Ana səhifə

Salomov ilhom


Yüklə 0.65 Mb.
səhifə1/6
tarix26.06.2016
ölçüsü0.65 Mb.
  1   2   3   4   5   6
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XO’JALIK VAZIRLIGI

SAMARQAND QIShLOQ XO’JALIK INSTITUTI
Qo’lyozma huquqida

O’DK:633.51: 631.545


SALOMOV ILHOM
Mavzu: Qator oralarini polietilen plyonka bilan mulchalashni g’o’za hosildorligiga ta’siri.

4100202 – Paxtachilik mutaxassisligi bo’yicha

Magistr

akademik darajasini olish uchun yozilgan

D I S S Ye R T A S I Ya



Ilmiy rahbar: qishloq xo’jalik

fanlari doktori, professor R.Oripov




Samarqand – 2013 y.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XO’JALIGI VAZIRLIGI

SamarQand QishloQ xo’jalik instituti

Fakultet: Agronomiya Magistratura talabasi­­­: I.Salomov

Kafedra: «Dehqonchilik va Ilmiy rahbar: professor R.Oripov

meliorasiya asoslari» Mutaxassisligi: Paxtachilik

O’quv yili: 2012 - 2013


MAGISTRLIK DISSERTASIYaSI ANNOTASIYaSI
Qora plyonkani g’o’za qator oraliqlariga to’shash yo’li bilan uni sug’orish soni va sug’orish me’yorini kamaytish, bu tadbir bilan bog’liq bo’lgan birnecha texnologik tadbirlardan voz kechish uchun sharoitlar yaratiladi. Shuning uchun o’rganilgan mavzu dolzarb hisoblanadi.

Qora plyonka to’shab, uning ta’sirini tuproqning suv rejimiga, Oqdaryo- 8 g’o’za navining hosildorligiga ta’sirini o’rganish ishning maqsadi hisoblanadi, shunga asosan g’o’zaning o’sish, rivojlanish, hosildorligi variantlar bo’yicha hisoblanib, hosilning sifat ko’rsatkichlariga ta’siri aniqlangan, o’tkazilgan tadqiqotning iqtisodiy samaradorligi hisoblangan.

Tadqiqot obe’kti qilib istiqbolli Oqdaryo – 8 navi olingan, tajribalar o’tloq – bo’z tuproqlar sharoitida olib borilgan.

Tadqiqot O’zPITI ning «Dala tajribalarining o’tkazish uslublari» (2007) asosida bajarilgan.

Ishning ilmiy yangiligi shundaki, qator oralig’iga qora plyonkani to’shab sug’orish texnologiyasini o’rganish ilk bor bajarilgan, olingan natijalar yangilikdir.

Tadqiqotning amaliy ahamiti qora plyonka bilan mulchalash orqali sug’orishning me’yori va muddatlari aniqlandi, hosil miqdori va hosil sifatiga ta’siri bo’yicha xulosalar qilindi. Olingan natijalar ko’rsatishicha gektaridan 4,5-9,4 sentner qo’shimcha hosil olinib, sohaning rentabellik darajasi 28,8 % gacha ko’tarildi, hosil sifati birmuncha oshganligi qayt etildi.

Olingan ma’lumotlar asosida 5 ta punktdan iborat xulosa qilindi va ishlab chiqarishga tavsiya berildi. Qo’lyozma 73 betdan, 4 bobdan, 15 ta jadvallardan iborat bo’lib, 5 ta rasm va grafiklar keltirilgan.

Mavzuga taalluuqli 100 ta adabiyot tahlil qilingan. Qo’lyozma ma’lumotlari asosida 2 ta maqola chop etilgan.

Ilmiy rahbar: q.x.f.doktori, prof. R.Oripov

Magistratura talabasi: I.Salomov


THE MINISTRY OF AGRICULTURE AND WATER ECONOMY OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
Samarkand Agricultural Institute

Faculty: agronomy the student of Master’s Degree: Salomov I.

Branch: Bases of reclamation and agriculture scientific constructer: Professor Oripov R.

Study year: 2012-2013 Field: cottoning


ANNOTATION FOR DISSERTATION OF MASTER’S DEGREE
Using black cellophane in cotton-plant rows in irrigating causes to lessen limits and quantity of irrigation, also gives opportunity to refuse some technological works relating to irrigation. That is why researching problem is global.

The aim of this research is learning effects of black cellophane to water regime and to productiveness of sort of okdarya-8 cotton plant, therefore growing, the developing of cotton-plant calculated according to variants, learned effects on quality indicating, accounted economic result.

For the object of this research chosen having prospects Okdarya-8 sort, experiments conducted in pasture-virgin land condition.

The research has done according to “Styles of field experiments” (2007) of UzPITI.

The significant side of the work is that watering technology with black cellophane in irrigation ditches has been studies for the first time. In addition, it is a novelty.

The Practical importance of the research is that norms and terms of watering are defined by black cellophane and it concludes quality and quantity of harvest. According to the results, extra crop is 4,5 – 9,5 centner to each hectares, profitability degree of harvest is increased to 28.8%, the quality of crop becomes better.

According to taken information, five items were concluded and it was recommended to produce. The Manuscript consists of 73 pages, 4 chapters, 15 tables and 5 graphics and pictures are set in it.

100 literatures, which belong to the theme, were analyzed. 2 articles were published based on the information in manuscript.


Scientific constructer: Doctor of Agriculture Professor Oripov R

Student of Master’s Degree: Salomov I.



Mundarija




Kirish ………………………………………………………………..

3

2.

Adabiyotlar sharhi ………………………………………………….

7

2.1.


Chigit plyonka ostiga ekilganda va qator oralariga mulchalanganda g’o’zalarning o’sishi, rivojlanishi va hosildorligi…………………………………………………………


7

3.

Tadqiqotni o’tkazish sharoitlari, uslublari va obe’kti……

21

3.1.

Tuproq sharoitlari…………………………………………………..

21

3.2

Iqlim sharoitlari .............................................................................




3.3.

Tajriba uslublari..............................................................................




3.4.

Tajriba obe’kti va Oqdaryo – 8 navining tavsifi..........................




3.5.

Tajriba dalasida qo’llanilgan asosiy agrotexnologik tadbirlar...............................................................................................




4.

Tadqiqot natijalari.......................................................................




4.1.

Qator oralig’ingi mulchalashni g’o’zaning o’sishi va rivojlanishiga ta’siri......................................................................




4.2.

Qator oralig’ini mulchalashning tuproq hajm massasiga ta’siri .................................................................................................




4.3.

Mulchalashning tuproq namligi va suv sarfi me’yoriga ta’siri .




4.4.

Qator oralarini mulchalashning g’o’za hosildorligiga ta’siri ...




4.5.

G’o’za qator orasini mulchalashning iqtisodiy samaradorligi ....




4.6.

Ishlab chiqarish tajribasi ...............................................................







Xulosalar ............................................................................................







Ishlab chiqarishga tavsiyalar...............................................................







Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati .................................................





K i r i sh

Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi. Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yerga bo’lgan munosabatlarni tartibga solish, yer resurslaridan unumli foydalanish darajasini oshirishga qaratilgan qator qonun va huquqiy me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.

O’zbekiston respublikasining «Yer kodeksi», «Fermer xo’jaligi to’g’risida» gi qonunlari va boshqa me’yoriy hujjatlar yer egalarining huquqlari, uzoq muddatli yer maydonlaridan maqsadli va oqilona foydalanishdagi javobgarlikni ko’chaytish hamda tuproqlarning tabiiy unumdorligini saqlash hamda uni oshirishga qaratilgan dehqonchilik tizimlarini yaratish va madaniyatini oshirishga xizmat qilayotir.

Prezidentimiz Islom Karimov «Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» asarida jahon moliyaviy iqtisodiy inqiroziga to’xtalar ekan agrosanoat majmuida islohatlarni chuqurlashtirishda prinsipial ahamiyatga ega bo’lgan yo’nalishlar qatorida yerga, xususan tuproq unumdorligiga e’tibor berish lozimligini ta’kidlaydi.

Qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligini oshirish, texnologik jarayonlarni takomillashtirish, sarf xarajatlarni imkon qadar qisqartirish, mavjud resurslardan tejab – tergab foydalanish muhim ahamiyatga ega.

Bu borada keyingi yillarda anchagina ilg’or ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, dehqonchilikning yangi tizimi joriy etilishi bilan yangi texnologiyalar ham kirib kelmoqdaki, ularni hartaraflama agrotexnologik jihatdan ham, iqtisodiy no’qtai nazardan ham baholash lozim bo’ladi. Jumladan, g’o’zani plyonka ostida o’stirish, qora plyonkani qator oraliqlariga to’shash yo’li bilan g’o’zani sug’orish soni va me’yorini kamaytirish, shuningdek bu tadbir bilan bog’liq bo’lgan barcha texnologik tadbirlardan voz kechish kabi jarayonlar shular jumlasidandir. Shu nuqtai nazardan ham tanlangan mavzu davr talabidan kelib chiqqan holda dolzarb hisoblanadi va mintaqaning tuproq – iqlim sharoitida har taraflama o’rganishga molikdir.

Tadqiqot obe’kti va predmetining belgilanishi. Tadqiqot obyekti qilib, O’zPITIning Samarqand filialida yaratilgan g’o’zaning istiqbolli Oqdaryo – 8 navi olingan bo’lib, tajribalar shu filialning o’tloq – bo’z tuproqlari sharoitida o’tkaziladi va 90 sm kenglikda ekilgan g’o’za qator oralig’iga tushalgan qoraplyonka orqali sug’orish tartib va me’yorlari o’rganiladi.

Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. G’o’za qator oralig’ini qora plyonka bilan mulchalash, uning ta’sirini tuproqning suv rejimiga, ya’ni istiqbolli Oqdaryo – 8 g’o’za navining o’sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’sirini o’rganish ishning asosiy maqsadi bo’lib hisoblanadi.

Tadqiqot davomida, maqsaddan kelib chiqqan holda, quyidagi vazifalarni bajarish rejalashtirilgan:



  1. Variantlar bo’yicha g’o’zaning unib chiqish dinamikasini o’rganish.

  2. Qora plyonkani to’shagandan keyin g’o’zani fazalar bo’yicha o’sish va rivojlanishi bo’yicha fenologik kuzatishlar, biometrik o’lchovlarni o’tkazib borish.

  3. G’o’zani sug’orish me’yori va muddatlarini nazorat qilish, suv sarfini variantlar bo’yicha qatian hisoblash va hosildorlikka ta’sirini aniqlash.

  4. Hosilning sifat ko’rsatkichlariga ta’sirini taqqoslash.

  5. O’tkazilgan tadqiqotning iqtisodiy samaradorligini hisoblash.

Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Qora plyonkani

mulcha sifatida foydalanish bilan tuproq haroratini oshirish va tuproqdan suvni parlanishini kamaytirish ya’ni resurs tejovchi texnologiyani qo’llash bilan g’o’za hosildorligini 15-20 foizga oshirishga erishishning ilmiy – amaliy ahamiyatini aniqlash va isbotlashdir. Ushbu farazdan kelib chiqqan holda asosiy masalalar maqsad va vazifalarda keltiriladi.



Mavzu bo’yicha qisqacha adabiyotlar tahlili. Ushbu mavzu bo’yicha

keyingi yillarda Sh.T.Xoliqulov (2004), S.Bahramov (2007), G.A.Bezborodov (2007), Yu.G.Bezborodov, U.I.Qalandarova, X.I.Maqsadov (2007), M.Toshmatov (2007), F.Hasanova, Sh.Salamov (2006) va boshqalar g’o’za qator orasiga polietilen plyonka to’shash bilan sug’orish o’tkazishni, chigitni plyonka ekish, kompost va organik o’g’itlar bilan mulchalashni o’rganishgan va bu borada o’zlarining ijobiy xulosalarini berishgan.



Tadqiqotda qo’llaniladigan uslublarning qisqacha tavsifi. Tadqiqot O’zPITI ning «Dala tajribalarining o’tkazish uslublari» (2007 y) asosida olib borildi. Shuningdek, agroximiya va tuproqshunoslik (1963 y.), O’zbekiston o’simlikshunoslik institutining uslublaridan foydalaniladi.

Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati.

Tadqiqotning nazariy ahamiyati shundaki, g’o’za agrotexnologiyasida qo’llanilayotgan tadbirlarning o’zaro uyg’unlashuviga qo’shimcha g’o’za qator oralarini qora plyonka bilan mulchalashda sodir bo’ladigan agrokimyoviy – agrofizikaviy, fizik – mexanik tadbirlarning hamda biologik jarayonlarning faollashini tuproq unumdorligi va g’o’za hosildorligiga ijobiy ta’sirini o’rganish bo’lib hisoblanadi. Tadqiqit natijalari asosida qora plyonka bilan mulchalash orqali sug’orishning me’yori va muddatlari aniqlanadi, shu asosda xulosalar qilinib, tavsiyalar beriladi.

G’o’zaning hosildorligini oshirishdan tashqari, hosilning sifat ko’rsatkichlariga ta’siri ham o’rganilib, xulosalar beriladi.

Tadqiqotning iqtisodiy samaradorligini ham o’z aksini topadi.



Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Ishning ilmiy yangiligi shundaki, g’o’za o’stirishda ko’plab agrotexnologik jarayonlar qo’llanilib kelinayotgan bo’lsada, lekin g’o’zani sug’orishda resurs tejovchi texnologiyalardan hisoblangan qator oralig’iga qora plyonka to’shab sug’orish texnologiyasi kam o’rganilgan va ishlabchiqarishga zarur bo’lgan tavsiyalar yetarli darajada emas. Bu borada tuproq tiplari, yer osti suvi sathining joylashish chuqurligi ham e’tiborga olinish zarurligi talab qilinadi. Xullas o’rganilayotgan mavzu o’zining ilmiy–amaliy ahamiyatini yanada boyilishiga loyiqdir.

Dissertasiya tarkibining qisqacha tavsifi. Dissertasiya qo’l yozmasi bo’yicha 2 ta ilmiy maqola chop etilgan. Qo’lyozma 4 bobdan iborat bo’lib, 73 betni tashkil qiladi. Unda 15 ta jadvallar keltirilgan, rasm va ilovalar mavjud. Mavzuga taaluqli 100 ta adabiyotlar tahlil qilingan.

2. ADABIYoTLAR ShARHI

2.1. Chigit plyonka ostiga ekilganda va qator oralariga mulchalanganda g’o’zalarning o’sishi, rivojlanishi va hosildorligi.

Ma’lumki, g’o’za o’simligidan mo’l, ertangi va sifatli hosil yetishtirish uchun ekin dalalarida to’liq sog’lom ko’chat olish muammosi respublikamiz paxtachiligida asosiy masalalardan biridir. Bahor faslida yuz beradigan ob – havo injiqliklarini bartaraf etish chora tadbirlari majmuasida mulcha sifatida shaffof yoki qora plyonkalardan foydalanish borasida mamlakatimizda yoki Xorijda muayyan tuproq – iqlim sharoitiga mos tajribalar o’tkazilib, qimmatli natijalar olingan. Ayniqsa O’zbekiston sharoitida sug’orma dehqonchilikda suvdan tejab – tergab foydalanish va uning bilan bog’liq bo’lgan agrotexnik tadbirlarning ko’pchiligini o’tkazishda resurs tejovchi texnologityalarni ishlab chiqish davr talabi bo’lib kelmoqdaki, bu borada olib borilgan va hozirgi kunda ham keng ko’lamda o’rganilayotgan tajriba natijalarini tahlil qilishni taqoza etadi.

Jumladan I.Turapov /70/ o’tkazilgan tajribalarining ko’rsatishicha, paxta maydonlarida plyonka qo’llanilganda harorat oshganligi natijasida tuproqning pastki qismlaridan namlik kondensasiyalanib, yuqoriga ko’tarilishini ta’minlanishi natijasida o’simliklarning o’sishi va rivojlanishda ijobiy o’zgarishlar kuzatilgan. Ayniqsa tuproqning biologik aktivligi ortib, o’simliklarning azot, fosfor, kaliy elementlarini o’zlashtirishi osonlashganligi qayd etilgan. Nazorat variantga nisbatan chigitlarning to’liq unib chiqishi bir necha kunga tezlashadi va bu ustunlik nazoratga nisbatan g’o’zalarning vegetasiya davrining oxirigacha saqlanadi. Shularni ijobiy ta’sirida plyonka qo’llanilgan variantlardan nazoratga qaraganda gektaridan 13 s qo’shimcha hosil olingan. Yetishtirilgan hosilning 90 foizi sentyabr oyida terib olingan.

A.Haydarov, O.Ashurovlarning // plyonka ostiga ekilgan g’o’za agrotexnikasining ayrim jihatlarini o’rganib, jumladan sug’orish tartibini ochiq maydonda ekilgan g’o’za bilan taqqoslaganda ya’ni ochiq maydonda g’o’za 1-2-2 tartibda, plyonka ostida esa 1-2-1 tartibda sug’orilganda suv sarfi plyonka ostiga ekilgan variantlarda ochiq maydonga nisbatan 20-30 % kam sarflangan. Hosildorlik ikkala o’g’it me’yorida ham (N150, P105, K75 va 200-140-100 kg/ga) mos ravishda 35-35,9: 40,9 va 35,6 s/gani tashkil etgan.

Baxromov S. /25/ O’tkazgan tajribada oddiy plyonkasiz va

gerbisidsiz variantdan 30 s/ga hosil olingan bo’lsa, plyonkali gerbisidsiz variantdan 35,4 s/ga, plyonka ostiga chigit ekish bilan gerbisid sepilgan va o’suv davrida ham 1,5 kg dan Stomp gerbisidi qo’llanilganda 40,6 s/ga hosil yetishtirilgan. Muallif tajriban kelib chiqqan holda plyonka ostiga chigit ekish usulida kimyoviy utoqni qo’llash zarurligini e’tirof etadi.

G.A.Bezborodovning ta’kidlashicha /29/ g’o’za qator oralarini mulchalash, hatto somon bilan mulchalash ko’pgina ijobiy natijalarga olib keladi, jumladan, tuproqdan namni parlanishi kamayadi, tuproqdagi harorat normallashadi, tuproq mikroflorasi aktivlashadi, qator oralariga ishlov berish soni kamayadi, tuproq zichlashmaydi, g’o’zaning ildiz sistemasi normal rivojlanadi, nitrat azotning saqlanishi yaxshilanadi, sug’orish uchun sarfi kamayadi, o’g’it sarfi normallashadi va oqibatda hosildorlik ko’tariladi. Xuddi shunday xulosaga G.A.Bezbarodov va Yu.G.Bezborodov, M.N.Toshmatovlar /24/ g’o’za qator orasiga plyonka to’shab sug’orish texnologiyasini o’rganishning ijobiy natijalarini keltirishadi.

M.Toshmatov /71/ suv resurslarini tejovchi texnologiyalarni o’rganar ekan, g’o’za qator orasiga qora polietilen plyonka tushab, 4 variantdan va 4 qaytariqdan iborat tajriba qo’yadi. Oziqlantirish me’yori N250, P140, K100 kg/ga dan, sug’orish rejimi ChDNS ga nisbatan 70-70-60 % bo’lganda hosildorlik nazorat variantda ya’ni plyonka to’shalmagan variantda 30,6 s/ga bo’lgan bo’lsa, plyonka tushalgan variantda 38,1- 40,2 s/ga tashkil qilgan.

Plyonka hisobidan tejab qolingan suv 440-1025 m3/gani yoki 11,2-26,2 foizni tashkil etgan.

Yu.G.Bezborodov, U.I.Qalandarova, X.E.Maqsadovlarning /27/ e’tirof etishicha polietilen plyonka bilan sug’orishni boshqarish iqtisodiy jihatdan samaralidir. Sof daromad mulchalangan maydonlarda gektariga 1174220 so’mni tashkil etgan bo’lsa, mulchalanmagan maydonlarda 600450 so’mga teng bo’lgan, bu raqamlar Jizzax viloyatining «Paxtakor» fermer xo’jaligi misolida olib borilgan tajribalar ko’rsatgichidir.

S.Bahramov /25/ plyonka ostiga chigit ekish usulida kimyoviy o’toq samaradorligini o’rgangan. Tajribada oddiy plyonkasiz, gerbisid ishlatilgan variantdan 30 s/ga hosil olingan, plyonka ishlatilgan lekin gerbisidsiz variantdan 35 s/ga plyonka ostiga chigit ekib, gerbisid sepilgan variantdan esa 38,7 s/ga, plyonka ishlatilib gerbisid bilan ekilgan, keyin o’suv davrida ham gektariga 1,5 kg dan Stomp gerbisidi qo’llanilganda 40,6 s/ga hosil yetishtirilgan. Muallif tajribadan kelib chiqqan holda plyonka ostiga chigit ekilganda kimyoviy utoqni qo’llash zarurligini e’tirof etadi.

Sh.T.Xoliqulovning /74/ olib borgan tajribasida o’tloq tuproqlar sharoitida shaffof plyonka ishlatilgan variantlardan gektaridan 12,9 sentner qo’shimcha hosil olingan. Shu sharoitda go’ng mulcha sifatida foydalanilganda qo’shimcha hosil 4,7 s/ga ni tashkil qilgan.

Qarshi cho’li sharoitida T.Ya.Rajabov va T.Rajabovlarning /63/ olib borgan tajribalarida plyonkasiz maydonda ekilgan g’o’zadan gektaridan 33,4 sentner hosil yetishtirilgan bo’lsa, plyonka qo’llanilgan maydondan esa 41,0 s/ga hosil olingan. Sababini ta’kidlashicha, tuproqning suv – fizik xususiyatlari yaxshilangan, zahiradagi namlik tejalgan, zaxob suvlarning minerallashish darajasi pasaygan, haydov va haydov osti qatlamlarida zararli tuzlar to’planmagan, g’o’zaning erta pishib yetilishiga hamda yuqori, sifatli paxta hosili olinishiga imkoniyat yaratilgan.

G.A.Bezbarodovning tajribasida /21/ plyonkaning o’rta qismidan suv o’tkazish (singdirish) uchun diametri 5-6 mm li teshikchalar qilinishi, teshikchalarning o’zaro masofasi bir qadam atrofida bo’lishi lozimligini ta’kidlanadi. Bunda sug’orish kichik me’yorda o’tkaziladi, tuproq 40-50 sm chuqurlikda namlanishi lozim bo’ladi. G’o’za qator oraliqlariga ishlov berilmaydi.

F.M.Hasanova, Sh.T.Salamovlar /77/ olib borgan tajribalariga asoslanib, plyonka ostida chigit ekish bilan bir vaqtda azotli o’g’itlarning 25 % dan 50 % qo’llanilsa, qolgan qismi bilan g’o’za amal davrida oziqlantirilsa, hosilni pishib yetilishiga, vaqtida yig’ishtirib olishiga ijobiy ta’sir etishini ta’kidlaydilar.

Xuddi shunday tajriba F.Hasanova va T.Rajabovlar /78/ tomonidan Qarshi cho’lining taqir tuproqlari sharoitida o’rganilganda ham ya’ni NPK ning 200:140: 100 nisbatidagi me’yorlari bo’lganda plyonkali variantlarda azotli o’g’itlarning yillik me’yorini 50 foizi shudgor oldidan, qolgan qismi ekish bilan, chinbarglik fazasida, shonalash va gullash fazalarida oziqlantirilganda gektaridan 52 sentnergacha hosil yetishtirilgan, vaholanki, ochiq maydonda (nazorat variantda) hosildorlik 36,9 s/ga teng bo’lgan.

I.Salamov, Sh.Karimovlarning /67/ Samarqand viloyatining o’tloq bo’z tuproqlari sharoitida o’tkazgan tajribalarida qator oralarini qora polietilen plyonka bilan mulchalab sug’orishning g’o’za hosildorligiga ta’siri o’rganilganda olingan natijalar asosida xulosalar qilishdiki, bu usul nafaqat suvni tejaydi, balki suvdan samarali foydalanishga imkon yaratadi, tuproq va uning tarkibidagi oziq moddalarni yuvilib ketishiga yo’l ko’ymaydi, namlikni bug’lanishini oldini oladi, haroratni maromlashtiradi. Tajribada ochiq maydonga nisbatan plyonka ishlatilgan variantda 1270 m3 suv ya’ni 26,2 % iqtisod qilinganligi qayd etilgan, ayni vaqtda ana shu qora polietilen plyonka variantdan ochiq maydonga nisbatan 6,7 s/ga qo’shimcha hosil olingan.

Ushbu mualliflarning 2011 yilda Samarqand viloyatining o’tloq – bo’z tuproqlarida olib borgan ishlab chiqarish tajribalarida ham Karimov, Salamov /41/ g’o’za qator oraliqlariga qora plyonka tushab sug’orish o’tkazilganda nazorat variantga nisbatan 5 s/ga qo’shimcha hosil olingan, rentabellik darajasi ham 5 foizdan yuqori bo’lgan.

Yu.I.Ikromov, S.M.Berdiyev, S.A.Usmonov, M.X.Inoyatov va I.N.Mininlarning /36/ seleksiya maqsadlarida g’o’zani o’sishi va rivojlanishini tezlatish uchun plyonkadan foydalangan tajribalarini natijalariga qaraganda, g’o’zaning Toshkent – 1 navini nihollari tuvakchalarda o’stirilib, 2 ta chinbarg fazasida plyonka ostiga va ochiq maydonga o’tkazilganda 5 – aprelda, shonalash fazasi 30-33 kun, gullash 34-37 kun va pishish 40-46 kunga nazoratga nisbatan plyonka ostidagi o’simliklarda tezlashadi, natijada, har bir o’simlikda o’rtacha ko’sak soni 18-29 donani, nazorat variantda esa 10-16 donani tashkil etdi.

Sh.Karimovning /39/ tadqiqotlaridan ma’lumki, ekilgan chigitlar mulcha bilan himoya qilinganda tuproqda qatqaloq bo’lmaydi, havo, issiqlik va oziqa rejimlari yaxshilanadi.

X.Xamidjanov va M.Mamajonovlar /75/ plyonkani kartoshka o’simligida qo’llaganda quyidagi natijalarga erishganlar, kartoshka tuganaklari 18-20 fevralda ekilib, 2-3 kundan so’ng plyonka bilan yopilgan, natijada bahor sovuq, yomg’irli va qorli bo’lishiga qaramasdan mart oyining 3-dekadasida to’liq ko’chat olingan. Nazorat variantda esa aprel oyini oxirida nihol olingan. Plyonka ostida o’stirilgan o’simliklarda yuqori hosil 174,8 s/ga yetishtirilib, may oyining oxirida yig’ishtirib olingan. Plyonka qo’llanilgan variantlarda xarajatlar 4500 so’m to’liq qoplanib, gektaridan 8100 so’m sof darmomad olingan.

S.Chirsov, Ye.Yaneyeva va K.Ermatovlarning /79/ tajribalarida ham chigitlar plyonka ostida ekilgan variantlarda harorat o’rtacha 4,7 0S ga ko’p bo’lishi, g’o’zaning An-Bayovut -2 navi 2-3 aprelda ekilishiga qaramasdan nihollar sonini nazoratga qaraganda ortiq bo’lishi va hosildorlikni o’rtacha 5,0 sentnerga oshishi isbotlandi.

S.Saidmurodov va K.Borskovalar /64/ Toshkent viloyatining tipik bo’z tuproqlari sharoitida tuproq harorati 12-13 0S, 13-14 0S va 14-15 0S bo’lganda g’o’zaning S-6524 navi chigitlarini plyonka ostiga ekib tajriba o’tkazganlar. Nazorat variantda esa chigitlar 14-15 0S bo’lganda ekilgan. Olingan natijalar tahlil etilganda ma’lum bo’ldiki, plyonka ostida harorat 3,1- 3,5 0S gacha ko’p bo’ldi, ko’chatlar nazorat variantga nisbatan 7 kun oldin olindi. Shuning bilan birga ko’chat qalinligi plyonka qo’llanilgan variantlarda ko’p bo’ldi, natijada eng yuqori hosil tuproq haroarti 14-15 0S bo’lganda chigitlar plyonka ostiga ekilgan variantda hisobga olindi va asosiy hosil 90 foiz birinchi terimda yig’ishtirib olindi.

M.Sultonovning // ta’kidlashicha, chigitlar plyonka ostiga ekilganda g’o’zalarni hosili odatdagi usulga ochiq dalaga ekilganga nisbatan qaraganda 20-25 kun erta yetilishi, ko’chat erta va sog’lom bo’lishi, hosildorlik esa kamida 10-15 foiz ko’p bo’lishi kuzatiladi.

Xuddi shunday fikrga B.Abdusamatov // L.Gofurov va A.Ochilovlar /93/ O.Yakubjonov, T.Yangiboyeyev va A.Mansurovlar /90/ B.Fayzullayev // A.Avlyaqulov va M.Tojiyevlar /17/, I.Shodiyev va F.Farmonovlar /82/ ham qo’shilib, chigitlar plyonka ostiga ekilganda ularni unib chiqish jarayoni tezlashishi, yuqori va ertangi hosil yetishtirilishi, yuqori navlarga sotilishi va nihoyat almashlab ekish tizimi bo’yicha g’o’zadan keyin ekiladigan kuzgi bug’doy uchun yer erta tayyorlanishiga imkon bo’lishini bildiradilar.

S.Saidmurodov va F.Xasanovalarning // O’zPITI dalalarida o’tkazgan tajribalarida tuproqni polietilen plyonka bilan 30 sm kenglikda mulcha qilinganda, uning 0-5 sm qatlamidagi harorat 0,8-3,0 0S, 0-10 sm qatlamida esa 0,5-2,4 0S ga yuqori bo’lgan, bunda 0-10 sm tuproq qatlamida plyonka yopilganligi uchun namlikni bug’lanib ketishi kuzatilmagan. G’o’zaning o’sishi va rivojlanishi nazoratga nisbatan tez bo’lib, pishishi 3-12 kunga erta boshlangan, vilt kasalligi 8,3 % gacha kam bo’lgan. Hosildorlik o’rtacha 1,6-4,9 sentnergacha oshgan.

O’zPITIning Anjidon filiali xodimlari O.Maxmudov, G.Ne’matov, S.Bahramovlar /43/ g’o’zaning Andijon -9 va S-6037 navlarini shaffof plyonka ostiga ekib, o’stirish afzalliklarini o’rganganlar, yaganalashdan so’ng 130-140 ming ko’chat qoldirilgan. Aniqlanishiga amal davrida g’o’zani sug’orish soni nazoratga nisbatan 2 maratoba kam bo’lgan, sarflangan suv miqdori 50 % ga qisqargan. Natijada ingichka tolali g’o’za navidan gektariga 3 sentnerga, o’rta tolali g’o’za navidan 7 sentner qo’shimcha hosil olingan.

Plyonka ostida g’o’za o’stirishning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati. R.Oripov va S.Ostonovlarning /52/ ishlarida ham o’z aksini topgan bo’lib, Samarqand viloyati sharoitida bu usul alohida ahamiyat kasb etishi ko’rsatilgan. S.Ostonovning keyingi ishlarida ham (1998 – 1999 – 2000 y.y.) g’o’zani plyonka ostida o’stirishning afzalliklari keng targ’ib qilingan.

Samarqand viloyati sharoitida g’o’zani mulcha, xususani plyonka ostida o’stirishning ba’zi bir xususiyatlari Sh.Xoliqulov /72/ tomonidan bajarilib tavsiyalar ishlab chiqildi va uning ilmiy nazariy tomonlari bajaralib tavsiyalar ishlab chiqildi va uning ilmiy nazariy tomonlari bilan bir qatorda amaliy tomonlari ham Respublikaning turli tuproq iqlim sharoitlariga joriy etilmoqda. Sh.Xoliqulov mulchalash sharoitida tuproqda sodir bo’layotgan fizik, ximik, biologik jarayonlarini ijobiy va salbiy tomonlarini tahlil qilib bergan.

A.Ermatov /85/ o’tkazgan tajribada, chigitlar plyonka ostiga ekilganda, ochiq maydonga ekilganga (nazoratga) nisbatan, tuproqning 5 sm qatlamida harorat o’rtachap 4,7 0S ga ko’p bo’lishi natijasida chigitlarning unib chiqishi o’rtacha 3-7 kunga, g’o’zaning shonalashi, gullashi 12-21 kunga (yillik bo’yicha) ko’saklarni ochilishi 15-25 kunga tezlashganligi aniqlanildi. Jami yetishtirilgan hosilni asosiy qismi sentyabr oyida terib olinib, hosildorlik gektaridan 11,2-17,1 sentner ko’p bo’lganligi hisobga olingan.

A.Sheraliyev va M.Ergashevlarning tajribalarida /81/ aniqlanishicha plyonka ostidagi ekologik sharoit tuproqdagi mikroorganizmlar faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi, natijada zamburug’larning potogen turlariga nisbatan saprofit turdagi zamburug’ sporalari miqdorini oshishiga sabab bo’ladi. Saprofit turdagi zamburug’larni ortishi natijasida tuproqdagi organik moddalar minerallashishiga, ular hosil qilgan antibiotik moddalar esa patogen mikroorganizmlar sonini muntazam kamayishiga olib kelishi isbotlangan.

S.Rahmonqulov va F.Hasanovalar /59/ tomonidan o’tkazilgan tajribalarda plyonka ostiga ekilgan chigitlar 6 kunda (14,5 foiz) nazorat variantda esa (ochiq maydonga ekilganda esa) 13 kunda 6,6 foiz unib chiqqan, ya’ni 58,4 foiz plyonka ostida nihollar ko’p bo’lgan. Plyonka ostida kunlik harorat o’rtacha 1,7-7,7 0S ga ko’p bo’lib, g’o’zalar shonalagunicha va to’liq gullash fazasigacha tuproq harorati yig’indisi chigitlar oddiy usulda ekilganiga nisbatan 168,3 0S ga ko’p bo’lishi, pirovard natijada hosildorlik gektar boshiga 6 sentnerga oshishi aniqlangan.

B.F.Qambarov, M.G.Xorst va K.U.Aliboyevlar /92/ B.F.Qambarov va T.Doniyorovlarning /91/ sho’rlangan maydonlarda o’tkazgan tajribalarini ko’rsatishicha, chigitlar plyonka ostiga ekilganda tuproq harorati va namligini ochiq maydonga nisbatan birmuncha yuqori bo’lishi natijasida g’o’zalarni o’sishi va rivojlanishida ijobiy natijalar olingan.

K.Obidov, M.Sultonovlar // ta’kidlanishcha, Andijon viloyati bo’yicha 1995 yili tajriba tariqasida ekilgan maydonlarning hosildorligi gektariga o’rtacha 42,6 sentnerni tashkil etgan. Oltinko’l tumanidagi «Namuna» jamoa xo’jaligining S.Abdullayeva brigadasida hosildorlik 53 sentnerga, Qo’rg’ontepa tumanidagi «Savay» xo’jaligida 5 ga maydonda gektaridan 46,2 sentner paxta yetishtirilgan. Muhimi, maydonlarda hosilning asosiy qismi 25-sentyabrgacha saranjomlab olingan.

Plyonka ostiga chigit ekish va g’o’zani parvarishlash bo’yicha muvaqqat tavsiyalar malliflari R.Nazarov, A.Muborakov, Sh.Nurmatovlarning /48/ ko’rsatishicha hamda A.Avlyaqulov va A.Hamutalining /18-20/ yozishicha mazkur texnologiya odatdagi paxta yetishtirish texnologiyalaridan afzal bo’lib, g’o’zaning amal davrida jadallashadi, paxta hosili ortadi va erta pishadi. Paxta hosilidan bo’shagan maydonlarga maqbul muddatlarda sifatli qilib g’alla ekinlari ekish imkoni tug’iladi.

G’o’zalardan mo’l, sifatli hosil yetishtirishda ekiladigan navlarning morfologik – biologik talablari asosida ekin dalalarida joylashtirish tizimi, nihol qalinligi va sug’orish rejimi muhim agrotexnik tadbirlardan hisoblanadi.

G.K.Rjevskiy /60/ o’tkazilgan tajribalarni umumlashtirib, unumdor yerlar uchun g’o’zaning ko’chat qalinligini har gektar maydon hisobiga o’rtacha 85 ming, unumdorligi past maydonlar uchun esa ko’proq, ya’ni 100 ming tup nihol bo’lishini tavsiya etadi. Aksincha, P.P.Yazikov // unumdor dalalar uchun g’o’za niholini yakka donaga, sug’orish rejimi to’g’ri qo’llanilganda esa 140 ming donaga oshirish zarurligini ta’kidlaydi.

M.P.Mednisning /44/ tajribasida gektar boshiga ko’chat qalinligini 10 mingdan to bir mln donagacha oshirganda, maydon hisobiga o’simliklarning barg sathi oshadi ammo, fotosintez jarayoni susayadi va eng yuqori hosil nihol 90 ming bo’lgan variantdan olinishi isbotlanilgan.

Ya.X.Gorenberg /30/ g’o’za nihollarini miqdorini ko’paytirish bilan, ya’ni ko’chatlar soni 80-120 ming bo’lganda sug’orish rejimi 65-70 foiz, ko’chatlar soni 160 ming dona bo’lsa ko’proq sug’orishni (75 foiz) ta’kidlaydi.

O.Turdialiyening // Toshkent viloyatining bo’z tuproq sharoitida olib borgan kuzatuvlarida esa, nihollar soni 106 ming donadan 130 ming tupgacha oshirilganda tor qatorlab 60 sm ekilganda qo’shimcha hosil olinmagan. Ammo, chigitlar keng qatorlab ekilib, nihollar 90x7-1 va qo’shqator 75x15x2-1-2 tizimda joylashtirilib, ko’chat soni 130-135 ming dona bo’lganda, 90 – 106 ming dona nihollar bo’lgan variantga qaraganda ko’p hosil olingan.

A.Abdunazarov // Mirzacho’lning bo’z – o’tloq tuproq sharoitida o’tkazgan tajribasida 170 ming tup ko’chat qalinligida qattiq tutilgan sug’orish rejimida (0-1-1 tartibda) o’rtacha 37,0 s hosil olingan. Ammo g’o’zalar 1-2-1 tartibda (maqbul suv rejimida) sug’orilganda esa, eng ko’p hosil (39,9 s) ko’chat qalinligi 150 ming tup bo’lgan variantda hisobga olingan.

S.X.Yuldoshev, M.Nazarov va J.Utagenovlarning /87/ tadqiqotlaridan ma’lum bo’lishicha, ko’chat soni (109 mingdan 140 minggacha) ortishi bilan g’o’zaning har bir tupida monopodial, simpodial shoxlar, ko’saklar soni va ko’sakdagi paxta salmog’ini kamayishi kuzatiladi. Ammo, shunga qaramasdan tajribada eng yuqori hosil 46,8 s g’o’zani Toshkent – 1 navidan ko’chat qalinligi 142-145 ming bo’lgan daladan olingan.

O.Raximboyev va A.Abdunazarovning /56/ Mirzacho’l sharoitida o’tkazgan tajribalarini ko’rsatishicha ham, qattiq tutilgan sug’orish rejimida chigitlar qo’shqator ekilganda ko’chat qalinligi 160-170 ming, ammo maqbul sug’orish rejimida esa (4 ta suv) chigitlar yakka qator ekilib 120-150 ming nihol bo’lganda yuqori hosil olingan.

Aksincha, K.Shodmonov, Ye.Pervatov va M.Rojdestvenskiylarning /83/ Farg’ona viloyati sharoitida o’tkazilgan tajribalaridan ma’lum bo’lishicha chigitlarning ekilish usullaridan qat’iy nazar (60 sm, 90 sm, qo’shqator) ko’chat soni 110 ming bo’lgan variantlardan 132-165-204 ming nihol bo’lgan dalalarga nisbatan eng ko’p hosil olingan.

G.A.Ibrahimov /31/, M.K.Nazarov //, Tagiyev /68/, O.Raxmatov, T.Egamshukurov, O.Ro’zimurodov /58/, T.To’rayev // tajribalarida esa g’o’zaning 108-F va Toshkent -1 navlaridan ko’chat qalinligi 140-150 ming bo’lganda yuqori hosil olingan.

S.Miraxmedov, X.Jabborova va T.Xolxo’jayevlarni /46/ tadqiqotlarida g’o’zaning Toshkent – 1 navidan yuqori hosil 118 ming nihol qoldirilgan variantda olingan, ya’ni 150 ming ko’chat qalinligiga nisbatan o’rtacha 5,3 sentner hosil ko’p bo’lgan. Ammo Toshkent -6 navidan esa eng yuqori hosil 148 ming ko’chat bo’lganda ta’minlanildi.

S.X.Yuldoshev va M.Nazarovlarning // fikriga ko’ra, ilmiy nuqtai nazardan olganda maqbul ko’chat qalinligi masalasi g’o’zaning navlari, tuproq, iqlim sharoiti, ekilish usullariga mos ravishda har bir mintaqada ishlab chiqilmog’i zarur.

Mualliflarning tajribalarini ko’rsatishicha, g’o’zalarning qator orasi 60 sm bo’lib, nihollar 130-140 ming dona qoldirilganda 90 sm qator orasiga nisbatan yorug’likni tushishi 30-40 foizga, tuproq harorati g’o’zaning fazalariga qarab 0,8-3,9 0S ga kam bo’ladi. Natijada hosil elementlarining to’kilishi kamayadi, shuni hisobga olib ko’chat qalinligi 110 ming, kuchli unumdor yerlar uchun esa 130-140 ming bo’lishini tavsiya etadilar.

Rajabov T.Ya., Rajabov T.T., /63/ Tajriba asosida xulosa qiladiki. Qarshi cho’li sharoitida plyonkasiz maydonda gektaridan 33,4 senter hosil yetishtirgan bo’lsa, plyonka ostida esa hosildorlik 41,0 s/ga ni tashkil etgan. Sababi tuproqning suv – fizik xususiyatlari yaxshilangan, zahiradagi namlik tejalgan, zaxob suvlarning minerallashuv darajasi pasaygan, haydov va haydov osti qatlamlarida zararli tuzlar to’planmagan, g’o’zaning erta pishib yetilishiga hamda yuqori, sifatli paxta hosili olinishiga imkoniyat yaratilgan.

S.Qurbongeldiyev va A.Orozberdiyevlarning // ta’kidlashicha, g’o’zaning Ashxabod – 25 navi nihollari 60x12-1 tizimida joylashtirilib 103 ming ko’chat qoldirilganda, 90 sm sxemada esa 123 ming nihol bo’lganda eng yuqori hosil olingan. Ko’chatlar sonini yanada oshirish natijasida esa hosildorlik kamaygan.

A.Rahmanov /57/, G.A.Ibragimov, A.Aznaurov va M.Nazarov /32/ o’tkazilgan tajribalarni umumlashtirib, o’rta tolali g’o’za navlari uchun o’tloq tuproqlarda chigit ekish usuli 60x12-8, 90x8-1 bo’lganda ko’chat qalinligi 110-120 ming, och tusli va bo’z tuproqlarda 120-130 ming, tuproqning haydov qatlami sayoz bo’lgan sharoitda 140-150 ming nihol bo’lishini tavsiya qiladilar.

S.X.Yuldoshev, U.Sagatov va M.Kamolovalar /88/ Toshkent viloyatining tipik bo’z tuproq sharoitida g’o’zaning Toshkent -6 navi gektar hisobiga 111-130 va 160 ming ko’chat qalinligi 60 sm va 90 sm ekish sxemalarida ekilgan. Tajribada eng yuqori hosil 60 sm sxemada ekilgan va 130 ming nihol qoldirilgan variantdan olindi.

I.Ismoilov va N.Safilunlar /37/ Namangan viloyatining och tusli bo’z tuproqlarida g’o’zaning S-6524 navi uchun, o’rtacha 90-100 ming tup nihol va 70-70-60 foiz sug’orish rejimini tavsiya etadilar. Xuddi shunday fikrga A.S.Abduraximov va B.S.Komilovlar ham qo’shilib // g’o’zani S-6524 navidan yuqori hosil olish uchun Farg’ona viloyatini o’tloq soz tuproqlarida 70-70-60 foiz sug’orish rejimi va 100 ming nihol bo’lishini isbotladilar.

R.Rizayev va R.Pardayevlarning /61/ Mirzacho’lning bo’z o’tloq tuproq sharoitida g’o’zaning S-6524 navi uchun 60 sm va 90 sm ekish sxemasida 97 ming ko’chat qalinligini tavsiya etadi. Har ikkala ekish sxemasida ham, nihollar soni 120-130 mingga oshirilganda hosildorlikni kamayishi isbotlanildi.

P.Sobirov va G.A.Ibroximovlarning /66/ Xorazm viloyatining o’tloq tuproqlarida o’tkazgan tajribalarida ham g’o’zaning 175 – F navi uchun ko’chat qalinligi 90-100 ming dona bo’lishi maqsadga muvofiq ekanligi aniqlandi.

Samarqand viloyatining tipik bo’z tuproq sharoitida R.Oripov, Sh.Yusupov, A.Hamdamov va B.Xamedovlarning /50/ tajribalarida esa, aksincha g’o’zaning Qirg’iziston -3 navidan eng yuqori hosil ko’chat qalinligi 120 ming tup sug’orish rejimi 70-70-60 foiz bo’lgan variantdan olingan. Ammo, sug’orish rejimi 75-75-60 foiz bo’lganda esa yuqori hosil 80 ming tup ko’chat qalinligidan olinishi isbotlanilgan.

G.S.Yakvalxo’jayeva // esa tipik bo’z tuproqlarda olib borgan tajribalariga asolanib, g’o’zaning S-6524 navi uchun maqbul ko’chat qalinligi 120 ming, Qirg’iziston -3 navi uchun nihollar miqdori 150 ming bo’lishini tavsiya etadi.

S.Abduraximov, Sh.N.Nurmatov va A.G’afforovlarning // shamol eroziyasiga moyil o’tloq – soz tuproq sharoitida g’o’za navlari sug’orish rejimini, nihol qalinligini o’rganish tajribasida eng yuqori hosil g’o’zaning S – 6524 va Toshkent -6 navlarida sug’orish rejimi 70-70-60 foiz 1-3-0 tartibda sug’orilganda va ko’chat qalinligi 130 ming bo’lgan variantdan olingan. Ammo, S-6524 navi qattiq tutilgan sug’orish rejimida (65-65-60 foiz) ham, salmoqli hosil (40,1 s) bergan. Shuni hisobga olib mualliflar suv kamchil bo’lgan sharoitda 65-65-60 foizli sug’orish rejimini qo’llashni tavsiya etadilar.

I.I.Ibragimov va M.Abdullayevalarning /33/ Markaziy Farg’onaning yangi o’zlashtirilgan sho’rlangan o’tloq – tuproq sharoitida o’tkazgan tajribasida chigitlar 60-90 sm tizimda ekilib g’o’zaning S-6093 va Termiz -16 navlari 108-154 ming ko’chat qalinligida parvarish qilingan. O’rganilgan har ikkala navlarda ham eng yuqori hosil – chigitlar keng qatorlab 90 sm ekilgan va nihollar qalinligi 108 ming bo’lgan variantdan olingan.

E.Izbosarovning /34/ Jizzax cho’lining bo’z – o’tloq tuproqlaridagi o’tkazgan tajribasida ham g’o’zaning S-9074 va S-6524 navlari uchun maqbul ko’chat qalinligi 100-105 ming tup bo’lib, nihollar 140 ming donaga ko’payishi bilan ikkala navlarda ham hosildorlikni kamayishi aniqlanildi. Shuning bilan birga S-9074 navi uchun sug’orish rejimi 70-70-60 foiz, S -6524 navi uchun esa qattiq tutilgan sug’orish rejimi (65-65-60 foiz) ma’qulligi isbotlandi.

Keltirilgan adabiyotlar sharhidan ma’lum bo’ladiki, g’o’zaning o’sishi, rivojlanishi va hosildorligida navlarning xususiyatlari, sug’orish rejimi, ko’chat qalinligi, ekish usulari har bir dehqonchilik mintaqasining muayyan tuproq iqlim sharotiga mos bo’lishi mualliflar tomonidan e’tirof etilgan va ushbu omillarni ta’sirida har xil munozarali natijalar olingan.

Paxtachilikda mulchalash usulidan foydalanish ko’plab paxtachilik

bilan shug’ullanadigan mamlakatlarda ham keng tarqalgan Eaton F.M. – Uol. Califorma U.S.A. 1955, Brown D.A., Benediet R.H., Bryan B.B. irrigation of cotton in Arkonsos. ark. agr. exp. sta.bull.552 1955, Arnat C.H. Vol 12.1937., Jaskeon E.B, Krellinges H.F. The cotton Gin and oil mill press, 1963, vol. 64./94,95,96,97/ kabilarning ishlarida qo’llanilgan usuldan ijobiy natijalar olinganligi qayd etilganligini ham e’tirof etish mumkin.

Shuningdek, chigitlarni plyonka ostiga ekishning va qora polieitilen plyonkalar bilan qator oralarini mulchalab sug’orish yo’li bilan resurs tejovchi agrotexnologiya usullarini takomillashtirish yo’llarini ishlab chiqish tadqiqotchilar tomonidan, ayniqsa keyingi yillarda keng o’rganilgan va ularning ijobiy tomonlari ko’rsatilgan. Ammo bu borada olib borilayotgan tajribalarni yanada kengaytish, g’o’za o’simligining potensial imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda hosildorlikni yanada ko’tarish va samaradorlik yuqori darajaga erishish kabi masalalar o’z yechimini kutmoqda.



  1   2   3   4   5   6


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət