Ana səhifə

Seningismingnima?-deb so'radi u


Yüklə 465.5 Kb.
tarix27.06.2016
ölçüsü465.5 Kb.
J.M.Barri

Ertaklari.



PITER PEN


Piter Pen hech qachon katta bolmaydigan va o'sib ulg'aymaydigan jahonda yagona boladir. Bu esa uni juda quvontirardi. U parilar bilan Noma'lum Zaminda yashardi.

Barcha kichik yoshdagi bolalar ushbu Noma'lum Zaminni, yorqin va rangli orollarni va, albatta, qaroqchilarni tush­larida ko'rardilar. Ularning har biri ushbu zaminda chindan bo'lishni orzu qilardi, ammo ulg'ayishi bilan sehrli mamlakatni endi tushlarida ham ko'rolmasdi. Shuning uchun Piter Pen bir umr yosh bolaligicha qolardi.

Ayrim vaqtlarda Piter Pen kechalari sayr qilib yurib, ochiq derazalardan bolalarning xonalariga mo'ralar edi. Krovatlarning chetiga o'tirib surnaychasida kuy chalardi. Uning kuylarini bolalar faqat tushlarida tinglardilar. Ushbu kuylarga raqsga tushayotgan parilar ko'pincha ularga Piter Penning ismini yetkazishardi.

Piter Penni Vendi, uning ukalari Maykl bilan Jon ham yaxshi tanishar edi. lear­ning kattasi, Vendi ismli qiz, Penni eng olijanob shaxs, ukalari esa uni o'z o'yinlarining qahramoni deb bilishardi. Kunlardan bir kun Vendi ajoyib kuy sadosidan uyg'onib ketib, qurigan barglar va tiniq mumdan ko'ylak kiygan yoqimtoy bola va kichik yorug'likni ko'rib qoldi. Bular Piter Pen va uning doimiy hamrohi

- Bell ismli qizaloq pari edilar.

-Seningismingnima?-deb so'radi u.

- Vendi Moyra Enjela Darling,-javob berdi qiz.

-Sening isming-chi? -Piter Pen.

- Ha-ya, ilgari ham sening ismingni bilar edim-ku. Yoningda nima yarqirab turibdi? — qiziqib so'radi Vendi.

- Bu mening doimiy hamrohim, qiza­loq pari Bell.

- Piter, - qichqirib yubordi u, - sen




aytmoqchisanki hozir bizning xonamizda chindan ham pari bor deb, shundaymi?

- Ha, sen to'g'ri aytyapsan! - javob berdi u.

Piter Pen Vendiga ularni onalari aytib berayotgan ertaklarini eshitgani necha bor uchib kelganini so'zlab berdi. Undan tashqari u Vendi ukalariga aytadigan ertaklarini ham e'tibor bilan tinglardi. So'ngra eshitgan ertaklarini o'zi bilan birga Noma'lum Zaminda yashaydigan Yo'qolgan bolalarga so'zlab berardi.

- Ular o'zi kim? - qiziqib so'radi Ven­di.

- Bular enagalari aravachalarda sayrga olib chiqqan va enagalari yon-atrofga anqayib turgan chog'da aravachalaridan tushib qolgan va yetti kun ichida ularni hech kim qidirishni boshlamagan kichik yoshdagi o'g'il bolalardir. Shundan so'ng ular noma'lum zaminga jo'natiladi. U yerda esa ularning sardori men, -javob berdi Piter Pen.

-Qanday ajoyib!-dedi u.

- Ajoyiblikka ajoyib, ammo zerikarlida. Bilasanmi, men ham, bolalar ham birontayam ertak bilmaymiz, - dedi Piter unga.

- Men juda ko'p ajoyib ertaklarni bilaman, - dedi Vendi.

- Yo'qolgan bolalaringga ham aytib berishim mumkin. Ammo onam hademay sen katta bo'lib qolasan, ertaklaringni yig'ishtirishing kerak, deydi, - xafa bo'lganini yashirolmadi Vendi.

- Ketdik, Vendi! Men seni Noma'lum Zaminga olib ketaman. U yerda sen hech qachon ulg'aymaysan. Men senga suv parilari, g'ayritabiiy hayvonlar, do'stlikni qadriga yetadigan hindular va ularning dushmanlari - qaroqchilarni ko'rsataman.

- Juda qiziq-ku, Piter! Sen Maykl bilan Jonga ham uchishni o'rgatasanmi?

- so'radi Vendi.

- Albatta, o'rgataman, -javob qildi u.

- Turinglar! - uyg'otishni boshladi Vendi Maykl bilan Jonni. - Piter Pen kelgan. Bizlar noma'lum zaminga uchib ketamiz.

Hammalari xursand bo'lib, uchishga shaylanishdi. Piter Pen ulardan

biron-bir yaxshi narsa to'g'risida o'ylashlarini so'radi, shunda ularning fikrlari yengil bo'lib, uchishlari mumkin bo'larkan.

Piter Penning bir necha saboqlaridan so'ng Vendi, Jon va Maykl uchishni yaxshigina o'rganib olishdi. Bolalar xonasining shifti ostidagi sinov parvozlaridan keyin ular axiri qushlarning g'ayritabiiy bir galasi misol derazadan uchib chiqishdi.

Tun bag'riga sho'ng'ib, avval uylar-ning tomlari ustida, so'ngra esa shahar

chekkasiga chiqib dengiz ustida, cheksiz suvsathi uzra ucha boshladilar.

Oltin rang yog'dusiga chulg'angan jajjigina pari Bell ularga yoi ko'rsatib borardi. Piter Pen esa Maykl suvga qulab tushmasin deb hushyor uchar, negaki tun yarmidan o'tgan, bolakay uyqusirab horg'in parvoz qilaredi.

Axiri pastlikda orol namoyon bo'ldi. Vendi o'zini tutolmay:

- O, Piter, xuddi men o'ylaganimdek! Maykl, qara, ana suv parilarining

ko'r-fazi. Mana bu esa-hindularning manzili. Jon, qaragin-a, Kapitan Changakning haqiqiy kemasi!

Orol yosh sayyohlarga ajoyib-g'aroyib sarguzashtlar maskani bo'lib ko'rindi.

Piter Pen mehmonlarini o'rmondagi katta daraxt kovagida joylashgan maxfiy uyiga olib bordi. Maxfiy uyga kirish uchun, avvalo, daraxt ustidagi bir kovakka o'rmalab chiqib, kovakdan uy ichiga sirg'alib tushish kerak ekan. Bu yerda Piter Pen bilan birga Yo'qolgan bolalar yashardi. Shu yerning o'zida, devorlarning birida ustiga harir parda yopilgan tokcha ham bor ekan-pari qizaloq Bellning yashash joyi.

Yo'qolgan bolalar Vendi kelganidan xursand bo'lib, undan ularga g'amxo'r ona o'rnida bo'lib, ertaklar aytib berishini so'rashdilar.

- Yaxshi, - dedi u, - men harakat qilaman.

Shunday qilib vaqt o'tib borardi. Hamma xursand edi. Vendi bilan ukalarining tashvishlari ko'payib ketdi. Yo'qolgan bolalarning ular bilan o'tkazgan har bir daqiqasi baxtli edi.

Ko'pincha, osuda damlarda, Kapitan Changak boshchiligidagi qaroqchilar ularni ta'qib qilmayotgan paytlarda, Yo'qolgan bolalar hindular bilan urush o'ynab, vaqtlarini o'tkazishar edi. Ammo bu safar o'ynaydigan fursat emas edi. Hindular sardorining boshiga kulfat tushgan, qizi Tillo Nilufarni qaroqchilar o'g'irlab ketishgan edi. Yuzsiz Kapitan Changak uni tutqunlikda ushlab turar, oyoq-qo'llari bogiab tashlangan qizaloqni qayiqqa solib kemasi tomon yo'l olgan edi.

Kapitan Changak nihoyatda shafqatsiz kishi edi. Uning o'ng qo'li yo'q, qo'li o'rnida esa temir changak bo'lib, shu changak bilan o'z to'dasidagi qaroq-chilarni qo'rqitib olgan edi. Qachonlardir Piter Pen bilan bo'lgan ayovsiz olishuvda u qo'lidan ayrilgan, shu bois undan qasos olish payida doim uning yo'lini poylab yurardi.

- Gap shunday, - dedi u Tillo Nilufarga, - sen Piter Penning qayerda

yashirinib yurganini menga aytib bersang, ozodlikka chiqasan.

Ammo Tillo Nilufar mardona turib, Piter Pen bilan Yo'qolgan bolalarning sirini aytmadi, ularning yer ostidagi makonini ko'rsatib bermadi. Kapitan uni

qiyin-qistoqqa olib, qo'rqinchli changagini ko'rsatib, po'pisa qilayotgan edi hamki, shu paytda osmondan uchib kelgan Piter Pen unga tashlanib, Kapitan Changak bilan yordamchisini suvga uloqtirib yubordi. So'ng Tillo Nilufarni zanjirdan bo'shatib, otasining yoniga olib bordi.

Suvdan bir amallab kemasiga chiqib olgan Kapitan Changak qahri-zahrini sochib:

- Piter Pen tilka-pora qilib tashlansin! O'lsam oiamanki, uni tutib olmaguncha qo'ymayman. Men uning anavi, do'stlarim deb yurgan churvaqalarini tutib olaman-da, shu yerda kemada bandi qilaman. Ana o'shanda uning o'zi bo'yin egib oldimga keladi!

Yovuz rejasini amalga oshirish uchun, Changak to'satdan tunda hindularga hujum qiladi. Piter Pen qilichini olib qizil tanlilarni himoya qilishga yo'l oldi. U mardona kurashdi.

Qaroqchilar yana ycngilishlari mumkin edi. Makkor Kapitan Changak bir necha qaroqchilariga Vendi, Jon, Maykl va Yo'qolgan bolalarni yolg'on ishlatib bo'lsa ham, tutib olib kemalariga eltishni buyurdi.

Qaroqchilar hindularning shartli signali bilan Piter Penning do'stlarini chalg'itadilar va yer ostidagi maxfiy makonlaridan chiqartirib, kemalariga olib ketishdi. Kemada ularni ustunga bog'lab qo'yishdi. Changakning tantana qilish vaqti kelgan edi. Changagi bilan ularni qo'rqitib:

- Xo'sh, ahvollaring qalay endi, og'aynilar. Agar istasanglar, mening qo'limda qaroqchilik qilasizlar, yoki bo'lmasa kemadan dengizga tashlab yuboraman!

Vendi boshini mag'rur ko'tarib:

- Bizlar hech qachon qaroqchi bo'lmaymiz! Piter Pen bizlarni qutqarib oladi.

Kapitan uning so'zlaridan kulib, maslahat bera boshladi:

- He-he-he! Piter Pen sizlarni qut-qaradimi hali? Ammo ungacha men

sizlarni suv qa'riga cho'ktirib yuboraman va sendan boshlayman, qaysar qizcha!

Vendini kema qanotiga olib kelib, suvga otib yuborishganda ham o'zini mardona tutardi. Qizning Piter Penga bo'lgan ishonchi suvga oqmadi. U to'satdan paydo bo'lib, Vendini suvga tushmasidan ilib oldi. Buni ko'rib turgan Kapitan Changakning joni halqumiga kelib:

- Qo'lga tushdingmi, bola-faqir! Scni so'nggi daqiqalaring ham yaqin. Qachon mcnbilan yakkama-yakka olishasan?

- Men sen bilan kurashishga doim tayyorman, - dedi Piter Pen. - Buning ustiga bir qo'lim bilan olishaman, g'irrom bo'lmasligi uchun ikkinchi qo'limni boylab qo'yaman.

Piter qilichini olib palubaga sakrab tushdi. Ular qilichbozlik qilib goh tepaga ko'tarilishar, goh pastga tushib, goh oldinga, goh orqaga borib qolib

urishishdi. Kapitan ayyorlik qilib temir

changagini tiqib olmoqchi bo'ldi. Ammo Piter chaqqon edi. Axiri u g'olib chiqdi.

"Changak, yengilganingni tan ol", -dedi u. "Ha, sen g'olib chiqding, Pen. Men yutqazdim", - dedi darmoni ketgan kapitan.

Qaroqchilar o'z kapitanlari

mag'lubiyatga uchraganini ko'rib, qo'rqqanlaridan o'zlarini suvga tashladilar. Kapitan Changak ham kemani tarketdi.

- Endi bu kemaning kapitani men, -dedi Piter. - Bizlar katta sayohatga yo'l olamiz.

Hamma xursand bo'lganidan qarsak chalib yubordi. Faqat Vendi xafa edi. U uyini sog'ingandi.

- Piter, uyga qaytar vaqtimiz bo'ldi. Onam bilan otam bizlardan xavotir olishayotgandir,-dedi u.

- Shu damda ketamiz demoqchimisan? - so'rashdi Yo'qolgan bolalar.

Piterga qolsa-ku, mehmonlar uning noma'lum zaminida yana ko'proq yurishlarini xohlardi, ammo Vendi haq edi.

- Uylaringga biz kemada qaytamiz. Bell, tayyormisan?

- Tayyorman, - javob berdi pari qizaloq.



-Unda olg'al-buyurdi Piter Pen. Pari Bell chor atrofga oltin rang zarralarini tarqatganicha ucha boshladi.
Endi Piter Penga o'tgan qudratii kema sirli ravishda suvdan ko'tarilib samoga chiqib oldi. Vendi, Jon va Maykl uylariga bir zumda yetib ham kelishdi. Kema esa o'sha ondayoq yelkanlarini hilpiratganicha, sas-sadosiz noma'lum zaminga uchib ketdi. Yo'qolgan bolalar ular bilan qo'l silkib xayirlashdilar. Tez orada kema yulduzli samoda g'oyib bo'ldi.

Vendi ukalarini o'rinlariga yotqizdi, o'zi ham bolalar xonasida tunashga qaror qildi. Uyqusida Vendi kulib qo'ydi. Ular tushlarida Piter Pen, yo'qolgan bolalar, noma'lum zamin va boshlaridan kechirgan g'aroyib voqealarni



ko'rishardilar. Vendi va uning ukalari katta bo'lishganda ham bu voqeani yodga olib turishadi.



Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət