Ana səhifə

Kafedrasi mavlonov asqar quvondiqovich rang tasvirda


Yüklə 201 Kb.
səhifə1/3
tarix25.06.2016
ölçüsü201 Kb.
  1   2   3
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTAMAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

MAXSUS SIRTQI BO’LIM
“BADIIY GRAFIKA VA UNI O’QITISH METODIKASI” KAFEDRASI

MAVLONOV ASQAR QUVONDIQOVICH


RANG TASVIRDA “NAVRO’Z” KOMPOZITSIYASINI YARATISH

“5211200-AMALIY SAN’AT”

yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
ILMIY RAHBAR: D.OMONOV

Bitiruv malakaviy ishi “Badiiy grafika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasida bajarildi. Kafedraning 2011 yil 25 maydagi majlisida muhokama qilindi va himoyaga tavsiya etildi (bayonnoma №___)


Kafedra mudiri: dots. M.Umarov

Bitiruv malakaviy ishi YaDAKning 2011 yil ___ iyundagi majlisida himoya qilindi va ____ ball bilan baholandi (bayonnoma №___)


YaDAK raisi: ____________________________________________________

A’zolari: ____________________________________________________

____________________________________________________

____________________________________________________

Samarqand-2011

MUNDARIJA


Kirish ………………………………………………………………………. 2

I-Bob. Tasviriy san'at va rang tasvirda uyg’unlik.

1.1 Tasviriy san'atning inson xayotidagi o’rni. …………………….. 5

1.2 Rang tuslarining nomlari va ranglar gammasi xarakteristikasi:

iliq va sovuq ranglar. .................................................................. 8

1.3 Akvarelda ishlash texnologiyasi va usullari. ............................... 11

II-Bob. Mоybo’yoq bilan ishlash.

2.1 Rangtasvir asarlarini yaratishda, qalamtasvirning ahamiyati......... 24

2.2 Mоybo’yoq bilan tаsvirlаrni ishlаsh……………………………… 33

2.3 “Navro’z” mavzusida kompozitsiya ishlash ……………………… 45



III. Xulosa ………………………………………………………………….47

IV. Adabiyotlar .............................................................................................48

KIRISH

Mаvjud tа’lim–tаrbiya tizimini tubdаn islоh qilish, uni zаmоn tаlаblаri dаrаjаsigа ko’tаrish, milliy kаdrlаr tаyyorlаshning yangi tizimini bаrpо etish, kеlаjаk uchun bаrkаmоl, sаlоhiyatli аvlоdni tаrbiyalаsh - O”zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining tа’lim vа kаdrlаr tаyyorlаsh tizimini tubdаn islоh qilish, bаrkаmоl аvlоdni vоyagаеtkаzish to’g’risidаgi fаrmоni vа "Tа’lim to’g’risidа" gi qоnun vа kаdrlаr tаyyorlаsh bo’yichа milliy dаsturning nеgizini tаshkil qilаdi.

Bu dоlzаrb vаzifаlаr prеzidеntimiz vахukumаtimizning dоimiy e’tibоridа bo’lib, bоshqа fаrmоn vа qаrоrlаrdа hаm o’z аksini tоpmоqdа. Go’zаllikni his qilаоlishni rivоjlаntirish, yuqоri estеtik didni shаkllаntirish, sаn’аt аsаrlаrini, tаriхiy vа mе’mоrlik yodgоrliklаrini, оnа tаbiаt go’zаlliklаrini, bоyligini tushunish vа kаdrlаrni shаkllаntirish mаqsаdidа hаr bir o’quv fаni imkоniyatidаn, аyniqsа bilim dоirаsini kеngаytirish uchun хizmаt qilаdigаn vа kаttа tаrbiyaviy kuchgа egа bo’lgаn аdаbiyot, musiqа. tаsviriy sаn’аt, estеtikа kаbi fаnlаridаn umumiy fоydаlаnish kеrаk.

Bаdiiy bеzаk ishlаri fаni tаsviriy sаn’аt, chizmаchilik vааmаliy sаn’аt o’qituvchilаrini tаyyorlаshning tаrkibiy qismi hisоblаnаdi. Bаdiiy bеzаk ishlаri prеdmеti estеtik didni shаkllаntirаdi, sаn’аt аsаrlаrini tushunish vа qаdrigаеtishni o’rgаtаdi, mеhnаtgа hurmаt vа muhаbbаtni tаrbiyalаydi, mеhnаt ko’nikmаlаrini egаllаshdа yordаm bеrаdi. hоzir bаdiiy bеzаk ishlаrigа, umumаn оmmаviy ko’rgаzmаli ахbоrаt vоsitаlаrigа mеhnаtkаshlаrni. Shu sаbаbli mаmlаkаtimizdаgi kоrхоnа vа muаssаsаlаrdа, хususiy kоrхоnа, jаmоахo’jаliklаri, оliy o’quv yurtlаri vа umumiy tа’lim mаktаblаridа shаkli hаmdа mаzmuni jihаtdаn хilmа–хil plаkаtlаr, stеndlаr, dеvоriy gаzеtаlаr vа hоkаzоlаrni ko’rish mumkin. Аyni pаytdа bulаrning sifаtigа qo’yilаyotgаn tаlаblаr hаm оrtib bоrаyotir. Bu tаlаblаr bаdiiy bеzаsh ishlаrigа bеvоsitа dахldоr kishilаrni mаzkur ishlаrning tа’sirchаnligini оshirаdigаn yangi vоsitаlаrni, yangi kоmpоzitsiоn еchimlаrni tоpishgа dаv’аt etmоqdа. Аnа shu bоrаdаgi ishlаnishlаr hоzirchа mа’lum bo’lgаn vа bаdiiy bеzаsh ishlаridа muvаffаqiyatli qo’llаnаyotgаn nаzаriy аsоslаrni tаkоmillаshtirishdа, yangi vоsitаlаrdаn оqilоnа fоydаlаnishdа o’z аksini tоpmоqdа.



Ishning maqsadi. 1. Bitiruv malakaviy ishini bajarish. Talabalarni estetik idrok qilish qobiliyatlarini o’stirish, ularni tabiat, san’at va hayotdagi go’zalliklarni idrok etishga o’rgatish.

2. Talabalarning estetik didini tarbiyalash, ularni go’zallikni baholay olish haqiqiy go’zallikni xunuk va voqyea narsalardan farqlay bilishga odatlantirish.

3. Talabalardagi ijodiylikni tarbiyalash va o’stirish.

4. Balabalarning badiiy fikr doirasini kengaytirish.

5. Rangshunoslik fanidan olgan bilimlarini amalda qo’llash.

Tadqiqot obyekti. Bitiruv malakaviy ishi uchun qo’yilgan maishiy janr mavzusi asosida bajarilgan turli xil variantdagi eskizlar, qoralama ishlar va natyurmort mavzusida ijod etgan rassomlarning asarlaridan reproduksiyalar. Pastanovkaga qo’yilgan narsalarni o’zaro nisbatlarini tavsiya qilish, aniqlash bosqichma-bosqich amalish ishlar bajarish. Amaliy ish jarayonida perspektiva havo perspektivasi va rangtasvir texnologiyasi qonun-qoidalariga amal qilish kompozisiyada detallarning shakli fakturasini rangini amalda qo’llash.

Ishning ilmiyligi. Bitiruv malakaviy ishini bajarishda qalam tasvir qonuniyatlariga qat’iy amal qilish. Narsa va jihozlarning nisbiy o’lchamlarini kompozisiyada aniq tasvirlash kompozisionyig’imini to’g’ri aniqlay bilish. Rangshunoslik qonunlari: rang koloriti gammasi, ranglarning to’yinganligi, narsa va buyumlarning shakli fakturasi kabi tomonlarini asosli ravishda topilishiga kata e’tibor qaratish. Ilmiylik prinsipi, shuningdek, yorug’-soya chiziqli va havo perspektivasi, rangshunoslik qonunlarini o’zlashtirishni nazarda tutadi.

Bitiruv malakaviy ishidan olingan natija. Mavzu asosida kompozisiya chizishda ketma-ketlik prinsipiga amal qilingan. Birinchi navbatda obyekt yoki pastanovka tanlanib, kuzatilib, o’rganilib tavsiya qilingan. Kuzatish va tahlil asosida qoralama ishlar etyutlar bajarilgan. Tayyorgarlik bosqichidan keyin kompozisiya asosiy holatda ko’chirilgan. Bitiruv malakaviy ishini chizishda rangshunoslik va rang texnologiyasining barcha qonun-qoidalariga amal qilingan holda ish bajarilgan.

Mavzuli kompozisiyani ishlash jarayonida ranglarning asosiy xususiyatlari uning yorqinligi (och-to’qligi), tusi va to’yinganligi bilan belgilanadi. Kompozisiyada har qanday predmetning hajmi, shakli, materiali, fazodagi joylashuvi aniqlangan va kompozisiya markaziga bo’ysundirilgan.

Shuningdek, chiziqli perspektiva, havo va rang perspektivasi, rel’f perspektivasi qoidalariga amal qilingan va ish jarayonida qo’llagan. Kompozisiyada bir nechta ranglar yig’indisi hamda ranglar garmoniyasini topishga erishdim.

I-Bob.

Tasviriy san'at va rang tasvirda uyg’unlik.

1.1 Tasviriy san'atning insonxayotidagio’rni.
Tasviriy san'at juda qadim zamonlarda, mehnat jarayonining taraqqiyoti natijasida paydo bo'ldi. Mehnat jarayonida inson tafakkuri kamol topdi, go'zallik hissi ortdi, voqelikdagi go'zallik, qulaylik va foydalilik tushunchalari kengaydi. Sinfiy jamiyat vujudga kelishi bilan esa ijtimoiy taraqqiyotda katta o'zgarishlar sodir bo'ldi; aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralib chiqa boshladi. Bu esa fan va san'at rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Professional san'at va san'atkorlar shu davrda paydo bo'ldi. Tasviriy san'at esa o'ziga xos xususiyatini, sinfiyligini namoyon etib, hukmron sinfning ideologiyasini targ'ib etuvchi kuchli g'oyaviy qurolga aylandi. Lekin shunga qaramay, omma orasidan yetishib chiqqan iste'dodli ijodkorlar mehnatkash xalq ommasining orzu-istaklarini, ularning go'zallik va xudbinlik, oliyjanoblik va insonparvarlik haqidagi tushunchalarini ifoda etuvchi asarlar yaratdilar. Xalqning turmushi, xulq va odatlari, yutuq va mag'lubiyatlari ularning asarlarida o'z ifodasini topdi. Har bir davrda mavjud bo'lgan ana shunday san'at hayot go'zalliklarini tasvirlab, odamlarda yuksak xislat va fazilatlarni kamol toptirdi, ularni tenglik, ozodlik, birodarlik, yorqin kelajakka intilishga da'vat etdi.

Haqiqatdan ham insoniyat yaratib qoldirgan madaniy qadriyatlar oddiy boyliklar bo'lib qolmay, balki o'zida inson aql-zakovati, hayot to'g'risidagi fikr-o'ylarini aks ettiruvchi ko'zgu hamdir. Jahon san'ati tarixini o'rgatish, uning taraqqiyot qonunlarini tushunish, nodir yodgorliklar bilan tanishish, o'tmish odamlarning his-tuyg'u, hayotiy tajribalarini o'rganish g'oyaviy-estetik qarashlarning shakllanishini bilish demakdir. Bu so'zsiz. Kishilarda hayotiy tajribalarning boyishiga, hayotga yanada keng va atroflicha yondoshishga yordam beradi. Tasviriy san'at turlariga rangtasvir, arxitektura, grafika, haykaltaroshlik kiradi.Rangtasvir tasviriy san'atning eng muhim turlaridan bo'lib, maxsus polotnolarga, devorlarga ishlanadi. Tasviriy san'at asarlarida ifodalangan maqsad va mazmunni ochib berishda rang muhim o'rin egallaydi.

Rangtasvir asarlari xarakteriga ko'ra monumental, dekorativ, mo'jaz, dastgohli turlarga bo'linadi.

Monumental rangtasvir me'morchilik bilan bog'liq bo'lib, ular uylarning devorlarini, shiftlarini bezashda qo'llaniladi. Katta hajmda uzoqdan ko'rishga mo'ljallanganligi uchun bular yaxlitlashtirilgan holda ishlanadi, ranglar ham shartli ravishda olinadi.

San’at tabiat va jamiyatdagi voqyea hodisalarning badiiy vositalarida ifodalanishidir. San’at o’zida moddiy olamning umumiy holatini hamda rivojlanishini aks ettirish, odamlarga uni bildirishda muhim vosita bo’lishi bilan birga insonni siyosiy axloqiy va badiiy jihatdan tarbiyalashning qudratli omili bo’lib xazmat qiladi. San’at voqyeylikni ifodalash uslubi, xarakteri, mazmuniga ko’ra tasviriy san’at me’morchilik, adabiyot, musiqa, sirk, teatr, kino kabi turlarga bo’linadi.

San’atning ijobiy va eng muhim xususiyati shundaki, u fandan farqli o’laroq voqyea hodisalarni tushunchalarda emas, balki sezgi va his bilan idrok qilinadigan shakllarda tirik badiiy obrazlarda ifodalanadi.

Har bir jamiyatda san’at erkinlik asosida vujudga kelsa bu san’at o’zida insonparvarlik, vatanparvarlik va milliylik kabi ilg’or g’oyalarni ilgari suradi. San’at xalqning maqsadi, orzu-umidlarini aks ettiradi.

O’zbek rassomlari o’z asarlarida anna shu talab va prinsiplardan kelib chiqqan holda o’zlarini qiziqtirgan, hayajonga solgan narsalar, voqyeylikni milliylik asosida aks ettiradilar.

Mustaqil O’zbekiston tasviriy san’atining milliyligi undan, avvalo realistik pozisiyada turishni moddiy olamni obyektiv qonuniyatlarni e’tirof etgan holda tasvirlashni talab etadi. Bu esa rassomdan narsa va voqyeylikni anio’ o’ziga o’xshatib real holda ifodalashda va jamiyatning muhim jihatlarini aniq maqsad sari yo’naltirilgan badiiy jihatdan yuksak talablarga javob beradigan san’at asarlari yaratishni talab qiladi.

Jahon realistik tasviriy san’at jahon xalqlarining o’tmishi, hozirgi kun iva kelajagidagi hayotini ifoda etishi, shuningdek, tabiat va jamiyatni tasvirlovchi haqiqiy ko’zgudir. Biz unda o’tmishni, bugunni va kelajakni ko’ramiz. Shu boisdan ham realistik tasviriy san’at ustalari o’tmish tarixini ham yaxshi bilishlari kerak.

Rassomlar voqyeani turli uslub, xarakter mazmunda ifodalaydilar yoki bir so’z bilan aytganda V.T.Belinskiy ta’rifiga ko’ra «San’at – obrazli tafakkurdir».

Tasviriy san’at dargohida atroflicha saboq olgan kadrlar ijod etishdi. Bular Leningrad Rassomchilik Akademiyasi (R.Ahmedov, M.Saidov), Moskva o’quv yurtlarini bitirgan (Yu.Elizarov, V.Saidov, J.Umarbekov, N.Rahimboyev va boshqalar).

Toshkent Teatr-rassomchilik oliygohi ochilgandan keyin yosh , jumladan, milliy rassomlar soni orta boshladi. Yoshlar murakkab badiiy muammolar yechimiga otlandilar. Ular san’atida zamonaviy va milliy urf-odatlarimizni ruhi ufirib turadi.

Ular davrimizning ilg’or g’oyalari va mavzularini aks ettirishda ijodiy izlanishlar olib boribgina qolmay, o’z maqsadlarini bir qadar ta’sirchan o’tkir ifoda vositalarida bayon qilishga intildilar.

Yoshlar ijodidagi harorat hayot tajribasiga boy keksa avlod vakillarining mahorati bilan qo’shilishi natijasida ko’p millatli o’zbek madaniyatining xazinasini boyituvchi Yangi takrorlanmas o’ziga xos qimmatli durdonalar paydo bo’ldi.

Tasviriy san’atda barcha janr va turlarining mavzu doirasi kengaydi, mazmunan taraqqiylashdi.

Voqyeaband – mavzuli kartina Yangi hayot mazmuni bilan boyidi, ta’sirchan obrazli vositalar izlash o’z samarasini berdi.

Rangtasvir sohiblari o’z zamondoshlarining yaratuvchi mehnatlari mavzusiga tobora ko’proq murojaat qila boshladilar. Ular oddiy o’zbek kishisining intellektual jihatdan mislsiz o’sgani Yangi fazilatlarga ega bo’layotganligini ifodalashga harakat qildilar. Buning uchun rassomlar mehnat mavzusi ko’lamini kengaytiruvchi ijodkor yaratuvchi insonni ulug’laydigan kompizision yorqin yechimlarni izlay boshladilar.

Musavvirlar mazmunan boy bo’rttirish uchun rang tasvirning triptin formalariga murojaat etdilar. Bu mavzuda qator asarlar yaratdilar. Mazmunan va badiiy ifodalashish jihatidan turlicha yaratilgan.

B.Boboyevning «Farg’ona syujasi», V.Burmakinning «Paxta terimi», V.Kominning «Yer yetildi», R.Ahmedovning «Xosilat», «Mehnatda ham soldat», L.Abdullayevning «Yo’l o’zlashtiruvchilar», N.Koshinaning «Zveno muvaffaqiyatli», M.Saidovning «Normani bajara olmadi» va boshqa ko’plab kartinalar anna shunday asarlar jumlasidandir.

Rassomlarimiz o’z ijodlarida davrimizning rang-barang bo’yoqlarda ifoda etishiga intildilar.

Birlari qishloq hayotini, qishloq kishilarining yaratuvchanlik faoliyatini madh etsalar (M.Saidov «Uzum terish», R.Ahmedov «Dala xirmonida», T.Oganesov «Cho’ponlar», N.Kashina «Oltin mahsul») boshqalari ishchi sinfi mavzusida mo’yqalam tebratdilar (V.Pravdnok «Sementchi ayol», T.Ulko «Mashaqqatli sahar»).

Musavvirlar xalq hayoti uning maishiy turmushiga ko’proq e’tibor bilan qarayo boshlaydilar. Maishiy janrning mavzu chegaralari kengayibgina qolmay badiiy jihatdan ham boyidi. Rangtasvir davr kishisining fikr va tuyg’ularining ochilishiga, uning Yangi maishiy turmushini har tomonlama aks ettirishga intildilar.

R.Ahmedovning «Tong», «Ona», M.Saidovning «Oila», N.Kashinaning «Quruq yerda», Z.Umarbekovning «Do’stim», Z.Kavalevskiyning «Xalq san’at ustalari», G’.Abduraxmonovning «To’y», Yu.Taldikinning «Gilam bozori», R.Choriyevning «Alla», Z.Inog’amovning «Kolxoz oshpazi», «Choyxonachi», A.Perovning «Mehmonchilik» va boshqa ko’plab kartinalari shunday asarlar jumlasidandir.



1.2 Rang tuslarining nomlari va ranglar gammasi xarakteristikasi:

iliq va sovuq ranglar.

Rangtasvir mashg'ulotlarida ranglar bilan ishlashda talabalarni ko'pchilik hollarda qiynab qo'yadigan narsa ranglarning o'zbekcha nomlarini yaxshi bilmaslikdir.Talabalarga rangtasvir mashg'ulotlarini olib borish uchun bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchisi rangtasvir asoslarini puxta egallash va rangshunoslik nazariyasini mukammal bilishi shart. Shuning bilan birga realistik rangtasvirning nazariy asoslari ilmini o'zlashtirish va amaliy mashq qilish natijasida savodli rangda ifoda yo'llarini o'rganish mumkin. Bu hol, ayniqsa, natyurmort ishlashda, uning ranglari to'g'risida so'z yuritganda ko'zga yaqqol tashlanadi. Ma'lumki bo'yoqlarning 150 dan ortiq ruscha tuslari mavjud.

Ma'lumki tasviriy san'atning barcha turlarida rang muhim rol o'ynaydi. Rang gammasi deganda tasvirlarni ishlash jarayonida qo'llanadigan tus va ranglarning o'zaro muvofiq kelishini tushunamiz. Bu holatni quyidagi jonli misol bilan izohlasak o'rinlidir, masalan, musiqa san'atidagi ovozlar ma'lum notalar yordamida belgilanadi va foydalaniladi. Ular o'z holicha alohida-alohida, bir-biri bilan uyg'unlashtirilmay chalinsa ma'nosiz uzuq-yuluq ovozlardan iborat bo'lib qoladi.

Ma'noli tasavvurlar zavq berish qudratiga ega bo'ladi. Ularning sifati ovozlari o'rtasidagi vaqt masofasi, ovozlar yo'g'oningichkaligiga ham bog'liq. Rangtasvirlarini shlash jarayonidaham xuddi keltirgan misolimiz kabidir, ya'ni har bir rang va tusning o'z yorqinligi va to'q- ochligi mavjud. Ularni nechog'lik bir-biriga mosini topib, o'zaro muvofiq tarzda qo'llasak shunchalik tasvir sifatida aksini beradi, ma'no tashish quvvatiga ega bo'ladi. Agarbo'yoqlarni tasvir ob'yektiga zidholda birini juda yorqin, boshqasini nursiz qilib o'zaro bog'liqligiga moslamay ishlatsak, rangtasvir ma'nosiz va ta'sirsiz chiqib qoladi. Ranglarning yorqinlik kuchi va to'q-ochligi xuddi tabiatdagidek qilib olish va tasvirlashda qo'llash juda qiyin. Shu sababdan ham ular ochroq yoki to'qroq gammalarda tasvir ob'yektlariga mos tarzda, ma'lum nisbatlarda qilib olinadi. Mo'ljaldagi olingan gammaga moslab tasvirning eng to'q va eng och qismlari darajasi belgilab olinadi. Shunda ishlangan tasvirlar yaxlitlik, qiziqarlilik kasb etadi, ta'sirchan chiqadi. Har bir narsa va xodisa tasvir etilar ekan, uni xuddi aslidagidek qilib aks ettirish mumkin emas. Buni ko'pchilik san'at nazariyotchilari va rassomlar, amaliyotchilar doimo ta'kidlab keladilar. Zero, tabiatni tasvirlash undan olingan tasuvvurning qay darajadaligiga bog'liq muhimi tabiat ko'rinishi realligi tasavvurini obrazli tarzda ifoda etsa ishonarli bo'lsa shuning o'zi kifoya, o'zbek rassomlari ichida ham rangga juda e'tiborli munosabatta bo'ladigan, uning go'zal uyg'unligini ifodalab bera oladiganlari ko'p. Bunday usta, mahorat egalari mo'yqalam sohiblaridan M.Nabiyev, R.Axmedov, R.Choriyev, B.Burmakin, B.Boboyev, J.Umarbekov, A.Mirzayev, A.Ikromjonov, M.Toshmurodov, A.Nuriddinov, O.Qozoqov va boshqalarning nomlarini misol qilib keltirishimiz mumkin. Ularning ko'plab ajoyib asarlari fikrimizni tasdiqlab turibdi.

Ma'lumki, tasvir ishlashni rang vositasida ishlash jarayonida atrof-muhit holati muhim ahamiyatga ega. Chunki chizilayotgan ob'yektga yorug'lik manbai atrofidagi boshqa buyumlarni ta'siri kuzatiladi. Ular o'z rangi, tusi bilan o'zaro muvofiq yoki nomuvofiq bo'lishi mumkin. Rassom ana shunday o'zgarishlarni chuqur anglab, tahlil qilib, so'ng ifoda etishi kerak. Aks holda tasvir jonsiz, ta'sirsiz chiqib qoladi, o'rganayotganlar uchun bunday holatlarni hisobga olib tasvirlashda natyurmortlar juda qo'l keladi. Chunki unda buyumlardagi soya, teri, shu'lalar, rang tuslarining o'yini ifodaviyligi yaqqol ko'rinib turadi. Ular tasvir shaklini, yorqinligini, yaxlitligini ko'rsatishda xizmat kiladi. Natyurmortni qanday xonada qo'yilganligini ham uning yorug' yoki qorong'iligi nur derazadan qay holatda va burchak ostida tushayotgani xam muhim ahamiyat kasb etadi. Shu'la («blik») va rangli shu'la («refleks») natyurmortdagi deyarli barcha predmetlarda aks etib turadi. Ayniqsa, yaltiroq sirtli narsalar sathida bu yaxshi sezilib turadi. Chunki ular yorug'likni yutmaydi, balki yog'dulanib qaytaradi. Nurni o'zida sindirib yuboradigan sirtli narsalarda aks shu'lalarni ba'zan sezib olish qiyinroq bo'ladi. Ammo ularni talaba ilg'ab olishini va tasvirlashni doimo mashq qilishi kerak. Buning uchun xar bir o'rganuvchi yosh rassom o'z bilimini ham nazariy, ham amaliy jixatlarini kitob qo'llanmalaridan o'qib rangtasvir namunalarini muzey va ko'rgazma zallarida ko'rish mumkin.

1.3 Akvarelda ishlash texnologiyasi va usullari.
Akvarel-lotincha so'z bo'lib, suvga qoriladigan bo'yoq, shuningdek,akvareldan ishlangan rasm degan ma'noni bildiradi. Akvarel qadimgi Misr, Yaponiyada keng qo'llanilgan, XXI asrdan akvarelda yirik san'at asarlari ishlash juda taraqqiy etgan. Akvarel bilan ishlash bundan bir yarim asr avval Angliyada rivojlangan edi. D.Kozens, Tyorner, D.Konstabel, R.Bonington, G.Gyorten kabi rassomlar o'zlarining akvarelda ishlagan asarlarida Angliyaning go'zal tabiatini mohirlik bilan tasvirlaganlar. Rossiyada esa akvarel bilan ishlash san'ati XVIII asrdan e'tiboran keng yoyila boshladi. O'rta asrlarda Rossiyada bo'lganidek, G'arbiy Yevropada ham akvareldan Cherkovga qarashli bo'lgan diniy kitoblarni naqsh va illyustrasiyalar bilan bezashda foydalanildi. Lekin bu vaqtlarda akvarel oq bo'yoq moddasi qo'shilgan holda ishlatilar edi.

O'rta Osiyoda akavrelda kitoblarni chiroyli qilib bezash maqsadida qo'llanildi. O'rta Osiyo rassomlari ichida, ayniqsa, Kamoliddin Behzod kitoblarga akvarel bilan miniatyura hamda illyustrasiyalar ishlashda shuxrat qozondi. XIX asrning oxirlarida akvarelda I.YE.Repin, V.A. Serov, M.A.Vrubel, kabi rassomlari o'z asarlarida yangicha sifatlarini namoyish qildi. Rus tasviriy san'ati namoyondalari A.M.Grasimov, S.V.Gerasimov, O.G.Vereyskiy, Kukrinskiylar N.N.Volkov, YU.I.Neprensev va boshqalar ham akvarelda ko'plab qiziqarli asarlar yaratdilar. Ular yaratgan asarlarning ko'pchiligini kitoblarga ishlangan illyustrasiyalar tashkil etadi.

O'zbekistonda esa akvarelda ishlash san'atining rivojini B.Hamdamiy, O'.Tansiqboyev, G. Shevyakov, G.Siganov, K. Cheprakov va ayniqsa CH. Ahmarovning ijodida ko'rish mumkin.

Akvarel bilan ishlashusullarining murakkablashuvi, takomillashuvi uningturlarini ko'payishiga vaxilma – xillashuviga olib keldi. Hozir akvarelningbir qancha turlari mavjud.

Chunonchi qattiq, yumshoq va xamirsimon xoldagi akvarellar. Bu bo'yoqlar badiiy bilim yurtlarida, ayniqsa amaliy va dekorativ san'at o'kuv yurtlarida kompozisiyalar, eskizlar tuzishda qo'llaniladi. Akvarel bo'yoqlari ikki qismdan: bog'lovchi element hamda bo'yoq kukinidan tarkib topadi. Bog'lovchi emulsiya tayyorlanadigan moddalarni tanlashda bo'yoq rangini o'zgartirmaydigan, qog'ozga surtilganda tekis yotadiganlaridan foydalanadi.

Bog'lovchi moddalar asosan gummi arabika, olcha, olxo'ri va boshqa daraxtlarning shiralaridan tayyorlanadi. Daraxt shirasidan, masalan, olcha shirasidan juda osonlik bilan eritma tay.rlanadi. Shuningdek, bo'yoqning tez-qotib qolmasligi, pishiqligini va suvda eruvchanligini oshirish uchun unga asal, glisirin, dekstrinlar qo'shiladi. Bog'lovchi modda tayyorlanayotganda har bir element ko'rsatilgan miqdorda olinishi lozim. Har bir akvarel uchun bog'lovchi emulsiya turli miqdorda tayyorlanadi.

Taxtacha ko'rinishdagi akvarel uchun emulsiya shiraning dekstrining suvdagi eritmasi meva shakari, ho'kiz o'tidan tayyorlanadigan aralashmadan iborat bo'ladi. Dastavval shiraning hamda dekstrining suvdagi eritmasi tayyorlanadi.

Meva shakari suv bilan aralashtirilib sirobsimon eritma hosil qilinadi. Ana shu uch xil eritma birgalikda to'xtovsiz aralashtiriladi. Hamda unga o'tdan tayyorlangan aralashma va fenaldan keraplicha tomiziladi. Chinni idishlardagi yumshoq akvarel uchun emulsiya tayyorlashda esa yuqoridagi moddalar ko'proq miqdorda oshrib meva shakari o'rniga asalari mo'mi va glisirin qo'shiladi.

Tyubiklarda chiqariladigan akvarel tarkibidagi bog'lovchi elementining ko'pchilik qismini asal tashkil etadi.Glisirin va shira ozroq miqdorda qo'shiladi.

Akvarel tayyorlashda qo'llaniladigan bo'yoq kukunlari tabiiy yoki sun'iy kukunlar bo'lishi mumkin. Ayrimlari o'simliklar yoki hayvonlarda o'raydigan pigmentlardan masalan , jigar rang , qarminli bo'yoqlardan tayyorlanadi. Bo'yoq kukunlarini tanlashda va tayyorlashda ularning tiniqligiga, bir-biriga yaxshi aralashishiga e'tibor berish lozim. Masalan, qo'yidagi bo'yoq kukunlardan foydalanish tavsiya etiladi. Sariq kukunlar tabiy,jigar, rang, sariqmars, zarg'aldoq mars va hakozolar.

Qizil kukunlar: qizil tusli mars, qirmizi.

Binafsha: binafsha tusagi kukun.

Yashil kukunlar: zumrad rang, yashil rangli ranglar.

Zangori: zangori laklar.

Jigarrangli kukunlar : kuydirilgan jigar rang, jigar rang mars.

Qora kukunlar : -uzumdan olinadi.

Akvarel tayyolash uchun bo'yoq moddasi tayyor emulsiyaga aralashtiraladi tosh plita yoki mahsus xovonchada yaxshilab ishlanadi. Agarda sinash uchun olingan bo'yoq suvda yaxshi erishsa, aralashtirish hamda ishlov berish uchun tayyor bo'lgan xisoblanadi. Shuni esda tutish lozimki, qo'yilgan akvarel bo'yog'i qurilganidan keyin o'z rangini biroz o'zgartirib olishadi. Bunga bo'yoq qavatidagi suvning bug'lanishi, qog'ozga singishi ta'sir etadi.

Endi akvarel, tush va ularni ishlatishda qo'llaniladigan ba'zi qurol va vositalar haqida to'xtalib o'tamiz:



  1. Bir akvarel mo'yqalamda oson olinishi, suvda yaxshi eriydigan bo'lishi kerak. Akvarel boshqa bo'yoqlardan qog'ozga yubqa qalam tarzida o'tishi tekis, silliq surkalishi, qo'yilib va bir joyga qatlam tarzida yig'ilib qolmasligi bilan ajralib turadi. Akvarelga ko'p vaqt suv tegmasa,xaddan tashqari qUzbekiston Respublikasiqshab ketib, uni ishlatish qiyin bo'lib qoladi. Shuning uchun chinni idishlar va tyubiklardagi akvarelni qorong'u va slqin joylarda saqlash lozim. Agar tyubikdagi akvarel qotib qolsa tyubikka mris bilan suv yuborish yoki uni suvli idishga biror soat solib qo'yish tavsiya etiladi. «Leningrad» markali akvarel sifatli akvarellardan xisoblanadi va u plastmassa idishlarda ishlab chiqariladi. Unda bo'yoqlarning 24 hili mavjud bo'lib, plastmassadan tayyorlangan palitra ham joylashtirilgan.

2.Tush asosan yozish-chizish, bezak va boshqa ishlarda kenqo'llaniladi. Ularning xillari juda ko'p. Tushlar suyuq holda shisha idishlarda va taxtacha hamda qalamcha shaklida qattiq holatda ishlab chiqariladi.

Kerakli tushlar maxsus idishlarda suyultiriladi. Ulardan axromatik ranglarning har xil tuslari xosil qilinadi. Tushni juda quyuq ishlatilmaslik lozim. Ular etyudlar uchun muljallangan bo'lib, 20-30 donasi kerakli o'lchamda bir-birlariga yelimlab qo'yilgan bo'ladi. Qog'ozlarni bir-birlaridan ajratib olishda birorta uchi o'tkirroq asbobdan foydalaniladi. Orqasiga qo'yilgan karton esa uni g'ijim bo'lishidan asraydi.

3. «Stirator» bittasi kattaroq, ikkinchisi kichikroq o'lchamga ega bo'lgan va bir-birini ichiga kirib turadigan ikkita ramkadan iborat ishlatishda qo'llangan qog'oz ikkala ramka orasiga qo'yilib siqib jipslashtiriladi. Stirator bundan tashqari ramka va planshetdan iborat bo'lishi ham mumkin. Bunday stirator ikki oyoqli qilib yasaladi. Qog'oz stiratorga tortilganidan keyin uni tizza ustiga g'o'ygan holda ishlatish mumkin. Shuningdek stirator oyog'siz holda ishlatilganda esa mahsustutqichga o'rnatiladi. Stiratorga tortiladigan qog'oz oldin suvga ho'llab olinadi. Qog'ozni ho'llash uchun yumshoq lattadan foydalaniladi. Burchaklarida 1,5-2 smgacha joy quruq qoldiriladi. Qog'ozni ikki tomoni ham xuddi shu zaylda qo'llaniladi, so'ng ramkaga tortilgan qog'oz o'zgarmas temperaturali joyiga qo'yib quritiladi. Stirator asliga qarab rasm ishlashda va manzaralarni tasvirlashda qulaydir.


  1. Planshet tasviriy san'at darslarida keng qo'llaniladi. Planshetga qog'oz tortishida uning to'rttala tomoni 1,5-2 sm buklanadi. Qog'ozning teskari tomoni jiqqa ho'l latta suvini o'ziga shishib olguncha surtiladi. Chetga qayrilgan burchaklari eng quruqligicha qondiriladi. So'ngra qog'ozning old tomoni aylantirib g'o'yiladi va u ham chetki tomonlariga tekkizmasdan ho'llanadi. Undan keyin burchagidan bir tomoni, so'ngraqaramaqqarshi turgan tomoni

bosib tortilishi lozim. Qolgan ikki tomoni ham xuddi shunday diogonal bo'yicha yelimlanadi yoki knopka bilan qistiriladi. Qirralariesabarmoqyordamidatekisqilibyopishtiribchiqiladi. Yelimlangan tomonlarida xech qanday tirishgan va qabariq joylar bo'lmasligi lozim. Qo'l planshet mo''tadil temperaturali joyga qo'yib quritiladi. Shundagina u ishga yaroqli bo'ladi.

5. Yig'ma qopchiq ham etyudlar ishlashda ekskursiyalarga chiqqanda juda as qotadi. Uni brezent matodan ixchamgina qilib tikib olish mumkin kerakli jixozlarni yig'ma qopchiqqa tartib bilan joylashtirish lozim. Uning yuqori qismiga tasmalar tikib qog'oznimaxkamlab qo'yish kerak. Pastki qismiga esa xar-xil o'lchamdagi cho'ntaklar tikiladi. Cho'ntaklarga esa maxsus idish, katta akvarel va xakozolar solib olinadi. Materialni tikayotganda orasiga karton bo'laklarini kerakli o'lchamlarda qo'yish tavsiya etiladi Qo'yilgan karton bo'laklar qog'ozlarni buklanib qolishidan saqlaydi.

6. Mo'yqalamlar. Akvarel bilan ishlayotganda foydalanish lozim , mo'yqalamlar ikki xil bo'lib, ularning bir xillari moyli bo'yoqlarga, boshqa xillari esa akvayerel bo'yoqlarga, boshqa xillari esa akvarel bo'yoqlarga muljallangan ( yelimlash uchun mo'ljallangan mo'yqalamlar uchun mustasno). Ularni ko'rinishiga qarab quyidagicha farqlash mumkin. Yalpoq (moyli bo'yoqlar uchun muljallangan mo'yqalamlar kurakcha va dumaloq shaklda bo'ladi). Akvarel uchun ishlatiladigan mo'yqalamlar yumaloq bo'lib uch tomoniga qarab ingichkalashib boradi va bu juda mayda detallarni ishlash uchun qulaylik tug'diradi. Rasm ishlaganda qog'ozni yuzi buzilmaslik uchun bu mo'yqalamlar maxsus yumshok yunglardan yasaladi. Akvarel mo'yqalamning kolonok, olmaxon, savsar yungidan yasalgan turlari mavjud.

Mo'yqalamning ishga yaroqli yoki yaroqsizligini bilish uchun uni toza suvga tiqib olib silkitish kerak. Agar shunga mo'yqalamning uchlari to'planib qolsa-yaroqli, to'zib tursa-yaroqsiz bo'ladi. Mo'yqalamningt bandida nomeri bo'ladi. Bu nomer mo'yqalam mo'y qismining kengligini bildiradi. Nomerdagi sonlar ortib borishi bilan yung qismining kengligi ham ortib boradi. Shuning uchun akvarel bilan ish ishlashda mo'yqalamning kerakli nomeri yuzaning katta yoki kichikligiga qarab tanlanadi. Tasviriy san'at darslarida ingichka mo'yqalamlardan kam foydalaniladi, chunki ular bilan katta rasmlarni bo'yab bo'lmaydi. Bu xildagi mo'yqalamlar ko'proq mayda detallarni hamda dekorativ bezash ishlaridagi naqshlarni bo'yashda ishlatiladi. Yuqorida nomeri ko'rsatilag yo'g'on xajmdagi mo'yqalam bilan katta rasmlarni bo'yash mumkin, uning ingichka uchi esa suratning mayda detallarini ishlash imkonini beradi. Umuman olganda butun ishni bitta mo'yqalamda bujara olish imkoni tug'iladi. Shunda ko'z hamda qo'l xarakati uyg'unlashadi. Tajribali rassomlar ko'pincha ikki tomonida ham mo'yi bo'lgan mo'yqalamlardan foydalanadilar. Ularga maxsus buyurtma berish tayyorlatish mumkin.

Bulardan tashqari, xar-xil o'lchamdagi kurakchasimon, yalpaq mo'yqalamlar ham ishlatiladi. Endi mo'yqalamlarni ishlatishning bir qator usullari haqida gapirib o'tamiz. To'g'rirog'i, bu usullar, tavsiya etilayotgan yo'llanma bo'lib, ular umumiy qoida tarzda qo'llanilmaydi. Chunki ba'zi mo'yqalamni boshqacharoq vaziyatda ishlatishga to'g'ri kelib qoladi. Bordiyu, mo'yqalam bilan keng yuzalarni bekitishga to'g'ri kelsa,

uni burchak ostidan ushlash hamda ishni qog'ozning tepa qismidan uzib-uzib bo'yoq berishdan boshlash zarur. Bunda mo'yqalam qog'ozning chap tomonidan pastka va ayni vaqtida o'ng tomonga qaratib tez-tez xarakatlantiriladi. Agar yupqa va tirnoq bo'yash kerak bo'lsa, mo'yqalam tik ushlanadi, hamda ohistagina qog'oz bo'ylab yurgiziladi.

Kuchli mazok hosil qilish (uzib-uzib bo'yoq berish)uchun mo'yqalam kerakli joyga qattiqroq bosiladi va darhol ko'tarib olinadi. Oqib ketayotgan bo'yoq esa toza mo'yqalamga shimdirib olinadi. Xomaki rasm ishlashda kerakli bo'yoqni o'z ichida birndaniga qo'yish aloxida maxorat talab qilinadi. Lekin mo'yqalam qog'ozga oxirigacha bosib yuborilsa, hamma bo'yoq birdaniga oqib tushib ketishi mumkin.

Qo'yilgan mazoklarni xarakterli bo'lishi muxim axamiyat kasb etadi. Mo'yqalamlarni ishlatayotganda ayniqsa uning mo'y qismi tez ishdan chiqishini unutmaslik kerak. Bo'yoq olinayotganda mo'yqalamni xaddan tashqari ko'p ishqalash tavsiya etilmaydi, sababi mo'y qismi tez to'kilib keatdi. Bunda mo'yqalam bo'yoq ustida oldinga va orqaga hamda chapga va o'nga tomon tez-tez, yengil-yengil yurgiziladi. Bir marta bo'yoq olinganidan so'ng, ikkinchi olishga mo'yqalam dastavval tozalab yuviladi va latta bilan siqib tashlanadi. Toza suvga botirib olinganidan keyingina navbatdagi bo'yoq olinadi.

Dastlab sakkiz nomerlaridan to o'n, o'n ikkinchi nomergacha bo'lgan mo'yqalamlarni ishlatish mumkin. Keyinchalik esa, o'n ikki, o'n turt nomergacha, balki undan kattaroq nomerli mo'yqalamlar ham ishlatiladi.

Mo'yqalam ishlatilib bo'lingach, tozalab yuviladi va latta bilan siqilganidan so'ng tirgakka solib qo'yiladi yoki mo'y qismi yuqoriga qilingan holda stakanda saqlanadi. Ba'zan mo'yqalamni yung qismini stolning chetidan bir oz chiqarib qo'yish ham mumkin.

7. Palitra. Tasviriy san'at darslarida oddiy, oq rangdagi yassi laganchadan palitra sifatida foydalanish mumkin. Etyud ishlash paytida metalldan yasalgan va sirlangan yoki plastmassadan yasalgan palitralardan foydalangan ma'qul. Palitraning eng yaxshi tomoni shundaki, unga qo'yilgan bo'yoqlar aniq va ravshan, tiniq bo'lib ko'rinib turadi. Shuningdek uzoq vaqtgacha qurilmasdan saqlanadi. Palitiraning rangi oq bo'lganligi sababli bo'yoqlarni tuslari o'zgarmasdan ko'zga tashlanadi. Palitradan foydalanish usullari va unga bo'yoqlarni joylashtirish tartibi ko'rsatilgan. Bo'yoqlar ko'zga qanchalik yaqin bo'lsa ularni bir-birlarini ajratish ham shunchalik oson va qulay bo'ladi. Politraga ranglarni joylashtirishda muayyan tartibga rioya qilish taldabalarning sifatli ishlashlariga, ko'zlari va qo'llarining avtomtik ravishda xarakat qilishga, ishni tez bajarishlariga yordam beradi va ularni ortiqcha qiynab qo'ymaydi.

Politraga oldin iliq ranglardan sariq bo'yoqlar, keyin zarg'oldoq qizil, rang yoki jigar ranglar va nihoyatda zangori, binafsha ranglar (bular sariq ranglar jumlasidandir) qo'yiladi. Politraga qo'yilgan bo'yoqlarni bir-biri bilan aralashtirishda iflos mo'yqalamlardan qat'iyan man qilinadi. Shu tariqa politradagi bo'yoqlar toza saqlanadi. Ish tamom bo'lgandan so'ng politra yaxshilab tozalab qo'yiladi, ayniqsa politraning suv tekkan joylari yaxshilab artiladi.



  1. Stakan suv olish uchun eng yaxshi idish hisoblanadi. Ekskursiyalarda, etyud ishlashda metal yoki shishastakanlar bankalar juda qo'l keladi. Akvarel bilan ishlashda suv olish uchun qo'llaniladigan idishlarning turlari har-xil bo'lishi mumkin.

  2. Qalamlar akvarel bo'yog'ida ishlangan rasmlarning yaxshi chiqishida muxim rol o'ynaydigan vositalardan biridir. Tasviriy san'at darslaridaasosan o'rtacha yumshoqlikdagi qalamlardan foydalaniladi.”TM” markali qalam chizish uchun juda qulaydir. Qalamlarning tomonida nomi, so'ngra esa qattiqroq yoki yumshoqlik darajasi yozib qo'yiladi. «T» qattiqlik ma'nosini anglatadi, uning yonidagi son qattiqlik darajasini ko'rsatadi. «2T» belgili qalam «T» belgili qalamdan qattiqroqdir. Tasviriy san'at darslarida qattiq qalamdan nafis joylarni shtrixlashda foydalaniladi. Ular chizmachilik darslarida ham qo'llaniladi. Yumshoq qalamga «M» belgisi qo'yilib, yumshoqlik darajasi sonlar bilan ko'rsatiladi.

Rasmning sifati ko'pincha qalam o'zining yechilishiga bog'luq bo'ladi.

Rasm chizish uchun ajratilgan vaqtdan unumli foydalanish maqsadida qalam uchini dars yoki mashg'ulot boshlanishidan oldinroq qo'ygan ma'qul. Qalamni ish joyida ochmaslik lozim, chunki grafitning ko'zga ko'rinmaydigan zararlari rasmni iflos qilib yuboradi. Eng yaxshisi qalamni quticha yoki qog'oz parchasi ustida ochishdir. Bunda chiqindilarni maxsus yashikka tashlash oson bo'ladi. Qalamni haddan tashqari bosib chiqish yaramaydi. Chunki uning uchi sinib qolishi mumkin.

O'quvchilarni qalamni ochilgan yeridan uzunroq ushlashga o'rgatish yaxshi natija beradi. Qalam umuman uchta barmoq bilan ushlanadi va unchalik qattiq siqib olinmasdan erkin yuritiladi. Uzunroq qalamlardan foydalangan ma'qul.Chunki kalta qalamlarda naturaning o'zaro nisbatlarini o'lchab chizish qiyinlashadi. Siyoh rangli qalamlarda rasm chizish mumkin emas: chiziqqa suv tegsa, bo'yalib ketadi. Qalam bilan chizishda aniqlik, puxtalik va malakali bo'lish talab etiladi.


  1. O'chirg'ich. O'chirg'ichlar ikki xil: qalamda chizilgan chiziqlarni o'chirishga mo'ljallangan hamda idoralar uchun chiqarilgan bo'ladi.

Noto'g'ri chizilgan tasvirni o'chirishdan oldin to'g'rilab chizib olish lozim. Shunday qilingan xato yaqqol ko'rinib turadi. O'chirg'ich bilan o'chirishdan qo'l faqat chizish bo'ylab bir tomonlama harakatlantiriladi. Shuningdek, o'chirg'ichni hadeb ishlativerish ham yaramaydi. Unda qog'oz yuzasiga bo'yoq yaxshi yotmaydigan bo'lib qoladi. O'chirg'ichni qo'lda uzoq ushlab turish mumkin emas. Chunki o'chirg'ich qo'lda ter bosib, qog'ozni kir qilib qo'yish mumkin.

Tasviriy san'at darslarida rangli tasvirlarning muvaffaqiyatli chiqishida akvarel bilan ishlashda orttirilgan tajribalar muhim rol o'ynaydi. Chunki bo'yoq bilan ishlash qanchalik puxta o'rganilgan bo'lsa rangli tasvirlar shunchalik yaxshi chiqadi.

Akvarel bilan ishlashda talabga javob beradigan qilib jixozlanish kerak. Shuningdek, planshet hamda molbertdan to'g'ri foydalanishni o'rganish, qog'oz yuzalarini har xil shikastlanishlarlardan ehtiyot qilish lozim. Akvareldan foydalanishda uning sifatiga e'tibor berish darkor. Bo'yoqlarni maxsus idishlarda suv bilan aralashtirish va qog'oz bo'lagida sinab ko'rish tavsiya etiladi. Topilgan rang tusi kerakli darajaga yetgandagina undan foydalanish lozim.Akvarel bilan ishlash texnikasini puxta o'zlashtirish uchun dastlabki mashqlarni qora, to'q jigarranglarda bajargan ma'qul. Bu usulda ishlash monoxrom yoki grizayl metodida ishlash deb ataladi.

Akvarel bilan ishlashda quyidagi izchillikka rioya qilinsagina bo'yoqda ishlangan tasvirlar talabga javob bera olishi mumkin:



  1. Kerakli bo'yoq maxsus idishda suv bilan aralashtirilib tayyorlanadi hamda qog'oz bo'lagiga surtib, sinab ko'riladi.

  2. Qog'oz sirtiga bo'yoq berayotganda mo'yqalam hamisha eritmagan rosmana botirib olingan bo'lishi kerak.

  3. Ostki qavatdagi buyoq qurimaguncha, navbatdagi bo'yoq qavati yotqizilmaydi. Keyingi qavat tez qo'yilishi lozim, aks holda ostki qavat yuvilib ketishi mumkin.

  4. Akvarel bo'yoqlari bilan ishlashda oq bo'yoqdan foydalanilmaydi, chunki oq bo'yoq rolini oq qog'ozning o'zi bajaradi.

  5. Qo'yilgan bo'yoq qavati ostidan qog'ozning sirti sezilib turishi lozim.

Agar taxtacha ko'rinishidagi akvarel ishlatilsa, bo'yoq tez-tez ho'llab turiladi, hamda toza mo'yqalam bilan olinadi.

Akvarel bilan ishlashni o'rganishda amaliy mashg'ulotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, bir rangning ustiga ikkinchisini qo'yib yangi tus hosil qilish mashqni olaylik. Bunda qo'yilgan xar ikkala rang ostidan ham qog'ozning sirti sezilib turmog'i darkor. Shuningdek, sovuq tusli rang ustidan iliq tusli rangni qoplash orqali yangi rang tusini hosil qilish yo'llarini puxta o'rganish kerak.

Bundan tashqari iliq rang ustidan sovuq tusli rangni qoplash yo'li bilan ham qo'shimcha rang tusini topish mumkin. Ayrim hollarda qo'yilgan ranglarning yorug'lik darajalari bir-birlariga tenglashtirish uchun ularning ustidan biror rangning suyuq, kuchsiz eritmasi bilan qoplab tavsiya etiladi.Shuni esda tutish lozimki, muayyan rang ikkinchi bir rang bilan qoplanganda yorug'likning qaytarish xususiyatidan mahrum bo'ladi. Lekin oldin qo'yilgan bo'yoq qavatining ravshanlik darajasi hamda to'yinganligi muhim axamiyatga ega. Ustki qo'yiladigan qavati esa doimo oxangdor, juda tiniq bo'lishi va ostidagi rang tusini bo'g'masligi shart.

Rang tuslarini haddan tashqari to'q tusda olish yaramaydi. Aks holda rangli tasvirlarda keskin ko'zga tashlanadigan rang dog'chalari hosil bo'lishi mumkin.

Akvarel bilan ishlatishda bir rangning o'zidan har hil rang tuslarini xosil qilishni yaxshilab mashq qilish kerak.

O'quvchilarga yorug' , oq tusdagi rangni hosil qilish uchun suvni, tuq tusdagi rangni hosil qilish uchun esa bo'yoqni ko'proq qo'shish kerakligini o'rgatish kerak. Och tusdagi rangning hosil bo'lishini amalda ko'rsatish uchun suvli stakanga qizil rang aralashtiriladi. Stakanda hosil bo'lgan aralashmaga suv qo'shishni davom ettirsak, bu rang tusining ochlanib borishining guvohi bo'lamiz. Aksincha, aralashmaga qizil rang qo'shishni davom ettirsak, mazkur rang tusining to'qlashib borishini ko'ramiz. Bu xildagi mashqlarni faqat ranglar yordamida bir necha marta bajarib ko'rish mumkin.

Ranglar to'yinganligini asta-sekin o'zgarib borishi haqida alohida to'xtalib o'tish kerak. Agar xromatik ranglar tarkibiga axromatik ranglar qo'shilsa, ularning tiniqligi pasayadi. Natijada rangning to'yinganligi o'zgarib,boshqa rang tusi hosil bo'ladi. Kul rang qanchalik ko'p qo'shilsa, xromatik rang shunchalik axromatik bo'lgan kul rangga yaqinlashib boradi. Bu xildagi yorug'lik kuchlarini kamaytirish natijasida ranglarning tiniqligini yo'qotish hamda xira ko'rinishdagi ranglar olish mumkin. Rang tuslarini bir-birlaridan farq qilishnio'rgatishda bir rangning har-xil tuslari orqali naqsh kompozisiyasini ishlash kerak.

Akvarel bilan ishlash malakalarini oshirishda asosiy va qo'shimcha ranglar ustida ishlash muhim ahamiyat kasb etadi. Rang ustida ishlash usullari ikki qismga: asosiy ranglar va qo'shimcha ranglarga bo'lib o'rganiladi. Olingan rang tuslari esa o'zaro solishtirish yo'li bilan aniqlanadi.

Qo'shib topiladigan ranglar aralashtirish yo'li bilan hosil qilinadi. Buning uchun dastlabki mashqlarni nabordagi tayyor bo'yoqlarni qo'shib topishdan boshlash lozim. Bunga quyidagi jadvalda ba'zi bir misollar keltiramiz. Asosiy hamda qo'shib topiladigan ranglar ustida mashq qilinayotgan paytda naturaga yaqin bo'lgan rang tuslarini topish kerak. Bundan tashqari, pardozlangan siliq sirtlarga,oynaga, metall shartlari atrofdagi buyumlarning tasvirlari tushadi va ularning ranglari ham boshqacharoq ko'rinishda bo'ladi.

Akvarel bilan ishlashda bu xildagi usullardan ham foydalana bilish lozim. Ranglarning bu xususiyatlari refleks taassurotini paydo qiladi hamda ishlanayotgan naturaning eng muhim qismini tashkil etadi. Akvarel va mo'yqalamlar bilan ishlashni o'rganishda dastlabki mashqlar muhim rol o'ynaydi.

Rangtasvir obrazli nihoyatda jiloli va har biri o’ziga xos. Musavvirlar rangtasvir vositalari ko’lamida asar yaratadilar va ular har doim chizmatasvir, kompozisiya imkoniyatlaridan foydalanadilar. Demak, rangtasvirda asosiy ifoda vositasi rang bo’lib qolaveradilar.

Rangtasvir insonning murakkab aql-zakovati, tafakkuri, tabiatda sodir bo’lib turadigan katta-kichik o’zgarishlarni, uzluksiz falsafiy g’oyalar va fantastik obrazlarni ta’sirchan ifodalashga qodir. Hodisa, voqyea va ko’rinishlar doirasining ko’lamini turli yo’nalishdagi janrlar orqali ochib beriladi.

Rangtasvir tarixi ibtidoiy odamning g’or devoriga chizgan rasmlaridan boshlanadi.

Yuksalish davrida ulkan mafkuraviy durdonalar to’plangan. O’zbekiston hududida qadimgi rangtasvir san’ati o’ziga xos boy namunalarga ega. Bular kulolchilik san’ati va binolar devorlariga ishlangan rangli suratlarda ko’rinadi. Afrosiyob, Bolaliktepa, Baraxsha va Panjikentdagi bino devorlariga ishlangan rangli tasvirlar ma’nodorligi bilan kishini hayratga soladi.

Devoriy saratlar jahon maqobatli amaliy bezak san’atining nodir durdonalari bo’lib hisoblanadi. Bu tasvirlar o’zining yuksak mahorat bilan ishlanganligi va real hayot badiiy obrazlarda ifoda ettirilganligi bilan kishiarni hanuz lol qoldirib kelmoqda.

Bu asarlar g’oyasi xalqlar o’rtasida do’stlik, totuvlik va shuningdek, ichki va tashqi go’zalliklarni tarannum etadi. Devordagi rasmlar nazmiy mahobatli amaliy bezak san’ati usulida bajarilgan bo’lib, tarix va ilohiyat sirlarini ochib beruvchi bebaho manbalar hisoblanadilar.

Zaravutsoy g’oridagi ov manzarasi, Zarafshon etagiagi «Sarmishsoy» g’orlariga chizilgan yavvoyi hayvonlar tasvirlari bunda misol bo’la oladi.

O’tmishda ajdodlarimiz turli dinlarga sig’inishgan, tasvirlar ijod qilib, o’z e’tiqodlarini ilohiylashtirish maqsadida bebaho san’at namunalarini yaratishgan. Bu tasvirlar tarixiy taraqqiyot davomida ko’plab izlanishlar natijasida noyob nodir san’at asariga aylangan.

Uyg’onish davrida inson barcha narsalar uchun taqqoslash mezon iva rangtasvir asarlari qahramoniga aylandi. Madonna tasviri yer yuzida g’oyaviy kamolotning yuksak ko’rinishi bo’ldi. Musavvirlar realistik asarlar yarata boshladilar.

Rangtasvir texnikasi uzluksiz ravnaq topa bordi. Turli syudetlar rang tasvirchilarni yanada o’ziga jalb qildi. Bu esa o’z navbatida XVIIasrga kelib janrlar turkumini keltirib chiqardi.

Portret eng qadimgi janrlardan biri. Fayyum shaharchasida rangtasvirning mum usulida bajarilgan g’oyat go’zal portretlari topilgan. Bu asarlar eramizning I-III asrlarida qadim Misrda yaratilgan. Fayyum portretlari yorqin hayotiy obrazlar ekanligi shaklning yorug’-soyali hajmiy model asosida bajarilganligi bilan boshqa uslubdan farq qiladi.

Sharqning buyuk musavviri Kamoliddin Behzod va uning shogirdlari Mahmud Muzahhid, Qosim Ali va boshqalar rangtasvirning miniatura usulida samarali ijod qilganlar.

O’zbek xalqining mohir musavvirlari Abdulhaq Abdullayev, Rahim Ahmedov, Malik Nabiyev, Chingiz Axmarov, Ro’zi Choriyev, Sobir Rahmetov, Bahodir Jalolov kabilar buyuk allomalar va portret janrida zamondoshlarimiz siymolarini yaratganlar va yaratib kelmoqdalar.

Musavvir narsa va buyumlarning o’ziga xos ko’rinishi va timsollarini natyurmortlarda aks ettiradi. Bu janr XVIIasrda yuzaga keldi. Mashhur golland natyurmortchilari baliq va turli ichimliklarni kuzatib ularning mazasini his qildirish va mavjudligidan sevinishga ruhlantiradi. Musavvirlar go’yo hayot lazzatlari madhiyasini kuylaydilar.

O’zbek musavvirlari Yu.Elizarov, R.Ahmedov, A.Ikromjonov, G’.Abduraxmonov va boshqalar ijodlarida natyurmort janriga keng o’rin berilgan.

Asosan tabiat aks ettirilgan suratlar manzara ko’rinishlari XVII asrlarda Gollandiyada yaratila boshlandi. Manzara janri nafaqat tabiat manzarasi assrlari, balki tabiatning cheksiz xilma-xilligi va yil fasllari turli ob-havo sharoiti oftob yoki yorug’ligi ta’sirida go’zallikni, balki inson his-tuyg’usi, kayfiyati haqida ham so’zlab beradi. K.Karo, Van, Togd, P.Sezantlar yaratgan manzaralarni bir-biriga taqqoslab ko’ring-a. bunda siz real tabiatdan turlicha obrazlar keltirib chiqarilganligini ko’rasiz. Bunda asosiy sabab musavvir shaxsidir. Musavvir har doim ham ko’rganini asl holda chizavermaydi, balki rang tasvirga o’zininig ichki hissiyotlarni qo’shib yuboradi. Har bir musavvirning o’zi sevgan rang uyg’unligi uslubi, ranglarga o’z munosabati mavjud.

Agar musavvir faqat dengiz manzarasini tasvirlamoqchi bo’lsa, uni marian deb nomlashadi. Bu ham mustaqil janr hisoblanadi. M.Ayvazovskiy asarlari bu janrga yorqin misoldir.

II-Bob. Mоybo’yoq bilan ishlash.

2.1 Rangtasvir asarlarini yaratishda, qalamtasvirning ahamiyati

  1   2   3


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət