Ana səhifə

Ijtimoiy fanlar bloki Dolzarb mavzu Toshkent-2013 Ijtimoiy fanlar bloki


Yüklə 387.5 Kb.
səhifə5/5
tarix26.06.2016
ölçüsü387.5 Kb.
1   2   3   4   5

III.1. §3. Milliy istiqlol mafkurasi konsepsiyasi


Mustaqillik tufayli boshlangan buyuk tarixiy taraqqiyot yo’lidan og’ishmay olg’a rivojlanib borayotgan O’zbekiston Respublikasi oldida endilikda bir qancha muhim vazifa va muammolar turibdi.

O’zbekistonning hozirgi taqqiyot davri, bundan keyingi taraqqiyoti va istiqboli hamda mustaqilligining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, madaniy-ma’naviy zaminlarini yaratish va mustahkamlash uchun mafkura suv bilan havodek zarur. Buni hayotning o’zi ochiq-ravshan ko’rsatib turibdi.

O’zbekiston milliy istiqlol mafkurasi oldida buyuk maqsad-muddaolar, ajoyib vazifalar turibdi. Uning asosiy maqsadlaridan biri - O’zbekiston xududida yashovchi har bir fuqarolarni, har bir millat va elat kishilarini barkamol inson qilib tarbiyalash, mustaqillikning ongli fidoyiga aylantirishdir.

Milliy istiqlol g’oyasining nazariy-metodik asoslari Prezidentimiz I.A.Karimovning risolalari, ma’ruza va nutqlarida nazariy jihatdan ishlab chiqildi.

Bu asarlar quyidagilardan iborat:

“O’zbekiston-kelajagi buyuk davlat”, “O’zbekiston o’z istiqlol va taqqiyot yo’li”, “O’zbekiston siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari”, “Ijobiy ishlarimizni oxiriga yetkazaylik”, “Istiqlol va ma’naviyat”, “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”, “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda”, “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz”, “Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat qilsin”, “Milliy istiqlol mavkurasi xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir”, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” va boshqa asarlaridan iborat.

Jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bevosita uning ma’naviy rivojlanishi bilan chambarchas bog’liqdir. Shuning uchun ma’naviy-ahloqiy masalalarga hozirgi davrda alohida e’tibor berilmoqda.

I.Karimov o’zining “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” nomli asarida mustaqil O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-ahloqiy negizlarini belgilab berdi.

Bu negizlar:

1. Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik.

2. Õalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish.

3. Insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi.

4. Vatanparvarlik

lardan iboratdir.

Shuning uchun xalqning ma’naviy-ahloqiy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish O’zbekiston davlat va demokratik jamiyat qurishning eng muhim vazifasi hisoblanadi.

I.A.Karimov “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” kitobida qayd etgandek, iqtisodiy sohada milliy istiqlol mafkuramiz oldiga qo’ygan maqsadlar asosan quyidagilardan iborat:

- milliy boylikning ko’paytirishni respublika mustaqilligini, odamlarning munosib turmush va ish sharoitlarini ta’minlaydigan qudratli, barqaror va jo’shqin rivojlanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etish;(“Milliy istiqlol g’oyast: asosiy tushuncha va tamoyillar”, T. “O’zbekiston”, 2001-yil 21-bet).

- ijtimoiy jihatdan yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma bosqich shakllantirish, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni butun choralar bilan rivojlantirish, tadbirkorlikka erkinlik berish, tajribalar va iqtisodiy yangiliklarni rag’batlantirish, iqtisodiy omillar vositasini ishga solish, tayyorga ayyorlikni batamom tugatish;

- mulk egalari huquqlarini davlat yo’li bilan himoya qilishni ta’minlash va barcha mulkchilik shakli-shirkat, davlat, hususiy hamda mulkchilik shakllarining huquqiy tengligini qaror toptirish;

- iqtisodiyotni o’ta markazlashtirishga va hamda yakkahokimlikka barham berish, korxonalar va tashkilotlar mustaqilligini kengaytirish;

- mehnat qilish, dam olish, har yili haq to’lanadigan ta’tilga chiqish, ishsiz bo’lib qolgan taqdirda ijtimoiy muhofazaga bo’lgan konstitutsiyaviy huquqni amalga oshirish uchun bo’lgan zarur shart-sharoitlarni yaratish;

- tabiiy resurslardan ayovsiz foydalanishga, atrof muhitga ziyon yetkazishga va respublikamizdagi ekologik vaziyatning yomonlashuviga yo’l qo’ymaslik. Bu vazifalarning bajarilishini O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy jihatidan barqaror davlatlar qatoriga olib chiqish.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab berilganidek, “davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g’amxo’rlik qiladi”. “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”. T. “O’zbekiston” 1992- yil, 17-bet.

Bu g’amxo’rlikka javoban fuqarolar O’zbekiston xalqining tirixiy, ma’naviy va madaniy me’rosini avaylab - asrashga majburdirlar, deb ko’rsatilgan1.

Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarining pirovard natijasi aholining yuksak ongliligi va yangicha tafakkuriga bog’liqdir.

Prezidentimiz I.A.Karimov Milliy mafkuraning vazifasini shunday ta’riflaydi” xalqimizning asrlar osha yashab kelgan an’analari, urf-odatlari, tili va ruhi negiziga qurilgan milliy mustaqillik mafkurasi umuminsoniy qadriyatlar bilan mahkam uyg’unlashgan holda kelajakka ishonch tuygusini odamlar qalbi va ongiga yetishi, ularni Vatanga muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, halollik, mardlik va sabr-bardoshlikni, adolat tuyg’usini, bilim va ma’naviyatiga intilishni tarbiyalash yo’lida xizmat qilmog’i lozim. U davlat fuqorolarining buyuk maqsad yo’lida ma’naviy yaqinlashuviga ko’maklashmog’i kerak. Yangi mafkuraning asl ma’nosi eskicha “aqidalardan holi bo’lgan mustaqil va yangicha fikrlovchi kishilarni tarbiyalashdan iboratdir”.

Milliy istiqlol fanining hayotimiz uchun zarurligi Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi so’zlarida aniq ifoda etilgan: “Har qanday inson, tabiiyki, murod-maqsadsiz yashay olmaydi. Binobarin, toki hayot mavjud ekan, mamlakatlar, davlatlar va ularning manfaatlari bor ekan ular o’z taraqqiyot yo’lini, ertangi kuni farqlarini o’zining milliy g’oyasi, milliy mafkurasi orqali belgilab olishga intiladi”.

Siz bilan o’rganilayotgan “Milliy istiqlol g’oyasi” fanining predmeti mustaqil taraqqiyot jarayonida insonning e’tiqodi, dunyoqarashi, tafakkuri, harakatidan va fazilatlarini shakllantiradigan, ularga ta’sir etadigan ma’naviy-mafkuraviy asoslarni o’rgatadigan fandir.

Milliy istiqlol g’oyasining asosiy tushuncha va tamoyillari, mustaqillik yillarida to’plangan bilim va tajribamiz, xalqimizning boy ma’naviyati, milliy va umumbshariy qadriyatlar, zamonaviy taraqqiyot shartlari ana shu ma’naviy-mafkuraviy asoslarni tashkil etadi.

Biz uchun milliy istiqlol mafkurasining ahamiyati O’zbekiston Respublikasida mustaqillikni saqlash va mustahkamlayda, istiqlol bilan bog’liq bir qator muammolarni hal qilishda olimlarni, barcha ilg’or kuchlarni, yoshlarni, jamiki toifalar va guruhlarni safarbar etish va uyushtirishda mafkuraviy ishlarning ahamiyati muhimdir.

Milliy istiqlol mafkurasining ahamiyati yana shundan iboratki, u jamiyatimizning rivojlanishini, olg’a tomon harakat qilishini osonlashtiradi, millatni, barcha fuqarolarni umum maqsad yo’lida birlashtiradi.

Istiqlol mafkurasi butun O’zbekiston xalqining milliy ruhini, his-tuyg’usini, milliy g’urur va iftixorini, kuch-qudratini, orzu-intilishlarini mujassamlashtiradigan buyuk kuchdir.

Mustaqil O’zbekiston Respublikasini ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-mafkuraviy jihatidan rivojlantirish va mustahkamlash masalalari milliy istiqlol g’oyasida to’la o’z aksini topgan.

“Bizning bosh strategik maqsadimiz bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir”2.

Bu jamiyatda davlat xalq irodasini bajarib uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uliyatlidir. Yangilangan jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishini uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini tanlab olishni kafolatlashga qaratilgan.

Davlatimiz rahbari I.A.Karimov “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda” nomli kitobida qanday jamiyat, qanday davlat, qanday tuzim barpo etayotganimizni ko’rsatib bergan bo’lsa, “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasida uni amalga oshirishda milliy istiqlol mafkurasining tutgan o’rni va vazifalari ko’rsatilgan.

O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi eng avvalo diyorimizda yangi demokratik davlatning vujudga kelganligidan dalolat beradi. Mustaqil O’zbekiston dunyo xaritasida katta harflar bilan yozib qo’yiladigan bo’ldi. Bundan buyon biz o’z davlatimizning ichki va tashqi siyosatini o’zimiz belgilaydigan, o’z taqdirimiz, farzandlarimiz kelajagini o’zimiz hal etish imkoniga ega bo’ldik.





1 “O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi” T. “O’zbekiston” 1992-yil, 18-bet.

2 “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar”, T. “O’zbekiston”, 2001-yil, 20-bet

1   2   3   4   5


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət