Ana səhifə

O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Yüklə 2.35 Mb.
səhifə2/15
tarix24.06.2016
ölçüsü2.35 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

Jadvallarda keltirilgan statistik ma’lumotlar asosida dostonlarda qo’llanilgan «bosh» so’zidan yasalgan iboralarni quyidagi grafikda tasvirlaymiz:

Grafikdagi X o’qidagi (pastki gorizontal o’qdagi) sonlar bir xil chastotada qo’llanilgan leksemalar miqdorining tartib raqami sanaladi. Y o’qdagi (ya’ni vertikal o’qdagi) sonlar shu so’zlarni dostonlar matnida uchrash ehtimolidir. Grafikdagi 1-qatorda A.dostoni, 2-qatorda R. dostonidagi «bosh» so’zi bilan yasalgan iboralarning mavjudlik ehtimoli ko’rsatkichlari keltirilgan. A. dostonida bir xil chastotada qo’llangan 3ta «bosh» so’zi bilan yasalgan iboraning mavjudlik ehtimoli eng ko’p miqdori 0,001ga teng bo’lsa, R. dostonida bir xil chastotaga ega bo’lgan 4 ta «bosh» so’zi bilan yasalgan iboraning mavjudlik ehtimoli eng ko’p miqdori 0,0011ga teng. Demak, R. dostoniga nisbatan A. dostonida «bosh» leksemasi bilan shakllangan frazeologizmlar ko’p miqdorni tashkil etadi. Mavjudlik ehtimoli 0,0011 ga teng bo’lgan frazeologizm faqat R. dostonida qo’llanishi, A. dostonida uchramaganligi bilan farqlanadi.

Ushbu statistik ma’lumotlarga asoslanib, “bosh” komponentli frazeologizmlarning leksik-semantik xususiyatlarini matn tarkibida ma’lum darajada tahlil qilishga intilamiz:

Boshi birikmoq – yakdil bo’lmoq, hamjihat bo’lmoq ma’nolarini anglatadi. Bir yoqadan bosh chiqarmoq, bir jon-bir tan bo’lmoq iboralari bilan sinonimik qator hosil qiladi. Masalan: Ana endi bu so’zlarni aytishib, o’lan oxir bo’ldi, erta-mertan tong otdi, kun choshka haddiga etdi, shibir-shibir gap bo’p yotdi, ikki odamning boshi birikkan erda: «Shu Qultoy Alpomish», - deb yuribdi (Alp.355).

Boshi bo’sh unashtirilmagan, uylanmagan ma’nolarini anglatib, boshi ochiq iborasi bilan sinonim bo’la oladi.

O’zbaklarning yaxshi qizi bor bo’lsa, // Boshi bo’sh deyin, avval so’rayin. // Yaxshi qizlar agar boshi bo’sh bo’lsa, //Kelin qilib, biror ro’mol o’rayin (Alp.26).



Boshi gangimoq – bu iboraning quyidagi ma’nolari mavjud: 1) aylanmoq, miyasi g’ovlamoq, kalovlanmoq; 2) es-xushini olib qo’ymoq, maftun bo’lmoq; 3) yo’ldan ozdirmoq, avramoq; 4) keraksiz gap aytib vaqtni ketkazmoq; 5) uzoq o’ylab biror fikrga kela olmaslik. Boshini aylantirmoq iborasi bilan sinonim bo’la oladi.

Boshi gangib, cho’lda sarson, // Elin topmay, garang bo’lgan (Alp.105). Qanday gapga sening gangigan boshing // Bunday kunda sening holing so’rayin (Alp. 41).

Boshi ketmoq – o’ldirmoq ma’nosini anglatib, boshi tanasidan judo bo’lmoq, boshini olmoq iboralari bilan sinonim bo’la oladi. Masalan: Qo’ng’irotning xoni ham zindonda yotibdi, buning bilan to’g’ishgan yo akasi, yo ukasi bo’lsa, shunday odamning yo’lda boshi ketsa ham, bir yo’qlab kelar edi (Alp.221). Qalmoq boshin olmoq, deb, // Bahrin o’lja qilmoq, deb, // Ot asbobin olmoq, deb, // Kelsa bizni ko’rmoq, deb (Alp.154).

Boshiga kun tug’moq (tuvmoq)- kunini ko’rsatmoq, hayot kechirishga yo’l qo’ymaslik ma’nolarida ishlatilgan.

Goh ul quvib, goh bul quvib, // Dushman boshiga kun tuvib, // Maydonda bedovlar suvib, // Gurzi, xanjar ko’kday yog’ib (Rav.109)



Boshiga savdo solmoqboshidan turli hodisalarni kechirish, sababchi bo’lmoq ma’nolarini bildiradi. Boshiga savdo tushmoq, boshiga savdo solmoq variantlarida ham ishlatiladi.

SHum falak boshiga savdo solgandi, // Borma deb bek otam yo’ldan urgandi, // Otam menda ko’p rahbarlik qilgandi, // Javob bermay, qaytardi menday polvondi (Alp.227). Savdo tushdi yoshligimdan boshima, // Kim raxm etar kuzdan oqqan yoshima (Rav.71).



Boshini qutqarmoq – jonini saqlamoq, og’ir ahvoldan qutqarmoq ma’nolarini bildiradi.

Hali ham qayt, ikki boshdan o’lasan, // Bundan borsang, ko’p pushaymon qilasan, O’z boshingni qutqarolmay qolasan, // Qayt endi, behuda g’arib o’lasan (Alp.255).



Boshini emoq – o’z-o’zini yoki birovni halok qilmoq, yo’q qilmoq ma’nolarida qo’llangan.

Mening biy o’g’lim boy edi, go’shginasi qoqqina, uyquginasi soqqina, gapga tushay boshingni eguy, qaygayin desam yolg’iz, qayg’amayin desam yalmovuz; yigit o’lguy (Rav. 26).

Dostonlar matnida «gap» leksemasi bilan shakllangan frazeologizmlar ham mahsuldor qo’llangan. Shundan «gap» leksemasi bilan shakllangan 24 ta frazeologizm bo’lib, ularning matndagi umumiy qo’llanish chastotasi – 43 ga teng. Ko’ngliga gap keldi (R.i=2), gapning salti (A.i=2 ), gapning o’roli (R.i=2), gapni og’ir olmoq (A.i=2), gapning tuzini bilmoq (A.i=1), gapni jo’natmoq (A.i=1), gapni ado qilmoq (A.i=1), gapning epini eplamoq (A.i=2), gapning tozasini bilmoq (A.i=1), gap bo’lmoq (A.i=2;R.i=1), gapni sotib olmoq (A.i=1), gapni olib kelmoq (A.i=1), gapni gapga ulamoq (A.i=5;R.i=5), gapni kutoh qilmoq (A.i=1), gapni sapga (saf) ulamoq (A.i=2), gap qip turmoq (A.i=1), gap bilmagan (R.i=4), gap etmoq (R.i=1), baland-past gapirmoq (R.i=2), gapni ikki qilmaslik (R.i=1), qo’log’iga gap kirmay (R.i=1), gap chiqmasin (R.i=1), biror gap bo’lmoq (R.i=2) kabilar.

Gapning o’roli (salti)gapning asl mazmuni, fikr qaratilgan mazmun ma’nolarini bildiradi.

Buni sen yaxshi aytding, o’zbekka «yo’l bo’lsin» degan so’z gapning o’roli bo’ladi (Rav.47) Senga aytgan gapning salti shu bo’lar, // Yo’q demagin, senda qimiz topilar (Alp.38).



Gapning epini eplamoq – so’zlashni qoyil qiladigan, gapga chechan ma’nolarini bildiradi.

Chechanlar eplaydi gapning epini, // Shul zamonda oltmish norni cho’garib, // Orta berdi Barchin suluv sepini (Alp.14).



Gapni ko’ngliga og’ir olmoqko’ngli o’ksimoq, ko’ngli cho’kmoq iboralari bilan sinonim bo’ladi. Ruhsizlanmoq, gapi yomon tegish ma’nolarini bildiradi. Masalan: Bu so’zni eshitib, Hakimbek nar-moda degan gapni ko’ngliga og’ir olib, qizlarga qarab, nar-moda degan gapning ma’nosi nima, deb so’rab turgan ekan (Alp.56).

Gapning tuzi – so’zning ma’nosini, gapiriladigan so’zning ma’nosini, mazmun, ma’noli so’zlash lozimligii semasini bildiradi. Masalan: Esi bor biladi gapning tuzini, // Izlab kelgan Boysarining qizini (Alp.78).

O’zbek xalq dostonlari matnini kuzatish natijasida “bosh” komponenti bilan 31ta, “gap” komponenti yordamida 24 ta frazeologizm shakllanganligi hamda ular folklor asarlari tilidagi ta’sirchanlik, obrazlilikni kuchaytirishga xizmat qilganligi aniqlandi. Shunisi e’tiborliki, biz o’rgangan xalq dostonlari matnida frazeologizmlarning asosiy qismi faqat bir marta qo’llangan. Shunday bo’lsa-da, bunday frazeologizmlar folklor asarlari matnida yangidan-yangi ma’nolar yuklab fikrni kuchli, ta’sirchan bo’lishiga xizmat qilgan.

Ko’rinadiki, frazeologizmlar milliy ong va tafakkur mevalari o’ziga xos tarzda ifodalanadigan bebaho boylikdir. Prezidentimiz I.A.Karimov o’zining yaqinda nashr etilgan “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli asarida ona tilimizning bunday boyliklari haqida shunday degan edilar: “…o’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir”10. Ona tilimizning ana shunday betakror jozibasini o’zida namoyon etuvchi iboralarni to’plash, lug’atlar tuzish, ularni ilmiy jihatdan chuqur o’rganish xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur lug’at ikki qismdan iborat. Uning dastlabki qismida o’zbek xalq dostonlari matnidagi frazeologizmlarning qo’llanish chastotasi qiyosiy yo’nalishda alifbo tartibida keltiriladi. Keyingi qismdan esa dostonlar matnida qo’llangan frazeologizmlarning qisqacha izohli lug’ati o’rin olgan.



Umuman, o’zbek xalq dostonlari matnida frazeologizmlarning qo’llanish darajasi va izohi haqida aniq tasavvur hosil qilish maqsadida mazkur chastotali izohli frazeologik lug’at lingvofolkliristika va frazeologiya ixlosmandlari hukmiga havola qilinmoqda. Mazkur chastotali lug’at o’zbek lingvofolkloristikasida ilk tajriba bo’lganligi uchun unda ayrim nuqsonlar, to’ldirilishi lozim o’rinlar bo’lishi tabiiy. Kelgusida bu chastotali lug’atni yanada takomillashtirish, uni yangi-yangi folklor matnlari tahlili hisobiga kengaytirish, to’ldirish mo’ljallangan. Shunga ko’ra mazkur chastotali izohli frazeologik lug’at haqida bildiriladigan har qanday xolis tanqidiy fikr-mulohazalarni mualliflar mamnuniyat bilan qabul qiladilar.

1. O’zbek xalq dostonlari matnidagi frazeologizmlarning

qo’llanish chastotasi

Frazeologizmlar

“Alpomish”

“Ravshan”

“Rus-tam”

Abgor abgashta bo'lib

-

-

1

Abgor bo'ldik

1

-

-

Abgor bo'lgan

-

-

3

Abgor bo'lgandi

1

-

-

Abgor bo'lib

3

-

2

Abgor bo'libdi

2

-

-

Abgor bo'libsan

1

-

-

Abgor qilasan

1

-

-

Abgor qilgan

-

-

1

Abgor qilgandi

1

-

-

Abgor qilib

2

-

-

Abgor qilibdi

1

-

1

Abgor qilma

1

-

-

Abgor qilmagan

1

-

-

Abgor qipti

1

-

-

Abzali qovimoq

2

-

-

Achchg'im tarqatsam

-

1

-

Achchig'i keladi

3

-

-

Achchig'i keldi

-

1

1

Achchig'i kelgan

-

1

2

Achchig'i kelib

-

6

1

Achchiq qamchi chalaman

1

-

-

Achchiq qamchi chotadi

2

-

-

Achchiq qamchi tayladi

1

-

-

Achchiq qamchi urma

2

-

-

Achchiq qip qamchi urdi

1

-

-

Afsus tortib

1

-

-

Afsus tortmasin

1

-

-

Ag'darib so'rayin

2

-

-

Ahmoq bilasan

1

-

-

Ahmoq bildim

1

-

1

Ahmoq bo'ladi

3

-

-

Ahmoq bo'laman

2

-

-

Ahmoq bo'lasan

2

-

-

Ahmoq bo'lding

1

-

-

Ahmoq bo'lgani

2

-

-

Ahmoq bo'lib

6

-

-

Ahmoq bo'lmagin

2

-

-

Ahmoq bo'lmayman

1

-

-

Ahmoq bo'p

1

-

-

Ahmoq qiladi

2

-

-

Ahmoq qip

1

-

-

Ahvolima kuldingmi

1

-

-

Ahvolimni kular

1

-

-

Ajab ishlar ko'rdim

1

-

1

Ajab ishni qilibsiz

-

-

1

Ajali haydab keldimi

2

-

1

Ajali kelsa

2

-

-

Ajali qamsab keldimi

2

-

-

Ajali yetdi

1

1

1

Ajali yetgan

1

-

2

Ajali yetib

7

1

2

Ajali yetmasa

1

-

-

Ajali yetmay

2

-

-

Ajali yetsa

9

-

-

Ajalim yetsa

-

-

1

Ajalli kasratki

2

-

-

Ajalning otini mindim

-

1

1

Ajdahorday ishqirib

4

-

-

Alomat bo'ldi

1

-

-

Anday qildi

1

-

-

Anday qildingmi

1

-

-

Anday qilsam

1

-

-

Anday qolmagin

1

-

-

Andisha qilmanglar

1

-

-

Angda qolibman

1

-

-

Angda qolsin

1

-

-

Angday qilgandi

1

-

-

Angnib ko'radi

1

-

-

Angnib qaradi

1

-

-

Angnib qopti

1

-

-

Ang-tang qoldi

1

-

-

Anjom tuzab turibdi

1

-

-

Anqayib qolib

1

-

-

Aqli shoshdi

1

-

-

Aqliga begona bo'lib

-

1

-

Aqlimdolar /ni olar/

2

-

-

Aqlimni oladi

1

-

-

Aqlin olgandi

2

-

-

Aqlin olmas

2

-

-

Aqling olama

-

1

-

Aqlingni oladi

2

-

-

Aqlini olib

1

-

-

Aqli-xushim olmasa

2

-

-

Aqli-xushing olibdi

1

-

-

Aql-xushin olibdi

2

-

-

Aql-xushing oldimi

1

-

-

Aql-xushlari qolmaydi

1

1

-

Aralashib qoladi

3

-

-

Aralashib qolgan

-

-

1

Aralashib qolib

2

-

-

Aralashib turibdi

1

-

-

Aralshib turing

1

-

-

Armon bilan ayrilding

-

1

-

Armon bilan bo'ldi giriftor

1

-

-

Armon bilan o'lamiz

1

-

-

Armon bilan o'lasan

6

-

1

Armon bilan o'ldim

2

1

1

Armon bilan o'ldimi

1

-

-

Armon bilan o'ldirdi

1

-

1

Armon bilan o'lgan

1

-

-

Armon bilan o'lmagin

1

-

1

Armon bilan o'lmasin

1

-

-

Armon qildim

1

-

-

Armon qilib

1

-

-

Armon qolmadi

-

3

-

Armonda yuz tuman qoldim

-

2

-

Armonim qolmas

-

1

-

Arza qilasan

1

-

1

Arzachiga o'lim yo'q

1

-

-

Arzi dodim qilsam

1

-

1

Arzi hol aytolmay

1

-

1

Atashtirib bordi

1

-

-

Atashtirib ro'mol berayin

1

-

-

Atashtirib ro'mol berib

1

-

-

Avaylab uzadi

1

-

-

Ajdahorga doridi

1

-

-

Ayiqday chinqirib

4

-

-

Ayiqday chinqirib

4

-

-

Aylanib qoldi

2

-

-

Aylanib qolgan

1

-

1

Aylanib qolguday

1

-

-

Aylanib turdi

1

-

-

Aylanib turibdi

1

-

-

Aylanib yotdi

1

-

1

Aynib o'ladi

1

-

-

Aynib qoladi

1

-

-

Ayollik qilib

1

-

-

Ayollik qip

1

-

1
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət