Zaratushtra gatalarining ba`zi psixologik jihatlari
Xo’jayev Munis Otaboyevich,
Nizomiy nomidagi TDPU magistranti
Insoniyatga ma`lum bo’lgan bugungi e`tiqodlar orasida mazdayasna1 ta`limoti birinchi bo’lib jahon dini darajasiga ko’tarilgan. «Hozirgi asrda, - deb yozadi taniqli ingliz avestologi Meri Boys, - Zoroastrizm filolog, tarixchi, arxeolog va numismatiklarning keng tadqiqot ob`ektiga aylanib ulgurgan»2. Shunga qaramasdan bu din va uning afsonaviy payg’ambari Zaratushtra Spitama haqida olimlar orasida yakdillik yo’q. Ba`zilar uning «qachon yashaganligini aniq belgilash mumkin emas»3, desalar, ba`zilar esa «tosh davridan bronza davriga o’tish vaqti, ya`ni miloddan avvalgi 1700-1500 yillarda yashagan»4, deb fikr bildiradilar, boshqalar hatto fantastik raqamlarni keltiradilar: «platonchi Germodorning hisob-kitobiga ko’ra («Fanlar haqida» kitobida), Troyaning mag’lubiyatidan 5000 yil avval, Ksanf Lidiyskiyning hisob-kitobiga ko’ra esa, Zoroastrdan Kserksgacha 6000 yil»5 yoki «eramizgacha Yetmish asr»6, deb yozadilar.
Zaratushtra o’zining gatalarida shu qadar ramziy belgilar, yashirin ishoralarni qo’llaganki, natijada matn tinglovchining ruhiyatiga juda chuqur ta`sir ko’rsatgan. Zoroastrizmda iroda erki masalasi e`tiqod darajasiga ko’tariladi: «3. Azalda ikki ruh bo’lib, ular orasida fikr, so’z va amallar yaxshi va yomonga ajratildi. Sog’lom fikrli zotlar To’g’ri So’zni7 tanlaydilar, yovuz8ning jirkanch ishlar9ini emas. 4. So’ngra bu ikki Ruh kelib, birinchi bo’lib hayot va o’lim10ni o’zlaridan yaratdilar hamda uni (dunyoning) yakuniga qadar11 bardavom qilib qo’ydi. Yovuzlarning (taqdirlariga) dregvant12ga, yaxshilarning (taqdirlariga) Vohu Managa (ergashmoqlikni yozib qo’ydi). 5. Bu ruhlardan (biri) haq yo’ldan toygan yolg’on va yovuzlikning hosilasini (ixtiyor etdi). Asha13 Ruh esa eng saxiy Zot14ning (ta`limotlarini) mahkam ushlab, Ahurani shodon etuvchi Mazdaga iymon keltirgan15 saxiy va haq amal (ustida qoim bo’luvchi) insonlar16ga (yo’lboshchi bo’ldi). 6. Devparastlar haq bo’lgan ezgu amallarni emas, balki yovuz tafakkurga homilador bo’lgan yo’lni (o’zlari uchun najot topish e`tiqodi deb) tanladilar. So’ngra ular insoniyat17 hayotini harom-harish bilan bulg’ab, vayron qiluvchi Ayeshema18 tomonga shoshildilar»19.
Bundan tashqari, strofelarda diqqat qaratuvchi chaqiriqlar tez-tez qo’llanilgan. Masalan, «Kimning eshitar qulog’i bo’lsa, eshitsin20: har kim o’z-o’zi uchun ko’zga ko’rinmas qalbini xotirjam qilmoq ilinjida (ezgulik va yovuzlik orasidan) iymon-e`tiqod yo’lini oxirgi to’xtam deya tanladi. Ustimizga Buyuk Kun kelguniga qadar barchaga bizga ta`lim berilganligi uchun (Ahura Mazda vahiysini) Yetkazaylikki, tanamizga (bizlarni u Kunda fosiqlardan) ajratib turadigan buyuk (nur ato etilsin)»21. Yoki «Ey, adolat haqidagi bilimga yo’g’rilgan Asha! Qachon men seni ko’raman va yana Vohu Manani ham? Sraosha vositasi bilan qachon barchadan mehribon Mazdaning huzuriga boraman? Bu ilohiy kalomni tilovat qilish bilan shaytondan Mazda tomonga odimlaymiz».
Zaratushtra qo’llagan metod o’ziga xosligi bilan kishi e`tiborini o’ziga tortadi: avvaliga matnda insonga tanlash imkoni beriladi, so’ngra esa har ikki tanlov, ya`ni yaxshilik ham, yomonlik ham o’z oqibatlari bilan ta`rif qilinadi. Barcha ezgulikka daxldor tushunchalar Ahura Mazdaga bog’lab izohlanadi, yovuzliklar esa Axrimanga.
Inson ruhiyatiga gatalarning musiqiyligi ham alohida ta`sir qilishi rejalashtirilgan. Xuddi o’zbek folloriga o’xshab, shiddatli voQealar 5, 7 hijo bilan beriladi. Diniy masalalar esa 9,11,13 bo’g’inli vazn bilan yozilgan.
|