Ana səhifə

Umumiy t arix


Yüklə 340 Kb.
səhifə2/3
tarix26.06.2016
ölçüsü340 Kb.
1   2   3

1.2. Murzo Ulug`bek davrida Movarounnahrda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat.

1409-yilda Shohruh Samarqanddan Qirotga qaytish oldida Mirzo Ulug`bekni Movarounnahr va Turkistonga hokim qilib tayinlaydi. Ulug`bek Samarqand taxtiga o’tirgan vaqtida o’n besh yoshdagi o’spirin edi. Mamlakatni idora etish tabiiy uning uchun mushkul edi. Shahzoda balog`atga yetgunga qadar davlatni boshqarishni Shohruh o’zining sodiq amaldorlaridan biri Shoh-malikning ixtiyoriga topshiradi.

Ulug`bekning asli ismi Muhammad Tarag`ay bo’lib, u Amir Temurning Yaqin Sharqda besh yillik yurishlari vaqtida 1394-yilda Sultoniya shahrida tavallud topadi. U Amir Temur o’rdugohi va saroyida katta onasi Saroy Mulkxonim va onasi Gavhar-shodbegimlarning bevosita panohida tarbiyalanadi. Sohibqironning boshqa nabiralari qatorida u Amir Temurning harbiy yurishlari va saroy an’analarida ishtirok etadi. Besh yoshidan boshlab Ulug`bek Shayx Ozariy nomi bilan keyinchalik shuhrat topgan mashhur olim Shayx Orif murabbiyligida tarbiyalanadi. Undan xat-savod va hisob bo’yicha ilk saboqlarini oladi. So’ngra Ulug`bekka otaliq etib Amir Shohmalik tayinlanadi. Otaliqdan u tabiiy, davlatni idora qilish san’ati - lavozimlarga mansabdor shaxslarni tayinlash, soliq to’plash, ruhoniylar, amaldorlar va o’zga yurtlardan tashrif buyurgan elchilarni qabul qilish, xayr-u sadaqa berish kabi tartib-qoidalar bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’ladi.

Ulug`bek 10 yoshga to’lganda uni Muhammad Sultonning qizi |Og`obegimga unashtiradilar. Ona tomonidan Og`obegimning nasl- u nasabi Oltin O’rda xoni O’zbekxon (1312-1342) xonadoniga mansub bo’lgani tufayli, Ulug`bek ham bobosi kabi "ko’ragon" unvoniga sazovor bo’ladi. Ulug`bek davlati janubda Amudaryo, g`arbda Buxoro vohasiga tutashib ketgan Urganjiy dashti (Markaziy Qizilqum)ning sharqiy hududlari, shimolda Sirdaryoning quyi oqimidagi Sig`noqva O’tror i shaharlari, sharq va shimoli-sharqda Sharqiy Turkiston bilan chegaralanardi. Ulug`bek garchi Movarounnahr bilan Turkistonning hokimi deb e’lon qilinsa-da, aslida uning hokimiyati dastaval; faqat Samarqand, Buxoro va Nasaf viloyatlari bilangina cheklanadi. Chunk Shohruh avval boshdan Farg`onani to O’zgangacha Amirak Ahmadga, Hisori Shodmonni Muhammad Jahongirga in’om qilib, Ulug`bekni birmuncha cheklab qo’yadi. Buning ustiga Turkiston Shayx Nuriddinning tasarrafida edi. O’sha vaqtda u na Ulug`bek va na Shohruhni tan olardi. Shuning uchun ham hali mamlakat notinch edi.

Samarqand. Shayx Nuriddin Turkiston bilan qanoatlanmaydi. 1410-yilda u Muhammad Jahongir, Yangi va Sayram viloyatlarining hokimi Amir Abdulholiq hamda oqo’rdalik xonzodalardan Chingiz O’g`lonlar bilan ittifoq tuzib, temuriylarga qarshi isyon ko’taradi. 1410-yil 20-aprelida Samarqand yaqinida Qizilravot mavzeida isyonkor ittifoqchilar bilan Mirzo Ulug`bek va Shohmaliklarning qo’shinlari o’rtasida jang bo’ladi. Jangda Ulug`bek mag`lubiyatga uchrab Kalifga tomon qochadi. Shohruh 1410-yilning yozida isyonni bostirish uchun katta kuch bilan Samarqandga yetib keladi. Shayx Nuriddin isyoni bostirilgach, Sirdaryoning o’ng sohilida joylashgan shaharlar: Toshkent, Yassi, Sabron, Sayram, Yangi yana Temuriylar davlati tarkibiga qo’shib olinadi va bu o’lkalarni idora qilish ham Ulug`bekning zimmasiga yuklanadi.

O’sha paytlarda Ulug`bek bilan Shohmalikning munosabatlari buzilib qoladi. Chunki shuhratparast otaliq Ulug`bekni davlat ishlariga "yaqin yo’latmay, hatto u bilan hisoblashmay ham qo’ygan edi. Shu sababli Shohruh 1412-yilda Shohmalikni Samarqanddan olib ketishga majbur bo’ladi. Shu vaqtdan boshlab batamom Movarounnahr va Turkistonni boshqarish 18 yashar Ulug`bek qo’liga o’tadi.

Qarbiy yurishlar Mamlakatda ma’lum darajada hokimi mutiaq bo’lib olgan Ulug`bek endilikda Farg`onani amakivachchasi Amirak Ahmad qo’lidan tortib olib, bu o’lkada o’z hukmronligim o’rnatishga intiladi. O’z maqsadini amalga oshirish uchun u dastlabki mustaqil harakatni 1414-yilda Faig`onaga yurishdan boshlaydi. Ulug`bekning qo’shiniga bas kelishga ko’zi yetmagan Amirak Ahmad jangsiz Andijon va Axsini topshirib, O’sh va Oloy orqali Koshg`arga qochadi. Ammo oradan ko’p vaqt o’tmay Koshg`ar hokimining madadi bilan O’sh yaqinidagi jangda Ulug`bek qo’shinini mag`lubiyatga uchratib Farg`onani qaytarib oladi. Bu voqeadan so’ng Ulug`bek 1415-yilning bahorida Faig`onaga ikkinchi marta qo’shin tortishga majbur bo’ladi. Bu gal ham Amirak Ahmad Ulug`bekdan cho’chib yana Koshg`arga qochadi. Shohruhning Amirak Ahmad nomiga ishonchnoma yuborib, bu ishga aralashuvi tufayli shahzodalar o’rtasidagi o’zaro nizo bartaraf etilib, Farg`ona unga tobe bo’lib, Koshg`ar ham Ulug`bekning qo’liga o’tadi.

1413-yilda Shohruh tomonidan Xorazm Oltin O’rda xonlari tasarrufidan qaytarib olingach, Ulug`bek davlatining g`arbiy va janubiy chegaralarining xavfsizligi muqimlashgan bo’lsa-da, amm° uning shimoli-g`arbiy va shimoli-sharqiy tomonlari hali xavotirli edi. Shu sababli Ulug`bek bu davrdaDashti Qipchoqda boshlangan o’zbek shahzodalarining o’zaro olishuvlariga hamda Mo’ng`ulistonda avj olgan ichki kurashlarga jiddiy e’tibor berishga va aralashishga majbur bo’ladi.

Ulug`bek ko’magi bilan Dashti Qipchoqda O’zbek ulusida Baroq O’g`lon, Mo’ng`ulistonda Shermuhammad O’g`lon hokimiyatni qo’lga oladilar. Qar ikki shahzodalar orqali Ulug`bek bu ikki qo’shni o’lkalarda o’z siyosatini o’tkazishni mo’ljallagan edi. Biroq bu xonlar Ulug`bekning ishonchini oqlamaydilar. Shundan so’ng Ulug`bek otasining rizosi bilan 1425-yilning erta bahorida Mo’ng`uliston ustiga yurish boshlaydi. Issiqko’l yaqinida, sodir bo’lgan to’qnashuvda Ulug`bek mo’ng`ullar ustidan g`alaba qozonadi va katta o’lja bilan Samarqandga qaytadi. O’ljalar orasida ikki bo’lak nefrit toshi ham bor edi. Keyinchalik bu nefritdan Amir Temur maqbarasi uchun qabr toshi yasattiriladi. Mo’ng`uliston urushi Ulug`bek olib borgan jiddiy urushlarning birinchisi va so’nggisi edi. Bu qirq yillik podsholik davrida Ulug`bek qozongan birinchi zafar edi. Bu zafarli yurishning nishoni tarzida Jizzax yaqinida Ilono’tti darasi ichida hijriy 828(1428)-yilda Ulug`bek tomonidan qoyatoshga yozdirilgan o’ziga xos "zafarnoma" hozirgi kungacha saqlangan.

Oradan ikki yil o’tgach Ulug`bek Dashti Qipchoqda o’z siyosiy mavqeini mustahkamlab olgan Baroq O’g`longa qarshi yurishga majbur bo’ladi. Ulug`bek yordami bilan o’zbeklar ulusida taxtdor bo’lib olgan Baroq O’g`lon uning muruvatini unutib, endilikda Sirdaryo bo’yidagi O’tror, Sabron va Sig`noq singari shaharlarga da’vogar bo’lib chiqadi. Unga qarshi yurishda Ulug`bekning omadi kelmaydi. Baroq O’g`lon Sig`noq yaqinida tunda Ulug`bek qo’shinini chor-atrofdan bosib, unga qattiq zarba beradi. Baroq O’g`lonning lashkari uni Samarqand ostonalarigacha ta’qib qilib boradi. Bu mag`lubiyatdan keyin Ulug`bek el-yurt va otasi oldida yuzi shuvut bo’lib, Samarqand taxtidan va Movarounnahr hukmdorligidan ajralishiga sal qoladi. Sig`noq mag`lubiyatidaft o’ziga kerakli saboqni chiqargan Ulug`bek, garchi umrining oxirigacha o’zga viloyatlarga harbiy yurish uyushtirishga jur’at qilmagan bo’lsa-da, XV asrning 30-40-yillari otasi Shohruh bilan Dashti Qipchoqning sharqiy qismida istiqomat qiluvchi aholini o’ziga bo’ysundirgan Abulxayrxonga (1428-1468) qarshi kurashishiga to’g`ri keladi. Ko’chmanchilar har yili ayniqsa qish faslida Movarounnahrning ichkarisiga bostirib kirar va o’troq aholini g`orat qilib qaytardilar. Masalan, Abulxayrxon yetakchiligida ko’chmanchilar 1431- va 1435-yillari Xorazmgacha bostirib kirib, uning g`arbiy qismini Urganch bilan qo’shib zabt etadilar. Biroq Dashti Qipchoq ko’chmanchilari va Abulxayrxon bilan kurashish Ulug`bek bilan Shohruh uchtin yengil ko’chmaydi.

Ulug`bek va Abdullatif Movarounnahrni idora etishda, ayniqsa uning tashqi siyosatida Ulug`bek ayrim hollardagina mustaqil harakat qilgan bo’lsa-da, immo aslida u Shohruhning Movarounnahrdagi intizomli va toatkor noibi bo’lib qoladi. Tashqi va ichki siyosatga aloqador lar qanday masalani u otasi bilan maslahatlashib va kelishib, ming rozi-rizoligi bilafr hal etishga harakat qiladi. Vaqt-vaqti )ilan u Qirotga borib unga hisob berib, Movarounnahr xirojining >ir qismini uning xazinasiga jo’natib turishga, Shohruhning iarbiy yurishlari vaqtida unga ma’lum miqdorda askar, ot-ulov, oziq-ovqat va qurol-aslaha yuborishga majbur edi.

Shohruh 1447-yil 12-mart kuni nevarasi Sulton Muhammad jyonini bostirish vaqtida Ray viloyatida olamdan o’tadi. Shohruh vafot etishi bilanoq Xuroson va Movarounnahrda temuriy shahzodalar o’rtasida toj-taxt uchun kurash yana avjga minib, lamlakatni beqarorlik chulg`ab oladi. Odatga ko’ra taxtga Shohruhning to’ng`ich o’g`li Ulug`bek o’tirishi kerak edi. Ammo Boysunqurning o’g`illari Alouddavla bilan Abulqosim Bobur Ulug`bekka qarshi harakat boshlaydilar. O’zboshimcha Shahzodalarga qarshi Ulug`bek qo’shin bilan chiqishga va ular bilan muzokaralar olib borib kelishishga majbur bo’ladi. Chunki 1447-yilning bahorida Alouddavla Ulug`bekning katta o’g`li Abdullatifning qo’shinini tor-mor keltirib, uni asrga olgan va Qirotdagi Ixtiyoriddin qal’asiga qamab qo’ygan edi. O’g`lining qurbon qilinishini istamagan Ulug`bek Alouddavla bilan sulh tuzadi. Bitimga ko’ra Abdullatif ozod qilinib, Ulug`bek esa Qirot va Xurosonga bo’lgan da’vosidan voz kechadi. Biroq ko’p vaqt o’tmay Abdullatif bilan Alouddavla munosabatlari yana Iceskinlashib ketadi. 1448-yilning bahorida Ulug`bek va Abdullatifning 90 ming kishilik birlashgan qo’shini Qirotga yurish qiladi. Tarnob yaqinida bo’lgan jangda Alouddavla qo’shini tor-mor keltirilib, Qirot qo’lga kiritiladi. Bu g`alabadan so’ng Abdullatif, garchi bobosi Shohruhning Qirotdagi taxtiga o’tirishga muyassar bo’lsa-da, ammo unda otasiga nisbatan adovat paydo bo’ladi. Chunki g`alaba to’g`risida tevarak-atrofga yuborilgan fathnomalarda Abdullatifning nomi inisi Abdulazizdan keyin tilga olinadi. Uning Ixtiyoriddin qal’asidagi xazinasi Ulug`bek tomonidan olib qo’yilib, ma’lum darajada adolatsizlik va mehribonsizlikka yo’l qo’yilgan edi. Bu, shubhasiz, o’ta shuhratparast hamda mol-dunyoga o’ch Abdullatif uchun yetarli bahona bo’ladi. U otasining dushmanlari bilan yashirin tarzda til biriktirib, zimdan Ulug`bekka qarshi harakat boshlaydi. Awalambor Abdullatif Qirotda bor-yo’g`i o’n besh kun hokimlik qiladi. Abulqosim Bobur qo’shinining shaharga yaqinlashib kelayotganidan xabar topib, poytaxtni jangsiz bo’shatib, Movarounnahr tomon qochadi. Ulug`bek farmoni bilan Balxga noib qilib tayinlangach, viloyatda "tamg`a"m bekor qilib, savdo-garlarni o’z tarafiga og`dirib oladi. Otasidan norozi bo’lgan amir-larni atrofiga to’playdi. Qatto Abulqosim Bobur bilan bog`-lanib, uni birlashib Ulug`bekka qarshi kurashga undaydi. Shun-day qilib Abdullatif o’z otasiga qarshi ochiqdan-ochiq dush-manlik yo’liga o’tadi.

Ulug`bek fojiasi Davlatning yaxlitligini saqlab qolmoq uchun Ulug`bekda o’zining isyonkor va makkor o’g`liga qarshi yurish qilishdan boshqa iloj qolmaydi. Ammo ayni zamonda mamlakatda siyosiy vaziyat keskinlashib, Ulug`bekning ahvolini yanada mushkullashtiradi.

Qirotdan Samarqandga qaytar ekan Ulug`bek old tomondan Dashti Qipchoq ko’chmanchilarining hujumiga duchor bo’ladi. Abulxayrxon boshchiligidagi ko’chmanchilar o’shanda Tashkent, Shohruhiya, Samarqand va Buxoro tevaragidagi qishloqlarni talab, podshoh va yirik mansabdorlarning shahar atrofidagi chorbog`lari va ko’sliklarini vayron qiladilar. Ikki tarafdan kelgan dushmanlar bilan bo’lgan to’qnashuvlar oqibatida Ulug`bek qo’shini qattiq shikast topib, u ancha-muncha zaiflashib qoladi. Shu vaqtda Samarqandda vaqtinchalik noib qilib qoldirilgan Ulug`bekning kichik o’g`li Abdulazizga qarshi Samarqand amirlarining noroziligi kuchayib, Ulug`bek uni bartaraf qilishga majbur bo’ladi. Otasining qiyin ahvolda qolganini kuzatib turgan Abdullatif qulay mrsatdan foydalanib, bosh ko’taradi va Amudaryodan kechib o’tib, Termiz, Kesh va Xuzorni osongina zabt etadi. So’ngra Samarqandga qarab yo’l oladi. 1449-yil oktabrida Damashq qishlog`i yaqinida qattiq jang bo’ladi va bu jangda Ulug`bek yengiladi. Samarqand amiri Mironshoh Qavchin shahar darvozalarini berkittirib Ulug`bekni ichkariga kirishga qo’ymaydi. U Shohruhiyaga ham kirolmaydi va Abdullatifga taslim bo’lishga majbur bo’ladi. Shahar qozisi Shamsuddin Muhammad Miskinning qarshiligiga qaramasdan, Abdullatif jaholatparast ulamolarning yashirin fatvosini chiqartirib, otasining o’ldirilishini uyushtiradi. Zamonasining mashhur olimi va hukmdori Mirzo Ulug`bek 1449-yil 27-oktabrda 55 yoshida Samarqand yaqinida fojiali suratda shahid bo’ldi.

Shunday qilib, Ulug`bek Movarounnahrni qirq yil idora qildi. Bu davrda mamlakatning siyosiy hayotida keskin kurash davorn etganligiga qaramay bobosi Amir Temurdan farqli o’laroq, u shiddatli harbiy yurishlar uyushtirib, qo’shni mamlakatlarni fath etishga intilmadi. Aksincha, u o’z davlatini mustahkamlashga, mamlakat birtigini saqlab qolishga va madaniy hayotni ko’tarishga, rivojlantirishga harakat qildi, bu yo’lda o’zi bosh bo’ldi.Хilosa qilib aytganda Mirzo Ulug`bek hokimiyatni boshqarishda omadi kelmaydi.

II-bob. Mirzo Ulug`bekning ilmiy maktabi.

2.1. Mirzo Ulug`bekning qomusiy olim sifatida ilm-fan rivojiga qo’shgan bebaho hissasi.

Garchand Amir Temur qudratli saltanat barpo etib, uning hududlarini sharqu

g’arbga, shimolu janubga kengaytirib, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy jihatlardan yuksaltirib dovrug’ini olamga mashhur qilgan bo’lsa-da, biroq uning vafotidan keyinmamlakat tanazzullikka uchrab bordi. Buning asosiy boisi avvalo shundaki, Amir Temurtasarrufiga kirgan ellar va yurtlar shu qadar xilma-xil, uzoq masofalarga cho’zilgan bo’lib,ularni yagona bir markazdan turib uzoq vaqt boshqarish murakkab edi. Buning ustigaulardagi mavjud turli-tuman muholifatchi kuchlar ertami-kech o’z hududiy mustaqilligi uchun harakat etishlari tabiiy edi.

Sohibqiron saltanatini zaiflashtirish va parchalanishga olib kelgan muhim

sabablardan yana biri - ko’p sonli temuriy shahzodalar o’rtasida toj-taxt talashib boshlanibketgan va bir necha yillarga cho’zilgan o’zaro besamar urushu nizolardir. Chunki, AmirTemur vafotidan so’ng uning ko’p sonli vorislari uning dono vasiyatlari, o’gitlariga quloqosmay, markaziy hokimiyatni egallash yo’lida jangu-jadalga kirishadilar.Amir Temur Xitoy yurishiga otlangan bir paytda O’trorda 1405 yil 18 fevraldakasallanib vafot etgan paytda uning 4 o’g’lidan 2 tasi (Mironshoh va Shohruh Mirzolar) va 19 ta nevara, 15 chevara, shuningdek, qizlari - Og’a begim, Sulton Baxt begim va Og’a begimning o’g’li Sulton Husayn Mirzolar qolgan edi.Amir Temur vasiyatiga ko’ra uning o’rnini Qobul, Qandahar va Shimoliy Hind erlarini boshqarib turgan nabirasi Pirmuhammad (Jahongir Mirzo o’g’li) egallashi kerakedi. Biroq shahzoda Halil Sulton (Mironshoh o’g’li)ning o’zboshimchalik bilan Samarqandni egallab, o’zini hukmdor deb e’lon qilishi, tabiiyki, boshqa shahzodalarning ham qo’zg’alishiga, saltanatning darz ketishiga olib keldi. Buning oqibatida tez orada g’arbiy hududlarning ancha qismi mustaqil bo’lib ajralib ketdi. Ozarbayjon tomonda turkmanlarning Oq quyunli va Qora quyunli sulolalarining Temur saltanatiga bo’ysunmaslik va unga qarshi qarshilik harakati kuchaydi. Amir Xudaydod va Shayx Nuriddinlar esa Movarounnahrning turli hududlarida bosh ko’tardilar1. Faqat qat’iyatli,shijoatli Shohruh Mirzo bu qonli nizolar, urushlarga barham berib, Xuroson va Movarounnahrda hokimiyat jilovini qo’lga kiritadi. U 1409 yilda ovarounnahrdagi vaziyatni o’z foydasiga hal etib, uni katta o’g’li Ulug’bekka topshiradi. Bobosi Amir Temur unga katta mehr bilan qarabyoshligidan o’z tarbiyasiga olgan. Ulkan tug’ma iste’dod, aql-zakovat sohibi bo’lgan Ulug’bek (Sohibqiron xonadonida uni shunday nom bilan erkalashgan) davlatboshqaruvini puxta egallashdan tashqari diniy va dunyoviy bilimlarni ham etuk darajadao’zlashtirgan. Mirzo Ulug’bek hukmronligi (1409-1449) temuriylar saltanatining an’anaviy rivoji va muhim

ijtimoiy o’zgarishlar yo’lidan ilgarilab berishida alohida davrni tashkil etadi. Negaki, bunda donishmand hukmdorning katta sa’y-harakatlari, to’g’ri yo’naltirilgan siyosati tufayli mamlakat daxlsizligi, tinchligi va osoyishtaligi nisbatan ta’minlandi. Bu esa uning iqtisodiy, madaniy va ma’naviy ravnaqiga sezilarli ijobiy ta’sir ko’rsatdi. O’sha davr tarixchilarining yakdil fikricha, Ulug’bek bobosi davridagi boshqaruv tizimini, barcha tartib-qoidalarni to’la saqlashga harakat qilgan. Soliq va moliya siyosatida ham bunga amal qilgan. To’g’ri, Ulug’bek Amir Temur singari jangu jadallarga qiziqmadi. Bu

sohaga uning ortiqcha rag’bati ham bo’lmagan. Faqat zaruriyat taqoza qilgandagina uharbiy yurishlarga otlangan.. Shu

boisdan ham endilikda uning faoliyatida mamlakat obodonchiligi, yurt tinchligi,

farovonligi, ilm-fan ravnaqiga oid masalalar asosiy o’rin egallaydi. Mamlakatda savdosotiq,hunarmandchilik va ziroatchilik avvalgidek rivojlanishda davom etadi. Ko’plab sun’iy sug’orish inshootlari barpo etiladi. Mamlakat Buyuk ipak yo’li orqali halqaro karvon savdosida faol ishtirok etadi. Samarqand, Buxoro, Shaxrisabz, Shosh va boshqa shaharlarda ko’plab hashamatli madrasalar, masjidu maqbaralar, karvonsaroylar qad rostlaydi. Uning bevosita rahnamoligida qurilgan tenggi yo’q me’moriy inshoot - rasadxona o’sha davr ilm-fani va texnikasining eng so’nggi yutuqlarini o’zida mujassam etgan edi.

Ulug’bekning 1428 yilda o’tkazgan pul islohoti ham mamlakatda savdo-sotiq va

pul muomalasini, moliya siyosatini yo’lga qo’yishda muhim voqea bo’lgan. Ulug’bek muomalaga chiqargan yangi vazndagi tanga pullar o’z qadri, qimmati bilan iqtisodiy hayotni jonlantirish, savdo-sotiqni rivojlantirishda alohida rol o’ynadi. Uning davrida ham yuqori tabaqa vakillariga, harbiy sarkardalar, oliy ruhoniylarga avvalgidek alohida imtiyozlar berish tartibi hukm surdi. Bundan tashqari davlatning katta ma’naviy tayanchi hisoblangan diniy muassasalar ixtiyorida ham ulkan miqyosdagi vaqf erlari to’plangan edi.

Temuriylar davrida aholi to’laydigan turli-tuman soliqlar orasida xiroj (er solig’i)

alohida ajralib turardi. Dehqonlar etishtirgan hosilning kamida uchdan bir qismi xiroj solig’iga to’langan. Bundan tashqari ushr (daromadning o’ndan bir qismi), tamg’a (savdosotiq, hunarmand ahlidan olinadigan soliq), zakot, tutun solig’i, bog’ solig’i, uloq (davlat xizmatidagilar uchun), dorug’ona (harbiy qo’riqchilar uchun), mirobona (suv etkazib beruvchilar uchun), yasoq (chorva mollari uchun), begor (davlat hisobiga ishlab berish: saroy qurilishi, ariq, kanallar qazish uchun) va boshqa soliq va majburiyatlar joriy etilgandi.

Ulug’bek o’z davlat siyosatida qanchalik oqil va izchil siyosat yuritishga, ilm-fan ahliga, din peshvolariga homiylik qilish, savdo-tijorat va hunarmand ahliga rag’bat ko’rsatishga harakat qilmasin, unga qarshi muxolifatchi kuchlar ham anchagina bor edi. Ulug’bek katta er egalarining oddiy fuqarolarga nisbatan suiiste’molchiliklarini cheklash tadbirlarini ko’rganda, ular «taxtdagi olim»ga qarshi chiqdilar. Ruhoniylar orasidagi jaholatparast unsurlar Ulug’bekni islom diniga zarar keltiruvchi «betavfiq hukmdor» deb tashviqot yuritdilar. Shu tariqa, jaholatparastlar ilmga, o’z manfaatini xalq manfaatidan ustun qo’yyuchilar taraqqiyotga qarshi chiqdilar. Ulug’bek mamlakatdagi turli ijtimoiysiyosiy

guruhlar o’rtasidagi ichki ziddiyatlarni, mutaassib, reaktsion kuchlar

muxolifatchiligini oxirigacha bartaraf eta olmadi. Bu esa XV asrning 40-yillari oxirlariga kelib Movarounnahr davlatini beqarorlik va chuqur ijtimoiy larzalarga duchor etdi. Mamlakat qo’shinining jangovor holatda bo’lmaganligi va turli joylarga sochilganligi esa Dashti Qipchoq ko’chmanchilarining bu erlarga tez-tez bostirib kelib, yurtni talashi uchun keng yo’l ochib bergandi. Xususan, 1447 yilda Shohruh Mirzo vafoti munosabati bilan Ulug’bekning ota taxtiga da’vogarlik qilib Xurosonga yurishi, jiyani Aloudovla va boshqa merosxo’rlar bilan hokimiyat talashishi, uning yo’qligida Abulxayrxon boshliq Dashti

Qipchoqliklarning Movorounnahr erlarini g’orat qilishi va nihoyat, qora kuchlar ig’vosi tufayli o’z o’g’li Abdullatif bilan boshlangan nizoning katta jangga aylanib, unda Ulug’bekning mag’lub bo’lishi - bular nafaqat uning fojiali o’limi bilan yakun topib qolmay, ayni paytda Temuriylar sulolasi inqirozini yanada chuqurlashtirishga olib keldi. Ulug’bek akademiyasi tarqalib ketdi, kutubxonadagi kitoblar yondirildi, olimlar boshi oqqan tomonga ketishga majbur bo’ldi..

Ilm-fan ravnaqi Temuriylar ma’naviy madaniyati to’g’risida gap borganda, dastavval,ona yurtimizda Uyg’onishi davrining ikkinchi bosqichi bo’lgan bu oltin asrda ilm-fanning nechog’lik ravnaq topganligi hamda uning jahon ilmu urfoni taraqqiyotiga qo’shgan bebaho hissasi haqida har qancha g’ururlansak arziydi.

Mirzo Ulug’bek

qalamiga mansub

asarlar:

«Ziji Ko’ragoniy». Bu asarda 1018 ta

yulduzning o’rni, holati aniqlangan. jahondagi

683 ta geografik joylarning Samarqand

kengligiga nisbatan koordinatlari belgilangan.

«To’rt ulus tarixi»



Qozizoda Rumiy

asarlari:

«Risola fil hisob» («Hisobga doir risola»)

«Sharhi Mulahhas fil-hay’yat» («Astronomiya

asoslariga sharh»)

«Risolatul jayb» («Sinus haqida risola»)

Taftazoniyning «Miftahul-ulum» («Ilmlar

kaliti») asariga sharh

G’iyosiddin

Jamshid asarlari:

«Suslam us-samo» («Osmon norvoni»)

«Risolat ul-atvor val-jayb» («Vatarlar va sinus

haqida risola»)



Ulug’bek akademiyasi olimlari ijodidan namunalar

Ali Qushchi asarlari:

«Risola dor ilmi hisob»

«Risolai qusur»

«Risola dar handasa»

«Risola dar falakiyot»

«Risola dar ilmi hay’yat»

«Risolai mantiq»

Bu davrning yana bir muhim yutug’i-bu ijtimoiy fanlar, xususan, tarixshunoslik

sohasida katta tadqiqotlarning yaratilganligidir. Bu xayrli ishlarning yuzaga chiqishida ham temuriy hukmdorlar tashabbusi va rahnamoligi beqiyos bo’lgan. Jumladan, Amir Temurning «Tuzuklari», Mirzo Ulug’bekning «To’rt ulus tarixi», Bobur Mirzoning «Boburnoma»si ijtimoiy fanlar rivojiga ayricha ta’sir ko’rsatganligi shubhasizdir.

Temuriylar davrida salmoqli iz qoldirgan alloma olimlardan Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Yazdiyning «Zafarnoma», Xofizu Abruning «Zubdat at-tavorix», Abdurazzoq Samarqandiyning «Matla ul-sa’dain» va «Majma’ ul-bahrayn» («Ikki saodatli yulduzning chiqish o’rni va ikki azim daryoning quyilish joyi»), Ibn Arabshohning «Amir Temur tarixi», Mirxondning etti jildli «Ravzat ul-safo» («Poklik bog’i»), Xondamirning «Makorimul axloq» («Yaxshi fazilatlar»), «Xabibus siyar fi axboru afodul bashar» («Xabarlar va bashariyat odamlaridan dilga yaqin siyratlari») asarlari o’sha zamon tarixshunoslik ilmining yuksaklik darajasini o’zida ifoda etadi1. Хulosa qilib aytadigan bo’lsak Eng muhimi, bu davr AmirTemurdek buyuk siymoni tarix maydoniga chiqardi. Bu zoti sharif va uning avlodlarining mislsiz sa’y-harakatlari, bunyodkorlik faoliyati tufayli Movarounnahr va Xuroson

o’lkalari ulkan o’zgarishlarga yuz tutdi. Mo’g’ullarning bir yarim asrlik bosqini va zulmasoratidan butunlay xalos bo’lgan ona yurtimiz qudratli saltanat darajasiga ko’tarildi. Ayni chog’da u ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy jihatlardan yuksalib, jahonga dovrug’ taratdi. Ulug’ ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyatning yuksak namunalari, duru javohirlari mana necha asrlardirki, jahon ahlini hayratga solib, minnatdor avlodlar ardog’ida e’zozlanib kelmoqda.

2.2. Ulug`bekning “To’rt ulus tarixi” asari tarixiy manba sifatida
Mirzo Ulugbek iki yirik asar yozib koldirdi. Bulardan biri «Zichi Jadidi Kuragoniy» bulib, klassik astronomiyani nazariy va amaliy masalalarini kamrab olgan ; Samarkand astronomlarining kup yillik ilmiy kuzatishlarini bayon etuvchi kapital asar xisoblanadi.

Ikkinchisi tarixiy asar mamlakatning ijtimoiy – siyosiy tarixi kiska tarzda bayon etilgan. Asar «Ulus – i arba’yi Chingiziy» (Chingiziylarning turt ulusi tarixi) yoki «Tarixiy– i arba ulus» (Turt ulus tarixi) nomi bilan mashxur. 1425 yilda yozib tomomlangan. «Tarix– i arba ulus» mukaddima va turt kismdan iborat.

Mukaddima O’rta asrlar tarixchilar urtasida xukm surgan an’anaga kura islomiyatdan avval utgan paygambarlar, turklarning afsonaviy ota – bobolari xisoblangan Yofas ibn Nux va uning farzandi Turkxon, shuningdek , Turk – mugul kabilalari va Chingizxon ta’rifi bayon kilingan.

Birinchi kism, Ulug yurt, ya’ni Muguliston va Shimoliy Xitoy tarixi: Ugadayxon (1227 – 1241) davridan to Arikbugunning avlodi Urdayxon zamonigacha yuz bergan vokealarni uz ichiga oladi. Ikkinchi kismda Jush ulusi, ya’ni Oltin Urda tarixi (Jujixon davridan to Shoxruxning zamondosh bulishi Muxammadxon zamonigacha; XIII – XIV asrlardagi tarixi talkin etilgan). Shuni xam aytish kerakki, muallif mazkur ulusda xukmronlik kilgan xar bir xukmdor (xon) ustida kiskacha va aloxida – aloxida tuxtalib, ularning davrida sodir bulgan vokealardan eng muximlarini bayon etgan.

«Tarix – i arbob ulus» ning ayrim kismlari, xususan uning turtinchi kismi kup jixatdan Sharafuddin Ali Yazdiyning «Mukaddimai Zafarnoma» siga uxshab ketadi, lekin «Tarix arbo ulus» bir muncha tula asar.

Bundan tashkari, unda turt ulus urtasidagi siyosiy munosabatlar «Uzbek» etnomining kelib chikish vakti xususida xam kimmatli ma’lumotlar uchratamiz.

Kiskasi, «Tarix – i arba ulus» O’rta Osiyo va Kozogistonning XIII – XIV asrlardagi tarixini urganishda ayniksa, Chigatoy ulusi tarixini urganishda muxim manbadan biri vazifasini utashi mumkin.

Ko’rilayotgan davr ichida O’rta Osiyo xalqlari madaniy hayoti murakkab va mashaqqatli yo’lni bosib o’tdi. Uzaro qirg`inbarot urushlar, tez-tez bo’lib turadigan chet el bosqinchilarining talon-torojlari ba’zida xalqning asrlar bo’yi yaralgan ma’naviy va moddiy madaniyati boyliklarini bir uyum xaroba va kulga aylantirar, faqat mo’’jiza bilan saqlanib qolgan urug`largina madaniyatning yangi nihollarini etishtirardi. Xalqning fidoyi o’g`il-qizlari ularni sevib parvarishlar, shogirdlar va o’rinbosarlar tayyorlashar, o’zlaridan oldin o’tgan ajdodlarning an’analarini davom ettirar edilar. Temur o’limidan keyin ham shun­day bo’ldi. Temurning ulkan feodal davlati qilich va qalqon itoatida edi. Xalq ommasi esa feodallarning jabr-zulmi ostida yashardi.

Temur vafotidan so’ng (5.02.1405 yil) hokimiyat uchun kurash boshlanadi va to’rt yildan so’ng Temurning o’g`li Shohruh bu kurashda g`olib chiqadi. U otasi idora qilgan hokimiyatni ikki kismga bo’ldi: markazi Qirotda bo’lgan, o’zi boshqargan Xuroson davlati va markazi Samarqandda bo’lgan, o’g`li Ulug`bek boshqargan Movarounnahr davlati.

Temurning nabirasi Shohruhning to’ng`ich o’g`li Ulug`bek 1394 yil 22 martda (796 yil) Sultoniya shahrida, Shoh­ruhning 17 yashar xotini Gavharshodbegimdan tug`ildi. Gavharshodning otasi Chig`atoy zodagonlari vakili, Chingizxon hayotini saqlab qolgan Kishliqning o’g`li Giyosiddin Tarxon edi. Temur vafotidan so’ng Shohruhning xotini erining hukmronlik yillarida muhim rol o’ynadi. Yangi tug`ilgan chaqaloqqa Muhammad Tarag`ay nomi berildi. Lekin hali Temur hayotligi davridayoq uni Ulug`bek deb atashardi.

1404 yil kuzida «Etti yillik» yurishdan qaytgan amir Temur o’z g`alabalariga qo’shib, 9 yoshdan 17 yoshgacha bo’lgan beshta nabirasining to’yini xam qo’shib o’tkazdi. Ular safida o’n yoshli Ulug`bek xam bor edi. Uning qallig`i - amakisi Muhammad Sultonning (uning sharafiga Go’ri Amir maqbarasi qurilgan) qizi Og`abegim (yoki Og`abeka) edi, u ham keyinchalik Go’ri Amir xilxonalarining biriga dafn qilingan. Ulug`bek 15-16 yoshida, 1409 yilda otasi Shohruh tomonidan Movarounnahr hokimi etib tayinlandi. Ikki yildan keyin 1411 yili 17 yoshli Ulug`bek shimoli-g`arbiy Amudaryodan Sig`noqgacha, shimoli-sharqda esa Ashpara (Isfara) gacha bo’lgan ulkan muzofotning hukmdoriga aylandi. Qokimiyat jilovi Shohrux qo’lida bo’lsa-da, zamondoshlari Ulug`bekni itoatdagi shoh deb bilmasdilar.

Ulugbekning harbiy siyosati shu bilan ajralib turardiki, u doimo urush ochmas, zaruriyat tug`ilib qolganda, jangari qo’shnilar tomonidan xavf tug`ilganida urushga kirardi. Masalan, 1414 yilda Ulug`bek Farg`ona shahzodasi sulton Ahmadga qarshi muvaffaqiyatli urush olib bordi. Farg`ona, keyin Koshg`ar Movarounnahrga qo’shib olindi.

Mo’g`ulistonning kuchayib borayotgan xonlari Ulug`bekka tahdid solib turishardi. Avvaliga Ulug`bek ularni itoatda tutdi, lekin tezda ular bo’ysunmasdan qo’ydilar.

Chunonchi, 1423 yilgi yurish vaqtida Ulug`bek Chu daryosiga etib keldi va 1425 yilning bahorida Ketmontepa jangida uning qo’shini Sher Muhammadxon ustidan g`olib chiqdi. Boshqa boyliklar qatori Ulug`bek ikki bo’lak nefrit - yashma toshni ham o’lja oldi. Ular shunchalik og`ir ediki, Samarqandga yuborish uchun maxsus yuk ko’targich qilishga to’g`ri keldi. Keyinchalik Ulug`bek hukmiga kura ulardan Temurga qabrtoshi tayyorlandi. 1425 yilgi zafarli yurish sharafiga Ulug`bek Ilon o’ti degan erdagi Jalol ota devonidagi tog` qoyasiga bitik bitishni buyurdi. Unda shunday so’zlar yozilgan: Ulug` tangrining... qo’llab-quvvatlashi birlan ulug`sulton, jamiy podshohlar hukmdori, tangrining erdagi soyasi, islom dinining tug`dori, din homiysi Mu’iniddin Ulug`bek ko’rag`on, tangri oning saltanatini poydor qilsun. Jete va Mo’g`ulistonga yurish vaqtida ushbu erdan o’tg`on. Qijriy, 828 yil. U bizning davrimizgacha saqlanib qolgan. Boshqa siyosatga nisbatan ham ko’proq ichki siyosatda Ulug`bek o’zining bobosiga taassub qilardi. Agar Shohruhni musulmonlar shohi deb atashgan bo’lsa, Ulug`bek aksincha, ruhoniylar bilan unchalik chiqishmadi.

XV asr boshlarida tuzilgan, O’rta Osiyo darveshlarining tarixiga oid «Rashaxot aynul xayat» («xayot bulogi tomchilari») asarida darveshlarning Ulugbekka_ dushmanona munosabatda bo’lishiga doir misollar ko’p uchraydi. Qatto Buxoro darveshlarining boshlig`i, Abdurahmon Jomiyning ma’naviy padari Muhammad Porso ham dastavval ittifoqdosh bo’lsa-da, bora-bora shohning nazaridan chetda qoldi. Ulug`bek davrida O’rta Osiyo tarixini batafsil yozib chiqqan V^V. Bartold kuyidagi voqeani keltiradi Samarqandga Shamsiddin Muhammad ibn Muhammad al-Jazoiriy (2 dekabr’ 1429 yil Sherozda vafot etgan) ruhoniylar ishlatayotgan hadislarning chin yoki soxtaligini tekshirish uchun keladi. U bilan bahsda ishtirok etish uchun Ulug`bek Muhammad Porsoni taklif etadi va kimning nomidan hadisni sharhlab berishini so’raydi. Sinov Shayxulislom Isomiddin va boshqa faqih va muhaddislar ishtirokida o’tkaziladi. Muhammad Porso tarafidan aytilgan bnr necha oyatlar ishtirok etuvchilar tomonidan shubha ostiga olinganda, Muhammad Porso Shayxulislom kutubxonasidan Shamsiddin ham e’tirof etgan kitoblardan birini keltirishni buyuradi. U hatto kitob qaysi javonda-yu, zarur hadis qaysi sahifada ekanini aytib beradi, holbuki u Shayxulislom kutubxonasida avvallari sira bo’lmagan edi. Muhammad Porso boshqa paytlar ham o’z ilmining bilimdoni ekanligini namoyish etgan edi.

Tarixiy adabiyotlarda Ulug`bekning Xoja Ahror bilan munosabati o’ta bahslidir. Xoja Ahror Samarqandga 22 yoshida, 1426 yili kelgan, Ulug`bek usha paytlari 32 yoshda edi. Demak, Xoja Ahror Ulug`bekdan 10 yosh kichik bo’lgan. Xoja Ahrorning «Ubaydullanoma» tarjimai hol kitobidan anglashiladiki, u oz fursat Ulug`bek madrasasida o’qigan, uning ma’ruzalarini tinglagan. Madrasani bitirgach, mudarris etib qoldirilgan. Xoja Ahror­ning katta kuyovi Abdurahmon Nishopuriy uzining nodir «Musammos» («Muloqot») asarida aytib o’tadiki, "bayram va ayyom kunlari Ulug`bek va Xoja Ahror o’rtasida madrasada tarix, falsafa, din asoslarining turli masalalari bo’yicha o’tkir bahslar bo’l­gan. Bu bahslar olomon ko’z oldida o’tar va muallif ta’kidlashicha, Ulug`bek va Xoja Ahrorning qizg`in bahslari xususida guvohlik berardi. Ulug`bek shariat doirasida fanni o’rganish va bilim olishning afzalliklari haqida dadil fikrlar aytar, Xoja Ahror esa Islom qonunlarining asosiga amal qilishni talab qilar, fiqh va hadis oyatlaridan ma’ruzalar o’qirdi. Bu bahslarda boshqa olimlar, shoirlar mudarrislar, talabalar ham ishtirok etishardi. Lenin Xoja Ahror bilan Ulug`bekning ilmiy bahslari Ulug`bek o’limiga dindorlar sababchi, degan fikrga olib kelmasligi kerak. Ammo shuni ham aytib o’tish joizki,Ulug`bek feodal davlat hukmdori sifatida ateizm va ijtimoiy adolat printsiplariga amal qilish g`oyalaridan yiroq edi, u hamisha bobosi amir Temur kabi musulmon zodagonlarining tarafdori edi. Manbalarda yozilishicha, Ulug`bek davrida alohida imtiyozlardan taniqli shayxlar foydalanishgan. Xoja Qasan Attor, Nizomiddin Xomush (Xoja Ahrorning asosiy ustozlaridan biri), Shayx Yoqub, Charxiy sulton Ulug`bekning alohida ishonchiga sazovor edilar. Ulug`bek ham ruhoniylarsiz mamlakatni boshqara olmasligini tushunardi. So’fiylik va darveshlikning g`oyaviy markazi bo’lgan Buxoro madrasalari va xonaqohlari Ulug`bekning aloxida e’tiborida edi. U Buxoroning marhamatiga sazovor bo’lishga urinardi. Ulug`bek hokimligining ilk yillaridayoq Buxoroda Madrasa qurdira boshlagan va uni 1419 yili yakunlagan. Buxoro ziyoratida u mana shu binoda to’xtadi va talabalar hamda hurmatli zotlarga sovg`alar ulashib chiqdi.

Ulug`bekning Samarkand qurilishlarida ham diniy muassasalar alohida o’rin tutgan. Bu qurilishlar uchun bugungi «Registon» deb yuritiladigan bozor maydoni tanlab olingan. Abdurazzoq Samarqandiyning fikricha, Samarqand maydonida madrasalar qurilishi 820 (1417) yilda boshlangan bo’lib, 823 (1420) yilda tugallangan. V. V. Bartold bu ajoyib binoning me’mori noma’lum desa-da, uzbek olimlarining bu sohadagi izlanishlari muvaffaqiyatli tugadi. Bu madrasaning bosh me’mori Kozizoda Rumiyning shogirdi Kamoliddin Muhandisligi aniqlandi. Bino ikki qavat va to’rt minoradan iborat bo’lib, bino burchaklaridagi bu minoralar bo’yi 38 metrga etadi, hujralar 2 talaba uchun ikki qismga bo’lingan.

Buxoro va Samarqanddagi Ulug`bek qurdirgan madrasalar eng uzoq umr ko’rdi, XV asrda yaratilgan boshqa madrasalarning ko’plari vayron bo’lgan. O’rta Osiyoga 1842-1843 yillarda safar qilgan P. Xanikovning guvohlik berishicha, bu madrasalar binolari nurab turgan. V. L. Vyatkinning yozishicha, Samarqand madrasala­ri o’quv yurtlari sifatida 1927 yilgacha ishlab turgan. N. Xanikov Ulug`bekning Buxoro madrasasi 80 xonadan iborat ekanligini, talabalar oyiga o’rtacha 3,5 tilla pul olishlarini ezdi. Bino eshigida quyidagi bitik bor: «Utlibu-l-ilma farizatun li muslimuna va muslimatin» («ilm olmoqqa intilmoq har bir mus­lim va muslima uchun qarzdir»). XVI-XIX asrlar tarixchilari Mirxond, Xondamir, Davlatshoh Samarqandiy, Sayd Roqim, Rahmatullo Vozoh, Abu Tohir Xoja Samarqandiy va boshqalar Ulug`bek madrasalari faoliyati haqida yozganlar. O’rta Osiyolik bu tarixchilarning ma’lumotlaridan biz Ulug`bekning o’zi falakiyotshunoslik ilmidan toliblarga dars berganini bilib olamiz.

Afsuski, rasmiy tarixshunoslik Ulug`bekning ma’lumoti xususida aniq ma’lumotlarga ega emas. Ma’lumki, Ulug`bekning birinchi tarbiyachisi uning buvisi Saroymulkxonim edi. 1405-1411 yillarda u Amir Shoh Malik tarbiyasida bo’ldi. «Rashohat» dan Samarqanddagi madrasaning bosh quruvchisi amir Shoh Malik uning tarbiyachisi ekanini. bilib olamiz.

1397-1398 yillarda Ulug`bek shoir va taniqli olim, bir turkum falsafiy-axloqiy asarlar muallifi shayx Orif Ozariy qulida Sadr qutbiddin madrasasida o’qidi. Orif Ozariy bir necha yil davomida Ulug`bekning tarbiyachisi bo’lgan. Temurning eron va Old Osiyo viloyatlariga qilgan 1399-1404 yilgi yurishlarida Ulug`bek Marogada (Ozarbayjon) Nasriddin Tusiy rasadxonasining xarobalarini ziyorat qildi. Aftidan uni falakiyotshunos Mavlono Ahmad bilan Temur xizmatida bo’lgan qozi­zoda Rumiy kuzatib borgan. Shundan boshlab qozizoda Rumiy shahzodaning doimiy ustoziga aylanadi.

Kozizoda Rumiyning shahzodaga bag`ishlangan «Matematika asoslari» kitobi shunga guvohlik beradi. Bu kitob talabalarga matematikadan asosiy qo’llanma sifatida XV-XIX asrlarda ham xizmat qildi.

O’rta Osiyo tarixshunoslarining yozishlaricha, Ulug`bek Madrasa mudarrisi bo’libgina qolmasdan, eng yaxshi muallimlarni tanlashda shaxsan katnashgan. Madrasaning birinchi domlasi faylasuf va fiqh ilmi bilimdoni Muhammad Xavofiy edi.

Madrasa ochilishi marosimida u birinchilardan bo’lib tinglovchilar huzurida ma’ruza o’qidi. Mashhur «Aflotuni zamon» Kozizoda Rumiy madrasada tabiiy fanlar bo’yicha etakchi mudarris edi. Vosifiyning yozishicha, Madrasa qurilishi bitgandan so’ng Ulug`bekdan so’rashadi; «Kim madrasaning bosh mudarrisi (rektori) bo’ladi?» Ulug`bek bu odam barcha fanlar bo’yicha komil odam bo’lishi kerak, deb javob beradi. Ulug`bek so’zini eshitgan eski kiyimda, g`ishtlar orasida madrasa quruvchilari bilan o’tirgan Mavlono Muhammad bu vazifaga o’zining haqqi borligini aytadi. Mavlono Muhammad Madrasa qurilishida qora ishchi si­fatida qatnashgan (Abu Tohir Xoja Samarqandiy). Ulug`bek u bilan suhbatlashib ko’rib tezda uning zukkoligiga amin bo’lgan. Shuning uchun Madrasa ochilishida unga mudarris sifatida birinchi bo’lib ma’ruza qilish huquqi berildi. Bu erda 90 dan ortiq olim ishtirok etgan bo’lsa-da, Muhammad Qavofiy ma’ruzasi mazmunini Ulug`bek va Kozizodagina anglab etganlar.

Ulug`bek maktabi tarixida etakchi rolni ulkan falakiyotshunos va riyozatchi (matematik) Giyosiddin Jamshid bin-Ma’sud Koshoniy o’ynadi. U Ulug`bek rasadxonasining etakchi olimlaridan va falakiyotshunoslik jihozlari haqida risola muallifi edi. Shuningdek, Ulug`bek va qozizodaning shogirdi va izdoshi samarqandlik Alouddin ibn Muhammad Kushchi «O’z zamonasining Ptolomeyi» edi. Nihoyat, Ulug`bek maktabi shogirdlaridan, uning asarlari sharhchisi, qozizoda Rumiyning nevarasi Mirim Chalabiy e’tiborni tortardi.

Ko’rinib turibdiki, Ulug`bek ma’lumoti jihatidan ustozi Kozizodadan o’zib ketdi va atrofiga o’z davrining eng ilg`or ziyolilarini tarixchilar, adabiyotshunoslar, shoirlar, san’atshunoslar, tabiiy fanlar vakillarini to’plagan edi. Ular orasida matematik va falakiyotchilar faxrli o’rinni eg`allardi. Ulug`bekning rahbarligi va ishtirokida madrasada ilmiy ishlar muvaffaqiyatli rivojlandi.

Kuyidagi voqea madrasada tabiiy fanlar etakchilik qilishidan dalolat beradi: Xoja Ahror haqidag`i ma’lumotlarda yozilishicha, uning shogirdlaridan biri Abu Sayd Avbaxiy (Bartoldda- Ubaxiy), avval Ulug`bek madrasasida o’qib, kitob ilmidan ko’ngli qolgan. U Xoja Ahror bilan tanishgach, o’z o’rtoqlariga din ilmini o’rganish uchun eshon huzuriga borayotganini aytib, o’z buyumlari va kitoblarini ulashib chiqadi. «Tarixchi jahongir» kitobi muallifi Davlatshoh Samarqandiyning` yozishicha (XVI asr boshi), Ulug`bek madrasasida yuzdan ortiq talaba o’qigan. Bu Madrasa toliblari orasida Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Qusayn Boyqaro, Mutribiy Samarqandiy, tarixchi Sayd Roqim va boshqa ko’plab mashhur bo’lgan kishilar bor edi. XVI asrda toliblar soni keskin ko’paydi. Shuning uchun mudarrislarning o’zi o’ndan ortiq edi, deb xabar beradi «Abdullanoma» muallifi. Bosh mudarris barcha Samarkand olimlarining boshlig`i hisoblanardi. XV asr o’rtalarida Abdurahmon Jomiy bosh mudarris edi.

Jamiyatning iqtisodiy tuzilishi, ya’ni bazisi siyosiy va huquqiy qurilishni aniqlaydi. Unga jamiyat a’zolarining g`oyaviy qarashlari ham mos keladi. Ulug`bek o’z davrining farzandi edi. Usha paytlarda O’rta Osiyoda hukmronlik qilayotgan dunyoqarash- hamma tabiat va jamiyat hodisalari Alloh irodasiga bog`liq, deb tushunilardi. Islomga qarshi chiqadigan har qanday qarash ta’qib ostiga olinar va jazolanardi.

Biz yuqorida O’rta Osiyo qomusiy olimi al Beruniyning geliotsentrik (quyosh-markazlik) qarashlarini keltirgandik. Shubhasiz, bu qarashlar Ulug`bek va uning maktabiga ayon edi. Lekin Beruniy juda ehtiyotkorlik bilan fikr yuritgandi. Bu ehtiyotkorlik Ulug`bek falakiyot maktabiga ham xos edi. Bu maktab xodimlari ilmiy ishlarining asosida geotsentrik (er-markazlik) g`oyasi bo’lsa-da, geliotsentrik qarash ham ularga yot emas edi. Masalan, Mirim Chalabiy yozadi: «Murakkab harakatni qiyoslasa bo’ladigan qulay nuqta olam markazi sifatida Er emas. Lekin odatda uni shu markaz sifatida qabul qilishadi»-bu dunyoning geliotsentrik tuzilishiga ishora edi. Ulug`bek maktabi rasman geliotsentrik sistemaga amal qilgani davr talabi qonuniyatidan kelib chiqardi. Shuning uchun bu hol Ulug`bek asarlarining ahamiyatiga soya sololma’tdi, garchi ularda diniy bo’yoq bo’lsa-da. Shu bilan birga O’rta Osiyo tarixshunoslari Ulug`bekni birmuncha erkin fikrlovchilar qatoriga kiritishadi.

Musulmonlik nuqtai nazaridan Ulug`bek benuqson hukmdor emasdi, albatta. Lekin Bartold fikricha, o’z hukmini Alloh va uning payg`ambaridan ustun qo’yadigan zolim shoh ham emas edi. Bu o’rinda Xondamir yozib qoldirgan bir voqeani eslatib o’tamiz. Shohruhning poytaxti Qirotda taniqli mutasavvif shayx Kosim Anvar yashardi (1432 yilda vafot etgan). Ulug`bek esa uning muridi edi. U asli Ozarbayjondan. Yoshligida so’l xurufiylar harakatiga yaqin bo’lgan. U Nuriddin Abdurahmon Jomiyning (1414-1492 yy.) ham ustozlaridan biri edi.

Abdurahmon Jomiy 1487 yilda yozgan umrnoma qasidasidan xulosa chiqarish mumkinki, u she’riyat, grammatika, mantiq, yunon va Sharq falsafasini, tabiiy fanlarni, matematikani, falakiyot ilmini va tarixni chuqur o’rgangan. «Tafakkur ko’zgusi» antalogiyasi muallifi Shihran Ludiy yozishicha, Jomiy bitgan 99 ta kitobning hammasi eron, Turkiya, Qindiston olimlari tomonidan ma’qullangan. Ular bu asarlardan hech biriga e’tiroz bildirmaganlar. Yuqorida zikr etilgan, Xondamir foydalangan qasidadan ko’rinadiki, Jomiy Samarqandda o’qiganida Ulug`bekni yaxshi eslab qolgan. Shuning uchun Jomiy ishonchli xabar berib aytadiki, o’zi tez-tez uchrashib turgan qosimi Anvarning«Tojdorlar islomdan yuz o’girganlar» degan fikrida jon borga o’xshaydi.

XV asr O’rta Osiyo uchun ikki dunyoqarashning ayovsiz kurashi davri hisoblanadi. Ulardan birining vakili Temurning nabirasi, Amir Temur davlatining sobiq poytaxti Samarqandda qirq yil podsholik qilgan Mirzo Ulug`bek bo’lsa, ikkinchisining va­kili esa uning yosh zamondoshi, Naqshbandiylardan bo’lgan darvesh Mirzo Ulug`bek vafotidan so’ng ikki yil o’tmayoq o’zining ulkan diniy ta’siridan foydalanib siyosiy hokimiyatni qo’lga olgan va Temurning haqiqiy yoki uzoqroq avlodlari vositasida mamlakatni qariyb qirq yil boshqargan Xoja Ahror edi.» Bu fikrlarda mubolaga bor, albatta.

Ulug`bek olim va mutafakkir sifatida tanilgan davrga qaytamiz. Madrasada Ulug`bek saboq beradigan ilmlar orasida, yuqorida aytdik, falakiyot (astronomiya) alohida o’rin egallardi. Shu bois madrasa qurilgach, to’rt yil o’tib, rasadxona qurilishi boshlandi. Chunki 1259 yilda Nasriddin Tusiy tashabbusi bilan Marog`ada qurilgan so’nggi musulmon rasadxonasi ham XIV asrning birinchi yarmidayoq vayronaga aylangan edi.

Abu Tohir Xoja Samarqandiy «Samariya»da bu voqealarni quyidagicha bayon etadi: «Mirzo Ulug`bek Madrasa bunyod qilgach, to’rt yildan so’ng, qozizoda Rumiy, mavlono g`iyosiddin Jamshid va mavlono Muiniddin Koshiy bilan maslahatlashib, Ko’hak quyisida, Obirahmat arig`i yoqasida hashamatli rasadxona binosini bunyod etdi. Bino atrofiga qaddi baland xujralar qurdirdi, rasadxona atrofida esa ajoyib bog` barpo etdiki, keyinchalik ko’p vaqtini shu bog`da o’tkazdi». Bobur ham bu haqda shunday yozadi: «Mirzo Ulug`bek Ko’hak etagida zijlar tuzish uchun uch qavatli juda baland rasadxona binosini bunyod etdi.»

1   2   3


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət