Ana səhifə

Mundarija Ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari


Yüklə 1.57 Mb.
səhifə3/4
tarix25.06.2016
ölçüsü1.57 Mb.
1   2   3   4

Asoratlari
--perforatsiya

-- qon ketish

-- pilorik qism stenozi

--qo`shni organga penetratsiyalanishi

-- malignizatsiya

Perforatsiya “xanjarsimon” og`riq bilan xarakterlanib,keyinchalik o`tkir peritonit rivojlanishiga olib keladi

Qon ketish ko`pincha 12 barmoq ichak yarasida kuzatiladi. Ba`zan qon ketishni faqatgina axlatni yashirin qon ketishga tekshirgandagina aniqlash mumkin

Pilorik qism stenoi u ko`pincha 12 barmoq ichak yara kasalligida,kam hollarda me`dada bo`lganda kuzatiladi.bu jarayonni rivojlanishi bilan bemorlar ovqatlanish og`riqni kamaytirmay balki oshrishini sezishadi. Ko`proq xarakterli bo`lgan simptomlari –kop` miqdorda qusishbunda bemor ko`p miqdorda me`da shirasini yo`qotadi,bu esa gipoxloremiya va buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Yuzaki sirpanuvchi palpatsiyada epigastral sohada “shopillagan” shovqinni sezish mumkin. Stenoz sababi FEGDS va gistologik tekshirish uchun olingan biopsiya orqali aniqlanadi(bu me`da raki va pilorik qism gipertrofiyasini inkor qilish uchun)

Penetratsiya bu termin orqali infiltrlanuvchi-destruktiv protsessni me`da va 12 barmoq ichakning qo`shni organlar – jigar,me`da osti bezi,charviga o`tishi ta`riflanadi. Bunda tana haroratining subfebril oshishi,ECHT oshishi kuzatiladi.

Parhez
Ratsiondan dispeptik holat chaqiradigan va me`da sekretsiyasini oshiradigan mahsulotlar(o`tkir ziravorlar,konservalar,achahiq choy,kofe,alkogol,qovurilgan go`sht)chiqarish kerak

Bo`lakli ovqat qabul qilish (har 3-4 soatda),ya`ni 1 martalik ovqat hajmini kamaytirish me`da sekretsiyasini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. Chunki ovqat miqdori sekretsiyani stimullaydi parhez bilan bir vaqtda chekishni ham cheklash kerak


Davolash
Davolash ko`p hollarda murakkab. Yara bitishi uchun me`da shirasi kislotaligini neytrallash va MNSda qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlarini normallashtirish kerak
Eradikatsion terapiya
Helicobacter pylori aniqlangach davolash Helocobacter pylorini yo`qotishga(eradikatsiya)qaratiladi. Bugungi kunda eradikatsion davo 1-navbatdagi davo deb hisoblanadi. Qat`iy standartlashtirilgan sxema asosida davo olib boriladi,bunda 3 yoki 4 komponentli bakteriosid moddalar(tetrasiklin,klaritromitsin,metranidazol) va vismut va proton nasos ingibitorlari(omeprazol)dan foydalaniladi. Eradikatsiya 85-90 % bemorda yaxshi samara bergan,Helicobacter pylori retsidivlanishi kam kuzatilgan.
Xirurgik davo
Xirurgik davo konservativ davolash natija bermaganda va shoshilich holatlarfa (yara perforatsiyasi,profuz qon ketish,yaraning malignizatsiyasi,chandiq-yarali pilorik qism stenozida )asosiy davo metodi bo`lib sanaladi.
Ta`sirlangan ichak sindromi
Ta`sirlangan ichak sindromi – turg`un qator funksional buzilishlar yig`indisi bo`lib,unda og`riq yoki qorinda discomfort,defekatsiyadan so`ng ularning kamayishi,ich ketishining chastota va konsistensiyasii o`zgarishi bilan va 2 martadan kam bo`lmagan turg`un(yiliga 3 oydan kam bo`lmagan) ichak funksiyasining buzilish simptomlari kiradi.

  • ich ketishining chastotasining o`zgarishi

  • defekatsiya aktining o`zgarishi

  • kal konsistensiyasining o`zgarishi

  • kal bilan shilliq ajralishi

  • meteorizm

shunga e`tabor qaratish lozimki bu patalogik o`zgarishlar yo`g`on ichak funksiyasing buzilishi oqibatidir. Bunda yo`g`on ichakda morfologik o`zgarishlar sust namoyon bo`ladi
Klinik kechishi
Shikoyatlari

Bir qism bemorlarlarda spastic kechadigan qabziyat va qorinda og`riq bo`lsa,ba`zilarda suvsimon diareyaning normal ich o`tishi bilan almashinishi,o`g`riqsiz kechishi kuzatiladi. Ba`zi bemorlarda og`riqli qabziyat diareya bilan almashinadi,bu ko`pincha ertalablari,nonushtdan keyin kuzatiladi. Ertalabki suv va shilliqli 3-4-mahalli diareyadan so`ng bemor o`zini ku davomida yaxshi sezishi,uni diareya umuman bezovta qilmasligi mumkin. Bunday hodisalar bir necha hafta,hatto oy davriy davom etishi va noma`lum vaqtga to`xtashi mumkin. Disbakterioz rivojlanishi bilan ichakdagi bijg`ish va cherish tufayli meteorizm kuzatiladi.


Fizikal tekshiruv
Og`riq paytida qorin shishgan,peristaLtikaning kuchayish belgilari ko`rinmaydi. Pappatsiyada qorin yumshoq,chambar ichakning hamma qismida og`riq aniqlanadi. Sigmasimon ichak spazmga uchragan,qattiqlashgan,ko`r ichak ko`pincha shishgan va palpatsiyada quldirash aniqlanadi.
Diagnostika


  • qon analizida,bioximik tekshiruvda ham o`zgarishlar kuzatilmaydi

  • kalni tekshirish disbakterioz belgilarini aniqlashda yordam beradi

  • rentgenologik tekshiruvlar(irrigografiya,irrigoskopiya) da diskineziyaning o`ziga xos belgilarini: notekis to`lish va bo`shashish,spastic qisqargan va kengaygan ichak qismlarini ko`p miqdorda ichak bo`shlig`iga sekretsiya ajratishini almashinishi

  • kolonoskopiya biopsiya bilan albatta o`tkaziladi,chunki bioptatlar ta`sirlangan ichak sindromini ichak yallig`lanishida farqlashga yordam beradi

bundan tashqari ta`sirlangan ichak sindromi diagnostikasi uchun butun oshqozon ichak traktini yallig`lanish va o`smaga inkor qilish uchun maxsus tekshiruvdan o`tkazish kerak


32.Gepatobiliar patalogiya bilan kasallangan bemorlarni so’rab-surishtirish,ko’zdan kechirish,palpatsiya,perkussiya. Asosiy klinik sindromlar: sariqlik,portal gipertenziya va jigar yetishmovchiligi.

Shikoyatlar.

Zimdan so’rab-surishtirish jigar xastaligi yuzaga kelishini erta bosqichlarda aniqlashga imkon beradi. Jgar va o’t yo’li xastaliklari uchun quyidagi shikoyatlar xarakterli:

Umumiy xarakterdagi shikoyatlar: ishtaha yomonligi,toliqish,ta’sirchanlik,bosh og’rig’i,potensiyaning susayishi,hayz siklining buzilishi

Tunda kuchayib va bemorni uyqudan mahrum qiladigan azobli teri qichishi

Sariqlik (ko’pincha ko’zdan kechirayotganda sariqlik aniqlanmaydi va uni anamnez yordamida aniqlash mumkin,bundan tashqari so’rab-surishtirish sariqlik xarakterini aniqlashda yordam beradi)

Qusiq massasi yoki najasda qonning paydo bo’lishi

Qorin o’lchamining kattalashuvi va bu bilan bog’liq holda tana massasining ortishi (to’planib qolgan suyuqlik hisobiga)

O’t ajratuvchi yo’llar patalogiyasida o’t suyuqligini oshqozon va qizilo’ngachga otilishi bilan bog’liq bo’lgan boshqa shikoyatlar ham uchraydi

Og’iz bo’shlig’ida noxsh,odatda achchiq ta’m

Yog’I va qovurilgan ovqatlar iste’molidan keying kekirish,ko’ngil aynishi va qusish.

Doimiy bo’lmagan najas (qabziyat ich ketishi bilan almashinadi),qorinning damlashi.

O’ng qovurg’a osti yoyi sohasida og’riq

Jigardan tashqari o’t yo’llari dimlanishi bilan bog’liq bo’lgan teri qichishi.
Umumiy xarakterdagi shikoyatlar
Toliqish,ta’sirchanlik va bosh og’rig’ining paydo bo’lishi M.A.S funksiyasi buzilishidan (jigar ensefalopatiyasi) yuzaga keladigan jigar asosiy funksiyalari buzilishi natijasidagi intoksikotsiya bilan bog’liq. Intoksikatsiya kuchayishi bilan bu belgilar ham zo’rayib boradi,bularga uyqu buzilishi (uyqu inversiyasi-tungi bedorlik va kunduzgi uyquchanlik) keyinchalik esa hushning yo’qolishi (jigar komasi) ham qo’shiladi
Qon ketishi.
Qusiq massasida qonning bo’lishi odatda qizilo’ngach kengaygan varikoz venalaridan qon ketgandan yoki jigar xastaliklari bilan tushuntiriladigan darvoza venasida qon dimlanishi bilan portal gipertenziyadan erroziv gastrit borligidan darak beradi. Bunday holat najasda qizil qon paydo bo’lishiga (gemmoraidal qon ketish) va najasning qorayish (melena). Qon ketish sababi erroziv gastrit,alkogol genezli gastrit, Mellori-Veys sindromi.

Og’riq.
O’ng qovurg’a yoyi ostida og’irlik va bosim bo’lishi bilan bemorlar og’riq hissini tushuntirishadi. Og’riq jigarni o’ragan qorin parda ta’sirlanishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin,masalan perigepatit (jigar o’smasi va absessi ) va perixolessistitda. Ular odatda intensiv xarakterda bo’lib yuqoriga qarab irradatsiyalanadi (o’ng yelka sohasiga),o’ng qovurg’a osti palpaysiyalanganda kuchayadi. Jigar kattalashuvi bilan bog’liq bo’lgan organ kapsulasining tortilishi ham og’riq simptomini hosil qiladi,bu ko’pincha dimlangan yurak yetishmovchiligi natijasida jigarda qon dimlanishining paydo bo’ladishida kuzatiladi.

Jigar va o’t yo’llari xastaliklarida uchraydigan og’riq quyidagi hotlarda ham bo’lishi mumkin:


O’t yo’llari diskineziyasi
O’t (jigarli) kolikasida o’t pufagi va o’t yo’llari silliq muskullarining spastik qisqarishi. Oxirgisi toshning o’t yo’llari bo’ylab siljiganda yuz beradi. Bu og’riqlar kutilmaganda yuzaga kelib,chidab bo’lmaydigan darajada bo’ladi,ko’pincha yuqoriga irradatsiyalanadi,bemorga yengillik bermaydigan ko’ngil aynishi va qusish bilan kuzatiladi

O’t pufagining surunkali yallig’lanishida bemorlar o’t pufagi nuqtasi va bo’yin sohasini to’sh-o’mrov-so’rg’ichsimon muskul oyoqchalari orasi-diafragmal nerv deb atakuvchi nuqtadadan o’ngda palpaysiya qilinganda kuchayadigan o’ng qovurg’a yoyi ostida noluvchi va bo’g’iq og’riqdan shikoyat qiladilar (frenikus simptomi).

Jigar kasalliklari bilan birga kuzatiladigan surunkali pankreatit,oshqozon va 12 barmoqli ichak yara kasalligi ham qorinda og’riq hosil qila oladigan sabab bo’ladi
Teri qichishi
Bu belgi jigar kasalliklariga xos bo’lib xolestaz bilan birga kuzatiladi. Teri qichishi avjiga chiqish darajasi (azob beruvchi,tunda kuchayuvchi,bemorni yqudan mahrum qiladi) jigar ichi va jigardan tashqari o’t yo’llari dimlanishi (xolestaz sindromida) sariqlik bilan birga kuzatiladi.
Sariqlik
Jigar kasalliklarida uchraydigan xarekterli belgidir. Uning yuzaga kelishini bilish uchun quyidagil savollarni bilish kerak:

Qachon sariqlik yuzaga kelgan va qanchalik darajada rivojlangan?

Bemor qornida og’riq, anoreksiya, ko’ngil aynishi, qusishni his qilganmi?

Bemor harorat oshganmi,teri qichishi,tana massasi pasayganmi?

Bemorga qon quyilganmi,unda tatuirovka bo’lganmi?

Bemor qanday dorilarni iste’mol qilganmi,nima maqsadda?

Peshob va najas rangi qanaqa?

Bemor qarindoshlari va brga yashaydigan yaqinlarida sariqlik bo’lganmi,qachon?

Bemor alkogol iste’mol qilganmi,qancha miqdorda,qachon?

Bemor shifokordan ko’p miqdorda alkogol iste’mol qilganini yashirayotgani sezilsa,maxsus CAGE so’rovnomasi o’tkaziladi

Jigarni asosiy fizikal tekshirish usuli bo’lib,xuddi boshqa organlardagidek-palpatsia, lekin unga umumiy ko’zdan kechirish, qorin bo’shlig’I a’zolari a’zolari taxminiy o’lchamini bilish uchun qorin bo’shlig’ini ko’zdan kechirish va perkussiya ham kiradi. Taloqni tekshirish jigar tekshirilgandan keyin amalga oshiriladi.
Umumiy ko’zdan kechirish
Umumiy ko’zdan kechirganda organism ozish darajasiga e’tibor berish kerak bu holat dekompesirlangan sirrozda yoki jigar rakida kuzatiladi;bunda tana massasining pasaygani astit hisobiga kattalashgan qorin bilan birga kuzatiladi. Izolatsiyalangan astit sababini tushunish uchun qorin devorining kengaygan venalari ahamiyatga ega (‘’Meduza boshi’’),bu portal gipertenziya boshlanayotganini bilgiruvchi sabab bo’lib hisoblanadi. Turli etiologiyaga ega bo’lgan uzoq davom etayotgan jigar serrozida barmoq falangalarining o’zgarganini sezish mumkin,xuddi ‘’baraban tayoqchalari’’dek

Rivojlanib kechadgan jigarning ayrim kasalliklari (surunkali aktiv gepatit,aktiv davrdagi jigar serrozi),umumiy nospesifik sindromlar bilan kechadi-noinfeksion harorat,(bu kasalliklardan farqli ravishda o’tkir xolestistit,xolangit,jigar absessida harorat,infeksion bo’lib ko’pincha gektik,qaltirash va ter bilan kuzatiladi), artrit, tomir o’zgarishlari Reyno sindromi bilan(‘’o’lgan barmoqlar’’ sindromi), quruq sindrom hisoblanuvchi Shergen sindromi,so’lakning yetarlicha ishlab chiqarilmasligi (kserostomiya),ko’z yoshining kam bo’lishi (quruq keratokonyuktivit),tishlarning tarqalgan kariesi. Ba’zan jigar kasalliklari boshqa kasallikka xos bo’lgan boshqa belgilar bilan kechishi mumkin (masalan,sklerodermiya,sistemali qizil bo’richa,revmatoid artrit),faqatgina zimdan anamnezni o’rganish va tekshirish natijalari,shuningdek,biopsiya, jigarning birlamchi kasalliklarini jigardan tashqari kasalliklardan diagnoslashga yordam beradi

Jigar patalogiyasiga tipik bo’lgan belgilar maxsus termin ‘’jigar belgilari’’ ostida bo’lib, kichik hamda katta guruhlarga bo’linadi.
Jigarning kichik belgilari
Teleangioektaziya (‘’tomir yulduzchalari’’)

Palmar eritema

Og’iz hamda burun bo’shlig’I shilliq qavatiga qon quyilishlar,terida ekximoz va petixiya bo’lishi bilan kuzatiladigan gemmoragik sindrom

Ksantoma,ksantalazma

Ginekomastiya va jigarning alkogolli kasalliklariga oid boshqa belgilar (gigant parotid-quloq oldi bezining kattalashuvi,Dyupyuitren kontrakturasi-kaft aponevrozining fibroz-chandiqli to’lishi va barmoqlarni bukuvchi muskul quruqlashuvi,sclera tomirlarining inyesirlanganligi).

Kayzer-Flyasher halqasi Uilson-Konovalov kasalligi uchun xos.


Jigarning katta belgilari
Bu belgilarga sariqlik va gepatomegaliya kirib,jigarning asosiy sindromlari-portal gipertenziya,jigar-hujayra yetishmovchiligi,jigar ensefalopatiyasi,gepatoenal sindrom bilan birga kuzatiladi.
Qorinni umumiy ko’zdan kechirish
Jigar sohasini ko’zdan kechirayotganda uni sezilarli o’lchamlarda va hazmli hosilalar hisobiga (tugun,o’sma,exinokokkoz kistalari,katta absess) qorin devorini ozgina kengayganida kattalashganini (gepatomegaliya) bilish mumkin. Bu holatlarning barchasiga qorinning jigar shishishi hisobiga paydo bo’lgan assimetriyasiga hamda harakat paytida o’ng o’mrov osti va epigastral sohaning orqada qolishiga e’tibor berish kerak. Shuningdek, uch tavaqali klapan yetishmovchiligida qon regurgitatsia to’lqini hisobiga kattalashgan jigar pulsatsiasini ko’rish mumkin. Kattalashgan o’t pufagi ko’rinib turadigan bo’rtma hosil qiladi.
Jigar perkussiyasi
Perkussiya yordamida jigar o’lchamlarini,pastki chegarasini qo’shilishi hamda kamdan-kam holatlarda (absess,katta kista,katta o’sma tugni)yuqori chegarasining qo’shilishi bilan ham kuzatiladigan jigar kattalashuvini bilish mumkin. Odatda jigarning yuqori chegarasi o’ng o’paning pastki chegarasiga to’g’ri keladi; pastki chegarasi joylashuvini aniqlash jigar palpatsiasini o’tkazishga imkon beradi.

Jigarning pastki chegarasini tinch perkussiya yordamida aniqlasa bo’ladi. Perkussiya timpanik tovush sohasida kindik yoki undan pastroqda boshlab plessimetr-barmoqni yuqoriga qarab absolyut tovush hosil bo’lgunicha perkussiyalanadi. Bu jigar pastki chegarasi bo’ladi. Normada jigar qovurg’a ravog’idan chiqmaydi,asteniklarda esa qovurg’a ostida bo’ladi. Chuqr nafas olganda va vertical holatda jigar pastki chegarasi 1-1,5 sm ga pastga tushadi.

O’ng o’rta o’mrov chizig’i bo’ylab kindikdan jigar pastki chegarasigacha va aniq o’pka tovushidan pastga qovurg’alar orasi bo’ylab jigar bo’g’iqligi hosil bo’lguncha perkussiya qilib boriladi. Ikkala nuqtalarni birlashtirib Kurlov bo’yicha jigarning birinchi o’lchami o’lchanadi. Odatda u 9 sm. Jigar bo’g’iqligini yuqori chegarasidan ikkita boshqa o’lchamlarni aniqlashda foydalaniladi.

Qorinning o’rta chizig’I bo’ylab,jigar bo’g’iqligi hosil bo’lgunicha yuqoriga qarab perkussiyalanadi. o’rta chiziq bo’ylab yuqori chegarani aniqlash teri ostida to’sh borligi so’nayotgan perkutor tovushni beragani uchun qiyin,shuning uchun bu o’lchamning yuqori nuqtasi sifatida shartli ravishda birinchi jigar bo’g’iqligi o’lchami yuqori chegarasi bilan bir xil bo’lgan nuqta olinadi. Bu nuqtalarni birlashtirib Kurlov bo’yicha ikkinchi o’lcham olinadi,odatda u 8 sm.

Kurlov bo’yicha uchinchi o’lchami chap qovurg’a yoyi yaqinida unga parallel ravishda oldingi qo’ltiq osti chizig’idan perkussiya boshlanadi. Odatda u 7 sm.

Agar jigar kattalashgan bo’lsa birinchi katta o’lcham kasrda ifodalanadi,suratda -o’ng o’rta o’mrov chizig’I bo’yicha umumiy o’lcham,maxrajda esa-qovurg’a yoyidan pastga tushgan o’lcham yoziladi.


Jigar palpatsiyasi
Jigar palpatsiyasi-shu organni tekshirishning asosiy usulidir.
Palpatsiya tartibi.
Jigarni paypaslash Obrazstov bo’yicha chuqur sirg’anuvchi palpatsiya qoidalari bo’yicha bajariladi. Shifokor bemor tomondan o’ngda turib,bemor yotoqda qo’llari oldinga cho’zilgan oyoqlari esa tizza sohasida bukilgan holatda yotadi. Chuqur nafasda qorin devori muskullarining maksimal darajada bo’shashgan holatda bo’lishi-asosiy shart. Jigar ekskursiyasini kuchaytirish maqsadida chap qo’l kafti bosimi o’ngda oldingi ko’krak devori pastki bo’limlariga beriladi. Palpatsiya qilayotgan o’ng qo’l jigar chegarasidan pastda oldingi qorin devoriga qo’yiladi. Bunda barmoq oxirlari bemor nafasi bilan sinxron raviishda qoringa kirib boradi va navbatdagi nafas olinganda sirg’anuvchan jigarning pastga tushgan chegarasi seziladi.

Astitda jigar palpatsiyasi va perkussiyasi qiyinlashadi,shuning uchun ‘’suzib yuruvchi muzchalar’’ simptomi kuzatiladigan ballatirlangan palpatsiyadan foydalaniladi. Buning uchun o’ng barmoqni kindikdan pastda o’ng mezogastral sohaga qo’yib,barmoqlarning turtkisimon harakati bilan barmoqlar ostida organ sezilguniga qadar yuqoriga ko’tariladi. Bu usul yordamida jigar chegaralari va yuzalari haqida tasavvur paydo bo’lishi mumkin.


Palpatsiyada jigar xarakteristikasi
Palpatsiya yordamida jigar pastki chegarasi-shakli,butunligi,notekisliklari va sezuvchanligi aniqlanadi. Normada jigar chegarasi palpatsiyalanganda yumshoq,tekis,og’riqsiz bo’ladi. Pastki chegaraning qo’shilishi jigar kattalashmaganida ham bo’ladi,bunda yuqorigi va pastki jigar bo’g’iqliklari qo’shiladi.
Asosiy klinik sindromlar
Sariqlik

Sariqlik (icterus)-jigar asosiy belgisi bo’lib,qonda o’t pigmentari ko’payishi va shilliq qavatlar,sclera hamda terining sariq rangga bo’yalishi. Jigar billuribin almashinuvida birinchi o’rinda turar ekan, jigar zararlanmaganida ham kuzatilsada, sariqlikni jigarning tipik kasalligiga kiritiladi. Shilliq qavat skleralarning sarg’ayishi teri qichishi bilan kuzatiladi. Sariqlikda billuribinning qondagi miqdori 34.2 mkmol/l (2 mg) bo’ladi; bunda uning terida,shilliq qavat va sklerada to’planadi. Terining sarg’ayishi-giperbilluribinemiyaning yuzaga kelishi boshqa faktorlar yordamida ham chaqirilishi mumkin; tarkibida ko’p miqdorda karotin,akrixin tutgan mahsulotlar iste’moli (sabzi,tomat)-sariqlikdan farqli ravishda bunda sclera sarg’aymaydi. Klinik jihatdan tananing turli sohalarining sarg’ayishi giperbilluribinemiya darajasiga bog’liq. Boshida sclera kkeyinchalik esa til pastki qismi shilliq qavati va tanglay,undan keyin yuz terisi,kaftlar oxirida esa butun tana sarg’ayadi. Ba’zan zardob tarkibidagi billuribin miqdori tananing sarg’ayish darajasi bilan nomunofiq bo’ladi.

Sariqlik anemiyia,gipoproteinemiya,semirishdagi shishlarda kamroq seziladi

Ozg’in hamda mustkulist bemorlarda teri qoplamlari yorqinroq sarg’ayadi

Yurak yetishmovchiligi natijasida jigarda qon dimlanganda tananing yuqori qismi sarg’ayadi.

Davomli giperbilluribinemiyada tana rang yashil hatto bronza-qora tus oladi (melanosariqlik)


Sariqlik turlari
Sariqlik qonda bog’langan yoki bog’lanmagan billuribin ko’payganda yuzaga keladi. Har ikkala holatda ham sariqliqning irsiy,yaxshi sifatli va orttirilgan turlari tafavutlanadi. Shuni yodda tutish kerakki,sariqlik aniq bir diagnoz sifatda emas balki u yoki bu kasallikning ko’rinishlaridan biri bo’ladi,shuning uchun buning yuzaga kelish sababini yoki aniq bir kasallikni aniqlash zarur. Billuribin almashunivining orttirilgan buzilishi: jigar usti, jiga-hujayra,mexanik sariqliklarga bo’linadi. Nisbatan ko’p tarqalgan turi-jigar usti sariqligining-gemolitik,jigar-hujayra sariqligi-gepatotitlar nekrozi bilan kuzatiladigan jigarning o’tkir va surunkali kasalliklarida kuzatiladigan turidir, jigar osti sariqligi esa-jigar ichi yoki umumiy o’t yilining obstruksiyasi natijasida yuzaga keladi.
Gemolitik sariqlik
Bu sariqlik qonda ko’p miqdorda konyugirlanagan billuribin bo’lishi bilan xarakterlanadi. Eritrotsitlarning ko’p gemolizi bilan bog’liq holatda bog’lanmagan billuribinning ko’p ishlab chiqarilishidan yuzaga keladi:

-effektiv bo’magan eritropoez;

-o’pka infarkti sohasidagi qon quyulishlarda;

-malyariyada;

-gemolitik zaharlar ta’siri natijasida

-turli xil immunologic kasalliklar natijasida yuzaga keladigan immun gemolitik anemiya ham bor.

Gemolitik sariqlikda teri qichishi bo’lmaydi,taloq kattalashgan bo’lib,anemiya rivojlanadi. Najas rangi intensive,bu ko’p miqdorda billuribin hosil bo’lishi va uni ichaka ajralib sterkobilinga aylanishi bilan bog’liq. Siydikda ko’p miqdorda urobilin bo’lib,bog’langan billuribin bo’lmaydi.
Jigar-hujayra sariqligi.
Sariqlikning bu turi,gepatotitlasr zararlanishi va qonda bog’langan shu bilan birga bog’lanmagan billuribin ko’payishi,siydikda urobilin,najasda sterkobilin ko’payishi bilan xarakterlanadi.

Sariqlikning bu turi quyidagi holatlarda kuzatiladi:

-jigarning virusli zararlanishlarida (A,B turdagi o’tkir gepatitlarda,B,C,D turdagi surunkali gepatitlarda,jigarning sirrozida);

-alkagol zararlanishida;

-dorilar bilan zararlanishda;

-autoimmun gepatitlar va jigar sirrozi;

-boshqa etiologiyali jigar sirrozida.

Teri qoplamlari rangi o’zgargan,taloq kattalashgan bo’ladi. Siydikda xuddi gemolitik sariqlikdek,konyugirlangan billuribin miqdori oshgan bo’lib,siydik rangi odatdagidan qoraygan bo’ladi,najas esa odatdagidan oqargan bo’ladi.


Mexanik sariqlik
Sariqlik qonda rerurgitatsiya hisobiga kongyugirlangan billuribinning miqdori qonda oshadi. Regurgitatsiyaning asosiy sababi- quyidagi holatlarda ro’y beradigan o’tni o’n ikki barmoqqa quyilishining buzilishidir:

-jigar va o’t yo’llarining tosh,o’smalar bilan to’silib yoki bosilib qolishi,shuningdek jigar darvozalari o’sma,o’sma metastazlarida;

-o’t yo’llari yoki me’da osti bezi boshchasining o’sma bilan bosilishida;

-sklerozli xolangitda o’t yo’llarining sklerotik o’zgarishlarida.

Mexanik sariqlikda teri rangi maksimal darajada o’zgargan,davomli sariqlikda teri qoramtir rangda bo’ladi. Bemorlar deyarli har doim teri qichishi,ko’zdan kechirganda terisida taralganlik. Parenximatoz sariqlik kabi siydikda bog’langan billuribin ko’payadi,urobilin topilmaydi,mexanik sariqlikda siydik rangi qoraygan,bu sariqlikni tushuntirish uchun maxsus termin ‘’pivo rangidagi siydik’’. Mexanik sariqlikni boshqa sariqlikdan farqlashda,najas massasida axolitik xarakterdaligi e’tiborlidir. Najasni tekshirayotganda sterkobilin yo’qligi aniqlanadi. Mexanik sariqlikning yuqoridagi belgilariga asoslangan holda uning to’lqinsimon xarakterdaligi seziladi;bu o’t yo’lining o’sma bilan to’silishi bilan tushuntiriladi.
Portal gipertenziya
Portal gipertenziya-jigar sindromi bo’lib,darvoza venasida qon oqishi buzilishi hisobiga bosimning oshishi, bilan xarakterlanadi.

Etiologiya va patogenezi.

Portal tomirlarda qon aylanishi buzilishi 3 guruhga bo’linadi: jigar ichi (sinusoidal),jigar osti (presinusoidal),jigar usti (postsinusoidal). Darvoza venasida qon aylanishining buzilishi qiyinlashuvi virusli yoki alkogolli jigar sirrozida,shuningdek Vilson-Kanavalov kasalida kuzatiladigan jigar sirrozida, bo’lakchalararo yuzasda biriktiruvchi to’qima o’sganda kuzatiladi. Jigarosti guruhda darvoza venasi okklyuziyasi: devor yallig’lanishi,trombozda,o’sma bilan to’silganda,kattalashgan limfa tuginlarida,kamroq hollarda esa shistosomoz,sarkoidozda kuzatiladi. Jigarosti guruhda jigar venalari okklyuziyada,Badda-Kiari sindromi.



Klinik ko’rinishi

Portal gipertenziya klinikasida-klinik triada kuzatiladi: kollateral venoz qon aylanishining yuzaga kelishi,astit,taloqning kattalashuvi.


Jigar hujayra yetishmovchiligi
Funksional gepatotitlar miqdorining kamayishi hisobiga jigarning o’tkir hamda surunkali zararlanishlarda kuzatiladi. Klinik ko’rinishi jigar ensefalopatiyasi,rivojlanib boruvchi astit hamda gemoraggik sindromlar,progresslanuvchi sariqlikdan iborat. Jigar ensefalopatiyasi-jigar o’tkir, surunkali kasalliklari yoki darvoza venalari tomirlari bilan umumiy qon aylanish sistemasi o’rtasida shunt hosil bo’lganda qonga ichaklardan toksik moddalarning o’tishi natijasida nevrologik va psixoemotsional buzilishlar bilan kuzatiladigan sindrom.

Etiologiya.

Jigar-hujayra yetishmovchiligi o’tkir virusli,dorivor vositalar yordamida zararlanishida,zaharlar bilan zaharlanganda paydo bo’ladi. Sirroz bilan xastalanganlarning 30-60% bemorlar jigar ensefalopatiyasiga sabab bo’ladigan jigar komasidan vafot etadilar. Jiigar ensefalopatiyasiga olib keladigan turli faktorlar bor,ular:

-alkogol;

-oshqozon hamz qilish traktidan qon tetishi;

-kollaps,shol;

-dori moddalarining ta’siri

-ko’p miqdorda oqsil qabul qilish;

-infeksiya.

Jigar komasida suv-elektrolit balansi o’zgaradi,masalan forsirlangan diurezda,qusishda.

Patogenez.

Jigar-hujayra yetishmovchiligida jigarning barcha funksiyalari buziladi,bu, zaharlanishning kuchayishiga,qon ivish faktorlari sintez buzilganda yuzaga keladigan gemorragik sindromga,astit rivojlanishi hamda albumin sintezi kamaygani hisobiga shish hosil bo’lishiga olib keladi. Jigar ensefalopatiyasi rivojlanishini shish hamda astrolgiyaning funksional buzilishlariga olib keladigan azot birikmalarining organizmda saqlanib qolishi bilan bog’lashadi.

Klinik ko’rinishi.

Bu kasallikning klinik simptomlariga birinchi o’rinda sirrozda o’limga olib keluvchi chuqur jigar komasiga sabab bo’luvchi ensefalopatiya turadi. Jigar ensefalopatiyasining bir necha davrlari kuzatiladi:

1-davr (prodromal davr) – emotsional muhit va uyquning buzilishi,tunda uxlay olmaslik kunduzi esa uyquchanlik bilan kechadi.

2-davr – chuqur neyropsixik buzilishlar kechadi. Bunda qo’l barmoqlarining ‘’qarsak choluvchi’’ tremori xos.

3-davr – koma oldi holat: hushning buzilishi-sopor,dizartriya,patalogik reflekslar paydo bo’lishi ‘’qarsak choluvchi’’ tremorning kuchayishi,Cheyn-Stok yoki Kussmaul nafas ritmining paydo bo’lishi. Og’izdan shirin-hushbo’y hid kelishi,jigar o’lchamining kichiklashuvi,teri qichishisiz rivojlanuvchi sariqlik,gemorragik sindrom,gipoalbuminemiya,tana harorati oshishi.

4-davr – jigar komasi davri, arefleksiya bu davr uchun xos.

Bundan tashqari jigar-hujayra yetishmovchiligida gipoalbuminemiya,giperbilluribinemiya,shuningdek qonda protrombin va xolesterin miqdori kamayishi kuzatiladi.

1   2   3   4


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət