Ana səhifə

O‘zbekiston Respublikasi Xalq tа’limi vаzirligi


Yüklə 254.5 Kb.
səhifə3/5
tarix24.06.2016
ölçüsü254.5 Kb.
1   2   3   4   5

Shakllantiriladigan bilimlar: Metallarga ishlov berish texnologiyasi, konstruksiyalash elementlari. Yupqa tunuka va simdan buyumlar tayyorlash. Metall buyumlarda biriktirish turlari: harakatsiz (payvand) va yarim harakatchan (shlitsali, shponkali, rezbali). Metallarga ishlov berishda qo`llaniladigan xalq hunarmandchiligi elementlari. Metallga ishlov berishga oid kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumot.

Amaliy mustaqil ishlar: Detallar va buyumlar konstruktiv qirqimlarini topish. Metallarga ishlov berish jarayonlari bilan uyg`unlashtirilgan xalq hunarmandchiligi texnologiyasi.

Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi (42 soat)

Umumiy tushunchalar (6 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Yog`ochga ishlov berish ustaxonasining tuzilishi. Yog`ochga ishlov berishda xavfsizlik texnikasi qoidalari. Yog`ochning turmushda va xalq xo`jaligidagi ahamiyati, tuzilishi, turlari, ishlatilish sohalari. Yog`ochlarning tashqi ko`rinishi va o`ziga xos belgilari. Yog`ochning yaroqlilik va yaroqsizlik belgilari. Duradgorlikda ishlatiladigan yog`ochlar: terak, tog`terak, shumtol, qarag`ay, eman, nok, chinor va boshqalar.

Amaliy mustaqil ishlar: Mahalliy hududda o`sadigan daraxtlar va ulardan olinadigan yog`och turlarini o`rganish. Yog`ochlarning sifatini va ularning nuqsonlarini aniqlash.

Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (20 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Duradgorlik dastgohi, qo`l asboblarining tuzilishi va turlari, ulardan foydalanish qoidalari. O`lchash va rejalash asboblari: chizg`ichlar, buklama metr, qalamlar, xastkash va boshqalar. Arralar va randalar turlari. Iskanalar, bolta va teshalar. Bolg`alar va ularning turlari: po`lat, yog`och, plastik bolg`alar va to`qmoqlar. Egov va jilvir qog`ozlar tuzilishi, turlari.

Amaliy mustaqil ishlar: Asbob-uskuna va moslamalarni ishga tayyorlash, foydalanish va ta`mirlash.

Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish (2 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Yog`ochga ishlov berish stanoklari va ular haqida tushuncha. Mashinalarning asosiy qismlari (dvigatel, uzatgich mexanizmi, organi).

Amaliy mustaqil ishlar: Yog`ochga ishlov berish stanoklarining tuzilishi, qismlaridagi kuch-harakatning uzatilish yo`li, stanokni ishga tayyorlash bosqichlarini o`rganish.

Mahsulotlar ishlab chiqarsh texnologisi (14 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Duradgorlik buyumlari detallarini tayyorlash. Duradgorlik birikmalari to`g`risida ma`lumotlar: yelimlash, mixlar, burama mixlar (shurup) va boshqa vositalar bilan biriktirish. Buyumlar yuzasiga qoplamalar yopishtirish. Duradgorlik buyumlarining sirtini pardozlash va detallarni konstruksiyalash. Yog`ochdan uy-ro`zg`or buyumlari tayyorlashda foydalanish. Yog`ochga ishlov berishda qo`llaniladigan xalq hunarmandchiligi elementlari. Yog`ochga ishlov berishga oid kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumot.

Amaliy mustaqil ishlar: Tayyorlanmaning eskizi va texnologik xaritasini tuzish, tanlash, rejalash va tayyorlash. Yog`ochga ishlov berish jarayonlari bilan uyg`unlashtirilgan xalq hunarmandchiligi texnologiyasi.

Хаlq hunаrmаndchiligi teхnоlоgiyasi (68 soаt)

Yog`och o`ymakorlik san`ati

Yog`och o`ymakorligi haqida tushuncha va uning rivojlanish tarixi. Boshlang`ich naqsh elementlarini chizish. O`ymakorlikka oid boshlang`ich naqshlarni (1-14 gullar) chizish. Yog`och o`ymakorligi san`ati maktablari.O`ymakorlikka oid pargora naqshlarini (1-7 gullar) chizish. Yog`och o`ymakorligi ijodkor ustalari va ularning faoliyati. O`ymakorlikka oid sodda naqsh elementlari chizish. O`ymakorlikka oid murakkab naqsh elementlari chizish. O`ymakorlikda kompozitsiya tuzish haqida tushuncha. Oltin kesim qonuni. Kompozitsiya-ning hususiyati. Yog`och o`ymakorligi kompozitsiyalarida harakat. Stilizatsiya (qayta ishlash). Kompozitsiyada muvozanat. Kompozitsiyada mutanisiblik. Metrik takrorlanish (ritm). Kvadrat shaklga kompozitsiya chizish. Doira shaklga kompozitsiya chizish. Ustalar ijodidan nusxa ko`chirish. Me`moray obidalar va san`at muzeylariga ekskursiya uyushtirish. Girih haqida tushuncha va unga bog`liq kompozitstiyalar chizish.



Elektrotexnika ishlari (4 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Elektr montaj ishlarida ish o`rnini tashkil qilish. Elektr o`tkazish simlarining turlari. Elektr o`tkazgichlarni montaj qilish izolyatsiyalash ishlari. Elektr asboblari. Sohaga oid kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumot.

Amaliy mustaqil ishlar: Elektr o`tkazgich simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan ishlash usullarini o`rganish.

Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash (4 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Pol qoplamalari va mebellarning loklangan hamda qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta`mirlash ishlari. Oyna romlarini kichik ta`mirlash va qishda issiqlikni saqlash usullari. Xizmat ko`rsatish sohalariga oid kasb-hunar turlari.

Amaliy mustaqil ishlar: Pol qoplamalari va mebellarning laklangan hamda qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta`mirlash isitish usularini o`rganish.
Servis xizmati” yo`nalishi

Pazandachilik asoslar (18 soat)

Umumiy tushunchalar (2soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Pazandachilik o`quv xonasida xavfsizlik texnika qoidalari va sanitariya gigiyena talablari. Pazandachilik tarixi va taraqqiyoti. Oziq-ovqat mahsulotlarining ozuqaviy qiymatini inson organizmi uchun ahamiyati.

Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (2 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: O`zbek milliy oshxonasining o`ziga xos xususiyatlari va rivojlanishi. Oshxonada ishlaganda shaxsiy gigiyena qoidalari.

Amaliy mashg`ulot: Sabzavotlarga birlamchi ishlov berish, to`g`rash usullaridan foydalanib, salatlar tayyorlash, dasturxonga tortish qoidalari.

Pazandachilikda ishlatiladigan texnologik jihozlar va ulardan foydalanish (4 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: plita, muzlatgich, idish-tovoq, yuvish moslamalari, oshxona stollari, quritgich moslama, shkaflar haqida umumiy tushuncha. Plita turlari, tuzilishi va foydalanish qoidalari.

Amaliy mashg`ulot: Kartoshka bo`tqasini tayyorlash.

Taom tayyorlash texnologiyasi (10 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Tuxum va uning ozuqaviy qiymati, pishirish usullari. Dasturxonga tortish qoidalari. Buterbrod va issiq ichimlik turlarini tayyorlash. Kundalik ovqatlanish uchun dasturxon bezash. Sabzavotlardan yaxna taomlar tayyorlash. Ularning sifatiga va saqlanishiga qo`yiladigan talablar. Yaxna taomlarni did bilan bezatib, dasturxonga tortish tartibi. Ochiq, yoriq va gazak uchun tayyorlangan (ka-na-pe) buterbrodlarni tayyorlash va dasturxonga tortish tartib, qoidasi. Sanitariya-gigiyena, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish. O`zbek milliy oshxonasining rivojlanish tarixi, uning taomlari, tasnifi hamda taomlarning tayyorlanishidagi o`ziga xos xususiyatlari. “Tvorogli”, “Murabboli” blinchiklar tayyorlash tartibi va dasturxonga tortish.

Sohaga oid kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumot.



Amaliy mashg`ulot: Tuxum qaynatib, qovurib pishirish usullari. Dasturxonga tortish qoidalari. Buterbrod va issiq ichimlik turlarini tayyorlash. Yaxna taomlar tayyorlash. Ochiq, yoriq va gazak uchun tayyorlangan buterbrodlarni tayyorlash. Go`shtli salatlar. Mevali va sut mahsulotli salatlar tayyorlash va dasturxonga tortish. “Tvorogli”, “Murabboli” blinchiklar tayyorlash tartibi va dasturxonga tortish.

Tayanch ma`lumotlar: mehnat xavfsizligi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari. Pazandachilik va qandolatchilik korxonalari, oshxonalarda ishchilar mehnatining mazmuni va ish o`rni.

Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi ( 48 soat)

Umumiy tushunchalar (4 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari. Tabiiy tolali gazlamalardan paxta va zig`ir tolalardan to`qilgan gazlamalar, ularning xususiyatlari.

Amaliy mashg`ulot. Sarja (polotno) to`qish. Gazlamaning o`ng va teskari tomonlarini, bo`ylama va ko`ndalang iplarini aniqlash.

Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (4 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Qo`l ishlari va uni bajarishda ishlatiladigan asbob-uskunalar haqida umumiy ma`lumot.

Amaliy mashg`ulot. Qo`l choklaridan namunalar tayyorlash. Ushlagich tayyorlash. Dazmol bilan ishlash. Dazmollash usullari.

Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish (4 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Qo`l yuritmali tikuv mashinasining asosiy tuzilishi va ishlash tartibi. Tikuv mashinasini ishga tayyorlash. Mashinada ipsiz tikish.

Amaliy mashg`ulot: Mashinada ishlash qoidalari. Mashinada ipsiz tikish. Mashinaga ip o`tkazish. Biriktiruvchi, ziy choklarini tikish.

Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi (18 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Bichish va tikish haqida ma`lumot. Gavdadan o`lchov olish. Masshtabli lineyka. Fartuk va bog`ichli qalpoqcha chizmasini chizish. Fartuk va bog`ichli qalpoqchani modellashtirish va andoza tayyorlash. Fartuk va bog`ichli qalpoqcha bichish. Bog`ichli qalpoqchani tikish. Fartukni tikish. Bog`ichni va belbog`ni tikish. Ko`krak qismini tikish. Qoplama cho`ntakni tikish. Fartuk qismlarini birlashtirish va oxirgi ishlov. Dazmollash usullari.

Amaliy mashg`ulot: Fartuk va bog`ichli qalpoqcha chizmasini chizish. Fartuk va bog`ichli qalpoqchani modellashtirish va andoza tayyorlash. Fartuk va bog`ichli qalpoqcha bichish. Bog`ichli qalpoqchani tikish. Fartukni tikish. Bog`ichni va belbog`ni tikish. Ko`krak qismini tikish. Qoplama cho`ntakni tikish. Fartuk qismlarini birlashtirish va oxirgi ishlov. Dazmollash usullari. To`qish usullaridan namunalar. XTQ va sanitariya-gigiyena talablari. To`qish choklarini o`rganish. Ko`zoynak uchun g`ilof to`qish.

Buyumlarni ta`mirlash texnologiyasi 2 soat

Amaliy mashg`ulot: Choklari so`kilgan turli buyumlarni ta`mirlash texnologiyasi.

Хаlq hunаrmаndchiligi teхnоlоgiyasi (68 sоаt)

Shаkllаntirilаdigаn bilimlаr: Xalq hunarmandchiligi to ‘g‘risida umumiy ma’lumot. Milliy kiyimlar haqida tushuncha. Kashtachilikda ishlatiladigan asbob-uskunalar. XTQ rioya qilish. Kashtachilikda ishlatiladigan naqshlar, naqsh elementlari. Naqshlar chizish. Kashtachilik ranglari va rang tanlash. Kashtachilikda ishlatiladigan murakkab choklardan namunalar tikish. Milliy kiyimlardan qiyiqcha bichish va nusxa tushirish. Qiyiqcha chetlarini suv yoki zanjir chokida tikish. Qiyiqcha gullarini (naqshlarini) tikish. Qiyiqchani tikib tamomlash, chokini tozalash va dazmollash. Geometrik shaklar yordamida naqsh namunalarini chizish. Ishlatiladigan rang turlari va iplarini aniqlash. Naqsh namunalarini gazlamaga tushirish usullaridan foydalanishda naqshni kattalashtirish va kichiklashtirishni o`rgatish. Chaqaloqlar uchun so`lakcha uchun andoza tayyorlash va uni bichish. So`lakcha bo`laklariga naqsh gullaridan namunalarni tushirish va uni tikish. So`lakchaga oxirgi ishlov berish. Sochiq tikish uchun gazlama tanlash. Sochiqni bichish va tikish. Sochiqqa geometrik shaklar yordamida naqsh namunalarini tushirish va tikish. Dastirxon tikish uchun gazlama tanlash. Dastirxonni bichish va tikish. Dastirxonga geometrik shaklar yordamida naqsh namunalarini tushirish va tikish. Dasturxon va sochiqqa oxirgi va namlik-issiqlik ishlovini berish. Choynak uchun g`ilof va taglik tikish texnologiyasi bilan tanishtirish. Andoza tayyorlash, zaruriy gazlama, iplar tanlash, g`ilof va taglikni bichish. G`ilof uchun bichilgan bo`laklarga gul va barglardan iborat naqsh tushirish. Tushirilgan naqshdagi gul va barg tasvirlarini tikish uchun ranglar tanlash, iroqisimon, tugun, suv choklaridan foydalanib gul va barglarni tikish (olti qavatli mulina ipida). Kashta guli va bargi bilan bezatilgan g`ilofga astar o`natish. G`ilofga oxirgi va namlik-issiqlik ishlovini berish. Choynak uchun taglikni bichish va tikish. Taglikni chet qismlarini murakkab choklar bilan bezash. Tutgich qo`lqop tikish texnologiyasi bilan tanishtirish. Andoza tayyorlash, zaruriy gazlama, iplar tanlash, Tutgich qo`lqopni bichish. Tutgich qo`lqop uchun bichilgan bo`laklarga olma, nok, baliqcha (ixtiyoriy) naqshlarni tushirish. Tushirilgan olma, nok, baliqcha (ixtiyoriy) naqsh tasvirini tikish uchun ranglar tanlash. Baliqchani tanasini popop chokida, suzgich va dumlarini suv chokida tikish (to`rt yoki olti qavatli mulina iplarida). Tutgich qo`lqopning ikki bo`lagini bir-biriga petlya chokida birlashtirish. Tutqichga oxirgi va namlik-issiqlik ishlovini berish. Qiz bolalar sumkachasini tikish texnologiyasi bilan tanishtirish. Andoza tayyorlash, zaruriy gazlama, iplar tanlash, sumkachani bichish. Qiz bolalar sumkachasi uchun naqsh namunalarini ixtiyoriy tanlash va naqshni sumkacha asos qismiga tushirish. Tushirilgan naqsh tasvirlarini tikish uchun ranglar tanlash, ustki tekis, to`r, iroqisimon, suv chok turlaidan foydalanib tikish (to`rt yoki olti qavatli mulina iplarida). Sumkacha bo`laklarini birlashtirish. Sumkaga oxirgi va namlik-issiqlik ishlovini berish. “Zumrad baliqchalar” panosini tikish texnologiyasi bilan tanishtirish. Andoza tayyorlash, zaruriy gazlama, turli iplar tanlash. Gazlamaga tasvirni ko`chirish. Panoni kashta bezagini popop va puxtalangan chok turlari bilan tikish. Panonga oxirgi va namlik-issiqlik ishlovini berish. Tеxnika xavfsizligi va sanitariya gigiyеna qoidalariga amal qilish. Tabiiy ip turlari haqida ma'lumot bеrish. O`tilgan choraklarni takrorlab to`qish. Shartli bеlgilar bilan tanishtirish: 1-chokli to`qish. Shakli bеlgi asosida 1-ustunli chok to`qish (kruchokda). Qizlar uchun ro`mol usulida qalpoqcha to`qish. Ro`mol to`qish. Ro`mol qalpoqchani ichini chiqarish. qalpoqchani bitkazish, bandini to`qish. Chokni kruchokda to`qish. Balligo to`qish. Gul to`qish.

Аmаliy mаshg‘ulоt: Kashtachilikda ishlatiladigan murakkab choklardan namunalar tikish. Milliy kiyimlardan qiyiqcha bichish va nusxa tushirish. Qiyiqcha chetlarini suv yoki zanjir chokida tikish. So`lakcha bo`laklariga naqsh gullaridan namunalarni tushirish va uni tikish. Dastirxon, sochiqlarni bichish va naqsh namunalarini tushirishib, tikish. Choynak uchun g`ilof va taglik bichish, tushirilgan naqshdagi gul va barg tasvirlarini tikish, astar o`natish. Tutgich qo`lqop bichish va tushirilgan olma, nok, baliqcha (ixtiyoriy) naqsh tasvirini tikishda popop, suv choklaridan foydalanish. Qiz bolalar sumkachasini bichish va sumkachasi uchun naqsh namunalarini ixtiyoriy tanlash, naqsh tasvirlarini tikishda ustki tekis, to`r, iroqisimon, suv chok turlaidan foydalanish. “Zumrad baliqchalar” panosidagi kashta bezagini popop va puxtalangan chok turlari bilan tikish. Tеxnika xavfsizligi va sanitariya gigiyеna qoidalariga amal qilish. Tabiiy ip turlari haqida ma'lumot bеrish. O`tilgan choraklarni takrorlab to`qish. Shartli bеlgilar bilan tanishtirish: 1-chokli to`qish. Shakli bеlgi asosida 1-ustunli chok to`qish (kruchokda). Qizlar uchun ro`mol usulida qalpoqcha to`qish. Ro`mol to`qish. Ro`mol qalpoqchani ichini chiqarish. qalpoqchani bitkazish, bandini to`qish. Chokni kruchokda to`qish. Balligo to`qish. Gul to`qish.

6-sinf

Texnologiya va dizayn” yo`nalishi



Metallga ishlov berish texnologiyasi (18 soat)

Umumiy tushunchalar (2 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: qora metallar qotishmalari, cho`yan va po`latning asosiy mexanik xossalari: qattiqlik, elastiklik, plastiklik va mo`rtlik. Tayyorlanadigan buyumlar.

Amaliy mustaqil ishlar: Metallarga ishlov berish, materiallarning xususiyatlarini o`rganish.

Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (4 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Metallarni o`lchash va rejalash asboblari (millimetrli chizg`ich, nutromer, shtangensirkul) dan foydalanish. Shtangensirkul bilan o`lchash usullari.

Amaliy mustaqil ishlar: O`lchash, rejalash va dastlabki ishlov berish asboblarini ishga tayyorlash hamda ishlash usullarini o`rganish. Metallga ishlov beruvchi asboblarning ichki qismlarini sozlash.

Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish (4 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Tokarlik-vint qirqish stanogining vazifasi, qo`llanishi, tuzilishi, asosiy qismlari. Tokar va chilangarning ish o`rnini tashkil qilish. Stanoklarda ishlashdagi xavfsizlik texnika qoidalari. Tokarlik ishlarida moslamalardan foydalanish asoslari. Metallga issiqlik va sovuqlik ishlov berishning mohiyati.

Amaliy mustaqil ishlar: Parmalash va tokarlik-vint qirqish stanoklarining qismlaridan ichki detallarni ajratish. Ichki detallarning tuzilishini, ishlash tamoyilini o`rganish.

Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi (8 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: texnika va konstruktsiyalash elementlari. Buyumlarni tayyolash: loyihalash, o`lchash, rejalash, biriktirish, pardozlash. Rejalash, arra bilan kesish, egovlash, zubilo bilan ishlash usullari. Bir necha detal va tayyorlanmaga ishlov berish. Metallarga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullari.

Amaliy mustaqil ishlar: Tayyorlanadigan detal eskizini chizmalarini, texnologik xaritalarni tuzish va o`qish. Materialni tejamli sarflashni rejalash. Metallarga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullarini o`rganish.

Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi (40 soat)

Umumiy tushunchalar (4 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Yog`ochning fizikaviy xossalari. Yog`och turlarining xususiyatlari. Duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar va bo`yoqlar turlari, xususiyatlari, ishlatilish sohalari.

Amaliy mustaqil ishlar: yog`och-taxta materiallarining turlari va xususiyatlarini aniqlash. Yog`och asosli yarimtayyor (yarimfabrikat) mahsulotlar namunalari bilan tanishish va ishlatilish sohalarini aniqlash. Yelimlar va bo`yoqlarni ishlatish.

Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (16 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Yog`ochlarni rejalash, o`yish, asboblarining turlari, ularni ishlatish va saqlash qoidalari. Qo`l randa va parmalash qurilmalarining tuzilishi, ulardan xavfsiz foydalanish qoidalari.

Amaliy mustaqil ishlar: Yog`ochga ishlov berish asboblaridan to`g`ri foydalanish usullarini o`rganish. Asboblarni sozlash.

Mashina, mexanizm, stanoklar va ulardan foydalanish(6 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Stanoklarning asosiy qismlari va vazifalari. Yog`ochga ishlov beradigan tokarlik stanogining ish tamoyillari, unda bajariladigan jarayonilar. Stanoklar tuzilishidagi umumiylik. Ulardagi harakat uzatish mexanizmlar kinematikasi.

Amaliy mustaqil ishlar: Yog`ochga ishlov beruvchi tokarlik va parmalash stanoklarining tuzilishini, ularni ishga tayyorlash hamda xavfsiz ishlatish qoidalarini o`rganish.

Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi (14 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar. Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi asosida uy-ro`zg`or buyumlarini tayyorlash (sabzavotlarni to`g`rash taxtasi, egovga dastak yasash va x.k.). Yelimlarni ishga tayyorlash va ulardan foydalanish qoidalari. Yog`ochga ishlov berishni o`rgatishda fanlararo aloqalar. Yog`ochga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullari.

Amaliy mustaqil ishlar: Silindr shaklidagi detallar (egov, o`qlov) eskizini tuzish. Yog`ochdan tayyorlanadagin buyumni tanlash, rejalash, o`lchash. Yog`och va boshqa materiallardan xalq hunarmandchiligi ish usullari asosida buyumlar tayyorlash.

Хаlq hunаrmаndchiligi teхnоlоgiyasi ( 68 sоаt)

Yog`och o`ymakorlik san`ati

Me`morchilikda yog’och o ‘ymakorligining tutgan o ‘rni. O ‘ymakorlik asbob-uskunalari va ularni ishchi holatga tayyorlash. Yog’och o ‘ymakorligidagi boshlang’ich naqshlarni (1-7 gullar) o ‘yib ishlash. O ‘ymakorlikda ishlatiladigan yog’och materiallar va ularning turlari. Naqsh kompozitsiyalari-ni chizish usullari.



Kvadrat shaklga naqsh o ‘yish. Doira shaklga naqsh o ‘yish. O ‘ymakorlikda ishlatiladigan asbob- uskunalarning turlari. O ‘ymakorlikda ishlatiladigan yordamchi asbob- uskunalar va ularning turlari. To ‘rtburchak quticha yasash. To ‘rtburchak qutichaga naqsh o ‘yib ishlov berish. O ‘ymakorlikka oid naqsh elementlari va ularni chizish. Dumaloq quticha yasash. Dumaloq qutichaga naqsh o ‘yib ishlov berish. Yog’och o ‘ymakorligining yo ‘nalishlaridan biri bo ‘lgan Yevropa uslubi haqida tushuncha. Yevropa usulida sodda naqsh elementlarini o ‘yish. O ‘quvchilarni xalq ustalari ijodi bilan yaqindan tanishtirish. Xalq ustalari ishlagan naqsh kompozitsiyalari-dan nusxa ko`chirish. Pardozlash va uning turlari haqida tusuncha. Sodda naqsh elementlarini pardozlash.

Elektrotexnika ishlari (6 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Bitta xonani yoritish zanjir sxemasi. Maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga ulash, ularning atrof-muhit va inson sog`ligiga ta`siri. Elektr energiyasini tejamli ishlatish usullari. Elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlab chiqarish, ishlatish va ularga xizmat ko`rsatishga oid kasb-hunarlar to`g`risida ma`lumot.

Amaliy mustaqil ishlar: Bir xonani yoritish zanjir sxemasini o`rganish. Stol lampasini elektr zanjirini tuzish va tayyorlash.

Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash (4 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Yurtimiz me`morchiligi tarixiga oid qisqacha ma`lumotlar. Xona interyeri hamda jihozlanish dizayniga talablar. Sohaga oid yurtimizda tarkib topgan an`analar hamda zamonaviy taraqqiyot yo`nalishlari.

Amaliy mustaqil ishlar: o`quv xonalarida mebel hamda qo`shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri va eskizlarini tayyorlash. Taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlash.

Servis xizmati yo`nalishi

Pazandachilik asoslari (18 soat)

Umumiy tushunchalar (2 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: pazandachilik xonasini jihozlanishiga qo`yiladigan talablar. Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari. Un va don mahsulotlarining ozuqaviy qiymati va ahamiyati.

Asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanish (2 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: pazandachilik xonasida ishlash uchun sanitariya-gigiyena talablari. Oshxona asboblarida metall, chinni, sopol, plastmassa, shisha idishlardan to`g`ri foydalanishning ahamiyati.

Pazandachilikda ishlatiladigan texnologik jihozlar va ulardan foydalanish (4 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: sovutgich va muzlatgich, termos, mikroto`lqinli elektrpechlarning tuzilishi va ahamiyati, foydalanish texnologiyasi. Qandolatchilikda ishlatiladigan texnologik jihozlardan: ko`pirtirgich (mikser)ning turlari, tuzilishi, ahamiyati, undan foydalanish qoidalari.

Taom tayyorlash texnologiyasi (10 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: sut va sut mahsulot turlari. Sut mahsulotlari sifatiga bo`lgan talablar, saqlanish sharoiti va muddati. Un va don mahsulotlarining ozuqaviy qiymati va ahamiyati. Xamir turlari. Oshirma va oshirmasdan tayyorlanadigan xamirlar haqida ma`lumot. O`zbek milliy taomlaridan suyuq ovqatlar va parxez taomlar tayyorlash texnologiyasi va dasturxonga tortish talablari. Dasturxon, sochiq turlari, ulardan foydalanish, saqlash va yuvish.
1   2   3   4   5


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət