Ana səhifə

Xalqaro menejment


Yüklə 3.39 Mb.
səhifə15/16
tarix25.06.2016
ölçüsü3.39 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16

Xulosalar

1. Global menejerga etika ichki milliy va xalqaro ziddiyatlarning oldini olish imkoniyatini beradi. Global menejer malakasi iqtisodiy va texnik bilimlardan tashqari ijtimoiy soha haqidagi bilimlarni va muloqotga kirishuvchanlikni ham o’z ichiga olishi kerak. U o’z faoliyatining ijtimoiy oqibatlarini hisobga olishi shart.

2. Xalqaro menejer o’z faoliyatini faqat xo’jalik muvaffaqiyatiga erishishga yo’naltirganda va qabul qiluvchi mamlakatda jamoatchilik fikrini inkor etganda yoki qabul qiluvchi mamlakatda kishilarning asosiy guruhlari - xalqaro kompaniyalarning xorijiy filial ishchi va xizmatchilari, mahalliy aktsionerlar, hukumat mansabdorlari, kasaba soyuz rahbarlarini o’z faoliyatining foydaliligi, to’g’riligi va bezararligiga ishontira olmaganda ziddiyatlar tug’iladi.

3. Ahloqiy jihatdan xalqaro menejerning jiddiy xatosi bo’lib, qabul qiluvchi mamlakatda ishbilarmonlik muhiti va madaniy hayot xususiyatlarini o’rganishni inkor etish, xorijiy faoliyatdan kutilayotgan natijalarning real emasligi, xorijiy sheriklar bilan o’zaro tushunishga intilmaslik, muammolar va ziddiyatlarning sabablarini yaxshi o’rganmay turib xorijiy sheriklar bilan munosabatlarni uzish hisoblanadi.

4. Biznesni ahloqiy yuritishning 3 belgisi:

- biznesning o’z maqsadlariga mosligi;

- sog’lom tafakkurga itoat etish;

- oddiy insonparvarchilik prinsiplari bo’yicha harakat qilish.

5. Moliyaviy faoliyat etikasi barcha ishga doir, shu jumladan, buxgalterlik hisob-kitoblarining haqqoniyligidan iboratdir.

6. Poraxo’rlik doim ma’naviy qoralanadi va ahloqsizlikka kiradi.

7. Xalqaro tadbirkorlik faoliyatida muvaffaqiyatlarga erishishni hohlovchilar uchun biznesmenlarning milliy va xalqaro assotsiatsiyalari xulq-atvor qoidalari va “ahloq kodeks”larini ishlab chiqadilar.
Tayanch iboralar:

Xalqaro biznes etikasi, biznes samaradorligi me’yorlari, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT), Xalqaro savdo palatasi (XSP)



Nazorat savollari:

1. Xalqaro menejer uchun etika qanday ahamiyatga ega?

2. Qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro menejer ziddiyatlarining asosiy sabablari nimada?

3. Ahloqiy jihatdan xalqaro menejer yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan asosiy xatolarga nimalar kiradi?

4. Ahloqiy biznes yuritishning asosiy prinsiplarini aytib bering.

5. Raqobat ahloqsizlikka kiradimi?

6. Moliyaviy faoliyat etikasi nimadan iborat?

7. Xalqaro biznesda poraxo’rlik qanday baholanadi?

8. Milliy va xalqaro miqyosda korrupsiyaga qarshi qanday kurash olib borilmoqda?

Tavsiya etiladigan adabiyotlar


  1. Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари. Т.: Ўзбекистон, 2009.

  2. Nazarova G.G., Nazarova R.R., Salixova N.M., Muxamedjanova G.A., Ismailova N.S. Xalqaro menejment. O’quv qo’llanma. T.: TDIU, 2009.

  3. Пивоваров С.Э., Тарасевич Л.С. Международный менеджмент: Учебник. 4-е изд.- СПб: Питер, 2008. Иваненко А.Г.

  4. Инновационный менеджмент: учебное пособие. - М.: КНОРУС, 2009.


IZOHLI LUG’AT
«Aniq vaqtda» (Just in time) – tovarlarni yo’qotishsiz va tayyor mahsulotni omborda saqlash harajatlarini kamaytirishga qaratilgan operatsion falsafa.

Aqlli kishilarning ketib qolishi” — mamlakatdan "intellektual elita" vakillarini chet elda ishga joylashish maqsadida chiqib ketishi.



Baynalmilallashuv (Internationalization) – kompaniyaning milliy chegaralardan tashqariga o’sishi.

Bevosita xorijiy investitsiyalar – bevosita sarmoyador kompaniya va qabul qiluvchi firma o’rtasida uzoq muddatli ishga oid munosabatlarga mo’ljallangan kapital qo’yilmalar.

Boston konsalting guruhi matritsasi (BCG matrix – Boston Consaltung Group matrix) – marketing ulushi va marketing o’sishi asosida mahsulotlar va firmalar klassifikatsiyasi.

Bojxona ittifoqi — ikki va undan ortiq davlatlarning bir-biriga va uchinchi mamlakatlarga nisbatan soddalashtirilgan tarif siyosatini o’tkazishidir.

Bojxona tarifi — tovar oqimlarining chegarani kesib o’tishida davlat tomonidan olinadigan soliq mikdori ko’rsatilgan tartiblangan tovarlar ro’yxati.

Butunjahon savdo tashkiloti — xalqaro savdoni institutsional va xuquqiy asosini tashkil etuvchi mustaqil davlatlararo tashkilot.

Bankrotlik – xo’jalik sudi tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo’yicha kruditorlar talablarini to’la hajmda qondirishga yoki majburiy to’lovlar bo’yicha o’z majburiyatini bajarishga qodir emasligi.

Biznes – foyda olishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyatini anglatadi.

Bozor kon’yunkturasi – muayyan vaqt mobaynida tovarlar bozorining holatini tavsiflovchi vaqtinchalik iqtisodiy vaziyat.

Boshqaruv uslubi - menejer xulqining odatiy ko’rinishi va o’zini tutish usullari.

BRIK - Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy mamlakatlari

Vertikal integratsiya – xalqaro kompaniyaning turli mamlakatlarda ishlab chiqarish jarayonining ayrim bosqichlarini joriy etishi.

Globallashuv – kompaniyaning eng yuqori rivojlanish bosqichi bo’lib, bunda kompaniya manfaatlari butun dunyo bo’ylab yoyiladi.

Gorizontal integratsiya (Horizontal integration) – raqobatchi bilan qo’shilish yoki uni yutib yuborish.

GATT - Savdo va tariflar bo’yicha Bosh kelishuv — tashqi savdo operatsiyalarini o’tkazishda belgilangan tamoyillarga amal qilishga rozi bo’lgan mamlakatlarni birlashtiruvchi savdo va tarif masalalari bo’yicha xalqaro akt.

Global moliyaviy-iqtisodiy bozor – jahon mamlakatlari o’rtasidagi moliyaviy-iqtisodiy aloqalarni yagona xo’jalik tarzida amal qilishiga asoslangan munosabatlar.

Deflyatsiyainflyatsiya davrida muomaladagi qog’oz pulni kamaytirish. Davlat tomonidan muomaladagi pul miqdorini kamaytirishga qaratilgan moliya va pul - kredit tadbirlarini qo’llash orqali amalga oshiriladi.

Diversifikatsiya – (lotinchadan diversus - har xil va facere - qilmoq, bajarmoq)ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlarni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalarini kengaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimentlarini ko’paytirish.

Dividend – aktsionerlik jamiyati sof foydasidan aktsiya egalariga to’lanadigan qismi bo’lib, u aktsionerlarga naqd pul yoki aktsiyalar bilan to’lanadi.

Evro - universal evropa hisob-kitob-to’lov birligi bo’lib, EIga a’zo mamlakatlar hududida EKYu o’rniga joriy etilgan.

Jahon bahosi - talab va taklif egri chiziqlari ta’sirini hisobga olgan holda milliy narx ko’rsatkichlari ta’sirida xalqaro savdo markazlarida xosil bo’ladi.

Jahon bozori — moddiylashtirilgan va moddiylashtirilmagan ko’rinishidagi ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol bosqichlarni o’z ichiga oluvchi XIM sub’ektlari (milliy va hududiy iqtisodiyotlar, xalqaro tashkilotlar va korporatsiyalar)ning o’zaro iqtisodiy ta’sirlashish global muhitidir.

Jahon ishchi kuchi bozori (JIKB) — milliy xo’jalik tizimlari va jahon iqtisodiyoti doirasida ishlab chiqaruvchi kuchlarning darajasi, tabiati va joylashuviga sezilarli ta’sir etuvchi iqtisodiy faol aholining mamlakatlar va hududlar o’rtasidagi jami migratsion aylanmasi.

Ziddiyat - bu aniq shaxslar yoki guruhlardan iborat bo’lgan ikki va undan ortiq tomonlar o’rtasidagi kelishmovchiliklardir.

Integratsiyalashuv – kompaniyalarning qo’shilishlar va qo’shib olishlar hisobiga birlashuvi.

Iqtisodiy va ijtimoiy kengash (EKOSOS) — BMTning asosiy boshqaruv organlaridan biri bo’lib, uning XIM sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib turadi.

Iqtisodiy integratsiya — hududiy miqyosda sifat jihatdan yangi iqtisodiy muhitni yaratish yo’li orqali milliy xo’jalik komplekslarini o’zaro yaqinlash va bir-biriga kirib borishi jarayoni.

Ishbilarmonlik etikasi – firmalarning bir-biri va jamiyat bilan o’zaro munosabatlar olib borishning turli ma’naviy jihatlarini o’rganuvchi izlanish sohasi.

Iqtisodiyotning raqobatbardoshligi – mamlakat iqtisodiyotining xalqaro savdoda ishtirok etish, jahon bozoridagi o’z o’rni va mavqeini saqlab qolish va kengaytira olish, jahon talablariga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqara olish layoqati.

Iqtisodiyotning real sektori – iqtisodiyotning bevosita moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq sohasi bo’lib, u o’z ichiga sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, aloqa tarmoqlarini oladi.

Iqtisodiy o’sish – real yalpi ichki mahsulot umumiy hajmining yoki aholi jon boshiga to’g’ri keladigan real yalpi ichki mahsulotning oldingi yilga nisbatan o’sishi.

Importmamlakat ichki bozorlarida sotish uchun chet el mollarini, kapitalini, texnologiyasini va xizmatlarni olib kelish. Import xalqaro mehnat taqsimoti natijasidir. U vaqtni tejashga, iqtisodiyot, aholi ehtiyojini qondirish vazifalarini muvaffaqiyat bilan hal qilishga ko’maklashadi.

Investitsion siyosat – savdo menejmenti umumiy strategiyasining bir qismi bo’lib, korxonani rivojlantirish uchun aktivlarni kengaytirishning eng samarali yo’llarini tiklashni nazarda tutadi.

Investitsiyabu iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag’lari, banklarga qo’yilgan omonatlar, paylar, qimmatli qog’ozlar (aktsiya, obligatsiyalar), texnologiyalar, mashinalar asMAVZU-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir.

Investitsiya muhiti – investitsiyalar jozibadorligi hamda xavf-xatar darajasini belgilab beruvchi ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy omillar majmui.

Investitsiya faoliyati - investitsiya maqsadlarini amalga oshirish bilan bog’liq faoliyat. Investitsiya kompleksi tashkilotlari orqali amalga oshiriladi.

Inqirozga qarshi mo’ljallangan choralar dasturi – O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan 2009-2012 yillarga mo’ljallanib inqirozga qarshi ishlab chiqilgan choralar dasturi bo’lib, mazkur dasturda talabni rag’batlantirishga yo’naltirilgan bir qator moliyaviy imtiyozlar va barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlarini ta’minlovchi chora-tabdirlar majmui o’z aksini topgan.

Innovatsion texnologiyalar – iqtisodiyotga yangiliklarni tatbiq etish bosqichlarida qo’llaniluvchi usul va vositalar majmui bo’lib, o’z ichiga joriy etish, trening, konsalting, transfert, audit, injiniring kabi turlarini oladi.

Innovatsiya jarayoni - yangilik g’oyasini rivojlantirishdan uning pirovard iste’molchi tomonidan iste’mol qilinishigacha bo’lgan mantiqiy izchillikda harakatlanuvchi jarayon.

Inflyatsiya – pul muomalasi qonunlarining buzilishi natijasida milliy valyutaning qadrsizlanishi, narxlarning o’sishi.

Infratuzilma – tovar ishlab chiqarish shartlarini ta’minlovchi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlari kompleksi: yo’llar, aloqa, transport, maorif, sog’liqni saqlash.

Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash – ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o’z ichiga oluvchi jarayon.

Kadrlar rotatsiyasi (lot. Rotatio - doiraviy harakat) «kerakli ishchiga zarur joyni topish kerak tamoyilliga asosan kadrlarning ish o’rnini doimiy o’zgartirib turish hisoblanadi.

Kadrlar tizimi - tashkilotning markaziy va eng murakkab tashkiliy kichik tizimi bo’lib, uning mehnat salohiyatini (uning miqdoriy, sifat va tarkibiy ko’rsatkichlari), uning turli qismlari – kadrlarni, shuningdek, maqsadlar, qoidalar, ularni ishlashi va rivojlanishining mexanizmini qamrab oladi.

Kommunikatsiya – bu ikki va undan ortiq shaxslar o’rtasida axborot almashish jarayoni

Kapital qurilish - yangi qurilish, korxonalarni kengaytirish, rekonstruktsiya qilish, zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash, asosiy vositalarni mukammal ta’mirlash, shu jumladan loyiha-qidiruv ishlarini bajarish.

Kapital qo’yilmalar - quvvatlarni takror ishlab chiqarish, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ob’ektlarini qurishga qaratilgan resurslar va jami ijtimoiy mehnatning qiymatini aks ettiruvchi iqtisodiy kategoriya.

«Katta yigirmalik» – 20 ta yirik mamlakatlar guruhi bo’lib, unga jahondagi eng boy mamlakatlar va yirik rivojlanayotgan davlatlar kiradi va ular xissasiga jahon yalpi ichki mahsulotining 90 foiz ulushi to’g’ri keladi.

Korxonani boshqarish (menejment) - bir kishining yoki kishilar guruhining (boshqaruvchilar, menejerlar) boshqa kishilarga (boshqariluvchilar) maqsadga yo’naltirilgan harakatlarini uyg’otish uchun ta’sir ko’rsatish.

Kichik korxonalar – mustaqil xo’jalik faoliyatini olib boruvchi, o’z balansiga bo’lgan, soliqlar va boshqa to’lovlarni to’lagandan so’ng qolgan foydasini o’zi taqsimlaydigan korxona.

Kasaba uyushmasi - bir kasb, tarmoq yoki korxona xodimlarining birlashmasi bo’lib, ish beruvchilar bilan kasaba uyushmaning barcha a’zolari uchun yagona mehnat sharoitlari va ish haqini kelishishda ularning manfaatlarini himoya qilish uchun tuzilgan.

Kartel - tashqi savdo assotsiatsiyasi (uning a’zolari alohida tovar guruhlari bo’yicha ishlab chiqarish va narh siyosatini muvofiqlashtirib olishadi).

Ko’lam samarasi, ya’ni ishlab chiqarish ko’lami o’sishi orqali iqtisod qilish (Economies of scale) – mahsulot birligicha uzoq muddatli o’rtacha ishlab chiqarish harajatlari bilan xarakterlanuvchi samara.

Ko’pmilliy strategiya- bunda amal qilish, uning doirasida har bir mamlakat uchun uning iste’molchilari xoxish-istaklari va raqobatli afzalliklariga javob beradigan alohida strategiya ishlab chiqiladi. Firmaning bitta mamlakatdagi harakatlari uning boshqa mamlakatdagi faoliyatiga bog’liq bo’lmaydi.
Litsenziat – litsenziyani xarid qiluvchi.

Litsenziar – litsenziyani sotuvchi.

Motivatsiya (Motivation, frantsuzcha Motif – undash so’zidan olingan) – inson xulqining yo’nalganligi, tashkiliyligi, faolligi va barqarorligini aniqlab bergan holda uni fiziologik va psixologik boshqarishning dinamik jarayoni.



Mehnat bozori – mamlakat xo’jaligida ishchi kuchi harakatini tartibga solib turadigan asosiy vazifani bajaruvchi, ish beruvchilar va ishchilarga ta’sir etuvchi dinamik tizim.

Mehnat shartnomasi - ish beruvchi va yollanma ishchining shaxsiy muzokaralari natijasida mehnat mazmuni va sharoiti, shuningdek ish haqi va ularning boshqa majburiyatlari haqidagi kelishuvi.

Mikrofirma – kichik biznes korxonasining bir turi. Mamlakatimizda sanoat ishlab chiqarishning tarmoqlarida 20 kishigacha, xizmat ko’rsatish sohasida 10 kishigacha, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishigacha ishlovchi korxonalar mikrofirma hisoblanadi.

Modernizatsiya – ob’ektni takomillashtirish, yaxshilash, yangilash, uni yangi talab va me’yorlarga, texnik shart-sharoitlarga, sifat ko’rsatkichlariga moslashtirish.

Moliyaviy «ko’piklar»real qiymatga ega bo’lmagan pul va obligatsiyalar hajmining ko’payishi.

Madaniyat – kompaniyada xulq-atvor me’yorlari, xarakteri va aloqalarining majmuasi.

Mutlaq ustunliklar – boshqa davlatlarga nisbatan mehnat unumdorligi yuqori va ishlab chiqarish harajatlari past bo’lgan mamlakatda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishni tashkil etishni nazarda tutuvchi tamoyil.

Nisbiy afzalliklar – mamlakatda bir necha xil tovarlar orasidan eng ko’p foyda keltiruvchi tovar va xizmatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashuvni nazarda tutuvchi konsepsiya.

Nou-xau - mualliflik guvohnomasi (patent) bilan himoyalanmagan ishlab chiqarish tajribasi va mahorat sirlari.

Offshor hududlar - milliy iqtisodiy makonning bir qismi bo’lib, bu erda xorijiy huquqiy va jismoniy shaxslar tijoriy operatsiyalarni chet el valyutasida amalga oshirishadi.

Operativ (joriy) maqsadlar - qisqa muddatli (strategik maqsadlardan farqli o’laroq) maqsadlar.

PEST–tahlil (PEST analysis) – makroiqtisodiy tahlilning asosiy qismi bo’lib, u siyosiy (r), iqtisodiy (e), ijtimoiy-demografik (s) va texnologik (t) omilni o’z ichiga oladi.

Portfel investitsiyalar — xo’jalik ob’ektini ekspluatatsiya qilish tufayli daromad olish xuquqini kafolatlovchi kapital qo’yilmalari.

Preferentsiya – iqtisodiyotni maqsadga muvofiq rivojlantirish va tartibga solishda ayrim soha va tarmoqlar, korxona va ishlab chiqarish turlariga nisbatan beriluvchi imtiyoz, afzallik va ustuvorliklar.

Protektsionizm – davlatning xorij raqobatidan ichki bozorni himoya qilish siyosati, mamlakatga olib kelinayotgan tovarlarga yuqori bojlar belgilaydi, ayrim tovarlarni olib kelish cheklanadi yoki umuman taqiqlanadi.

Pudrat – shartnoma yoki xo’jalik yuritishning bir turi. Bir tomonning ikkinchi tomon talabiga ko’ra belgilangan ishni bajarishi to’g’risidagi shartnoma.

Rekonstruktsiya (qayta tiklash) - faoliyat yuritayotgan korxonani ma’naviy va jismoniy eskirgan qurilma va asMAVZU-uskunalarni ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, texnologik bo’g’inlar va yordamchi xizmatdagi nomutanosibliklarni yo’qotish yo’li bilan almashtirish yordamida to’liq yoki qisman o’zgartirish.

Samarasiz ishlab chiqarish – kompaniya uchun foyda va daromad keltirmaydigan narsalarning barchasi (mashina va uskunalardagi kamchiliklar, yomon sifat va b.)

Strategik alyanslar (Strategic alliances) – odatda ikkita kompaniyaning o’zaro manfaatli strategik maqsadlarni amalga oshirishi uchun birlashishi.

Sinergizm (Synergy) – kompaniyalar yiriklashuvida kuzatiluvchi samaradir. Bunda umumiy natija alohida kompaniyalar natijasidan yuqori bo’ladi va ba’zan 2+2=5 formula bilan ifodalanadi.

Soliqlar – belgilangan va muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg’araz xususiyatga ega bo’lgan, byudjetga yo’naltiriladigan majburiy pul to’lovlari tushuniladi.

Savdo va taraqqiyot bo’yicha BMT Anjumani (YuNKTAD) — BMT tizimi doirasidagi maxsus muassasa.

Savdoda eng ko’p qulaylik rejimi — mamlakatlar o’rtasida kelishilgan xolda o’rnatilgan savdo operatsiyalarining imtiyozli tartibi.

Sanoat taraqqiyoti bo’yicha BMT Anjumani (YuNIDO) — BMT tizimi doirasidagi maxsus muassasa.

Tadbirkorlik (entepeneurship) – inglizcha yoki Fransuzchadan tarjima qilinganda “imkoniyatlarni amalga oshirish, qo’llash yoki novatorlik faoliyati yohud korxona tuzish yo’li bilan ehtiyojlar va istaklarni qondirish” ma’nolarini anglatadi.

Tashqi muhit tahlili – tashqi makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy ko’rsatkichlarning tahlili.

Tashqi muhit tahlili tuzilmasi – tashqi iqtisodiy, xuquqiy, madaniy va siyosiy muhitlar tahlilining majmuasi.

Tashkilot madaniyati - shaxs yoki kishilar guruhining o’ziga xos jihatlarini aks ettiruvchi xulq-atvori.

Tashkiliy tuzilish - tashkilotlar o’z mehnat jarayonlarini alohida topshiriqlarga bo’lishi va ushbu topshiriqlar ustidan nazorat etish usullarining yig’indisidir.

Talab – xaridor, iste’molchilarni bozorda muayyan tovarlarni, ne’matlarni sotib olish istagi; bozorga olib chiqilgan va pul imkoniyatlari bilan ta’minlangan ehtiyojlar.

Tannarx – mahsulot ishlab chiqarish va sotish uchun ketgan barcha xarajatlarning qiymati.

Tarkibiy o’zgarishlar – milliy iqtisodiyotning samarali va barqaror tarkibiy tuzilishini ta’minlash maqsadida uning tarmoq va sohalarini izchil ravishda o’zgartirib borish.

Tashqi qarz – mamlakat hukumati, moliya-kredit tashkilotlari, yirik korxonalarining boshqa mamlakatlar moliya-kredit muassasalaridan qarzga olgan moliyaviy mablag’larining jami hajmi.

Tashqi savdo – bir mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan savdosi.

Tashqi savdo siyosati – bir mamlakatni boshqa mamlakatlar bilan olib borayotgan savdosi (eksporti va importi) borasidagi siyosati.

Telekommunikatsiya – simli, radio, optik yoki boshqa elektromagnit tizimlardan foydalanib signal, belgi, matn, tasvir va tovushlarni yoki boshqa ko’rinishdagi axborotni uzatish, qabul qilish va unga ishlov berish jarayoni.

Transmilliylashuv jarayoni – korporatsiyalarning milliy chegaralardan tashqarida faoliyat yuritishi

Transmilliy korporatsiyalar (TMK) – bosh kompaniya va uning chet el filillaridan iborat yirik iqtisodiy-tashkiliy tuzilma.

To’g’ri investitsiyalar — foyda olish bilan birgalikda kapital qo’yilayotgan ob’ekt ustidan nazoratni ta’minlash xuquqini beruvchi kapital qo’yilmalari.

Umumiy bozor — ishlab chiqarish omillarini milliy chegaralar orqali erkin ko’chib o’tishi ta’minlanadigan iqtisodiy integratsiya ko’rinishi.

Unifikatsiyaturli xildagi mahsulotlar, detallar, uzellar va boshqa qo’llaniladigan materiallar va texnologik jarayonlarni ratsional jihatdan bir xilligini ta’minlash.

Fond bozori – qimmatli qog’ozlar va boshqa moliyaviy vositalarning oldi-sotdi jarayonlari amalga oshiriluvchi maxsus tashkillashtirilgan bozor.

FT-500 - Finansial Times tomonidan e’lon qilinadigan dunyoning 500 ta eng yirik TMKlari reytingi

Franchayzing (Franchising) – kompaniya tomonidan uning markasi bilan mahsulot ishlab chiqarish yoki sotish uchun hujjat (franshiza) berilishi.

Xalqaro menejment – chet elda tashqi iqtisodiy aloqalarning barcha shakllaridagi jamoaviy faoliyat sharoitlarida korxonalarni to’g’ri boshqarish nazariyasi va amaliyotidir.

Xalqaro gorizontal integratsiya darajasi – taxminan TMK filiallarining boshqa undan mustaqil firmalarga eksport hajmi.

Xorijda atrof-muhitga moslashishning ob’ektiv omillari – firma ta’sir eta olmaydigan va faqat moslashishga majbur bo’luvchi tashqi muhit omillari.

Xalqaro valyuta fondi (XVF) — BMTning ixtisoslashtirilgan muassasasi, yirik hukumatlararo valyuta-moliya tashkiloti.

Xalqaro iqtisodiy munosabatlar — mamlakatlar va xududlar o’rtasidagi, xalqaro tashkilotlar va korporatsiyalar ishtirokidagi xo’jalik aloqalari tizimi.

Xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi — ishlab chiqarish bosqichlarining o’zaro bir-birini to’ldirishi va ularni muvofiqlashtirish maqsadida milliy iqtisodiy komplekslarning xamkorlik qilishi.

Xalqaro ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi — mamlakatlar o’rtasidagi mexnat taqsimoti ko’rinishi bo’lib, unda o’zlarining ichki extiyojlaridan ortiqcha bir turdagi maxsulotlar tayyorlash bilan shug’ullanuvchi milliy ishlab chiqarishlarning tabaqalanishi yuz beradi.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət