Ana səhifə

Mundarija Ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari


Yüklə 1.57 Mb.
səhifə4/4
tarix25.06.2016
ölçüsü1.57 Mb.
1   2   3   4

33.O’t suyuqligini kuzatish.Duodenal sohasini xromatik va fraksiyali zondlash metodlari.O’t suyuqligini makro va mikroskopik tekkshirish.O’t suyuqligini bioximik tekshirish.O’t suyuqligi haqida tushuncha.
Duodenal zondlash
O’n ikki barmoqli ichak shiralari aralashmasiningning tarkibi quyidagicha:

1)umumiy o’t yo’lidan ichak tirqishi orqali ajralib chiquvchi o’t suyuqligi

2)virusning oqimi natijasida ichakka tushuvchi oshqozonosti sekreti

3)ichakning shilliq qavatidan ajralib chiquvchi ichak shirasi

4)o’n ikki barmoqli ichakka quyiladigan oshqozon shirasi.

Duodenal tekshirishlar o’t suyuqligi yo’llari va o’t pufagi haqida muhim ma’lumotlar olish imkonini beradi.Bu usul Lyutkens va Oddi (jomlar-uzuksimon shaklli yopiq sfinkter bo’lib,u o’t pufagi bo’yni va umumiy o’y yo’llarining uzuksimon sohasida joylashgan)sfinkterlarining funksional holati, qisqarishi (o’t suyuqligining aralashishi va uning ichakka tishishi) va konsentratsiyasini(O’t suyuqligidan suvni ajratish) bilishga imkon beradi.Shuningdek o’t yo’llaridagi yallig’lanishlar,kasallik qo’zg’atuvchi va chqiruvcgh mikroblarni aniqlashga yordam beradi.

Duodenal tadqiqotlar maxsus “duodenal zondlar”-uzunligi 1,5 metr bo’lgan va sirtida uning kirish chuqurligini bildiruvchi belgilar qo’yilgan yupqa rezinali trubkalar yordamida olinadi.Rezina trubkaning bir uchida olingan namunalarni yig’ishga imkon beruvchi metal yig’gichlar o’rnatilgandir.Bunda nahorda o’n ikki barmoqli ichakdan shira olinadi.Bunda bemor duodenal zondni birinchi belgisigacha yutadi va o’ng yoni bilan karavotga yotadi.Oshqozondan o’n ikki barmoqli ichakka yengil o’tishi uchun tos sohasiga yostiq yoki valik qo’yiladi.Bemor asta-sekin va uzluksiz tarzda zondni uchinchi belgisigacha ichiga yutadi.Bu holatda zond o’n ikki barmoqli ichakdan quyiroqqa o’y yo’li va oshqozonosti yo’li tirqishiga kirgan bo’ladi.Odatda bu jarayon 1-1,5soat va ba’zi holatlarda esa 15-20minut davom etadi.Bunda sarg’ish rang suyuqlik-aporsiya ajralib chiqa boshlaydi.U o’t pufagi tarkibini tashkil etadi.(zondsiz fatser sohasiga kiritilishi Oddi sfinkterini zaiflashtiradi)Bu suyuqlikni probirkalarga yig’ib,bemorning boshi yoniga o’rnatilgan shtativga o’rnatiladi.B porsiyaning olinishi(o’t pufagidagi o’t) A porsiya ajralib chiqa boshlashidan faqat20-30min o’tgachgina amalga oshiriladi.Buning uchun o’t pufagiga zond orqali asta-sekin qisqarishlar uyg’otgichi kiritiladi.(30-50ml,33%li oltingugurt magneziyasi aralashmasi,40ml zaytun moyi,30-40ml,10%li osh tuzi aralashmasi,30-50ml,10%li glyukoza aralashmasi va h.k).Odatda o’t pufagining qisqarishi ovqatning ta’siri ostida uning faoliyatini boshqaruvchi va qo’zg’atuvchi va boshqa mexanizmlar ta’siri ostida kuzatiladi.O’t pufagi muskul qisqarishlari bilan birgallikda Oddi va Lyutkens sfinkterining zaiflashuvi ham kuzatiladi.(o’t pufagi bo’ynidagi doimiy muskul harakatlari va pufak oqimi). Duodenal zondlashda maxsus aralashmalar qo’llanilib,ular 5-10mindan keyin qora-qizg’ish yoki ko’kimtir yoki qoramtir rangli pufakchalar B porsiyaning olinishiga imkon yaratadi.O’t pufagi bo’shagandan so’ng yana tillarang-qizg’ish shaffof o’t S porsiya o’t pufagidan ajralib chiqishi boshlanadi.

Yuqorida tavsiflangan an’anaviy duodenal zondlash usullaridan tashqari,oxirgi yillarda 5 fraksiyali duodenal zondlash usullari ham qo’llanmmoqda.U o’t pufagiga keluvchi o’t maydonini hisobga olgan holda uning alohida fraksiyalari ajralib chiqish vaqtini va har bir fraksiyani miqdoriy tahlil qilish imkonini beradi.O’t pufagidan o’t ajralib chiqishi tavsifnomalarini aniq bilish uchun duodenal zondlashning xromatik fraksion usuli qo’llanadi.Bunda bemor duodenal zondlash o’tkazilgunga qadar 10-15soat qolganda ichiga metilenli jelatin kapsulali bo’yoqni qabul qiladi.Bu preparat o’tni boshqa organlardan aniq ajratish imkonini beradi.

O’t pufagining shilliq qavatidagi konsentratsion so’rgish fraksiyalarini va ularning patologiyasini yuqoridagi usullar yordamida o’rnatish mumkin.O’tninng kimyoviy tarkibi o’t pufagida sodir bo’luvchi modda almashinuvnii,jigarning holatini va organizmdagi modda almashinuvini (jumladan patologik jarayonlar) ham bilish imkonini beradi.

O’t suyuqligi mikroskopiyasi.
Oshqozondagi leykotsitlar og’iz,oshqozon yoki ichakka tegishli bo’lishi mumkin,shuning uchun duodenal zondlashda ikki kanalli zonddan foydalanish maqsadga muvofiqdir va u oshqozonfagi qoldiqni so’rib olish imkonini beradi.Bundan tashqari xolestitsit kasalligida(kattalrdagi operatsiya) 50-60% hollarda oshqozonda B leykotsit o’zgarishi kuzatiladi.Shuning uchun xolestitsitga tashxis qo’yishda ularga nisbiy o’rin ajratiladi.

Lyamblyalarning mavjudligi oshqozon-ichak traktida turli potologik (asosan yallig’lanish va diskinetik)jarayonlarga sabab bo’ladi.Sog’lom kishilarning o’t pufagida lyamblyalar uchramaydi.Xolestitsit kasalligi bilan og’rigan bemorlarda esa lyamblyalar o’t pufagining shilliq qavatiga joylashib,(mikroblar bilan birga) diskineziya va yallig’lanish jarayonlarini kuchaytiradi.

Xolestitsit tashxisida G immunoglobulin,A, R-oqsillar,C-reaktiv protein,ishqoriy fosfatazalar,S-nukleotidazalar,malon dialdegidlar konsentratsiyalarining oshishi qayd etiladi.Ammo lizotsim,bilirubinlar miqdorining pasayishi kuzatiladi.
O’t kislotalari,xolestirin va letsitinlarning nisbatini bilgan holda litogenlik ko’rsatkichi (yoki koeffitsientini)aniqlash mumkin va u quyidagicha hisoblanadi:
Litogenlik indeksi = O’tdagi xolesterin miqdori

O’t kislotalari,xolesterin va letsitinlarning

berilgan nisbatlarda erirish mumkin bo’lgan

xolesterin miqdori


Agar litogenlik ko’rsatkichi birdan kichik bo’lsa,bunday o’t to’yinmagan,agar birdan kata bo’lsa o’ta to’yingan deyiladi(ba’zan bu ko’rsatkichni “to’yinish ko’rsatkichi”ham deyiladi) Xolesterin bilan to’yingan o’tda xolesterinlarning kristallanishi xos bo’lib,shu sababli ular litogen deyiladi.
34.Jigar funksional potensaliga differensial baho beruvchi bioximik testlar. Zamonaviy instrumental tekshirish usullari. Punksion biopsiya haqida tushuncha.
Qonning bioximik analizi.
Jigar va o’t yo’llari kasalliklari diognostikasida bioximik ko’rsatkichlarni tekshirish muhim ahamiyatga ega. Birinchi navbatda jigarning asosiy ko’rsatkichi bo’lgan bilurubinni aniqlash muhim.

Jigarning shikastlanishida namoyon bo’ladigan asosiy bioximik ko’rsatkichlardan biri bu jigar to’qimasi tomonidan ishlab chiqariladigan fermentlar aktivligining o’zgarishir.

Ushbu analiz jigar funksiyalariga baho berish va jigar kasalliklarini differensial diagnostikasi uchun qo’llaniladi.( yallig’lanish, infiltrativ, almashinuv, yurak qon tomir, gepatobiliar kasalliklar.)

Bilurubin. Bilurubin miqdori jigarning yutish, almashinish va ajratish funksiyalarini xarakterlovchi ko’rsatkichdir. Bog’langan bilirubin, bog’lanmagan bilirubin bilan o’tkazilgan sinama ko’rsatkichlariga qarab differensiallanadi.

Transaminaza. Glutamat oksaloatsetat transaminaza va alaninaminotransferaza jigar hujayralari holatini ko’rsatuvchi sezgir fermentlardir. Ular miqdorining maksimal oshishi jigardagi nekrotik o’zgarishlarda(virusli geppatit, jigar intoksikatsiyasi o’tkir sirkulyator yetishmovchilik jigar venalari o’tkazuvchanligining buzulishi)va ba’zan o’t yo’llarining o’tkazuvchanligi buzilganda kuzatilaadi.(konkrement) Transaminzaning aktivlik ko’rsatkichlari kasallikning qay darajada og’ir ekanligini ko’rsatmaydi.

Kam malum bo’lgan o’zgarishlar xoleostaz va infiltratsiyada kuzatiladi . alanin aminotransferaza ko’rsatkichlari jigar shikastlanishining darajasini ko’rsatadi . Bunda aspartataminotransferaza ko’ndalang targ’il mushaklarda topiladi . alkagolli gepatit aspartataminotransferazaning ko’rsatkichlarini alaninaminotransferazaga nisbatan ko’p miqdorda o’sishini keltirib chiqaradi .



Laktat degidrogenaza- quyidagi fermentni tekshirish jigar kasalliklari diagnostikasida kata ahamiyatga ega emas .

Ishqoriy fosfataza – bu xoleostatik sindrom o’t yo’llari o’tkazuvchanligi buzilishi (tez o’sadi qondagi bilirubinga nisbatan )jigarning infiltrativ kasalliklarida tezgir ko’rsatkich hisoblanadi . spetsifikligi past , chunki bu ferment boshqa to’qimalarda ham uchraydi . ishqoriy fasfataza aktivligi bolalarda , homiladorlarda va suyak kasalliklarida yuqori . spetsifik to’qima izoenzimlarini termostabilligi bilan farqlab bo’ladi (jigar enzimlari suyak enzimlari aktivligi pastligida termostabil hisoblanadi )

5-nukleotidaza – gepatobilliar sistema kasalliklarida enzim aktivligi o’sishi ishqoriy fasfataza o’zgarishlari bilan bir xil ammo u ko’proq jigar hujayralari holatini ko’rsatadi . Buni ishqoriy fosfatazaning jigarga bog’liq o’zgarishlarini farqlash uchun tekshiriladi . ayniqsa bolalik yoshida , homiladorlikda, suyak kasalliklarida.

Gamma-glutamil transferaza – ishqoriy fasfataza miqdori bilan bir xil o’zgarib turadi . gepatobilliar sistema shikastlanishida uning aktivligi tezda oshadi . shuningdek oshqazon osti bezi , buyrak , yurak o’pka kasalliklarida sezgir.

Protombinli vaqt – gemokoagulyatsiya faktorlari aktivligining indikatori bo’lib xizmat qiladi . uning ko’payishi ushbu factor aktivligining yetishmovchiligini ko’rsatadi . gemokoagulyatsiyaning barcha faktorlari 8 faktordan tashqari jigarda ishlab chiqariladi . jigar to’qimasining keng o’choqli shikastlanishi natijasida uning yetishmovchiligi kelib chiqadi (gepatit,intoksikatsiya , serroz ). 2 , 7 , 9, 10 faktorlar faqat k vitamin ishtirokida aktiv bo’ladi . protrombin vaqtining kattalashishi

Albumin – qonda albumin konsentratsiyasining kamayishi uning jigarda kam ishlab chiqarilishini (surunkali jigar patalogiyasi yoki uzoq davom etuvchi och qolish) yoki siydik yoki axlat bilan intensiv chiqarilsshini ko’rsatadi. Jigar disfunksiyasining unchalik ham sezgir bo’lmagan indikator chunki uning qonda yarim yashash vaqti 15-20 sutkani tashkil etadi . Surunkali jigar patalogiyasi bilan kasallangan bemorlarda albumin yetishmovchili disfunksiya namoyon bo’lishi bilan xarakterlanadi . globulin kamayishi asosan surunkali jigar kasalliklarida kuzatiladi . globulin kamayishi surunkali gepatitning autoimmun formasida kuzatiladi .

Ammiak qonzardobida ko’payishi jigarning detoksikatsiya funksiyasining buzilganligidan dalolat beradi . bu fulminant gepatit jigar sirrozida gepatotoksik agentlar tasir etganda va jigar sirrozida kuzatildi. Ko’plab bemorlarda qon zardobida ammiakning bo’lishi jigar ensefalopatiyasidan dalolat beradi . asteriksis va ensefalopatiyad ko’proq namoyon bo’ladi . ammo almashinuv jarayonlarining buzilishini aniqlashga imkon bermaydi (jigar shikastlanishi uremiya yoki organizmda karbanat angidridning ko’payishi )

Instrumental tekshirish usullari.
Jigar va o’t yo’llari kasalliklarini aniqlash uchun rentgenologik, (kontrastli,KT) UTT(UZI) endoskopiya, duodenal zondlash, laparoskopiya, biopsiya, radionukleid tekshirish usullaridan foydalaniladi.
Rentgenologik, radionukleoid, ultratovushli tekshirish usullari.
Kontrast modda yordamida rentgenologik tekshirish portal vena tizimida bosmning oshishi -qizilo’ngach venalarining varikoz kengayishini aniqlashda eng qulay metoddir. Bundan tashqari bu metoddan o’t yo’llarini tekshirishda ham foydalaniladi-xolegrafiya. Bunda kontrast modda parenteral yo’l orqali yuboriladi. Shuningdek o’t yollarini rentgenologik tekshirish- transjigar(transpechonochnuyu) teri orqali xolangiografiya o’tkaziladi. Bunda umumiy o’t yo’liga yoki o’t pufagiga qorin devori yo jigar to’qimasiga kontrast modda punksion yo’l orqali yuboriladi. Rentgenokantrast xolegrafiyaga qo’shimcha ravishda umumiy o’t yo’liga endoskopiya orqali kontrast modda umumiy o’t yo’liga retrograd yuboriladi.(ERXPG) Bu metod ot yo’lining torayishi natijasida kelib chiquvchi o’t yo’li gipertenziyasini aniqlashga yordam beradi. Bu birlamchi sklerotik xolangitni aniqlashda oltin standart hisoblanadi. Jigar parenximasida o’choqli va diffuz o’zgarishlarni aniqlashda UTT( UZI), KT, radionukleoidli tekshirish qo’llaniladi.Zarur hollarda angiografiya o’tkaziladi.
Endoskopik tekshirish
Bu metodlar ichida FEGDS muhim hisoblanadi. Bu metod yordamida qizilo’ngach venalaridagi, oshqozon shilliq qavatidagi o’zgarushlar (portal gipertenziya sindromi uchun xarakterli), shunungdek erroziv ezofagit(ko’pinch jigarning alkogol tasirida shikastlanishida kuzatiladi) va o’n ikki barmoqli ichak kasalliklarini aniqlaniladi.
Laparoskopiya va biopsiya.
Jigar va o’t yo’llari kasalliklari diagnostikasi uchun laparoskopiya va biopsiya metodlari muhim ahamiyatga ega.

Biopsiya qilish uchun ko’rsatmalar.

Genezi aniq bo’lmagan gepatomegaliya.

ALT, AST, GGTP aktivligining turg’un ko’tarilishi. Jigar to’qimasida B,C,D virusli geppatitning aniqlanishi. Dori vositalari ta’sirida jigarning shikastlanishi. Alkogol ta’sirda jigarning shikastlanishi.

To’planish kasalligi

Infeksion va sistemali kasalliklar.

Jigarning irsiy kasalliklarini aniqlash uchun bemorning qarindoshlarini tekshirish.

O’choqli o’zgarishlar.

Laparoskopiya jigar surunkali kasalliklarini (geppatit, serroz, kichik, katta tugunchali, aralash) portal gipertenziya sabablarini, jigarning o’choqli shikastlanishini aniqlashda qo’llaniladi.
35.Surunkali (toshsiz va kalkulyoz) xolesistitlar,gepatitlar,sirroz simptomatologiyasi.
Xolesistit

Xolesistit – o`t pufagining yallig`lanishi hisoblanadi. O`t-tosh kasalligi fonida rivojlanadigan o`tkir va surunkali xolesistit farqlanadi. Surunkali xolesistit o`tkir xolesistitdan keyin paydo bo`lishi mumkin,lekin ko`pincha mustaqil ravishda asta-sekin rivojlanadi



Keltirib chiqaradigan omillari

Xolesistit paydo bo`lishida o`t yo`llaridagi diskineziya,o`t toshlari (turli psixoemotsinal holatlar ta`sirida,endokrin va vegetativ nerv sistemasi funksiyasining buzilishlari,oshqozon-ichak traktining patologik o`zgargan organi tomonidan yuborilgan qator nerv reflekslari)tufayli o`t pufagida o`tning dimlanishi moyillik chaqiradi. O`t pufagi va o`t yo`llarining anatomic tuzilishining o`ziga xoslig,ichki organlarning pastga tushishi,homiladorlik,kamharakat hayot shakli,ba`zi bir ovqat mahsulotlariyam xolesistitni chaqirishi mumkin.



O`tkir xolesistit

O`tkir xolesistit kelib chiqishida turli infeksiya,o`t pufagi shilliq qavatini unga me`da osti bezidan shira otilishi tufayli zararlanishi,gijja invaziyasi(askarida va b) ayniqsa muhim rol o`ynaydi. Oxirgi vaqtda xolesistitning virusli etiologiysi isbotlangan. Bundan tashqari toksik va allergic tabiatli xolesistit kuzatiladi.

O`ng qovurg`a yoyi ostida kuchli,doimiy xarakterdagi og`riq to`satdan,ko`pincha unga ta`sir qiluvchi omillardan keyin(asosan yog`li,achchiq,o`tkir ta`mli ovqatdan,alkogoldan,emotsianal qayg`urishdan) paydo bo`lib,yengillik bermaydigan ko`ngil aynish va qusish bilan kechadi.

Isitma paydo bo`ladi,ba`zan kam miqdordagi sariqlik ham. Qorin palpatsiyasi og`riqli,asosan o`ng qovurg`a yoyi ostida muskullar tarangligi va o`t pufagi yallig`lanishiga xos spetsifik simptomlar aniqlanadi. Davo choralari qo`llanishiga qaramay rivojlanib boruvchi isitma,og`riq,intoksikatsiya simptomlari xolangit,o`t pufagi empiemasi,uning perforatsiyasi,peritonitdan darak beradi.

Laborator tekshiruvlar xarakterli o`zgarishlarni aniqlash imkonini beradi.


  • qon analizi – leykotsitoz,leykotsitar formulaning chapga siljishi

  • qonning bioximik tahlili: zardobda ishqriy fozfataza,bilurubin,ACT,amilaza miqdori oshishi mumkin,

Rentgenografiya kam ma`lumot beradi. Ko`pgina o`t toshlari xolesterindan tashkil topgan bo`lib,ular rentgenonegativ,10-15% toshlargina rentgenda ko`rinadigan darajada o`zida kalsiy saqlaydi.

O`t pufagi UZIsi: toshlar borligini ko`rsatadi,organ o`lchamlari,uning devoir qalinligini,pufakoldi infiltratsiyani,o`t pufagi tarkibini konsentratsiyasini ko`rsatishi mumkin.

O`tkir xolesisititda albatta gospitilizatsiya qilinishi kerak. Yiringli va gangrenoz o`tkir xolestitda o`t pufagi olib tashlanadi.Kataral xolesistitli bemorlarga qat`iy yotoq rejimi,dastlabki xurujdan keyin 2 kun ovqatlanishdan saqlanish,keyinchalik kuniga 5-6 mahal kichik porsiyali diyetani tashkillashtirish,keng ta`sir doiradagi antibiotiklar va spazmolitik vositalar buyuriladi.

Surunkali xolesisitit

Surunkali xolesistitda 90-95% hollarda o`t toshlari aniqlanadi.. toshsiz surunkali xolesistit 5%hollardagina uchrab,u o`g`ir stress holatlarida,jiddiy travmalarda,yurakdagi operatsiyalarda uchraydi.

Surunkali xolesistit klinikasi ko`zga tashlanmaydi,ba`zan faqat dispeptik sindrom va o`ng qovurg`a yoyi ostidagi og`riq bilangina namoyon bo`lishi mumkin. Yallig`lanish jarayoninig qayta o`tkirlashishi pufak devorini qalinlashishiga,sklerozlanishiga,chandiqlar hosil bo`lishiga,uning shakli o`zgarishiga olib keladi,buni UZI yoki xolesistografiyada aniqlash mumkin.

Surunkali xolesistitning o`tkirlashishi xuddi o`tkir xolesisititday belgilarni ko`rsatadi.Davo metodi kasallikni kechishini o`ziga xosligiga bog`liq bo`lib(retsidivlar chastotasi,konservativ terapiyaning effektivligi), bemorning keyingi ahvoli xirurg bilan maslahat qilinadi. Surunkali xolesistitning o`tkirlashishida davo statsionar sharoitida o`tkazilishi kerak(xuddi o`tkir xolesistit kabi). O`tkirlashmagan davrda esa yiliga 1-2 marta retsidivlanishga qarshi davo kurslari olib borilishi kerak.



  • davriy duodenal zondlash yoki mineral suv bilan“zondsiz zondlash”,

tyubaj va b.

  • o`t haydovchilarni 1 kurs qabul qilish(3-4 hafta)

  • Oshqozon-ichak profilidagi sanatoriylarda senator-kurort avolash


O`t tosh kasalligi
O`t-tosh kasalligi o`t pufagida(xolesistolitiaz),umumiy o`t yo`lida(xoledoxolitiaz) ili jigar o`t yo`lida(jigarichi xolelitiaz) ko`pincha xolesterindan iborat toshlar hosil bo`lishi bilan xarakterlanadi. Odatda bu kasallik katta yoshlilarda,birinchi navbatda esa yog` almashinuvi buzilgan,ortiqcha tana vaznga ega ayollarda uchraydi.

Etiologiya va patgenez

O`t-tosh kasalligi etiologiyasida 3 guruh omillar muhim rol o`ynaydi.

-- o`t ning tarkibini ham sifatiy,ham miqdoriy o`zgarishiga,uning colloid turg`unligini o`zgarishiga,tarkibini cho`kmaga tushishiga olib keladigan moddalar almashinuvining buzilishi

-- o`tning dimlanishi – bu paytda uning tarkibida xolesterin va bilirubin miqdori oshadi

-- yallig`lanish –ekssudat tarkibida ko`p miqdorda oqsil va tuzlarning(shu jumladan Ca ionlari) bo`lishi,bu esa xolesterin va bilirubinning ch`kmaga tushishini(tosh hosil bo`lishini) osonlashtiradi
Klinik kechishi
Kalkulyoz xolesistitning kechishi toshning qayerda joylashuviga bog`liq:agar tosh pufak bo`yinchasida yoki pufak yo`lida bo`lsa,o`t sanchiqlari yuzaga keladi. Uni rivojlanishida o`t yo`llari diskineziyasi sabab bo`ladi. Umumiy o`t y`oliga tushgan tosh,yo`lning butkul bekilishiga olib kelishi mumkin,bu keyinchalik mexanik sariqlik belgilarini beradi. Jarayonga yallig`lanish ham qo`shilsa surunkali kalkulyoz xolesistit rivojlanadi.

O`t sanchig`iga xs belgilar – o`ng qovurg`a yoyi ostida kuchli,davomli,yuqoriga irradiatsiya beruvchi og`riq,bu esa ko`ngil aynish va qusish bilan birga kechadi,yog`li va achchiq taomlar iste`molida kuchayadi. O`t sanchig`I odatda yuqori harorat va leykotsitoz bilan kechmaydi.

O`t-tosh kasalligining namoyon bo`lishi uning klinik belgilariga asoslanadi(moddalar almashinuvi buzilishiga moyilligi bor odamlarnida o`t sanchiqlarining retsidivlanishi). Qo`shimcha tekshirish usullari,ayniqsa UZI va erntgenologiya(retrograde xalangiografiya,xolesistografiya) orqali nafaqat toshlarni,balki o`t yo`lining bekilish darajasini aniqlash mumkin.
Davolash
Konservativ va xirurgik davo usullari qo`llanadi. Xolesistoektomiya ayniqsa effektiv davo usuli sanaladi. Uzoq muddatli xolelitik moddalar orqali toshlaarni eritish hali o`rganilishni talab qiladi.
Surunkali virusli gepatit
Surunkali virusli gepatit – jigarni virus etiologiyali surunkali diffuz yallig`lanishidir.

Etiologiyasi

Oxirgi yillarda virusli etiologiya asosiy e`tiborni jalb etmoqda. Asosan gepatit B va gepatit c viruslari qon quyish,zararlangan xirurgik asboblar,ignalarni ishlatish orqali yuqish xavfi yuqori bo`lib,uning simptomsiz uzoq yillar tashilishi keng tarqalgan. Ayniqsa 3 turdagi viruslar ko`p tarqalgan – B,C va D.



Klinik kechishi

Virusli infeksiyaning o`tkir davri bilinmay o`tishi mumkin,zararlanish kech,surunkali turga o`tgandan keyin namoyon bo`lishi mumkin. Gepatit B va Cni chuqur so`rab-surishtirishdan keyingina aniqlash mumkin. Quyidagi belgilarni ilgari kuzatilgani ahamiyat kasb etadi.



  • charchash

  • ko`ngil aynish,epigastral sohada og`riq

  • diareya

  • teri toshmasi

  • muskul va bo`g`imlarda og`riq

  • sariqlik

  • axlatning rangsizlanishi

  • siydik rangining to`qligi

Surunkali gepatit cga latent kechish xos bo`lib,u bir necha 10 yillardan keyin namoyon bo`lib,jigar sirroziga va jigar-hujayra karsinomasiga olib kelishi kerak.gepatit B bilan zararlangan organizmni gepatit D bilan ham zararlanishi bemorni ahvoli brmuncha og`irlashtiradi.

Jigar sirrozi rivojlanganda unga qo`shimcha ravishda jigar yetishmovchiligi sindromi – qon ketishlar,sariqlik,astit,ensefalofatiya ham yuzaga keladi. Bu sindrom sirrozning dekompensatsiya davrida yoki o`tkir gepatitning og`ir kechishida kuzatiladi.


Laborator diagnostika
Virusli gepatit B
HBsAg – virusli gepatit Bning yuza antigeni. Uning qonda topilishi virus tashuvchilarga va surunkali gepatit bilan kasallanganlarga xos

HBcAg – virusli gepatit Bning o`zak antigeni:uni jigar hujayralari namoyon qiladi. Qonda faqatgina virus qismlari buzilgan paytda topiladi.

HBeAg – Ag e:uni qonda topilishi virusning aktiv replikatsiyasidan va qonni maksimal zararlay olish qobiliyatidan darak beradi

HBV DNK – virusli gepatitning genetic materiali

Qonda antigenlar topilishidan tashqari ko`rsatilgan 3 ta antigenga nisbatan antitelolar topilishi ham katta ahamiyatga ega
Virusli gepatit C
Virus markeri sifatida uning o`zak antigeni va RNKsidan foydalaniladi. Virusli gepatit Cga qarshi antitelo topilishi to`liq ma`lumot bera olmaydi,chunki ba`zan u topilmaganda ham organizmda bu virus bo`lishi mumkin.
Jigar yallig`lanishining bioximik belgilari
Virus markerlarini aniqlash bilan birga birinchi navbatda ALT va AST miqdorining oshihsini ham aniqlash katta ahamiyatga ega.jigar to`qimasini gistologik tekshirganda jigarni zararlanish darajasini aniqlash mumkin.

Davolash

HBV-DNK,HCV-RNK,HDV-RNkni o`rganib,gepatit B,C,D replikatsiyasi aniqlangach,surunkali gepatitning laborator va morfologik belgilari topilgach a-interferon bilan virusga qarshi terapiya boshlanadi.




Jigar sirrozi.
Jigar sirrozi- jigar tugunchali regeneratsiyasi (jigar parinximasida distrofik va nekrotik o`zgarishi tufayli) unda

biriktiruvchi to`qimaning diffuz tarqalishi va organ arxitektonikasining chuqur qayta qurilishi bilan xarakterlanadi.


Etiologiyasi va patogenizi.
Birinchi o`rinda surunkali gepatit (virusli, alkogolli, dori vositali, autoimmunli) ahamiyatga ega. Kam hollarda Villson-Kanovalov kaslligi, a1-antitripsin yetishmovchiligi, birlamchi sklerozlanuvchi xolangit,Baddi-Kiari sindromi, gemoxromatoz tufayli kelib chiqadi. Birlamchi biliar sirroz alohida ajratiladi. Sanalgan shikastlovchi faktorlar sirroz shakllanishini tezlashtiradi. Gepatotsit shikastlanishi tufayli ularda nekroz undan keyin esa jigar to`qimasida biriktiruvchi to`qima va tugunchali-regeneratsiya rivjlanadi.
Klinik namoyon bo`lishi.
Jigar sirrozining klinik namoyon bo`lishi ko`pchilik bemorlarda uzoq vaqt bo`lmasligi mumkin yoki kam hollarda –dispepsiya, katta bo`lmagan sariqlik, gepatoliyenal sindrom, metiorizm va odatda o`tib ketuvchi atsit bilan namoyon bo`ladi. Atsit shuningdek splenomegaliya, qizilo`ngach yoki to`g`ri ichak venalarining varikoz kengayishlari portal gipertenziya sindromi uchun tipik hisoblanadi.

Terminal davr jigar sirrozining qanday shakli bo`lishidan qat’iy nazar me’da ichakdan qon ketish va jigar komasiga olib keluvchi jigar funksional yetishmovchiligining rivojlanib boruvchi belgilari bilan xarakterlanadi. Bular jigar sirrozi bilan kasallanib o`lganlarning asosiy sababi hisoblanadi. Me’da ichakdan qon ketish qon tupurish yoki melena ko`riinishida bo`lib, ular ko`pincha qizilo`ngach pastki 1/3 qismidagi yoki kam hollarda me’da varikoz tugunlarining yorilishi natijasida bemorning olimiga sabab bo`lishi yoki anemiyaga olib kelib jigar hujayralari funksiyasi yomonlashadi. Bunda rivojlanib boruvchi jigar-hujayra yetishmovchiligi bo`ladi.


Laborator ma’lumotlar.
Kompensiyatsiyalangan sirroz bo`lgan kasallarda biokimyoviy ko`rsatkichlar o`zgarmagan bo`lishi mumkin. Biroq zardob transminazasi yoki GGTP aktivligi oshishi mumkin. Dekompinsirlangan sirrozni laborator tekshirganda annemiya, leykopeniya, trombositopeniya, bilirubin va gamma- globulin miqdori oshishi, shuningdek albumin, protormbin,xolestirin miqdorining kamayishi, transminaza aktivligi oshishi aniqlanadi.
Instrumental tekshirish metodi.
UTT (jigar va taloq o`lchamlarining o`zgarishi, bir xil bo`lmagan jigar parinximasi hamda portal gipertenziya belgilari), KT (informative metod), shuningdek jigar punksiyali biopsiyasi (jarayon variant va stadiyalarini aniqlash) qo`llaniladi.
Davolash.
Pastki daraja aktivligidagi sirrozni davolashda umumiy tavsiyalariga rioya qilinishi (kasbga aloqador va elektr jihozlarining zararli omillarini inkor qilgan holda, gepatotoksik dori vositalari, alkogol, kasallik davolashda yuz beradi) zarur. Agar jigar sirrozi aktiv davomiylikda ega bo`lsa, bunda davolash etiotrop bo`lishi kerak. Atsit va shish chegarlangan osh tuzi va suyuqlik kechki stadiyalarda siydik haydovchi vositalar, aldosteron antogonisti (spironolakton) va boshqa kaliysaqlovchi diuretiklar (triamterin yoki amilorid) qo`llaniladi.



1   2   3   4


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət