Ana səhifə

Sut iching sog'lom bo'ling! 2016-03-30 14: 24: 46 Sut


Yüklə 399 Kb.
tarix27.06.2016
ölçüsü399 Kb.
Sut iching - sog'lom bo'ling!

2016-03-30                  14:24:46





Sut badandan kuygan axlatlarni ketkazuvchi va tozalovchi mahsulotdir. Bu barcha hayvonlarning sutiga xos bo'lgan xususiyat hisoblanadi. Badanga sut quvvat beradi. Tanosil a'zolariga ham foydasi katta. 

Sut - sovuq va issiq mizojdagi odamlar uchun foydalidir. Faqat ularning me'dalarida safro moddasi bo'lmasligi kerak. Agar ko'zga tomizilsa xastaliklariga shifodir. Har bir hayvon suti surtilsa, peshobdan zaxmini davolaydi, qovuq va bachadon shishlarini qaytaradi. Agar surtilsa bachadondagi rutubatlarni ketkazish uchun foydalidir. Umrni uzaytiradi, badanni semirtiradi. Shahvatni kuchaytiradi. Ayniqsa, bu borada govmish suti o'ta foydalidir. Sutdan iste'mol qilgan kishining chehrasi va yuz rangi tiniq bo'ladi. Issiq mizojli va kamgo'sht odamlar shakar bilan ichsalar semiradilar, shirguruch qilib, pishirib yeyilsa yanada foydalidir. Pishloq suvi surtilsa, sepkil va boshqa teri dog'larini daf etadi. Ichilsa ham xuddi shu xilda foyda beradi. Pishloq suvini xalila bilan ichilsa, qo'tir va qichimaga davodir. Tabiblar xom sut ichish (ayol va eshak sutidan tashqari) turli xastaliklarning paydo bo'lishi sabablarini bilishga ko'mak beradi deydilar. Yangi sog'ilgan mol suti haroratli bo'lsa o'ta foydalidir. hatto uni obihayot bilan tenglashtiriladi. Biroq qaynatilgan echki suti yanada foydali deyishadi. Uni qaynatish usuliga rioya qilish zarur. Chunonchi, sutning chorak miqdoriga boshqa shirin sut qo'shilib sekin qaynatiladi va suv bug'lanib chiqib ketganidan so'ng, sut sovutib ichiladi. Sog'ilgan sutni ikki-to'rt soatdan keyin iste'mol qilishni maqbul deb hisoblamaydilar. Yangi bolasi o'lgan, bola tashlagan, juda ham oriq, yangi tuqqan yoki homilali mol suti turli bemorliklarni keltirib chiqaruvchidir. Agar sutga o'sha miqdorda suv solib ichilsa, pe-shobni haydashi, siydik yo'llarini tozalashi mumkin. Eshak sutining mizoji sovuq, rutubatlidir. Faqat sovutmasdan ichish foydalidir. Shifobaxsh xislatlari shuki, ichilsa badanga sovuqlik keltiradi, rutubat, xursandchiliq ko'payadi, organizmni begona moddalardan tozalaydi. Tugunlarni ochadi. Issiq mizojli yurakni kuchli qiladi. Shuningdek organizmdagi yumshoq moddalarga aylanadi. Burunga tomizilsa, quloq va miyaga namlik keltiradi. quruqlik va uyqusizlikni daf qiladi. Bosh og'rig'i va quruqlikdan hosil bo'lgan bosh og'riqlariga, miya xastaliklariga shifodir. Burundan oqayotgan qonni to'xtatadi. Quloq og'rig'i va issiqlikdan paydo bo'lgan ko'z og'rig'ini yengillashtiradi. Ko'z qizishi va suv oqishi, ko'zga tushgan tutunrang pardalar va shunga o'xshagan xastaliklarni daf' etadi. Ayniqsa, agar tuxum oqi va qizil gul yog'i bilan aralashtirib tomizilsa, qizil nuqtalarni tezda daf qiladi. Agar toza paxtani ho'llab ko'z, peshona, quloqqa qo'yib bog'lansa, yuqoridagi kasalliklarga ham davodir. Agar eshak suti bilan g'arg'ara qilinsa, eng yomon tomoq og'rig'i va boshqa tomoq dardlari, tish milki va bodomshakl bezlardagi shishlarni daf' etadi. Tish milkini mustahkamlash bilan birga tish og'rig'ini yengillashtiradi. Agar echki sutidan ichilsa, ichki siyna (ko'krak) paylariga, sil, nafas siqishi, o'pka zahmlari, isitma va boshqa illatlar, oriqlik (quruqlik va issiqlikdan paydo bo'lgan bo'lsa), yo'tal, nafas og'irligi, tez nazlalar va qon qusish kabi kasalliklarga shifodir. qorinni muloyim qiladi. qorataloq qotishi, istisqo (vodyanka), qonning qizishi va safroga shifodir. Agar eshak suti bilan huqna (klizma) qilinsa, qonli istisqoni to'xtatadi. Ichak jarohati va bachadonga foydalidir. Agar undan tomizgich bilan teshigiga tomizilsa, peshobning qizishi (suzoqni) davolaydi. Agar oshqovoq suvi bilan tomizilsa peshob yo'llarani tozalaydi. Shu sutdan iste'mol qilinsa, ko'plab dardlarga davodir. Bu sutni za'faron bilan aralashtirib qo'yib bog'lansa, turli shishlarga davodir. Eshak sutidan iste'mol qilish sovuqmizoj va ho'lmizoj kishilarga sovuqlikdan hosil bo'lgan bosh og'rig'i, quloq shang'illashi kabi dardlarda zarar keltiradi. Agar sut ichib yotilsa, hiqichoq tutadi. Og'riq keltiradi. Bu kasallikka duchor bo'lganni gulqand daf' etadi. Sut ichish miqdori har kuni 50 dan 150 grammgacha bo'lib, shakar, oshqovoq urug'i yoki quyuqlashtirilgan shirinmiya suvi va shu kabilar bilan ichiladi. Eng yosh va semiz mol suti foydalidir. Mizoji issiklik. Sovuqlik va ho'lliqda o'rtachadir. Shifobaxsh xislatlari ko'p. Yangi sog'ilgan mol suti sovimagan holda bo'lsa, miya javhariga quvvat baxsh etadi. Organizm rutubatlarini saqlaydi. Parishonxotirlik, melanxoliya, vasvasani daf' etadi. Yuzda rang va chiroyni ta'minlaydi. Burun illatlariga foydalidir. Muntazam tomizilib yoki surtilib turilsa, ko'plab ko'z illatlariga shifobaxshdir. Agar yangi sog'ilgan mol sutidan, issiqligida ichib turilsa, yurakka quvvat bo'lib, g'amni quvadi, vasvasa, yurak o'ynog'i, o'pka zahmi va silni, savdo va balg'amsiz isitmani, shuningdek, ichaklar zaiflanishining oldini oladi. qorinni yumshatadi. Badbo'y chiqindini daf' etadi. qizi-tilgan temir idishda sovutilgan sut ichilsa, istisqo (qorinda suv yig'ilib shishi)ni tuzatadi. Ichiladigan sut tengligida suv qo'shib ichilsa, peshobni shiddat bilan haydab peshob yo'llarini tozalaydi. Agar 3,5 gramm novvot ezilib aralashtirilgan bo'lsa, nihoyat foydalidir. Zahar ichilgan yoki zaharli jonivorlar chaqqan paytda (masalan ilon, chayon, qoraqurt va boshqalar) takror-takror sut ichib qusilsa, badandagi zaharlar daf' bo'ladi. Mol sutidan shirguruch pishirib yeyilsa, umrni uzaytiradi, yuzni chiroyli etadi. Sut yong'oq va xurmo bilan ichilsa, buyrakni yaxshilay-di, shahvat va maniyni kuchaytiradi. Mol sutidan iste'mol kilishning normasi 150 grammdan 300 gram-mgachadir. Lekin qayd qilish zarurki, sutdan normadan ortiq ichilsa, buyrak va peshobda toshlar hosil bo'ladi, pes illatiga giriftor etadi. Me'dada qaysi modda ko'p bo'lsa o'shanga qo'shilib ketadi. Zararini ketkazish uchun shakar yoki asal eyilsa kifoyadir. Agar sut asal yoki shakar bilan ichilsa, me'dada qotishni to'xtatadi. A'zolar og'rig'i, titroq paydo qiladi, sovuq ter chiqadi, behush bo'lish mumkin. Aqlni bejo etadi. Agar tomoq og'rig'iga giriftor qilsa, uning davosi indov, sirkaasal, shuningdek, sirkani ho'l bilan aralashtirib, ichib qusish lozim, yo 4,5 gramm xamirturush yeyilsa, qotgan sutni hal qiladi. Agar uni burun yoki quloqqa tomizilsa miyaga namlik keltiradi va uyqusizlik va quloq og'rig'ini to'xtatadi. Agarda lattani ho'llab peshonaga qo'yib bog'lansa ham shu foydani beradi. Agar echki sutiga bodom mag'zini tuyib qaynatib ichsa qon qusish, yo'tal, sil va o'pka zahmi, shuningdek, ichki a'zolardan qon ketishini daf' qiladi. 110 grammdan 220 grammgacha sutga meva yelimi qo'shib, 1.75 dan to 3.5 grammgacha ichilsa, yuqorida zikr qilingan xastaliklarga davodir. Shuningdek, siyna a'zolaridagi illatlarga buyrak, yurak o'ynog'i g'am, qo'rqoqlik, vasvasani daf' etadi. Lekin echki suti sovuq va ho'l mizojli kishilarga zarar qiladi. Bod paydo bo'ladi, hiqichoq tutadi. Pishloq pishirish chog'ida (pani) pishloq suvidan olib ichilsa, kuygan safro natijasida paydo bo'lgan kasalliklar, savdoyi illatlar, issiq mizojli kishilarga davodir. Echki suti kishini oriqlantiradi, eski isitmalarga davodir. Agar echki sutiga zarpechak qo'shib ichilsa, istisqoni to'xtatadi, Rayhon urug'ini ezib sutda pishirib qo'yib bog'lansa, turli toshma xom yaralarni pishiradi va yoradi. 

QAYMOQ - Sigir, qo'y, echki sutlaridan olingan sut yog'i bo'lib, xom sutdan olingani xom kaymoq, qaynagan sutdan olingani pishgan qaymoqdir. har ikkala kaymoqning ta'sir darajasi turlichadir. Eng yaxshi qaymoq sigir sutidan olingan qaymoqdir. qaymoqning tabiati ho'l issiqqa moyil bo'lib, qaymoq turib qolishi natijasida ho'lligi va issiqligi kamayib, quruq issiqqa aylanib qoladi. Dori sifatida yangi kaymoqni ishlatish afzal. qaymoq badanni yumshatish, modda almashinuv jarayonini yaxshilash, badandagi ma'danlarni pishirish, tanani semirtirish, tiqilmalarni ochish, ichki va tashqi shishlarni qaytarish xususiyatiga ega. Shuningdek, qaymoqning ozuqa sifatida ishlatilishidan boshqa, muvofiq ravishda iste'mol qilib borilsa, tomoqni yumsha-tish ovozni sozlash va quruq yo'talni to'xtatish, nafas siqilishiga o'xshash kasalliklarni davolashda nihoyatda yaxshi samara beradi. Yangi qaymoqni muvofiq miqdorda asal bilan qo'shib yesa, ko'krak parda yallig'lanishi, o'pka yallig'lanishi kasalliklariga ta'sir qo'rsatadi. Ammo issiq mizojlarda qaymoq, salni aralashtirib iste'mol qilish ko'ngilni behuzur qiladi. 100 gramm qaymoqni 30 gramm shakar va 30 gramm mag'iz bilan qo'shib, kun ora iste'mol qilib borilsa, odamni tez semirtiradi. qaymoqni achchiq bodom bilan qo'shib yesa o'pkadagi ortiqcha ho'llikni yo'qotadi. quruq dorivorlarga qo'shib yesa ich surishni va ich surilishidan bo'lgan ichak bo'shashini to'xtatadi. Oltmish gramm yangi qaymoqqa o'ttiz gramm shakar qo'shib kunda bir mahal eyilsa, peshob ravonlashadi. qaymoqni munosib dorilar bilan qo'shib boshga surtilsa, miyadagi tiqilmalarni ochadi, paylarni yumshatadi, badandagi har xil jarohat - teri yorilish, qo'tir va yara-chaqalarning tuzalishida yaxshi unum beradi, teri kasalligiga giriftor bo'lganlar, chillada sovuq suvda yuvinib, qaymoq bilan kerakli o'rnini moylasa yaxshi foyda beradi. qaymoqdan yog' ajratib, badanga surtilsa shishlarni yo'qotadi, bo'g'im og'riqlarini qoldiradi, muskullarni yumshatadi. Chipqon, jarohat shuningdek, ilon, chayon, chaqqan joyga qaymoq yog'ini qizdirib surtilsa, zaharni, yiringni kesib, sog'ayishni ilgari suradi. qaymoq yog'ining olinishi: muvofiq miqdorda qaymoqni sust olovda qizdirib, ustiga 2:1 nisbatda kunjut yoki qo'yning buyrak yog'i qo'shib, yana bir oz qizdirib, sovutganda qaymoq yog'i hosil bo'ladi. 

QATIQ - Qatiqning tabiati ho'l sovuq. Badanga ho'llik yetkazadi, tashnalikni qondiradi, issiq mizojli kishilarda jinsiy iqtidorni oshirish xususiyatiga ega. qatiqdan muvofiq miqdorda ichib borilganda yuqorida ko'rsatilgan xususiyatlardan tashqari qon bosimi bor kishilarga alohida manfaat ko'rsatadi. Ko'p terlaydigan, harorati yuqori, tanasi zaif kishilarning badanini quvvatlaydi. Issiqlikni qaytaradi, tashnalikni bosadi. qatiq yoki undan tayyorlangan do'g'ob chillada muvofiq ravishda ichib borilsa, qon tomir kasalliklarining oldini oladi. qand kasali bilan og'rigan bemorlarga yaxshi foyda beradi. qatiqning yuzidagi yog'ini ajratib, miyasiga ho'llik etishmay, uyqusi buzilgan odamning bosh qismi yog'lansa, miyada ho'llik paydo bo'lib, uyqu yaxshilanadi. qatiqdan ajratib olingan zardobni uzum sirkasi bilan aralashtarib, turli yiringli teri kasalliklariga surtilsa unumi yaxshi bo'ladi. Biroq qatiq sovuq mizojli kishilarga aks ta'sir ko'rsatadi. Yangi ivitilgan qatiqning iliq zardobini har kuni 3-4 mahal bir piyoladan oshirib ichish jigar sirrozi, sariq kasalida katta manfaat yetkazadi. Tiqilmalarni ochib, o't pufakni tozalaydi. Tumov, shamollash, bosh og'rig'i va harorat ko'tarilganda bir piyola (50 g) qatiqni 200 gramm qaynoq suvda aralashtirib, yarimta piyozni to'g'rab solinadi. Danaqdek saryog', ta'bga ko'ra tuz-qalampir solinib, 10 daqiqa past olovda dam yediriladi. Yuqoridagi xastaliklarda yaxshilab o'ralgan holda boshni bog'lab, qaynatmani issiq-issiq ho'plab ichiladi. Kuchli terlatadi. Aspirindan a'lo darajada ruhiyatni ochadi. Ko'ngil aynishi, dilg'amligini yo'q qiladi. Taomga ishtaha qo'zg'atadi. Shu tarzda qaynatma tayyorlab, sariq kasalidagilarga ham berish mumkin. Farqi bu qaynatmaga saryog', qalampir solinmaydi. Tuz ozroq qo'shiladi. qatiq va suzma vositasida ko'plab kasalliklarni davolash mumkin. Suzma ivitilgan qatiqning zardobini oqizish bilan tayyorlanadi. Bundan uzoq vaqt mobaynida turli sharoitlarda foydalanish mumkin. Suzmaning o'zini quritib olish yoki qurut tayyorlab iste'mol qilish ham qulaydir. Suzma ho'l-sovuqqa moyil bo'lib, oshqozon-ichak, buyrakni quvvatlantiruvchi, tanani yumshatuvchi, yaxshi qon paydo qiluvchi hamda semirtiruvchi xususiyatlarga ega. Suzmaning o'zini iste'mol qilish ishtahani ochadi. Undan turkona tarzda ayron, qoqurum qilib ichish esa yuqorida biz ta'kidlagan kasalliklarda, tashnalikda munosib vosita bo'la oladi. Sariq kasali bilan og'rigan bemorlarning qo'l-oyoq bo'g'imlarga kechqurun suzma bog'lash ishonchli samara beradi. Ziynat borasidagi xususiyatlariga alohida to'xtalamiz. qatiq va suzma vositasida ayron yoki chalop ham tayyorlash mumkin. Ayron so'zi turkiy xalqlarda qatiq ma'nosini ham anglatadi. Bizda esa uni maxsus tayyorlab ichiladi. Ba'zi joylarda, esa sutni kuv qilib yog'i ajratib olingan qoldiq ayron hisoblanadi. Ayron yozning jazirama kunlarida chanqoqni bosuvchi eng yaxshi ichimlik hisoblanadi. Yurak behalovatligida, ovqat xazm qilishda, ko'ngil bezovtaligida ayron tinchlantiruvchi, tozalovchi shifobaxsh ichimlikdir. Ayron ikkinchi darajada sovuq va ho'ldir. Uning quruqligiga qaraganda ho'lligi ortiq. qon bosimi ko'tarilishida, erlik quvatini oshirishda, haroratni tushirishda, me'da va jigar qizishidagi issiklikni pasaytirishda ayron munosib vositadir. Kefir qatiqdan ko'ra kuchsizroq, nordonroq ichimlik. Bu mahsulot ham yuqorida zikr etilgan xastaliklarda kor qiladi va kamqonlik, jigar, buyrak kasalliklarida ham kefir iste'mol qilish davo choralaridan biridir. Pishloq yurak, qon bosimi, buyrak kasalliklari bilan og'riganlarga uncha to'g'ri kelmaydi. Tarkibida turli darmon - dori (vitamin)lar va tuzlarning ko'pligini hisobga olganda bolalar, homilador ayollar va keksalar uchun qulay ne'matdir. quyuq qaymoq (smetana) maska yog' (saryog') va kuvda olingan yog'lar har jihatdan shifobaxsh hisoblanib, darmon - dorilarga boydir. Tuya sutidan qumron tayyorlanadi. qumronni iste'mol qilish modda almashinuvini, xazmni yaxshilab, ishtaha paydo qiladi. Taloq va jigar, istisqo, bavosir xastaliklarida munosib davo bo'ladi. Ot sutidan tayyorlanadigan qimiz esa alohida ta'rif va tavsifga ega. qadimdan insonlar qimizdan shifobaxsh va yoqimli ne'mat sifatida foydalanib kelganlar. haqiqiy tayyorlangan qimiz kishini bardam qiladi. Tanada qon aylanishini, modda almashinuvini, xazmni yaxshilaydi. qorinni to'q tutadi. o'pka - sil kasalliklarida toza qimizni me'yorida iste'mol qilinsa, bemorni davolabgina qolmasdan butun tanada yosharish ham ro'y berganligi allaqachon isbotlangan. Xullas, biz hayvonot olami orqali bizga ne'mat qilib berilgan sut bebaho xususiyatlarga ega. Tabaroniy (r.a) dan qilingan rivoyatda Payg'ambar alayhissalom marhamat qilibdilar: Sigirning suti shifo, yog'i davodir. Ahmad (r.a)dan: Payg'ambar alayhissalom dedilar: Alloh taolo har bir dardning davosini ham yaratib qo'ygan. "Sigir sutini ko'proq iste'mol qilinglar, chunki u turli dorivor giyohlarni terib yeydi". Yana bir rivoyatda esa azador kishilarga sutli xo'rda qilib berilsa, bardamlik bag'ishlab, dard-g'amlarini aritadi deyilgan. Bu borada shayxur - rais Abu Ali ibn Sino keng ko'lamda yozib qoldirganlar. Keling, yaxshisi shu o'rinda buyuk hakimning sut haqidagi fikrlari bilan ham tanishib qo'yaylik. 

LABAN - SUT - Sut uch moddadan murakkab topgan. Suvlik, og'iz (pal-la) va yog' moddasidan. Sigir sutida yog' moddasi ko'p bo'ladi. Tuya sutida esa yog' va og'iz moddasi oz va o'zi juda suyuq bo'ladi. Echki suti esa mo''tadildir. qo'y suti quyuq va yog'li, ammo sigir suti undan ham quyuqroq va yog'liroq bo'ladi. Biya suti esa tuya sutiga o'xshash suyuq va suvli bo'ladi. Odam uchun eng yaxshi sut xotin sutidir. Eng yaxshi sut ko'krakdan emib ichiladigan sut, hamda hozirgina sog'ib ichiladigan sutdir. Eng yaxshi sut oppoq va bir xil quyuqlikdagi sutdir, uni tirnoq yuziga tomizilsa, turib qoladi va undan oqib tushmaydi. Sut beruvchi hayvon yaxshi o'tlar bilan boqilishi kerak. Sutda hech qanday boshqacha maza, ya'ni achchiq, nordon va o'tkir maza bo'lmasligi, yoqimsiz va yot hidlar bo'lmasligi kerak. Sutni sog'ilgan zamon unda biror o'zgarish paydo bo'lmasidan burun ichish kerak. Bo'g'ozlik davri xotinlarning homiladorligidan uzoqroq yoki ozroq cho'zilgan hayvonlarning suti yomon bo'ladi. Shuning uchun bo'g'ozlik muddati jihatidan insonga yaqin turgan hayvonning, masalan sigirning suti eng yaxshi sut hisoblanadi. Sutning suvliligi - issiq, yog'li qismi garchi issiqlikka moyil bo'lsa ham mo''tadillikka yaqin, qatiq esa sovuq va quruq bo'ladi. Sutning suvli qismi latiflashtiruvchi va yuvuvchi bo'lib, achishtirish hossasi yo'q. Sut xiltlarni mo''tadillashtiradi, badanni baquvvat qiladi, semirtiradi. Sutni asad bilan ichilsa, ichki yaralarni quyuq xiltlardan tozalaydi, ularni etiltiradi va yuvadi. Sutning kaymusi yaxshidir. Sut, ayniqsa, xotinlar suti, miyani oziqlantiradi va ko'paytiradi. Sut tez hazm bo'ladi, chunki sut sovuqqa moyil a'zoda paydo bo'lsada, hazm bo'lishning nihoyat darajasiga yetgan qondan tug'ilib, yana ikkinchi bor hazmga moslashganidan keyin, qanday qilib bu sifatga ega bo'lmasin. Sut to uzoq hazm bo'luvchi va qayta-qayta tozalanishga muhtoj bo'lgan oziqqa aylanmaguncha u oziqlantirmaydi. Balki agar sut ortiqcha issiklikning ta'siriga uchrasa u issiklik sutga tezda mo''tadil qon tabiatiga qaytaradi. Sut to'g'risidagi Rufusning aytganlari, garchi ungi e'tiroz bildirgan bo'lsalar ham, qanchalik ajib! Sut sovuqlikka moyilligi sababli balg'am mizojlilarga zarar yetkazmaydi, chunki ularning issikdigi sutni yetarli miqdorda qonga aylantirmaydi. Sutning qonga yaqinligi sababli inson gavdasi sutni to u qonga aylanib ketgudicha o'zlashtiradi, shu sabali sut issiq va quruq mizojli kishilarga, ularning me'dasida sutni qonga aylantiruvchi safro yo'q paytida foyda qiladi. Undan tashqari sutda odam gavdasiga muvofiq xususiyatlar bor, lekin buning sabablarini bilib bo'lmaydi. Sut ichgan kishi tinch holda turishi kerak, aks holda sut me'dada achiydi va buziladi. Sutdan iste'mol qilgach,u to pastga o'tmaguncha uxlamaslik, ham uning ustiga boshqa ovqat yemaslik kerak. Sut issiq mizojli yoshlardan ko'ra, yoshi ulg'aygan kishilarga ko'proq yoqadi. Chunki u yoshlarda safroga aylanib ketadi. Sut keksa kishilarga ularning tabiatida ho'llik hosil qilgani va ularda bo'ladigan qichimani yo'qotgani sababli foyda qiladi. Ammo ularning sutni xazm qilishlariga asal bilan yordam berish kerak. Sut ko'pincha o'z ishini ichni surish va ichaklardagi chiqindilarni chiqarib tashlashdan boshlaydi. So'ngra oziqlantiradi va badanga tarqalib ich yana to'xtaydi. Agar sutni qaynatilmasa, u ichni dam qiladi. Sut ichni yumshatuvchi suv qismi va bog'lovchi og'iz qismidan murakkab topgan. Og'iz suti sekin hazm bo'ladi, quyuq xilt hosil qiladi va pastga sekin o'tadi, ammo asal uning xususiyatini to'g'rilaydi. Gavda esa og'iz sutidan ko'p oziq oladi. qatiq ham xilt hosil qiladi; qaynatilgan sut, ayniqsa quyug'i ichni ko'proq bog'laydi. Tuya suti unda -og'iz moddasi kamligi va o'zidagi suv qismining tozalash xususiyati sababli tiqilmalar hosil qilmaydi. Undan boshqa har qanday sut tiqilmalar paydo qiladi, ay-niqsa jigarda. Sut ichki a'zolarga quyulib ularga o'zining o'tkirligi va achishtiruvchanligi sababli ozor berayotgan moddalarga qarshi foyda qiladi. Bundan tashqari u o'zining oddiy suvdan ko'ra kuchliroq bo'lgan suv qismi bilan yuvish natijasida moddalarni kuchsizlantiradi. Sut a'zolarga munosib bo'lgani va ularga yopishadigan bo'lgani sababli, a'zo bilan yomon xiltlar orasiga to'siq bo'lib, u xiltlarning kayfiyatini mo''tadil-lashtiradi va yomon xiltlar bilan a'zo orasiga kirib ularni a'zo bilan bevosita to'qnashishiga qo'ymaydi. Sut qon oqishi bor odamga zarar qiladi, ichki a'zolar uchun ham yaxshi emas, ichki a'zolarga boshqa sutlarga qaraganda echki suti ko'proq zararlidir, chunki echki ko'proq burushtiruvchi narsalar bilan ovqatlanadi. qo'y suti esa echki suti bilan qarama-qarshi xususiyatga ega, ammo maqtarli emas va yallig'lanishni keltirib chiqarishi mumkin. Sut o'z javhari bilan tez o'zgaradi, ayniqsa, issiqlikdan, ammo hech narsa gavda uchun yomon sut qadar zarar keltirmaydi. Eshak suti suvliroq, cho'chqa suti ham suvliroq va yetilmagan. Bahorgi sutning yozgi sutga qaraganda suvliligi ko'proqdir. Suv bo'ylarida va botqoqliklarda o'tlaydigan barcha hayvonlarning sutlari ham ana shundaydir, chunki bahorgi o'tlar yozgi o'tlarga qaraganda suvliroq bo'ladi. Yoz kuzga yaqinlashgan sari sut quyuqlasha boradi. Eng yaxshi sut yozning o'rtasida sog'ilib ichiladigani, lekin ichilgach uning issiqdan buzilish xavfi bor, lekin bahorda bu xavf bo'lmaydi. Sigir suti juda seryog' bo'ladi, qo'y sutida esa og'iz ko'p bo'ladi. Tuya sutida yog' va og'iz moddalari oz, uning ketidan biya suti va eng keyin eshak suti keladi. Shu sababli bularning sutlari me'dada va qorinning yuqori qismida boshqa sutlarga nisbatan kam iviydi. Tuya sutida yana sho'rlik ham bor, chunki tuyalar nordon o'tlarni yaxshi ko'radilar. Bu sut eng yaxshi sutdir. Shuning bilan birga, u me'dada va qorin bo'shlig'ining yuqori qismida boshqa sutlarga qaraganda uzoqroq saqlanadi, deydilar. Bilginki, sut hayvonning naviga, uning yoshiga, ya'ni yoshi qari yoki yoshi o'rtacha bo'lishiga, uning tuzilishiga, go'shtining yumshoq yoki qattiqligi, semiz yoki oriqligi, oqligi yoki boshqa rangda ekanligiga qarab ham o'zgaradi. Aytishlaricha, eng kuchsiz sut oq hayvonning suti bo'lib, u tez pastga o'tadi. Ba'zi tabiblarning aytishicha, sutni iste'mol qilish bitlatar emish. Bu ehtimoldan uzoq emas. Uni badanga surtilsa, teridagi xunik izlarni ketkazadi, ichilsa terining rangini yaxshilaydi. Lekin ko'pincha, sut oq dog'ni keltirib chiqaradi. Lekin tuya suti bundan mustasno bo'lib, undan oq dog' hosil bo'lish xavfi kamdan-kam bo'ladi. Sutni shakar bilan ichilsa, yuzning rangini, ayniqsa xotinlarni chiroyli qiladi. Sut semirtiradi. hatto og'iz suvi issiq va sovuq mizoj sababli ozgan odamlarning mizojini ho'llash va yomon xiltlarni chiqarish va shu bilan oziqni yaxshilash orqali semirtiradi. qatiqni temir to'poli bilan berilsa, o'shanday odamlarni tez semirtiradi. Og'izning suvi surtilsa, sepkil va dog'larni ketkazadi, goho ichilganda ham shularga foyda qiladi. 

SHISH VA TOSHMALAR - Sut ichilganda ko'pincha yomon sifatli shishlar. Yiringli shishlar, saramas, qichima va qo'tir bilan og'ruvchi kishilarga, agar ularning mizoji sutni buzmaydigan va uni safroga aylantirib yubormaydigan bo'lsa, foyda qiladi. Ichki shishlarni odamlarda bo'lgan sut zarar qiladi. 

JAROHAT VA YARALAR - Sut o'zining yuvish, tozalash va yopishtirish xossala-ri sababli ichki yaralarga mos keladi. Mizoji sutni buzadigan va uni safroga aylantirib yuboradigan narsalarga ega bo'lmagan kishiyaarning yarasiga sut foyda qiladi. Og'iz suvini xalila bilan qo'shib qo'tirga ishlatiladi. 

BO'G'INLAR - Asabga va asab kasalligi bilan og'rigan kishilarga, ayniqsa, u kasallik sovuq va balg'amli bo'lsa, sut zarar qiladi. 

BOSH A'ZOLARI - Echki suti nazlalarda foyda qiladi va ularni to'xtatadi, o'tkirligini yumshatadi. Tomoqdagi yaralarga ham foyda qiladi. Sut quruq mizojdan bo'ladigan g'amginlik va vasvasaga hamda esda saqlayolmaslik kasalligida yaxshi davodir. Sut tishlarga ziyon qiladi, uni yeydi, kovak qilib uvalaydi, ayniqsa tish sovuq mijozli bo'lsa shunday qiladi. U milklarni bo'shashtiradi va undan so'ng asal, sharob yoki sikanjibun bilan og'izni chayqash kerak. Aytishlaricha eshak suti bilan og'iz chayqalsa, tish va milklarni mahkamlaydi va bosh og'riqli, bosh aylanadigan, qulog'i shang'illaydigan kishilarga muvofiq kelmaydi, ayniqsa sutni ichgandan so'ng uxlasalar shunday bo'ladi. qisqasi, u boshi zaif kishilarga zarar qiladi. 

KO'Z A'ZOLARI - Sut ko'zning xiralanishi va shapko'rlikni keltirib chiqaradi. Agar ko'zga sog'ilsa, ko'z og'rig'iga va ko'zga tushadigan issiq moddalarning zarariga qarshi foyda qiladi. Qovoq g'adir-budirligiga ham foyda qiladi. Yana sutni tuxum oqi va xom atirgul yog'i bilan qo'yilsa ham shunday ta'sir beradi. Ko'zga sog'ilgan sut ko'zdagi qizil nuqtalarni ketkazadi. 

NAFAS A'ZOLARI - Eshak va echki suti qaysi biri bo'lmasin, yo'talga, sil va qon tuflashga foyda qiladi. qo'y suti esa qon tuflashga ko'proq foyda qiladi. Sut o'pka yarasi va silga qarshi ishlatiladigan dorilardandir. U bilan og'izni chayqash va g'arg'ara qilish tomoq og'riqqa, shishishiga, tilchaning va bodomsimon bezlarning shishlariga foyda qiladi. Ammo sut qon yoki balg'amdan bo'ladigan ho'l xafaqon kasali bilan og'riganlarga zarar qiladi. Tuya suti astma va nafas qisishiga foyda qiladi. Sut bosh yoki me'dadan ko'ra ko'krak uchun foydaliroqdir. 

OZIQLANTIRISH A'ZOLARI - Sut jigarda to'qimalar paydo qiladi. Og'iz suvi sariq kasaliga foydalidir. Echki, tuya suti ham shunday. Eshak suti istisqoga foyda qiladi. Bu sutlarning hammasi taloq qattiqlashganda foyda qiladi; tuya suti esa kanakunjut yog'i bilan birga ichki qattiqliklarga ishlatiladi. U me'dada yel, shish, og'riq paydo qiladi, ayniqsa og'iz suvi shunday. har ikkalasi og'iz suvi va sut hiqichoq va dudli ya'ni quruq kekirishni keltirib chiqaradi. Lekin sut ko'proq shunday qiladi. Tuya suti istisqo uchun juda foydalidir, ayniqsa uni urg'ochi arab tuyasining siydigi bilan qo'shib ichilsa, ishtahani oshiradi va chanqatadi. qatig'i juda sekin singiydi va xom xilt paydo qiladi. Ba'zi issiq me'da, yo o'z tabiatiga ko'ra, yoki tasodifiy sabablar bilan, uni xazm qilib yuboradi; bunday me'da uchun u foydalidir. Bunday xollarda tuya sutining qatig'i, qaymog'i olinganligi sababli dudli kekirik paydo qilmaydi. 

CHIQARISH A'ZOLARI - Og'iz suvi kuyib ketgan safroni haydaydi. Devpechak bilan birga esa kuyib ketgan savdoni haydaydi. Sut tosh paydo qiladi. Suvli qismi ketguncha qaynatilgan sut ichni qotiradi va qonli ich ketishni to'xtatadi. Tuya suti hayz qonini haydaydi, sigir sutining ayroni esa safroli ich ketishda foyda qiladi. Yangi sog'ilgan sut bilan bachadon yaralarida xuqna qilinadi. Echki suti qovuqdagi yaralarda foyda qiladi. Sut yana jinsiy aloqa zararini ketkazadi va shahvoniy quvvatni oshiradi, orttiradi. Ichakda yel paydo qiladi. quyuq sut qulanjni qo'zg'atadi va toshlarni paydo qiladi, ayniqsa og'iz suti shunday. Sut, hatto, qatiq issiq mizojli kishilarda shahvoniy intilishni kuchaytiradi, chunki u mizojni ho'l qilib yellantiradi. Ko'pgina sut ichni yumshatadi. Ayniqsa, biya, eshak, tuya, sigir, echki sutlari ana shunday. Shuningdek har bir suvliligi oz bo'lgan sut ham shu kabi ta'sirga egadir. Sutni ko'p ichish ichni suradi. Chunki u hazm bo'lmaydi. Tuz sutning va og'iz suvining ichni surishiga yordam qiladi. Alangada qaynatilgan sut, qizdirilgan tosh va qizdirilgan yassi temir parchasi bilan isitilgan sutlar albatta ichni qotiradi. Sut ichak shilinishida foyda qiladi. Qaynatilgan qatiq safro va qon aralash ich ketishini to'xtatadi. Tuya suti bavosirga foyda qiladi. Sutni orqa teshik shishlari va yaralariga qov ustidagi shish va yaralarga qo'yilsa, foyda qiladi va shu a'zolardagi og'riqni bosadi. 

ISITMALAR - Echki va eshak suti sil va nihoyat darajada ozib ketish kasalliklarida foyda qiladi, buni sen o'z joyida ko'rasan. Yog'i yaxshi olingan qatiq yaxshi xazm bo'lsa, ozdirib yuboruvchi isitmada foyda qiladi. Yangi sog'ilgan quyuq sutlar isitmalarda ko'pincha ishlatilmaydi va isitmasi bor kishi undan qochsin. 

ZAHARLAR - Sut o'ldiruvchi dorilar, dengiz quyoni, cho'l gazago'tining yelimi, sassiqalaf, mingdevona ichganga qarshi foyda qiladi. Ayniqsa, olakulang, dengiz quyoni, cho'l gazago'tining yelimi xarbaq "Bo'ri va qoplon bo'g'uvchi" va barcha chiritib etni o'yuvchi dorilarga qarshi foyda qiladi. Sut mingdevona ichgan kishiga foyda qilib, uning aqlini o'ziga keltiradi. Sut haqida, uning inson hayotidagi beqiyos o'rni haqida hamon tadqiqotlar davom etmoqda. Ammo xorij tabobati bilan tanishganimizda kishini hayratga soluvchi ajabtovur ma'lumotlarga duch kelamiz. Masalan, tibbiyot fanlari doktori G.N. Ujegov o'zining "Xalq tabobatining oilaviy katta qomusi" ("Bolshaya semeynaya ensiklopediya narodnoy medisinn - 2007. Moskva) kitobida alohida sahifa ajratib, "Sut foydalimi yoki zararmi?" deb nomlagan. Kitobda Amerikalik olim N.V.Uokerning "Parhez va salat" kitobidan shunday sat-rlar keltiriladi: "Asrlar davomida yig'ilgan tajribalar shuni ko'rsatmoqdaki, odamlarning yo'tal, tumov, astma, bronxit, shamollash, o'pka va tuberkulyoz bilan kasallanishida sut va sut mahsulotlarini iste'mol qilish tufayli paydo bo'lmoqda". Barcha allergik kasalliklarni sut chiqaradi. hayvonot suti hech qachon inson uchun emas, hayvon bolalari uchundir. hayvon bolalari, inson bolalari ona sutiga qanchalik muhtoj bo'lsa shu kabidir. Aslo kattalar uchun emas. Xalq tabiblari esa sut tufayli o'tkir kasalliklar aslo yengillashmaydi, aksincha bo'g'inlarda va arteriallarda tiqilma va qattiqliklar paydo qiladi. Sutda kazein degan modda ko'p deydi ular. Bu modda sut ichilganda yo'g'on va ingichka ichakka xuddi plyonkaday o'ralib, qotib qoladi. Natijada yeyilgan ovqatlar ichakka so'rilmay kamquvvatlik, ko'p ovqat iste'mol qilish kelib chiqadi. Vaholanki, kazein moddasidan kimyoviy usulda sanoat uchun tozalagich (taroqlar, kuraklar) ishlab chiqiladi va qurilish uchun mustahkam bo'lgan kley-elim ishlab chiqariladi. Ekologik muvozanat muammolaridan kelib chiqib, xar-xil o't o'lan va daraxt yaproqlari, turli tutun va zaharlar, gazlar bilan ifloslanmoqda. Bunday mahsulotlarga to'ygan hayvonlar suti esa salomatlikka jiddiy xavf soladi. Allergiyaning keng tarqalishi shunga bog'liq bo'lib qoldi. Allergiyasi, oshqozon-ichak kasali bor bemorlar ovqati tarkibidan sut va sut mahsulotlarini iste'mol qilish chiqarib tashlanganida ular tez sog'aya boshlaganliklari kuzatilgan. Allergiyasi bor, injiq bolalaringizga ham sutli ovqat berishni to'xtatsangiz jiddiy va ijobiy o'zgarishni kuzatasiz. Uni iste'mol qilishdan zararli oqibatlar kelib chiqadi. Ana, xolos. Bu qandaydir ist'emol qilingan sut kishi organizmida va havo ufunatida tez buziladigan va mizojlariga sut o'tirishmaydigan o'lkalarda ro'y bersa kerak, va yana qo'shimcha qilamizki, shamol bo'lmasa terak uchi bekorga qimirlamaydi. Darhaqiqat, oramizda ham sut haqida gap ketgandayoq ko'ngli behuzur bo'ladigan shaxslar yo'q emas. Ammo sut va sut mahsulotlarini turli kasalliklarda dori - darmon qabul qilinayotganda iste'mol qilmaslik buyuriladi. Negaki, har qanday shifobaxsh dorivor va zaharlarning kayfiyatini sut-qatiq keskin buzib tashlashini ota-bobolarimiz ancha ming yillar muqaddam yaxshi bilishgan. (Kosmetika) uchun tavsiyalar Sut, qatiq, tuxum va boshqa mahsulotlar aralashmalari yordamida terini oziqlantiruvchi, yumshatuvchi, tiniqlashtiruvchi va tekislovchi surtmalar tayyorlash oson.
- 2 oshqoshiq suli uniga 50g iliq sutni qo'shib, qaymoq darajasiga kelguncha aralashtirasiz. Yuzingizga surtib, 20 minutdan so'ng artib tashlang. 
- 1 osh qoshiq yog'sizroq suzmaga 1 choyqoshiq zaytun moyini yaxshilab iylab yuzingizga surting. 20-30 daqiqa kifoya.
- 1 oshqoshiq suzmaga teppa-teng asal qo'shib, bir necha tomchi limon sharbatini aralashtirasiz. Yuzga surtib, 15-20 daqiqa kutasiz.
- Qatiqni o'zini yuz-ko'zlaringizga surtib 30 daqiqadan so'ng asta silasangiz o'zi tushib, tozalanadi. Shu usulni kirlanib ketgan qo'llarga ham surtib, asta ishqalansa, barcha kirlarni tushiradi. qatiq va zardob bilan sochni yuvish har qanday dongdor shampundan a'lodir.
- Qatiq, suzma va zardobga o'rik, shaftoli, olma, anjir, gilos mevalaridan ezib aralashtirib turli yuz niqoblarini amalga oshirish mumkin. 
- Yodingizda bo'lsin: yiqilib oyoq-qo'l, badan qattiq shikastlanganda, olov yoki qaynoq suvdan kuyganda aslo sut-qatiq icha ko'rmang. Jarohatlangan joyni zardob bilan yuvish mumkin. Zardobni jigar kasali bilan og'riganlar har kuni 2-3 piyola iliq holda ichish yaxshi samara beradi.- Yangi manzillarga borganingizda iloji bo'lsa, 200g qatiq ichib olsangiz iqlimga moslashuv oson kechadi.- Baliq, kalla go'shti va tuxum bilan bir vaqtda sut-qatiq iste'mol qilmang. Me'da faoliyati keskin buziladi. - Sut-qatiq mahsulotlarini sopol, shisha va sirli idishlarda saqlash sifatiga putur yetkazmaydi.- Bosh miyadan zarb olgan, yiqilgan kishilar har kuni nahorga 40 kun bir kosadan yangi sog'ilgan sut ichishlari lozim.


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət