Ana səhifə

Xalqaro menejment


Yüklə 3.39 Mb.
səhifə10/16
tarix25.06.2016
ölçüsü3.39 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16

6.4. ASEANda xalqaro kompaniyalarning imkoniyatlari
1967 yilda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hamkorlikni muvofiqlashtirish maqsadida tashkil qilingan Janubi-Sharqiy Osiyo rivojlanayotgan mamlakatlari mintaqaviy integratsion guruhi o’zining 40 yillik faoliyati davomida iqtisodiy rivojlanishi, diniy e’tiqodlari, etnik xususiyatlari bo’yicha keskin farqlanuvchi mamlakatlar o’rtasida kelishuvlarga erishish qobiliyatini namoyish etdi va 90-yillar oxirida AQSh, YeI va Yaponiyadan so’ng dunyoda tovar aylanishi bo’yicha to’rtinchi o’rinni egalladi. ASEAN mamlakatlari murakkab va ilmtalab mahsulotlarni ishlab chiqarishni tobora rivojlantirmoqda.

ASEAN miqyosida milliy va xorijiy kompaniyalar hamkorligi rivojlanishiga ko’maklashish “ASEANda ishlab chiqarilgan” belgisi bilan mahsulot ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga berilgan imtiyozlarda namoyon bo’ladi. Bunday belgi bilan chiqariladigan mahsulotlarda ASEAN mamlakatlarida ishlab chiqarilgan komponentlar ulushi 40 % dan kam bo’lmasligi kerak.

Yaponiya TMKlari samarali, zamonaviy texnologiyaga asoslangan yapon industriyasi bilan bog’langan sanoat tuzilmalarini o’z sheriklari sifatida shakllantirish maqsadida o’zining osiyo filiallari va mahalliy yetkazib beruvchilar ishlab chiqarishini mintaqaviy ko’lamda muvofiqlashtiradilar. Bunday hamkorlikka misol qilib, “TOYOTA” firmasi avtomobillarini ASEANning to’rtta mamlakatida ishlab chiqarilishini keltirish mumkin.

Xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida XXI asr boshida ASEAN miqyosida yerga va qator sanoat tarmoqlaridagi korxonalarga yuz foizlik xorijiy mulkchilikka ruxsat etish, erkin investitsiyalar hududini (xorijiy kompaniyalar huquqlari mahalliy sarmoyadorlar huquqlariga tenglashtiriladi) tashkil qilish, valuta chayqovchilariga qarshi keskin cheklovlar kiritish, mintaqa miqyosida ko’pchilik mahsulotlarga boj tariflarini pasaytirish mo’ljallanmoqda.


6.5. MERKOSURda xalqaro kompaniyalarning imkoniyatlari
MERKOSUR - Lotin Amerikasi mamlakatlarining (Argentina, Braziliya, Paragvay va Urugvay) 200 mln. aholiga va 1 trln. dollardan ortiq YaMMga ega yirik va eng dinamik rivojlanib borayotgan savdo-siyosiy ittifoqidir. Bu mamlakatlarga qit’a aholisini 45 % dan ortig’i, jami YaMMning 50%dan ortig’i, bevosita xorijiy investitsiyalarning 40 %dan ortig’i, Lotin Amerikasi mamlakatlari jami tovar aylanish hajmining 60 % dan ortig’i va tashqi savdo hajmining 33 % dan ortig’i to’g’ri keladi.

1991 yilda MERKOSUR tashkil qilish to’g’risidagi Shartnomada istiqbolda to’rtta mamlakat o’rtasida o’zaro savdodagi barcha to’lovlar va tarif cheklovlarini bartaraf qilish, uchinchi mamlakatlarga nisbatan yagona boj tarifini o’rnatish, kapital va ishchi kuchini erkin harakatlanishi, sanoat, qishloq xo’jaligi, transport va aloqa sohalarida siyosatni muvofiqlashtirish, valuta-moliya sohasida strategiyani kelishish nazarda tutiladi. MERKOSUR Shartnomasi, shuningdek 2000 yilgacha ko’p tovarlar uchun (qurol va xarbiy texnika, radioaktiv materiallar, nozik metallar, milliy madaniy boylik predmetlari bilan savdo bundan mustasno) notarif cheklovlarni tugatishni ko’zda tutadi.

Integratsiya jarayonini boshqarish uchun milliy boshqaruv organlari, tashqi ishlar vazirlaridan tarkib topgan Umumiy bozor Kengashi, ijroiya organi – Montevideoda doimiy faoliyat ko’rsatuvchi shtab-kvartiraga ega bo’lgan Umumiy bozor guruhi, shuningdek, shu Guruhga bo’ysunuvchi 10 ta texnik hay’atlar tashkil etilgan. Bu hay’atlar tashqi savdo, bojxona tartibi, yer usti va suv transporti, sanoat texnologiyalari, qishloq xo’jaligi va energetika masalalari, shuningdek texnik me’yorlar, valuta va makroiqtisodiy siyosat bilan shug’ullanadi. A’zo-mamlakatlar o’rtasida savdo nizolarini hal qilish uchun maxsus organni tuzish bo’yicha choralar amalga oshirilmoqda.

MERKOSURning amal qilish natijalari ushbu bojxona ittifoqi tuzilishi yakunlanmaganligiga qaramay, integratsion guruhning ma’lum yutuqlaridan dalolat beradi. Blok ichki eksport hajmi 1991-1998 yillarda to’rt barobar o’sdi, shu davr ichida integratsion guruh a’zo-mamlakatlarining uchinchi mamlakatlarga umumiy eksporti 30 % dan ortiqroq o’sdi. Shu davr ichida MERKOSURdan tovarlar olib chiqishning umumiy hajmida blok ichki eksportining ulushi 9 dan 20 % gacha o’sdi. MERKOSUR miqyosida o’zaro tashqi iqtisodiy aloqalar kengayishi uchinchi mamlakatlardan kiritilgan xorijiy investitsiyalarga ham tegishli. Masalan, Argentinada avtomobil zavodi qurilishiga 100 mln. dollar kiritgan “Toyota motors” yapon korporatsiyasi bu mamlakatda har yili 20 ming yengil yuk tashuvchi-pikaplar ishlab chiqarishni mo’ljallagan. Bu avtomobillarning yarmini Braziliyaga braziliya korxonalarida ishlab chiqilgan butlovchi mahsulotlar evaziga olib chiqish ko’zda tutilgan.

MERKOSURda integratsion jarayonlar a’zo-mamlakatlar o’rtasidagi qiyinchiliklar va ziddiyatlar bilan birga rivojlanmoqda. Masalan, uchinchi mamlakatlardan importga yagona tashqi tariflar o’rnatilgan muddatlarda kelishilmadi. MERKOSUR a’zo-mamlakatlari umumiy YaMMining 90 %iga to’g’ri keladigan Argentina va Braziliya o’zining yaratilayotgan yuqori texnologik sanoat tarmoqlarini, ya’ni kompyuterlar va telekommunikatsiya uskunalari ishlab chiqarishni xorijiy raqobatchilardan himoyalashga alohida e’tibor bermoqda. Xususan, 90-yillar o’rtalarida Braziliya uchinchi mamlakatlar bilan elektron, neftkimyo sanoati va og’ir mashinasozlik mahsulotlari bilan savdo qilishda import bojlarini 35 % darajasida, Argentina 12 % darajasida, Braziliya va Argentinaga texnologik bog’lanib qolishdan havfsirayotgan Urugvay va Paragvay minimal boj to’lovlari kiritishni yoqlab chiqdilar.

YeI, NAFTA, ASEAN va MERKOSUR miqyosida integratsion jarayonlarning rivojlanishi xalqaro iqtisodiy integratsiya xalqaro kompaniyalarning strategik imkoniyatlarini quyidagi yo’nalishlarda kengaytirayotganligidan dalolat bermoqda:

1) eksportdan importni qoplovchi mahsulotlar ishlab chiqarilishini tashkil qilish bilan bevosita xorijiy investitsiyalarga o’tish;

2) kapitallar va tovarlarning erkin ko’chishi sababli BXI samaradorligini oshirish;

3) BXI o’sishiga bog’liq ravishda ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish hajmining ko’payishi;

4) kompaniyalar birlashishi uchun imkoniyatlarning kengayishi.

Jahon iqtisodiyoti integratsiyasiga, ya’ni, o’zaro hamkorlikni chuqurlashtirishga bo’lgan intilish Fors ko’rfazidagi Arab davlatlari orasida ham kuzatilmoqda. 1981-yildan buyon Saudiya Arabistoni, Quvayt, Qatar, Baxrayn, Birlashgan Arab Amirliklari va Ummon kabi davlatlarni o’z ichiga olgan “Neft oltiligi” Hamkorlik kengashi davlatlari faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

6.6. O’zbekistonning mintaqaviy integratsiya jarayonlaridagi ishtiroki va TMKlarning imkoniyatlari
Hozirgi vaqtda O’zbekiston MDH, ShHT kabi yirik mintaqaviy integratsiya birlashmalariga a’zo hisoblanadi. Dunyo tajribasiga asoslanib shuni ta’kidlash mumkinki, O’zbekiston iqtisodiyotiga transmilliy korporatsiyalarni jalb qilish O’zbekistonning mintaqaviy integratsiya tuzilmalarida samarali va chuqur ishtirok etishining muhim omili bo’lib xizmat qilishi mumkin.

Markaziy Osiyo mintaqasi, MDH doirasidagi integratsiyalashuv jarayonlarida o’ziga xos xalqaro qo’shma kontsernlarni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday kompaniyalarning tashkil topishi, hamkor mamlakatlarning sanoat ishlab chiqarish sohasidagi xo’jalik sub’yektlari orasida tarixiy shakllangan murakkab kooperatsiya aloqalarining qo’llab-quvvatlanishiga, Markaziy Osiyo integratsiyasi va MDH mamlakatlari o’rtasidagi integratsiya jarayonlarining tezlashishi va rivojlanishiga olib keladi.

Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, transmilliy korporatsiyalar o’zining tashkil topishi va faoliyat yuritish mexanizmi jixatidan xalqaro xarakter kasb etadi. TMKning xalqaro doirada faoliyat ko’rsatishi uchun esa ma’lum bir shart-sharoitlar va imkoniyatlar bo’lishi talab etiladi. Transmilliy korporatsiyalar uchun yaratilishi kerak bo’lgan bunday imkoniyatlarni biz, bevosita O’zbekiston a’zo bo’lgan integratsiya uyushmalaridan izlamog’imiz darkor. O’zbekiston miqyosida tashkil etilishi lozim bo’lgan transmilliy korporatsiyalarning xalqaro doirada faoliyat ko’rsatishi, bizning nazarimizda O’zbekiston a’zo bo’lgan integratsiya uyushmalarining taraqqiyot yo’nalishlari bilan uzviy bog’liqdir.

Bizning fikrimizcha, mazkur integratsiya uyushmalarida qatnashchi mamlakatlar o’rtasidagi har taraflama xo’jalik aloqalarining chuqurlashuvi ma’lum bir mintaqaviy bozorlarni shakllantirish kerak ekanligini talab etadi. Chunki, tashqi bozorlarsiz mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro savdo aloqalarini rivojlantirish imkoniyati chegaralangan bo’ladi.

Shu sababli TMKning, shuningdek, chet el investorlarining rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotiga kirib kelishi ob’ektiv zarurat bo’lib, buni biz mamlakatlarning xalqaro mehnat taqsimotida qatnashuvida va ishbilarmon tadbirkorlarning va ko’plab xorijiy mamlakatlar kapitallarining erkin ishlab chiqarish sanoat tarmoqlariga kirib kelishi jarayonlarida ham ko’rishimiz mumkin.

Hozirgi vaqtda O’zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va erkinlashtirish jarayonlarini amalga oshirishda, jahon bozorlarida raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqaruvchi yirik sanoat korxonalarini va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarini investitsiyalash jarayonlarining borishida ko’zga ko’ringan TMKlar bilan hamkorlik qilish nihoyatda katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Jahon mamlakatlari kabi O’zbekistonda ham TMKlar investitsiyalarining kirib kelishi quyidagi omillarda namoyon bo’lishi mumkin:



  • respublikada iqtisodiy va texnik taraqqiyot darajasining o’sib va tezlashib borishida;

  • O’zbekistonda ishlab chiqarish korxonalarini yangilash va modernizatsiyalashda;

  • respublikada ishlab chiqarish sanoat korxonalarini ilg’or uslubiy boshqaruv imkoniyatlariga ega bo’lishligida;

  • bozor iqtisodiyoti talablariga javob beruvchi mutaxassis-kadrlarni respublikada tayyorlash imkoniyatining mavjudligi va hokazolarda.

Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) mamlakatlarida ko’plab xo’jalik ahamiyatga ega bo’lgan islohotlarni o’tkazishda va bu mamlakatlarni iqtisodiy inqirozdan olib chiqishda TMKlar investorlarini jalb qilish katta ahamiyatga egadir. Chunki tarixiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish amaliyoti shuni ko’rsatmoqdaki, bir xo’jalik tizimidan ikkinchi bir siyosiy xo’jalik tizimiga o’tish jarayonida u yoki bu mamlakatlar iqtisodiyotini ko’tarish uchun juda katta investitsiya va boshqa moliyaviy yordamlar talab qilinadi. O’zbekiston Respublikasi ham boshqa MDH mamlakatlari kabi bu sohada o’ziga xos muammolarga ega bo’lib, ular quyidagilardan iboratdir:

    • birinchidan, O’zbekiston Respublikasini hududiy kattaligi (447,4 ming kv.km) va respublikada xalqaro transport kommunikatsiya tizimining yetarli darajada rivojlanmaganligi;

    • ikkinchidan, ishlab chiqarish vositalarining (dastgoh va asMAVZU-uskunalar) eskirib qolganligi va hozirgi davr jahon standartlari, xo’jalik rivojlanishi talablariga javob bermasligi;

    • uchinchidan, respublikada qishloq xo’jaligida yetarli resurslar mavjudligiga qaramay (tabiiy va inson resurslari, iqlim sharoitlari va hokazolar) past unumdorlik va hosildorlik darajasining saqlanib qolganligi va boshqalar.

Hozirgi kunda O’zbekiston hududiga TMK investorlarini kirib kelishi uchun qulay investitsion iqlim mavjuddir. Buni biz respublikani barqaror siyosiy va iqtisodiy rivojlanishida ko’rishimiz mumkin.

AQSh, Germaniya, Frantsiya, Yaponiya, Shveytsariya, Janubiy Koreya va Turkiya kabi qudratli davlatlarning TMKlari va shuningdek, nufuzli xalqaro moliyaviy muassasalar (ETTB, OTB, ITB va boshqalar) bilan O’zbekiston Respublikasi o’rtasida milliy sanoat korxonalariga, xizmat ko’rsatish sohalariga yangi mashina-uskunalarni, texnika va texnologiyalarni yetkazib berish, qishloq xo’jaligini texnika bilan ta’minlash borasida bir qator muhim xujjatlar imzolangan. Bundan tashqari, xo’jalikni moliyalashtirish, Qashqadaryo va boshqa viloyatlardagi gaz-neft konlarini qidirish, o’zlashtirish loyihalarini kreditlash bo’yicha qator bitimlar imzolangan. Ayniqsa, neft-gaz konlarini o’zlashtirish bo’yicha Rossiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Malayziya, Yaponiya TMKlari bilan bo’lgan munosabatlarning faol rivojlanib borishi respublika iqtisodiyotini yuksaltirishda muhim rol o’ynaydi. O’zbekistonning paxta xom-ashyosini tayyor mahsulot sifatida xalqaro bozorlar talabiga javob beradigan darajada qayta ishlaydigan to’qimachilik sanoat korxonalarini tashkil qilishda Janubiy Koreya, Turkiya, Germaniya, Shveytsariya va boshqa mamlakatlarning kompaniyalari bilan birga milliy kompaniyalar va banklar ham ishtirok etmoqda. Respublikada tadbirkorlikni, kichik va o’rta biznesni rivojlantirish maqsadida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki bilan yaqindan hamkorlik qilish, yangi kredit liniyalarini ochish respublika rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

31 avgust 1991 yil – O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi rasman e'lon qilingan kundan e'tiboran O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga keng ko'lamli integratsiyalashuvi uchun poydevor qo'yildi.

Mustaqillikka erishgach, O’zbekiston o'z tashqi siyosatini mustaqil ravishda yuritish imkoniyatini qo'lga kiritdi. Uning negiziga quyidagi ustuvor tamoyillar asos qilib olindi: davlat milliy manfaatlarining, xalqaro huquq me'yorlarining ustuvorligi, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, barcha nizolarni tinch yo'l bilan hal etish, o'zining milliy-davlat manfaatlari ustuvorligida o'zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olish, biror-bir davlatning ta'sir doirasiga kirmaslik, to'la ishonch, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish asosida ikki tomonlama, shuningdek, ko'p tomonlama tashqi aloqalarni o'rnatish va ularni rivojlantirish.

Bugungi kunda, O’zbekiston dunyoning 120 dan ortiq davlati bilan diplomatik aloqa o'rnatgan.

Toshkentda 44 ta elchixona, 9 ta faxriy konsul, 10 ta xalqaro tashkilot vakolatxonalari, 5 ta xalqaro moliyaviy tashkilot vakolatxonalari, 3 ta savdo vakolatxonasi faoliyat yuritmoqda.

O’z navbatida, O’zbekiston Respublikasining 46 ta diplomatik va konsullik vakolatxonalari chet davlatlarda va xalqaro tashkilotlar huzurida, shu jumladan, Nyu-York shahrida BMT huzuridagi doimiy vakolatxonasi hamda Jeneva shahrida BMTning Yevropa bo'limi va boshqa xalqaro tashkilotlari huzurida faoliyat yuritmoqda.

O’zbekiston Respublikasi 100 dan ziyod xalqaro tashkilot a'zosidir. Ular orasida ayniqsa BMT, ShHT, MDH, KXSHT nufuzli tashkilotlardir. Yevropa Ittifoqi va NATO bilan yaqin hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda.

Teng huquqli va o'zaro manfaatli hamkorlik tamoyili asosida turli davlatlar bilan keng ko'lamli aloqalar o'rnatilishi O’zbekistonga jahon xo'jalik aloqalari tizimiga muvaffaqiyatli integratsiyalashuv, xalqaro siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalarni faol o'rnatish uchun imkoniyat yaratadi.

O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining eng ustuvor yo'nalishi – qo'shni davlatlar, avvalo, mintaqadagi davlatlar bilan aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash va har tomonlama hamkorlik qilishdir. Mintaqaviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish – Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va taraqqiyotning garovidir.

G’arb, Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari, Janubi-Sharqiy va Janubiy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni izchillik bilan rivojlantirib, O’zbekiston ushbu aloqalarni yangicha ma'no-mazmun bilan to'ldirishga intilmoqda.

O’zbekiston va Yevropa Ittifoqi o'rtasida 1996 yilda imzolangan Sheriklik va hamkorlik to'g’risidagi Bitimga muvofiq, Yevropa Ittifoqi bilan siyosiy muloqotlar, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalar rivojlanmoqda va mustahkamlanmoqda.

Mustaqillikka erishgach, O’zbekiston e'tiqodi, an'analari va urf-odatlari bo'yicha yaqin bo'lgan Osiyodagi, Yaqin va O’rta Sharqdagi musulmon davlatlar bilan to'g’ridan-to'g’ri aloqalarni o'rnatish imkoniyatiga ega bo'ldi. Ushbu davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy va gumanitar aloqalar rivojlanmoqda.

Yana bir muhim yo'nalishlardan biri bu MDH davlatlari bilan aloqalardir. MDHga a'zo davlatlar ko'p tomonlama va ikki tomonlama asosda umumiy va milliy manfaatlarni ro'yobga chiqarish uchun o'z pozitsiyalarini kelishish imkoniyatiga ega.


O’zbekiston Respublikasiga TMKlar investorlarini jalb qilinishi uchun quyidagi omillar muhim rol o’ynaydi:

    • O’zbekiston hududi tabiiy resurslarga-neft, tabiiy gaz, qurilish materiallari, oltin, mis va boshqa qimmatbaho metallarga ega ekanligi;

    • Respublikada ishlab chiqarish va boshqaruv sohasidagi yangi texnologiyani tezda o’zlashtirib oluvchi malakali mutaxassis kadrlarning mavjudligi;

    • O’zbekiston Respublikasida nisbatan arzon ishchi kuchining mavjudligi;

    • O’zbekiston hududida ichki bozorlarning kengligi va ko’pligi;

    • Respublikada iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va erkinlashtirish, sanoat korxonalarini xususiylashtirish jarayonlarining jadal sur’atlar bilan olib borilayotganligi va ularda TMKlar investorlarining to’liq qatnashish imkoniyatining mavjudligi va boshqalar.

Respublikada rivojlangan davlatlarning TMKlari tomonidan ko’rsatilayotgan kapital mablag’lar tizimining o’sishi sanoat uchun zarur bo’lgan zamonaviy texnik uskunalarni, texnologiyani sotib olish imkoniyatini bermoqda.

Xulosalar

1) Davlatlar xalqaro iqtisodiy integratsiyasini amalga oshirishda keyinchalik davlatlararo kelishuvlar bilan rasmiylashtiriluvchi turli davlatlarning kompaniyalari darajasidagi aloqalarni mustahkamlashga intilish muhim turtki bo’ladi. XX asr nihoyasida 100 dan ortiq davlatlarni qamrab oluvchi 30 ga yaqin integratsion guruhlar faoliyat ko’rsatmoqda.

2) Xalqaro iqtisodiy integratsiya milliy va xalqaro tadbirkorlik tuzilmalari manfaatlariga javob beradi, chunki:

- korxonalar faoliyatining geografik doiralarini kengaytirishga;

- tovarlar, xizmatlar, kapitallar va ishchi kuchini xalqaro ayirboshlashda chegaraviy to’siqlarni bartaraf qilishga;

- masshtab effekti afzalliklarini realizatsiya qilishga;

- davlatlar o’rtasida texnologiyalar almashish bo’yicha bitimlar va yangiliklar kiritish oqimining o’sishiga;

- integratsion guruh a’zo davlatlar kompaniyalarining ITTKIga harajatlarini ko’paytirish hisobiga raqobatbardoshligini mustahkamlashga yordam beradi.

3) Integratsiya jarayoni dinamikasining asosiy ko’rsatkichlari:

- mamlakatlararo tovar ayirboshlashning jami YaMMdagi ulushi;

- integratsion guruhga a’zo mamlakatlarning umumiy tovar aylanmasi hajmida ularning mamlakatlararo ayirboshlashining ulushi;

- integratsion guruhga a’zo mamlakatlarning o’zaro BXI hajmini ularning boshqa dunyo mamlakatlariga BXI hajmi bilan solishtirish;

- integratsion guruh ichida kompaniyalar birlashmalari sonini boshqa davlatlar firmalari bilan qo’shma korxonalar tashkil qilish va qo’shilishlar soni bilan taqqoslash.
Tayanch iboralar:

Xalqaro iqtisodiy integratsiya, integratsiya jarayoni dinamikasi ko’rsatkichlari, preferentsiyalarning umumiy tizimi, eksportni “ixtiyoriy” cheklash, NAFTA, ASEAN, MERKOSUR.


Nazorat savollari:

  1. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaga ta’rif bering.

  2. Tadbirkorlik tuzilmalarning xalqaro iqtisodiy integratsiya aspektidagi manfaatlari qaysi omillarda jamlangan?

  3. Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonining ko’rsatkichlarini aytib bering.

  4. Iqtisodiy integratsiya bosqichlarini aytib bering.

  5. Eng yirik integratsion guruhlarni sanab bering.

  6. EIda xalqaro kompaniyalarning imkoniyatlarini qanday baholash mumkin?



Tavsiya etiladigan adabiyotlar:

  1. Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари. Т.: Ўзбекистон, 2009.

  2. Nazarova G.G., Nazarova R.R., Salixova N.M., Muxamedjanova G.A., Ismailova N.S. Xalqaro menejment. O’quv qo’llanma. T.: TDIU, 2009.

  3. Пивоваров С.Э., Тарасевич Л.С., Майзель А.И. Международный менеджмент. С-Пб, 2005.

  4. Внешнеэкономическая деятельность. Под ред. Б.М.Смитиенко, В.К.Поспелова. М. 2002.

  5. Кузьмина Т.И. Международный менеджмент. Управление в международных компаниях. М., 2004.



7-MAVZU. KOMPANIYA FAOLIYAT YURITAYOTGAN MAMLAKATLARDA MENEJMENT USLUBINING XUSUSIYATLARI


    1. Menejment uslubi

Milliy xususiyatlar, ya’ni madaniyat, psixologiya, temperament, an’analar ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni tushunish va hal qilish, hamda korxonalarning samarali faoliyati uchun zarur tashkiliy sharoitlarni yaratish usuli sifatidagi menejment uslubiga ta’sir ko’rsatadi. Global menejerning faoliyat doirasiga turli mamlakatlarda muloqot ko’rinishi, ishlab chiqarish munosabatlari, muzokaralarda xulq-atvor xususiyatlarini hisobga olgan holda zamonaviy boshqaruv usullari asosida ishni tashkil qilish kiradi. Xalqaro menejer qabul qiluvchi mamlakatda o’z faoliyatining dastlabki qadamlaridanoq menejment uslubi xususiyatlariga duch keladi. Global menejment bo’yicha mutaxassislar tashqi iqtisodiy bitimning xalqaro menejment faoliyatining ilk davrida qiyinchiliklar keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan yettita asosiy elementlarini ajratadilar:

1. Yangi xorijiy sherik bilan muzokaralar muhiti. Bu yerda muzokaralar o’tkazilayotgan mamlakatlik sheriklar ma’naviy ustunlikka ega bo’ladi. Ular muzokaralar davrida kam harajat qiladi va mahalliy bozor ahvoli haqidagi tezkor axborot bilan yaxshiroq ta’minlangan.

2. Qabul qiluvchi mamlakatning madaniy va tarixiy xususiyatlari. Ularni bilish ishbilarmonlik muhitiga tezroq moslashishga, mahalliy iste’molchilar va yetkazib beruvchilar bilan oson til topishga yordam beradi.

3. Qabul qiluvchi mamlakatning mafkurasi (millatchilik, islom fundamentalizmi, xitoy patriotizmi va b.) xorijiy korxona biznesini tashkil qilish va faoliyat yuritishiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.

4. Byurokratik an’analar qabul qiluvchi mamlakatda tadbirkorlik faoliyati o’rnatilishini uzoq muddatga cho’zib yuborishi mumkin. Masalan, Rossiyada “Makdonalds” restoranlarini tashkil qilish haqidagi muzokaralar 10 yil atrofida davom etgan. Ekspertlar baholashicha, 90-yillarda Xitoyda xorijiy va xitoy firmasi o’rtasida qo’shma korxona tashkil qilish to’g’risidagi muzokaralar o’rtacha ikki yil atrofida davom etgan.

5. Qabul qiluvchi mamlakat qonunlari. Ular xalqaro menejer tomonidan o’rganilgan bo’lishi va ularga qat’iy rioya qilinishi kerak.

6. Turli pul tizimlari qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro kompaniya xorijiy filialining faoliyatini jiddiy qiyinlashtiradi.

7. Qabul qiluvchi mamlakatda siyosiy va iqtisodiy barqarorsizlik xorijiy filial faoliyatida kutilmagan va keskin salbiy o’zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Bryusseldagi YeI shtab-kvartirasida osilgan plakatda YEIga a’zo-mamlakatlar korxonalaridagi ishchi va xizmatchilarning bir-biridan keskin farqlanuvchi milliy xususiyatlariga duch keluvchi xalqaro menejerning qiyinchiliklari yumor yordamida ifoda etilgan.

Umumyevropa menejment uslubini yaratishga urinib ko’ring, agar:


  • nemislar yumorni tushunmasa,

  • finlar sukut saqlasa,

  • inglizlarning ovqati anglab bo’lmas aralashmalardan iborat bo’lsa,

  • lyuksemburgliklar yulduz kasalligiga duchor bo’lsa,

  • fransuzlar rulda kutilmagan harakatlar sodir qilsa,

  • ispanlar mag’rur,

  • italyanlar xissiyot og’ushida,

  • gollandiyaliklar ziqna,

  • belgiyaliklar ish joyida o’tirmasa,

  • portugaliyaliklar kuvaldadan murakkabroq texnikani o’zlashtira olmasa,

  • shvedlar o’ta birqarashli,

  • greklar tashkiliy bo’lmasa,

  • irlandiyaliklar ichkilikni xush ko’rsa,

  • avstriyaliklar sabrsiz bo’lsa.

Sayyoramizda ikkita asosiy menejment uslubi: g’arbiy va sharqiy menejment uslublari mavjud.


    1. G’arbiy menejment uslubi

G’arbiy menejment uslubi xususiyatlariga firma va biznesning alohida yo’nalishlari rahbarlarining katta individual mas’uliyati va bilimdonligi kiradi. G’arbiy menejment uslubining eng xarakterli va namunaviy vakili bo’lib amerika menejerlari misol bo’ladi. Xususan, amerikalik biznesmenlar muzokaralarda umumiy qarorni kelishish jarayonida to’g’ri yo’li va gapini o’tkazishga harakat qiladi. Ular ish maqsadiga tez erishishga intiladilar, masalalarni birin-ketin kelishib pragmatik turkumlaydilar, muzokaralarni o’zaro kelishuv bilan yakunlashga harakat qiladilar, bunda bitim imzolashning asosiy sharti sheriklar o’rtasida o’zaro foyda va kelishuvga erishish yutug’i emas, balki qonunlarga rioya qilish hisoblanadi. Muzokaralarda amerika korporatsiyasi vakillari tarkibiga albatta qaror qabul qilish vakolatiga ega rahbar kiradi. Shuning uchun ular muzokaralar vaqtida kam tashkilotchi sheriklari munozaralarni to’xtatib, qaror qabul qilish uchun muzokaralarga kelmagan rahbariyat bilan kelishishga chiqib ketganlarida o’zlarini ishonchsiz va noqulay his qiladilar.

Amerika menejmentiga quyidagi xususiyatlar xos:

- firma xodimlari o’z kompaniyasiga sodiklik fazilatiga ega bo’lmay, undan yaxshiroq va foydaliroq ish topilgan zahoti uni tark etishga tayyor;

- qarorni bir rahbar qabul qiladi, unga bo’ysunuvchilar esa ishlab chiqarish, sotish harajatlarini va mumkin bo’lgan foydani tahlil qilish asosida qaror chiqarishga yordam beradilar;

- ishlab chiqarish munosabatlari hech qachon shaxsiy, norasmiy munosabatlarga aralashtirilmaydi.

G’arbiy menejment uslubida bir necha ko’rinishlarini ajratish mumkin. Masalan,Yevropa mamlakatlari vakillari orasida menejment uslubida jiddiy farqlar mavjud. 90-yillarda Germaniyadan Buyuk Britaniyaga sarmoyalar oqimining o’sishi u yerda Germaniyaga nisbatan ishlab chiqarish va sotish harajatlari pastligidan dalolat beradi va demak, ingliz menejment uslubi o’z afzalliklariga ega. Agar nemis menejmentining xususiyatli belgilari sifatida uzoqni ko’zlash va yuqori intizom namoyon bo’lsa, ingliz menejmenti uchun quyidagilar xarakterli:

- ishlab chiqarish harajatlarini pasaytirishga kuchli e’tibor;

- ITTKIni astoydil o’tkazish va ilmtalab mahsulotlar ishlab chiqarishni tez o’zlashtirish (masalan, ingliz kompaniyalarining telekommunikatsiya va farmatsevtika sohasidagi yutuqlari);

- texnologik jarayonlarning qo’llanilishida egiluvchanlik (agar Germaniyada qabul qilingan texnologik instruktsiyalar o’zgartirilishidan avval uzoq kelishuvlar o’tkazilsa, ingliz firmalarida texnologik jarayonlarni zamonaviylashtirish va takomillashtirish tez amalga oshiriladi);

- ishlab chiqarish detallari va nozikliklariga e’tibor;

- ishchi kuchiga nisbatan kam haq to’lash (Germaniyada ijtimoiy ta’minotga yuqori – 25 % gacha daromad solig’i, ish xaqining muntazam o’sishi va nemis markasining o’sib boruvchi kursi 90-yillar oxirida ish xaqi o’rtacha darajasining Buyuk Britaniyaga nisbatan salkam 2 marta yuqori bo’lishiga olib keldi).

Bundan tashqari, Germaniyaga nisbatan inglizlarda ishlab chiqarish jarayonida menejerlar tomonidan ishchilarni ma’naviy qo’llab-quvvatlash zaruriyatini nazarda tutadigan konstruktiv ishlab chiqarish munosabatlari o’rnatildi. Bu Buyuk Britaniyada ish kuni va uskuna ekspluatatsiyasining mashina vaqti uzunroq davom etishi saqlanishiga ko’mak berdi.

Dunyoda yapon menejmentning yuqori reytingiga qaramay, yapon firmalari g’arbiy menejment uslubidan, xususan Fransuz mahsulot ishlab chiqarish va sotishni boshqarishni tashkil qilish uslubidan foydalanish hollari ma’lum. Xususan, Yaponiyada yengil va yuk avtomobillari ishlab chiqaruvchi ikkinchi “Nissan” kompaniyasi 90-yillar oxirida qiyin davrni boshdan kechirdi. Uning rahbariyati 1999 yilda “Reno” Fransuz avtomobilsozlik firmasi bilan alyans tuzish qarorini qabul kildi. Alyans mafkurachilaridan biri bo’lib, oxirgi uch yil ichida “Reno”ni muvaffaqiyatli restrukturizatsiya qilganligi uchun “Harajatlar qotili” nomini olgan “Reno” kompaniyasining yetakchi menejeri Karlos Gan xizmat qildi.

Alyans doirasida yapon kompaniyasi o’z oldiga Fransuz menejmenti usullaridan foydalanish hisobiga zararlar, qarzlar, ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari va yetarli bo’lmagan avtomobil sotish hajmi muammolarini hal qilish va ilmiy ishlanmalarga harajatlarni qisqartirish, yagona strategiyani ishlab chiqish, butlovchilarni birga xarid qilish va shu kabilar bo’yicha kuchlarni birlashtirish vazifalarini qo’ydi. Bundan tashqari, strategik jihatdan fransuz va yapon kompaniyalari ta’sir doirasini kengaytirish (“Nissan” kompaniyasining o’rni Osiyo va Amerikada kuchli, “Reno” kompaniyasi Yevropa bozorida yetakchilardan biri) hisobiga birlashishdan yutadilar.

Shu bilan bir vaqtda skeptiklar istiqbolda ishlab chiqarish va sotish harajatlarini qisqartirishda gayratli franstuz menejmenti prinsiplarining ishchilarni bushatish va ishlab chiqarish quvvatlarini qisqartirishni olqishlamaydigan konservativ korporatsion an’analarga ega yapon menejmenti prinsiplari bilan to’qnashish imkoniyatini ko’rmoqdalar.




    1. Osiyo menejment uslubi

Osiyo menejment uslubi g’arbiy menejmentdan farq qiladi va quyidagi xarakterli xususiyatlarga ega:

- turli “yumshoq” tuzilmalarga urg’u berish, bunda firmalararo munosabatlar tegishli kelishuvlarni tuzish bilan rasmiy asosda emas, balki kompaniya rahbarlarining ishonchi, o’zaro tushunishi, qardoshlik va do’stona munosabatlar asosida olib boriladi;

- menejerlarning yuqori ta’lim darajasi, ularning malakasini muntazam oshirish; bo’ysunuvchilarning rahbarlar bilan munosabatlarida g’amxo’rligi;

- kompaniyalar strategik rejalarining muvaffaqiyatiga ishonish va sheriklarning bir-biriga ishonchi;

- firmani rivojlantirish umumiy maqsadiga qo’shma hissa qo’shish muhimligini tushunish.

Masalan, Yaponiya va Janubiy Koreyada kompaniyalar kishilarga faqat bandlik va daromadni ta’minlab qolmay, balki o’zini namoyon etishga imkoniyat yaratadi, jamiyatda ma’lum o’rinni egallashga ko’maklashadi, ya’ni mehnatni motivlashtirishni o’zgartiradi. Yapon firmalarida iktidorli mutaxassisga uning g’oyalarini rivojlantirish va hayotga tadbiq etish uchun maxsus departament tashkil qilingan, firma esa muvofiq tarzda o’z faoliyat doirasini o’zgartirgan yoki kengaytirgan hollar ma’lum.

Bu mamlakatlarda boshqaruv samaradorligi asosida do’stona va jipslashgan jamoalarni tuzish yotadi. Ular mehnatni tashkil qilish va ishlab chiqarish munosabatlari rasmiy va norasmiy omillarini qo’shish, menejment ratsional usullarini shimoliy amerika tipidagi individualistik madaniyatdan farqli holda faqat rahbarlarning ishonchi va o’zaro tushunishiga asoslangan irratsional firmalararo aloqalar bilan qo’shib uyg’unlashtirish yordamida tashkil qilinadi.

Yapon menejmenti uslubining amerikanikidan tubdan farqlanishiga misol bo’lib, ishga oid masalalarni sekin, ularning mohiyatiga asta-sekin yaqinlashib, muhokama qiluvchi yapon biznesmenlarining muzokaralar o’tkazish odatini keltirish mumkin. Ular avval sheriklar o’rtasida o’zaro tushunish va ishonchga erishishga, so’ngra asosiy muammolarni muhokama qilishga harakat qiladi. Shu bilan birga munosib sheriklar o’rtasidagi muzokaralarga huquqshunoslar jalb qilinmaydi.

Mehnatni tashkil qilish va ishlab chiqarish munosabatlari bo’yicha g’arbiy mutaxassislar o’n yillab Osiyo, xususan yapon menejmenti uslubini o’rganadilar.

Unga bo’lgan qiziqish hozirda ham susaymagan. Xususan, 1999 yil avgustda “Ekonomist intillidjens yunit” tadqiqot markazi chop etgan obzorga binoan “Nissan”, “Toyota”, “Xonda” yapon avtomobillarini ishlab chiqaruvchilar yiliga bir ishchiga to’g’ri keladigan avtomobillar soni bo’yicha birinchi o’nlikka kirgan. Masalan, Buyuk Britaniyadagi “Nissan” kompaniyasi zavodi yiliga bir ishchiga 105 avtomobil ishlab chiqaradi, Yevropada o’rtacha unumdorlik 52 avtomobilni tashkil qiladi. Yapon menejment uslubini o’rganish asosida yapon menejmenti amaliyotiga quyidagi namunaviy chora-tadbirlar kiradi degan xulosaga kelish mumkin:

- firmaning barcha xodimlari uchun ertalabki badantarbiya;

- ish vaqtida maxsus kiyim;

-har kuni konsensus usuli bilan qaror qabul qiluvchi rahbarlar majlisi;

- kompaniyaga sodiqlikni unda ishlash sharti sifatida tarbiyalash;

- ishchi va xizmatchilarning ish vaqtidan tashqari ishlashga tayyorligi bilan ishdagi muvafaqqiyatlari uchun albatta mukofotlash;

- ishchilar, menejerlar, kompaniya rahbarlaridan iborat “sifat to’garaklari” va “nol defektlar” guruhlarining amal qilishi (bu to’garaklar va guruhlarning maqsadi – firma normal faoliyati uchun to’siqqa aylangan maxsus muammoni hal qilish);

- rahbarlar va ishchilar uchun bitta oshxona va kompaniyaning barcha xodimlari uchun “oilaviy” norasmiy ovqatlanishlar;

- departament rahbarlarida kabinet yo’qligi, ular bo’ysunuvchilarga mehnatsevarlikni namoyish qilish uchun o’z ish joyini ular bilan umumiy xonada joylashtirishni istaydilar;

- mehnatga haq to’lash va xizmat martabasining ko’tarilishida asosiy omil bo’lib firmadagi ish staji hisoblanadi;

- ishga umrbod yollash;

- rahbarlarning bo’ysunuvchilar bilan odobli muomala qilishi;

- katta omborxonalardan qutulish va firma xodimlarini intizomga o’rgatish imkoniyatini beruvchi aniq muddatda yetkazib berish amaliyoti;

- ishlab chiqarish jarayonida tanaffuslarni iloji boricha kamaytirish;

- ishchi va xizmatchilar nafaqaga chiqqanidan so’ng ularning barcha oila a’zolariga pensiya nafaqasini to’lash.

Yaponiyada ishlab chiqarishni va mahsulot sotishni tashkil etish xususiyatlariga “sogo shosha” savdo uylari va subetkazib beruvchilarning katta rolini kiritish mumkin. Ikkinchi Jahon urushidan so’ng “sogo shosha” tizimi Yaponiyada sanoatning tez tiklanishi va uning dunyo yetakchilaridan biri darajasigacha zamonaviylashtirilishiga yordam berdi. Zamonaviy yapon sanoatining barpo etilishi eng rivojlangan mamlakatlar tajribasini keng jalb etish yordamida amalga oshirilgan. U vaqtda “sogo shosha” rivojlangan mamlakatlardan samarali texnologiyalar va uskunalarni import qilish, so’ngra esa boshlang’ich materiallar va Yaponiyada zamonaviylashtirilgan samarali mashina va uskunalarni eksport qilish kanallari bo’lib xizmat qildi.

90-yillar o’rtasida “sogo shosha” ga yapon eksportining 40 % dan ortig’i va importning 70 % ga yaqini to’g’ri keldi. Jahon bozorida “sogo shosha”dan tashqari yapon TMK larining faoliyati kengayishi tendensiyasi kuzatilmoqda. Ular o’z tashqi iqtisodiy aloqalari, xalqaro marketing va o’z sotish tarmoqlarini tashkil qilmoqdalar. “Sogo shosha” ustunliklariga: jahon bozorlari konyukturalarini o’rganish, butun dunyo bo’ylab yetkazib beruvchilar va iste’molchilar bilan keng aloqalar, yaxshi yo’lga qo’yilgan xorijda sotish tizimi, ichki va tashqi bozorlarda tovarlar, xizmatlar, kapitallar oqimini tashkil etish tajribasi, narhlar tizimi, mahsulot sifati, mijozlarni bilish va yo’lga qo’yilgan yetkazib berish sxemasi, o’rta va kichik firmalar uchun ichki va tashqi bozorlarga chiqish sharoitlarini yaratish kiradi.

Yaponiya sanoatida subetkazib beruvchilar faoliyati tizimini sxematik ravishda piramida ko’rinishida tasvirlash mumkin (7.2-rasm). Masalan, yapon avtomobilsozligida piramidaning yuqori qismida katta to’rtlik – Yaponiyaning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalari – “Nissan”, “Toyota”, “Mitsubisi motors”, “Xonda”, piramidaning o’rta darajasida ularning 500 ta bevosita subetkazib beruvchilari, pastki darajada - subetkazib beruvchilardan 20 mingta asosan o’rta va kichik firmalar joylashgan.



Yapon menejment uslubining afzalliklari boshqa mamlakatlarda ham namoyon bo’ldi. Masalan, 90-yillar boshida “yaxshi didli, yosh qalbli va yetarli daromadli kishilar uchun” avtomobillar ishlab chiqarish, german “Porshe” kompaniyasi sotuvlarining keskin kamayishi va firma rahbariyatining ishlab chiqarish harajatlarining o’sishi ustidan nazoratni yo’qotishi tufayli bankrotlik yoqasiga va mustaqillikni yo’qotishiga kelib qoldi. Qarzlarga botgan kompaniyani germaniya avtogigantlari “Mersedes-Bens”, “BMV” va “Folksvagen” sotib olishga tayyor edi.

“Porshe” mustaqilligini ma’muriyatning “o’z kamchiliklaridan nobud bo’lishdan ko’ra, o’zga tajriba yordamida tuzalmoq afzal” degan g’oyasi va “Sin gidzyutsu” (tarjima qilinganda – yangi texnologiya) yapon maslahat firmasi mutaxassislarini taklif qilish qarori qutqarib qoldi. Yapon mutaxassislari uch yil ichida “Porshe”ni qayta qurdi. Natijada yig’ma konveyer qisqartirildi, bir necha uchastkalar va yordamchi xonalar yo’qoldi, zavodning hududiy maydoni 30 % ga kamaydi, avtomobil yig’ish sur’ati esa deyarli 40 % ga o’sdi va ishlab chiqarish nosozligi (brak) kamaydi.

Hal qiluvchi momentlardan biri bo’lib nemis intizomi va pedantizmi o’rniga yapon menejmenti tomonidan yaratilgan ijodiy muhit o’rnatilishi xizmat qildi. Mehnat avvalgi uskunalarda o’sha ishchilar va muxandislar yordamida amalga oshirilmoqda. Ishchi va muxandislar yapon menejmenti ta’sirida ratsionalizatsiya jozibadorligini anglab, har oyda yaponlar tomonidan zamonaviylashtirilgan mehnat jarayonini takomillashtirishga qaratilgan ikki yarim mingta taklif-tashabbuslar taqdim qilmoqdalar.

Yapon novatsiyalarining kiritilishi amalda menejment va butun ishlab chiqarish tsiklini tashkil etish nuqtai-nazaridan yangi “Porshe” kompaniyasi vujudga kelishiga olib keldi. “Porshe” moliyaviy qiyinchiliklardan qutildi, yuqori foyda ko’rmoqda va bozorga yangi model – marketing taxmini bo’yicha 50 ming dollar bahoda ikkio’rinli oltitsilindrli “Bokster” avtomobilini chiqarmoqda. Bundan tashqari, butun tarixi mobaynida ilk bor sport avtomobillari ishlab chiqarishdan tashqari vezdexod va mikroavtobuslar chiqarishni mo’ljallamoqda.



Boshqa misol – AQShda “Toyota” yapon firmasi va “Djeneral motors” amerika korporatsiyasining qo’shma korxonasini tashkil qilinishi. “Nyu yunayted motor menyufekchuring ink.” (NYuMMI) nomli qo’shma korxona Frimont shahridagi (Kaliforniya shtati) zavodda joylashgan. Yaponiyadagi “Toyota” firmasida, AQSh da “Djeneral motors” korporatsiyasi zavodlarida va qo’shma amerika-yaponiya “NYuMMI” korxonasida avtomobil ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini taqqoslash AQShda avtomobillar ishlab chiqarishga yapon menejmentining ijobiy ta’sirini ko’rsatdi (7.1-jadval). Dunyoda eng keng tarqalgan yapon menejmenti usullarining ro’yxati 7.2-jadvalda berilgan.
7.1-jadval

Avtomobil korporatsiyalarining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari




Ko’rsatkich

“Djeneral motors”

“Toyota”

NYuMMI

1.

Bir avtomobilni yig’ish vaqti (s)

31

16

19

2.

Yig’ishda nuqsonlar soni (100 mashinaga)

135

45

45

3.

Yig’ishda foydalaniladigan maydon (1 avtomobilga, kv.fut.)

8,1

4,8

7,0

4.

Omborda butlovchilar zahirasi (kun)

14

2 soat

2


7.2-jadval

Yapon menejmentining usullari


Prinsip

Izohlash

Raqobatbardoshlik darajasining oshishiga hissa qo’shilishi

Ishlab chiqarish sohasida

Aniq muddatda (Just time)

Etkazib beruvchilar boshlang’ich materiallar va butlovchilarni buyurtmachiga kerakli hajmda va o’z vaqtida yetkazib beradilar

Ombor harajatlari qisqaradi va yetkazib berilayotgan mahsulot sinovlarining zaruriyati yo’qoladi

Sifat nazorat to’garaklari

Mahsulotni yaxshilash maqsadida sifat nazoratida ishchi va xizmatchilarning ixtiyoriy ishtiroki

Jamoa yanada jipslashadi

Egiluvchan ixtisoslashuv

Brigada o’zaro almashuvchi ishchilar va tor ixtisoslashuv bilan cheklanmagan

Yangi mahsulot ishlab chiqarishga ishlab chiqarish liniyalarini tez qayta yo’lga qo’yish uchun sharoitlar yaratiladi – ishlab chiqarishning egiluvchanligi

Ekologiya sohasida

Atrof-muhit muhofazasi va texnika havf-sizligi bo’yicha me’yorlarga qat’iy rioya qilish

Me’yorlar va standartlarning aniq va konkret atalishi

Atrof-muhit muhofazasiga harajatlarni qisqartirish

Inson resurslari va ishlab chiqarish munosabatlari

Xizmat bo’yicha ko’tarilish va mehnatning brigada usuli

Xizmat bo’yicha ko’tarilish firmadagi ish staji bilan aniqlanadi; ish xaqi individuum mehnati sifatiga emas, balki brigada ish natijalariga bog’liq

Ommaviy ishlab chiqarishni boshqarish soddaligi. Ish xaqi va xizmat bo’yicha ko’tarilish oson o’rnatiladi va barchaga tushunarli. Barqaror ishlab chiqarish munosabatlari

Bajarish sifatiga qarab mukofotlash

Chiqarilgan mahsulot sifati va miqdoriga to’g’ri bog’liqlikda haq to’lash

Mahsulot chiqarish kamayadi va ish xaqi darajasini aniqlash soddalashadi

Ishlab chiqarishni takomillashtirish to’garaklari

Ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz takomillashtirish. Ishlab chiqarish va marketing siyosati ularga ishchilar, muxandislar va menejerlarni jalb qilish yo’li bilan amalga oshiriladi

Ishchilar, muxandislar va menejerlar o’rtasida mustahkam barqaror ishlab chiqarish munosabatlari o’rnatiladi

Tashabbuskor xodimlar to’garaklari

Firma har bir xodimining har qanday ishlab chiqarishni yaxshilash to’g’risidagi yozma takliflari rag’batlantiriladi.

Har bir ish joyida mehnat sharoitlari yaxshilanadi; ishlab chiqarish jarayonida har bir xodimning ishtirok etish darajasi oshadi

Kompaniya departamentlari avtonomiyasi

Kompaniya departamentida qaror qabul qilish avtonomiyasi

Qaror qabul qilishda soddaroq koordinatsiya, lokal muammolarni tez hal qilish, departament xodimlari birligi hissiyotining mustahkamlanishi

Qaror qabul qilishning zinasimon usuli

Muhim qarorlar variantlari muhokamasida ishchilar ishtirok etadi. Muhokamaning keyingi bosqichi – kompaniya rahbariyati. Qaror konsensus yordamida qabul qilinadi.

Qaror qabul qilishdan manfaatdor muhokama ishtirokchilari kengayishi, qaror chiqarishning ob’ektivlik darajasi oshadi

Ishchi va xizmatchilar rotatsiyasi

Ishchilar, muxandislar va menejerlar rotatsiyasi 2-3 yillik tsikl bo’yicha kompaniya xorijiy filiallari bilan birga turli departamentlari o’rtasida amalga oshiriladi

Kompaniya turli departamentlari o’rtasida o’zaro tushunish va hamkorlikning kuchayishi. Xodimlar dunyoqarashining kengayishi. Kompaniya doirasida muammolarni hal qilishni tezlashtirish

Ishga umrbod yollash

Kompaniyaga sodiqlik kuchayadi

Xodimlar malaka darajasi oshadi

Yuqoriroq lavozimdagilar uchun ish xaqi yuqori

Tajribaliroq katta stajli xodimlar yuqoriroq lavozimlarga qo’yiladi va yuqori ish xaqi beriladi

Ishchi va xizmatchilarda xizmat bo’yicha ko’tarilish va kompaniyaga sodiqlikka motivatsiyalash kuchayadi

Ishlab chiqarish brigadasi a’zolarining keng ixtisoslashuvi

Keng ixtisoslashgan malakali ishchilarning ishlab chiqarish brigadasi to’la ishlab chiqarish tsiklini amalga oshiradi.

Har bir xodimning bir turdagi operatsiyalarini ko’p vazifali kelishilgan mehnatga almashtirish yo’li bilan mehnat unumdorligi oshadi

Korxonada kasaba soyuzlar

Kasaba soyuzlar doirasida ishchilarning menejerlar bilan davriy maslahatlari.

Ishlab chiqarish munosabatlari yaxshilanadi, ziddiyat va sabotaj hollari qisqaradi, ishchilar va xizmatchilar kompaniya maqsadlari bilan birlashadilar

Boshqarishni tashkil qilish

Departamentlar-

ga bo’linish



Bosh ma’muriyat kompaniya yagona strategiyasi doirasida avtonom dapertamentlarni muvofiqlashtiradi

Kompaniyani boshqarish sxemasi soddalashadi, ishlab chiqarish departamentlariga alohida mahsulot turlari ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirish imkoniyati beriladi

Biznes - birliklar

Har bir biznes – birlik kompaniya doirasida o’zi keltiruvchi foydasi uchun javobgar

Boshqarishni nomarkazlashtirish kompaniya yuqori rahbarlarini departamentlar darajasida qarorlar qabul qilishdan ozod qiladi

Subetkazib beruvchilar bilan munosabatlar

Etkazib beruvchilarda buyurtmachi bitta emas

Subetkazib beruvchini tanlashning bosh mezoni – uning mahsuloti bahosi. Buyutmachi sub’etkazib beruvchilar o’rtasida raqobatni rag’batlantiradi

Etkazib berilayotgan xomashyo materiallari va butlovchi mahsulotlarning narhlari pasayadi

Aloqalar tizimi

Aksiya paketlarini o’zaro egallash, direktorlar kengashining umumiy a’zolari, ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlar kooperatsiyasi

Informatsiya va bilimlar ayirboshlashning barqaror tizimi

Subetkazib beruvchilar bilan munosabatlar rivojlanishida tendensiyalar

Hamkorlik va o’zaro ishonch ruhiyati, yetkazib berilayotgan mahsulot sifatiga va yetkazib berish muddatlariga rioya qilishga kuchaytirilgan e’tibor

Etkazib beruvchi - qo’shimcha bilimlar manbai

Osiyo menejment uslubi xususiyatini shunday momentlar bilan ham ifodalash mumkin. Masalan, Xitoyda sherikning og’irligiga katta e’tibor beriladi – oriqlarga ularni potensial muttaham sifatida hisoblab shubha bilan qaraydilar. Tayvanda bitim taqdiri firma prezidentining hashamatli ofisida emas, balki avlod otasi – qari chol yashaydigan oddiy kamtar uychada hal qilinadi. Gonkongda eng avvalo mahalliy ishbilarmonlik dunyosidagi munosabatlarda yaxshi harakat qilishga yordam beruvchi yo’lboshchi-firma tanlab olish muhim.




    1. Menejment uslubidan qat’iy nazar ishga doir etiket

Har qanday mamlakatda global menejerga qabul qiluvchi mamlakatning turli madaniy va tarixiy xususiyatlariga to’g’ri va mos keluvchi ishga doir etiket asoslariga rioya qilish tavsiya qilinadi. Bunday asoslarga:



  • belgilangan ishbilarmonlik uchrashuvi vaqtiga qat’iy rioya qilish;

  • muzokaralar boshlashdan avval tashrif kartochkalari bilan almashish zarur va tashrif kartochkasini uzata turib, o’z nomingizni aniq ayting;

  • muzokaralarni delegatsiya boshlig’i – kompaniyaning eng yuqori lavozimli vakili boshlashi kerak. Muzokaralar paytida u tashabbusni muhokama qilinayotgan muammoni eng yaxshi biladigan menejerga berishi mumkin;

  • muzokara qatnashchilarini joylashtirish qoidalariga (delegatsiya boshliqlari odatda bir-biriga qarama-qarshi o’tiradi) amal qilish muhim;

  • o’z argumentlarini bayon qilishda faqat tarjimon yoki tilni biladigan shaxsga murojaat etmaslik kerak;

  • ishbilarmonlik suhbatida sekin sur’atda argumentlarni aniq va ixcham izohlash bilan gapirish kerak;

  • muzokaralarni olib borish sur’ati ikkala tomon fikrlarini to’g’ri qabul qilish va zarur bo’lganda aniqlovchi savollar berish imkoniyatini berishi kerak;

  • ishbilarmonlik suxbati imkoniyatidan to’la foydalanish uchun har bir tomonning tadbirlar rejasini e’tibor bilan muhokama qilish lozim;

  • muzokaralar yakunida doim sheriklarga sizga ajratgan vaqtlari uchun minnatdorchilik bildirish kerak;

  • o’z ofisingizga qaytgandan so’ng uchrashuvda kelishilgan harakatlarni sodir qilishdan tashqari, hamkorlikka qiziqish so’saymaganligini bildirish uchun minnatdorchilik xatini yuborish lozim;

  • sheriklar savollari va talablariga darhol javob berish kerak. Bu sherik xabarini qabul qilganligingizni anglatadi.


1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət