Ana səhifə

Soliqlar va soliqqa tortish


Yüklə 1.88 Mb.
səhifə5/31
tarix26.06.2016
ölçüsü1.88 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31


V. Dasturning informatsion-uslubiy ta‘minoti
Tavsiya etilayotgan mavzular bo‘yicha ta‘limning zamonaviy, xususan, interfaol metodlari, pedagogik va axborot kommunikatsiya (amaliy dastur paketlari, prezentatsion, elektron-didaktik) texnologiyalari qo‘llanilishi nazarda tutilgan. Jumladan, kompyuter programmalari yordamida fanni o’rganish uchun kerakli manbalar nazariy jihatdan shakllantiriladi va undagi ma‘lumotlar o‘rganiladi. “Soliq nazariyasi” fanini o‘qitishda multimedia jihozlaridan foydalanib, mavzular bo‘yicha ishlab chiqilgan Power Point formatidagi jadvallardan, kompyuterdan, audio va video jihozlardan, dioproektor va kodoskoplardan foydalaniladi. Shuningdek, ma‘ruza va amaliy mashg‘ulotlar davomida soliqlarning nazariy jihatlarini tavsiflovchi tarqatma materiallar, slaydlar hamda ko‘rgazmali qurollar qo‘llaniladi.

“Soliq nazariyasi” fanini o‘rganishda talabalar dasturiy axborot tizimlari orqali Soliq nazariyasi va qonunchiligidagi yangiliklardan xabardor bo‘lishlari va o‘qish jarayonida ulardan foydalanishlari mumkin.


VI. Fan bo’yicha baholash mezonlari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining 2009 yil 11 iyundagi 204-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining 2010 yil 25 avgustdagi 333-son buyrug‘i bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan “Oliy ta‘lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizom”da ko‘rsatilganidek, talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholash quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi:

  • Joriy nazorat (JN);

  • Oraliq nazorat (ON);

  • Yakuniy nazorat (YaN).

“Soliq nazariyasi” fani bo‘yicha talabaning semestr davomidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi. Ushbu 100 ball nazorat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:

  • Joriy nazorat - 35 ball;

  • Oraliq nazorat – 35 ball;

  • Yakuniy nazorat – 30 ball.

Joriy nazorat bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar uchun ajratilgan har bir mavzu bo‘yicha talabaning adabiyotlardan olgan konspekti, bilimi, mustaqil ijodiy fikr-mulohazalari, soliqlarga oid amaliy jadval va statistik ko’rsatkichlariga tahlily yondosha olishi, mustaqil ishi natijalari va amaliy ko‘nikmalarini aniqlab borish nazarda tutiladi va u amaliy mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi.

Oraliq nazoratda fanning bir necha mavzularini qamrab olgan bo‘limi yoki qismi bo‘yicha nazariy mashg‘ulotlar o‘tib bo‘lingandan so‘ng talabaning nazariy bilimlari baholanadi va unda talabaning muayyan savolga javob berish yoki muammoni yechish mahorati va qobiliyati aniqlanadi. Oraliq nazorat semestr davomida 2 marotaba o‘tkaziladi. Talabalarning bilimi birinchi davrada fanning 1-5 mavzularini qamrab olgan qismi bo‘yicha 0-17 ball doirasida, ikkinchi davrada fanning 6-10 mavzularini qamrab olgan qismi 0-18 ball doirasida baholanadi. Oraliq nazoratda talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi ma‘ruzalar o‘tilgan mavzular bo‘yicha og‘zaki, yozma ish, test o‘tkazish usullari va talabaning mustaqil ishi nazarda tutilgan holda baholanadi.

Joriy va oraliq nazoratlarda saralash balidan kam ball to‘plangan va uzrli sabablarga ko‘ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so‘nggi joriy(JN) va oraliq nazorat(ON)lar uchun yakuniy nazoratgacha bo‘lgan muddat beriladi.

Yakuniy nazorat semestr yakunida o‘tkazilib, yakuniy nazoratda talabaning bilim, ko‘nikma va malakalari ishchi o‘quv dasturidan kelib chiqqan holda fanning umumiy mazmuni doirasida baholanadi. Yakuniy nazorat og‘zaki so‘rash, amaliy topshiriqlarni mustaqil echish, suhbat, yozma ish yoki test o‘tkazish usulida amalga oshiriladi.

Fan bo‘yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy balning 55 foizi, ya‘ni 39 ball saralash balli hisoblanib, ushbu balldan kam ball to‘plagan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi.

Joriy(JN) va oraliq nazorat(ON) turlari bo‘yicha 55 va undan yuqori balni to‘plagan talaba fanni o‘zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo‘yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo‘l qo‘yiladi.

Talabaning semestrda joriy (JN) va oraliq(ON) nazorat turlari bo‘yicha to‘plagan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo‘lsa yoki semestr yakunida joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo‘yicha to‘plagan ballari yig‘indisi 55 baldan kam bo‘lsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi.

Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o‘zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida fanni o‘zlashtirna olmagan talaba, fakultet dekani tavsiyasiga ko‘ra belgilangan tartibda rektorning buyrug‘i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.

Reyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimall ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarning saralash ballari haqidagi ma‘lumotlar fan bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
Soliq nazariyasi” fani bo’yicha talabalarning bilimlarini baholashda quyidagi namunaviy mezonlar inobatga olinadi


Ball

Baho

Talabalarning bilim darajasi

1

2

3

86-100

“A’lo”

Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtira olish

Amaldagi soliq tizimi tavsiflay va tahlil qila olish

Soliqlarni rivojlanish bosqichlarini davrlaga ajratish va har bir davrning o’ziga xos xususiyatlarini farqlash

Soliq nazariyalarining vujudga kelishi va nazariyachilarning soliqlarga oid qarashlarini talqin etish

Soliq elemenlarini ta‘riflash va ularni tahlil jarayonida ajrata bilish

Soliqlarni guruhlash

Soliq siyosati va uning yo’nalishlari xaqida tasavvurga ega bo’lish

Soliq tamoyillari: Amir Temur tamoyillari, kllassik iqtisodchilar tomonidan yaratilgan tamoyillar, zamonaviy tamoyillar-o’xshashlik va farqlar

Soliqlarning makroiqtisodiy holatga uzviy bog‘liqligini asoslash

Soliq ishini yuritishning nazariy asoslarini bilish

Iqtisodiyotda soliqlarning xo’jalik yurutuvchi sub’yektlar faoliyatidagi o’rnini ko’rsata bila olish

Mavzuga oid amaliy jadval, grafik-diagrmmalarni qo’llay olish



71-85

“Yaxshi”

O‘rganilayotgan mavzular yuzasidan mustaqil mushohada yuritish

Amaldagi soliq tizimi tavsiflay va tahlil qila olish

Soliqlarni rivojlanish bosqichlarini davrlaga ajratish va har bir davrning o’ziga xos xususiyatlarini farqlash

Soliq nazariyalarining vujudga kelishi va nazariyachilarning soliqlarga oid qarashlarini talqin etish

Soliq elemenlarini ta‘riflash va ularni tahlil jarayonida ajrata bilish

Soliqlarni guruhlash

Soliq siyosati va uning yo’nalishlari xaqida tasavvurga ega bo’lish

Soliq tamoyillari: Amir Temur tamoyillari, kllassik iqtisodchilar tomonidan yaratilgan tamoyillar, zamonaviy tamoyillar

Soliqlarning makroiqtisodiy holatga uzviy bog‘liqligini asoslash

Soliq ishini yuritishning nazariy asoslarini bilish

Mavzuga oid amaliy jadval, grafik-diagrmmalarni qo’llay olish


56-70

“Qoniqarli”

O‘rganilayotgan mavzular yuzasidan umumiy xulosaga ega bo’lish

Amaldagi soliq tizimi tavsiflay olish

Soliqlarni rivojlanish bosqichlarini davrlaga ajratish

Soliq nazariyalarining vujudga kelishi va nazariyachilarning soliqlarga oid qarashlar haqida tasavvurga ega bo’lish

Soliq elemenlarini ta‘riflash

Soliqlarni guruhlash

Soliq siyosati va uning yo’nalishlari xaqida tasavvurga ega bo’lish

Soliq tamoyillarini bilish

Soliqlarning makroiqtisodiy holatga uzviy bog‘liqligini asoslash

Soliq ishini yuritishning nazariy asoslarini bilish



0-55

“Qoniqarsiz”

O‘rganilayotgan mavzular yuzasidan umumiy xulosaga ega bo’lmaslik

Amaldagi soliq tizimini tavsiflay olmaslik

Soliq elemenlari, soliq tamoyillari, soliqlarni guruhlashni bilmaslik



Saralash bali 55 ballni tashkil etadi.
Soliq nazariyasi” fanidan joriy nazoratda talabaning bilimini

reyting tizimi asosida baholash




Ko‘rsatkichlar

Joriy nazorat-dagi maksimal ball



Darsga qatnashganlik darajasi

2,0



Amaliy mashg‘ulot darslariga tayyorgarligi, adabiyotlardan konspekti, so‘zga chiqishi, soliqlarga oid amaliy statistik jadvallarni tahlil qila olishi hamda ularga xulosalar berish saviyasi, mustaqil ish mavzulari bo‘yicha ma‘ruzalar qilishi, interfaol dars o’tish jarayonlarida yuqori saviyada faolligi

8,0



Mustaqil ta‘lim soatlarida bajargan ishlari, qilgan taqdimoti hamda soliq nazariyasi bo‘yicha berilgan qo‘shimcha topshiriqlarni bajarishi

6,0



Ilmiy to‘garakda ma‘ruza bilan chiqishi, viktorina va talabalar konferensiyalarida “Soliq nazariyasi” bo‘yicha ilmiy ma‘ruzalar bilan qatnashishi

3,0



Gazeta va jurnallarda soliq tizimi va soliq nazariyalariga oid maqolalar bilan chiqishi

2,0



Mavzular bo‘yicha multimedialar tayyorlashi, slaydlar, ko‘rgazmali qurollar va chizmalar tayyorlashdagi faoliyati,

“Soliq nazariyasi” fani bo‘yicha ma‘lumotlar bazasini yaratishda qatnashganligi



6,0



Amaliy mashg‘ulot (ma‘ruza) darslarida faolligi, fan bo‘yicha ish o‘yinlarini tashkil qilishdagi faolligi

8,0

Jami

35

Soliq nazariyasi” fanidan oraliq nazoratda talabaning bilimini



reyting tizimi asosida baholash




Ko‘rsatkichlar

Oraliq nazoratdagi maksimal ball

1-ON

2-ON

Jami



Darsga qatnashganlik darajasi

1,0

1,0

2,0



O‘tilgan mavzular bo‘yicha konspekti va ma‘ruzada o‘tilgan mavzularni o‘zlashtirganlik darajasi, interfaol dars o’tish jarayonlarida yuqori saviyada faolligi

4,0

4,0

8,0



Mustaqil ta‘lim soatlarida bajargan ishlari, qilgan taqdimoti hamda soliq nazariyasi bo‘yicha berilgan qo‘shimcha topshiriqlarni bajarishi

3,0

3,0

6,0



Ilmiy to‘garakda ma‘ruza (referat) bilan chiqishi, viktorina va talabalar konferensiyalarida “Soliq nazariyasi” bo‘yicha ilmiy ma‘ruzalar bilan qatnashishi

2,0

2,0

4,0



Gazeta va jurnallarda soliq tizimi va soliq nazariyalariga oid maqolalar bilan chiqishi

1,0

2,0

3,0



Mavzular bo‘yicha multimedialar tayyorlashi, slaydlar, ko‘rgazmali qurollar va chizmalar tayyorlashdagi faoliyati, “Soliq nazariyasi” fani bo‘yicha ma‘lumotlar bazasini yaratishda qatnashganligi

3,0

3,0

6,0



Ma‘ruza darslarida faolligi, fan bo‘yicha ish o‘yinlarini tashkil qilishdagi faolligi

3,0

3,0

6,0

Jami

17

18

35


Yakuniy nazoratni “Yozma ish”asosida o’tkazish

M E Z O N I
Talabalar “Soliq nazariyasi” fanidan yakuniy nazoratni test topshiriqlari yoki “Yozma ish” usulida topshiradilar va ularni o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 0 dan 30 ballgacha baholanadi. Yakuniy nazoratni “Yozma ish” usulida topshirilganda talabalar bilimi 0-6 ball (YaN balining 20 foizi) oralig‘ida baholanadi. Yakuniy nazoratni 0-24 ball (YaN balining 80 foizi) oralig‘ida baholanadigan qismi kompyuter sinflarida test topshiriqlari asosida o’tkaziladi. Talabalar berilgan 30 ta test topshiriqlari bo’yicha har bir to’g‘ri javob uchun 0,8 ballga ega bo’ladilar.

Agar yakuniy nazorat “Yozma ish” usulida amalga oshirilsa, sinov ko‘p variantli usulda o‘tkaziladi. Har bir variantda ikkitadan savol hamda bittadan amaliy topshiriq bo‘lib, har bir savolga tegishli javoblar yoziladi. Har bir savolga yozilgan javoblar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 0-2 ball oralig‘ida baholanadi. Amaliy topshiriq ham 0-2 ball oralig‘ida baholanadi.

Berilgan har bir savolga to‘g‘ri va to‘liq javob yozilsa, iqtisodiy tahlilning nazariy va uslubiy asoslari to‘g‘ri qo‘llanilsa, moliyaviy va boshqaruv tahliliga oid o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lsa va uni yozma shaklda bayon eta olsa, javobda mantiqiy yaxlitlikka erishilsa, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 1,7-2 ball bilan baholanadi.

Amaliy topshiriq shartida belgilangan amallar to‘liq bajarilsa, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga ta‘sir etuvchi omillar to‘liq va to‘g‘ri aniqlansa, omillar ta‘siriga ijodiy yondoshgan holda xulosa va fikrlar bildirilsa, 1,7-2 ball bilan baholanadi.

Berilgan har bir savolga to‘g‘ri javob yozilsa, iqtisodiy tahlilning nazariy va uslubiy asoslari to‘g‘ri qo‘llanilsa, javobda mantiqiy yaxlitlikka erishilsa, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 1,4-1,6 ball bilan baholanadi.

Amaliy topshiriq shartida belgilangan amallar to‘liq bajarilsa, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga ta‘sir etuvchi omillarning bir qismi to‘g‘ri aniqlansa, xulosa va fikr bildirilsa, 1,4-1,6 ball bilan baholanadi.

Berilgan har bir savolga to‘g‘ri javob yozilsa, iqtisodiy tahlilning nazariy va uslubiy asoslari to‘g‘ri qo‘llanilsa, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 1,1-1,3 ball bilan baholanadi.

Amaliy topshiriq shartida belgilangan amallar to‘liq bajarilsa, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga ta‘sir etuvchi omillarning bir qismi to‘g‘ri aniqlansa, xulosa va fikr bildirilsa, 1,1-1,3 ball bilan baholanadi.

Berilgan har bir savolga javob yozilmasa, noto‘g‘ri javob yozilsa yoki o‘quv adabiyotidan so‘zma-so‘z ko‘chirib yozilsa, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 0-1 ball bilan baholanadi.

Amaliy topshiriq shartida belgilangan amallar bajarilmasa, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga ta‘sir etuvchi omillar aniqlanmasa, xulosa yozilmasa 0-1 ball bilan baholanadi.

Yozma sinov bo‘yicha umumiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash uchun variantda berilgan savollarning har biri uchun yozilgan javoblarga qo‘yilgan o‘zlashtirish ballari qo‘shiladi va yig‘indi talabaning yakuniy nazorat bo‘yicha o‘zlashtirish bali hisoblanadi.
Yakuniy nazoratni “Test topshiriqlari” asosida o’tkazish

M E Z O N I
Talabalar “Soliq nazariyasi” fanidan yakuniy nazoratni test topshiriqlari yoki “Yozma ish” usulida topshiradilar va ularni o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 0 dan 30 ballgacha baholanadi. Agar yakuniy nazorat “Test topshiriqlari” asosida amalga oshirilsa, sinov ko‘p variantli usulda kompyuter sinflarida o‘tkaziladi. Har bir variantda 30 tadan test topshirig‘i bo‘lib, talabaga savollarning javobini belgilash uchun 30 daqiqa vaqt beriladi. Har bir test topshirig‘iga talaba tomonidan berilgan javoblar 1 ball bilan baholanadi.

Berilgan test topshiriqlarining 26-30 tasiga to‘g‘ri javob belgilagan talaba 26-30 ball oralig‘ida baholanadi.

Berilgan test topshiriqlarining 22-25 tasiga to‘g‘ri javob belgilagan talaba 22-25 ball oralig‘ida baholanadi.

Berilgan test topshiriqlarining 17-21 tasiga to‘g‘ri javob belgilagan talaba 17-21 ball oralig‘ida baholanadi.



Berilgan test topshiriqlarining 16 va undan kamiga to‘g‘ri javob belgilagan talaba 0-16 ball oralig‘ida baholanadi.
VII. Foydalaniladigan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati:
Asosiy adabiyotlar:


  1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: “Adolat”, 2003

  2. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. –T.: “Adolat”, 2010

  3. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni. 1997 yil 29 avgust

  4. O‘zbekiston Respublikasining “Soliq maslahati to‘g‘risida”gi Qonuni. 2006 yil 21 sentyabr

  5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2012 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi 1675-sonli Qarori.

  6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 24 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2011 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi 1449-sonli Qarori.

  7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 22 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2010 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-1245-sonli Qarori.

  8. Karimov I.A. 2012 yil vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘taradigan yil bo‘ladi. –T.: “O‘zbekiston”, 2012

  9. Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. –T.: “O‘zbekiston”, 2011

  10. Karimov I.A. Jahon inqirozining oqibatlarini engish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va taraqqiy etgan davlatlar darajasiga ko‘tarilish sari. –T.: “O‘zbekiston”, 2010

  11. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2010

  12. Vahobov A., Jo‘raev A. Soliqlar va soliqqa tortish. Darslik. –T.: “Sharq”, 2009

  13. Vahobov A., Srojiddinova Z. O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti. –T.: “Iqtisod-moliya”, 2002

  14. Vahobov A., Jumaev N., Burxanov U. Xalqaro moliya munosabatlari. Darslik. –T.: “Sharq”, 2003

  15. Jo‘raev A.S, Meyliev O.R, Safarov G‘.A. Soliq nazariyasi. O‘quv qo‘llanma. –T.: “Iqtisod-moliya”, 2004

  16. Jo‘raev A. va boshq. Soliq nazariyasi fanidan ma‘ruza matnlari to‘plami. –T.: “Iqtisod-moliya”, 2011

  17. Mamanazarov A. Soliq siyosati. O‘quv qo‘llanma. –T.: “Moliya”, 2003

  18. Пушкарева В.М. История финансовой мысли и политики налогов. –М.: Финансы и статистика, 2003

  19. Sobirov H.R. O‘zbekistonning davlat moliyasi tarixi: O‘quv qo‘llanma. – T.: «Ta‘lim manbai jamiyati», 2002

  20. Toshmurodova B. Soliq munosabatlarini optimallashtirish. –Т.: “Iqtisod-moliya”, 2005

  21. Toshmurodova B. Soliq nazorati. O‘quv-qo‘llanma. –Т.: “Iqtisod-moliya”, 2007

  22. Мандрошченко О., Пинская М. Налоги и налогообложение. Учебное пособие. –М.: “Дашков и К”, 2010

  23. Черник Д. Налоги и налогообложение. Учебное пособие. –М.: “ЮНИТИ-ДАНА”, 2010

  24. Жидкова Е. Налоги и налогообложение. Учебное пособие. –М.: “Эксмо”, 2010

  25. Худолеев В. Налоги и налогообложение. Учебник. –М.: “Форум”. 2009

  26. Yahyoev Q.A. Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti. Darslik. –T.: «Fan va texnologiyalar markazi», 2003

  27. Yahyoev Q.A. O‘zbekiston soliq tizimi. –T.: «Mehnat», 1999

  28. Yo‘ldoshev A. Soliq va soliqqa tortish. –T.: “Fan va texnologiya”, 2007

  29. Haydarov N. Moliya. O‘quv qo‘llanma. –T.: «Akademiya», 2001


Qo‘shimcha adabiyotlar


  1. Alimardonov M., Kuzieva N. Soliqlar va soliqqa tortish. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. –Т.: “Iqtisod-moliya”, 2007

  2. Jo‘raev A.S. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning samarali yo‘llari: Monografiya. –T.: «Fan nashriyoti», 2004

  3. Malikov T.S. Soliqlar va soliqqa tortishning dolzarb masalalari. Monografiya. –T.: «Akademiya», 2002

  4. Миляков Н.В. Налоги и налогообложения. Учебник. –М.: “ИНФРА-М”, 2008

  5. Налоги в условиях экономической интеграции. /Под ред. проф. В.С.Барда и Л.П.Павловой. –М.: “Кнорус”, 2007

  6. Александров И.М. Налоги и налогообложения. Учебник. –М.: “Дашков и К”, 2010

  7. Майбуров И.А. Налоги и налогообложения. Учебник. –М.: “ЮНИТИ”, 2010

  8. Toshmurodova B. Soliqlar vositasida iqtisodiyotni boshqarish mexanizmi. Monografiya. –T.: «Yangi asr avlodi», 2002

  9. Internet saytlari:

    • www.soliq.uz

    • www.mf.uz

    • www.cer.uz

    • www.tfi.uz

    • www.norma.uz

    • www.nalog.ru

    • www.fmc.uz

    • www.lex.uz

    • www.blanki.uz



3. TA’LIM TEXNOLOGIYASI




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

«SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH» KAFEDRASI
TA’LIM TEXNOLOGIYASI

Kafedraning 2012yil 1 iyundagi 19-sonli majlis bayonnomasi bilan tasdiqlangan.

Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi mudiri____________ prof. A.Jo’rayev

Tuzuvchilar: dots.G’.Safarov

k.o’q. N.Yakubova

k.o’q. M.Usmanova


Toshkent-2012

«Soliq nazariyasi» fanida ma’ruza va amaliy (seminar) mashg’ulotlarini o’qitish bo’yicha ta’lim texnologiyasining kontseptual asoslari

Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida respublikamizda izchil amalga oshirilayotgan islohotlar - agrar, mulkiy munosabatlar, tashqi iqtisodiy, moliya-kredit tizimi va ijtimoiy sohalarda tub o’zgarishlarni yuzaga keltirdi. Bu islohatlar orasida moliya-kredit tizimini isloh qilish alohida rol o’ynaydi. Chunki, jamiyatni barcha sohalari faoliyati pulli munosabatlar bilan bevosita bog’liqdir, vaholanki, pulli munosabatlarni samarali ishlash mexanizmi o’z navbatida boshqa sohalarga bevosita ta’sir etadiki, bu moliya-kredit tizimini jamiyat iqtisodiy tizimidagi o’rni naqadar yuqori ekanligini ko’rsatadi. «Qattiq moliyaviy siyosatni amalga oshirish, barqaror pul muomalasini ta’minlash, soliq tizimini takomillashtirish, umumiy qilib aytganda izchil moliya-kredit siyosatini amalga oshirish iqtisodiy islohatlarimizni muvaffaqiyatli ta’minlashga xizmat qilmog’i lozim” - degan edi, - prezidentimiz I.A.Karimov.1

«Soliq nazariyasi» fanining predmeti soliqlar va yig’imlar tushumini, soliqka tortiladigan baza va uni tashkil etuvchi elementlarning rivojlanishi tendentsiyasini chuqur o’rganish va shu asosda byudjet tushumlari ob’ektlarini har birini alohida, shuningdek ularning umumiy hajmini ma’lum davr uchun prognozlash (istiqbolini ko’rish) hisoblanadi.

«Soliq nazariyasi» fanining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

1. Amaldagi soliqlar va soliqqa tortish tizimining nazariy jihatlari, xususiyatlarini ochib berish;

2. Soliq to’lovchi davlat o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarini to’g’ri tashkil etish;

3. Fanning o’rganish usullarini o’rganish,

O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar oliy ta’lim tizimi o’quv jarayonlari uchun ham yangi talablarni keltirib chiqarmoqda. Shunday talablardan biri o’quv jarayonida ilg’or pedagogik va ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish hisoblanadi. Ta’lim jarayonida pedagogik va ta’lim texnologiyalaridan foydalanishdan asosiy maqsad ta’lim oluvchiga etarli darajada bilim, malaka va ko’nikmalarni hosil qilish asosida tinglovchilarda erkin va mustaqil fikr bayon qilish ko’nikmalarini shakllantirish hisoblanadi. Ta’lim jarayonlariga zamonoviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashda ta’lim oluvchining shaxsini hurmat qilish, har bir shaxsning erkin fikr bildirishiga imkoniyat yaratish, ijod bilan shug’ullanishi va o’z-o’zini rivojlantirishga qulay ijtimoiy va psixologik muhit yaratish orqali tinglovchini shaxs sifatida mustaqil fikrlashga undaydi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisning 14-sessiyasida so’zlagan nutqida: «Bizning oldimizda ozod fuqaro shaxsining ma’naviyatini, boshqacha aytganda, ozod har tomonlama rivojlangan, o’z xuquqlarini yaxshi biladigan, kuchi va qobiliyatiga ishonib tayanadigan, atrofdagi hodisalarga o’zining mustaqil fikri va munosabati mavjud, o’z manfaatlarini Vatan va xalq manfaatlari bilan uyg’unlashtiradigan shaxsni tarbiyalash vazifasi turibdi» deb ta’kidlagan edi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ham o’quv jarayonida ilg’or pedogogik texnologiyalardan keng foydalanish ko’p marta takrorlab o’tilgan. Bularning barchasi «Soliq tarixi va nazariyasi» fani bo’yicha o’quv jarayonini texnologiyasini ishlab chiqishga sabab bo’ldi. Ushbu kurs bo’yicha o’quv jarayonining texnologiyasini ishlab chiqishdagi asosiy kontseptual qoidalari kuyidagilardan iborat:



Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Ta’lim jarayonida qatnashuvchi barcha sub’ektlarning keng qamrovli rivojlanishini ko’zda tutadi. Bu jarayonda tinglovchi o’z uquv faoliyatining sub’ekti sanaladi va pedagog bilan xamkorlikda yagona ta’lim jarayonini tashkil qilishda qatnashadi hamda har bir shaxsning erkin fikr bildirishiga imkon yaratiladi.

Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tuliqlilik, tizimli yondoshuv va o’zaro bog’liqlikda kabi belgilarini qamrab olishi kerak.

Faoliyatli yondoshuv. Faoliyat shaxsni rivojlantirishdagi eng muhim va hal qiluvchi vosita - asos hisoblanadi. Shu sababli ta’lim oluvchi shaxsning mustaqil fikrlashi uchun zarur sifatlarni shakllantirishda uning faoliyatini intensivlashtirish va faollashtirish, uquv jarayonida uning barcha imkoniyatlarini, sifatlarini namoyon etishiga, qarama-qarshi yoki monand fikr aytishiga sharoit yaratish lozim.

Dialog yondoshuv. Ta’lim jarayonining o’quvchi va o’qituvchi o’rtasidagi muloqat shaklida tashkil qilinishini va ularning o’zaro xamkorligi, psixologik yakdilik muhitini yaratishni taqoza qiladi. Dialogik yondoshuv asosida tashkil qilingan darsda qurilayotgan masalaning mohiyatiga etib borish, tushunish, anglash va kerak bo’lsa yangi fikrlar bilan to’ldirish imkoniyati yuzaga keladi.

Xamkorlikdagi ta’limni tashkil qilish. O’qituvchi va o’quvchi munosabatlarini demokratlashtirish, tenglik, o’zaro hurmat, xamkorlik, o’zaro yordamga asoslangan holda, faoliyat mazmunini, maqsadini va erishilgan natijalarni xamkorlikda baholaydi. Asosiy tamoillari: guruxga umumiy topshiriq, umumiy rag’batlantirish, o’zining va guruxning boshqa a’zolarining natijalariga mas’uliyat, faoliyat hamkorligi va natijaga erishish uchun teng imkoniyat yaratish.

Muammoli ta’lim. Muammoli darsning asosiy maqsadi bahs va munozara asosida ishtirokchilarning yangi, mustaqil fikrlarga kelishi, ularning turli vaziyatlarni ilmiy va amaliy taxlil etish orqali o’z fikrlarini aytib berishga o’rgatish bo’lganligi sababli, tinglovchi shaxsida erkin, mustaqil fikrlashni shakllantirish vositasi hisoblanadi. Muammoli dars mantiqiy fikrlashni, ilmiy mushoxoda kilishini, echimlarni amaliy faoliyatga ijodiy qo’llash bo’yicha ko’nikmalarni rivojlantiradi va shakllantiradi.

Yangi vosita va usullarni qo’llash. Ta’lim jarayonida kompyuter va informatsion texnologiyalarni joriy etish orqali ma’lumotlarni ko’rgazmali shaklda etkazib beradi.

Berilgan kontseptual qoidalarga hamda «Soliq nazariyasi» fanining maqsadi, vazifalari, xajmi va mazmuniga asoslangan holda ta’lim usuli va texnikasi; tashkil qilish shakli; vositasi; kommunikatsiya usullari; berilgan ma’lumotlarni nazorat qilish usul va vositalari; baxolash va nazorat qilish tartiblari aniqlandi.



Ta’lim usuli va texnikasi. Baxs-munozara, muammoli usul, «Aqliy xujum» usuli, Insert, T-sxema, Diagramma-Venna, Keys-stadi, ma’ruza (ko’rgazmali, tematik, muammoli, informatsion).

Ta’limni tashkil qilish shakli. Jamoa va guruhlar bo’yicha, dialog va polilogga asoslangan, o’zaro suhbat, xamkorlikda va bir-birini o’qitish.

Ta’lim vositasi. Darslik, ma’ruza matni, masalalar to’plami, kodoskop, grafikli chizmalar, kompyuterli va informatsion texnologiyalar.

Kommunikatsiya usullari. Bevosita o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi tezkor teskari (qarama-qarshi) aloqaga asoslanadi.

Berilgan ma’lumotlarni nazorat qilish usuli va vositalari. Kuzatish, blits-so’rov, joriy, oraliq va yakuniy nazorat natijalarini taxlil qilish asosida tashxis qilish.

Boshqarish vosita va usullari. O’quv mashg’ulotlari texnologik karta shaklida rejalashtirilgan, unda uquv jarayonining asosiy bosqichlari, ko’riladigan masalalari va ularni nazorat qilish (joriy, oraliq va yakuniy) tartiblari aniq ko’rsatilgan.

Baholash va nazorat qilish. Har bir o’quv mashg’uloti jarayonidagi o’qish natijalarini (o’quv topshiriqlarni bajarishi va testlarni baholash, har bir o’quv mashg’ulotdagi tinglovchining o’quv faoliyati reytingini baxolash) hamda butun o’quv kursi davomidagi (har bir tinglovchining joriy, oraliq va yakuniy natijalarini reyting tizimi orqali baxolash) natijalarni baxolash.

4. MASALALAR VA MASHQLAR TO’PLAMI
(Soliq nazariyasi fani bo’yicha masala mashqlar to’plami

amalda qo’llanilmaydi.)



5.TESTLAR

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

«SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH» KAFEDRASI
5340800 - «SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISh»

BAKALAVRIAT TA’LIM YO’NALIShI UCHUN

Soliq nazariyasi” FANIDAN



TEST SAVOLLARI

Kafedraning 2012 yil 1 iyundagi 19-sonli majlis bayonnomasi bilan tasdiqlangan.

Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi mudiri___________ prof. A.Jo’rayev

Tuzuvchilar:dots.v.b. G’.Safarov

k.o’q. N.Yakubova

k.o’q. M.Usmanova

Toshkent-2012
#1. Soliqlarning dastlabki ko’rinishi qanday bo’lgan?

@A. Hosil;

B. Tovar;

C. Tovar-pul;

D. Pul.
#2. “Juzya” solig’i nimani anglatadi?

A. Er solig’i;

B. O’lpon;

@C. Jon solig’i;

D. Mol-mulk solig’i.
#3. Misaha, muqota, mukosama tarixda qaysi soliqning shakli bo’lib hisoblanadgan?

A. Sovurun;

B. Vazifa;

C. Jon solig’i;

@D. Xiroj.
#4. “Yana amr qildimki, xirojni ekindan olingan hosilga va erning unumdorligiga qarab yig’sinlar”. Bu so’zlar kimga tegishli?

A. Adim Smit;

@B. Amir Temur;

C. Alisher Navoiy;

D. David Rikardo.
#5. Amir Temur davrida elchi, amaldor, choparlarga bepul xizmat va mehmon qilish uchun yig’im turini aniqlang.

A. Sarmushar;

@B. Qunalg’a;

C. Shilon puli;

D. Peshkash.
#6. Temuriylar davrida “tamg’a” solig’i kimlarga joriy qilingan?

@A. Hunarmand va savdogarlarga;

B. Ellikbosh, mingboshlarga;

C. Dehqon va huarmandlarga;

D. Aholiga.
#7. Xiva xonligi davrida “mushriflar” deb kimlar atalgan?

@A. Natura ko’rinishida o’lpon yig’uvchilar;

B. O’lpon yig’uvchilar;

C. Boj yig’uvchilar;

D. Soliqlar yig’uvchilar.
#8. “Miltiq solig’i” kimlar tomonidan joriy etilgan?

A. Buxoro amirligi;

B. Shayboniyxon;

C. Qo’qon xonligi;

@D. Xiva xonligi.
#9. Soliqlarning rivojlanish bosqichlari to’g’ri keltirilgan qatorni ko’rsating?

A. 5 bosqich 1. Qadimgi davr soliqlari;

2. Arab istilosi davridagi soliqlar;

3. A.Temur davridagi soliqlar;

4. Chor Rossiyasi davridagi soliqlar;

5. Hozirgi davr soliqlari.

@B. 3 bosqich 1. Qadimgi davr soliqlari;

2. 17-19 asr soliqlari;

3. 20-asr va hozirgi davr soliqlari.

C. 2 bosqich 1. Eski davr soliqlari;

2. Hozirgi davr soliqlari.

D. 3 bosqich 1. 1991-1994 yillar;

2. 1995-1997 yillar;

3. 1997 yildan hozirgacha bo’lgan davr.


#10. “Davlat daromadlarini oshirish uchun, uni qullarga berish lozim” degan fikrni kim ilgari surgan?

@A. Ksenafont;

B. Samuelson;

C. Sismondi;

D. Keyns.
#11. Quyidagi chizma qaysi iqtisodchi-olimga mansub?

A. A.Smit;

@B. A.Laffer;

C. Al-Xorazmiy;

D. J.Keyns.
#12. To’g’ri va egri soliqlarning nisbati nazariyasi qaysi nazariyaning yo’nalishi hisoblanadi?

A. Yagona soliq nazariyasi;

B. Umumiy soliq nazariyasi;

@C. Xususiy soliq nazariyasi;

D. Egri soliq nazariyasi.
#13. “Soliq tarixi va nazariyasi” fanining qanday o’rganish usullari mavjud?

A. Dialektik, ilmiy abstraktsiya, tahlil va sintez;

B. Solishtirma tahlil, induktsiya, ilmiy abstraktsiya;

C. Makro va mikroiqtisodiy darajada o’rganish;

@D. Dialektik, tahlil va sintez, makro va mikroiqtisodiy darajada o’rganish, statistik, grafik, ilmiy abstraktsiya, taqqoslash.
#14. “Dunyoda faqat o’lim va soliqlardan qutulib bo’lmaydi” jumlasi kimga mansub?

@A. B.Franklin;

B. R.Reygan;

C. J.Keyns;

C. S.Sismondi.
#15. O’zbekiston Respublikasining “Korxonalar, tashkilotlar va birlashmalardan olinadigan soliqlar to’g’risida”gi Qonuni qachon qabul qilingan?

A. 1992 yil 9 dekabrda;

@B. 1991 yil 15 fevralda;

C. 1993 yil 7 mayda;

D. 1992 yil 27 oktyabrda.
#16. “Fiskal” so’zining ma’nosi nima?

A. Byudjet;

B.Soliq;

@C. Xazina;

D. Daromad.
#17. Qaysi satrda soliq elementlari keltirilgan?

A. Soliq turlari;

B. Soliq agenti;

@C. Soliq oyligi, soliq sub’ekti, soliq ob’ekti, soliq stavkasi, soliq bazasi, soliq normasi;

D. To’langan soliq summasi.
#18. Soliqqa tortishning qanday usullari mavjud?

@A. Kadastrli, deklaratsiya, manba oldida soliqqa tortish;

B. To’g’ri va egri;

C. Bevosita va bilvosita;

D. Hammasi to’g’ri.

#19. Soliq stavkasining turlarini aniqlang.

A. To’g’ri, proportsional;

B. O’sib boruvchi, kamayib boruvchi;

@C. Progressiv, regressiv, proportsional;

D. Regressiv, qat’iy.


#20. Jismoniy shaxslar daromad solig’i stavkasi qaysi stavka turiga mos keladi?

@A. Progressiv;

B. Regressiv;

C. Foizli;

D. Proportsional.
#21. Klassik soliqqa tortish nazariyasining asoschisi kim hisoblanadi?

A. U.Petti

V. M.Fridman

@S. A.Smit

D. J.M.Keyns
#22. Soliq imtiyozining turlarini ko’rsating?

A. Butunlay ozod etish, oz muddatga ozod etish;

@B. Butunlay, vaqtinchalik, qisman;

C. Vaqtincha, uzoq muddatga, to’liq;

D. Qisqa muddatga, uzoq muddatli, butunlay.
#23. A.Makedonskiy hukmronligi davridagi asosiy soliq turlarini ko’rsating?

A. Ehson, vazifa;

B. Xiroj, jon solig’i;

C. Mol-mulk solig’i, boj;

@D. Daromad solig’i, yig’imlar.
#24. Buxoro amirligi davridagi zakot to’lashdan bosh tortgan qabilalardan qanday to’lov olingan?

@A. Moli amoniy (omon puli);

B. Er solig’i;

C. Tanob puli;

D. Boj yig’imi.
#25. Qo’qon xonligi davrida “tanobo” nomi bilan amal qilgan soliq turini ko’rsating.

A. Ijara xaqi;

B. Mol-mulk solig’i;

C. Jon solig’i;

@D. Er solig’i.
#26. Har bir musulmon uchun besh farzdan biri bo’lib hisoblangan soliq turini ko’rsating.

A. Juzya;

B. Misiha;

@C. Zakot;

D. Vazifa.
#27. Rimda egri soliqlar bo’lganmi, turini ko’rsating.

@A. Ha. Stavka bo’yicha aylanma soliq, maxsus qullarni sotish bo’yicha aylanma soliq, qullarni ozod qilish stavkasi;

B. Ha. Rukurt solig’i, vaqf solig’i;

C. Yo’q;


D. Ha. Vasiyatnoma solig’i, QQS, rukurt solig’i.
#28. Hayr-ehson uchun to’lanadigan soliq turini ko’rsating.

A. Juzya;

B. Muhota;

@C. Zakot;

D. Vaqf.
#29. Tarxon erlar – bu ...

A. Markaziy xazinaga soliq to’lashdan ozod qilingan va avloddan-avlodga o’tadigan erlar;

@B. Sayyid va xo’jalarga mansub erlar bo’lib, hosilning 1/10 qismi davlatga beriladi;

C. Askarlarga beriladigan erlar;

D. Xizmat uchun beriladigan erlar va ular xususiy mulk hisoblangan.
#30. Bobur davrida er solig’i (xiroj) necha toifaga bo’lingan?

@A. 3 ga: misiha, muqota, muqosama;

B. 2 ga: muxassam, muvazzar;

C. 2 ga: misixa, muxassam;

D. 3 ga: muxota, muqosama, muvazzar.
#31. Soliqlar tizimi bu - ...

@A. Davlatning soliq sohasidagi barcha tadbirlarni rejalashtirish, qonun, farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash hamda uni tashkil qilishdagi ishlab chiqilgan chora-tadbirlar yig’indisi;

B. Bir xil mohiyatga ega va o’zaro munosabatda bog’liq bo’lib, markazlashgan pul fondini va davlatning boshqa fondlarini tashkil etadigan soliq va yig’imlar turlarining yig’indisi;

C. Qonun chiqaruvchi idoralar tomonidan belgilangan va ijrochi idoralar tomonidan undiriladigan soliqlarning tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari yig’indisi;

D. A va V javoblar to’g’ri.
#32. Soliqlarning soliqqa tortish ob’ekti bo’yicha guruhlarini ko’rsating.

A. Mahalliy soliqlar va umumdavlat soliqlari;

@B. Oborotdan olinadigan soliqlar, daromaddan olinadigan soliqlar, mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar;

C. Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar;

D. Er maydoniga qarab olinadigan soliqlar, xarajatlariga qarab olinadigan soliqlar.
#33. Soliq nima?

A. Bu aholidan olinadigan yig’im;

B. Bu davlat tomonidan qonun asosida olinadigan yuridik va jismoniy shaxslardan yig’im;

C. Bu qonunchilik asosida milliy daromadni qayta taqsimlash uslubi;

@D. Bu qonunchilik asosida davlat tomonidan tashkil etiladigan yuridik va jismoniy shaxslarning davlat byudjetiga majburiy to’lovlarni ifoda etuvchi pul munosabatlaridir.
#34. Soliqlar davlat byudjetining qaysi qismiga tushadi?

A. Soliqlar davlat byudjetiga kirmaydi, byudjetdan tashqari fondlarga tushadi;

@B. Byudjetning daromad qismiga tushadi;

C. Byudjetning xarajat qismiga tushadi;

D. Byudjetning muvofiqlashtirish qismiga tushadi.
#35. Qaysi nazariyaga asosan insonlar o’z rohatlari uchun soliq to’laydilar?

A. Atomistik;

B. Xususiy;

@C. Rohatlanish;

D. V va C.
#36. “Soliq” tushunchasiga ta’rif bering.

A. Soliq deganda davlat byudjetiga undiriluvchi majburiy to’lov tushuniladi;

B. Yuridik shaxslar tomonidan byudjetga undiriladigan to’lovlar tushuniladi;

C. Jismoniy shaxslar tomonidan byudjetga to’lanadigan majburiy to’lovlar tushuniladi;

@D. Soliqlar - davlat va jamiyatning pul mablag’lariga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida qonun tomonidan belgilab qo’yilgan hajmda va o’rnatilgan muddatda jismoniy va huquqiy shaxslardan davlat ixtiyoriga majburiy ravishda undirib olinadigan to’lovlardir.
#37. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati nimada?

@A. Soliqlar majburiy to’lovlarni ifoda etuvchi pul munosabatlarida;

B. Davlatning pul mablag’lariga bo’lgan ehtiyojini qondirishda;

C. Sohalar o’rtasida mutanosiblikni ta’minlashda;

D. Soliqlar, yig’imlar, bojlar va boshqa to’lovlar hisobiga davlat moliyaviy resurslarini tashkil etishda.
#38. Soliqlarning ob’ektiv zarurligi nimada?

A. Davlatning pul mablag’lariga bo’lgan ehtiyojini qondirishda;

B. Sohalar o’rtasida mutanosiblikni ta’minlashda;

@C. Real sohaning daromadlari hisobiga noreal sohani pul mablag’lari bilan ta’minlashda;

D. Soliqlar, yig’imlar, bojlar va boshqa to’lovlar hisobiga davlat moliyaviy resurslarini tashkil etishda.
#39. Soliqlarning qanday o’ziga xos belgilari mavjud?

A. Majburiylik, foizlilik, muddatlilik;

@B. Majburiylik, davlat byudjetiga tushishlilik, qat’iylik, ekvivalentsizlik;

C. Majburiylik, muddatlilik;

D. Davlat byudjetiga tushishlilik;
#40. Soliqlarning ekvivalentsizlik belgisi deganda nimani tushunasiz?

A. Soliqlar majburiy bo’lib, bunda davlat soliq to’lovchining bir qism daromadlarini majburiy tarzda olinadi;

B. Soliqlar xazinaga davlat byudjetiga tushadi;

C. Soliqlar qat’iy belgilangan va doimiy harakatda bo’ladi;

@D. Davlatga to’langan soliq summasi to’lovchining o’ziga to’liq qaytmaydi.
#41. Soliqlarning qanday funktsiyalari mavjud?

A. Fiskal, tartibga solish, nazorat, byudjetga tushish;

@B. Fiskal, tartibga solish, rag’batlantiruvchi, nazorat, axborot bilan ta’minlash;

C. Foiz olish, tartibga solish, rag’batlantiruvchi, axborot bilan ta’minlash;

D. Rag’batlantiruvchi, nazorat, axborot bilan ta’minlash, byudjetga tushish;
#42. Soliqlarning fiskal funktsiyasi nimani anglatadi?

@A. Soliqlar yordamida davlatning moliyaviy mablag’larni tashkil qilishni;

B. Davlat soliqlar orqali tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tartibga solishini;

C. Ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xom ashyo resurslari, shuningdek moliyaviy va mehnat resurslari, jamg’arilgan mol-mulkdan samarali foydalanishga ta’sir ko’rsatishini;

D. Soliqlar vositasida shakllangan daromadlar haqida axborot berishni;
#43. Soliqlarning tartibga solish funktsiyasi nimani anglatadi?

A. Ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xom ashyo resurslari, shuningdek moliyaviy va mehnat resurslari, jamg’arilgan mol-mulkdan samarali foydalanishga ta’sir ko’rsatishini;

@B. Davlat soliqlar orqali tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tartibga solishini;

C. Soliqlar yordamida davlatning moliya resurslarini tashkil qilishni;

D. Soliqlar vositasida shakllangan daromadlar haqida axborot berishni;
#44. Soliqqa tortishning qanday tamoyillari mavjud?

@A. Etarlilik, tadbirkorlik va investitsiyalarni rag’batlantirish, adolatlilik, oddiylik va xolislik, boshqarishga qulaylik, soliq yig’ish jarayonini arzonlashtirish, soliq stavkalarini qiyoslash;

B. Tenglik, adolatlilik, oddiylik va xolislik, boshqarishga qulaylik, soliq stavkalarini qiyoslash;

C. Adolatlilik, oddiylik va xolislik, boshqarishga qulaylik, soliq yig’ish jarayonini arzonlashtirish, soliq stavkalarini qiyoslash;

D. Tenglik, tadbirkorlik va investitsiyalarni rag’batlantirish, oddiylik va xolislik, boshqarishga qulaylik, soliq yig’ish jarayonini arzonlashtirish, soliq stavkalarini qiyoslash;
#45. O’zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligida tan olingan tamoyillar?

A. Oddiylik va xolislik;

@B. Majburiylik, qonun oldida tenglik, pul mablag’larining erkin harakatini cheklamasligi, hamma daromadlarni soliqqa tortish, ijtimoiy adolat tamoyili;

C. Tenglik, soliq stavkalarini qiyoslash;

D. Tadbirkorlik va investitsiyalarni rag’batlantirish, hamma daromadlarni soliqqa tortish.
#46. A.Smit tomonidan keltirilgan soliq tamoyillari qaysi qatorda keltirilgan?

@A. Tenglik, aniqlik, maqbullik va qulaylik, arzonlik;

B. Soliq stavkalarini qiyoslash;

C. Majburiylik;

D. Ijtimoiy adolat tamoyili.
#47. Davlatning muayyan davrda aniq maqsadlarga qaratilgan soliq sohasidagi faoliyati - ... deyiladi?

@A. Soliq siyosati;

B. Soliq tizimi;

C. Soliq strategiyasi;

D. Soliq taktikasi.
#48. Quyidagilardan qaysi biri soliq siyosatining huquqiy asosi hisoblanadi?

@A. O’zbekiston Respublikasining soliqqa oid qonunlari majmuasi;

B. O’zbekiston Respublikasining “Davlat byudjeti to’g’risida”gi qonuni;

C. O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi;

D. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.
#49. Qaysi vakolatli organ soliq turlarini joriy etish huquqiga ega?

A. O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo’mitasi;

B. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi;

C. O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi;

@D. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi.
#50. Soliq siyosatini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi organlarni ko’rsating?

A. O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo’mitasi;

B. O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi;

@C. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi va vakolatli davlat organlari;

D. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi.
51. Soliq siyosati strategiyasi bu - ...?

@A. Uzoq muddatga mo’ljallangan soliqqa oid iqtisodiy munosabatlarni asosiy yo’nalishlari va chora-tadbirlar yig’indisi;

B. Belgilangan soliq siyosati strategiyasi ijrosini ta’minlovchi, tez-tez o’zgarib turuvchi sayi-harakatlar;

C. Davlatning muayyan davrda aniq maqsadlarga qaratilgan soliq sohasidagi faoliyati;

D. Soliqlarni yo’nalishlarini aniq ilmiy asoslangan holda amalga oshirish g’oyalarining yaxlitligi.
#52. Soliq siyosati taktikasi bu - ...?

A. Uzoq muddatga mo’ljallangan soliqqa oid iqtisodiy munosabatlarni asosiy yo’nalishlari va chora-tadbirlar yig’indisi;

B. Davlatning muayyan davrda aniq maqsadlarga qaratilgan soliq sohasidagi faoliyati;

@C. Belgilangan soliq siyosati strategiyasi ijrosini ta’minlovchi, tez-tez o’zgarib turuvchi sayi-harakatlar;

D. Soliqlarni yo’nalishlarini aniq ilmiy asoslangan holda amalga oshirish g’oyalarining yaxlitligi.
#53. Soliq kontseptsiyasi bu - ...?

A. Uzoq muddatga mo’ljallangan soliqqa oid iqtisodiy munosabatlarni asosiy yo’nalishlari va chora-tadbirlar yig’indisi;

@B. Soliqlarni yo’nalishlarini aniq ilmiy asoslangan holda amalga oshirish g’oyalarining yaxlitligi;

C. Belgilangan soliq siyosati strategiyasi ijrosini ta’minlovchi, tez-tez o’zgarib turuvchi sayi-harakatlar;

D. Davlatning muayyan davrda aniq maqsadlarga qaratilgan soliq sohasidagi faoliyati.
#54. Bir xil mohiyatga ega bo’lgan va markazlashgan pul fondini tashkil etadigan soliq, yig’im, boj va boshqa majburiy to’lovlarning yig’indisi – bu ... deyiladi.

A. Soliq siyosati;

@B. Soliq tizimi;

C. Soliq strategiyasi;

D. Soliq taktikasi.
#55. Soliqlar sub’ektiga ko’ra ... larga bo’linadi?

@A. Jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan soliq;

B. Oborotdan, mol-mulkdan va daromaddan olinadigan soliq;

C. Egri va to’g’ri soliq;

D. Mahalliy va umumdavlat soliq.
#56. Soliqlar byudjetga tushishiga ko’ra ... larga bo’linadi?

A. Egri va to’g’ri soliq;

B. Oborotdan, mol-mulkdan va daromaddan olinadigan soliq;

C. Jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan soliq;

@D. Mahalliy va umumdavlat soliqlari.
#57. Soliqlarni soliqqa tortish ob’ektiga ko’ra guruhlang.

A. Mahalliy va umumdavlat soliqlari;

@B. Oborotdan, mol-mulkdan va daromaddan olinadigan soliqlar;

C. Jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar;

D. Egri va to’g’ri soliqlar.
#58. Undirish usuliga ko’ra soliqlar ...larga bo’linadi?

A. Jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan soliq;

B. Oborotdan, mol-mulkdan va daromaddan olinadigan soliq;

@C. Egri va to’g’ri soliq;

D. Mahalliy va umumdavlat soliq.
#59. Respublikamizda soliqlar byudjet tizimi daromadlarini shakllantirishiga qarab ...larga bo’linadi?

A. Jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan soliq;

@B. Mahalliy va umumdavlat soliqlari;

C. Egri va to’g’ri soliq;

D. Oborotdan, mol-mulkdan va daromaddan olinadigan soliq.
#60. To’g’ri soliqlar keltirilgan javobni ko’rsating?

A. QQS, aktsiz solig’i;

@B. Daromad (foyda) solig’i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, mol-mulk solig’i, er solig’i;

C. Yagona soliq to’lovi, er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, aktsiz solig’i;

D. Bojxona bojlari, yalpi daromad solig’i, er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq.
#61. Qaysi qatorda mahalliy soliqlar keltirilgan?

@A. Er solig’i, mol-mulk solig’i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun soliq;

B. QQS, er solig’i, mol-mulk solig’i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

C. Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun soliq, aktsiz solig’i, er solig’i;

D. Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, yuridik shaxslarning daromad (foyda) solig’i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yagona soliq to’lovi.
#62. Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar keltirilgan javobni ko’rsating.

A. Mol-mulk solig’i, er solig’i, jismoniy shaxslarning daromad solig’i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun soliq, er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, import uchun aktsiz va QQS;

@B. Er solig’i, mol-mulk solig’i, jismoniy shaxslarning daromad solig’i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, agar tadbirkorlik faoliyati bilan belgilangan tartibda shug’ullansa, transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun soliq, er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, import uchun aktsiz va QQS;

C. Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun soliq, aktsiz solig’i, er solig’i, yalpi daromad solig’i;

D. Yagona soliq to’lovi, jismoniy shaxslarning daromad solig’i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun soliq.
#63. Egri soliqlar keltirilgan javobni ko’rsating?

@A. QQS, aktsiz solig’i, bojxona bojlari, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun soliq

B. Aktsiz solig’i, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun soliq, er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq;

C. Bojxona bojlari, aktsiz solig’i, mol-mulk solig’i;

D. QQS, aktsiz solig’i, er solig’i.
#64. Qaysi qatorda resurs soliqlari keltirilgan?

@A. Mol-mulk solig’i, er solig’i, er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

B. Er solig’i, er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig’i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

C. Aktsiz solig’i, er solig’i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i;

D. Er solig’i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun soliq.
#65. Qo’shilgan qiymat solig’i bu - ....

@A. Oborotdan olinadigan egri soliq;

B. To’g’ri soliq;

C. Korxonalar foydasidan undiriladigan soliq;

D. Mahalliy soliq.
#66. Korxonalar foydasidan to’lanadigan soliqlarga ... kiradi?

@A. Daromad (foyda) solig’i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq;

B. Mol-mulk solig’i, er solig’i, ekologiya solig’i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va boshqalar;

C. Pensiya fondiga ajratmalar, kasaba uyushmalari federatsiyasiga ajratmalar, bandlik fondiga ajratmalar va boshqalar;

D. QQS, aktsiz solig’i, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq.
#67. Qaysi qatorda davr xarajatlariga kiritiladigan soliqlar keltirilgan?

A. QQS, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq;

B. Pensiya fondiga ajratmalar, kasaba uyushmalari federatsiyasiga ajratmalar, bandlik fondiga ajratmalar va boshqalar;

@C. Mol-mulk solig’i, er solig’i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va boshqalar;

D. Daromad (foyda) solig’i, infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq, aktsiz solig’i.
#68. O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qachon qabul qilingan?

A. 1991 yil 15 fevralda;

@B. 1997 yil 24 aprel;

C. 1993 yil 7 mayda;

D. 1992 yil 27 oktyabrda.
#69. O’zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to’g’risida”gi Qonuni qachon qabul qilingan?

A. 1991 yil 15 fevralda;

B. 1997 yil 24 aprel

@C. 1997 yil 29 avgust;

D. 1992 yil 27 oktyabrda.
#70. Soliqqa oid iqtisodiy hodisalarni izoxlashga hizmat qiluvchi yaxlit tushunchalarga .............. deyiladi.

@A. Soliq elementlari

B. Soliq stavkalari

C. Soliq imtiyozlari

D. Soliq huquqi
#71. Soliq sub’ekti bu - ................

A. Yuridik shaxslar va davlat soliq organlari

B. Jismoniy shaxslar va davlat soliq organlari

@C. Soliq to’lash majburiyati yuklangan yuridik va jismoniy shaxslar;

D. Yollanib ishlovchilar va tadbirkorlar
#72. Soliq ob’ektiga ta’rif bering.

A. Soliq to’lovchilarning manfaatlari, majburiyatlari

B. Soliqqa tortiladigan mol-mulk qiymati, daromadlari

C. Yollanib ishlovchilarning majburiyatlari va tadbirkorlar mulklari

@D. Soliq to’lovchining soliq hisoblanadigan va soliqqa tortish uchun asos bo’lib xizmat qiladigan daromadi, oboroti va mol-mulki.
#73. Soliq agenti deb kimga aytiladi?

@A. Yuridik va jismoniy shaxslardan soliqni ushlab qolib, davlat byudjetiga o’tkazib beruvchi yuridik shaxslar;

B. Soliq to’lovchilardan soliq to’lovlarning yig’ib oluvchi jismoniy shaxs;

C. Soliq to’lovchilardan soliq to’lovlarini byudjetga o’tkazib beruvchi yuridik va jismoniy shaxslar;

D. Yollanib ishlovchilarning solig’ini hisoblovchi yuridik va jismoniy shaxslar.
#74. Soliqqa tortish predmetiga ta’rif bering.

A. Soliq solinadigan daromad, mol-mulkning bir qismi;

B. Soliqqa tortiladigan daromadning, mol-mulkning huquqi;

C. To’g’ri javob A va B;

@D. Soliq solinadigan daromad, oborot, mol-mulkga bo’lgan huquq emas, balki ularning o’zi, ya’ni egalik qilinadigan daromad, er uchastkasi, imorat va boshqalar.
#75. Soliq manbai bu - ...

A. Soliq organlari undiriladigan soliqlarning ob’ekti;

@B. Soliq to’lovchilarning to’laydigan soliqlari manbai, ya’ni daromad;

C. Jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki qiymati, daromadi summasi;

D. To’g’ri javob A va C.
#76. Soliqqa tortish birligi bu – ...

@A. Soliq ob’ektining o’lchov birligi;

B. Soliq sub’ektining daromadi summasi;

S. Soliq organlarining soliq to’lovchilariga hisoblangan soliq summasi;

D. To’g’ri javob yo’q.
#77. Soliq stavkasi deb nimaga aytiladi?

A. Soliq ob’ektini qiymatiga nisbatan hisoblangan summa;

@B. Soliq ob’ektining har bir birligi uchun davlat tomonidan belgilab qo’yilgan me’yordir;

C. Soliq to’lovchilarini daromadlariga nisbatan hisoblangan summa;

D. To’g’ri javob yo’q
#78. Soliq imtiyozlari bu - ...

A. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga yordam beruvchi soliq summalari;

B. Soliq to’lovchilarga soliq to’lashdan bo’yin tovlagan qismi;

@C. Soliq to’lovchilarga soliqlar bo’yicha turli xil engilliklar;

D. To’g’ri javob yo’q.
#79. Soliqni to’lash muddatlariga qaysi bandda to’g’ri ta’rif berilgan?

A. Soliq organlari tomonidan belgilangan soliq to’lovlarini to’lash kunlari;

B. Soliq to’lovchilar tomonidan soliq to’lash kunlari;

@C. Soliq to’lovchilarning davlat byudjeti oldida soliq majburiyatlarining bajarish muddati;

D. To’g’ri javob A va B.
#80. Soliq bazasini hisoblashning qanday usullari mavjud?

A. Kadastrli usul va manbadan olish usuli;

B. Kassa usuli va kadastrli usul;

@C. Kassa usuli va hisobga olish usuli;

D. To’g’ri javob A va S.
#81. Qat’iy soliq stavkasi qanday birlikda belgilanadi?

A. Foizda;

@B. Pul birligi – so’mda;

C. Gektarda, sotixda;

D. Tonnada, kilogrammda.
#82. Proportsional soliq stavkasining mohiyati nimadan iborat?

A. Soliq ob’ektining o’zgarishi bilan o’z navbatida soliq stavkasi o’zgaradi;

@B. Soliqqa tortish ob’ekti qanday bo’lishidan qat’iy nazar soliq stavkasi o’zgarmaydi;

C. Soliq ob’ektining oshib borishi bilan soliq stavkasi kamayib boradi;

D. To’g’ri javob yo’q.
#83. Qaysi qatorda soliq to’lash shakllari to’g’ri keltirilgan?

A. Bo’nak va to’liq;

B. So’mda va chet el valyutasida;

@C. Naqd pul yoki naqd pulsiz;

D. Pulli.
#84. “Kimki biron sahroni obod qilsa yoki poliz qilsa, yoki biron bog’ ko’kartirsa yoxud biron harob bo’lib yotgan erni obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa olmasinlar, ikkinchi yili raiyat o’z roziligi bilan berganini olsinlar, uchinchi yili (esa oliq-soliq) qonun - qoidasiga muvofiq hiroj yig’ilsin”, - degan fikr kimga tegishli?

A. Bobur;

B. Amir Olimxon;

@C. Amir Temur;

D. A.Makedonskiy.
#85. Soliq stavkalari qanday ko’rinishda bo’ladi?

@A. Qat’iy va nisbiy (foiz) stavkada;

B. So’m va chet el valyutasida;

C. Qat’iy va o’zgaruvchan;

D. Vaqtinchalik va uzoq muddatga.
#86. Soliq bazasini hisoblashning qaysi usulida daromad olingan yoki sotishdan tushum qachon kelib tushushidan qat’iy nazar tovarlarni jo’natilishi o’z navbatida soliqlarni to’lash majburiyatlarini vujudga keltiradi?

A. Kassa usulida;

@B. Hisoblash usulida;

C. Ikki usulda ham shunday;

D. Bunday holat uchramaydi
#87. Soliqqa tortishning kadastrli usulining o’ziga xos xususiyati nimada?

A. Soliqqa tortish ob’ektining kam yoki ko’pligiga bog’liq bo’ladi;

@B. Soliqning to’lanish payti daromadning olinishi payti bilan aslo bog’liq bo’lmaydi;

C. Soliq stavkalarining pastligida;

D. Soliq imtiyozlarining nisbatan ko’pligida.
#88. Respublikamizda er solig’ini kadastrli usulda undirishda nima hisobga olinadi?

A. Egasining huquqiy maqomiga;

B. Erdan foydalanayotgan shaxsga;

@C. Erning unumdorligiga;

D. Erning hajmiga.
#89. “Soliqlar yordamida iqtisodiyotni boshqarish mexanizmiga ta’sir etib, jumladan soliqqa tortishning progressiv shkalasini qo’llash orqali jamiyat a’zolarining mulkiy tengsizligini tugatish mumkin”, - degan fikrga kimga tegishli?

@A. E.Jerarden;

B. A.Smit;

C. A.Laffer;

D. Samuelson.
#90. O’zbekiston Respubli­kasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat bosh soliq boshqarmasini O’zbekiston Respublikasi Davlat so­liq qo’mitasiga aylantirish to’g’risida”gi Farmoni qachon qabul qilingan?

A. 1994 yil 28 mart;

B. 1991 yil 12 avgust;

C. 1994 yil 15 iyul;

@D. 1994 yil 18 yanvar.
#91. Soliq stavkalarini tabaqalashtirish mezonlariga quyidagilardan qaysi biri taalluqli?

A. Soliq to’lovchini jinsiga va millatiga ko’ra;

B. Soliq to’lovchilarning daromadi va mol-mulkiga ko’ra;

C. Soliq to’lovchilarning huquqiy maqomiga va daromadi manbaiga ko’ra;

@D. Soliq to’lovchilarning joylashishiga ko’ra, faoliyat turiga ko’ra.
#92. Soliq stavkalarini tabaqalashtirishning “soliq to’lovchilarning milliy iqtisodiyotga xorij sarmoyasini jalb etishiga qarab” belgilash mezoni qaysi soliq turiga nisbatan qo’llanilmoqda?

A. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;

@B. Foyda solig’i;

C. Er solig’i;

D. Mol-mulk solig’i.
#93. Qaysi soliq turlari stavkalari soliq to’lovchilarning eksport salohiyatiga ko’ra tabaqalashtirilgan?

@A. Foyda (daromad) solig’i va mol-mulk solig’i;

B. Er solig’i va mol-mulk solig’i;

C. Daromad solig’i va er solig’i;

D. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
#94. Soliq to’lovchilarning joylashishi mezoniga ko’ra qaysi soliq turlari stavkalari tabaqalashtirilgan?

A. Foyda solig’i;

B. Mol-mulk solig’i;

@C. Yalpi daromad solig’i;

D. Er solig’i.
#95. Quyida keltirilganlardan qaysi biri soliqdan vaqtinchalik ozod etishga misol bo’la oladi?

@A. Er uchastkalari hajmida dastlab 5 yilga, 2 yilga, 3 yilga, 7 yilga;

B. Ekologiyaga qilingan xarajatlar va xayriya maqsadlaridagi badallar doirasida;

C. Soliq krediti;

D. Mol-mulk qiymati doirasida investitsiyaga qilingan xarajatlar miqdorida.
#96. Davlat tomonidan soliq munosabatlarini tashkil etish uchun qo’llaniladigan (huquqiy baza asosida) soliqqa tortish jarayonining elementlari va ularni boshqarishning yig’indisiga ... deyiladi.

A. Soliq tizimi;

@B. Soliq mexanizmi;

C. Soliq siyosati;

D. Soliq strategiyasi.
#97. Sohibqiron Amir Temur o’z tuzuklarida soliqlar haqida: “....” - degan edi.

A. Soliqlar xazinani to’ldirish vositasidir;

@B. Soliqlar davlatning iqtisodiy tayanchi va namoyon bo’lishidir;

C. Soliqlar qishloq xo’jaligini rivojlantirish dastagidir;

D. Hamma javob to’g’ri.
#98. Davlatlararo bitimlarga ko’ra ikki tomonlama soliq solinmasligi qaysi soliq imtiyozini belgilash mezoniga ko’ra belgilanadi?

A. Soliq to’lovchilarning investitsiya mavqei mezoniga ko’ra;

B. Sohani rivojlantirish ustuvorligi mezoniga ko’ra;

@C. Xalqaro iqtisodiy aloqalarni darajasi mezoniga ko’ra;

D. Hamma javob to’g’ri.
#99. A.Smit soliqqa tortish tamoyillari qaysi kitobida asoslab bergan?

@A. “Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari”;

B. “Xalqlar boyligi omillari va shakllari”;

C. “Xalqlar boyligini orttirish uslublari”;

D. “Xalqlar boyligining kelib chiqish sabablari”.
#100. O’zbekistonda qaysi soliq turi kadastrli usulda undiriladi?

A. Yagona soliq;

B. Mol-mulk solig’i;

C. Daromad solig’i;

@D. Er solig’i.

6. NAZORAT UCHUN SAVOLLAR

(JN, ON, YaN.)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi

Soliq nazariyasi” fanidan yakuniy yozma ish
VARIANTLARI

Kafedraning 2012 yil 1 iyundagi 19-sonli majlis bayonnomasi bilan tasdiqlangan.

Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi mudiri



____________ prof. A.Jo’rayev

Tuzuvchilar: dots. v.b. G’.Safarov

k.o’q. N.Yakubova

k.o’q. M.Usmanova



Toshkent-2012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət