Ana səhifə

O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Yüklə 2.35 Mb.
səhifə14/15
tarix24.06.2016
ölçüsü2.35 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Cho’pu xasdan past bo’lmoq — katta, ulkan narsasi kichik bo’lib ko’rinmoq.

O’z fe’limdan cho’pu xasdan past bo’ldim (A. 105).

  1. Choch siypatar - to’y marosimida amalga oshiriladigan udumlardan biri.

Hakimbekning qoshiga olib kirib, xo­tinlar rasmini qilib, choch siypatarini qilib... (A. 145).

  1. Chochin yoymoq – boshiga musibat tushib yoki dog’da qolib oh-voh qilmoq.

Chochim yoyib, men ham tentak bo’laman (A. 30).

  1. Chochini bir-bir yulmoq — dod solmoq, dod-faryod qilmoq.

Qaldirg’och chochini bir-bir yuladi (A. 347).

  1. Chochini yoyib yig’lamoq — dod solmoq, faryod qilmoq.

Yig’laydi Barchinoy chochini yoyib (A. 96).

  1. Dami baland — o’ta darajada o’tkir duo qiluvchi, kufsuflovchi kishi haqida.

Bu so’zni eshitib, Ko’kaldosh alp turib aytdi: — o’zbekning qizining dami baland ekan (A. 66).

  1. Daragini bilmoq - biror to’grida xabar, ma’lumot eshitmoq.

Kеldim bu yеrga axtarib, // Nеcha manzillar tay urib, // Shu yеrdan daragin bilib, // G’arib kеlgan qalandarman. (Rus.436).

  1. Darak bermoq – biror kimsa haqida xabar eshitmoq.

Toblan zulfin urgan bormi? // Yorman suhbat qurgan bormi? // Yoki birga yurgan bormi? // Bog’idan gul tergan bormi? // Bizning yorni ko’rgan bormi? // Yor daragin bergan bormi? (Rav.32).

  1. Dardini yormoq – kishining borlig’ini, butun fikri-yodini band etgan narsa, ish, tashvish, orzu va shu kabilar haqida gapirmoq.

Dardmanman, dardimni kimga yoraman (A. 114).

  1. Darqadr bo’lmoq - ko’pdan beri tanish, o’rganib qolgan, aziz bo’lmoq.

Xazon bo’lib, bog’da gullar so’lgandi, // So’lgan gulga bulbul kеlib qo’ngandi. // Buncha ham darqahr bo’lma, Rustamjon (Rus. 441).

  1. Daryoday toshmoq – jo’shmoq, his-hayajonlari to’lib-toshmoq.

Tanasi daryoday toshib (A. 137).

  1. Davlat eshigini ochmoq – baxt chopmoq, tolei ochilmoq, omadi kelmoq.

Davlat eshigin sabr ochar (A.106).

  1. Davlating toyrilmasin – omading qo’ldan ketmasin, baxt va taxtdan ayrilmagin.

Toyrilmasin boshda toji davlating (A. 131).

  1. Davrini surmoq- rohat va farog’atda yashamoq.

Oqrabotda o’z davrini surabеrdi.(Rus. 434).

  1. Davron surmoq – hukmronlik qilmoq.

Boysin-Qo’ng’irot elda davron surasan (A. 29).

  1. Davron surmoq – aynan: davr surmoq.

Endi davron surgan bormi?// O’z davriman yurgan bormi? // Bizning yorni ko’rgan bormi? // Yor daragin bergan bormi? (Rav.32).

  1. Dilini qora qilmoq – ko’ngli qora qilmoq, niyati, maqsadini buzuq qilmoq.

Zindon ichida qora qilgan dilingni (A. 306).

  1. Diltang bo’lmoq – yuragi siqilgan, g’oyat xafa.

Juda diltang bo’lib Qorajon qaysar (A. 148).

  1. Dimog’i chog’ bo’lmoq – kayfiyati yaxshilandi.

Shunda Sultonxon dimog’i chog’ bo’lib, taxt-baxtini Huroyimga topshirib, karnay-surnay qo’ydirib, odamlarni yig’dirib jo’namoq harakatida bo’ldi (Rus.353) .

  1. Diqqat bo’lmoq — bo’g’ilmoq, siqilmoq.

Xafalikdan diqqat bo’lib o’ldimman (A. 64).

  1. Diqqat qilmoq - e’tibor bermoq, iltifot qilmoq.

Meni engang juda diqqat qilibdi (A. 13).

  1. Diqqati oshmoq — siqilmoq, zerikmoq.

Alpomishning diqqatligi oshib, o’ylanib yurdi (A. 186).

  1. Diydor sarg’aymoq — biron kishini ancha vaqt ko’rmasdan, g’am-tashvish bilan g’ussaga botmoq, qattiq sog’inmoq.

G’am bilan sarg’aydi guldayin diydor (A. 7).

  1. Diydori qurimoq – aynan: afti qurisin, qurib ketsin.

Akamning diydori qurisin, ko’rmayman (A. 169 ).

  1. Do’g’ilib ko’rmoq - shakkoklik qilishga intilmoq.

Har kim ham do’g’ilib ko’rgan (A. 126)

  1. Dodin bermoq – adabini bermoq, ta’zirini, jazosini bermoq.

Yomonlarning yo’lda dodin berarman (A. 132).

  1. Dodqa bo’lmoq – shikoyat qilmoq.

Nima deb amr etsam, shuni qilinglar, // Huroyim ustidan dodqa bo’linglar (Rus. 361).

  1. Dovriq ustidadong chiqargan, dovrug’i ketgan.

Nor, moyang shu kunda dovriq ustida (A. 85).

  1. Dovushi chiqmaslik - ovozi chiqmaslik, nafasi o’chmoq.

Beshayin chiqmaydi mardning dovushi (A. 125).

  1. Duchor bo’lmoq — uchrashmoq, yuzma-yuz bo’lmoq.

Sho’ri qisgan senga duchor bo’ladi (A. 108).

  1. Dunyoda ko’rgan kunlar bekor – hayotdan, ko’rgan kunidan afsus chekmoq.

Nеcha kundir g’arib bo’lib kun ko’rdim. // Bu dunyoda ko’rgan kunlarim bеkor. (Rus. 434).

  1. Dunyoning davri – rohat-farog’atda yashash, yaxshi kunlarni boshdan kechirish.

Dunyoning davrini nima qilayin, // Mеni boshla, mеn xonimni ko’rayin. (Rus. 430).

  1. Dunyoning ko’tiga urmoq – og’ir, qiyin kunlardan, vaziyatdan qutulish uchun chora-tadbir qidirmoq.

Dunyoning ko’tiga shuytib uramiz (A. 276).

  1. Duo qilmoq – xudoga yolvorib, unga iltijo qilib, o’zi yoki boshqalar uchun tilak bildirish.

Qo’l ko’tarib duo qiling, kanizaklar (A. 114).

  1. Duogo’y bo’lmoq – kimsaga yaxshilik tilovchi bo’lmoq.

To o’lgancha duogo’ying bo’larman (A. 171).

  1. Dustaman bo’lmoq – chalqancha bo’lib yiqilmoq, qo’llarini yoyib yiqilmoq.

Dorning ostida dustaman bo’lib yongan enasi bag’rini ko’tarib, qulochini yozib: “Rustam” deb chaqirib turibdi (Rus. 390).

  1. Do’st tortmoq – qichqirmoq, sayramoq.

Qumrilar do’st tortib, g’azalaylar sayrab, boqqa oroyish berib, nag’masozlik bir munosib yarashib turipti (Rav. 44).

  1. Ehchab yurmoq – afsus, nadomat chekmoq.

Nеcha do’stlar ehchab yurur shu zamon. // Ikki kundosh bularga bo’lgan gumon. (Rus. 443).

  1. El kuldirmoq - xalq tomonidan mazax qilinmoq, masxaralanmoq.

El kuldirib yomon ishni qilibdi (A. 279).

  1. El og’zida yurmoq — hamma yerda tez-tez tilga olinadigan bo’lib qolmoq.

Shul gap elatning og’zida yuribdi (A. 230).

  1. El tinchimoq – urush-janjaldan, g’alvadan qutulib tinch, osoyishta hayotga o’tmoq.

El tinchidi, Qayqubod turib ketdi (A. 304).

  1. Elakka borgan xotinning ellik og’iz gapi bor – ko’p gap, ezmalik qilmoq.

"Elakka borgan xotinning ellik og’iz gapi bor", - degandayin, u xotinlar bilan o’rlasha ketdi (A. 334).

  1. Elaslab ko’rinmoq – bilinar-bilinmas darajada ko’rinmoq.

Juda chuqur, elaslab ko’rinadi (A. 259).

  1. Elatini jiydirmoq— bir joyli yoki bir qabilaga mansub kishilarni bir joyga yig’moq.

O’n ming uyli elatini jiydirdi (A. 165).

  1. Elchi bo’lmoq – biror xabar yoki topshiriq bilan yuborilgan kishi bo’lmoq.

Qarindoshdan elchi bo’lib keldingmi (A. 233).

  1. Elga enmoq – elga qo’shilmoq.

Shunda bolalar kundan-kun o’tib, oydan-oy o’tib, birdan ikkiga kirib, ikkidan uchga kirib, bularning tili chiqib, elga enib, tili chiqqandan kay, elga engandan kay, tutib uchovini ham maktabga qo’ydi (A. 17).

  1. Elda sharmanda bo’lmoq — biror kishiga xalq orasida sharmu hayoni yo’qotgan, hayosiz bo’lgan deb qaramoq.

Sharmandaman muna elda (A. 114).

  1. Elda yurolmaslik – aynan: sharmanda bo’lmoq.

Yoring ketsa qanday elda yurasan (A. 138).

  1. Eli-xalq kulmaslik – xalq tomonidan mazax qilinmoq, masxaralanmoq.

Eshitsa eli-xalq bizga kulmasin (A. 135).

  1. Elni so’ramoq – hukmronlik qilmoq.

Necha vaqt so’radim bek bo’lib eldi (A. 352).

  1. Emchagi iymoq – og’ir hayotdan so’ng tinch farovon hayotga qaytmoq.

Quvrab ketgan emchaklarim iyadi (A. 346).

  1. Emin-erkin yuralmaslik – har qanday to’siq, g’ov va shu kabilardan xoli bo’lgan holatda yurmoq.

Qalmoqlardan emin-erkin yurmading (A. 171).

  1. Emish-emish bormoq – birov haqida mish-mish, ya’ni turli gaplarning bo’lishi.

Emish-emish Qo’ng’irot elga boradi (A. 230). “Huroyimni, Rustamni o’ldirdim” - der eding, o’ldirganing yolg’on ekan, biz odamlardan emish-emish eshitamiz (Rus. 421).

  1. Erday bo’lmoq — mard, oliyjanob, jasur kishi bo’lmoq.

Otasi er edi, erday bo’p o’tar (A. 232).

  1. Et qizuv – to’y marosimida amalga oshiriladigan udumlardan biri.

Et qizuvman bunda yolg’iz qolasan (A. 168 ).

  1. Etagida yurmaslik – aytgan ishi yoki topshirig’ini bajarmoq.

O’zbeklarning etagida yurmagin (A. 123). Bergan oq sutimga rozi bo’lmayman, Enang bo’lib etagingga yurmayman (Rus. 234).

  1. Etagidan ushlamoq – umid bilan biror kimsani mahkam ushlamoq, o’sha kishiga ishonmoq.

Alpomish kelsa kelibdi-da, Alpomish keldi, deb men Alpomishning etagidan ushlab keta berayinmi? (A. 120).

  1. Falak kafanto’n bichar – o’limiga rozi bo’lmoq.

Sensiz menga falak kafanto'n bichar, // Dunyoning bolini zahar deb ichar (Rav.12).

  1. Falak kajga ko’rdi – taqdir uning hayotini u o’ylamagan holda teskari, o’zining orzulariga chappa voqealarni taqdim qiladi.

Zolim falak kajga ko’rdi folimni,// Tor zindonda voy otam deb yig’ladim (Rav.88).

  1. Fe’li ozmoq — esini yo’qotmoq, jinni xoliga kelmoq.

Tovkaning oshiqlik fe'li ozadi (A. 275). Tay urib olamni kеzib, // Sharhi dilim kimga yozib// Bir ish qildim fе'lim ozib, // Judo bo’lgan qalandarman. (Rus. 435).

  1. G’ajirlar changida o’lmoq — o’ldirishga qat’iy bel bog’lamoq.

G’ajirlar changida tayin o’lasan (A. 24).

  1. G’alag’ul bo’lmoq — janjallashib, to’polon qilib yurmoq.

Qalmoq yurti g’alag’ul bo’p yuripti (A. 129).

  1. G’am bilan sarg’aymoq – g’ussa bilan zoriqib kutmoq.

G’am bilan sarg’ayib guldayin diydor (A. 27).

  1. G’am loyiga bulg’anmoq — g’am-g’ussaga botmoq, azoblanmoq.

Bizlar qoldik g’am loyiga bulg’anib (A. 231).

  1. G’am tortmoq – g’ussa, alamni boshdan kechirmoq, his qilmoq.

Kunduz men turaman shonlik shavkatda // Oqshom g’am tortaman boshim kulfatda (Rus.352).

  1. G’arib bo’lmoq – kishilarning rahmi keladigan darajada abgor, nochor ahvolda qolgan.

Jonivorlar, mеnday g’arib bo’lmagin, // Rizqingni ko’r, bunda turib o’lmagin. (Rus. 428). Rustam g’arib bo’lib aqli shoshdi // Ikki tozi endi oldiga tushdi (Rus. 427).

  1. G’aribi gado bo’lmoq - kishilarning rahmi keladigan darajada abgor, nochor ahvolda qolgan.

Podsholikdan ado bo’lib, // Bir g’aribi gado bo’lib (Rus. 435).

  1. G’aribi go’riston bo’lmoq – nochor ahvolda vafot etmoq.

O'zbak! Sen bunday bo'yni yug’onlik qilma, g'aribi go'riston bo'lib o'lma, (A.162). «Mеning to’ram hayallab kеtdi, kеlar vaqtidan o’tdi, bilmadim, bundan borib o’zidan zo’rga duchor bo’lib, g’aribi go’riston bo’lib - o’lib, tozilari tеntirab qolib(mi)? (Rus. 429).

  1. G’ariblik ko’yida qolmoq – nochor ahvolda qolmoq.

G’ariblik ko’yida qolding,// Xonim, kimga duchor bo’lding? (Rus.431).

  1. G’arillashib yurmoq – janjallashib, baqir-chaqir qilib yurmoq.

Foydasi yo’q, g’arillashib yuradi (A. 123).

  1. Gangib qolmoq – kutilmagan voqea, hodisa yoki tashvishdan nima qilarini bilmay qolmoq, sarosimaga tushmoq, esankiramoq.

Qizing ketar, sen ham gangib qolarsan (A.168).

  1. Gap bo’lmoq – boshqalar muhokamasiga tushmoq.

Bu yurishing elga gap bo’p qoladi (A. 174).

    1. biron kishining kayfiyati bo’lmaslik yoki biron nojo’ya harakatidan atrofdagilarning noroziligining ifodalanishi.

Bu bachchag'arga bir gap bo'lami? ( A. 314).

  1. Gap elatning og’zida yurmoq – aynan: el og’zida yurmoq.

Shul gap elatning og'zida yuribdi (A. 230).

  1. Gap qilmoq – biror shaxs to’g’risida noto’g’ri gap tarqatmoq.

Har yerda odamlar gap qip yuradi (A. 230).

  1. Gap qochmoq — ikki tomon o’rtasida noxush, bir-biriga qattiq tegadigan gap bo’lmoq.

O’g’illaridan gap qochganda, deb Qalmoqdosh o’pkalab yurar.(A. 232).

  1. Gap quvmoq – biron kishi aytgan gapni ikkinchisi payiga tushib mayday-chuydasigacha bilishga harakat qilmoq.

Gap quvib sen bu yerlarda turmagin (A. 357).

  1. Gap tashimoq — biror yerda aytilgan fikrni ikkinchi yerga, boshqa kishiga yetkazib turmoq, chaqimchilik qilmoq.

    1. Shundayg’achoq gap tashig’ich bo’lasan (A. 111).

  2. Gap talashmoq — tegishib yoki jahl chiqarish uchun kinoya, kesatiq ma’noli gap, so’z aytmoq, piching qilmoq.

U yoqdan, bu yoqqa gap talashib, besh-to’rt og’iz gap boshlab, shunda kampir boybichaga qarab, shu qizingning boshi bo’shmi, — deb so’rab turgan yeri (A. 45).

  1. Gap yetaklamoq - aynan: gap tashimoq.

U qurg’urlar gap yetaklab yurmasin (A.271).

  1. Gapga solmoq – gap bilan band qilmoq, turli so’roqlar berib, voqeani aniqlamoq.

O'zimiz charchagan, gapga solmagin (A. 310).

  1. Gapi bir bo’lmoq – hammasining gapi, maslahatli ishi bir xil bo’lib chiqish.

O’zbek bilan gaping bir bo’p yurasan (A. 133).

  1. Gapi o’sal bo’lmoq – bemani gapirmoq, yomon gap aytmoq.

Zakot degan gapi o’sal bo’libdi (A. 21).

  1. Gapini gapirmoq – hamma uning aytganini aytmoq.

Katta-kichik shuning gapin gapirar (A. 242).

  1. Gapini og’ir olmoqmalol keladigan, qattiq tegadigan gap.

Biz ham bu gaplarni og’ir olamiz (A. 21).

  1. Gapni bilmaslik – hamma bo’ladigan voqealar haqida xabarlarni bilmaslik.

O’z elida bir xil gapni bilmagan (A. 75).

  1. Gapni eplamoq – so’zlashni uddasidan chiqmoq, uddalamoq.

Chechanlar eplaydi gapning ebini (A. 170).

  1. Gapni gapga ulamoq - suhbatni davom ettirishni ta’min etmoq.

Bunday kunda gapni gapga ulayin (A. 352).

  1. Gapni ko’paytmaslik — bo’lar-bo’lmas so’zlarni aytishni man qilmoq.

Sen gapni ko’paytma, turgin, singlig’ar (A. 357).

  1. Gapni ko’toh qilmoq – gapning xulosasi, asosiy mazmuni, lo’ndasini aytmoq.

Endi senga gapni ko'toh qilayin. (A.173).

  1. Gapni poyimlamoq — gapni o’ylab, mulohaza qilib keyin aytmoq.

Kimning aqli bo’lsa gapni poyimlar (A. 373).

  1. Gapni sotib olmoq – o’ziga orttirmoq, dardisar qilmoq.

O’z-o’zingdan gapni sotib olmagin (A. 352).

  1. Gapning tozasi – aytiladigan fikrning asil, sofi.

Gapning tozasini shunday bilasan. (A. 299).

  1. Gapning tuzi – mantig’i, ma’nosi, mazmuni.

Esi bor biladi gapning tuzini (A. 110).

  1. Garang bo’lmoq — nima qilarini bilmay gangib qolmoq, gangidi.

Elin topmay, garang bo’lgan (A. 126).

  1. Gina qilmaslik — biror kishiga nisbatan dilda xafalik, kek saqlamoq, ko’nglidagi xafalikni izhor etmoq.

Boysaribiy bilsa, gina qilmasmi (A.129).

  1. Girdin olmoq – o’rab, qurshab olmoq.

Boyvachchalar bekning girdin oladi (A. 166).

  1. Giriftor bo’lmoq — uchramoq, yo’liqmoq, duchor bo’lmoq.

Sening jamolingga bo’lib giriftor (A. 271).

  1. Go’shti qochmoq – oriq, oriqlagan.

U sababdan go’shti qochib qoldimi? (A. 73).

  1. Go’shtini yemoq – do’q, po’pisa qilmoq.

Yeyman deydi go’shini, // Qaraydi kal tishini (Rav. 40).

  1. Gul tarzi sarg’aymoq — yosh umri, yoshligi so’lmoq.

Gul tarzim sarg’ayib senga qarayman (A. 53).

  1. Guli so’lmaslik - umri tugamaslik, hayot shami o’chmaslik.

Falak urib sening guling so’nmasin (A. 237).

  1. Guliston emranmoq — biron qayg’uli, ko’ngilsiz voqea, xabardan ozor chekmoq.

Gul ketar bo’lsa, guliston emranar (A. 308).

  1. Gullar so’lmoq – g’am-tashvishdan yoki darddan o’zini oldirmoq, rangi ketib, quti uchib, siniqib yoshiga nisbatan qarimsiq, so’lg’in tus olmoq.

Xazon urmay bog’da gullar so’ldimi (A. 373).

  1. Gurkirab turgan nor – yosh, barq urib rivojlanayotgan, gullab-yashnayotgan.

Qatorda gurkirab turgan nor edi (A. 172).

  1. Haddan ziyod – biror belgi yoki harakatning eng ortiq darajasi, so’nggi nuqtasi.

Eram bog’da yeti og’ayni devlar bor, // yettovi ham haddan ziyod zo’ravor. (Rus. 405).

  1. Haddili zo’r – har narsaga haddi sig’adigan, tap tortmay aralashaveradigan, o’ktam.

Juda haddili zo’r kampir edi... (A. 39).

  1. Hadik olmoq – hadiksiramoq, xavotir olmoq, xabfsiramoq.

Qorajon har ko’chalarda sarson bo’lib, birovdan so’ray olmay, o’zi bilmay, dushman yurt, hammadan hadik olib yurib edi (A. 246).

  1. Hadisga balo – har xil rivoyat, hikoyani ko’p biladigan, gapga chechan.

Bul o’zbak hadisga balodi (A. 158).

  1. Hadisin bilmoq — biror ish yoki hunarni juda yaxshi o’rganmoq.

Kurashmoq hadisin shunday biladi (A. 156).

  1. Hamdam bo’lmoq – biror kimsa bilan ko’pincha birga bo’lmoq, hamsuhbat bo’lmoq.

Maydon kunda senga hamdam bo’layin (A. 164).

  1. Haqqiga duo qilmoq – xudoga yolvormoq.

Chashmada yuvinib toza bo’layin // Qo’l ochib haqqingga duo qilayin (Rus. 382).

  1. Harba qilmoqlik – nayza, qilich kabi qurollar bilan xujum qilmoq.

Tayoq yeb Hakimbek harba qilmadi (A. 79).

  1. Hech go’rga bormaslik – biror joyga bormaslik.

Otgan o’qi hech bir go’rga bormadi (A. 156).

  1. Himoya tutmoq – xavf-xatar yoki xujumdan saqlamoq, muhofaza qilmoq.

Meni himoya tutib kelgan odam bo’lsa, qatorda nori ham o’ziniki (A. 39).

  1. Hojatini bitkarmoq – kimsaning talab va ehtuyojlarini qondirmoq.

G’ariblikda hojatini bitkarib (A. 246). Mеnopkеlding odamlarga еtkarib,// Bunday kunda hojatimni bitkarib (Rus. 428).

  1. Holi tang bo’lmoq – mushkul ahvolga tushmoq.

Alpomishni ko’rib holi tang bo’ldi (A. 384).

  1. Holin bilganlik – ahvolidan xabardor bolmoq.

Jon bolam, otangni holin bilgansan (A. 171).

  1. Horma-bor bo’l qilmoq – ishlayotgan yoki yo’l yurib kelgan kishidan hol so’ramoq, unga madad tilamoq.

Taniganlar horma-bor bo’l qiladi (A.204).

  1. Hovirini past qilmoq — tinchlanmoq, xotirjam bo’lmoq.

Hovrini past qilib shunday qaradi (A. 109).

  1. Ichi kuymoq — uzoq yol yurish, tez harakat qilish natijasida o’ta darajada horimoq.

Bu otlar yo’lda qoladi, ichi kuyib bekorga o’ladi (A. 129 ).

  1. Ikki boshdan o’lmoq — ham enidan, ham bo’yidan urmoq.

Haydab borsak ikki boshdan o’lasan (A.22).

  1. Ikki ko’zini o’ymoq – alam bilan uzib olmoq, jazolamoq.

Zulm bilan o’yar ikki ko’zini (A. 242).

  1. Ikki yorti biriksa butun – ahillikda, hamjihatlikda gap ko’p.

Sen norasta go’dak, biz yoshi etgan "chol", ikki yorti biriksa, bugun detan gap bor (A. 345).

  1. Ikkovini yaqin qilmoq — o’zini birovga do’st, qadrdon qilib ko’rsatmoq.

Ikkovini qizlar yaqin qiladi (A.136).

  1. Iliq so’z bilmoq — yoqimli, xush keladigan gaplar, xushxabar aytmoq.

Yo birovdan bir iliq so’z bildingmi (A. 372).

  1. Ilojin qilmoq – chorasini topmoq, imkon topmoq.

Otamning ilojin qanday qilaman (A. 210).

  1. Ilonga teginmoq — o’t bilan o’ynashmoq, asabiga tegishga urinmoq.

Ajalli kasratki tegar ilonga (A. 103).

  1. Intiq bo’lmoq – sabrsizlik bilan kutmoq, intizor bo’lmoq.

G’oz go’shiga, bolam, intiq bo’lmagin (A. 212).

  1. Intizor bo’lmoq - sabrsizlik bilan kutmoq sabrsizlik bilan kutmoq.

Farzandim, deb men bo'libman intizor (A. 215). Omon borib, omon kelgin ajdardan // Yo’lga qarab intizor bo’p turayin (Rus. 412).

  1. Irkilib qolmoq — tortinib turmoq, o’zini chetga olmoq.

Oti yomon ko’p irkilib qoladi (А. 124).

  1. Ish ko’rsatmoq – qiliq qilmoq.

Maydon bo’lsa ish ko’rsatib kelmasmi (А.176).

  1. Ishga ko’nmoq – aytganiga rozi bo;lmoq.

Banda qo'nar xudo qilgan ishiga (А.366).

  1. Ishi yomon bo’lmoq — bajarayotgan vazifasi noxush, ko’ngilsiz bo’lmoq.

Men bilmayman, ishim yomon bo’lami (А.77).

  1. Ishini ko’rmoq — turmush tajribasiga ega.

Qorajonining ishin bari ko’radi (А.156).

  1. Ishini qilmoq — jazo bermoq, xiyla ishlatmoq.

Xiylaman qalmoqlar ishini qilgandi (А.111) .

  1. Ishni kechga qo’ymaslik — bajarayotgan vazifani vaqtida bajarmoq.

Erta yur, ishingni kechga qo’ymagin (А. 76).

  1. Ishqi o’rtanmoq — iztirob bilan qiynalmoq.

Shohning qizi, ishqing meni o’rtadi (A.89).

  1. It irillar – chimildiqqa kirayotgan kuyovning it holariga kirib oldini to’sish odati. Odatda buni keksa kampirlar bajarib, kuyovdan sovg’a-salom olgach, yo’l beradi.

"Itirillar" degan rasmini qilib (A. 169).

  1. It yiqilish bo’lmoq – beixtiyor ravishda odatdagi holatdan boshqa holatga kirish.

Biy bobomning o’g’li tushimga kiribdi, ikkovimiz bir erda o’tiribmiz, pok bo’lmasa, ig yiqilish bo’laylik deb qolibmiz, ancha gaplashibmiz, - deb vaqti xush bo’lib o’tiribdi (A. 89).

  1. Ixtiyorini bermoq –xohlamoq, xohish bildirmoq.

Qalmoqshoh ul boylarning ixtiyorlarini o’ziga bergan edi (A. 31).

  1. Izini bosolmaslik — izini topishga harakat qilmoq.

Kuchuk bosmas yo’lbars-sherning izini (A. 104).

  1. Izini ko’ziga surtmoq — juda hurmat ko’rsatmoq, e’zozlamoq.

Ko’zimga surtardim ko’rsam bu izni (A.69).

  1. Izza bo’lmoq - xijolat tortmoq, uyalmoq.

«Bu bachchaning bеrgan puli qursin» dеb, // Ko’ngli izza bo’lib manzildan qaytdi. (Rus. 437). Bir o’zbekdan izza bo’lib qolaman (A. 102).

  1. Izza qilmoq – uyaltirmoq.

Qalmoqlardan badtar izza qilasan (A. 45).

  1. Javob bermoq – javoban ish tutmoq, qondirmoq, javobgarlikni o’z ustiga olmoq.

Qaytib bundan odam borib, // Ultontozga to’g’ri bo’lib, // Tegadi deb javob berib. (A. 359).

  1. Jabrman kelmoq – azob bilan kelmoq.

Shuncha yo’ldan shu jabrman kelibdi (A. 158).

  1. Jafo tig’i jondan o’tmoq – azobdan badani qaqshamoq, og’rimoq.

Jafo tig’i butun jondan o’tadi (A.12).

  1. Jahonni sayl etimoq – dunyoni tomosha qilish uchun aylanmoq.

Bo'lak yurtda kun o'tkazib bo'lmaymi?! // Jahonni sayil etsam, yurib ko'rarman, (A.9).

  1. Jamoli barq urmoq – chehrasi yarqiramoq, chaqnamoq.

Jamoliga bunda beklar qaradi, // Jamoli barq urib aqlin oladi. (A. 194).

  1. Japsar yorib qaramoq — uzoq, mehr bilan tikilmoq

Japsar yorib Chilbir cho’lga qaradi (A.111)

  1. Jasadidan aylanmoq- bo’yiga qurbon bo’lmoq, sadagasi ketmoq.

Jasadingdan menday enang aylansin (A.181).

  1. Jazosini ko’rmoq — qilmishiga yarasha ko’riladigan oqibat, choralarga uchramoq.

Jazosini ko’rib qoldi (A.111).

  1. Jazosini tovmoq - qilmishiga yarasha ko’riladigan oqibat, chorani olmoq.

Jazosini tovib qoldi, // Nechovlar otdan yiqilib, (A.158).

  1. Jilovdor bo’lmoq — ot-ulov boshiga no’xta yoki yugan soladigan odam vazifasini bajarmoq.

O’nakimom, Chilton jilovdor bo’lsin (A. 79).

  1. Jirib yotmoq – o’zaro bahslashmoq, tortishmoq.

Ravshanbekka tomoshaning bari bir yoq Zulxumor oyimning jamoli bir yoq, moyday bo’lib erib yotipti, boshqa qizlar ham yaxshi-ku, ulardan jirib yotipti (Rav.44).

  1. Jon bozori bo’lmoq - ovora, sarson bo’lmoq.

Jon bozori ko’p olishib turadi (A.159).

  1. Jon enmoq – o’layotgan kimsaga sekinlik bilan o’ziga kelish alomatlarining ko’rinishi.

Kam-kam qarar, tamshanganday bo’ladi, // Borib-borib bir zamon jon enadi. (Rus. 433).

  1. Jondan o’tmoq – a’zoyi badani qaqshamoq, og’rimoq.

Jafo tig’i bu kun jondan o’tadi (A. 161).

  1. Joni o’rtanmoq – alam-iztirob bilan qiynalmoq, kuydirmoq.

Bu ishingga, ota o'g`ling hayrondi, // Sening so'zlaringga jonim o'rtandi. (Rav. 6).

  1. Joniga temoq – bezor bo’lmoq, ko’ngliga urmoq.

Bu so’zni enasidan eshitib, Yodgor: - Bu qullarning bir joniga tegayin, agar otavni kelgani rost bo’lsa qullarni o’ldirayin….(A. 338).

  1. Jonini koyitmoq - azob chekmaslik.

Ana endi Ravshanbek necha kunlar yo'l yurib, tunlar tunqotib, jonini koyitib, ozgina emas mo'l yurib, uch oy tinmasdan yo'l yurib, necha tog`u cho'l yurib, necha suvsiz el yurib, birovdan so'ramoqqa ham bo'yin yor bermay, «ishing bo'lmasin, Shirvonga kelib qoldim», deb dimog`i chog` bo'lib, gul-gul ochilib, o'ziga-o'zi aytdi (Rav.19).

  1. Jonini sotmoq — fidokorlik qilmoq, fidokorlik ko’rsatmoq.

Jonini sotib o’zib kelar bedovlar (A. 122). Vallamatim, qolding, ketdim men endi // Ravshan deb jonimni sotdim men endi (Rav. 73).

  1. Joriy qaytarmoq – aynan takrorlamoq.

Bir kalmani joriy qaytar, Qorajon, // Sen behuda kofirlikda o’lmagin (A. 109).

  1. Judo bo’lmoq – ayrilmoq.

Hammasidan judo bo’lib, // Ado bo’lgan qalandarman. (Rus. 435)

  1. Juz’ya bermoq – soliq to’lamoq.

O’z akama o’zim zakot berguncha, // Boshqa yurtga juz’ya berib yurayin (A. 19).

  1. Kallasi g’uvullamoq — charchash, toliqishdan bosh ichida og’riq aralash g’uv-g’uv etgan shovqin sezmoq.

Boysari qaytib uyiga kelib, yolg’iz qolib, ham yurtidan, ham qizidan ayrilib, kallasi g’uvullab, musofirligi asar qilib qoldi (A. 172).

  1. Kampir o’ldi - chimildiqqa kirayotgan kuyovning yo’lini ikki kampir o’zini o’lganga solib to’sib oladi. Odatda buni keksa kampirlar bajarib, kuyovdan sovg’a-salom olgach, yo’l beradi.

Bir necha xotinlar "kampir o’ldi" bo’lib, (A. 163).

  1. Kasofati tegmoq — birovning aybi tufayli falokatga yo’liqmoq.

Boysaridan tegdi menga kasofat (A. 193).

  1. Kasridan o’lmoq – birovning aybidan halok bo’lmoq.

Kasridan o’ldi ancha azamat (A. 193).

  1. Kattalik qilmoq — o’zini hammadan katta olmoq.

Kel-e, "Qultoy" dam o’zimizning kattamiz-da, kattalik qilib bir ilikni olib berdi (A. 231).

  1. Kayfi to’g’ri bo’lmoq – kishining zavqlagan holati o’z holiga kelmoq, yaxshi bo’lmoq.

Go’ro’g’libek o’g’lidan dimog’i chog’ bo’lib, kayfi to’g’ri bo’lib o’tirdi. (Rav.4).

  1. Keyintortar bo’lmoq – o’zining hatti-harakati bilan hammani uyaltimoq.

Mundayg’acha keyintortar bo’lmagin (A. 251)

  1. Ko’nargan dardi qo’zg’almoq — avval bo’lib o’tgan eski voqealarning qayta yangilamoq, qaytalanmoq.

    1. Qaytadan qo’zg’aldi-ku ko’nargan dardim (A. 372).

  2. Ko’ngil bermoq – xohish bildirmoq, mayl bermoq.

Er yigit enasi g’arib o’larmi, // Enam dеb mastonga ko’ngil bеrarmi? (Rus. 433).

  1. Ko’ngilda bori — xohish, mayli bor; yaxshi ko’rmoq, sevmoq.

Ko’ngilda borini aytib turayin (A. 185).

  1. Ko’ngli bo’lmoq — aynan: ko’ngli bor.

Ko’ngli bo’lib bunday ishni qilibdi (A. 152).

  1. Ko’ngli buzulmoq – kayfiyati buzilmoq, qattiq xafa bo’lmoq.

Jon shirin-da, sening ko'ngling buzildi, (A. 197).

  1. Ko’ngli buzuq – g’amgin, ruhan ezilgan, ko’ngli yarimta.

Ko’ngli buzuq bo’lsa, bolam, shod ayla, // Yiqilganni, bolam, sen bosib o’tma (Rav. 23).

  1. Ko’ngli bor — aynan: ko’ngli bo’lmoq.

Balki so’zi ko’ngli borday bo’lgandi (A. 69).

  1. Ko’ngli chog’ bo’lmoq- xursand bo’lmoq, shodlanmoq.

Nag’maga ko’ngli chog’ bo’ldi (A. 84).

  1. Ko’ngli qabarmoq – qattiq xafa bo’lmoq, ranjimoq.

Bilgin, Ko’kamanning ko’ngli qabardi (A. 55).

  1. Ko’ngli qirq gaz cho’kmoq – ruhi tushib ketmoq, umidsizlika berilmoq.

Musofirman, qirq gaz cho’kdi ko’nglim (A. 61).

  1. Ko’ngli ochilmoq – g’am-g’ussani tarqatmoq, unutmoq,

  2. Ko’ngli qolmoq – ixlosi qaytmoq, avvalgi munosabati yo’q bo’lmoq.

Ko’nglingiz kimdan qoldi (A. 92).

  1. Ko’ngli ravshan bo’lmoq — ko’nglida xafachilik yoki shubha alomati qolmaslik, dili yorishmoq.

Otning ko’ngli ancha ravshan bo’ladi (A. 284).

  1. Ko’ngli siniq – zarba yeb, ma’naviy shikast topgan.

Ko’nglim siniq edi, holim bilmadi, // Akam meni eldi odatini qo’ymadi (A. 163).

  1. Ko’ngli shodmon bo’lmoq – biror narsadan mamnun, quvonchga to’la, xursand bo’lmoq.

Beklar ko’ngli shodmon bo’lar (A. 224).

  1. Ko’ngli taskin topmoq – biror gap yoki ish-harakatdan yupanmoq, tasalli olmoq.

Bu so’zni eshitib, Boysarining ko’ngli taskin topib, moli ketsa dam joni qolganday bo’lib... (A. 197).

  1. Ko’ngli to’lmoq — qanoat hosil qilmoq, tinchimoq.

Sizlarni ko’rganda ko’ngli to’ladi (A. 216).

  1. Ko’ngli to’q bo’lmoq – qanoat hosil qilmoq, tinchimoq.

G’ariblikda bo’larmikan ko’ngli to’q (A. 64).

  1. Ko’ngli topilmoq— dilidagi orzu umidlari, ezgu niyatlari amalga oshmoq, yuzaga chiqmoq.

Biz zindondan chiqsak ko’ngling topilar (A.92).

  1. Ko’nglida g’ubor qolmaslik — bahri dili ochilmoq, ko’ngil yoki dil kirligi xafalik yo’qolmoq.

Qolmaydi ko’nglida zarracha g’ubor (A. 87).

  1. Ko’nglida olgancha bo’lmoq — g’oyibona uylangandek bo’lmoq.

Alpomish ko’nglida yorini olmasa ham olgancha bo’lib qoldi (A. 95).

  1. Ko’ngliga og’ir olmoq – arzimagan narsaga xafa bo’lmoq, qattiq uksinmoq.

Odamlar ko’ngliga og’ir olibdi (A. 12).

  1. Ko’ngliga shumlik olmoq — biror yomon shum harakat qilgisi kelmoq.

Qorajonbek shumlik olsa ko’ngliga (A. 132).

  1. Ko’ngliga to’g’ri kelmaslikbiror ish yoki harakat muvofiq, mos kelmasligi.

Bu ishing ko’nglima to’g’ri kelmadi (A. 136).

  1. Ko’ngliga urmoq – joniga, me’daga tegmoq, zerikmoq.

...buning o’zboshimchaligi ko’ngliga urdi (A. 363).

  1. Ko’ngliga qaramoq – ra’yiga yon bosmoq, xohish-istagiga rozi bo’lmoq.

Qorajonni kelib izzat qiladi, // Qorajon ko’ngliga hamma qaradi (A. 162).

  1. Ko’nglini bo’lmoq – biror ishni bajarishga botinolmay turli narsalarni rejalashtirmoq.

Lodon ko’ngling har xayolga bo’lasan (A. 12).

  1. Ko’nglini shod etgan – quvonchga to’ldirmoq, xursand qilmoq.

Barchinning ko'nglini shod etgan (A.184).

  1. Ko’pik sochib o’tirmoq- shiddat bilan, mag’rur yashamoq.

Shu vaqtlarda Hakimbek o’n to’rt yoshga kirgan, mast bo’lgan norday ko’pik sochib o’girgan, necha mahramlar xizmatida turgan (A. 72).

  1. Ko’plik qilmoq – ishonchsizlik kayfiyatini uyg’otmoq.

Ko’plik qilsa turmay bundan ketayin (A.14).

  1. Ko’rmagan kunini solmoq — boshiga it kunini solmoq, qattiq azoblamoq.

Ko’rmagan kunlarni bunga soladi (A.197).

  1. Ko’rgani ozlik qilmoq – ko’rgan azoblari hali kam ekanligini bildirmoq.

Bu ko’rganing hali ozlik qilarmi (A. 171).

  1. Ko’rib ko’rmaslik – o’zini hech narsa ko’rmagan, bilmagan qilib ko’rsatmoq.

Ko’rsanglar ham hech bir ishni ko’rmanglar (A. 94).

  1. Ko’tarilib kirmoq — kibru-havo bilan yurmoq.

Ko’tarilib tog’i qalmoq kiradi (A. 161).

  1. Ko’tarilib turmoq — bepisandlik qilmoq, manmanlik qilmoq.

Anglamaysan, ko’garilib turasan (A. 101).

  1. Ko’z kuyugi — hasad qilmoq.

Ko’z kuyugi. E, nar-moda o’lsang-chi (A. 80).

  1. Ko’z ola qilmoq - ko’z olaytirmoq, o’qraymoq, hasad yoki xavas bilan qaramoq.

Ko’z ola qilasan Chibor otima (A. 141).

  1. Ko’zi tinmoq — behol bo’lmoq.

Boshlarim aylanib, ko’zim tinadi (A. 146).

  1. Ko’zi to’rt – intizor bo’lmoq.

Quloq solgin menday shohning tiliga, // Ko’zing to’rtdir Qorajonning yo’liga (A. 191).

  1. Ko’zini termiltmak — intizor qilmoq.

Termiltmagin, jallod, mening ko’zimda (A. 36).

  1. Ko’z-ko’z qilmoq – boshqalarni qiziqtirish, havasini keltirish uchun maqtanib ko’rsatmoq.

Qalmoqlarga ko’z-ko’z qilib, shunday ish bo’lib, Qorajon Boychiborni minib, poygachilarga aralashib turibdi (A. 131).

  1. Kovushning patagiga tenglamaslik – o’zini juda yuqori tutmoq, mensimaslik.

Tenglamasang, tenglama kovushingning patagiga, yor-yor, xo’rozimni qo’ymayin katagingga, yor-yor (A. 200).

  1. Kulfatga eltmoq – g’amga olib bormoq, g’ussaga duchor qilmoq.

Jafo tig’i bukun jondan o’tadi, // Meni ayyor shu kulfatga eltadi. (Rus. 321)

  1. Kulbaxonasi kuymoq – uyi kuymoq, xonavayron bo’lmoq.

O’yilmayin kuydi bul kulbaxonam (A. 115).

  1. Kun kechirmoq – umr o’tkazmoq, yashamoq.

Ikki ko’zingdan ayrilib, // Ko’rar yo’llar ko’rmas bo’lib, // Go’r ichinda kun kеchirib, Xonim, kimdan zulm ko’rding? (Rus. 431).

  1. Kuni bitmoq – qazosi yetdi, umri tugadi.

Osmondan kelib yerlarga tushdi, // Kuni bitib o’lar vaqti yetishdi (A. 154).

  1. Kunini o’tkazmoq — yashamoq, tirikchilik o’tkazmoq.

Qattiq qilib o’tkazganman kunimni (A.15).

  1. Langar to’kmoq – og’irlik solib vaziyatni saqlamoq.

Ajdahor chopinib damga tortganda, // langar to’kib Rustam o’zini to’xtatar (Rus. 427).

  1. Lanqa gap – ta’na, malomatli gap (qilmoq).

«Rustam otasin chopibdi», dеgan // Lanqa gapni, qo’zim, o’zingga olma. (Rus.441).

  1. Lof urmoq – ortiq ko’pirtirib, burttirib gapirmoq.

Ular har qaysisi yurur lof urib, // Ahmoq bo’lib, bekor elni kuldirib (A. 102).

  1. Lochin shunqor — azamat, mard o’g’kon, yigit.

Tarzingga qarayman bir lochin shunqor (A.91).

  1. Madadkor bo’lmoq — moddiy yoki ma’naviy yordam, ko’mak bermoq.

Hamma pirlar bo’ldi senga madadkor (A. 93).

  1. Mahtal bo’lmoq – kutib qolmoq, muntazir bo’lmoq.

Biyning qizi mahtal bo’ldi (A. 86).

  1. Manglayida bori — taqdirida nima yozilgan bo’lsa shuni ko’rmoq.

Men berayin manglayimda borini (A. 36).

  1. Manmanlik qilmoq – aynan: menman bo’lmoq.

Chopib tashlab, bolam, sеnga nе bo’ldi? // Qanday bo’lsa, qo’zim manmanlik qilma, (Rus.441).

  1. Mast bo’lmoq – qattiq ta’sirlanib, zavqlanib kayf qilmoq.

Gulni ko’rsa mast bo’p sayrar bulbuli (A. 166).

  1. Maslahat qilmoq – biror ishni qanday amalga oshirish haqida fikr-mulohaza bildirmoq.

Ikkovi maslahat qilib, maslahatni bir yerga qo’yib , Boysarini izlab bormoqchi bo’lib: - Qanday bo’lsa, Boybo’ri javob bermaydi, unga bildirmayiz, oqshomlab jo’naymiz, - deb maslahat qildi (A. 204).

  1. Maslahatni bir yerga qo’ymoq – o’zaro bir fikrga kelmoq, kelishmoq, bir fikrga kelmoq.

Ikkovi maslahat qilib, maslahatni bir yerga qo’yib , Boysarini izlab bormoqchi bo’lib: - Qanday bo’lsa, Boybo’ri javob bermaydi, unga bildirmayiz, oqshomlab jo’naymiz, - deb maslahat qildi (A. 204).

  1. Maydon qilmoq – jang qilishga chorlamoq.

Kelgin, qalmoq, birga maydon qilayin (A. 161).

  1. Maydonda turish qilmoq- jangda mardlik ko’rsatmoq.

Bu maydonda turish qildi (A.34).

  1. Mazaq qilmoq – masxara qilmoq, kulgi qilmoq.

Sizni juda mazaq qilar kanizlar (A.165).

  1. Mazgilimni obod qilmoq – yashash joyini bog’-rog’ bilan go’zal qilmoq, gullab yashnamoq.

Mazgilingni obod qilgin (A.65).

  1. Mehri issiq bo’lmoq — mehr-shavqatli, rahmdil bo’lmoq.

Do’stning mehri juda issiq bo’ladi (A. 112).

  1. Mehribonlik qilmoq – mehr-shafqat ko’rsatmoq, sidqidildan sevmoq.

Bo’l kampirga mehribonlik qiladi (A. 43).

  1. Menman bo’lmoq – o’zini katta tutadigan, bosar-tusarini bilmay qolmoq.

Menman bo’libman adashib (A. 106).

  1. Minnat qilmoq – qilingan yaxshilikni yuziga solmoq, boshqalarga gapirib yurmoq.

Akam bizga minnat qildi ulini (A.12).

  1. Minnatdorlik qilmoq — birovning qilgan yaxshiligidan mamnun bo’lmoq.

Jallod, senga minnatdorlik qilibman (A. 30).

  1. Mozorotning biri qilmoq — azob bermoq, o’limiga rozi qilmoq.

Seni mozorning biri qilayin (A. 91).

  1. Mulla bo’lmoq – ma’lumot, bilim olmoq, ilmli bo’lmoq.

Burro, savodxon, savodi chiqib, xat o’qib yozadigan mulla bo’ldi…(A.8).

  1. Muztar bo’lmoq – nochor bo’lmoq, nochor ahvolga kelmoq.

Hozir muztar bo’ldik qalmoq qo’liga (A. 65)

  1. Naf topmay qolmoq — qilgan ishlari bekorga ekanligini bildirmoq.

Bu ishingdan naf topmayin qolasan (A. 111).

  1. Namoyishga yoptirmoq – xo’jako’rsinga harakat qilmoq.

Namoyishga oq o’tovlar yoptirib (A. 168).

  1. Nar-moda demoq —na ayol-u, na erkak deb atamoq, ayblamoq.

Nar-moda maъnosin aytgin sen qizlar (A. 75).

  1. Nashalashib qolmoq — kayfiyatini ko’tarmoq, huzurlanmoq.

Ikkovlari nashalashib qoladi (A. 148).

  1. Nashasi uchmoq – xayoli qochmoq, kayfiyati buzilmoq.

Juda ham yozg’anning nashasi uchdi (A. 163).

  1. Nashasini qondirmoq — kayfini o’zi hohlagan me’yorga yetkazmoq.

Nashasini xo’p qondirib olibdi (A. 163).

  1. Na’ra tortmoq – vahimali qattiq ovoz bilan baqirmoq.

Tikilsam quriydi daryoning gumi, // Na’ra tortsam qular qo’rg’onning timi (A. 118).

  1. Naza qilmoq – xafa qilmoq.

Bu Chilbir cho’liga borar, bizlarni orqa qilib baland-past gapirar, ko’p odamlarni ham xafa qilar, nima bo’lsa musofirda, boylarning ko’nglini naza qilar (A. 33).

  1. Nishonani urmoq – mo’ljalga olingan narsaga tegizmoq.

Nishonani urgan odam oladi (A. 21).

  1. Nokaslik qilmoq- kabihlik, baxillik qilmoq.

Nokaslik qildi-da, pisand qilmadi (A.174).

  1. Obdol talaganday – top-toza, shipshiydam qilmoq.

O’n besh kunlik yo’ldagi maysani obdol talaganday, ilon yalaganday qilib, changini chiqarib, oldi yerning o’tini yeb kelayapti (A.33).

  1. O’kranib turmoq — qaddini g’oz tutib turmoq.

O’kranib bul aylanib turdi (A. 105).

  1. O’larmanning ishi — nafsini tiya olmaydigan kishining qilgan mehnati, vazifasi.

O’larmanning ishi shunday bo’ladi (A.167).

  1. O’lja bo’lmoq – kuch ishlatib qo’lga kiritmoq.

    1. Mingan oti o’lja bo’lib qolibdi (A. 110).

  2. O’mganidan jazoyil teshmoq – ko’kragiga miltiqdan otganday holatga kelmoq, juda xafa bo’lmoq.

Bu so'zni eshitib, bir umrida sovuq shamol yemagan bola emasmi, sovuq so'z tugul, bolaning o'mganidan bir jazoyil teshib o'tgandan yomon bo'ldi. (Rav. 6).

  1. O’pkasi to’lmoq — yig’lagisi keldi, iztirob chekib, yig’lab yubormoq.

Ko’ngli buzilib, o’pka to’ladi (A.173).

  1. O’pkasini bosmoq – xovliqmoq, tinchlanmoq.

Shunda Ravshanbek dim o'pkasini bosolmaydi. - Ha bachchag`ar Avaz, deb bola aslo turolmaydi. (Rav.7).

  1. O’rlikdan naf topmaslik — o’jarlik hech qachon foyda bermasligini aytmoq.

O’rlikdan naf topmay qiladi (A.7).

  1. Oroyish bermoq - obodonlashtirmoq.

Qumrilar do’st tortib, g’azalaylar sayrab, boqqa oroyish berib, nag’masozlik bir munosib yarashib turipti (Rav. 44).

  1. O’sal bo’lmoq – og’irlashib qolmoq, qattiq kasal bo’lmoq.

Mening otim kasal bo’ldimi: dardi yomon o’sal bo’ldimi, ko’zing bo’lmasa ham, qo’ling biladi (A.130).

  1. O’sal qilmoq — qattiq uyaltirmoq, sharmanda qilmoq.

Mening ishimni o’sal qilibdi (A. 113).

  1. O’tdayin tutanmoq – tutaqmoq, qizishmoq.

O’tdayin tutanib shunqor kegadi (A.167).

  1. O’tga jonini solmoq – biror ishni bajarish uchun qaytmay urinmoq, astoydil tirishmoq.

Men o’tlarga jonim solib (A. 94).

  1. O’tga solmoq — ruhiy azob, qiynoqqa solmoq.

Suyagimni yongan o’tga solasan (A. 61).

  1. O’yinda o’zgan chinda o’zadi – o’yinda g’alaba qilgan amalda ham g’olib bo’ladi.

"O’yinda o’zgan chinda o’zadi", degan gap bor, hazil poygada Boychibor otning changini ko’rmay qoladi (A.130).

  1. O’ynab-kulib bormoq – ajoyib yoki g’alati harakatlar qilmoq.

Qirqin qizlar o’ynab-kulib boradi (A. 137).

  1. O’ynab-kulib yurmoq — ko’ngil ochish bazmi, yig’ini qilmoq.

Tovka bilan o’ynab-kulib yurasan (A.78).

  1. O’z boshiga bormaslik — yakka-yolg’iz yurmaslik.

Yodgorni op bor, o’z boshiga bormanglar (A. 187).

  1. O’z boshini qutqarmoq — faqat o’zini o’ylamoq.

O’z boshingni qutqarolmay qolasan (A. 98).

  1. O’z joniga teng ko’rmoq – faqat o’zini o’ylab ish tutmoq.

Shunda qarasa, o'zining ko'rar ko'zi, so'zlar so'zi, o'z joniga teng ko'rib yurgan Ravshanbek bolasi yig`lab kelayotir. (Rav.7).

  1. O’zboshimcha bo’lmoq – boshqalar bilan hisoblashmasdan faqat o’z erki, o’z xohshi bilan ish tutadigan bo’lmoq.

Sen ham juda o’eboshimcha bo’lasan (A.140).

  1. O’zidan ketmoq – havolanmoq, hech kim bilan hisoblashmay ish qilmoq.

Yana qaytib sen o’zingdan ketmagin (A. 16).

  1. O’ziga yov bo’lmoq - o’ziga dushman orttirmoq.

O’zimizdan bizga yov bo’p qoladi (A. 160)

  1. O’zini bozorga solmoq — o’zini bilmaslikka solib, narxini oshirmoq.

Lof urib o’zini bozor solarmi (A. 126).

  1. Og’ishib kelmoq – adashmoq, yo’lini yo’qotmoq.

“Bir yoqdan og’ishib kelgan musofir tozilar ekan”,- deb non olib berdi (Rus. 428).

  1. Og’ir olmaslik — malol keladigan, qattiq tegadigan gap.

Aka, aytgan so’zim og’ir olmagin (A.67)

  1. Og’zidan chiqarmaslik – hech gap aytmaslik, hech nima demaslik.

"Biz Barchinning kelgan chopari bo’lar edik", - deb og’zingdan chiqarsang, odam buyuraman... (A.74).

  1. Og’ziga qum quyilmoq — gapirolmay qolmoq, gapirmaslik.

Iloyim qum quyilsin og’zingga (A.111).

  1. Ohu fig’on qilmoq – dod-faryod qilmoq.

Ohu fig’on qilib bеk Rustam turgan, // G’ul bilan kundadan ayrib olgan. (Rus. 433).

  1. Olaqaroq bo’lmoq – olazarak bo’lmoq, yon atrofga tez-tez qarayvermoq.

Turgan yerda olaqaroq bo’ladi (A. 146).

  1. Olchi-chikka bo’lmoq — ishi o’ngidan kelmoq.

Gohi olchi bo’lsaq gohlarda chikka (A.92).

  1. Olmosni belga chotmoq — jangga hozirlik ko’rmoq.

Nor kesar olmosni choratman (A.120)

  1. Omon bermaslik – ayamay, shafqatsizlarcha ish tutmoq.

Sen qo’limga tushib bo’lding gunohkor, // Omon bermay o’ldiraman muqarrar (Rus. 302).

  1. Omon borib, omon kelmoq – sog’-salomat borib kelmoq.

Omon borib, omon kelgin ajdardan // Yo’lga qarab intizor bo’p turayin (Rus. 412).

  1. Omonat topshirmoq – o’lmoq, dunyodan o’tmoq, qazosi yetmoq.

Omonat topshirgin qodir xudoga (A.23).

  1. Ong qilmoq – nasiya qilmoq, naqd bermaslik.

…sarkamning haqini ham ong qilsang naqd bermasang, qo’shtirmayman, - dedi (A. 256).

  1. Ong-tong bo’lmoq - hayratlanmoq, hayron bo’lmoq.

Turib edi ong-tong bo’lib Rustamxon (Rus.441).

  1. Ostonaga bosh urmoq – sajda qilmoq.

Ulug’lanib ostonaga bosh urdim (A.85).

  1. Ot boshini qo’ymoq – boshi oqqan tarafga ketmoq.

Ot boshini qo’yib olar (A. 138).

  1. Otini qo’shmoq — ot-ulov tirkab tayyor qilmoq.

Qorajon otini qo’shib (A. 136).

  1. Otini sovitib kelmoq – boquvdagi otni asta yurgizib oyoqlarining chigalini yozmoq yoki yurgizib hoviridan tushirmoq.

Otini sovutib maydonga kelsin (A. 128).

  1. Otlarni toblamoq — chiniqtirib tayyor qilmoq.

Otlarni tobla, ko’b parvarish qilib qara manglaylarini sila, o’zbakning qizi poyga bo’ladn, nasib etgan oladi (A. 123).

  1. Ovoza bo’lmoq – gap bo’lmoq.

Shunda xalqning og’ziga ovoza bo’ldi: «Bujul shahriga bеega ikki tozi kеldi.” (Rus. 428).

  1. Ovqati zahar bo’lmoq – tatimaslik, og’uga aylanmoq.

Zahar-zaxum bo’ldi egan ovqatim (A.44).

  1. Oxirini ko’rmoq – ish-harakat, voqea-hodisalarning so’nggisi, oxirgi dami.

Qani, sening oxiringni ko’rayin (A.117).

  1. Oyoq osti qilmoq — toptamoq, ezmoq, paymol qilmoq.

Bu ham o’zboshimcha juvormak alplarga baland-past gapirar, buning kasofatiga hammamizni oyoq osti qilib bosib ketar (A. 62).

  1. Parvo qilmaslik – nazar pisand qilmaslik.

Yo’lni ko’zga ilmadi // Sira parvo qilmadi (Rus. 377).

  1. Paymonasi to’lmoq – o’ldirmoq.

Ajal etsa paymonasi to’ldirar (A.14).

  1. Pisand qilmaslik – e’tibor bermaslik.

Mahramning so’ziga quloq solmadi, // Kampir, mahramlarni pisand qilmadi (Rus. 364).

  1. Pishak bilan hazillashmoq — sichqon-mushuk o’ynamoq, kuch-qudratiga unchalik ishonmaslik.

Indan chiqib pishak bilan hazillar (A.104).

  1. Poyga bo’lmoq — poyga, musobaqa sababchisi bo’lmoq.

Boysarining qizi poyga bo’ladi (A. 127).

  1. Pushaymon bo’lmoq — afsuslanmoq, nadomat qilmoq.

Ko’p qalmoqlar pushaymon qip (A. 160).

  1. Qabohat ish qilmoq – yaramas hatti-harakat razillik qilmoq.

Qalmoq juda qaboxat ish qilibdi (A. 158).

  1. Qabul qilmoq – tilagini bajarishga rozi bo’lmoq.

Uyalgandan qabul qilmay turadi (A. 170). Podsholikni Rustam qabul qilmadi, // Zo’rlagan gaplarga quloq solmadi, (Rus. 444).

  1. Qaddi-bo’yi bukilmoq – uyatga qolmoq, izza chekmoq.

Yig’lay-yig’lay qaddi-bo’yi bukilgan, // Vo bolam! - dеb quloch yoyib yiqilgan! (Rus.433).

  1. Qadni bukmoq— uyatga qoldirmoq.

Qaddim bukdy, bo’ldi bo’l mening ko’rgan ishim (A. 60).

  1. Qahri kelmoq – ortiq darajada achchiqlanmoq, g’azablanmoq.

Polvonning qahri kelib, ajdarday to’lg’onib, ko’zlari olovday yonib, Go’ro’g’libek otasiga qarab aytdi (Rav. 5).

  1. Qamchi chotmoq — shiddatli bo’lmoq.

Achchiqlansam otga qamchi chotarman (A.56).

  1. Qanotidan qayrilmoq — eng yaqin kishilaridan, panohidan judo bo’lmoq.

Uchqur bo’lsang qanotingdan qayrilib (A.128).

  1. Qarindoshdan qolmaslik – qavm-qarindoshning muruvvatiga umid bog’lamoq.

Qanday bo’lsa, qarindoshdan qolmagin (A. 161).

  1. Qarsillatib urmoq — katta zarba bilan zarar etkazmoq.

...chin ajal qamsab kelmasa, falokatdan ozod qilib ketaman ekan, — deb qarsillatib qovdanni ura berdi (A.96).

  1. Qattiq kun – mashaqqatli, azob-uqubatli hayot, turmush.

Bildinglarmi mening qattiq kunimni (A.14).

  1. Qattiq savdo bo’lmoq – achchiq saboq bo’lmoq.

Bu gap senga qattiq savdo bo’libdi (A.12).

  1. Qayqaytirib solmoq — zo`r shiddat bilan urmoq.

Uch-to’rt tayoq qayqaytirib soladi (A.80).

  1. Qaytadan dunyoga kelmoq – dunyoga yangi kelganday bo’lmoq.

Yorini ko’rib, qaytadan dunyoga kеlganday bo’lib, ikkovi ikki tozini ergashtirib, shahri Bujul qarab borayotir (Rus. 431).

  1. Qilgan ishi – kirdikorlari, qilmishi (yomon ma‘nosida).

Bu еrlarni Huroyim ko’rdi, chaldivor, cho’liston bo’lib qolgan. Arabning qilgan ishi shu bo’lgan. (Rus. 382).

  1. Qilganicha qilmoq – qilmishiga yarasha jazolamoq.

Bu qalmoqlar qilganicha qilgandir (A. 111).

  1. Qirg’in solmoq - ko’plab o’ldirmoq, qirmoq.

Borsa qalmoqlarga qirg’in soladi (A.20).

  1. Qiyomat kun bo’lmoq – qiy-chuv, to’polon, ur-yiqit kun.

Yig’lay bergin qiyomat kun bo’libdi (A.110).

  1. Qiz opqochmoq – nikoh marosimidan oldin kelin yashirish marosimi.

Barchinoyni qiz opqochdi qiladi (A. 169).

  1. Qiz so’ylatar – padar vakillarining kelinning roziligini so’raganda, qizni rozilik berishga undovchi kayvoni.

Qiz so’ylatar degan rasm bo’ladi (A. 169).

  1. Qizib turmoq – harorati oshmoq, jonlanmoq.

Tong otqali o’lan aytib qizib turman, yor-yor (A. 203).

  1. Qo’l bosdi qilmoq – imzo chekmoq.

Necha so’zni unda kampir amr etdi // Qo’l bosdim qip necha xalqi-elatni (Rus. 361).

  1. Qo’l quvshirmoq — qulluq qilmoq, hurmat yuzasidan shu vaziyatda turmoq.

Qavatida qo’l quvshirib sipoyi (A. 8).

  1. Qo’lidan ish kelmoq – biror bazifa, mehnatni bajara olmoq.

Qahrlansang har ish kelar qo’lingdan (A.98).

  1. Qo’lidan kelmaslik — ishni bajara olmaslik, qila olmaslik.

Sen yolg’iz-qo’lingdan nima keladi (A.66).

  1. Qo’shqanotning quyrug’ini suzdirmoq- qilgan ishiga pushaymon qildirmoq.

Qo’shqanotning quyrug’ini suzdirsa (A. 171).

  1. Qobog’ini uymoq - nimadandir norozi bo’lmoq, xafa bo’lmoq.

G’am tortib qabog’im uyib, // Gadolik kiyimin kiyib, // Ado bo’lgan qalandarman. (Rus.436).

  1. Qonlar yutmoq – qattiq qayg’urmoq, azoblanmoq.

Musofirlik yurtda qonlar yutayin (A.15).

  1. Qora bag’rin tildirmoq – yomon niyatli kishining yuragini dog’lamoq, vayron qilmoq.

Xanjar chekib qora bag’rin tildirar (A.14).

  1. Qora kiymoq aza tutmoq, motam tutmoq.

So’z so’zlasa, qabog’ingni uyasan // Biring emas? Baring qora kiyasan (Rus. 403).

  1. Qosh qoqmoq – imlamoq, o’ziga chorlamoq.

Bildirmayin qosh qoqqanday bo’ladi (A.75).

  1. Qovog’ini uymoq – aynan: qobog’ini uymoq, xumraymoq.

Har urti bir katta qopday bo'lib, qovog’ini uyib, o'g`lidan ko'ngli qolib (Rav. 6).

  1. Qulluq bo’lsin qilmoq— muborak, qutlug’ bilmoq.

Kelib, to’yni qulluq bo’lsin qildi (A.176).

  1. Qulog`iga yetmoq – xabardor bo’lmoq.

Ravshanbekning yig`lagan tovushi Og`a Yunus parining qulog`iga yetdi. (Rav. 7).

  1. Qulog’idan dunyoga ko’marman – mol-mulkka ko’mmoq, boshidan zar sochmoq.

Oldimga suyunchi deb chiqqan kishiga ayamasdan tanga tilla berarman, qulog’idan dunyoga ko’marman, balki qo’rg’ondek qilarman (Rus. 352).

  1. Rahmat toshmoq – muruvvat, marhamat ko’p bo’lmoq.

Ziyon etib, Rahmat toshar bo’lganda (A. 99).

  1. Rangi uchmoq – xavotir olmoq, bezovta bo`lmoq, qo`rqmoq.

Qo’rqqanidan Qoraxon, // Rangi uchib bo’zday bo’b (Rav. 94).

  1. Ravshan bo’lmoq - masalani oydinlashtirmoq.

Rustam ko’zi ravshan bo’lib ochildi. (Rus. 431).

  1. Raxti buzilmoq – rejasi buzilmoq.

Buzilgandir mеning raxtim,// Sabil bo’ldi toju taxtim, // Endi bo’lsa ko’rar vaqtim, // Ado bo’lgan qalandarman. (Rus.435).

  1. Rizqini ko’rmoq – o’z hayotingni, turmushini qurmoq.

Jonivorlar, mеnday g’arib bo’lmagin, // Rizqingni ko’r, bunda turib o’lmagin. (Rus. 428).

  1. Rizqi uzilmoq- qazosi yetdi, o’lmoq.

Yolg’onchi dunyodan rizqi uzildi (A. 146).

  1. Ruhbozlik qilmoq — o’yin ko’rsatmoq.

Alpomish ham ruhbozlik qip turadi (A. 100).

  1. Sabil bo’lmoq – egasiz, qarovsiz qolib xarob bo’lmoq.

Buzilgandir mеning raxtim,// Sabil bo’ldi toju taxtim, // Endi bo’lsa ko’rar vaqtim, // Ado bo’lgan qalandarman. (Rus. 435). Sabil qilib ketay boysin elini (A.12). Sensiz sabil bo’lar Chambil elatim (Rav. 12).

  1. Salom solmoq – kelinchakni to’ydan keyingi kun erta bilan kuytov ota-onalariga ta’zimga olib chiqish marosimi.

Salom solib bekni boshlab boradi (A. 168).

  1. Sandirob o’lmoq – maqsadiga erishmoq.

"Olti oychilik yo’lda bo’lsa, qalmoqning elida bo’lsa, zo’r yovning qo’lida bo’lsa, bir xotin olamiz deb sandirab o’lamizmi", - deb xatni tizzasining ostita bosib o’tirdi (A. 67).

  1. Sarg’ayib turmoq — kutdirib qo’ymoq, intizor qilmoq.

Kanizlarman birga sarg’ayib (A.111).

  1. Sargardon bo’lmoq — bekorga ovora bo’lib sarson bo’lmoq.

Bari sargardon qalmoqlar (A. 39).

  1. Sargardon qilmoq – ovora qilmoq.

Haq taolo meni qildi sargardon (A.243).

  1. Savash qilmoq — jang, urush qilmoq.

Qalmoqlarman qaytmay savash qilayin (A. 78).

  1. Sayron qilmoq – sayr qilmoq, sayr-tomosha qilmoq.

Ega bo’b so’ragin Shirvon ellarni, // Qush solib, ovlagin oydin ko’llarni, // Sayron qilgin tar ochilgan gullarni, // Xush kelibsan, ana manzil, ana joy (Rav. 50).

  1. Sazo chiqmaslik – ovozi, tovushi chiqmaslik.

To’rda o’tirgan kattaman deb yurganlarning hech bir qaysisidan gap, sazo chiqmagandan keyin... (A.12).

  1. Selob yoshini to’kmoq — achchiq yig`lamoq.

Ko’zdan to’kma bunda selob yoshini (A. 114).

  1. Sha’niga to’g’ri kelmaslik – obro’si, yaxshi nomiga mos kelmaslik.

Shu gaping sha’nima to’g’ri kelami (A. 134).

  1. Shahri dilini yozmoq – dardini doston qilmoq.

Tay urib olamni kеzib, // Sharhi dilim kimga yozib// Bir ish qildim fе'lim ozib, // Judo bo’lgan qalandarman. (Rus. 435).

  1. Shamyon qaytarmoq — bo’ysinmay o’jarlik qilmoq.

Qultoy Alpomishni ko’rib, ko’nglini xushlab, yilqi boqadigan qayqi tayog’ini qo’lga ushlab, juda shamiyon qaygarib, do’qlab, Alpomippa qarab aytib turgan so’zi (A.77).

  1. Sherdil bo’lmoq —qo’rqmas, botir bo’lmoq.

Boraman deb, bolam sherdil bo’lmagin (A.21).

  1. Shibir-shibir bo’lmoq – gap bo’lmoq, biror kimsa haqida turli xil gap tarqalmoq.

Kun choshka haddiga etdi, shibir-shibir gap bo’p yotdi (A. 145).

  1. Shoy bo’lmoq — boy bo’lmoq.

O’g’lining borida kampir shoy ekan (A. 232).

  1. Silkib solmoq – kamsitmoq, nazar-pisand qilmaslik.

Nar-moda deb meni silkib solasan (A. 76).

  1. Simday botmoq – bilinear-bilinmas ravishda asta-sekinlik bilan botib bormoq, singmoq.

Bedovga qamchi chotdi // Qamchisi simday botdi (Rav. 18).

  1. Siyosatini ko’rmoq — do’q, hiyla-nayrangga asoslangan yo’liga qilingan ish, hatti-harakat; ustomonlik.

Hakimbekning siyosatin ko’radi (A. 136).

  1. So’rab turmoq – taxtga o’tirmoq, elni boshqarmoq.

Elni endi Rustam so’rab tursin, dеb, // Elu xalqqa shunday xabar bildirdi. (Rus. 444).

  1. So’z qopmoq – aytganini qilmoq.

Hech so’z qopmadi, hech kimning gapini qulog’iga olmadi, o’zining bilganidan qolmadi (A.172).

  1. So’z qotmoq – tegishib yoki jahlini chiqarish uchun kinoya, kesatiq gap aytmoq.

Bir so’z qotib ko’rayin. (Rus. 429).

  1. So’z so’zlamoq – og’zaki ravishda fikr bayon etmoq, gapirmoq.

So’z so’zlasa, qabog’ingni uyasan // Biring emas, baring qora kiyasan (Rus. 403).

  1. So’zi botmoq – o’ta alam qilmoq.

Bir necha beklarga so’zi botadi (A. 45).

  1. So’zi elitmoq – uyqu darajasiga olib bormoq.

Sizni elitar aytgan so’zi (A.136).

  1. So’zi o’rtamoq – aytgan gapi alam bilan qiynamoq, kuydirmoq.

Boybo’rining so’zi bilan o’rtadi (A.12).

  1. Sochini yoymoq —boshiga musibat tushib yoki dog’da qolib oh-voh qilmoq, motam qilmoq.

Ayrilding to’rangdan sochingni yoyib (A.110).

  1. Sozigarchilik ketmaslik – imkoniyat, chora, yo’l, iloj topmoq.

...sozigarchilik qo’ldan ketmasin deb (A.197).

  1. Subhi sodiq tuqqan vaqt – tong sahar, quyosh atrofni yoritmasdan.

Izlab borayotgan Barchin yori ham baxmal o’tovda yotib, subhi sodiq tuqqan vaqtda bu ham bir tush ko’rdi (A. 93).

  1. Sulab qolmoq – xoldan tolib shalpayib qolmoq.

Sulab qoldi qalmoq loshi (A.177).

  1. Suvday sovimoq - hafsalasi pir bo’lmoq, qo’li ishga bormaslik.

Bir jom suv bergin, bizdan suvday sovib ketsin, umidini uzib ketsin (A.54).

  1. Tabgiridan adashmoq — mo’ljalidan adashmoq.

Bir kam to’qson alp otdan tappa tashlab, qo’l qovushtirib taъzim qildi, aqli oshib qoldi, tabgiridan adashib, Ko’kaldosh alp Ko’kdo’nanning bir o’zi qoldi (A.125).

  1. Talab aylamoq – qasd qilmoq.

Bir gap aytib qaytarmagin rayini,// Bilmayman qayerga talab aylapti. (Rav.10).

  1. Tan bermoq – qoyil qolmoq.

Hamma odamlar eshitib buni tan bersin (A.128).

  1. Tangri ishiga ko’nmoq — xudoning barcha berganiga rozi bo’lmoq.

Yaxshi ko’nar tangri qilgan ishiga (A.91).

  1. Tanobin tortmoq — uzoq masofaning ulchamini qisqartirmoq, kamaytirmoq.

Yo’llarning tanobin tortdi (A.63).

  1. Taqal qilmaslik — biror ishni qilishga darrov kirishmay, o’ylanib qolmoq, kechiktirmoq.

E’tiqodman qazgin, taqal qilmagin (A.141).

  1. Taqdir qilmaslik — nasib qilmoq, buyurmoq.

Senga taqdir qilmas Barchin gullar-a (A.124).

  1. Taraqqos boylamoq – chiroyi ochilib, tovlanib, yashnab turmoq.

…gulday jaynab, suqsurday bo’ylab, parvoz aylab, taraqqos boylab, ostida Jiyronqush oti har usulda o’ynab.. (Rav. 10).

  1. Taraf qilmoq — bir-biriga qarshi bo’lmoq.

Hozir menga qalmoq bo’lgandir taraf (A.15).

  1. Tark aylamoq – tashlab ketmoq.

Tark ayladim mosivoni, // Axtardim ushbu dunyoni, // Farzandim ham yorim qani?! // Gado bo’lgan qalandarman. (Rus. 435).

  1. Tasalli bermoq – yupatmoq, taskin bermoq.

E ena, mening bugun kechga qolganim, bir do’stim uchta-to’rtta mehmoni bor ekan, ularni ziyofatga aytgan ekan, meni ham tuxtaysan deb qo’ymadi, shunday qilib kechga qoldim, - deb enasining ko’ngliga tasalli berib aldadi (Rav. 37).

  1. Taassib qilmoq – biror kishiga taqlid qilmoq, berilmoq, ergashmoq.

Yo’lovchi, taassib qilmq bizlarga, // bizlarga qo’shilma, boshing kesilar (Rav. 29).

  1. Tay urmoq – kezib chiqmoq, aylanib chiqmoq.

Tay urib olamni kеzib, // Sharhi dilim kimga yozib// Bir ish qildim fе'lim ozib, // Judo bo’lgan qalandarman. (Rus. 435).

  1. Tayini yo’q – biror ish qo’lidan kelmaydi.

Tozilar shunda boradigan manzilining tayini yo’q. (Rus. 430).

  1. Tayoq emoq – urmoq, qattiq jism bilan urmoq.

Tag’i sening tayoq eging keldimi? (A.81).

  1. Tengsalib yurmoq — tebranib, chayqalib yurmoq.

Tengsalib yurur qalmoqlar (A.64).

  1. Tig’ tortmoq – qilich bilan o’ldirmoq.

Qurudimga kеtgan otang kеlgandi(r). // Qanday farzand otasiga tig’ tortar (Rus.441).

  1. Tig’i damdan o’tkarmoq — o’tkir tig’li qurol bilan o’ldirmoq.

Qalmoq ko’rsam tig’i damdan o’tkarib (A.69).

  1. Tiklab turmoq- diqqat bilan tikilib qaramoq.

Hamla bu alplarga tiklab turadi (A.165).

  1. Til bilan kuydirmoq — qattiq alam qildirmoq, g’am-alam chektirmoq.

Yomon odam kuydiradi til bilan (A.97).

  1. Til bilmagan elga ketmoq — notanish joyga ravona bo’lmoq, ketmoq.

Til bilmagan elga ketib boraman (A.115).

  1. Tilidan tishlamoq — gapdan o’zini tiymoq, jim bo’lmoq.

Aydahorlar tishlab turdi tilimdan (A.100).

  1. Tiliga kirmaslik – aytganini qilmaslik.

Bir-biri kirmaydi tilga (A.138).

  1. Tilini eshitmoq — so’zini (gapini, fikrini) tinglamoq.

Men eshigdim, do’stim, sening tilingni (A.109).

  1. Tilini tortib so’ylamoq – o’ylab, mulohaza qilib gapirmoq.

Gunohkorman, tilimni tortib so’ylab, yor-yor (A.201).

  1. Tinmagan balo bo’lmoq — doim bezovta bo’lmoq, tekkanga tegib, tegmaganga kesak otmoq.

Boshdan betga sen tinmagan balosan (A.112).

  1. Tirilganday bo’lmoq – o’zini hayotga yangi kelganday sezmoq.

Bari bolang tirilganday bo’ladi (A.12).

  1. To’shagi jiyilmoq – ketishga, jo’nashga hozirlik ko’rmoq.

Solib qo’ygan bu to’shagim jiyildi (A.100).

  1. Tog’ni talqon qilmoq — har qanday qiyin, mushkul ishni bajarishga qodir bo’lmoq.

Changallasa tog’ni talqon qiladi (A.128).

  1. Toji davlat toyrilmoq – boshidan davlat qushi uchmoq, bor narsasini yo’qotmoq.

Toyrilib boshimdan toji davlatim (A.174).

  1. Tomir bo’lmoq — qarindosh, quda-qudag’ay bo’lmoq.

Bolam, tomir bo’lsak o’zbek elidan (A.41)

  1. Toqati qolmaslik – chiday olmaslik, bardosh berolmaslik.

Qolmadi Boysaribiy toqati (A.61).

  1. Tunlar tunqotmoqtuni bilan uxlamaslik, bedorlik.

Ana endi Ravshanbek necha kunlar yo'l yurib, tunlar tunqotib, jonini koyitib, ozgina emas mo'l yurib, uch oy tinmasdan yo'l yurib, necha tog`u cho'l yurib, necha suvsiz el yurib, birovdan so'ramoqqa ham bo'yin yor bermay, «ishing bo'lmasin, Shirvonga kelib qoldim», deb dimog`i chog` bo'lib, gul-gul ochilib, o'ziga-o'zi aytdi (Rav.19).

  1. Turg’ilig’i qolmaslik – yashashga hech imkon qolmaslik.

Endi biz o’z elimizda sig’indi bo’lib, o’z akamizga zakot berib, bu elda bizning turg’ilig’imiz qolmadi. (A.11).

  1. Turib qolmoq – ortiqcha vaqt yo’qotmoq, bezovta bo’lmoq.

Turib qoldi qirqin qizi (A.85).

  1. Tuzini yemoq – birovning xonadonida yashab ovqatidan bahramand bo’lmoq.

Kimsaning boshqa odamga bergan, yedirib-ichirgan ovqati. Shu kampirning…. Tuzini ko’p yedik (Rav. 78).

  1. Tuzon tutmoq – atrofni chang-tuzon qoplamoq.

Cho’llarni to’zon tutdi // Ostida jiyron oti// Ko’pdir Rustam g’ayrati // Yurakda g’ussa dog’dir (Rus. 376).

  1. Ulfat bo’lmoq – hamsuhbat bo’lmoq, do’st bo’lmoq.

Boychibor edi-ku mening ulfatim (A.132).

  1. Ulgu qilmoq – pesh qilmoq.

Bolam quloq solgin aytgan so’zima, // Ko’p qayishdim senday ikki qizima, // Sen bergan dunyongni ko’p ulgu qilma, // Dunyo uchun ko’ndirdim deb gapirma (Rus. 360). Qilgan xizmatini ulgi qilami? (A.167).

  1. Umid qilmaslik – istagini amalga oshmasligiga ishonmaslik, voz kechmoq.

Umid qilma oy Barchinday buvushdan (A.126).

  1. Umid tortmoq — orzu-istagini amalgam oshishiga birovning ko’magiga ishonmoq.

Umid tortib senga arza qilibdi (A.74).

  1. Umid uzmoq – ko’nglidagi oxirgi ilinjini ham yo’qotmoq.

Umid uzib keta bergin qallmoqlar (A.124).

  1. Ustidan talashmoq — bir kishi (qiz)ga ega bo’lish uchun harakat qilmoq.

Barchinning ustida alplar ko’p talash qilgan edi... (A.115).

  1. Uyalgan xotindan quruq qoladi – ko’p o’ylash ortiqcha tashvish keltiradi.

Agar mol berganim yo’q deb shul kuni uylanib bormay qolsa, qizini aynib oladi ekan, uyalgan odam xotindan quruq qoladi ekan (A. 49).

  1. Uzab ketmoq- ancha nari ketmoq, uzoqlashmoq

Shunday qila-qila, tong otdi, qizlar uzab ketadi (Rav. 39).

  1. Vaji o’tmaslik – ko’rsatgan sabablari inobatga olinmadi.

O’z moliga o’zin vaji o’tmagan (A.80).

  1. Vaqti xush bo’lmoq — kayfi chog’, xursand.

Nima bo’lsa, Qalmoqshohdan vaqti xush bo’ldi (A. 37).

  1. Vaqtini xushlamoq – xursand qilmoq.

Vaqtini xushlab yurgandir (A.71).

  1. Xaridor bo’lmoq — birvga ko’ngil qo’ymoq, xushtor bo’lmoq.

Mudom bo’lib men ham senga xaridor (A.89).

  1. Xatar topmoq – xavf-xatarga yo’liqmoq.

Bu yurishda to’rang xatar topibdi (A.110).

  1. Xavolanib shaylanmoq — ortiqcha kibrga, manmanlikka berilmoq.

Havolanib uchgan suqsur shaylandi (A. 203).

  1. Xayoli tarlon bo’lmoq – parishon bo’lmoq, xayoli qochmoq.

…xayoli tarlon bo’lib, o’zini har o’yga solib ketib borayotir (Rav.27).

  1. Xayoli qochmoq – fikr-xayoli o’zida bo’lmaslik.

Rustamning xushi boshidan uchib, xayoli qochib, qilichga qo’l uzatib, bu so’zlarni aytib ichkari kirabеrdi (Rus. 441).

  1. Xayolin bo’lmaslik – fikr-xayolini chalg’itmoq.

Xayolingni har tarafga bo’lmagin(A.127).

  1. Xolin bilmagan – o’z kuchini, ahvokini bilmay ish tutmoq.

Xoling bilib jo’n yurmagan (A.113).

  1. Xonazodni olmoq — sovrinni qo’lga kiritmoq.

To’qson alpdan xonazodni olasan (A.104).

  1. Xotindan xarob bo’lmoq — juda lapashang, lattachaynar yigit ekanini ko’rsatmoq.

Ot-yaroq asbob senda bo’lmasa, er yigit xotindan xarob bo’ladi (A. 66).

  1. Xonumoniga o’t qo’ymoq – uyidagi mol-mulk, bisotini yondirmoq.

Podshoning oldida bo’lsa to’rtta choparchi mahrami border-da: tag’in podsho kelib, mahtal bo’lib, mening xonumonimga o’t qo’yib yubormasin, - deb darvozani ochib yubordi (Rus. 269).

  1. Xudo qilgan ishga ko’nmoq — taqdirga tan bermoq.

Xudo qilgan ishta banda ko’nadi (A.136).

  1. Xudo urmoq — ishning pachavasi chiqmoq, nochor bo’lmoq.

Xudoga urdirib osi bo’ladi (A.111).

  1. Xudoga osi bo’lmoq — taqdirga tan beradigan ish qilmoq.

Har kim qaytsa, xudoga osi bo’ladi (A.112).

  1. Xudoga solmoq – jazosini xudo bersin.

Ishingni solganman qodir xudoga (A.85).

  1. Xumorini tarqatmoq — kayfini buzmoq, tarqatmoq.

Men o’ynab tarqatsam bu xumorini (A.86).

  1. Xunini olmoq – qasosini olmoq, qonli o’ch olmoq.

Men olarman Qalmoqshohdan xuningni (A.35).

  1. Xushi boshidan uchmoq – xayoli qochdi, xafsalasi pir bo’ldi.

Rustamning xushi boshidan uchib, xayoli qochib, qilichga qo’l uzatib, bu so’zlarni aytib ichkari kirabеrdi (Rus. 441).

  1. Yakka mozor bo’lmoq — hech kimga (elga) qo’shilmaslik.

Baring birday yakka mozor bo’lasan (A. 98).

  1. Yakson qilmoq – tor-mor qolmoq, yo’q qilmoq.

Seni yakson qilib ketdi o’zbaklar (A. 170).

  1. Yarashiqqa o’rmoq — mos keladiganini kiymoq, munosibini o’ramoq.

Yarashiqqa ot kokilin o’rarman (A. 127).

  1. Yaratgandan ko’rmoq – taqdirdan, peshonadan, xudodan ko’rmoq

Har gan bo’lsa, yaratgandan ko’rar­man (A.126).

  1. Yaratganga rost bo’lmoq — taqdirga, xudoga tan bermoq

To o’lguncha yaratganga rost bo’l! (A. 105).

  1. Yer bilan yakson bo’lmoq — tor-mor qilmoq.

Shunday zo’rlar bo’ldi yer bilan yakson (A. 196).

  1. Yer yuzini tutmoq – butun olamga targalmoq.

Yer yuzini tutib ketdi aydahor (A. 99).

  1. Yerni qovmoq – yaxshi yer (joy)ni xohlab qolmoq.

Toza yerni qovib qoldi (A. 181).

  1. Yo’l bo’lmoq – safari bexatar bo’ladi, orzulari ushaladi.

Bu beklarning yo’li bo’lar (A. 138). Qanday kuni kechar sho'r enang nochor, // Harna yo'qu borim, senga yo'l bo'lsin? (Rav.12).

  1. Yo’l olmoq- ma’lum manzil tomon jo’namoq.

Karvonman-da, yursam yo’lni olaman (A. 115).

  1. Yo’l quvmoq – jadal, tinimsiz va uzoq yo’l yurmoq.

Yurar yoldan qolmadi // Yo’l quvsa ham tolmadi (Rus.)

  1. Yo’l tortdi – ravona bo’lmoq, jo’nab ketmoq.

Arna kelsa irg’itdi // Shuytib Rustam yo’l tortdi (Rus.) Shunday qip chopar yo’l tortdi (A. 64).

  1. Yo’lda bo’yin uzatmoq – aytgan shartiga ko’ndi, murosaga keldi.

Yo’lda bo’ynin uzatdi // Yurishini tuzatdi (Rus.376).

  1. Yo’ldan urmoq – yomon yo’lga boshlamoq, aynitmoq.

Yo’ldan urma, Chilbir cho’lga borayin (A. 34). Yo’ldan urmay, men haqqa yig’layin // Qo’l ochib haqqingga duo qilayin (Rus.403).

  1. Yo’lga qaramoq – birovni kutmoq, intizor bo’lmoq.

Qirqbesh kunda bu yo’lima qaragin (A.127).

  1. Yo’lga solmoq — to’g’ri maslahat berib hayotda o’z o’rnini topishga ko’mak bermoq.

Boshqaradi, yaxshi yo’lga soladi (A. 231).

  1. Yo’liga intiq – intizor bo’lmoq.

Yo’lingga intiq Barchinoy (A. 264).

  1. Yo’liga intizor – aynan: yo’liga qaramoq.

Barchin checham bul yo’lingta intizor (A. 77).

  1. Yo’lni ko’zga ilmaslik – unchalik ishonmadi, ko’zi yetmadi.

Rustam yigit shag’almas // Yo’lni ko’zga ilmadi (Rus. 377).

  1. Yo’q gapni bor qilmoq — yolg’on, amalga oshmagan ishlarni rostdek qilib ko’rsatmoq.

Yo’q gapni bor qilib olib kelasan (A. 328).

  1. Yolg’on poyga qo’ymoq – nomiga poyga uyushtirmoq.

Poygachilar har kuniga ot sovutib, yolg’on poyga qo’yib keladi (A. 124).

  1. Yozilganini ko’rmoq- aynan: manglayida bori.

Har na qismat, yozilganin ko’rayin (A. 159).

  1. Yuk bosmoq – yelkasidagi yuki og’irlik qilmoq.

Yuk bosdi tuyamni, yo’lga kiraman (A. 115).

  1. Yulduzni ko’zlamoq — amalga oshishi mumkin bo’lmagan ishlarni bajarishga intilmoq.

Choparlar kelib ketgandan keyin tabladagi ot sag’risi toshib, eli qulog’idan oshib, yulduzni ko’zlab, paraqqos boylab o’ynay berdi (A. 67).

  1. Yuragi toshmoq – cheksiz darajada xursand bo’lmoq.

Unda Go'ro'g`libek dimog`i chog` bo'lib, gul-gul ochilib, vaqti xush bo'lib, yuragi toshib, bol Avazga qarab, murtini burab: (Rav.5).

  1. Yuragida alam bo’lmoq — g’am-qayg’uga botmoq.

Men yig’layman yuragimda alam bor (A. 149).

  1. Yuragida dardi bor — qalbi dard-alamga to’la.

O’ylab tursam yuragimda dardim bor (A. 212).

  1. Yuragini olmoq – qo’rqitib qo’ymoq.

Buning zarbi yuragimni oladi (A. 166).

  1. Yurak-bag’ri ezilmoq – qayg’u-alamga botmoq.

Ichim kuyib yurak bag’rim ezildi (A. 14).

  1. Yurak-bag’rin dog’latmoq — azob bermoq, qiynamoq.

Yurak-bag’rin dog’latdi (A. 78).

  1. Yurt so’ramoq — davlatni idora qilmoq, boshqarmoq.

Qayqubod podsho bo’p yurt so’rab yotdi (A. 286).

  1. Yurtni izillatmoq — o’zga davlatga azob bermoq, qiynamoq.

Toychixon yurtini izillatarman (A. 262).

  1. Zavq qilmoq- huzur qilmoq, gasht qilmoq.

Nor, moyangni ko’rsant zavq qip qolasan (A. 99).

  1. Zehni koyimoq — alam-iztirob bilan ish tutmoq.

Tovka oyimning zehni koyib boradi (A. 245).

  1. Zertang-zabartang qilmoq – qattiq qo’lga olmoq, ishni yaxshi yuritmoq.

Huroyim Oqtosh mamlakatida mamlakatni zertang-zabartang qilib, Sultonxondan ziyoda ish tutib turaberdi (Rus.356).

  1. Zo’r bo’lsa – hech bo’lmaganda, nari borsa

Zo’r bo’lsa bir Qorajon kam bo’lar, deb (A. 136).

  1. Zo’rga yo’ldosh — o’zidan kuchli, baquvvat kishilarga xamrohlik qilmoq.

Yo’ldosh bo’lgan satta zo’rga (A. 132).

  1. Zo’rligini bildirmoq – o’zidan kuchli, baquvvat ekanini ko’rsatib qo’ymoq.

Bildirasan, menta zo’rliklaringni (A. 165).

  1. Zo’rlikni o’tkazmoq – zug’um o’tkazmoq.

Zo’rlikni o’tkazib yoring olasan (A. 103).

  1. Zo’rni zo’r biladi – kuchli odam o’ziday kuchli odamga teng keladi, teng tengi bilan.

Zo’rni zo’r biladi, valini vali biladi, tulporni tulpor biladi (A. 108).

612. Zulfak tashlamoq – gajaklarini, zulfini har yonga o’ynoqlamoq.

Bir nechasinin vaqtin xushlab, // O’ynab-kular zulfak tashlab (Rus. 419).



1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət