Ana səhifə

Mehribonlik uylarida oila, mahalla, maktab hamkorligi Reja


Yüklə 80 Kb.
tarix27.06.2016
ölçüsü80 Kb.
Mehribonlik uylarida oila, mahalla, maktab hamkorligi

Reja:

  1. Mehribonlik uylarida oila, mahalla, maktab hamkorligi yutuqlarning bosh omilidir

  2. Mehribonlik uyida maktab bilan hamkorlikni samarali tashkil etish (1-son Mehribonlik uyi miqiyosida)

  3. Bolaning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, mahalla va maktab bilan hamkorlik ishlari xususida

  4. Xulosa

“Oila abadiyligi, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga kelajak nasllar qanday inson bo’lib yetishishiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan tarbiya o’chog’I ekanligini unutmasligimiz lozim”

(I.A.Karimov)

Ta’limiy maqsad: Mehribonlik uylarida oila, mahalla, maktab hamkorligini misollar yordamida tasniflash, mahalla va uning tarkibiy qismi, mahalla, oila muhim tarbiya maskani ekanligini tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish yo’llari haqida ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad: Tarbiyachini o’zi tarbiyalayotgan bolalariga ona Vatanga, tug’ilib o’sgan yuirti, qishlog’i, mahallasiga nisbatdan muhabbat ruhini singdirish usullari haqida tushuncha berish

Rivojlantiruvchi maqsad: tarbiyachi tarbiyalayotgan bolalarda o’zaro-hurmat va mehr-oqibat, tashkilotchilik qobiliyatini rivojlantirish

Azaldan ota-bobolarimiz farzandlar tarbiyasiga alohida e’tibor bilan qarashgan. Ular oila deb atalmish qutlug’ dargohda unib-o’sayongan murg’ak qalblarni ming-0ming yillar davomida asrab-avaylab kelinayotgan ezgulik, insoniylik, mehr-muhabbat, halollik, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga e’tibor qaratishgan. Chunki tarbiyaning ildizi ona suti, bobolar o’g’iti bilan murg’ak go’dakning qon-qoniga singadi.

Oila qo’rg’onida ota-onaning alohida o’rni bor. Oila farovonlik, farzandlar tarbiyasiga ma’sullik asosan otalar bo’yniga tushsa, onaning issiq mehri tufayli farzandlar chin insoniy fazilatlarni o’rganadilar. Bobo-buvilarning urf-odatlar, qadriyatlar, an’analar uyg’unligidagi tarbiyasi esa bolani yetuk shaxs sifatida shakllanishida mustahkam asos bo’ladi.

Ota-ona o’z farzandini maktabda va vaqtlardan tashqari vaqtlarida nimalar bilan mashg’ulligini kuzatib, nazorat qilib borishi zarur. Bola asosiy vaqtini maktabda o’tkazadi, shuning uchun bu masalaga alohida e’tibor qaratish lozim.



Mehribonlik uyida maktab bilan hamkorlikni samarali tashkil etish

Mehribonlik uyi bilan tarbiyalanuvchilar ta’lim oladigan maktab bilan hamkorlikda o’quv – tarbiyaviy ishlar bo’yicha o’zaro hamkorlik ish rejasi tuzilgan bo’lib, unga ko’ra tarbiyachilar va maktab o’qituvchilari hamkorlikda ta’lim tarbiyaviy tadbirlar muntazam ravishda olib borilmoqda. Tarbiyalanuvchilarning muntazam ravishda darslarga qatnashishini nazorat qilish maqsadida Mehribonlik uyi tarbiyachilaridan iborat navbatchilik jadvali tuzilgan va amalga kiritilgan. Har bir guruh tarbiyachisi o’ziga berkitilgan tarbiyalanuvchilar bilan maktab o’qituvchilari hamkorligida qo’shimcha mashg’ulotlar o’tkazishi, tarbiyalanuvchilarning bilim darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratilishi, ularni fan olimpiadalariga tayyorlab borish, sinf rahbarlari bilan hamkorlikda ta’lim –tarbiyaviy tadbirlar o’tkazib kelishiga alohida e’tibor qaratildi. Maktab o’qituvchilari har haftada ikki marta Mehribonlik uyiga tashrif buyurib o’zlashtirishi sust o’quvchilar bilan qo’shimcha mashg’ulotlar o’tkazadilar va tarbiyalanuvchilarning bilim samaradorligini oshirishga xizmat qildilar. Har chorak yakunida tarbiyalanuvchilarning bilim, ko’nikma va malakalaridagi bo’shliqlar Mehribonlik uyi buyrug’i asosida tuzilgan ishchi guruh tomonidan olingan ichki nazoratlar asosida aniqlanib, ularning natijalari pedagogik kengash, uslubiy birlashma yig’ilishlari va direktor huzuridagi yig’ilishlarda muhokama etiladi, hamda zarur chora-tadbirlar belgilab olinadi.

Tarbiyachilar o’zlari tarbiyalayotgan bolaning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etishga ma’sul hisoblanadilar. Bu ulkan ma’suliyat hisoblanib, sergaklikni, e’tiborni talab etadi. Oilada bolaning sportga, turli-tuman to’garaklarga jalb etilishining foydsi beqiyos. Ayniqsa, bolalarni uy-ro’zg’or, bog’ va tomorqa ishlariga kattalargga yordam berishga o’rgatib borish va bu harakatlar orqali ularda mehnatga muhabbat uyg’otish, mehnat bilan topilgan ne’matlarning qadriga yetishga, ularni asrab-avaylashga, tejamkorlikka o’rgatadi. Foydali mehnat, sport, kasbga yo’naltirilgan turli to’garaklar bolalarni yalqovlikdan, xudbinlikdan, bekorchilik orqasidan keluvchi turli salbiy oqibatlardan asraydi.

Vaqt oltindan qimmat ekanligini bolaning ongiga singdirish kerak. Tarbiyalanuvchilarning bo’sh vatlarini mazmunli o’tkazish maqsadidauchrashuvlar Mehribonlik uyida tashkil etilgan to’garaklarga jalb etish, kutubxonaga jalb etish kerak.



Mahalla. O’zini o’zi boshqarishning milliy modeli bo’lgan mahalla xalqimizning azaliy-urf-odatlari, udumlari, an’analariga tayangan holda, ulkan tarbiyaviy vazifani bajaradi. Keksalarning pand-nasihatlari, kattalarning shaxsiy ibrati, jamoaning hamjihatligi misolida kishilar ongiga ezgulik g’oyalari singdiriladi. Mahalla – avvalo, sog’lom ijtimoiy muhit maskanidir. Bu yerda kuchli ta’sirga ega bo’lgan jamoatchilik fikri mahalla ahlining xulq-atvori, o’zaro munosabatlarining adolat va ma’naviy mezonlar asosida tartibga solib turadi. Shu ma’nida mahallani demokratiya darsxonasi, deb atash ham mumkin. Milliy qadriyatlar, mehr-oqibat, el-yurt sha’ni uchun kurash kabi fazilatlarni kamol toptirishda mahallaning o’rni beqiyos.

Tarbiyalanuvchilarning bo’sh vaqtlarida Mehribonlik uyi Samarqand shahridagi mahallalar faxriylari bilan hamkorlikda ta’lim-tarbiya ishlari, uchrashuvlar tashkil etilib kelinmoqda.

Tarbiyalanuvchilarning o’zlari tug’ilgan mahallalar bilan hamkorlik ishlari olib borilmoqda, har bir yangi qabul qilingan tarbiyalanuvchining uyiga ijtimoiy muhofaza bo’yicha direktor o’rinbosari, psixolog, guruh tarbiyachisi o’sha mahalla vakili bilan tashrif buyurib, uning oilaviy ahvolini o’rganib chiqadilar va dalolatnoma tuzadilar, tarbiyasi og’ir bolalar bilan ularning ota-onasi, mahallasi bilan hamkorlikda ta’lim-tarbiyaviy ishlar olib boriladi. Bolani Mehribonlik uyuga qabul qilish to’g’risida mahalliy hokimyat tomonidan qaror chiqarish uchun mahalla tomonidan bolaning oilaviy ahvoli tog’risida dalolatnoma, ota-onasiga tavsifnoma talab etilishida ham katta ma’no bor, ya’ni bolaning kelajak taqdiri to’g’risida uning mahalladoshlari qayg’uladilar va kerak bo’lgan taqdirda uni Mehribonlik uyiga topshirishga tavsiya etadilar.

Mening nazarimda, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari bilan ishlash jarayonida xatar guruhidagi oila farzandlari (giyohvand yoki ichkilikka berilgan oilalar, kam ta’minlangan oilalar va hokazo…)ga alohida e’tibor qaratish kerak. Mahalla xodimlari, uchastka militsionerlari va umumta’lim maktablarining psixologlari tarbiyasi og’ir bolalar bilan hamkorlikda, o’zaro hamjihatlikda faoliyat olib borsalar, Mehribonlik uylarida ko’ngli yarib bolalar soni kamayardi, yoki mahallada tarbiyasi og’ir bolalar ro’yxati qisqardi.

Mahalla – tarbiya maskani” mavzusida guruhda o’tkaziladigan tarbiyaviy mashg’ulot ishlanmasi

Mashg’ulot usuli: interfaol: “Aqliy hujum”, “Klaster”

Mashg’ulotning borishi:

Mashg’ulot boshlanishidan avval tarbiyalanuvchilar o’z guruhlarini topishi uchun tayyorlangan ta’lim-tarbiya, mahalla, oilaga oid maqol va hadislardan tanlab oladi. Shu asosda “Mahalla”, “Oila”, “Mehribonlik uyi”, “Maktab” guruhlariga bo’lingach, o’zlarining shiorlarini o’ylab topadi.

“Aqliy hujum” (4 daqiqa)

Har bir guruh o’z shiorini ta’riflab beradi.

Maktab” guruhi shiori: “Maktab – ilm o’chog’i”

Oila” guruhi shiori: “Oila – jamiyat tayanchi”

Mahalla” guruhi shiori: “Mahalla – ona maskan”

Mehribonlik uyi” guruhi shiori: “Dunyoni mehr-muruvvat qutqaradi



  1. Guruhlarga o’z nomlari bilan bog’liq test topshiriqlari beriladi, test javoblari muhokama qilinadi.

  2. Tarbiyalanuvchilarga muammoli savollar bilan murojaat qilinadi.

  1. Nima uchun mahallani tarbiya maskani deb ataymiz?

  2. O’zbek oilasiga ta’rif bering

  3. Maktab, mahalla, Mehribonlik uyi, oila hamkorligi deganda nimani tushunasiz?

Tarbiyachi so’zi: oila ko’z ochib ko’rgan dargohimiz bo’lsa, mahalla Vatan ichra kichik vatandir. Zotan, mahalla oilalardan tarkib topadi. Farzandlar oila bag’rida kamol topganlari kabi, oila, maktab, mahalla ichida ravnaq topadi, nurli kelajak sari intiladi.

SINKVEYN” SXEMA METODI YORDAMIDA ISHLASH. Tarbiyalanuvchilarga mahalla, maktab, Mehribonlik uyi, oila yozuvlari yozilgan sxemali quyosh rasmi tarqatiladi. Ular o’zlariga tushgan so’z haqida o’z fikr-mulohazalarini yozib, taqdimot o’tkazishlari kerak.

KLESTER”METODI. Har bir guruhga o’z yo’nalishidan kelib chiqib savollar beriladi.

Savollar:



  1. Mahallaning tarkibiy qismi nimalardan iborat?

  2. Maktab kelajakka nima beradi?

  3. Mehribonlik uyidagi hayotingizdagi o’zgarishlarni guruhda muhokama qilin

  4. Yurtboshimizning oila va mahalla haqidagi fikrlarini ayting.

Javoblar tinglanib, guruhlar rag’batlantiriladi.

Konvert ichidagi harflardan Prezidentnining asari nomini yozish.

Guruhlar sardori chiqib konvertlardan olib, guruh bilan maslahatlashib asar nomini topib beradilarlar.



1-konvert: “Xotira chirog’i o’chmaydi” (1995 yil may)

2-konvert: “Bizdan ozod va obod vatan qolsin” (1993 yil sentabr}

Kubik stragediyasi.

Rasmlar orqali o’z fikrlaringizni bayon eting? Tarbiyalanuvchilarga mahalla, oila, Mehribonlik uyi hayotidan rasmlar tarqatiladi

Har xil rasmli kartochkalar tarqatiladi va rasmga qarab fikr bildiriladi, yani



  1. Nimani rasmi

  2. nom bering

  3. nimaga o’xshaydi

  4. nimani anglatadi

  5. asasasiya berimg

  6. qayerda qo’llaniladi yoki hayotda qayerda ishlatiladi?

Myustenburg metodi yordamida ishlash

To’rt qatorda aralash harflar berilgan bo’lib, ular ichidan (Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch) va (Ma’naviy yuksalish yo’lida) so’zini topish.



Uyga vazifa: “Mening mahallam” mavzusida bayon yozish va “Oila” mavzusida rasm chizish

Oila. Oila tarbiyaning eng muhim ijtimoiy omillaridan biri hisoblanadi. Chunki oila – jamiyat negizi bo’lib, ko’p asrlik mustahkam ma’naviy tayanchlarga ega. Milliy mafkuramizga xos bo’lgan ilk tushunchalar, abvvalo, oila muhitida singadi. Bu jarayon bobolar o’giti, ona ibrati, ota mehri orqali amalga oshadi.

Oiladagi sog’lom muhit – sog’lom mafkurani shakllantirish manbaidir. Jamiyatda har bir oilaning mustahkamligi, farovonl;igini, o’zaro hurmat va ahillikni ta’minlash – milliy mafkurada ko’zda tutilgan maqsadlarni amalga oshirishda tayanch bo’ladi.

Bola tarbiyasi juda murakkab jarayon hisoblanadi. Tarbiyaning asosiy o’chog’i oiladir. Tarbiya faqat ota-onaning ishi bo’lib qolmasdan, balki ularning ijtimoiy burchi hamdir. Tabiiyki, bolaning ilk tarbiyachisi – uning ota-onasidur.

Bolalarni oilada tarbiyalash davomida ularga hayot haqidagi, odamlarning yaxshi va yomon xulqlari, jamiyatda bajaradigan ishlari haqidagi dastlabgi tasavvurlarni berish zarur. Bolalarning oiladagi foydali odatlarni o’zlashtirishlari hamda hayot tajribalarini orttirishlari ular tarbiyasida ulkan ahamiyatga ega bo’ladi. Oilada bolaning ta’lim-tarbiyasini tashkil etish murakkab va muhim jarayondir. Oila jamiyatning ajralmas bo’g’ini hisoblandi. Agar yosh avlodni har qanday nuqson va kamchilikdan holi holda tarbiyalasak, kelajakda vatani, xalqi, oilasi ravnaqi uchun yashaydigan barkamol avlodni yetishtirishga poydevor yaratgan bo’lamiz.

Komil insonni tarbiyalash bizning asosiy va doimiy vazifamiz bo’lib qolaveradi. Buning yechimi asrlar davomida shakllangan insoniy fazilatlar va milliy qadriyatlarimizni farzandlarimizga yetkazib bera oladigan tarbiya usullarini tanlashimizda, buyuk olimlar, adiblar, ma’rifatparvar murabbiylarimiz ijodiy merosini mutolaa qilishimiz, ota-bobolarimizdan meros bo’lib kelayotgan saxiylik, mehmondo’stlik, rostg’ylik, sabr-qanoatlilik, odoblilik, poklik kabi fazilatlarni bola ongiga singdirishimizdadir.

Bu yo’nalishda odob-axloqqa oid xoxlagan mavzuni tanlashimiz va oilaga bog’lashimiz mumkin. Bunday mavzusagi mashg’ulotlarni xoxlagan usulda tashkil etish mumkin, munozra, trening, she’r aytish musobaqsasi, rasm chizish musobaqasi va hokazo.

Milliy istiqlol g’oyasi shakllanayotgan, jamiyatimizda ma’naviy-axloqiy muhit sog’lomlashayotgan, milliy qadriyatlar, inson huquqlari va erki tiklanayotgan, ijodiy kuch-qudrati namoyon bo’layotgan sharoitda barkamol shaxs – bu o’zida ma’naviy-axloqiy xislatlar majmuini mujassamlashtirgan, jamiyatda o’zligini va o’z qobiliyatini har tomonlama namoyon eta oladigan, ma’rifatli, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan, aqlan yetuk, yuksak iste’dod va salohiyatga ega bo’lgan ijodkor shaxs deb ta’rif berish mumkin. Bunday shaxsni tarbiyalashda esa odobnoma darslarini tashkil etish va o’tkazish muhim ahamiyatga ega. Bunday darslarni bugungi zamon talabi ya’ni pedagogik texnologiyalar yordamida foydalangan holda o’tilsa maqsadga muvofiq.

O’tkazilayotgan mashg’ulotlar jarayonida intraktiv metodlar, inovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarni qo’llashga bo’lgan e’tibor kundan kun kuchayib bormoqda. Bu borada asosiy e’tibor ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish jarayoni bilan cheklanmasdan, balki uning natijasi va samarasiga e’tibor qaratmoq lozim

1992 yil 8-dekabrda o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o’n birinchi sessiyasida qabul qilingan O’zbekiston resbublikasining Konstitutsiyasining uchunchi bo’lim, o’n to’rtinchi bobi “Oila” deb nomlanib, unga 63-66 moddalar kiritilgan,. Konstitutsiyaning 63-moddasi, birinshi bandida shunday deyilgan: “Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega”. Tashkil etiladigan mashg’ulotlarda Konstitutsiya moddalaridan foydalanib, oila jamiyatning tabiiy va asosiy hujayrasini tashkil etishini tushuntirish lozim.

Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan bolalar bilan o’tkaziladigan ta’lim-tarbiyaviy mashg’ulotlarning o’zi bolaning ta’lim-tarbiyasiga va rivojlanishiga yetarli bo’lmaydi. Bu jarayonda ota-onalar bilan hankorlik qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Mehribonlik uyiga yangi qabul qilingan bolaning dastlabgi vaqtlarida agar ularning ota-onasi yo yaqin qarindoshi bor bo’lsa, ular tarbiyachi bilan yaqin hamkorlikda ish ko’rishi lozim. Chunki bola Mehribonlik uyi hayotiga o’rganishi va ko’nikishi lozim. Bunda ota-onalar o’z bolalariga yordam berishi uchun bola bilan to’g’ri munosabatni yo’lga qo’yishi kerak.



Tarbiyachi tomonidan ota-onalar bilan quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

  1. Bola tarbiyasi va kelajagiga oid maslahat, tavsiyalar berish

  2. Ma’ruzaviy-ma’rifiy shaklli tushuntirish ishlari olib borish

  3. Ota-onalar uchun amaliy mashg’ulotlar

  4. Davra suhbatlari, konferensiyalar, bayram tadbirlari, uning bolasi ishtirok etadigan tadbirlarga ota-onalarni taklif etish orqali yuqori samaraga erishish

  5. Ota-ona va ularning bolalari bilan individual suhbatlar o’tkazish

  6. Kichik – kichik guruhlarda, bir necha ota-onalar bilan suhbatlar o’tkazish

Maqsadimiz tarbiyalanuvchilarni ma’naviy-ma’rifiy sohada samaradorligini oshirib, ularni barkamol inson etib tarbiyalash ekan, bunga butun imkoniyatimizni, ongimizni, borlig’imizni sarflab, tarbiyalanuvchilarimizga dunyoviy ilmlarning barcha jabhalaridan asosli bilim beirshimiz kerakki, bunda ularning komillik darajasida tarbiyalanishlari uchun poydevor yaratishimiz kerak

Tarbiyachi majoziy ma’noda dono xalqimiz iborasi bilan aytganda:

Har birimiz endigina yerni yorib chiqqan maysani qurib qolmasligi uchun ildiz bo’laylik, toki o’qituvchilarimiz biz haqimizda Iskandar Zulqarnayn aytganidek “Men ustozimni otamdek ulug’ ko’raman, chunki otam meni yo’qlikdan yerga olib tushdi, ustozim esa yerdan ko’klarga ko’tardi” desinlar. Demakki, biz ustozlar maysalarga ildiz bo’lib, ularni yerdan ko’klarga ko’taruvchi ziyo bo’lishimiz kerak. Bu bir kishini qo’lidan kelmaydi, albatta! Buning uchun mahalla-kuy, keng jamoatchilik, maktab, oila, ota-ona ko’magidan unumli foydalanishimiz kerak.

Oila, mahalla, maktab hamjihatligi… Bu hamkorlik oilalarda farovon muhitni yaratadi. Bu uchlikning bir-biri bilan uzviy bog’langanganligi bugun biz erishayotgan yutuqlarning bosh omili bo’lmoqda. Bularni e’tirof eta turib oilada barkamol fazilatlar egasi etib tarbiyalangan, ota-onalari, yaqinlari tomonidan munosib kasbga yo’naltirilgan farzandlarning barkamol avlod, jamiyatimiz tayanchi, kelajagimizning haqiqiy egalari, deya ishonch bilan ayta olamiz. Bunday farzandlar yor g’oyalar ta’siriga tushmaydilar, ota-onalari, yaqinlari yuzini yerga qaratmaydilar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:



  1. “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar”, Toshkent – “O’zbekiston” 2001 yil

  2. “Konstitutsiya va oila” Toshkent “O’zbekiston” 2001 yil

  3. “Boshlang’ich ta’lim” jurnali 2012 yil 3 son 8-9 bet

  4. “Maktab va hayot” jurnali 2012 yil 4 son

  5. “Bola va zamon” jurnali 2007 yil 2 son

  6. “Bola va zamon” jurnali 2007 yil 3 son


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət