Ana səhifə

Soliqlar va soliqqa tortish


Yüklə 1.88 Mb.
səhifə3/31
tarix26.06.2016
ölçüsü1.88 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31

Fanning predmeti, ob’ekti, maqsadi va vazifalari.


  • Fanni o‘rganish usullari: umumiy va alohida usullar.

  • Fanni o‘rganish jarayonida turli pedagogik texnologiyalardan foydalanish.

  • Fanni o‘rganish usullari va boshqa fanlar bilan aloqasi.

    Adabiyotlar ro’yhati: 6,8,9,10,12,13,22,23,36

    2-mavzu: Soliq munosabatlarining vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari (6 soat)

    • Soliqlar va soliqqa tortishning vujudga kelish davrlari.

    • Soliqlarning rivojlanish bosqichlari. Markaziy Osiyoda soliqlarning paydo bo‘lishi, o‘ziga xos xususiyatlari va rivojlanishi.

    • Arab istilochilari davridagi soliqlar. Somoniylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar davridagi soliqlar va soliq siyosatining xususiyatlari.

    • Mo‘g‘ul istilochilari davridagi soliqlar.

    • Amir Temur va temuriylar davlatchiligida soliqlar, soliq tizimining xususiyatlari, uning boshqa davrlardagi soliq tizimidan farqi.

    • Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonliklari davrida soliqqa tortishning o‘ziga xosligi.

    • Chor Rossiyasi hukmronligi davridagi soliqlar. O‘zbekiston Respublikasida mustaqillikkacha bo‘lgan davrda soliq tizimi.

    • Mustaqil O‘zbekiston davlati soliq tizimini shakllantirish shart-sharoitlari va xususiyatlari. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimini rivojlanishi.


    Adabiyotlar ro’yhati: 1,2,6,8,9,12,13,15,16,22,36


    3-mavzu: Soliqlar haqida ilmiy qarashlar (2 soat)

    • Iqtisodiy ta‘limotlarda soliqlar va soliqqa tortishga oid g‘oyalar va nazariyalar. Soliqqa tortish to‘g‘risidagi qarashlarning shakllanishi.

    • Qadimgi Sharq mutafakkirlari g‘oyalarida soliqlarga oid qarashlarning o‘rni.

    • Qadimgi G‘arb mutafakkirlarining soliqlarga doir qarashlari: almashinuv nazariyasi, atomistik nazariya, rohatlanish nazariyasi, sug‘urta mukofoti nazariyasi.

    • Klassik iqtisodiy nazariyalarda soliqlar.

    • Soliqqa tortishga doir klassik va zamonaviy qarashlar, uzviylik va aloqadorlik.

    • Soliq nazariyalariga bo‘lgan zamonaviy yondashuv.

    • O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimida soliq nazariyalarining ifodalanishi.


    Adabiyotlar ro’yhati: 1,2,6,8,9,12,13,15,16,22,37

    4-mavzu: Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va xususiyatlari (4 soat)

    • Soliqlarning iqtisodiy mohiyati.

    • Soliqlarning tavsifi va umumiy belgilari.

    • Soliqlarning funktsiyalari.

    • Soliqlarni ta‘riflash va ularning boshqa to‘lovlardan farqli jihatlari.

    • Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida soliqlar va soliqqa tenglashtirilgan boshqa majburiy to‘lovlarga soliq to‘lovchilar va davlat nuqtai-nazaridan yondashish.

    • Soliq, yig‘im, boj va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarning iqtisodiy mohiyati.


    Adabiyotlar ro’yhati: 1,2,3,4, 8,9,10,11,13,14,15,16,19,25,26,36,37

    5-mavzu: Soliqqa tortish tamoyillari (2 soat)

    • Soliqqa tortish tamoyillari.

    • Soliqqa tortish tamoyillariga doir iqtisodchi-olimlar qarashlari.

    • Soliqqa tortishning iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy tamoyillari.

    • Rivojlangan mamlakatlar soliqqa tortish tizimi tamoyillari.

    • O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatida soliqqa tortish tamoyillari.


    Adabiyotlar ro’yhati: 1,2,9,12,13,14,15,16,27,34,36

    6-mavzu: Soliq nazariyasining elementlari (6 soat)

    • Soliq elementlari mohiyati va ularning tarkibi.

    • Soliq munosabatlari va ularning ishtirokchilari.

    • Soliq elementlarining mazmun-mohiyati va ularning nazariy talqini.

    • Soliq stavkasi va uning mazmuni va turlari.

    • Soliq imtiyozlarining mohiyati va ularining turlari.

    • Soliqni undirish usullari: kadastr asosida soliqqa tortish; manba oldida soliqqa tortish; daromad egasi manbani olgandan keyin soliqqa tortish (deklaratsiya asosida).

    • Soliq bazasini hisoblash usullari: kassa usuli; hisobga olish usuli.


    Adabiyotlar ro’yhati: 2,4,9,12,13,30,33,36

    7-mavzu: Soliq siyosati va uning asosiy yo‘nalishlari (2 soat)

    • Soliq siyosati tushunchasi va uning mohiyati.

    • Soliq siyosatining shakllari, maqsadlari va tartibga solish vositalari.

    • O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatining huquqiy asoslari, xususiyatlari.

    • Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida respublika soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari.

    • Soliq siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda davlat hokimiyati organlarining roli va ularning vakolatlari.

    • Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida O‘zbekiston va xalqaro soliq siyosati: umumiylik va o‘ziga xoslik.


    Adabiyotlar ro’yhati: 1,2,3,4,5,6,7,8,9,12,13,14,17,18,21,32,33,35

    8-mavzu: O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimining nazariy (6 soat)

    • Soliq tizimining mohiyati uning tarkibi va unsurlari.

    • Soliq tizimi unsurlarining yaxlitligi va o‘zaro bog‘liqligi.

    • Soliqlar soliq tizimining asosiy unsuri ekanligi.

    • Soliq tizimini guruhlanish tartibi.

    • 5.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida O‘zbekiston Respublikasida soliq tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari.

    • O‘zbekiston soliq tizimining rivojlangan davlatlar soliq tizimi bilan o‘xshashlik va farqli jihatlari.


    Adabiyotlar ro’yhati: 1,2,3,4,8,9,10,12,13,20,26,28,29,30,33

    9-mavzu: Soliqlar va makroiqtisodiy holatning uzviy bog‘liqligi (4 soat)

    • Soliq siyosati va uning makroiqtisodiy samarasi.

    • Soliq siyosatining yalpi talab va yalpi taklifga, investitsion muhitga, iste’molga, iqtisodiy barqarorlikka ta‘siri.

    • Soliq yukining nazariy jihatlari, uni taqsimlash tamoyillari.

  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31


    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
    rəhbərliyinə müraciət