yaxshilash, infrastrukturani yaxshilash uchun markazlashtirilgan kapital mablag’lar qidirib topamiz. Biz bu maqsadlarga erishish uchun izchillik va qat’iyat bilan kurashaveramiz.

Respublika iqtisodiyotidagi chuqur struktura o’zgarishlari tashqi iqtisodiy imkoniyatlar samaradorligini keskin oshirishga qaratilgandir.

Hozircha faqat 160 ta korxona o’z mahsulotini xorijga chiqaryapti. Asosan, xom ashyo va materiallar eksport qilinmoqda. Chet el firmalari ishtirokida endigina 14 ta qo’shma korxona tashkil etildiki, bu mutlaqo yetarli emas.

Ko’pgina korxonalar chet el bozoriga chiqish sohasida berilgan imkoniyatdan to’g’ri foydalanmayotir. Masalan, 1989 yili «Uzxlopkoprom» respub­lika birlashmasi 34 million chet el valyutasi ishladi. Ammo birlashma va paxta zavodlarining rahbarlari mehnat kollektivlarining fikri bi­lan hisoblashmay, mablag’ning asosiy qismini yengil avtomobillar, mikroavtobuslar, videotexnika, magnitofon va shu kabi narsalarni sotib olishga sarfladi,

Tashqi iqtisodiy aloqalarni muvofiklashtirishni kuchaytirish maqsadida respublika Tashqi iqtisodiy banki (Vneshekonombank) tuzildi. O’zbekiston SSR Tashqi savdo va chet ellar bilan aloqa davlat komiteti tashkil etilayotir. Minglab paxtakorlar, respublikamizning barcha mehnatkashlari mehnati evaziga qo’lga kiritilgan valyuta ayrim yuqori lavozimli amaldorlarning ko’ngil ochishlariga emas, balki respublikamizning hayotiy muhim manfaatlariga, uning butun aholisiga xizmat qilishi kerak.

Bozor munosabatlariga o’tish masalasi. Ana shunday maqsad va vazifalardan kelib chiqib, respublikada o’tish davridagi resurslarimiz va imkoniyatlarimizdan samarali foydalanish, aholining ijtimoiy himoyasi, ayniqsa, kam ta’minlangan aholining ijtimoiy himoyasining ishonchli mexanizmi ishlab chiqilishi lozim.

Bunda eng asosiy masala — mulkchilik muammosidir. Respublikada mulkchilikning qanday shakllari bo’lishini aniqlab olish darkor.

Biz mulk shakllarining xilma-xilligini boshqariladigan bozorning hal qiluvchi omili, deb bilamiz. Davlat mulki bilan bir qatorda va u bilan teng huquklilik asosida kollektiv, aktsionerlik, oila, shaxsiy mehnat, shaxsiy mulk ham keng yoyiladi.

Hozir zarar keltirayotgan ba’zi ishlab chiqarish korxonalari imtiyozli shartlar asosida sotilishi ham mumkin,

Respublika sharoitida xalq xo’jaligi strukturasini qayta qurish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni viloyatlar va mintaqalar bo’yicha mutanosib tarzda joylashtirish, sotsial sohani rivojlantirishni keskin jadallashtirish uchun zarur mablag’ va resurslar ajratish alohida muhim ahamiyatga ega.

Aholining kam ta’minlangan tabaqalariga oid muammolarga alohida e’tibor berish kerak. Pensionerlar, nogironlar, ko’p bolali oilalarga bozor munosabatlarining shafqatsiz sharoitida yordam bermaslikka haqqimiz yo’q.

Yaqin besh yil ichida 67 — 68 million kvadrat metr uy-joyni foydalanishga topshirish, 6 milli­ondan ziyodroq kishining uy-joy sharoitini yaxshilash vazifasi qo’yildi.

Aholining markazlashtirilgan suv ta’minoti darajasini 52 foizdan 67 foizga yetkazish, Orolbo’yi zonasida esa 1995 yilgacha butun aholini markazlashtirilgan suv ta’minotiga o’tkazish ko’zda tutiladi. Qishloq aholi punktlarini gazlashtirish sur’atlari ikki barobar ortadi.

Yangi sharoitda samarali ish olib borish uchun bozor munosabatlarini yaxshi biladigan, respubli­ka siyosatini faol o’tkaza oladigan yuqori malakali mutaxassislar kerak.

Maktab kursisidan boshlab iste’dodli yoshlarni tanlash va rag’batlantirish darkor. Bu yo’nalishda dastlabki qadamlar qo’yilayotir, lekin bu jarayonni butun choralar bilan jadallashtirish kerak.

Bugungi kunda iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash, tanlash va ularga mamlakatdagi va chet ellardagi yetakchi ilmiy markazlarga o’qishga yuborish maqsadida maxsus respublika fondi tuzildi.

100 dan ortiq ilmiy xodim markaziy oliy o’quv yurtlariga va ilmiy-tadqiqot muassasalariga yuborildi. 1990 yil 52 nafar student hamda 51 nafar ilmiy xodim va mutaxassisni chet ellardagi o’quv yurtlariga va ilmiy markazlarga o’qish, malakasini takomillashtir va ilmiy ish olib borish uchun yuborish ko’zda tutiladi.

I.Karimov rahbarligida qilingan amaliy tadbirlar mamlakatdagi xalq xo’jalik ko’rsatkichlari tobora pastlab ketayotgan bir davrda asosiy ko’rsatkichlar darajasini saqlab qolishga va hatto, bir qadar olg’a siljishga imkon berdi. Biz zo’riqmasdan va shahar ahlini safarbar qilmay, o’tgan 1989 yili paxtadan durust hosil ko’tardik. Sanoat ishlab chiqarishida ham, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ham muayyan siljishlar bo’ldi.

Iste’mol buyumlari ishlab chiqarishning o’sishi ishlab chiqarish vositalari tayyorlashning o’sishidan ikki barobar ildamlashib ketdi. Gaz, neft qazib olish, tsement, linoleum, mol yog’i, meva-sabzovot konservalari ishlab chiqarish yuzasidai topshiriqlar bajarildi. Kartoshka, sabzavot, go’sht, sut va boshqa mahsulotlarni xarid qilish ko’paydi. 1986-1990 yillar mobaynida 2,3 million kvadrat metr uy-joy, 71 ming o’ringa mo’ljallangan umumta’lim maktablari, qariyib 3000 bemorga mo’ljallangan kasalxonalar, har smenada 8 ming betob kishini qabul qilishga mo’ljallangan poliklinikalar planga qo’shimcha tarzda foydalanishga topshirildi.
3. Aholi turmushini yaxshilash yo’lidagi tadbirlar.

Xalqning iqtisodiy ahvoli. Istiqlol arafasida respublikamizda iqtisodiy vaziyat ham g’oyat keskin edi. Yurtimizdan olib chiqib ketilayotgan boyliklarning 70 foizini faqat xomashyo tashkil qilar, chetdan esa 70 foiz tayyor mahsulotlar olib kelinar edi. Eng achinarlisi ham - o’zimizdan olib ketilgan xomashyodan tayyorlangan gazlamalar, kiyim-kechaklar yana o’zimizga bir necha barobar qimmatga sotilardi. O’z paxtasi bilan butun dunyoni kiyintirgan respublikada, hatto, kafanlik uchun zarur bo’ladigan surp maxsus ruxsatnoma bilan berilishini qanday izohlash mumkin?

Paxta yakkahokimligi tufayli uylarning ostonasigacha chigit ekilardi. Buning natijasida xalqimizning qadimiy dehqonchilik va chorvachilik madaniyati rivojlanmay qoldi.

Islom Karimov respublika iqtisodiyotiga bu tarzda biryoqlama munosabat qanday achinarli oqibatlarga olib kelishi haqida to’xtalib, 1989 yil 19-avgustda O’zbekiston Kompartiyasi MKning XVI plenumidagi nutqida bunday degan edi: "Hayron qoladigan yeri shundaki, qishloqlardagi har besh xonadonning birida birorta ham chorva mol, 37 foizida sigir, yarmisida qo’y boqilmayapti. Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlarida esa ahvol yana ham mushkul. Sho’ro davrida shaxsiy chorva ham "xususiy mulkchilik qoldiqlari" sifatida davlat tomonidan shafqatsizlarcha talon-toroj qilinardi. Millionlab vatandoshlarimiz esa mutlaqo uy-joysiz va tomorqasiz qiynalib yashardi.

Ko’pgina muammolarning negizi aynan shu masalaga borib taqalishini bilgan respublika rahbari bu sohaga ham alohida e’tibor qaratdi: "Qarang, bugungi kunda qishloqlarimizda 240 ming oilaning yeri yo’q, 1 million 800 mingdan ko’proq hovli esa uy-joy qurilishi va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun kengaytirishga juda muhtoj bo’lib turibdi. Faqat Toshkent shahrida 92 ming oila yer uchastkasi olish uchun navbatda turibdi". (O’zbekiston Kompartiyasi MKning XVI plenumidagi nutqidan).

Shaxsiy xo’jaligi, xususiy mulki bo’lmagan odamlar faqat davlatning maoshiga qarab qolgan edi. 80-yillarning oxiri, 90-yillarning boshiga kelib ittifoqdosh respublikalar o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar uzila boshlagach, bizda ishlab chiqariladigan paxta xomashyosini qayta ishlaydigan korxonalar to’xtab, minglab odamlar ishsiz va maoshsiz qoldi. Eng yomoni — respublikada ocharchilik xavfi paydo bo’ldi. Vahimaga tushgan aholi do’kon peshtaxtalarini supurib keta boshladi. Sovun, paxta yog’i kabi kundalik turmush uchun o’ta zarur oddiy mahsulotlar ham taqchil bo’lib qoldi.

O’lkamizdagi vaziyatni chinakamiga o’nglash, yurtdoshlarimizning hayotga qarashini, bugungi va ertangi kunga ishonchini mustahkamlash uchun avvalo, ularning iqtisodiy, moddiy ahvolini yaxshilash zaruratini chuqur anglagan respublikamiz rahbari aholi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan juda katta bir masalani — odamlarga tomorqa yer berish masalasini kun tartibiga qo’yadi.

1989 yil 17 avgustda Islom Karimov boshchiligida respublika hukumatining Toshkentda bo’lib o’tgan kengaytirilgan yig’ilishida aholiga tomorqa va shaxsiy uchastkalar ajratish masalasi muhokama qilinadi va «Qishloqda yashovchi har bir oilani tomorqa bilan ta’minlash, ularga yakka tartibda uy-joy qurish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berish haqida» qaror qabul qilinadi. Ushbu tarixiy xujjatda qishloqda yashovchi har bir kishiga o’rtacha 25 sotixdan yer ajratib berish va tomorqa maydonlarini qariyib 4,5 barobar ko’paytirish ko’zda tutilgan edi.

Bu boradagi amaliy ishlar natijasida 1989—1990 yillarda bir yarim milliondan ko’proq oilaga qo’shimcha yer ajratildi, 700 ming oilaga yangi tomorqa yerlari berildi.


1   2   3   4   5


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət