Ana səhifə

Mundarija Ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari


Yüklə 1.57 Mb.
səhifə1/4
tarix25.06.2016
ölçüsü1.57 Mb.
  1   2   3   4
Mundarija
Ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari

26.Qizilo’ngach xastaliklari bilan kasallangan bemorlarni tekshirish usullari: subyektiv,obyektiv,labarator-instrumental.----------------------------------------93-96

27.GЕRK simptomotologiyasi.Klinik ko’rinishlari.Zamonaviy klinik va instrumental (sutkalik ph-ko’rsatkichi.”Bravo” ph radiokapsulasi,impedansometriya) diagnostikaning metodlari.-------------------97-99

28.Ошқозон ва 12 бармоқли ичак касалликлари билан оғриган беморларни клиник текшириш усуллари: субъектив ва объектив. -----------------------99-103

29.Oshqozonning kislota ishlab chiqarish funksiyasini tekshirish.oshqazon va o’n ikki barmoqli ichakni instrumental tekshirish: rentgenologik, endoskopik – kapsulali endeskapiya, ikki balonli entraskapeya, ezofagogastroduadenoskopiya. –103-105

30.Gastrit,uning turlari. Tekshirish usullari,davolash.--------------------------106-108

31.Oshqozon va 12 barmoqli ichak yara kasalligi. Zamonaviy ulserogenez nazariyalari. Ta`sirlangan ichak sindromi---------------------------------------108-113

32.Gepatobiliar patalogiya bilan kasallangan bemorlarni so’rab-surishtirish,ko’zdan kechirish,palpatsiya,perkussiya. Asosiy klinik sindromlar: sariqlik,portal gipertenziya va jigar yetishmovchiligi--------------------------113-122

33.O’t suyuqligini kuzatish.Duodenal sohasini xromatik va fraksiyali zondlash metodlari.O’t suyuqligini makro va mikroskopik tekshirish.O’t suyuqligini bioximik tekshirish.O’t suyuqligi haqida tushuncha.--------------------------122-124

34.Jigar funksional potensaliga differensial baho beruvchi bioximik testlar. Zamonaviy instrumental tekshirish usullari. Punksion biopsiya haqida tushuncha.

------------------------------------------------------------------------------------------124-126

35.Surunkali (toshsiz va kalkulyoz) xolesistitlar,gepatitlar,sirroz simptomatologiyasi. -------------------------------------------------------------126-131



26.Qizilo’ngach xastaliklari bilan kasallangan bemorlarni tekshirish usullari: subyektiv,obyektiv,labarator-instrumental.
QIZILO’NGACH.

Terapevt va xirurg amaliyotida qizilo’ngach kasalliklari bilan kasallangan bemorlar tez-tez uchraydi. Bunday kasalliklar qatoriga rivojlanish anomaliyalari,funksional kasalliklar (qizilo’ngach diskineziyasi),diafragmaning qizilo’ngach yorig’i churrasi,qizilo’ngach shilliq qavati yallg’lanishi (ezofagit),qizilo’ngach peptik yarasi,kardiospazm,divertikulalar,qizilo’ngachning yaxshi va yomon sifatli o’smasi kiradi.



TEKSHIRISH USULLARI
So’rab-surishtirish

Shikoyatlar. Qizilo’ngach kasalliklari bilan kasallangan bemorlar ovqat luqmasining qiyinchilik bilan qizilo’ngachdan o’tishi (disfagiya),og’riq, qusish, kekirish, jig’ildon qaynashi, so’lak ajralishidan shikoyat qiladilar.

Disfagiya (yunoncha dys-qiyinchilik,funksiya buzilishi, phagein-yemoq) ovqat luqmasining qizilo’ngachdan normal o’tishishining buzilishi bo’lib,qizilo’ngach kasalliklarida asosiy simptom bo’lib hisoblanadi. Bunda bemorlar ovqat luqmasining qizilo’ngachda turib qolganini,og’riq hamda ovqatlanayotganda qizilo’ngachda (to’sh ortida) noxush his bo’lishni sezadilar. Qizilo’ngach kasalliklarida disfagiya doimiy va vaqtinchalik bo’lishi mumkin.

Doimiy,muqim disfagiya qizilo’ngachning organik zararlanishlarida (yangi hosilalar,qizilo’ngachning chandiqli strikturalari). Boshida faqat qattiq ovqatlarning o’tishi qiyin bo’ladi. Bunda bemorlar yaxshilab maydalangan ayniqsa ko’p miqdorda suyuqlik bilan qabul qilingan ovqatni erkin o’tishini hisobga oladilar. Keyinchalik qizilo’ngach qisilishining kuchayishi hisobiga yumshoq hatto suyuq ovqatning ham o’tishi qiyinlashadi.

Paroksizmal disfagiya qizilo’ngachning funksional jihatdan zararlanishida uchraydi (ezofagospazm) va bu tez-tez ovqatlanish hamda hayajonlanishga olib keladi. Yumshoq hamda suyuq ovqatning qizilo’ngachdan o’tishi qiyinlashadi,qattiq ovqatning o’tishi esa nisbatan osonroq kechadi (paradoksal disfagiya)

Qizilo’ngach luqmasini yutgandan keyin disfagiya boshlanish vaqtiga qadar qizilo’ngach zararlanish darajasini aniqlash mumkin. Qizilo’ngachning bo’yin qismi kasalliklarida disfagiya yutingandan 1-1,5 daq o’tgandan keyin,o’rta-uchdan ikki qismi zararlanganda 4-5 daq dan keyin,kardiya zararlanganida esa 6-8 daq dan keyin boshlanadi. Qizilo’ngachning yuqori uchdan bir qismidan ovqat o’tishining qiyinlashuvi kekirdak va qalqonsimon bez o’sma kasalliklarida; o’rta uchdan bir qismida qiyinlashuvi-ko’krak qafasining yomon sifatli o’smasida,mediastenal limfa tugunlarining kattalashuvida,aorta anevrizmasida; pastki uchdan bir qismida qiyinlashuvi-kardiya axalaziyasi(yutinganda kardiyaning reflektor tarzda ochilmasligi bilan bog’liq kasalliklar),peptik strikturalar hamda qizilo’ngach o’smalarida kuzatiladi.

Qizilo’ngach kasalliklarida og’riq doimiy,xurujsimon xarakterda bo’ladi,to’sh orqasiga lokalizatsiyaladi,yelkaga,bo’yinga,ko’krak qafasining chap tarafiga irradatsiyalanadi stenokardiya xurujiga o’xshaydi. Funksional kasalliklarda(diskeneziya) og’riq ko’pincha qizilo’ngach devori spastik qisqarishi bilan bog’liq bo’ladi. Ezofagitda og’riq qizilo’ngach shilliq qavatining yallig’lanishi bilan tushuntiriladi. Og’riqni bunday hollarda yuzaga kelishi ko’p ovqat yeganda,tana oldinga egilgan,gorizontal holatda bo’lganida oshqozondagi moddalarning qizilo’ngachga otilishiga(gastro-ezofagial reflyuks kasalligi) olib keladi. Yomon sifatli yangi hosilalarda bemorlar qizilo’ngach seroz qavatida o’smaning o’sishi bilan bog’liq bo’lgan doimiy azobli og’riqdan shikoyat qiladilar.

Qizilo’ngachdan qusish qizilo’ngachning qisilishida yuz beradi(masalan,chandiqli strikturalar yoki o’smalarda). Oshqozon hamda 12 barmoqli ichak kasalliklaridagi qusishdan farqli ravishda,qizilo’ngachdan qusishda ovqat luqmasi qizilo’ngachda ushlanib qolinadi,qusishdan oldin ko’ngil aynimaydi hamda oldingi qorin devoridagi muskullar ishtirokisiz amalga oshadi. Bunda qusiq massasi HCL kislotasi,pepsin tutmaydigan so’lak aralashgan kam o’zgargan ovqat massasidan iborat bo’ladi. Qizilo’ngach rakida qusiq massasi yiring hidiga ega bo’lib,allaqachon iste’mol qilingangan ovqat qoldiqlarini,ma’lum miqdorda shilliq tutib, qon aralashgan bo’ladi.

Ovqat luqmasi bilan kekirish-qabul qilingan ovqatning ma’lum qismini og’iz bo’shlig’iga qaytishi(regurgitatsiya) va shuningdek qizilo’ngachdan ovqat luqmasining o’tishida to’siq bo’lganida kuzatiladi. Qizilo’ngachda to’plangan moddalarning kechqurungi regurgitatsiasi (‘’ho’l yostiq simptomi’’)ko’pincha kardiya axalaziyasida kuzatiladi.

Zarda qaynashi (pyrosis)-to’sh qilichsimon o’sig’i sohasida achishish hissi bo’lib,qizilo’ngach kasalliklarida (reflyuks ezofagit,diafragmaning qizilo’ngach yorig’i churrasi,kardiya yetishmovchiligi)uchraydigan simptom. Zarda qaynashining yuzaga kelish mexanizmi oshqozondan otilgan nordon moddalarni qizilo’ngach distal qismining shilliq qavatini ta’sirlashiga bog’liq.

Sanalgan shikoyatlardan tashqari qizilo’ngach kasalliklari bilan og’rigan bemorlar so’lakning ko’p ajralishi(gipersalivatsia),havo yoki oshqozon moddalari bilan kekirish,o’g’izdan noxush hid kelishi va hiqichoqdan shikoyat qiladilar.

Diagnozlash va tashxislashda muhim simptom bu-qon ketishidir. Uning sabablari qizilo’ngach peptid yarasi va yomon sifatli o’smasi,qizilo’ngach devorining yot moddalar bilan zaralanishi,qizilo’ngach kengaygan varikoz venalarining yorilishi (jigar sirrozi bilan kasallanganlarda),kuchli qusish natijasida yuzaga keladigan qizilo’ngach kardiya sohasi shilliq qavatining chiziqli kesilishlarida,masalan alkogol iste’mol qiladigan bemorlarda(Mallori-Veys sindromi). Oshqozon kasalliklaridagi qon ketishdan farqli ravishda,qizilo’gachning arterial qon ketishi(masalan peptik yaradan,ta’sirlangan o’smadan) qusiq massasida o’zgarmagan qon aralashishi bilan xarakterlanadi. Qizilo’ngachning kengaygan varikoz venalaridan qon ketganda qusiq massasidagi qon rangi to’q qizil bo’ladi.



Kasallik anamnezi. Qizilo’ngach kasalliklari boshida kasallik xarakteri turli xil bo’ladi. Kardiya axalaziyasi bilan og’rigan bemorlarda disfagiya kutilmaganda paydo bo’ladi va ayrim bemorlar kasallikni boshlangan kunini aniq ayta oladi,bu psixogen faktorlarning ta’siri bilan tushuntiriladi. Qizilo’ngachning ko’pgina kasalliklarida (reflyuks-ezofagit,kardiya axalaziyasi)kasallikning rivojlanish davrlari oz yoki ko’p davomiylikda sog’ayish davrlari bilan almashinganda kasallikning to’lqinsimon kechishi kuzatiladi. Yomon sifatli o’smalarga qarshi holda,qizilo’ngachning peptik strikturalarida kasallikning progressivlanib kechishi kuzatiladi.

Hayot anamnezi. Hayot anamnezini yig’ayotganda qizilo’ngach chandiqli o’zgarishlariga olib keluvchi sabablarga-qizilo’ngach kuyishlari (termik va kimyoviy) va travmalariga e’tibor berish lozim. Chekish,spirtli ichimliklar ichish hamda diyetadagi xatoliklar (qo’pol,achchiq,haddan tashqari issiq ovqatlarni iste’mol qilish) ko’pincha reflyuks-ezofagitning yuzaga kelishiga va rivojlanishiga olib keladi. Ba’zi kasalliklar masalan sistemali sklerodermiya qizilo’ngach devorining spesifik zararlanishiga olib kelib,disfagiya paydo bo’lishi bilan kuzatiladi.

Fizikal tekshirish usullari.

Ob’yektiv tekshirish usullari (ko’zdan kechirish, palpatsia, perkussia, auskultatsia) qizilo’ngach kasalliklari diagnostikasida nisbatan sezilarsiz rol o’ynaydi. Qizilo’ngachning chandiqli yoki o’smali strikturalari bilan kasallangan bemorlarni umumiy ko’zdan kechirganda sezilarli darajada tana vazni yo’qotilganini bilish mumkin (kaxeksiyagacha olib kelishi mumkin),ba’zan suvsizlanish,vitamin yetishmovchiligi kuzatiladi. Kardiya axalaziya hamda qizilo’ngach yuzasini qoplab olgan o’sma kasalliklarida perkussiya qilinganda Traube sohasi yo’qolishi kuzatiladi.



Instrumental va labarator tekshirish usullari

Qizilo’ngach kasalliklari diagnostikasida rentgenologik, endoskopik, morfologik, ezofagotanokimografik va boshqa tekshirish usullaridan keng foydalaniladi.



Rentgenologik tekshirish. Rentgenologik tekshirish qizilo’ngach holati, shakli, uzunligi,konturlarini baholashga,uning shilliq qavati relyefini aniqlashga, motorikaning turli xil buzilishlarini bilishga imkon beradi. Aniq diagnoz qo’yish maqsadida bugungi kunda turli xil rentgenologik tekshirish usullaridan foydalanilmoqda(bariy sulfat qabul qilish bilan amalga oshiriladigan oddiy rentgenoskopiya va rentgenografiya ,ikki marta kontrastirovkalash usuli, rentgenokinematografiya va rentgenotelevideniya,pnevmomedia-stenografiya, kompyuter tomografiyasi,yadroli magnitli rezonans va boshqalar),bular qizilo’ngach zararlanishiga olib keladigan ko’krak qafasi organlaridagi o’zgarishlarni aniqlashga imkon beradi (limfa tugunlarining,o’smaning kattalashgani,aorta anevrizmasi va boshqalar). Bemorlarni tekshirayotganda yanada aniq ma’lumot olish uchun ularni turli holatlarda har xil proyeksiyadagi rentgen suratlarini olish mumkin.

Ezofagoskopiya. Qizilo’ngachni endoskopik tekshirish uchun maxsus yon tomonlama joylashgan yorituvchi optikadan iborat bo’lgan fibroezofagoskopdan foydalaniladi. Ezofagoskopiya qizilo’ngach kasalliklari diagnoztikasida yordam beradi,zarur holatlarda zararlangan sohadan biopsiya olishga,olingan materialda gistologik tekshirishlar olib borishga imkon yaratadi,turli xil davolovchi manipulyatsiyalar: qizilo’ngachni kengaytirish,qonayotgan tomir elektrokoagulyatsiyasi (masalan peptik yaralarda),qizilo’ngach varikoz kengaygan venalari skleroterapiyasini o’tkazishga sharoit yaratadi.

Boshqa tekshiruv usullari. Qizilo’ngach yomon sifatli o’smalarining diagnostikasida qo’shimcha usul sitologik tekshirish bo’lib,bunda qizilo’ngach yuvilgan suvdan yoki shilliq qavatdan ajratma sifatida olingan materialdan foydaniladi. Ajratmani keng yuzali yorituvchi ballonchadan iborat bo’lgan maxsus zond yordamida olinadi

Ezofagotonokimografiya qizilo’ngach turli qismlari harakat aktivligini registratsiya qilish,shuningdek qizilo’ngach pastki sfinkteri tonusini aniqlashda va qizilo’ngach diskineziyasi,kardiya axalaziyasi,diafragma qizilo’ngach yorig’i churrasi diagnostikasida qo’llaniladi. Gastro-ezofagial reflyuks kasalini aniqlashda qizilo’ngach ichi pH metriyadan foydaniladi. Bunda qizilo’ngach ichi pH i 4,0 dan past bo’lsa oshqozondagi nordon moddalarning qizilo’ngachga otilganini bildiradi.

So’nggi yillarda qizilo’ngach kasalliklari diagnostikasida endosonografiya ancha keng tarqalgan usullardan,bu ultratovushli tekshirish bo’lib,bu tekshirish ultratovushli datchikni ezofagoskop yordamida qizilo’ngachga kiritishdan iborat. Bu metod qizilo’ngach o’smalarini aniqlashga yordam beradi (ayniqsa shilliq qavat ostida bo’lsa) va operativ davolashdagi muhim savollarga javob beruvchi regionar limfa tugunlari holatini baholashda qo’llaniladi.

Qizilo’ngachning organik va funksional qisilishlarini differensial diagnostika qilishda hozirgi kunda turli xil farmokologik moddalardan foydalaniladi. Nitroglitserin qizilo’ngach pastki sfinkteri tonusini pasaytirib,kardiya axalaziyasi bilan kasallanganlarda qizilo’ngachdan ovqat luqmasini o’tishini osonlashtiradi va qizilo’ngachning organik tabiatli zararlanishida bunday effekt bermaydi

27.GЕRK simptomotologiyasi.Klinik ko’rinishlari.Zamonaviy klinik va instrumental (sutkalik ph-ko’rsatkichi.”Bravo” ph radiokapsulasi,impedansometriya) diagnostikaning metodlari.
Reflyuks-ezofagit
Reflyuks kasalligining kelib chiqishiga sabab me’da shirasi va ingichka ichak shilliq qavati shiralarining qizilo’ngachga chiqishidir.Buning natijasida qizilo’ngachning yallig’lanishi,ba’zan esa eroziya va shilliq qavatda yara hosil bo’ladi.

Reflyuks kasalligining davom etish muddati Berret qizilo’ngachi deb nomlangan maxsus holatning paydo bo’lishiga olib kelib,unga qizilo’ngachning pastki shilliq qavatining epiteliy metaplaziyasi xosdir-bunda me’da yoki ichak tiplari mos kelib,ular qizilo’ngach rakiga aylanishi mumkin.


ETIOLOGIYASI
Reflyuks-ezofagit dafragmaning qizilo’ngach tirqishi churrasi,sistemali sklerodermiya, qizilo’ngach qastki sfinkterining orttirilgan zaifligi hamda homiladorlikda kelib chiqishi mumkin.
KLINIK KO’RINISHLARI
Shikoyatlari og’riq va to’sh ortida zarda qaynashi,ayniqsa issiq yoki sovuq ovqat hamda kislotali ovqatda(yallig’langan shilliqqavat qizilo’ngach muskullarini spazmini chaqirishi bilan javob qaytaradi) kuchayadi.To’sh ortidagi og’riqlar va zarda qaynashi odatda ovqatdan keyin (ayniqsa ovqat ko’p yeyilganda ) va egilishlarda (oldinga egilishda yoki yotganda) kuchayadi.Holatning yengil bo’lishi vertikal holatda shuningdek ishqorlantiruvchi vositalar qabul qilganda yuzaga keladi.Og’ir holatlarda esa bunday og’riqlar yoki yomon hissiyotlar bo’yin yoki 2qo’l sohasiga ham tarqalib stenokardiyaga o’xshagan holatni yuzaga keltiradi.Bundan tashqari kechqurunlari nafas yo’llariga me’da shirasi aspiratsiyasi natijasida kuchli yo’talishlarga ham olib kelishi mumkin.
DIAGNOSTIKASI
-qizilo’ngach monometriyasi.Reflyuks kuzatilganda bosim odatda bosimning quyi chegarasining 1/3dan ham kam bo’ladi

-Reflyuks-ezofagit tashxisini tasdiqlash uchun ba’zan qizilo’ngach pastki sohasining ph ko’rsatkichi o’lchanadi(normada ph=5-6; reflyuks-ezofagitda esa ph=1-2 ga tushadi)

-ba’zan kuchsiz kislotali aralashma qabul qilgandagi zarda qaynashiga ham sinama o’tkaziladi yoki Reflyuksda invaziv test usuli qo’llanilib, qizilo’ngachning distal qismiga phmetr elektrod kiritiladi

-epiteliy metaplaziyasi va ezofagit eroziyasi holatlarini morfologik aniqlash-sitologik va biopsiyali endoskopiya tekshirishlarni o’tkazish orqali aniqlanadi

-ichga bariyli aralashma yuborish yordamida rentgenologik tekshirishlar Reflyuks-ezofagit kasalligini deyarli 60% holda aniqlash imkonini beradi


Ko’rinishlari

Metodning imkoniyatlari

Sutkalik ph-

ko’rsatkichi


ph ko’rsatkichining 4dan kichik 7dan katta ko’rsatkichini hamda davomiyligini aniqlaydi.Shuningdek uning subyektiv simptomplar bilan bog’lanishini aniqlaydi. (ovqat qabul qilish,tananing holati,dori qabul qilish,chekish) Preparatlarning qo’llanilish effektivligini nazorat qilish va individual terapiya imkoniyatlarini beradi.

48soatlik (zondsiz) ph ko’rsatkichini “Bravo” radiokapsulasi yordamida aniqlash

Kasalga ortiqcha noqulayliklarni keltirib chiqarmasdan qizilo’ngachdagi muhit ph ko’rsatkichni zondsiz 48soat davomida aniqlash imkoniyatini beradi.

Qizilo’ngachni rentgenologik tekshirish


Qizilo’ngach strikturasi,yaralari,eroziyasi,diafragma qizilo’ngach tirqishi churrasini aniqlaydi.

Qizilo’ngachni endoskopik tekshirish


Qizilo’ngach yallig’lanishining,eroziyasining,yaralarning,strikturasi,Berret qizilo’ngachi o’zgarishlarini aniqlaydi.

Impedansometriya (qizilo’ngachning ikki aktiv nuqtasi orasidagi potensillar farqi o’lchanadi)

Qizilo’ngach klirensi,qizilo’ngach devorlarining peristaltik harakat aktivligini aniqlash imkonini beradi.

Qizilo’ngach sfinkterlarini monometrik tekshirish


Qizilo’ngach sfinkterlari tonusi o’zgarishini aniqlaydi.

DeMeestr bo’yicha norma:

Bazal davleniya NPS=14,3-34,5mm.sim.ust.

NPSning umumiy uzunligi 4smdan kam emas

NPSning abdominal sohasining uzunligi 2smdan kam emas.





1. Оптический колпак 2. Фиксатор линзы 3. Линза 4. Осветитель

5. Камера 6. Батарея 7. Передатчик 8. Антенна


28.Ошқозон ва 12 бармоқли ичак касалликлари билан оғриган беморларни клиник текшириш усуллари: субъектив ва объектив.
Субъектив текшириш:


  1. Сўраб суриштириш(interrogatio): шикоятлар – асосий ва кушимча.

  2. Аnamnesis morbi

  3. Anamnesis vitae

Асосий шикоятларга куйидагиларга киради:

-оғрик


-диспепсия

-ошкозон-ичакдан кон кетиши

-тана массасининг камайиши
Оғриклар
Коринда оғрик ошкозон ва 12 бармокли ичак паталогиясида аникланади. Одатда эпигастрал сохада таркалади ва доимий ёки приступсимон характерда бўлади. Энг кўп характерда приступсимон оғриклар овкат кабул килишбиланбоғлик,бу маълум вакт оралиғида пайдо бўлади. Барвакт ва кечки оғриклар фаркланади.

-барвактли оғриклар одатда ошкозон паталогияси билан боғлик. Улар овкатдан кейин тезда пайдо бўлади (одатда 30-60 миндан кейин),давомийлиги 1-1,5 соат. Ошкозондан эвокуатсиаяси бўйлаб камайиб боради.

-кечки оғриклар 12 бармокли ичак касалликларида аникланади. Улар овкатдан сўнг (1,5-3 соатдан кейин)пайдо бўлади. Шунингдек яна очликда оғрик,овкат килгандан сўнг кучсизланувчи ва тунги оғриклар бор. Касаллар шикоят килиши мумкин эпигастрал сохада босим ёки оғрик сезиши ошкозонда хазм бўлиши билан

боғлик. Шунингдек ичакларда газ хосил бўлиши кучайиши метеоризм коринда.


Диспептик синдром
Диспепсия-умумий тушунча бўлиб, хазм бузилиши билан боғлик хар кандай этиология хисобланади. Дидпепсия бўлиши мумкин: ошкозонда (кўнгил айниши,кусиш,жиғилдон кайнаши,ошкозонда дам,епигастрал сохада оғрик,ваичакларда оғирлик хисси).

Сабаблари:

Органик ва функсионал дидпепсия сабабларига ажратилади:

Органик дидпепсия сабаблари:

-рефлюкс-езофагит

-яра касалликлари

-гастритлар

-сурункали панкреатит

-ўт-тош касалликлари

-ошкозон раки.

Функсионал диспепсия 3 вариант кўринишида ўтиши мумкин: ярага ўхшаш,дискинетик,носпесифик

-ярага ўхшаш (ярасимон)диспепсия эпигастрал сохада оғрик локализатсияси билан характерланади.

-дискинетик диспепсия куйидаги аломатлар билан бирга характерланади: ошкозон тезда тўйишини хис этиш, эпигастрал сохада нохушликни хис этиш,оғрик кузатилмаслиги мумкин, кўнгил айниши, айрим махсулотлардан захарланиш, баъзан

ингичка ичак зарарланиши.

-носпесифик диспепсия учун характерли кайталанувчи кекириш,коринда дам,кўнгил айниши,стесс холатларда пайдо бўлиши кучаяди.
Ошкозон-ичакдан кон кетиши
Бу симптом тез тиббий ёрдам кўрсатадиган даражадаги жиддий паталогияларда юзага келади. Ошкозон-ичакдан кон кетиши сабаблари:


  • яра касаллиги

  • Гастрит ва ошқозон эрозияси

  • Эзофагит ёки қизилўнгач яраси

  • Қизилўнгач веналари варикоз кенгайиши.

Ошкозон-ичакдан кон кетиши қон аралаш қусиш ва меленага сабаб бўлади. Қусуқ массанинг ранги кетаётган кон миқдори ва ошқозонда қанча вақт турганлигига боғлиқ.
Қўшимча шикоятлар:
Кўнгил айниши - эпигастрал сохада нохушликни хис этиш адашган нервнинг зарарланиши билан боғлик. Ошкозон касалликларида кўнгил айниши одатда оғрик билан шунингдек тез-тез кусишдан олдин пайдо бўлади. Кўнгил айниши

кўп бошка холатларда хам бўлади. Ошкозон ичак тракти паталогиясида одатда овкат кабул килишда кузатилади.

Қусиш - хуружсимон ошкозон колдикларини кизилўнгач, оғиз бўшлиғига чикариш, корин мушакларини кискариши хисобига, нафас мускулларининг харакати хисобига, пилорик сфинктер ёпик холатда; гиперсаливатсия коринда оғрик билан биргаликда пайдо бўлади. Кусиш пайдо бўлиш вакти овкат кабул килиш,оғрик сезиш билан оғлик.

-ерталабки кусиш. Катта микдорда шиллик бўлса сурункали гастрит учун характерли (алкоголикларда)

-ерталабки кусиш ўт кислота сакласа,тунги гиперсекретсия учун характерли.

-кусиш овкатда кейин (10-15мин) бўлса яра ёки ошкозон кардиал кисми раки,шунингдек сурункали гастрит учун характерли.

-яра ёки ошкозон танаси ракида кусиш овкатда 2-3соат ўтгандан кейин пайдо бўлади

-ошкозон пилорик кисми яраси ёки 12 бармокли ичак ярасида кусиш овкат кабул килгандан 4-6соатдан кейин пайдо бўлади

-1-2кун олдинги йиғилган овкатларни кусиш бу сфинтер стенозида ошкозонда овкат тўпланиши билан харатерланади

Қусилган масса куйидаги характерда бўлади:

-Қусик масса кон саклаши мумкин. Бу ошкозон-ичакдан кон кетишини билдиради. Бу вактда тез-тез кусилган масса "куюк кофе" кўринишига айланади.

- қускидан чириган хид келса, овкатнинг ошкозонда кўп сакланиши, ошкозоннинг пилорик кисми стенози учун хос.

Одатда кусишлар ошкозон ва кизилўнгач касалликларида кузатилади, баъзан ОИТ паталогиясидан ташкари, кусиш марказининг кўзғалишидан хам амалга ошиши мумкин. Бундай кусишга бирданига пайдо бўлиши, кўнгил айнишва бошка диспептик симптомларсиз кечиши, кусгандан сўнг енгиллик сезилмаслиги ва давомсизлиги характерли. Марказий кусиш калла ичи босимининг ортиши,мия пардаларининг шикасланиши, истерия натижасида кусиш марказинингзарарланиши натижасида келиб чикади.
Ҳаёт анамнези.
Анамнез йиғишда беморнинг овқатланишини бахолай олиш керак. ОҲК аъзолари касалликлари асосий омили бўлган овқат қабул қилиш кетма-кетлиги бузилганлигини аниқлаш. Бемор қандай овқат истемол қилганлиги(ёғли, қовурилган, ўткир, шўр, аччиқ), қанча миқдордалигини аниқлаш керак.
Объектив текшириш:
1)Кўздан кечириш – inspectio (куздан кечириш: талай диккатга сазовор аломатлар аникланади – ориклаш, хаттоки кахексия (ракида ва ахалазиясида), терини куриши, окаруви (қизилўнгачракида).

2) Палпация –юза палпацияда ошқозон яра касаллиги ва гастритига алоқадор эпигастрал соҳада оғриқлар, қорин мушаклари таранглашиши кузатилади. Чуқур палпацияда ошқозоннинг катта ва кичик эгрилиги ва пилорик қисми аниқлаймиз. Баъзан катталашган ўсмалар палпация қилинади.

3) Перкуссия(информацияси паст ва шунинг учун кулланилмайди)

4) Аускултация

  1   2   3   4


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət