Ana səhifə

Ijtimoiy fanlar bloki Dolzarb mavzu Toshkent-2013 Ijtimoiy fanlar bloki


Yüklə 296.76 Kb.
səhifə3/5
tarix26.06.2016
ölçüsü296.76 Kb.
1   2   3   4   5

1989 yili Islom Karimovning tashabbusi bilan odamlarga juda katta miqdorda uzoq muddatli kreditlar — qarzlar berildi, uy-joy qurish uchun qurilish materiallari, aholining chorvasi uchun yem-xashak ajratildi. 80-yillarning o’rtalarida yiliga 2,5 - 3 million kvadrat metr uy-joy qurilgan bo’lsa, 1989 yili, yaratilgan imkoniyatlar tufayli, bu ko’rsatkich 4,9 million kvadrat metrni tashkil etdi. Yakka tartibda uy-joy quruvchilarga qarz berish uchun resurslarning umumiy hajmi 1989 yilga kelib bir yarim barobar ko’paytirildi va 187 million so’mga yetkazildi.

Odamlarga yer berish, ularni ish bilan ta’minlash, aholini, ayniqsa, ayollar va bolalarni ijtimoiy himoya qilish borasida olib borilgan oqilona siyosat xalqimizga tarixning eng og’ir sinovlaridan omon-eson o’tish, yuz berishi mumkin bo’lgan katta ijtimoiy tangliklarning oldini olish, iqtisodiy yuksalish uchun zamin tayyorlash imkonini berdi.

Bugun to’la ishonch bilan aytish mumkinki, bu murakkab masalaga ana shunday oqilona yondashuv tu­fayli O’zbekiston bo’yicha ming-minglab odamlar uy-joyli, ishli bo’ldi, bozorlarda mahsulot ko’payib, narx-navo arzonlashdi, eng muhimi, ijtimoiy keskinlikning oldini olishga erishildi.

Bundan tashqari, yuz minglab gektar sug’oriladigan yer texnik ekinlar oborotidan chiqarildi, paxta yetishtirish plani 700 ming tonnaga kamaytirildi. Bu — paxta yakkaxokimligini bartaraf etish yo’lidagi dastlabki, ammo o’ta muxim qadam edi.

Bundan tashqari, O’zbekiston va uning rahbariyati sho’rolar davridayoq islohotlarni amalga oshirish, shuningdek, bozor munosabatlariga o’tishning o’zimizga xos yo’lini ishlab chiqib, unga og’ishmay amal qilib keldi. Jumladan, sobiq Markaz vakillarining, bozor munosabatlariga o’tish yoki 500 kunda rivojlangan mamlakatlarni quvib yetish kabi mantiqqa mutlaqo zid loyihalarini rad etgan va islohotlarni bosqichma-bosqich inqilobiy larzalarsiz amalga oshirish yo’lini tanlagan edi.

Ayniqsa, bozor munosabatlariga o’tish davrida aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilish tamoyili davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi.

Sobiq Markaz uyushtirgan pul almashtirish bilan bog’liq qalloblik pulning qadri tushib ketishiga va narx-navoning haddan tashqari ko’tarilishiga sabab bo’lgan. Narx-navo osmonga ko’tarilayotgan og’ir bir paytda O’zbekiston Prezidenti xalqimizni sobiq imperiyada yuzaga kelgan iqtisodiy bo’hrondan himoya qilish maqsadida non, un, makaron mahsulotlari narxini oshirmaslik haqida qaror chiqargan: "Biz yangi narxlarga o’tish chog’ida jumhuriyatimizda un, makaron va non mahsulotlari narxlarini avvalgidek qoldirdik. Ko’p bolali oilalarni qo’llab-quvvatlashni istadik. Jumhuriyatimizda shunday oilalar ko’p va ularning asosiy oziq-ovqati ham shular hisoblanadi".

Bundan tashqari, O’zbekistan rahbari aholining iqtisodiy nochor qismi himoya qilinishini ta’minlaydigan qator farmonlar chiqardi.Homilador va emizikli ayollarga, pensionerlarga, urush va mehnat faxriylariga, talabalar va nogironlarga, o’qituvchi va ko’p bolali oilalarga ham moddiy yordam ko’rsatildi.

"O’sha davrlarda har bir yangi oila qurayotgan yigit-qizlarimizga davlatimiz tarafidan uy jihozlari olishga chiptalar berilar edi. Garnitur, gilam singari buyumlar olishga sharoit yaratib berilgan edi.



Xalq ta’limi

Yosh avlodga ta’lim va tarbiya berish sohasi tubdan yangi yondashuvlarni talab qilmoqda, - deb yozadi Islom Karimov. Respublikaning kelajagini o’ylaydigan har bir kishi ertaga shu hayotni boshqaradigan yoshlar taqdiri haqida qayg’urishi kerak. Har bir rahbarning bosayotgan qadami shu maqsadga mos bo’lishi kerak. So’nggi yillarda biz bu muhim vazifani unutib qo’ydik. Yosh avlod tarbiyasi bilan bog’liq ishlar uchun qolgan –qutgan mablag’lar sarflandi. Bu arzimas mablag’lar ham doim eng oxirida ajratildi. Kimda-kim yoshlarimiz falon bo’lib ketdi, fiston bo’lib ketdi deydigan bo’lsa, eng avvalo o’zidan xafa bo’lishi, o’zini ayblashi kerak. Ekkaningni olasan, deb bejiz aytmaydi xalqimiz... Yoshlarimizni, bebaho boyligimizni saqlab qolish, yoshlarimiz tarbiyasi uchun, ularning baxtli, to’kin, mazmunli hayoti uchun hech narsani ayamasligimiz kerak. (Toshkentda, 1990 yil 24-fevraldagi kengashda so’zlangan ma’ruzadan)

1990-1991 yillarda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni, homilador ayollarni, yosh bolalarni himoyalash o’ta dolzarb muammoga aylangan edi. Pensiyalar, stipendiyalar, o’qituvchilarning ish haqlari oshirildi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun bepul darsliklar tarqatildi. Anemiya va kamqonlik kasalligiga chalingan homilador ayollar uchun imtiyozli ovqatlanish joriy etildi. 5 millionga yaqin maktab o’quvchilari oilalarda iqtisodiy qiyinchilik sababli ertalab choy ichib- ichmay maktabga borishardi. Ana shunday og’ir vaziyatda Prezidentimizning Farmoni bilan 1-sinfdan 5-sinfgacha bo’lgan o’quvchilariga tekin nonushta tarqatish yo’lga qo’yildi .

Shu bilan birga kitobda kadrlarni tarbiyalash, tanlash va joy-joyiga qo’yish to’g’risida juda ko’p o’rinlarda fikrlar aytib o’tilgan.



Xalq ma’naviyati.

Sho’ro davrida, barcha qadriyatlarimiz qatori, o’zligimizning asosi bo’lgan ma’naviyatimiz ham zarbaga uchradi. Milliy qadriyatlarimizga qarshi xuruj sho’ro tuzumining so’nggi yillarida yana ham kuchaytirildi. Jumladan, har bir musulmon o’zining muqaddas burchi deb bilgan sunnat to’ylari tazyiq ostiga olindi. Chorasiz qolgan odamlar bu qadimiy marosimni "tug’ilgan kun" yoki "yubiley" nomi bilan o’tkazishga majbur bo’ldi. Odamlar, hatto, ota-onasi yoki qarindoshining dafn marosimida ishtirok etishga ham qo’rqadigan bo’lib qoldi.

Birgina misol. 1984 yili o’z ukasining janozasiga borgani uchun akademik S. Yo’ldoshev O’zbekiston Kompartiyasi XVI plenumida tanqid qilindi va uning nomi qoralandi. O’sha plenum minbaridan quyidagicha ayblovlar yangragan edi: "Yaqinda bo’lib o’tgan dafn marosimiga bag’ishlangan janozada VASXNIL akademigi S. X. Yo’ldoshev, uchta fan doktori, beshta fan kandidati qatnashgan. Ularning ko’pchiligi partiya a’zolaridir, bu masalada boshlang’ich partiya tashkiloti, Kirov rayon, Toshkent shahar partiya komitetlari sukut saqlab turganligi siyosiy jihatdan zararli va sotsial jihatdan xatarlidir ".

O’ylab ko’ring, o’z ukasining janozasida qatnashish "siyosiy jihatdan xatarli" deb baholansa, odamgarchilik qayoqda qoldi? Tabiiyki, bunday tahdidlar jamiyatdagi ommaviy tahlika va sarosimani battar kuchaytirib yubordi. Natijada ba’zilar yaqinlari olamdan o’tsa, janozaga borishdan cho’chib, zudlik bilan kasalxonaga yotib olar yoki "xizmat safari"ga jo’nab qolar edi. Bugina emas: "alla", "yalla" kabi so’zlar "Alloh" so’zidan kelib chiqmaganmikan, degan mutlaqo asossiz qarashlar o’rtaga tashlandi. Bu milliy qadriyatlarimizni, ota-bobolarimiz asrlar osha e’tiqod qilib kelgan muqaddas dinimizni tahqirlash uchun o’ylab topilgan bahona edi.

Hattoki, islomdan oldin paydo bo’lgan qadimiy Navro’z bayramini nishonlash ham taqiqlandi. Uning o’rniga "Leninning hayoti va faoliyatini targ’ib etishga asoslangan ilg’or sovet udumlarini joriy etish"ga xizmat qiladigan, milliy xususiyatlarimizga zid bo’lgan soxta an’analar zo’ravonlik bilan joriy etildi. Ramazon va Qurbon hayiti kunlari KPSS tashviqotchilari xudosizlikni targ’ib etishga zo’r berar, dahriylik siyosatini kuchaytirish to’g’risida maxsus dasturlar ishlab chiqilar edi.

Amal kursisiga zulukdek yopishib olgan, aslida, xalq manfaatini himoya qilishi lozim bo’lgan xushomadgo’y mansabdor shaxslar uyma-uy yurib, doshqozonlarda qaynayotgan sumalaklarni ag’darar, qoloqlik va feodalizm sarqiti sifatida milliy liboslarimizdan voz kechish, diniy marosimlarda qatnashmaslikka da’vat etar edi. KPSS faollarini "jangovarlikka da’vat etgan qarorlardan birida shunday ta’kidlanadi: "Ideologik, siyosiy-tarbiyaviy ishni olib borishda partiya komitetlari jiddiy xatoliklar va nuqsonlarga yo’l qo’ymoqdalar, ko’pgina salbiy hodisa va jarayonlarga printsipial partiyaviy pozitsiyalarda turib qarab chiqilmayotir, ularning mohiyatsh, asl sabablari ochib tashlanmayotir " ("Partiya turmushi", 1984 yil, 7-son, 27-bet).

Ommaviy axborot vositalarida xalqni dalil-isbotsiz tahqir etish, ayrim halol mehnatkashlarni ma’naviy ezish, qo’shib yozishlarni tashkil etgan shaxslar bilan bir qatorda minglab oddiy ijrochilarga qarshi yalpi jazolashlarning avj oldirilishi xalqning dardi ustiga chipqon bo’ldi.

Bo’sh-bayov, siyosiy irodadan mahrum, o’z xalqining or-nomusi va qadr-qimmatini himoya qilishga qodir bo’lmagan kishilarning O’zbekiston Kompartiyasi va respublika rahbariyatiga kelib qolishi, avvalo, shunga yordam berdi. Ularning aksariyati o’zlarining omon qolishlarini o’ylab, huquq muhofazasi organlari, jumladan, Gdlyan va Ivanov guruhi yo’l qo’ygan qonunsizlik va qonun buzilishlarini payqamaslikka obdan urindilar.

Boshqa mintaqalardan jo’natilgan kadrlarning ba’zilari respublika ehtiyojlari va kulfatlariga hamdard bo’lish u yoqda tursin, balki partiya, sovet va huquqni muhofaza etish organlari va boshqa organlarda o’zlarining rahbar lavozimlariga tayinlanishlarini o’zboshimchalik qilish uchun berilgan yorliq deb bildilar.

Xalqning juda boy tarixi va madaniyatini, o’lkaning o’ziga xos noyob xususiyatlarini bilmagan va bilishni ham istamagan bu odamlar res­publika hayotini bosib-yanchib, qing’ir o’zanga solishga kirishdilar.

Xalqning ko’p asrlik an’analari, madaniyati, urf-odatlari va ma’naviy qadriyatlarini mensimaslik elni juda ranjitdi.

Ayrim mahalliy rahbarlar ham amal pillapoyasidan ko’tarilishga harakat qilib, o’zlarini ajdodlarini unutgan manqurtlar deb shosha-pisha e’lon qildilar. Xalqning urf-odatlari, an’analari, ma­daniyati obdon oyoq osti qilindi, ona tilining qo’llanish sohasi sun’iy tarzda cheklab qo’yildi. Hatto, shundoq ham milliy an’analardan ancha olisda bo’lgan ayrim san’at turlari ham kimlargadir maqbul bo’lmay qoldi va ularni yangilashga urindilar. Hatto milliy libos ham qoralandi. Kezi kelganda odamlar milliy an’analar bo’yicha to’y qilish, qarindosh-urug’larni dafn etishga ham cho’chib qolgan edilar.



O’zbekiston Kompartiyasi MKning 1986 yil bo’lgan III Plenumida o’zbek klassik adabiyotining yirik vakili Z.M. Boburning shaxsi taxqirlanib, u “ma’rifatli zolim” deb tilga olindi. (O’zbekiston Kompartiyasining XXII s’ezdida so’zlangan ma’ruzadan. 1990 yil iyun)

Ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, demografiya vaziyati va ishsizlikning ko’payib borishi, ekologiya tangligi, xalqning ma’naviy jihatdan haqoratlanishi juda qaltis ahvolni vujudga keltirdi. Ekstremist kuchlar esa vaziyatni keskinlashtirish, odamlarni ommaviy tartibsizliklarga va huquqqa xilof xatti-harakatlarga tortish, ijtimoiy va millatlararo nifoqlar va to’qnashuvlarni chiqarish uchun shu holatdan foydalandilar.

Ochiq-oydin aytib qo’ya qolaylik: agar respublika rahbariyati ana shunday sharoitda mavhum pand-nasihatlarni davom ettiraveradigan bo’lsa va ba’zi puch va’dalar beraversa, halokat miqyoslarini tasavvur etish qiyin emas. Yangi rahbariyat oldida eskilikni bartaraf etish, vaziyatni yumshatish, portlash bo’lishiga yo’l qo’ymaslik uchun zarur imkoniyatlar qidirib topish va samarali, ta’sirchan choralar ko’rishdek og’ir vazifa turar edi.

Shunday tadbirlar ko’rildi ham. Paxta yakkahokimligiga barham berish, paxta tayyorlashni barqarorlashtirish, paxta va boshqa mahsulotlarni yig’ishtirib olish uchun to’langan qo’shimcha haq shular jumlasidandir. O’tgan 1989 yili qariyb 400 mil­lion so’mlik qo’shimcha haq to’landi, bu yil esa haq ikki barobar ko’payadi. Paxta va boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlari narxini qayta ko’rib chiqish to’g’risidagi masala ham qisman hal qilina boshlandi. Daromadi kam bo’lgai aholiga yordam berilyapti, boshlang’ich sinflarda o’qiyotgan o’quvchilarga, xasta, homilador ayollarga bepul nonushta beriladigan bo’ldi. Veteranlarning pensiyalari va imtiyozlari ko’paydi. Talabalar qo’shimcha pul olayaptilar.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu tadbirlarning hammasi respublika aholisiga, eng avvalo, qishloq axliga juda ma’qul bo’ldi. Darhaqiqat, shaxsiy yordamchi xo’jaliklar uchun va yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun berilayotgan yerning ko’paytirilishi, shu maqsadlar uchun ssudalarning va qurilish materiallarini sotishning ko’payishi shu tadbirlar sirasiga kiradi.

Milliy qadriyatlarimizni yo’q qilishga qaratilgan bunday mudhish siyosat 80-yillarning oxiriga qadar davom etdi. Faqat 1989 yildan boshlab vaziyat tubdan o’zgardi — ma’naviyatimizning oyoqosti qilinishiga chek qo’yildi va uni tiklash jarayoni boshlandi.

1990 yili "Navbahor"ga o’xshash beo’xshov "qizil" tadbirlardan bezib qolgan xalqimiz o’zining azaliy va jonajon bayrami — Navro’zni keng nishonladi. Bu qadimiy bayram bilan yurtimizga yangi zamon, kelajakka ishonch ruhi, ozodlik, erkinlik kirib keldi. Odamlar yangi davr boshlanayotganini, Navro’z uning elchisi ekanini yurakdan his qildi.
4. Mustaqillik sari yo’l.

O’zbekistonda iqtisodiy va siyosii mustaqillikni ko’lga kiritish uchun olib borilgan kurash mustabid tuzum tarafdorlari bo’lgan sobiq Markaz vakillarining keskin qarshiligiga uchragan edi. O’sha pallada sobiq Markazda chiqarilgan ommaviy axborot vositalarini tahlil qiladigan bo’lsak, O’zbekiston va uning rahbariga qarshi ko’plab maqolalar chop etilgani, ularning ortida respublikamizni tutqunlikda saqlash tarafdori bo’lgan muayyan imperiyaparast kuchlar turganining guvohi bo’lamiz.

Jumladan, «Megapolis ekspress» gazetasining 21-sonida butunlay tuhmat va uydurmalardan iborat “O’zbeklar ishi” chop etildi. Surbetlik , kalondimog’lik va imperiyaparastlik jazavasi shu darajaga borib yetganki, maqola mualliflari O’zbekiston rahbarini aynan aholining himoyaga muhtoj qismini muhofaza qilganligi uchun tanqid ostiga olmoqchi bo’lgan.

Vaholanki, sobiq Ittifoq rahbariyati qonli mojarolar va iqtisodiy tanazzul botqog’iga cho’ktirgan millionlab odamlarni muqarrar halokatdan saqlab qolish uchun kurashish, aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilish siyosatini qo’llab-quvvatlash, har bir ongli odamning, eng avvalo, jurnalistlarning muqaddas burchi edi. O’zbekiston rahbari bunday chiqishlarni hukmronlik tafakkurining mahsuli deb baholadi. Ur-yiqit, uy-joylarga o’t qo’yish, kishilarni qo’poruvchilik ishlariga undash g’alamislarning ishi. Buni teran anglagan mamlakatimiz rahbari qat’iyat bilan shunday degandi: "Ittifoqda chiqayotgan ba’zi ro’znomalar, respublikada qilinayotgan ijobiy ishlarni ko’ra olmasdan har xil bo’xton gaplarni tarqatishga urinyaptilar. Xo’sh, ularning da’volari nimalardan iborat? Go’yo Prezident Islom Karimov "Paxta ishi" bo’yicha qamalgai kishilarni g’ayriqonuniy tarzda turmadan chiqarib yuborayotgan emish. Go’yo u nochor pensionerlarga to’layotgan yordam ham noqonuniy emish.



Go’yo u noqonuniy tarzda tomorqa berayotgan emish. Go’yo u odamlarning shaxsiy chorvasiga noqonuniy tarzda yem-xashak berayotgan emish. Bizning ularga beradigan javobimiz shu, O’zbekiston — mustaqil respublika. Uning o’z tanlagan yo’li bor. Biz kishilarimizning turmushini yengillashtirish uchun barcha choralarni ishga solamiz".

Mamlakat ocharchilik xavfi ostida qolgan o’sha paytda aholining himoyaga muhtoj qismiga o’zini tiklab olish uchun ko’rsatilgan moddiy yordamni, narx-navo ko’tarilishining oldi olinganini, yetti yuz mingdan ortiq oilaga tomorqa berilganini tom ma’noda tarixda qoladigan o’zbeklar ishi deb atash mumkin.

O’zbekistonda esa o’shanda Prezident Farmoniga ko’ra, shaxsiy tomorqa uchun ajratilayotgan yer maydoni 516,6 ming gektarga yetdi. 2,5 milliondan ortiq kishi yer bilan ta’minlandi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun bir milliard so’m mablag’ ajratildi.

Mustaqil taraqqiyotimizning 20 yillik shonli tarixi o’sha og’ir davrda O’zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar naqadar to’g’ri bo’lganini, bugungi siyosatimizga o’sha davrda asos solinganini ko’rsatib turibdi.

Ma’lumki, o’sha paytda O’zbekistonimiz SSSR deb atalgan dunyodagi eng qudratli imperiyaga qaram res­publika edi. Uni na Birlashgan Millatlar Tashkiloti, na boshqa xalqaro tashkilotlar, na jaxon xamjamiyati tanir, tan olar edi. Ya’ni, mustaqillik yo’lidagi harakatlarimizda bizni qo’llab-quvvatlaydigan, biz tayanadigan biron-bir tashqi omil, najotkor kuch yo’q edi, Shunday bir sharoitda yuqorida tilga olingan adoqsiz muammolarni hal qilish uchun respublika rahbari kimga, nimaga ishonib harakat qildi, degan savol tug’ilishi tabiiy, albatta.

Bu savollarning javobini biz «O’zbekistan mustaqillikka erishish ostonasida» kitobiga kirgan, muallifning qalb nidosi kabi yangragan otashin nutqlaridan topamiz. Uning «faqat o’z kuchimiz, o’z salohiyatimizga tayanib ish ko’rishimiz kerak», «o’zimiz harakat qilmasak, chetdan kelib birov bizga yordam bermaydi» degan, deyarli har bir ommaviy chiqishining ma’no-mazmuniga singib ketgan da’vatkor so’zlarini o’qir ekanmiz, yaratgan qaysi elni to’g’ri yo’lga boshlamoqchi bo’lsa, avvalo, unga donishmand, mard va azmu shijoatli insonni yo’lboshchi qilib qo’yadi, degan hikmatning naqadar to’g’ri ekaniga yana bir bor ishonch hosil qilamiz.

Bugun, oradan yillar o’tib, ko’p narsalar oydinlashganidan so’ng yana bir haqiqatni alohida e’tirof etish har tomonlama o’rinli bo’ladi.

1990 yil 24 mart kuni o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston SSR Oliy Kengashining birinchi sessiyasida ittifoqdosh respublikalar orasida birin­chi bo’lib O’zbekistonda respublika Prezidenti lavozimi joriy etildi. Bu o’rinda shuni aytish joizki, bundan bir necha kun oldin, ya’ni 14 mart kuni SSSR xalq deputatlarining navbatdan tashqari uchinchi s’ezdida SSSR prezidenti lavozimini ta’sis etish to’g’risidagi qonun qabul qilinib, M. Gorbachev bu vazifaga saylangan edi.

Bepoyon Ittifoq hududida ikkinchi bir Prezidentning paydo bo’lishini Markaz va uning rahbariyati qanday qahr-g’azab va ichiqoralik bilan qabul qilganini tasavvur qilish qiyin emas, albatta.

Binobarin, o’lkamizda Prezidentlik institutining joriy etilishi Yurtboshimiz tomonidan O’zbekistonning davlat suvereniteti va mustaqilligiga erishish yo’lida qo’yilgan nafaqat tarixiy qadam, balki chinakam siyosiy va ma’naviy jasorat namunasi bo’lganini izohlab o’tirishga hojat bo’lmasa kerak.

Islom Karimov ana shu sessiyada so’zlagan sermazmun nutqida yurtimiz hayotidagi bunday katta o’zgarish O’zbekistonning siyosiy mustaqilligini mustahkamlash, uni yangi va hayotiy mazmun bilan boyitish, respublikaning iqtisodiy mustaqilligini, o’zini o’zi idora etish, o’zini o’zi moliyaviy ta’minlashga o’tishiga erishish, aholi barcha tabaqalarining farovonligini oshirish, odamlarning talab-ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, xalqni ma’naviy yuksaltirish, demokratiyani, xuquqqa asoslangan davlat qurilishini rivojlatttirish, milliy taraqqiyot yo’lida barcha sog’lom kuchlarni birlashtirish kabi o’ta muhim maqsadlarni amalga oshirishga qaratilganini chuqur tahlil asosida har to­monlama isbotlab beradi.

O’zbekiston SSR Oliy Sovetining 1990 yil 20 iyunda bo’lgan ikkinchi sessiyasida 12 banddan iborat “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ning qabul qilinishi yurtimiz siyosiy hayotida muhim voqea bo’ldi.

Mazkur kitobdan o’rin olgan chiqishlarning ahamiyatga loyiq g’oyat muhim jihati yana shundaki, ularda muallif doimo o’z oldiga yuksak maqsadlar qo’yib, marrani baland olib faoliyat yuritgani alohida ko’zga tashlanadi. Yurtimizdagi mavjud holatni shunchaki nomiga emas, aksincha, tubdan o’zgartirish, O’zbekistonni nafaqat iqtisodiy, balki tom ma’nodagi suveren va mustaqil, kelajagi buyuk davlatga aylantirish, Birlashgan Millatlar Tashkilotiga to’laqonli a’zo bo’lib, dunyo hamjamiyatidan mustahkam o’rin egallash, xalqimiz uchun dunyoda hech kimdan kam bo’lmagan hayot sharoitlari yaratishdek bugungi kunda real voqelikka aylangan ulug’ maqsadlarni bu mard va jasur inson o’sha yillardayoq ko’ngliga jo etib, shu yo’lda butun borlig’i bilan intilib yashaganini ana shu chiqishlar isbotlab turibdi.

Prezident Islom Karimovning rahbarlik faoliyatiga xos bo’lgan g’oyat e’tiborli va ibratli yana bir fazilat borki, u ham bo’lsa, so’z va ish birligidir. Afsuski, xalqqa yetakchilik qilish da’vosi bi­lan maydonga chiqadigan aksariyat siyosiy arboblar mana shunday noyob xususiyatdan bebahra bo’lib, ko’pincha tagi puch, yolg’on va’dalar bilan odamlarni chalg’itib, soxta obro’ orttirish payida bo’lishlari ham sir emas.



Agarki, yaqin tariximizga — o’tgan asrning suronli 90-yillariga nazar soladigan bo’lsak, Islom Karimovning o’sha og’ir yillarla keskin muammolar girdobida turib, Ozbekistonning kelajagini aniq tasavvur qilgan holda ilgari surgan goya va dasturlari uning Vatanimiz yorug istiqboliga qanday buyuk ishonch bilan qaraganidan yaqqol dalolat beradi.

Bu o’rinda gap bugungi kunda jahon jamoatchiligi tomonidan keng e’tirof etilgan, dunyoda o’xshashi kam bo’lgan O’zbekistonning Kadrlar tayyorlash milliy dasturi haqida bormoqda.

Shunisi hayratlanarliki, bu noyob dasturning mazmun-mohiyati, asosiy maqsad va vazifalari, ustuvor yo’nalishlari haqida Yurtboshimiz 1990 yilda — respublikamizda ilm-fan va ta’lim sohasining moddiy-texnik bazasi, kadrlar tarkibi achinarli ahvolga tushib qolgan, bu sohalar «qoldiq» printsipi asosida moliyalashtirilayotgan, jumladan, 1700 ta maktab binosi avariya holatida bo’lgan bir vaziyatda, uzoq va davomli maqsadlarni ko’zlab katta ishonch bilan fikr bildiradi.

Shu borada e’tiboringizni kichik bir iqtibosga qaratmoqchimiz:



«... Bizga kadrlar tayyorlashning maxsus milliy dasturi kerak. Bu dastur:

- umumiy ta’lim maktablarida dars berish sifatini oshirish (o’qituvchilarni, metodistlarni qo’shimcha ravishda moddiy rag’batlantirish, max­sus sinfxonalar barpo etish, oliy o’quv yurtlarining maktablarni otaliqqa olishini yo’lga qo’yish va shu kabilar)ni;

- eng iste’dodli bolalar uchun maktablar ochishni;

- korxonalar bilan maktablar o’rtasida sifat jihatidan yangi munosabatlarni joriy etishni;

- hunar-texnika bilim yurtlarida xo’jalik hisobini joriy etishni va shu asosda ommaviy kasb kadrlarini tayyorlash sifatini keskin oshirishni;

- oliy o’quv yurtlarida mutaxassislar tayyor­lash sistemasini qayta qurishni, bu sohaga kadr­lar tayyorlashning buyurtma berish usulini jo­riy etishni;

- respublikaning yuqori malakali milliy mutaxassislarini tayyorlash uchun Ittifoqdagi va chet ellardagi eng yaxshi markazlarga yoshlarni yuborish sistemasini oz ichiga olishi kerak.

Darvoqe, bu sohada hozirning ozidayoq bir-muncha ish qilinmoqda. Yaqinda Fargona davlat dorilfununini, Buxoro meditsina institutini, Nukus pedagogika institutini va shu kabilarni tashkil etish haqida qarorlar qabul qilindi...» (KPSS XXVIII s’ezdining yakunlari va O’zbekiston Kompartiyasi faoliyatining asosiy yo’nalishlari to’g’risidagi ma’ruzadan, 1990 yil 4 avgust).

Ana shu ezgu g’oya birinchi bor kun tartibiga qo’yilganiga, mana, bugun 21 yil to’ldi. O’tgan davr mobaynida Prezident Islom Karimovning bevosita tashabbusi va rahbarligida ishlab chiqilib, 1997 yili qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va uning uzviy, mantiqiy davomi bo’lgan, 2004 yili qabul qilingan Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturini amalga oshirish natijasida 1600 ga yaqin akademik litsey va kasb-hunar kolleji, qariyb 10 mingta umumta’lim maktabining, 200 ga yaqin bolalar musiqa va san’at maktabining yangitdan barpo etilgani va rekonstruktsiya qilingani, 1200 tadan ziyod bolalar sport inshooti qurib foydalanishga topshirilgani va zamonaviy asosda jihozlangani, hech shubhasiz, yuqorida tilga olingan so’z va ish birligining yorqin namoyonidir, desak, aslo mubolag’a bo’lmaydi.

Bunday misollarni boshqa soha va tarmoqlardan ham ko’plab keltirish mumkin.

Ushbu kitobdagi tarixiy materiallarning kattagina qismi bevosita milliy tiklanish, milliy o’zlikni anglash, ma’naviyat masalalariga bag’ishlangan. Xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniy me’­rosi, urf-odat va an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirish, mustabid tuzum davrida taqiqlab qo’yilgan Navro’z bayrami, Ramazon va Qurbon hayitlarini nishonlash, dinga hurmat bilan munosabatda bo’lishni qaror toptirish, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahouddin Naqshband va boshqa aziz-avliyolarimiz, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Bobur singari ulug’ ajdodlarimiz xotirasiga nisbatan tarixiy adolatni tiklash haqidagi fikr-mulohazalar, qaror va farmonlar shular jumlasidandir.

Ayni vaqtda ma’rifatparvar bobolarimiz — jadidchilik harakati namoyandalarining hayoti va ijodiga munosabat masalasida ko’p yillardan buyon davom etayotgan bahslarga oqilona chek qo’yib, ularning merosini xalqimizga qaytarish yo’lidagi amaliy, printsipial fikrlar ham aynan o’sha paytlarda ilgari surilgani shu borada muhim ahamiyatga ega bo’ldi.

«Paxta ishi» bilan ayblanib, nohaq qamalgan yuzlab insonlar, jumladan, ko’p yillar respublika rahbari bo’lib ishlagan Sharof Rashidov nomining oqlangani jamoatchilik tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi.

Dunyodagi bebaho boylik bo’lgan tinchlik va osoyishtalikni saqlash, uni ko’z qorachig’idek asrash masalasi mamlakatimiz rahbari Islom Karimovning faoliyatida doimo eng muhim, eng ustuvor yo’nalish bo’lib kelmokda.

Buni har xil buzg’unchi kuchlar, diniy va dunyoviy niqobdagi radikal oqimlar bosh ko’targan o’sha notinch davrda Islom Karimovning chuqur iztirob bi­lan o’rtanib, xalqqa qilgan murojaatidagi bugun ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan ushbu so’zlar yaqqol tasdiqlaydi:


1   2   3   4   5


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət