Ana səhifə

O‘zbekiston Respublikasi Xalq tа’limi vаzirligi


Yüklə 254.5 Kb.
səhifə4/5
tarix24.06.2016
ölçüsü254.5 Kb.
1   2   3   4   5

Amaliy mashg`ulot: qatiq, suzma, brinza, tvorog, qurt tayyorlash tartib qoidalari. Yog`li qatlanib, tayyorlangan xamirdan “Somsa”, “Qatlama” pishirish. O`zbek milliy (suyuq ovqatlar) tayyorlash texnologiyasi va dasturxonga tortish talablari. Milliy taomlardan “Mastava” tayyorlash. Tushlik uchun dasturxon tuzash. Sut va sut mahsulotlaridan parxez taomlar tayyorlash.

Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi (48 soat)

Umumiy tushunchalar (4 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari. Jun va ipak tolali gazlamalar, ularning olinishi. Jun va ipak tolalarning xossalari.

Amaliy mashg`ulot: jun va ipak gazlamalarning xossalarini aniqlash.

Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (2 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: furnitura haqida umumiy ma`lumot. Ilgaklar, halqalar tikish, tugmachalar va pistonlar qadash. Taqilma turlari.

Amaliy mashg`ulot: “Molniya” taqilmasini tikish.

Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish (4 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Oyoq yuritmali tikuv mashinasining tuzilishi. Ishlash prinsipi. Oyoq yuritmali tikuv mashinasini ishga tayyorlash. Tikuv mashinasida ishlatiladigan kichik mexanizatsiya vositalaridan foydalanish. Tikuv mashinasidagi kichik nosozliklarni tuzatish.

Amaliy mashg`ulot: Oyoq yuritmali tikuv mashinasini ishlashga tayyorlash. Ichki kiyim choklaridan namunalar tikish.

Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi (38 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Beldan kiyiladigan kiyim turlari. Yubkalar haqida ma`lumot. O`lchov olish. Yubka chizmasini chizish. Yubka eskizlarini chizish va modellashtirish. Yubka chizmasini tekshirish. Andoza va gazlamani tayyorlash. Gazlama ustiga andozani joylashtirish. Yubkani bichish va tikish. Birinchi kiydirib ko`rish. Kiydirib ko`rishdan so`ng kamchiliklarni tuzatish. “Molniya” taqilmasini tikish. Yubkaning bel va etak qismlariga ishlov berish. Yubkani bezash va oxirgi ishlov berish. Zardo`zlik san`ati tarixi va uning rivojlanishi. Zardo`zlikda ishlatiladigan materiallar (gazlama turlari, karton, zar iplar). Zardo`zlikda ishlatiladigan asbob-uskunalar. Zar ipni o`rash. Zardo`zlikda ishlatiladigan naqsh turlari. Kartonga naqsh (gul) tushirish va qirqish. Ish o`rnini tashkil qilish. Bo`zni korcho`pda taranglab tortish. Zamindo`zi va guldo`zi usulida tikishni o`rgatish. Choynak yopqichining gulnaqshini zar ipdan tikish. Tikilgan mahsulotni korcho`pdan tushirib tayyorlash texnologiyasini o`rganish (astar tikish). Buyumga oxirgi ishlov berish. Nozmunchoq (biser) va undan foydalanish haqida ma`lumot. Nozmunchoq to`qish uchun zaruriy xomashyo va moslamalar. Nozmunchoqdan gul, geometrik va boshqa shakllar to`qish. Milliy bosh kiyimlardan do`ppi tikish texnologiyasi. Qiz bolalar sumkasini tikish texnologiyasi.

Amaliy mashg`ulot: Yubka chizmasini chizish, andoza tayyorlash, bichish va tikish. Yubkaning belbog`, etak qismiga ishlov berish va bezash. Yubkaga oxirgi ishlov berish. Zar ipni o`rash. Kartonga naqsh (gul) ni qirqish. Zamindo`zi va guldo`zi usulida tikish. Choynak yopqich tikish. Nozmunchoqdan gul, geometrik va boshqa shakllarni to`qish. Milliy bosh kiyimlardan do`ppi tikish. Qiz bolalar sumkachasini tikish.

Хаlq hunаrmаndchiligi teхnоlоgiyasi (70 sоаt)

Shаkllаntirilаdigаn bilimlаr: Yostiq jild tikish texnologiyasi haqida ma`lumot. Zarurriy xomashyo va materiallar. Yostiq jildni bichish. Yostiq jildi uchun naqsh tanlash va uni gazlamaga tushitish. Yostiq jildiga tushirilgan naqshlarni tikish. Yostiq jildi bo`laklarini bir-biriga biriktirish, oxirgi ishlov berish, ho ‘llash, dazmollash, xavfsizlik texnikasi qoidalari. “Vazadagi guldsata” kompoztsiyasini tikish texnologiyasi. Kompoztsiya uchun rang, ip tanlash va gazlamada tushirish. “Vazadagi guldasta” kompoztsiyasini tikish. O`zbekistonning Davlat ramzlarini tikish uchun gazlama va rangli iplar tanlash. Gerb tasvirini gazlamaga tushirish. Gerb tasvirini tikish, oxirgi ishlov berish, ho ‘llash, dazmollash, xavfsizlik texnikasi qoidalari. Milliy buyumlardan “So`zana” tikish texnologiyasi. “So`zana” kompoztsiya uchun rangli ipak iplar, naqsh elementlari tanlash va gazlamada tushirish. Milliy buyumlardan “So`zana” kompoztsiyasini tikish. Tikilgan buyumni keraksiz iplardan tozalash va oxirgi ishlov berish, ho ‘llash, dazmollash, xavfsizlik texnikasi qoidalari. Miliy kiyimlardan “Nimcha” tikish texnologiyasi haqida ma`lumot. Zaruriy xomashyo va materiallar. Nimcha uchun andoza tayyorlash va uni bichish. Nimcha uchun naqsh elementlarini tanlash va gazlamaga tushirish. Nimchadagi naqshlarni kashta choklarida tikish. Nimchaga oxirgi ishlov berish, ho ‘llash, dazmollash, xavfsizlik texnikasi qoidalari. Miliy bosh kiyimlardan “Do`ppi” tikish texnologiyasi haqida ma`lumot. Zaruriy xomashyo va materiallar. Do`ppi uchun andoza tayyorlash va uni bichish. Do`ppi uchun naqsh elementlarini tanlash va gazlamaga tushirish. Do`ppining tepa qismiagi naqshlarni kashta choklarida tikish. Do`ppining kizak qismiagi naqshlarni kashta choklarida tikish. Do`ppiga oxirgi ishlov berish, ho ‘llash, dazmollash, xavfsizlik texnikasi qoidalari. Tеxnika xavfsizligi sanitariya gigiyеna qoidalari. Shartli bеlgilar asosida choklar to`qish (kuruchokda) Choynak qopqoq to`qish uchun sxеma chizish. Choynak qopqoqini to`qish. “Birtma” chok to`qish (bugorka) “Bеrеtka” to`qish sxеmasini chizish. Bеrеtka to`qish. Stul uchun ko`rpacha to`qish sxеmasini chizish. Ko`rpacha to`qish. Naqshinkor chok to`qish (kuruchoda). Yubka to`qish sxеmasini chizish. Yubka to`qish. Do`ppi to`qish uchun sxеma chizish. Do`ppi to`qish. Gul to`qish.

Аmаliy mаshg‘ulоt: Yostiq jildni bichish. Yostiq jildiga tushirilgan naqshlarni tikish. “Vazadagi guldsata” kompoztsiyasini tikish. Gerb tasvirini tikish. Milliy buyumlardan “So`zana” kompoztsiyasini tikish. Nimchadagi naqshlarni kashta choklarida tikish. Do`ppining tepa qismiagi naqshlarni kashta choklarida tikish. Do`ppining kizak qismiagi naqshlarni kashta choklarida tikish. Tеxnika xavfsizligi sanitariya gigiyеna qoidalari. Shartli bеlgilar asosida choklar to`qish (kuruchokda) Choynak qopqoq to`qish uchun sxеma chizish. Choynak qopqoqini to`qish. “Birtma” chok to`qish (bugorka) “Bеrеtka” to`qish sxеmasini chizish. Bеrеtka to`qish. Stul uchun ko`rpacha to`qish sxеmasini chizish. Ko`rpacha to`qish. Naqshinkor chok to`qish (kuruchoda). Yubka to`qish sxеmasini chizish. Yubka to`qish. Do`ppi to`qish uchun sxеma chizish. Do`ppi to`qish. Gul to`qish.
Buyumlarni ta`mirlash texnologiyasi 2 soat

Shakllantiriladigan bilimlar: Kiyimlarni saqlash usullari. Kiyimga qarab turish qoidalari. Yamoq solish texnologiyasi.

Amaliy mashg`ulot: Yamoq solish.
7-sinf

Texnologiya va dizayn yo`nalishi

metallga ishlov berish texnologiyasi (18 soat)

Umumiy tushunchalar (2 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: rangli metallar va ularning qotishmalari (oltin, kumush, mis, bronza, latun, duraluminiy va boshqalar)ning mexanik xossalari: qattiqlik, elastiklik, plastiklik va mo`rtlik. Tayyorlanadigan buyumlar. Yupqa tunukalar, simlar turlari, ulardan yasaladigan detallar.

Amaliy mustaqil ishlar: metallarga chilangarlik va tokarlik ishlov berish turlari va usullari.

Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (4 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Sterjen, tunuka va simlarni qirqish, bukish va to`g`rilash asboblaridan foydalanish. Shtangensirkul, nutromer, shablonlar, mikrometrning tuzilishi va o`lchash usullari. Nonius bilan hisoblash. O`lchash asboblari yordamida aniqlik sinflarini tekshirish.

Amaliy mustaqil ishlar: Sterjen, tunuka, simlarga ishlov berish asboblarini ishga tayyorlash va ishlash. Metallga ishlov berish asboblari turlari haqidagi ma`lumotlarni aniqlash va referat yozish.

Stanoklar va ulardan foydalanish (2 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Frezerlash, tokarlik, parmalash, charxlash stanoklarining vazifasi, tuzilishi va ishlash qoidalari. Charxlash usullari. Tokarlik, frezerlash stanoklarida detallarga ishlov berish texnologiyasi.

Amaliy mustaqil ishlar: Tokarlik, frezerlik, parmalash va charxlash stanoklarida oddiy jarayonilarni bajarish.

Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi (10 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Metallardan tayyorlanadigan buyumlarga, detallarga ishlov berish, konstruksiyalash elementlari (kesish, qirqish, arralash, teshish, pardozlash, bo`yash). Rangli metallarga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullari.

Amaliy mustaqil ishlar: Uy-ro`zg`or, turmush va maktab uchun metall materiallardan buyumlar tayyorlash. Texnologik xaritalar tayyorlash, chizish, foydalanish.

yog`ochga ishlov berish texnologiyasi (38 soat)

Umumiy tushunchalar (6 soat)

Shakllantiradigan bilimlar: Yog`ochning kimyoviy va texnologik xossalari. Yog`ochning haroratga, namlikka, mikroorganizmlarga va boshqa ta`sirlarga chidamliligini ta`minlashga xizmat qiluvchi materiallar. Yog`ochni quritish va saqlash qoidalari. Yog`ochdan tayyorlangan buyumlarga pardoz berishda ishlatiladigan materiallar.

Amaliy mustaqil ishlar: Yog`ochlar va ularga ishlov berish materiallarini turlarga ajratish va xususiyatlarini aniqlash.

Asbob-uskunalar va ulardan foydalanish (10 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Yog`ochga ishlov berishda qo`l asboblaridan (xatkash, go`niya, arra, randa, iskana va b.) foydalanish texnologiyasi.

Amaliy mustaqil ishlar: Yog`ochga qo`lda ishlov berish asboblarini ishga tayyorlash hamda ish joyini tashkil qilish.

Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish (10 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Tokarlik, parmalash stanoklarining vazifasi, tuzilishi va ular bilan ishlash qoidalari. Tokarlik, stanogida detallarga ishlov berish texnologiyasi.

Amaliy mustaqil ishlar: Yog`ochga ishlov berishda tokarlik va parmalash stanoklarida jarayonilarni bajarish.

Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi (12 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi. Uy-ro`zg`or, turmushda, maktabda qo`llanilayotgan texnika va konstruktsiyalash elementlari. Eskizlar asosida buyumlar tayyorlash. Shakli silindrsimon, konussimon va fasonli, burchakli sathlar birikuvidan hosil qilingan detallar. Chizmalarda texnik talablarni ifodalanish qoidalari. Yog`och va metallga ishlov berishni uyg`unlashtirish xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullari.

Amaliy mustaqil ishlar: Konussimon va fason burchak sathli detallarni va ularning eskizlarini tuzish hamda chizmalarini tayyorlash. Tayyorlanadigan detallar texnologik xaritalari. Yog`och va metallga ishlov berishni uyg`unlashtiruvchi xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullari asosida buyumlar tayyorlash.

Хаlq hunаrmаndchiligi teхnоlоgiyasi (76 sоаt)

Yog`och o`ymakorlik san`ati Pardoz va uning turlari. Pardoz asboblari va ularning turlari. O ‘ymakorlikka oid boshlang’ich naqshlarni (1-7 gullar) pardozlash. O ‘ymakorlikka oid pargora naqshlarini (1-7 gullar) o ‘yish. O ‘ymakorlikka oid pargora naqshlarini (1-7 gullar) pardozlash. Zamonaviy inshootlar va ulardagi yog’och o ‘ymakorligi ishlari. Chizilgan naqsh kompozitsiyalarini buyumga tushirish yo ‘llari. Kompyuter texnologiyasi yordamida internet tarmog’i orqali dunyo mamlakatlari ijodkor ustalarining ishlarini kuzatish va o ‘rganish. Yog’ochdan penal yasash. Penal uchun naqsh kompozitsiyasi cizish. Penalga naqsh o ‘yib ishlov berish. Jilvir qog’ozlar va ularning turlari. Buyumlarni jilvirlash (qumqog’ozlash) texnologiyasi. Penalni jilvirlash. Lok bo ‘yoqlar va ularning turlari. Buyumlarni loklash texnologiyasi. Penalni loklash. Penalni pardozlash. Me`moriy obidalar, muzeylar, zamonaviy inshootlar va xalq ustalari ijodxonalariga sayohat.

Elektrotexnika ishlari (8 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarishda ish o`rni. Kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlari. Kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarishda ish asboblari hamda ish usullari. Asboblari elektr montaj qilish va ishga tushirishga tayyorlash bilan bog`liq kasb-hunar turlari.

Amaliy mustaqil ishlar: Elektr montaj ish asbob turlari va ularda ishlash usullarini o`rganish. Elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar (svetofor, girlyanda va b.) tayyorlash.

Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash (4 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi hamda issiqlik ta`minoti tizimi va undan foydalanish qoidalari. Uy va xonadonlarni ta`mirlash ishlarining asosiy turlari. Ta`mirlashda qo`llaniladigan zamonaviy qurilish materiallari. Uy va xonadonlarni ta`mirlashda qo`llaniladigan asosiy ish asboblari. Qurilish va ta`mirlash bilan bog`liq kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumot.

Amaliy mustaqil ishlar: Shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi hamda issiqlik ta`minoti tizimi sxematik tasvirini tayyorlash. Suv ta`minoti tizimi, suv quvurlari, ventil va jumraklarni sozlashda mayda ta`mirlash ishlari.

Servis xizmati yo`nalishi

Pazandachilik asoslari (18 soat)

Umumiy tushunchalar (2 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Go`sht va go`shtli mahsulotlarning ozuqaviy qiymati, ahamiyati. Baliq va baliq mahsulotlarining ozuqaviy qiymati, ahamiyati va mohiyati. Go`sht va baliq turlari, ularning sifatiga bo`lgan talablar, saqlanish muddatlari.

Amaliy mashg`ulot: Go`shtdan taom tayyorlash.

Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (4 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Go`shtdan tayyorlanadigan taom tayyorlash uchun jihozlangan ish o`rnini tashkil etish. Go`shtga birlamchi ishlov berishda sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari. Baliqdan taom tayyorlash uchun jihozlangan ish o`rnini tashkil etish. Baliqqa birlamchi ishlov berishda sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari.

Amaliy mashg`ulot: Baliqdan taom tayyorlash.

Pazandachilikda ishlatiladigan jihozlar va ulardan foydalanish (4 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Asbob va moslama turlari, ulardan foydalanish qoidalari. Sabzavot va mevalarni konservalash uchun jihozlangan ish o`rnini tashkil etish. Elektr go`sht maydalagichning tuzilishi, vazifalari, ishlash prinsipi. Xavfsizlik texnika talablari.

Amaliy mashg`ulot: Sabzavot va mevalarni konservalash.

Taomlar tayyorlash texnologiyasi (8 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Qandolat mahsulotlari tayyorlash uchun jihozlangan ish o`rnini tashkil etish. Qandolatchilik jihozlaridan foydalanib, ”Chak-chak” tayyorlash. Go`shtdan taom tayyorlash texnologiyasi. “Qozon kabob” tayyorlab, dasturxonga tortish. Karam va uzum bargidan do`lma tayyorlash va dasturxonga tortish. O`zbek milliy taomlaridan palov tayyorlash texnologiyasi.

Amaliy mashg`ulot: “Chak-chak” pishirig`ini tayyorlash. Palov tayyorlash va dasturxonga tortish tartibi. “Qozon kabob” tayyorlab, dasturxonga tortish. Karam va uzum bargidan do`lma tayyorlash va dasturxonga tortish.

Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi (46 soat)

Umumiy tushunchalar (4 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari haqida umumiy ma`lumot. Kimyoviy tolalardan tayyorlangan gazlamalar Sun`iy va sintetik gazlamalarning xossalari va ularga qo`yiladigan talablar.

Amaliy mashg`ulot: Kimyoviy tolalarning xususiyatlarini o`rganish. Tashqi ko`rinishga qarab cho`zilishi, g`ijimlanishi, suv o`tkazish, issiqdan saqlash xossalari, yonishi.

Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (4 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Kiyim haqida umumiy ma`lumot. Kiyimlar assortimenti va o`lchami. Kiyim tikishning asosiy bosqichlari. Qo`lda bajariladigan ishlarning texnik shartlari.

Amaliy mashg`ulot: Qo`lda bajariladigan ishlar uchun asbob va moslamalar. Merejka usulida tikish.

Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish (4 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Elektr yuritmali tikuv mashinasining tuzilishi, ishlatilishi. Maxsus ish bajaradigan tikuv mashinalari.

Amaliy mashg`ulot: Tikuv mashinalarini tozalash va moylash. Mashinadagi nuqsonlar, parallel zig-zak qator, mayda va yirik bahya qator tikish. Choklaridan namunalaridan tikish.

Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi (34 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Milliy liboslarda ko`ylak va uning turlari haqida ma`lumot. Gavdadan o`lchov olish va yozish. Hisoblash formulasi. Ko`ylak asos chizmasini chizish. Ko`ylakni va bo`yin o`mizini modellashtirish hamda andoza tayyorlash. Andozani gazlamaga joylashtirish va bichish. Bichiq bo`laklariga ishlov berish. Birinchi kiydirib ko`rish. Bo`yin va yeng o`miziga ishlov berish. Ko`ylak etagini tikish. Ko`ylakka oxirgi ishlov berish. Xalq hunarmandchiligi “Quroqchilik” haqida umumiy ma`lumot. Uning tarixi, usullari, kerakli ish qurollari. Tikiladigan “Quroq” buyumiga eskiz chizish va shablonlar tayyorlash. Gazlamalarni ajratish, sifatini aniqlash va shablonlarni qirqib tayyorlash. Tanlangan shakllarni shablon asosida tikish. Quroqning “Yo`l-yo`l” usulidan foydalanib, ushlagich; “Paxta” yoki “Parket” usulidan foydalanib, yelpig`ich; “Uycha” (olma yoki qovoq guli) shaklida choynak yopg`ichini tikish. Tayyorlangan mahsulotga astar tikish. Qaviq ishlari. Tayyorlangan mahsulotga oxirgi ishlov berish. Dizayner-modelyer kasbi to`g`risida tushuncha berish. Bolalar sport, bayram kiyimlari uchun yangi modellar eskizini yaratish. Kiyim turlari asosida yangi modellar yaratish. Xonani bezashda pardalarning roli. Parda tikish uchun gazlama va kerakli xomashyo, jihoz va moslamalar tanlash. Parda modeliga qarab gazlamani hisoblash. Oddiy va murakkab usullarda pardalar tikish texnologiyasi. Kichik hajmda parda tikish.

Amaliy mashg`ulot: Milliy liboslardan ko`ylakni tikish. Tikiladigan “Quroq” buyumiga eskiz chizish va shablonlar tayyorlash. Quroqning “Yo`l-yo`l”, “Paxta”, “Parket” usullarini o`rgatish. Quroq usullaridan foydalanib, buyumlar tikish. Tayyorlangan mahsulotga astar tikish va qavish. Bolalar sport, bayram kiyimlari uchun yangi modellar yaratish. Bayram kechalari uchun liboslar ansamblini yaratish. Kichik hajmda pardalar tikish.

Хаlq hunаrmаndchiligi teхnоlоgiyasi (72 soаt)

Shаkllаntirilаdigаn bilimlаr: Zardo ‘zlik san’ati va uning rivojlanishi tarixi. Zardo ‘zlikda ishlatiladigan gazlamalar. Gazlama turlari, karton, zar iplar bilan tanishtirish. Zardo ‘zlikda ishlatiladigan sabob-uskunalar. Korcho ‘p, angishvona, igna, shturgardan qaychi, patila. Zardo ‘zlikda ishlatiladigan naqsh turlari.Islimiy naqsh. Bodomnusha naqshlar: qo`shbodom, bodomiy xazoni nok turlari. Turinj va anor nusha naqshlar. Chinni gul va gul turlaridagi naqshlar. Kartonga naqsh (gul) tushurish va qirqish. Ish o ‘rnini tashkil qilish. Bo ‘zni korcho ‘pda taranglab tortish. Zardo ‘zlik buyumlarini tikishda ishlatiladigan chok turlari. Guldo ‘zi chok usulida tikishni o ‘rgatish. Zamindo ‘zi usulida tikishni o ‘rgatish. Mavjiv yak ro`ya choki. Mavjiy du ro`ya choki. Mavji chashmi bulbul choki. Mavjixishti xaram, Mavji xanjariy, Mavji chor dar chor chiklari haqida ma`lumot. Zardo`zi birishimdo`zi usulida tikish. Zardo`zi pulakchado`zi usulida tikish (piston bilan tikish). Zardo`zi choklariga toftada bezak berish usullari. Sim, likak, pulakchalar bilan bezash usullari. Pulakchalardan turli gullar tayyorlash. Milliy buyumlardan igna qadagich tikish va uni bezash. Ko`zoynak g`ilofi tikish va uni bezash. Yelpig`ich tikish va uni bezash. Choynak yopqichning guldo ‘zi usulida tikish. Qizaloqlar ko`ylagini tikish va uniga zardo`zlik usulida ishlov berish. Kirish. Tеxnika xavfsizligi va sanitariya - gigiyеna qoidalari. Ip turlari haqida ma'lumot bеrish. (tabiiy ip) O`rgimchak to`ri chok to`qish. Sumka sxеmasini chizish. Sumka to`qish. Kruchokda romashka gulini to`qish. Ro`mol to`qish uchun sxеma. Ro`mol to`qish. “Mo`ynal” chok to`qish. Pancho to`qish uchun sxеma chizish. Pancho to`qish. O`yinchoq to`qish. Chеburashka sxеmasi. O`yinchoqlar to`qish.

Аmаliy mаshg‘ulоt: Zardo ‘zlikda ishlatiladigan gazlamalar. Zardo ‘zlikda ishlatiladigan sabob-uskunalar. Zardo ‘zlikda ishlatiladigan naqsh turlari. Islimiy naqsh. Bodomnusha naqshlar: qo`shbodom, bodomiy xazoni nok turlari. Turinj va anor nusxa naqshlar. Chinni gul va gul turlaridagi naqshlar. Kartonga naqsh (gul) tushurish va qirqish. Bo ‘zni korcho ‘pda taranglab tortish. Zardo ‘zlik buyumlarini tikishda ishlatiladigan chok turlari. Guldo ‘zi chok usulida tikishni o ‘rgatish. Zamindo ‘zi usulida tikishni o ‘rgatish. Mavjiv yak ro`ya choki. Mavjiy du ro`ya choki. Mavji chashmi bulbul choki. Mavjixishti xaram, Mavji xanjariy, Mavji chor dar chor chiklari haqida ma`lumot. Zardo`zi birishimdo`zi usulida tikish. Zardo`zi pulakchado`zi usulida tikish (piston bilan tikish). Zardo`zi choklariga toftada bezak berish usullari. Sim, likak, pulakchalar bilan bezash usullari. Pulakchalardan turli gullar tayyorlash. Milliy buyumlardan igna qadagich tikish va uni bezash. Ko`zoynak g`ilofi tikish va uni bezash. Yelpig`ich tikish va uni bezash. Choynak yopqichning guldo ‘zi usulida tikish. Qizaloqlar ko`ylagini tikish va uniga zardo`zlik usulida ishlov berish. Kirish. Tеxnika xavfsizligi va sanitariya - gigiyеna qoidalari. Ip turlari haqida ma'lumot bеrish. (tabiiy ip) O`rgimchak to`ri chok to`qish. Sumka sxеmasini chizish. Sumka to`qish. Kruchokda romashka gulini to`qish. Ro`mol to`qish uchun sxеma. Ro`mol to`qish. “Mo`ynal” chok to`qish. Pancho to`qish uchun sxеma chizish. Pancho to`qish. O`yinchoq to`qish. Chеburashka sxеmasi. O`yinchoqlar to`qish.

Buyumlarni ta`mirlash texnologiyasi (4 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Iste`moldan chiqqan buyum o`lchamiga qarab, bolalar kiyimining andozasini tayyorlash va tikish.

Amaliy mashg`ulot: Iste`moldan chiqqan buyum o`lchamiga qarab, bolalar kiyimining andozasini tayyorlash va tikish.

8-sinf
Texnologiya va dizayn” yo`nalishi

Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi (150 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Hunarmandlarning bozor munosabatlari asosidagi faoliyatlari, uyushmalari va uning istiqbollari. Xalq hunarmandchiligi bo`yicha ko`rgazma va tanlovlarni tashkil qilish va ishtirokchilarni tanlash qoidalari.

Yog’och o ‘ymakorligining boshqa fanlar bilan aloqasi. Yog’ochdan “Lagan” yasash. Laganga mos ravishda naqsh kompozitsiyasi chizish va tushirish. Lagan naqshlarini o ‘yish. Laganni jilvirlash. Laganni loklash.



Laganni pardozlash. Me`moriy obidalar, muzeylar, zamonaviy inshootlar va xalq ustalari ijodxonalariga sayohat. Kompyuter texnologiyasi yordamida ustalar ijodidan slaydlar tashkil qilish. Yog’ochdan “Lavh” yasash. Lavh uchun kompozitsiya chizish va buyumga tushirish. Lavh naqshlarini o ‘yish. Lavhni jilvirlash va loklash. Lavhni pardozlash. Toshkent o ‘ymakorlik maktabi va uning namoyondalari. Samarqand o ‘ymakorlik maktabi va uning namoyondalari. Yog’ochdan “Panno” yasash. Panno uchun kompozitsiya chizish va buyumga tushirish. Panno naqshlarini o ‘yish. Pannoni jilvirlashva loklash. Pannoni pardozlash. Qo ‘qon o ‘ymakorlik maktabi va uning namoyondalari. Xiva o ‘ymakorlik maktabi va uning namoyondalari. Yog’ochdan 6 qirrali “Quticha” yasash. Quticha uchun kompozitsiya chizish va buyumga tushirish. Quticha naqshlarini o ‘yish. Qutichani jilvirlash valoklash. Qutichani pardozlash.
1   2   3   4   5


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət