Ana səhifə

Ijtimoiy fanlar bloki Dolzarb mavzu Toshkent-2013 Ijtimoiy fanlar bloki


Yüklə 387.5 Kb.
səhifə4/5
tarix26.06.2016
ölçüsü387.5 Kb.
1   2   3   4   5

Aziz do’stlar! Nima kerak bo’lsag ayting, hammasini qilib beramiz. Lekin, aziz onalar, opa-singillar, otaxonlar, do’stlar, ukajonlar, men Prezident bo’lsam ham sizdan tiz cho’kib so’rayman, iltimos qilaman: shu masalada yordam qiling!

Axir, Qur’oni Karim ham do’stlikka, birodarlikka chaqiradi, nizo chiqarishni qoralaydi.

Janjal chiqqan yurtning xudosi ham undan yuz o’girar ekan. Shu sabab baraka ham, rizq-ro’z ham nasiya bo’lib qolarkan.

Bu yo’lda - tinchlik, totuvlik yo’lida bizni Olloh Taoloning o’zi qo’llasin, madadkor bo’lsin!» (O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining to’qqizinchi sessiyasida 1992 yil 4 yanvar kuni so’zlangan ma’ruzadan).

Xalq qalbining tub-tubida yillar davomida armon bo’lib yotgan dard va iztiroblar, orzu-intilishlarning o’ziga xos ifodasi bo’lgan ushbu nutq va ma’ruzalar o’sha davrda faoliyat yuritgan aksariyat rahbarlarning chiqishlarida kuzatiladigan kommunistik ritorika va demagogiyadan, aravani quruq olib qochishlardan mutlaqo xoli ekani, otashin ruhi va samimiyati bilan keskin ajralib turadi. Aynan shu fazilatlari bilan bu chiqishlar, mana, oradan yigirma yildan ziyod vaqt o’tsa hamki, beixtiyor odamni hayratga soladi.

Islom Karimovning vaziyatga real baho berish, nostandart qarorlar qabul qilish borasidagi qobiliyati, xalqimizning azmu shijoati, qat’iy irodasi, bag’rikengligi, bunyodkorlik kuchiga bo’lgan cheksiz ishonchi uning har bir nutq va ma’ruzasida aniq-ravshan sezilib turadi. Ular bilan tanishar ekanmiz, bir paytning o’zida chuqur tahliliy va xarizmatik qobiliyatga ega bo’lgan mana shunday shaxslargina tarix taqozo etganda butun mas’uliyat va javobgarlikning zalvorli yukini o’z zimmasiga olishga qodir bo’lishi, har tomonlama teran o’ylab, uzoqni ko’zlab ish ko’rgan holda, davlat va jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan strategik qarorlar qabul qila olishiga amin bo’lamiz.

Buning tasdig’ini o’sha tahlikali yillarda ro’y bergan Farg’ona, Guliston, Bo’ka, O’sh, Namangan voqealariga, tarixda «GKChP» deb nom olgan, SSSR davlatining so’nggi kunlarida bir guruh imperiyaparast kuchlar tomonidan amalga oshirilgan siyosiy fitnaga nisbatan Islom Karimovning qat’iy pozitsiyasi ifodasi bo’lgan chiqishlarida ko’rish mumkin.

1991 yil 20 avgust kuni O’zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida qo’shma majlisda Islom Karimov SSSRda yuzaga kelgan vaziyatga, Favqulodda holat davlat qo’mitasi va uning rahbarlari qabul qilgan qarorlarga O’zbekiston rahbariyatining munosabatini aniq-ravshan bayon etdi.

1991 yil 27 avgust kuni ommaviy axborot vositalarida O’zbekiston SSR Prezidentining mamlakatimizning to’la mustaqilligi yo’lida tamal toshini qo’ygan yana bir muhim farmoni e’lon qilinadi. Farmonda jumladan, shunday deyiladi:

«Mamlakatda vujudga kelgan ahvolni e’tiborga olib va respublika manfaatlarini himoya qilish maqsadida Respublika Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi komiteti O’zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olinsin. Respub­lika hududida joylashgan SSSR Ichki ishlar vazirligining ichki qo’shinlari bevosita O’zbekiston SSR Prezidentiga bo’ysundirilsin.

O’zbekiston SSR Oliy Kengashi rayosatiga juda qisqa muddatda Respublikaning davlat mustaqilligi to’g’risidagi qonun loyihasini tayyorlash va uni O’zbekiston SSR Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etish taklif qilinsin».

Vujudga kelgan o’ta og’ir sharoit, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy qiyinchiliklarga, turli to’siqlarga qaramasdan, xalqimiz Islom Karimov boshchiligida o’zining asriy orzusi — O’zbekistonning davlat su­vereniteti va mustaqilligi sari qat’iyat bilan harakat qilishda davom etdi.

Nihoyat, orziqib kutilgan qutlug’ sana — 1991 yil­ning 31 avgust kuni yetib keldi. O’zbekiston SSR Oliy Kengashining oltinchi sessiyasida Islom Karimov tantanali ravishda O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini e’lon qildi. U o’zining tom ma’nodagi tarixiy nutqida quyidagi fikrlarni alohida ta’kidlali:

«Mamlakat katta falokat yoqasiga, jar yoqasiga kelib qolganini ko’rib turibmiz. Xalq o’zining ertangi kuniga ishonchini kundan-kunga yo’qotyapti. Odamlar o’zlarining, oilasining, bola-chaqasining tinchligiga kafolat istaydi. To’kis, xotirjam hayot talab qilyapti. Bu istaklar, bu talablar safsatabozlik va va’dabozlik ostida ko’milib ketyapti.

Bizning xalqimiz sabr-bardosh, yaxshilik, osoyishtalik, boshqa xalqlarga nisbatan xayrixohlik ruhida tarbiyalangan. Bu xalq bugun bizdan himoya talab qilyapti, tinch-totuv hayot, og’ir mehnatiga yarasha turmush sharoitlarini talab qilyapti. Bu - haqqoniy talabdir.

O’zbekiston rahbariyati hech qachon, qanday ittifoq bo’lmasin, kim bilan ittifoq bo’lmasin, qanday sharoit bo’lmasin, ikkinchi darajali rolga rozi bo’lmaydi, bunga yo’l ham qo’ymaydi»,

Eng muhimi, Prezident Islom Karimov o’z nutqida «Mustaqil O’zbekiston davlatining siyosati insoniylik va ezgulik tamoyillariga asoslanadi» degan dasturiy g’oyani butun dunyoga bayon qildi va mana, yigirma yildirki, davlatimiz ana shu siyosiy printsipga og’ishmasdan, qat’iy amal qilib kelmoqda.

Xalqimiz, Vatanimiz tarixiga oltin harflar bilan yoziladigan o’sha unutilmas kunlarga nazar tashlaydigan bo’lsak, ayni o’sha paytda yosh, mustaqil O’zbe­kiston davlati rahbari tomonidan mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy taraqqiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan ko’plab o’ta muhim hujjatlar qabul qilinganini ko’ramiz. Misol uchun, 31 avgust kuni qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to’g’risida»gi qonun, 5 sentyabrda imzolangan Toshkent shahridagi V.I.Lenin nomidagi maydonni Mustaqillik maydoni deb qayta nomlash to’g’risidagi, 6 sen­tyabr, kuni imzolangan «O’zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish tug’risida»gi Prezident farmonlari va boshqa siyosiy hujjatlar shular jumlasidandir.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, to’plamga kiritilgan har bir chiqishni mutolaa qilish jarayonida biz yangi tariximizning o’zimiz bilmagan, anglamagan yana ko’plab qirralarini yangitdan kashf etamiz, istiqlol mohiyatini, «tarixiy burilish pallasida xalq dardi, millat qayg’usi buyuk shaxslarni yaratishi»ni yanada chuqurroq anglaymiz.



Ozodlik, mustaqillik, bugungi tinch-osuda hayot o’z-o’zidan kelmagani, ularning barchasi qanday tinimsiz kurashlar, qiyinchilik va yo’qotishlar, uyqusiz tunlar, munozara va muhokamalar, izlanish va yaratishlar, ba’zan o’ta iztirobli, ba’zida quvonchli intilishlar mahsuli ekanini qalbimizdan, yuragimizdan o’tkazamiz, El-yurtimiz O’zbekiston deb atalgan bu betakror va ozod diyor, mustaqil davlatni xaqiqatdan xam o’z mehnati, o’z aql-zakovati va salohiyati, irodasi bilan barpo etganidan ko’nglimiz tog’dek ko’tariladi.

Prezident Islom Karimovning xalqimizning siyosiy tafakkur xazinasiga bebaho hissa bo’lib qo’shiladigan «O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» kitobi istiqlol tufayli asl ildizlarimizga qaytib, o’z taqdirimizni o’zimiz belgilash huquqiga ega bo’lganimizni, avlodlarga ibrat va namuna bo’ladigan buyuk ishlarni amalga oshirganimizni yana bir bor g’urur-iftixor bidan ta’kidlashga asos beradi, deb ishonamiz.



    • => Mavzu bo’yicha olgan bilimlaringizni quyidagi topshiriqlarini bajarish orqali tekshiring

    • Ta'riflarga mos sohani tanlang Тест

Prezident Islom Karimovning “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobida o’sha davrda yurtimizda yuzaga kelgan holatlarga berilgan  ta’riflarga mos sohalarni tanlang.

Ahvol yomonlashib bordi. Pulning qadrsizlanishini kuchaydi. Chayqovchilik, poraxo’rlik, xufiyona iqtisodiyot keng yoyila boshladi. Bularning hammasi odamlarning, ayniqsa, kam daromadli aholi tabaqalarining turmush darajasiga salbiy ta’sir ko’rsatdi

Sizning javobingiz

Turmushda qadrsizlanish ro’y bera boshladi: omma siyosatga ko’proq qiziqib, uning faolligi oshib borishi bilan birga, jamiyatning g’oyaviy va axloqiy negizlarini buzishga, umuminsoniy qoidalatr va milliy qadriyatlarni mesimaslikka urinish hollari uchrab turdi

Sizning javobingiz

Jarayonlar hammani tashvishga soldi. Qayta qurish tufayli yuzaga kelgan demokratiya va oshkoralik anarxiya va safsatabozlikdan yetarlicha himoya qilinmagan edi. Intizom va tartib bo’sh, jinoyatchilik ko’paydi, odamlarning shaxsiy xavfsizligi, huquqlari va qadr-qimmati kafolatlari buzila bordi.

Sizning javobingiz




    • 1.4.2. “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konseptsiyasi” ning mazmuni va mohiyati.

Mamlakatimizni isloh etish va demokratlashtirish jarayoni hech qachon ortga qaytmaydigan, qat’iy va izchil tus olgani, odamlarimiz o’zgarib, ularning siyosiy va fuqarolik faolligi oshayotgani, ongu tafakkuri yuksalib, yon-atrofda bo’layotgan barcha voqea-hodisalarga daxldorlik tuyg’usi, ertangi kunga ishonchi ortib borayotgani misolida ko’rish, anglash qiyin emas.

Yurtdoshlarimizning, butun jamiyatimizning hayotidagi ana shunday o’zgarish va yangilanishlar, o’z mohiyati e’tiboriga ko’ra,bugungi kunda mamlakatimizning taraqqiyot va farovonlik yo’lidan dadil rivojlanib borishini ta’minlayotgan hal qiluvchi kuchga aylanmoqda.

Inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklarining oliy qadriyat darajasiga ko’tarilishi masalalari ushbu mavzu orqali yoritib berilgan..

Shuningdek siz bu mavzu orqali Markaziy ijro etuvchi hokimiyatning vakolatlarini bozor tamoyillariga muvofiqlashtirish. Viloyat, tuman va shahar boshqaruv idoralari vakolatlarining kengayishi. Yangi ‘arlament va uning ‘alatalari maqomi, vakolatlari va faoliyat mexanizmlarining aniq belgilab berilishi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishasiz..



=> Mavzuni o‘rganishni boshlashdan avval quyidagi savol javobini o‘ylab ko‘ring.

O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish masalalari bo’yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?



    • => Mavzu bo’yicha to’liqroq ma’luot olish uchun ilovadagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi” ning mazmuni va mohiyati” mavzusini o’qib o’rganib chiqing.

    • Mamlakatimizda demokratik islohatlarni chuqurlashtirish konseptsiyasi Файл

2-mavzu. “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi” to’g’risidagi ma’ruzasining mazmuni va mohiyati.

O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etilayotganligi. Uzoq muddatga belgilangan strategik maqsadlar. Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning bosqichma-bosqich va izchil olib borish tamoyili. Iqtisodiyotning yuqori o’sish sur’atlari, bank-moliya tizimining barqaror va ishonchli faoliyat yuritishi. Yalpi ichki mahsulotning o’sishi. Aholini kuchli ijtimoiy himoya qilish masalalari. Inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklarining oliy qadriyat darajasiga ko’tarilishi.

Markaziy ijro etuvchi hokimiyatning vakolatlarini bozor tamoyillariga muvofiqlashtirish. Viloyat, tuman va shahar boshqaruv idoralari vakolatlarining kengayishi. Yangi parlament va uning palatalari maqomi, vakolatlari va faoliyat mexanizmlarining aniq belgilab berilishi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat boshlig’i va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi. O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi. Bosh vazir.

Sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirish muammolari. Sud hokimiyatining mustahkamlanishi va mustaqilligini ta’minlash. Fuqarolarning sud orqali himoyalanish kafolatlari. Prokuror va advokatning tengligini ta’minlash chora-tadbirlari. Jinoiy-huquqiy sohadagi siyosatning takomillashtirilishi. Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi va insonparvarlik tamoyillari. Huquqiy munosabatlarni takomillashtirish va sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish masalalari.

Fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini ta’minlash masalalari. Ommaviy axborot vositalari rivojini ta’minlaydigan, demokratik talab va standartlarga mos keladigan qonunchilik bazasining yaratilishi va takomillashtirish vazifalari.

Yurtimizda milliy saylov tizimining izchil va bosqichma-bosqich liberallashuvi, saylovlarning qonun talablari va xalqaro printsiplar normalariga mos holda o’tkazilishini ta’minlaydigan qonunchilik bazasining shakllanishi. Saylovlarning faqat ko’p partiyaviylik asosida o’tkazilishi tamoyili. Markaziy saylov komissiyasining faoliyati. Saylovga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazishda oshkoralikning ta’minlanishi. Mamlakatni modernizatsiya qilish va yurtimizda saylov jarayonlarini yanada demokratlashtirish masalalari.

O’zbekistonda nodavlat, notijorat tashkilotlari faoliyatining kengayishi va rivojlanishi hamda ularning demokratik qadriyatlar, inson huquqi, erkinliklari va qonuniy manfaaatlarini himoya qilishning muhim omili.

Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish instituti – mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish, uning vazifalari ko’lamini kengaytirish.

O’zbekistonda bozor iqtisodiyotining asoslari va Qonunchilik bazasining shakllantirilishi. Iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiya qilish masalalari. Xususiy mulkning huquq va himoyasini mustahkamlash. “Davlat xususiy mulkdor huquqlarining himoyachisidir” tamoyili.

Mamlakat iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli hamda ulushini yanada kengaytirish vazifalari.

Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Konstitutsiyasining 19 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi “Bizning yo’limiz – demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya jarayonlarini davom ettirish yo’lidir” ma’ruzasining mazmuni va mohiyati.

2012 yil - ”Mustahkam oila yili” Davlat dasturining mohiyati, maqsad va vazifalari.

2011 yilda O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning amaliy yakunlari tahlili. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda qo’lga kiritilgan natijalar va ularning xalqaro tashkilotlar tomonidan yuksak baholanishi.

2011 yilda yalpi ichki mahsulotning o’sish sur’ati va O’zbekistonning jadal rivojlanayotgan mamlakatlar qatoridan joy olishi.

Moliya-bank tizimidagi ijobiy o’zgarishlar. Qishloq xo’jaligida amalga oshirilgan ishlar. Mamlamkatda xizmat ko’rsatish va servis sohasining jadal rivojlanishi.

Korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashga asoslangan yangi ishlab chiqarish borasida investitsiya siyosati.

Ijtimoiy sohaning yanada rivojlanishi. Ta’lim sohasini rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar. Sog’liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish va rivojlantirish ishlari.

2012 yilda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlari
Mavzu: Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, sud-huquq tizimini isloh etish muammolari

REJA:


  1. O’zbekiston iqtisodiyotini barqaror o’sishini ta’minlash, hayot sifatini yaxshilash va jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashdagi harakatlarimizning xolisona bahosi.

  2. Davlat hokimyati va boshqaruvini demokratlashtirish masalalari.

  3. Sud-xuquq tizimini isloh etish sohasidagi ishlar.


1. O’zbekiston iqtisodiyotini barqaror o’sishini ta’minlash, hayot sifatini yaxshilash va jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashdagi harakatlarimizning xolisona bahosi.

2010 yil 12 noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisi bo’lib o’tdi. Qo’shma majlisda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi” mavzusida ma’ruza qildi. Davlatimiz rahbari davlat ahamiyatiga molik muhim vazifalarni hal etishda davlat hokimiyati tarmoqlarini, xususan, parlamentni yanada rivojlantirish va mustahkamlash, siyosiy partiyalarning rolini oshirish, mamlakatimiz sud-huquq tizimini, saylov qrnunchiligini takomillashtirish, fuqarolik jamiyati institutlarini, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, shuningdek, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan bir qator qonunchilik tashabbuslarini ilgari surdi.

Kontseptsiya – lotincha conce’tion so’zidan olingan bo’lib, to’plash, birlashtirish, tizim, ibora ma’nosini beradi. Kontseptsiya – qarashlar, fikrlar yo’nalishi tizimi, fikr yuritish, dunyoni tushunish, anglash usuli ma’nolarini ham beradi. (O’zbek tilining izohli lug’atidan olindi, 2 – jild, 262-bet)

Biz o’z oldimizga qo’ygan uzoq muddatli strategik maqsadlar, ya’ni zamonaviy rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, iqtisodiyotimizning barqaror o’sishini ta’minlash, hayot sifatini yaxshilash va jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallash borasidagi sa’y-harakatlarimizga bugungi kun nuqtai nazaridan holisina baho berishimiz tabiiydir.

Ma’lumki,O’zbekiston 1991 yili o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng umrini o’tab bo’lgan mustabid, ma’muriy-buyruqbozlik , rejali-taqsimot tizimidan voz kechib, “o’zbek modeli” deb nom olgan o’z taraqqiyot yo’lini tanlab oldi.

Biz ishlab chiqqan va bugungi kunda hayotga tadbiq etayotgan ushbu modelning ma’no-mazmuni – davlat qurilishi va konstitutsiyaviy tuzumni tubdan o’zgartirish va yangilash, iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, uning siyosatdan ustunligini ta’minlash, davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, ya’ni islohotlar tashabbuskori bo’lishi va ularni muvofiqlashtirib borishi, qonun ustivorligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil olib borish tamoyillariga asoslanadigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishdan iboratdir.

Biz islohotlarni inqilobiy usulda, ya’ni “shok terapiyasi” yo’li bilan amalga oshirishdan ongli ravishda voz kechib, tadrijiy taraqqiyot yo’lini tanlab olganimiz tufayli xalqimizni qanday og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo’lgan iqtisodiy va ijtimoiy to’fonlardan asrab qolishga muvaffaq bo’lganimizni bugun hayotning o’zi tasdiqlab bermoqda.

Qariyb yigirma yillik mustaqil taraqqiyotimiz mobaynida O’zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o’sishi 3,5 barobarni, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,5 barobarni tashkil etdi.

Aholini ijtimoiy himoya qilish uchun yo’naltirilgan davlat xarajatlarining 5 barobar ko’paygani, onalar o’limi 2 barobardan ko’proq, bolalar o’limi 3 barobar kamaygani, odamlarning o’rtacha umr ko’rishi 67 yoshdan 73 yoshga, jumladan, ayollarning o’rtacha umr ko’rishi 75 yoshga yetdi.

2008-2010 yillarda, ya’ni dunyoning aksariyat mamlakatlarida iqtisodiy o’sish sur’atlari sezilarli ravishda tushib ketgan, ishlab chiqarish pasaygan bir vaqtda O’zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o’sish sur’atlari 2008 yilda 9 foizni, 2009 yilda 8,1 foizni tashkil etgani, 2010 yilda bu ko’rsatkich 8,5 foizga yetishi kutilayotgani, kelgusi 2011 yilda esa 8,3 foiz darajasida bo’lishi belgilab berilayotgani ko’pgina xalqaro tuzilmalar, ekspert va mutaxassislarda katta qiziqish uyg’otmoqda.

Sobiq tuzum davrida respublikamizning iqtisodiyoti bir tomonlama rivojlangan, faqat xom ashyo yetishtirishga yo’naltirilgan bo’lib, mash’um salbiy oqibatlarga olib kelgan paxta yakkahokimligi avjiga chiqqan edi. O’zbekiston o’zining qoloq ishlab chiqarish va sotsial infratuzilmasi bilan sobiq ittifoqda jon boshiga iste’mol darajasi bo’yicha eng past o’rinda turardi.

Barchamiz bir haqiqatni o’zimizga aniq tasavvur etishimizni istardim. Ya’ni erishilgan bunday marralar – barqaror rivojlanib borayotgan iqtisodiyotga asoslangan, ochiq demokratik huquqiy davlat qurish, inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari so’zda emas, amalda oliy qadriyat darajasiga ko’tarilgan, jahon miqyosida obro’-e’tibor qozongan jamiyat barpo etish borasida biz o’z oldimizga qo’ygan yuksak maqsadga qaratilgan uzoq va murakkab yo’l.

Mustaqil taraqqiyotimizning o’tgan davrida amalga oshirgan ishlarimizni sarhisob qilar ekanmiz, ularni haqqoniy baholash va islohotlar dasturiga ma’lum o’zgartishlar kiritish bilan birga, birinchi navbatda ertangi kun talablaridan kelib chiqqan holda, mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilish yo’lidagi izchil harakatlarimizni kuchaytirishimiz, ularni yangi, yanada yuqori bosqichga ko’tarishimiz darkor.

Bugungi kunga kelib biz o’z oldimizga qo’ygan asosiy maqsadimizga erishdik, deb aytish uchun barcha asoslarimiz bor.

Buning tasdig’ini mamlakatimizni isloh etish va demokratlashtirish jarayoni hech qachon ortga qaytmaydigan, qat’iy va izchil tus olgani, odamlarimiz o’zgarib, ularning siyosiy va fuqarolik faolligi oshayotgani, ongu tafakkuri yuksalib, yon-atrofga bo’layotgan barcha voqea-hodisalarga daxldorlik tuyg’usi, ertangi kunga ishonchi ortib borayotgani misolida ko’rish qiyin emas.

Mustaqillik yillarida bosib o’tgan yo’limiz va to’plagan tajribamizni xolisona baholash, qo’lga kiritgan yuksak marralarimizni tahlil etish mamlakatimizni tadrijiy va bosqichma-bosqich rivojlantirish bo’yicha biz tanlagan modelning naqadar to’g’ri ekanini va shu yo’ldan bundan buyon ham og’ishmay qat’iyat bilan borishimiz zarurligini yaqqol ko’rsatmoqda.




  1. Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish

Mahlumki, o’tgan davr mobaynida mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar o’ta muhim bir maqsadga, ya’ni hokimiyatlar bo’linishi konstitutsiyaviy printsipini hayotga izchil tatbiq etish, hokimiyatlar o’rtasida o’zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakolatlari hamda nazorat vazifalarining rolini kuchaytirish, sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta’minlash bo’yicha g’oyat dolzarb chora-tadbirlarni ko’rishga qaratilgan edi.

Bu jarayoda markaziy ijro etuvchi hokimiyatning boshqaruv tuzilmalari va ma’muriy organlarning vazifalarini o’zgartirishga, ularning boshqarish, tartibga solish va taqsimlash borasidagi vakolatlarini, xo’jalik tuzilmalari faoliyatiga bevosita aralashuvini keskin qisqartirishga katta e’tibor berildi. Boshqacha aytganda, ularning vakolatlarini bozor tamoyillariga muvofiqlashtirish va pirovard natijada davlatning iqtisodyotni boshkarishdagi rolini jiddiy kamaytirish ko’zda tutilgan edi.

Boshqaruv sohasini markazlashtirish cheklash, bu boradagi vazifalarning bir qismini respublika darajasidan viloyat, tuman va shahar miqyosiga o’tkazish, O’zbekistonda mahalliy o’zini o’zi boshqarishning noyob shakli bo’lgan mahalla tizimini shakllantirish masalalariga katta ahamiyat qaratildi.

Ikki palatali milliy parlamentimizni tashkil etish masalasi bo’yicha 2002 yil 27 yanvarda o’tkazilgan referendum yakunlari va shu asosda “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy printsiplari to’g’risida” gi konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi qonun chiqaruvchi hokimiyatni tubdan isloh qilishning asoslarini belgilab berdi.

Milliy parlamentimizning rivojlanishida yangi parlament va uning har bir palatasining maqomi, vakolatlari va faoliyati mexanizmlari aniq belgilab berilgan “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to’g’risida” gi konstitutsiyaviy qonunlarning 2003 yilda qabul qilinishi alohida ahamiyat kasb etadi.

2007 yilda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan mamlakat Prezidenti bir vaqtning o’zida ijro etuvchi hokimiyat boshlig’i ekanini belgilaydigan normaning chiqarilishi ushbu davrdagi muhim siyosiy-huquqiy voqealardan biri bo’ldi.Bugungi kunda Konstitutsiyamizning 89-moddasida “O’zbekiston Respublikasing Prezidenti davlat boshlig’idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi” degan qoida belgilab qo’yilgan.

Ilgari O’zbekiston Respublikasing Prezidenti egallab turgan Vazirlar Mahkamasi raisi lavozimining tugatilishi ham liberallashtirish va demokratlashtirish yo’lida muhim qadam bo’ldi. Qabul qilingan qonunlarga muvofiq endilikda Bosh vazir nafaqat Vazirlar Mahvamasi faoliyatini tashkil etadi, balki unga rahbarlik qiladi va uning ishi samaradorligi uchun shaxsan javob beradi, Vazirlar Mahvamasi majlislariga raislik qiladi, hukumat hujjatlarini imzolaydi, davlat va xo’jalik boshqaruvi masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi.

Hozirgi paytda mamlakatimiz aholisining siyosiy-huquqiy madaniyati va ijtimoiy ong darajasining o’sib borishi, jamiyatni demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlarining jadal rivojlanishi, yurtimizda ko’p partiyaviylik tizimining tobora mustahkamlanishi davlat hokimiyatining uchta subhekti, ya’ni davlat boshlig’i bo’lgan Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o’rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yuzaga keltirmoqda.

Yuqoridagilar asosida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga quyidagicha o’zgartirish kiritish taklif etildi:

- Bosh vazir nomzodi Qonunchilik palatasida ko’p yoki teng ovoz olgan siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi.

- Prezident bu nomzodni ko’rib chiqqandan so’ng 10 kun ichida Oliy Majlis palatalarida ko’rib chiqish va tasdiqlash uchun taklif etadi.

- Palatalar deputatlarining yarmidan ko’pi yoqlab ovoz bersa nomzod tasdiqlangan hisoblanadi.

- Vazirlar Mahkamasining a’zolari Prezident tomonidan tasdiqlanadi.

- Qonunchilik palatasi va Bosh vazir o’rtasida ziddiyat kuchaysa, palata deputatlarining uchdan biri tomonidan Prezidentga taklif kiritilsa, Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi va palatalar deputatlarining uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi.

- So’ngra Prezident Bosh vazirni lavozimidan ozod etish haqida qaror qabul qiladi.Vazirlar Mahkamasi a’zolari ham istehfoga chiqadi.

- Yangi Bosh vazir nomzodi Prezident tomonidan Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraktsiyalari bilan maslahatlashuvdan Oliy Majlis palatalariga muhokamaga qo’yiladi.

- Bu nomzod Oliy Majlis tomonidan ikki marta rad etilsa Prezident Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va Oliy Majlisni tarqatib yuboradi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga kiritilayotgan ushbu o’zgartishlarning mazmun-mohiyati shundan iboratki, ularga ko’ra, Bosh vazir lavozimiga nomzod ko’rsatish va uni tasdiqlashning yanada demokratik printsiplarini ifodalaydigan yangi tartibi o’rganilmoqda. Shuningdek, Konstitutsiyaga kiritilayotgan bu o’zgartishlarga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumini bildirish huquqi berilmoqda. Ayni vaqtda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish huquqi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari doirasidan chiqilmoqda.

Shuningdek Konstitutsiyaning 96-moddasi ham o’zgartirilib, Prezident o’z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari Senat Raisiga yuklatiladi va uch oy ichida Prezident saylovi o’tkaziladi, deb qo’shib qo’yildi.

Konstitutsiyaning 78 va 93-moddalariga 8, 12, 15, 16-bandlariga o’zgartishlar kiritildi.

Saylovlarda yutib chiqqan siyosiy partiya taqdim etgan Bosh vazir nomzodining Parlament tomonidan ko’rib chiqilishi va tasdiqlanishi haqidagi kanstitutsiyaviy tartibning belgilanishi, hukumatga nisbatan ishonchsizlik votumi institutining joriy etilishi va siyosiy tizimni modernizatsiya qilish jarayonida amalga oshirilishi lozim bo’ladigan boshqa qator chora-tadbirlar o’z mazmun-mohiyati bilan mamlakatimizni isloh etish va demokratlashtirishning yangi bosqichini boshlab beradi.

Mazkur islohotlarning muvaffaqiyati, avvalambor, mamlakatimizni yanada demokratlashtirish va liberallashtirish yo’lidagi sa’y-harakatlarimiz sur’atiga, fuqarolarimizning ijtimoiy-siyosiy faolligiga, ularning siyosiy va huquqiy madaniyatining yuksakligiga siyosiy partiyalarning yetuklik darajasiga, ularning O’zbekistonimiz taqdiri va kelajagiga daxldor bunday ulkan mas’uliyatli vakolatlarni o’z zimmasiga olishga qay darajada tayyor ekaniga bevosita bog’liqdir.




  1. Sud-huquq tizimini isloh etish

Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi boqichdagi yo’nalishlaridan biri, bu – qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir. Bir so’z bilan aytganda, yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi vazifa bo’lib qolmoqda.

Avvalo, sud hokimiyatini bosqichma-bosqich mustahkamlab borish, sudning mustaqilligini ta’minlash, uni sobiq tuzumda bo’lgani kabi qatag’on quroli va jazolash idorasi sifatidagi organ emas, balki inson va fuqaro huquq va erkinliklarini ishonchli himoya va muhofaza etishga xizmat qiladigan tom ma’nodagi mustaqil davlat institutiga aylantirishga qaratilgan keng ko’lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Hokimiyatlar bo’linishiga oid konstitutsiyaviy printsipni izchil amalga oshirish maqsadida “Sudlar to’g’risida” gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi, shuningdek, bu davrda jinoyat-protsessual, fuqarolik-protsessual qonunchiligiga tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Bu esa o’z navbatida sud tizimini ijro etuvchi hokimiyat organlari nazorati va ta’siridan chiqarish imkonini berganini alohida ta’kidlash lozim.

Umumiy yurisdiktsiya sudlari ixtisoslashtirilib, fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha sudlar tashkil etildi. Bu o’z navbatida ularning jinoyat va fuqarolik ishlarini malakali asosda ko’rib chiqish, inson huquq va erkinliklarini to’la va har tomonlama himoya qilish bo’yicha faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.



Fuqarolarning sud orqali himoyalanish kafolatlari jiddiy tarzda kuchaytirildi, ushbu kafolatdan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishni ta’minlash bo’yicha katta ko’lamdagi chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Aynan ushbu davrda kassatsiya instantsiyasi isloh qilinib, sud ishlarini qayta ko’rishning apellyatsiya tartibi joriy etilgani ham muhim yangilik bo’ldi. Mazkur o’zgarishlarga muvofiq endilikda apellyatsiya instantsiyasi ishni yangitdan ko’rib chiqishga yubormasdan, uni o’zi to’la hajmda ko’rib chiqishi mumkin.

Bugungi kunda fuqarolar qonuniy kuchga kirgan birinchi instantsiya sud qaroridan norozi bo’lgan taqdirda, o’z huquq va qonuniy manfaatlarini kassatsiya instantsiyasida, o’z advokati ishtirokida yashirin, yopiq tarzda ko’rib chiqish tartibi batamom tugatilganini ta’kidlash lozim. Amalga oshirilgan o’zgarishlar tahlili shuni ko’rsatadiki, joriy etilgan yangiliklar birinchi instantsiya sudlari tomonidan yo’l qo’yilgan xatolarni o’z vaqtida tuzatish, sud faoliyatida sansalorlikka yo’l qo’ymaslikning muhim kafolatiga aylandi.

Shu borada quyidagi raqamlarga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Agar 2000 yilda sud xatolarining deyarli yarmi nazorat tartibida tuzatilgan bo’lsa, 2009 yil yakunlariga ko’ra, bunday holatlarning 85 foizdan ortig’i apellyatsiya va kassatsiya tartibida bartaraf etilgan.



Hozirgi vaqtda mamlakatimizda prokuror va advokatning tengligini, jinoyat va fuqarolik ishlari bo’yicha sud faoliyatining barcha bosqichlarida o’zaro tortishuv bo’lishini ta’minlashga, odil sudlovning sifati va tezkorligini oshirishga qaratilgan keng ko’lamli chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

2008 yilda “advokatura instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida” Qonun qabul qilinib, advokatura mustaqilligini mustahkamlashga oid qo’shimchalar kiritildi. Himoyachiga davlat organlari va mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda malakali yuridik yordam berish huquqi berildi.



Shuni alohida qayd etish lozimki, jinoiy-huquqiy sohadagi siyosatni takomillashtirishda jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini yanada liberallashtirish va insonparvarlik tamoyillariga muvofiqlashtirish eng muhim yo’nalishga aylandi.

Ushbu sohada amalga oshirilgan chora-tadbirlar, xususan, 2001 yilda “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish haqida” gi Qonunning qabul qilinishi ulkan sotsial va ijtimoiy-siyosiy ahamiyat kasb etganini ishonch bilan ta’kidlash lozim.



Mazkur Qonunga ko’ra, jinoyatlarning tasnifi o’zgartirildi. Buning natijasida og’ir toifadagi jinoyatlarning qariyib 75 foizi ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan va uncha og’ir bo’lmagan jinoyatlar toifasiga o’tkazildi.

Iqtisodiyot sohasidagi jinoyat ishlari bo’yicha qamoq va ozodlikdan mahrum etish jazolari o’rniga jarima shaklidagi iqtisodiy sanktsiyani qo’llash imkoniyati ancha kengaytirildi. Jinoiy jazo tizimidan insonparvarlik tamoyillariga mutlaqo zid bo’lgan mol-mulkni musodara qilish tarzidagi jazo turi chiqarib tashlandi.

Shuningdek, Jinoyat kodeksining 11 ta moddasiga yetkazilgan moddiy zararni o’rni qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo’llanmasligi haqidagi qoidalar kiritildi.

Jinoiy jazolarni liberallashtirish borasidagi bunday choralar natijasida O’zbekistonda hozirgi kunda qamoqdagilar soni jahon miqyosida eng past ko’rsatkichni, ya’ni har 100 ming nafar aholiga 166 kishini tashkil qiladi. Qiyoslash uchun aytish mumkinki, Rossiyada bu ko’rsatkich 611 kishini, AQShda 738 kishini tashkil etadi. Mamlakatimizda so’nggi o’n yilda ozodlikdan mahrum qilish joylarda saqlanayotgan mahbuslar soni ikki barobardan ko’proq kamayganining o’zi ham bu sohada olib borilayotgan islohotlarimizning qanday ijobiy natijalar berayotganidan dalolatdir.



Mahlumki, O’zbekistonda 2008 yilning yanvaridan boshlab o’lim jazosi bekor qilindi va uning o’rniga umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazo turi joriy etildi.

Xalqaro ekspertlarning bu boradagi qiyosiy tahlillari shuni ko’rsatmoqdaki, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi Germaniya va Polg’shada 5 ta, Belg’giya va Rossiyada 6 ta, Daniyada 9 ta, Shvetsiyada 13 ta, Frantsiyada 18 ta, Gollandiyada 19 ta jinoyat turi bo’yicha tayinlanishi mumkin.

O’zbekistonda esa umrbod ozodlikdan mahrum qilish favqulodda jazo chorasi bo’lib, faqat ikki turidagi jinoyat, ya’ni javobgarlikni og’irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o’ldirish va terrorizm uchun tayinlanadi. Ushbu jazo turi bizning mamlakatimizda xotin-qizlarga, jinoyat sodir etgan paytda 18 yoshga yetmagan shaxslarga va yoshi 60 dan oshgan erkaklarga nisbatan qo’llanilishi mumkin emas.

Mamlakatimizda o’tgan davr mobaynida dastlabki tergov bosqichida sud nazoratini kuchaytirish, mazkur sohada sud faoliyatini liberallashtirish bo’yicha ham keng ko’lamli chora-tadbirlar ko’rilganini ta’kidlash lozim.



Bu borada “Xabeas korpus” institutining joriy etilishi, ya’ni 2008 yilda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanktsiya berish huquqi prokurordan sudga o’tkazilishi printsipial qadam bo’ldi. Ushbu qarorning o’z vaqtida va puxta o’ylab qabul qilingani bugungi kunda ko’pgina amaliy misollarda o’z isbotini topmoqda. Mazkur institutning amaliyotga tatbiq etilishi insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari, uning daxlsizligini himoya qilishda muhim omil sifatida namoyon bo’lmoqda. Ushbu institut joriy etilgan 2008 yilning yanvaridan buyon sudlar tomonidan dastlabki tergov organlariga 700 martadan ortiq holatda mazkur ehtiyot chorasini qo’llash rad qilingani ham buni yaqqol tasdiqlab turibdi.

Mamlakatimizda jinoiy-huquqiy sohani liberallashtirish borasidagi islohotlar haqida gapirganda, jinoyat-protsessual qonunchiligimizga kiritilgan o’zgartishlarga muvofiq tergov va shaxsni qamoqda saqlash muddatlari qisqartirilganini ta’kidlash lozim.

Shuningdek, huquqni qo’llash va sud amaliyotiga 2001 yildan boshlab yarashuv instituti kiritildi va u samarali faoliyat ko’rsatmoqda. Yarashuv institutining talabiga ko’ra, ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan jinoiy qilmishni sodir etgan shaxs jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni to’liq qoplab bergan taqdirda, jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.

Shu borada yana bir misolga e’tibor beraylik. Yarashuv institutining joriy etilishi natijasida o’tgan davr mobaynida 100 ming nafarga yaqin fuqaro jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.

So’nggi yillarda yurtimizda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylikni ta’minlash borasida jiddiy ishlar amalga oshirilmoqda. Birinchi navbatda, prokuratura faoliyatini isloh qilish, uni sobiq tuzum davrida bo’lganidek partiyaviy elita qo’lidagi jazolash quroli emas, balki qonunlarning qat’iy ijro etilishini, mamlakatimizda demokratik islohotlarning izchil rivojlanishini, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlaydigan organga aylantirish bo’yicha salmoqli ishlar qilindi.

Masalan, 2001 yilda yangi tahrirda qabul qilingan “Prokuratura to’g’risida” gi Qonunga muvofiq fuqarolar prokuror nazorati obhektlari qatoridan chiqarildi. Ayni paytda prokuraturaning inson huquq va erkinliklari, uning qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash uchun mas’uliyati oshirildi.

Shuningdek, sud qarorlari ijrosini to’xtatib turish huquqi prokuratura vakolatlari doirasidan chiqarildi. Tuman va shahar prokurorlarining esa tergov va ayblanuvchini qamoqda saqlash muddatlarini uzaytirish huquqlari bekor qilindi.

Bugungi kunda siyosiy, iqtisodiy, davlat-huquqiy munosabatlarning butun tizimini modernizatsiya qilish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, inson huquq va erkinliklarini himoya etish bo’yicha oldimizda turgan keng ko’lamli vazifalar sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish masalasini kun tartibiga qo’yayotganini biz o’zimizga albatta yaxshi tasavvur etamiz.

Prezident o’z ma’ruzasida sud-huquq tizimini isloh etish borasida 8 ta taklifni ilgari surdi :

1. “Normativ-huquqiy huquqiy hujjatlar to’g’risida” gi Qonunning yangi variantini qabul qilib, normativ-huquqiy hujjatlarning qonunlarga, sotsial iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlar ehtiyojlariga moslash.

2. Jinoyat kodeksining 29 va 31 boblariga o’zgartish kiritib, lavozimidan chetlashtirish kabi majburlov choralari faqat sudyaning sanktsiyasi asosida bo’ladi.

3. Jinoyat protsessual kodeksining 439 moddasiga o’zgartirish kiritilib, ish bo’yicha ayblov xulosasini o’qib eshittirish prokuror zimmasiga yuklatiladi.

4. Jinoyat protsessual kodeksining 321 moddasidan sudning jinoyat ishi qo’zg’atishga doir vakolatini chiqarib tashlash. Chunki, sud ayblovning qonuniy va asosli ekanini baholab beradi.

5. “Tezkor-qidiruv faoliyati to’g’risida” gi Qonunni qabul qilish.

6. “Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksni har tomonlama qayta ishlash. 1994 yildan buyon 60 martadan ortiq o’zgarishlar kiritildi. Bunda qonunbuzarlik holatlarini jinoiy yurisdiktsiyadan ma’muriy yurisdiktsiyaga o’tkazish ahamiyatga ega.

7. Jahon tajribasini inobatga olib adliya organlarining rolini kuchaytirishga yangi mexanizmlarni yaratish, qonun ustivorligini ta’minlashda ular mas’uliyatni oshirish.

8. Fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish.

Shu munosabat bilan, bugungi siyosiy-huquqiy voqelikni hisobga olgan holda, mamlakatimizda huquqiy ta’lim va ma’rifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar targ’ibotini tubdan yaxshilashga yo’naltirilgan maqsadli keng ko’lamli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish zarur. Ushbu dasturning amalga oshirilishi aholining inson huquq va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo’lishini, fuqarolarda qonunga itoatkorlik tuyg’usining yanada ortishini ta’minlaydi, deb o’ylayman.


    • => Mavzu bo‘yicha olgan bilimlaringizni quyidagi mashqni bajarish orqali tekshiring

    • Fikringizni bayon eting Тест

Savollarga yozma ravishda javob bering.

1. Ikki palatali parlamentning faoliyati va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy isloh etish muammolarini ko’rsating .

2. Parlamentning, siyosiy partiyalarning markazda va joylarida ijro etuvchi xokimiyat idoralarini shakllantirishdagi roli nimada?


    • Hurmatli ta'lim oluvchilar bo'lim bo'yicha olgan bilimlaringizni quyidagi test topshiriqlarini bajarish orqali tekshiring.

    • Dolzarb mavzu bo'limi bo'yicha test savollari Тест

Test savollari

1.O’zbekistonda umrbod ozodlikdan mahrum qilish Jinoyat Kodeksining nechta moddasi bilan tayin etiladi?

a. 5 ta b. 2 ta c. 3 ta d. 4 ta

2.Prezident Islom Karimovning “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobi qaysi yillar voqealari va jarayonlarini yoritib bergan?

a. 1988- 1990 yillar b. 1990- 1992 yillar c. 1989- 1991 yillar d. 1987- 1989 yillar

3.O’zbekistonning tadrijiy rivojlanish yo’lini tanlaganligi qanday ijobiy oqibatlarga olib keladi?

a. Iqtisodiy va ijtimoiy to’fonlardan asrab qoldi

b. Barchasi to’g’ri

c. Iqtisodiy bo’hronlarga

d. Islohotlarning inqilobiy usuliga olib keldi

4.Rivojlangan mamlakatlarda davlatning tashqi qarzi ko’payib borayotgan bir paytda O’zbekistonning tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotning necha foizidan oshmaydi?

a. 10 foizidan b. 14 foizidan c. 12 foizidan d. 15 foizidan

5.Boshqaruv sohasi va vazifalarining bir qismini respublika darajasidan viloyat, tuman va shahar miqyosiga o’tkazish nimaga olib keladi deb o’ylaysiz?

a. Markaziy hokimyatning zaiflashuviga

b. Bu noto’g’ri siyosat bo’lardi

c. Boshqaruv sohasini markazlashtirishni cheklashga

d. Mahlum ma’noda siyosiy tarqoqlikka

6.Respublikamizda davlat hokimiyatining uchta subhektini kimlar tashkil etadi?

a. Respublika Prezidenti, Sud hokimyati, mahalliy hokimyat idoralari

b. Vazirlar mahkamasi, Oliy Majlis, Prezident devoni

c. Davlat boshlig’i bo’lgan Prezident qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatj

d. Barchasi to'g'ri

7.Sud hokimiyatini isloh qilishni chuqurlashtirishdan ko’zlangan maqsad nima?

a. Barchasi to’g’ri

b. Mamlakatda huquqbuzarlik va jinoyatchilikni batamom tugatish

c. Sudni inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya etadigan davlat institutiga aylantirish

d. Jazolash idorasi sifatidagi rolini yanada oshirish va mustahkamlash

8.O’zbekistonda 2010 yil holatiga qamoqdagilar soni har 100 ming aholiga necha kishini tashkil etadi?

Выберите один ответ:

a. 146 kishini b. 172 kishini c. 166 kishini d. 150 kishini

9.Yarashuv instituti talabiga ko’ra jinoyatchi shaxs qanday vaziyatda javobgarlikka tortilmaydi?

a. Agar aybdorni ushlay olmasa

b. U jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni to’liq qoplasa

c. To’g’ri javob yoq

d. Sud-huquq idoralari uni javobgarlikka tortishga da’vogarlik qilishmasa

10.Yurtimizda davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlar qanday asoslarda o’tkaziladi?

a. Deputatlikka nomzodlar davlat hokimyati ijro organlari tomonidan ko’rsatiladi

b. Ko’ppartiyaviylik asosida o’tkaziladi

c. Saylovlarning tashabbuskor guruhlari ishtirokida o’tkaziladi

d. Barchasi to’g’ri

11.2009 yilda mamlakatimizning Yalpi ichki mahsuloti va sanoat sohasi necha foizga o’sdi?

a. 8,1 va 9 foizga b. 9 va 10 foizga c. Barchasi to'g'ri d. 7,2 va 8,1 foizga

12.Tashqi siyosatda O’zbekistonning asosiy maqsadi nimada deb o’ylaysiz?

a. Ko’p vektorlik siyosati

b. To'g'ri javob yo'q

c. Bir tomonlama siyosat

d. O’zbekistonning manfaati

13.O’zbekistonda mustaqillik g’oyasi, mustaqillikka erishish masalasi qachon kun tartibiga qo’yila boshlandi deb hisoblaysiz?

a. 1990 yil 20 iyun, Mustaqillik Deklaratsiyasi e’lon qilingach

b. 1985 yildan, sobiq ittifoqda qayta qurish boshlangach

c. 1989 yil, Islom Karimov O’zbekistonning birinchi rahbari etib tayinlangan vaqtdan

d. 1990 yil 24 mart respublikada Prezident boshqaruvi joriy etilgach.

14.Mustaqillik yillarida mamlakat hukumatining iqtisodiy strategiyasida quyidagi bosh vazifa belgilangan edi.

a. To'g'ri javob yo'q

b. Iqtisodiy yuksalishning asosi sifatida makroiqtisodiy barqarorlikka erishish

c. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va uni xususiylashtirish

d. Ishlab chiqarishda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, importni qisqartirish

15.O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi kim tomonidan taklif etiladi?

a. Oliy Majlis Qonunchilik deputatlari tomonidan

b. Oliy Majlis Senati tomonidan

c. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan

d. Oliy Majlisda eng ko’p deputatlik o’rnini egallagan siyosiy partiya yoki teng o’ringa ega bo’lgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan

16.O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qanday vaziyatda tarqatib yuboriladi?

a. Oliy Majlis tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki marta rad etilganda

b. Oliy Majlis palatalari o’rtasida ixtilof avj olganda

c. Parlamentning faoliyati qoniqarsiz deb baholanganda

d. Oliy Majlis xech qachon tarqatib yuborilmaydi

17.Bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari sonini aniqlang

a. 5000 ta b. 4500 ta c. 5100 ta d. 4700 ta

18.1991-2000 yillar mobaynida yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda nimalarga e’tibor qaratildi?

a. Milliy davlatchiligimizni tiklashga

b. Bozor iqtisodiyoti asoslarini shakllantirishga

c. Mahmuriy-buyruqbozlik tizimiga barham berishga

d. Barchasi to'g'ri

19.Sobiq ittifoq davrida O’zbekiston kishi boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha mamlakatda nechanchi o’rinda turardi?

a. ’rinda b. 10-o’rinda c. 12-o’rinda d. 14-o’rinda

20.XX asrning 80 yillari oxirlarida O’zbekistonda maktab va kasalxonalarning necha foizi nobop binolarda joylashtirilgan edi?

a. 60 foizi b. 30 foizi c. 50 foizi d. 40 foizi

21.Mahlumki,1989 yil 17 avgustda O’zbekiston hukumatining yig’ilishida aholiga tomorqa va shaxsiy uchastkalar ajratish masalasi muhokama qilindi va qishloqda yashovchi har bir kishiga o’rtacha necha sotixdan yer ajratiladigan bo’ldi va tomorqa maydonlari necha barobar oshdi?

Выберите один ответ:

a. 12 sotix, 4 barobar b. 20 sotix, 3,5 barobar c. 25sotix, 4,5 barobar d. 16 sotix, 2 barobar

22.O’zbekistonda respublika Prezidenti lavozimi joriy etilgan sanani aniqlang

Выберите один ответ:

a. 1989 yil 12 fevral b. 1991 yil 15 avgust c. 1991 yil 10 iyul d. 1990 yil 24 mart

23.Prezident Islom Karimovning “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobida mustaqilligimizning poydevori qo’yilayotgan davrdagi qanday dolzarb masalalar o’z ifodasini topgan?

a. aholini ijtimoiy muhofaza qilish, iqtisodiyotni tubdan isloh qilish

b. inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, milliy armiyani shakllantirish va boshqalar

c. tinchlik va barqarorlikni saqlash, millatlararo hamjihatlikni asrash

d. barchasi to’g’ri

24.Prezident Islom Karimovning “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobida ko’tarilgan dolzarb masalalar qatorini toping.

a. XX asrning 80 yillari oxirlarida O’zbekistondagi mavjud ijtimoiy -iqtisodiy va siyosiy ahvol tahlili

b. barchasi to'g'ri

c. aholi turmushini yaxshilash yo’lidagi tadbirlar

d. respublika iqtisodiyotini tiklash borasidagi ishlar

25. “O’zbek modeli” taraqqiyot yo’lining ma’no-mazmunini nechta tamoyil tashkil etadi?

a. 6 ta b. 7 ta c. 5 ta d. 4 ta



    • Olis va yaqin tariximiz shuni ko‘rsatadiki, xalqimiz doimo ma’naviy jasorat hissi bilan yashagan va bu ulug‘ tuyg‘u uning hayotida yillar, asrlar o‘tgani sayin tobora kuchayib, yuksalib bormoqda. Chunki xalq ma’naviyati shunday bir buyuk ummonki, har qaysi avlod undan kuch-qudrat, g‘ayrat va ilhom olib, o‘zining naqadar ulkan ishlarga qodir ekanini namoyon etadi. Ushbu bo‘limda berilgan ma’lumotlar Sizlarga kelgusida yosh avlodni tarbiyalashdek ulkan vazifani ado etishlaringizda yordam beradi.

    • §Milliy istiqlol mafkurasi konsepsiyasi Файл
1   2   3   4   5


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət