Ana səhifə

O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Yüklə 2.35 Mb.
səhifə13/15
tarix24.06.2016
ölçüsü2.35 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
П. O’zbek xalq dostonlari matnidagi

frazeologizmlarning izofli lug’ati


  1. Abgor bo’lmoq – sarson bo’lmoq, sarsongarchilik; nochorlik, nochor ahvolga tushmoq.

Abgor bo’lib yig’laybеrma, uyatdi(r). // Sеni odam bilib mahram so’z qotdi. (Rus.364).

  1. Abgor-abgashta bo’lmoq - sarson bo’lmoq, sarsongarchilik; nochorlik, nochor ahvolga tushmoq, juda charchagan.

Nеcha kundan bеri yo’l tortib Huroyim bеchora abgor abgashta bo’lib kеlgan. (Rus. 394).

  1. Abzali qovimoq – ko’p yo’l yurgandan abzali o’ta darajada bir-biriga yopishib ketmoq.

Abzali bir-biriga qovib ham ketgan (A. 286).

  1. Achchiq qamchi urmoq – g’azab bilan urmoq.

Ot nazari, achchiq qamchi urmagin (A. 113).

  1. Ado bo’lmoq - tamom bo’lmoq, tugamoq, bitmoq, oxiriga yetmoq.

Podsholikdan ado bo’lib, // Bir g’aribi gado bo’lib (Rus. 435).

  1. Ag’darib so’ramoq – butun tafsiloti bilan mayda-chuydasigacha batafsil surishtirmoq.

Boybichani ko’p ag’darib so’radim (A. 142).

  1. Ahmoq bo’lmoq – aldanmoq, laqillatishmoq.

Eliboyman, men ham ahmoq bo’libman (A. 30).

  1. Ahvoli zabun bo’lmoq – nochor, tang ahvolga tushib qolmoq.

Molini talab oldimi, // Ahvoli zabun bo'ldimi? (A.162).

  1. Ahvoliga kulmoq – sharoitiga, turishiga kulmoq, masxara qilmoq.

Yo'qsa mening ahvolima kuldingmi?! (A. 346).

  1. Ajdahorga dorimoq – ta’sir qilmoq, tarqamoq.

Ajdahorga alp Qorajon doridi (A. 133).

  1. Alami ming bo’lmoq – qiynalmoq, azob tortmoq.

Ravshan bir alami ming bo’lib, ingichka o’ti jung bo’lib, osang ustiga posang, xazor ustiga ponsad deb, (Rav. 10).

  1. Alamli dog’i qolmoq- dilda qattiq asar qolmoq, dili yaralanmoq.

Yuragimda qoldi alamli dog’im (A. 227).

  1. Alanglab qolmoq – hayronlik yoki besaranjom bo’lib atrofga qaramoq, olazarak bo’lmoq.

Kuchuklardan ko’p alanglab qoladi (A. 28).

14. Alomat bo’lmoq – kishini hayratda qoldiradigan, ajablantiradigan, ajib, qiziq, g’alati voqealarga duch kelish.

Bir boshiga bo’lib bunday alomat // Yetaklab qilgandi tozilar xizmat. (Rus 427). Boshida bor ekan turli alomat (A. 181).


  1. Anday qilmoq – biror chorasini topmoq.

Juda anday qilsam, deydi. // Bular ham shunday turadi(r), (A.189).

  1. Angda qolmoq – bilmay qolmoq.

Ayyorligin bilmay angda qolibman (A. 204).

  1. Angnib qolmoq – aynimoq.

Angnib qopti, ko’p yaxshilik qiladi (A. 195).

Angnib ko’rmoq – kuzatib ko’rmoq, poylab turmoq.

Qo’lidan kelguncha pisib boradi, // Harzamonda shunday angnib ko’radi (A. 238).



  1. Ang-tang qolmoq - hayron bo’lib og’zi ochilib qolmoq.

Do’kondorlar ang-tang qoldi (A. 267).

  1. Anjom tuzamoq — maxsus tayyorgarlik ko’rmoq.

Qalmoq shoxi anjom tuzab turibdi (A. 262).

  1. Anqayib qolmoq – hayronlik bilan qaramoq, hayron bo’lib og’zi ochilib qolmoq, baqrayib qolmoq.

Qasd qilsa ham ul anqayib qoladi (A. 69).

  1. Aql bo’lmaslik – fahm-farosati bo’lmaslik, kaltafahm.

Ayolning aqili aql bo’lami (A. 111).

  1. Aqli shoshmoq – aynan // aqli shoshdi; aqlini yo’qotdi. Ma’nosi: 1) hayron qolarli, ajablanarli; nima qilarini bilmaslik.

Juda ham kampirning aqli shoshdi (A. 193). Rustam g’arib bo’lib aqli shoshdi // Ikki tozi endi oldiga tushdi (Rus.211).

  1. Aqli tiyran bo'lmoq – ongi ravshanlashmoq, es-hushi o’z holiga kelmoq.

Sening aqling tiyran bo'libdimi? (Rav.7).

  1. Aqlini olmoq – mahliyo bo’lmoq, es-hushini yo’qotishga sababchi bo’lmoq.

Aqlingni oladi bu jodu ko’zi (A. 49).

  1. Aqli-xushini olmoq- es-hushini o’ziga qaratmoq, harakatlarini ongli ravishda boshqara olmaydigan darajaga yetkazishga sababchi bo’lmoq.

Oblo sening aqli-xushingni oldimi (A. 59).

  1. Aralashib qolmoq – odamlar bilan aloqada bo’lmoq, munosabatda bo’lmoq, qo’shilmoq.

Yolg’iz qolib, dеv bilan aralashib qolgan ekan (Rus. 426).

  1. Aralashib turmoq – qatnashib turmoq, suqilmoq.

Qanday bo’lsa aralashib turing, deb (A. 114).

  1. Armon bilan ketmoq – maqsadga erisholmqy yoki biror ishni vaqtida ro’yobga chiqarolay afsuslanmoq.

"Armon bilan g’ayridin bo’ldim", — deb Barchin kanizaklariga qarab, bir so’z aytib turgan ekan (A. 94).

  1. Armon bilan o’lmoq - maqsadga erisholmqy yoki biror ishni vaqtida ro’yobga chiqarolay dunyodan ko’z yummoq.

O’zbak mug’um, armon bilan o’lasan (A. 106).

  1. Armon bilan tushmoq – maqsadga erisholmqy yoki biror ishni vaqtida ro’yobga chiqarolay afsuslanib birovning tuzog’iga tushmoq.

Quloq solgin qizil dеvning tiliga, // Armon bilan tushding ayyor qo’liga, // Har kim yig’lar g’ariblarning holiga, // Mеn kеtarman Bog’i Iram eliga. (Rus. 426).

  1. Armonda ayrilmoq — ko’ngildagi o’kinch bilan ketmoq.

Armonda ayrilding o’sgan elingdan (A. 256).

  1. Arzachiga o’lim yo’q- elchiga, vositachiga jazo berilmaydi.

Qo’ygin, bolam, arzachiga o’lim yo’q. (A. 211).

  1. Atashtirib bormoq – biror kishiga oldindan tayinlanmoq, mo’ljallanmoq, atalmoq.

Qorajonga atashtirib borayin (A. 29).

  1. Avaylab o’zmoq – ehtiyot qilib bormoq, paxpaxlamoq.

Yo’l-yo’lakay yo’lga gulmix to’ktirsang, // Avaylab uzadi o’zbekning oti (A. 102).

  1. Aylanib qolmoq - maftun bo’lmoq, es-hushini oldirmoq.

O’zbekning qizi bilan aylanishib qoldimi? (A. 48).

  1. Ayollik qilmoq - ayol sifatida o’zini mute, qaram hisoblamoq.

Ayollik qilib, men shuni deyman, deb Alpomishning etagidan ushlab o’tirganda, hodisa ishlar paydo bo’lar edi (A. 101).

  1. Ayriliq bag’rini yirtdi – firoq bag’rini, dilini azobladi.

Ayriliq bag’rini yirtdi, To’zon qib yo’l yurib ketdi (A. 163).

  1. Ayriliq o’tiga solmoq- firoq, judolik hukmiga solinmoq.

Meni solib ayriliqning o’tiga (A. 212).

  1. Ayriliq savdosi yomon – judolikka uchrash og’ir.

Hammadan ayriliq savdosi yomon (A. 136).

  1. Aytganiga ko’ndirmoq – biror ish, iltimos, talabga rozi bo’lmoq, xo’p demoq.

Har na desa, aytganiga ko’ndirdi (A. 215).

  1. Aziz bosh – aziz, ulug’.

Aziz boshing oyog’imga teng emas. (Rav. 14). To’ram dеb gangidi bu aziz boshim, // Xabarim bilmasin qavmu qardoshim. (Rus. 430).

  1. Badani qizimoq- vujudi jonlanmoq, avj olmoq.

Badani qizigan beklar (A. 199).

  1. Badani sovimoq – vujudi avjini, qizig’ini yo’qotmoq, hovuridan tushmoq, susaymoq.

Qayqubod et qizuvda ko’p tayoq egan ekan. Endi badani sovib hamma yeri og’rib turibdi (A. 244).

  1. Bag’ir bosmoq – biror narsa yoki kimsaga o’rganib qolmoq, panohiga olmoq.

Alpomish o’z yurtidan kelgan otga bag’ir bosib qolgan (A. 109).

  1. Bag’ir chegasi ezilmoq – yurak-bag’ri, dili ezilmoq.

Qaytayin ezildi bag’rim chegasi (A. 210).

  1. Bag’ri ezilmoq – ruhan azoblanmoq.

Diyda giryon bo’lib bag’rim ezildi (A. 16).

  1. Bag’rin qonga to’ldirmoq – ruhan azolamoq, ziq bo’lmoq, diltang bo’lmoq.

Xanjar urib bag’rin qonga to’ldirar (A. 225).

  1. Bag’rini tuzlamoq – g’am-alamli, achinib kuyinmoq.

U jarohat mening bag’rimni tuzlab. (A. 280).

  1. Baland-past gapirmoq - o’ylamasdan har xil, yaxshi-yomon gaplarni gapirmoq.

Bu Chilbir cho’liga borar, bizlarni orqa qilib baland-past gapirar, ko’p odamlarni ham xafa qilar, nima bo’lsa musofirda, boylarning ko’nglini naza qilar (A. 33).

  1. Baloni sotib olmoq – turli ofatlarga duchor bo’lishga o’zi sabab bo’lmoq.

Baloni o’zingga sotib olmagin (A. 222).

  1. Bazm bermoq - o’yin-kulgu, ko’ngilochar yig’ilishlar tashkil qilmoq. Mehmonxonalarda bazm beradi (Rus. 361).

  2. Beamr chiqmaslik – amr-farmon bo’lmasdan, buyruq olmasdan, ya’ni olloh taoloning xohshisiz biror voqeaning yuz bermasligi.

Beamr chiqmaydi chibinning joni (A. 257).

  1. Bechatoq bo’lib qolmoq – gard yuqmasdan, gap so’z bo’lmasdan.

O’zbakning qizi bechatoq bo’lib yolg’iz o’zima qolsin (A. 140).

  1. Bedarak ketmoq – hech qanday xat-xabarsiz, nom-nishonsiz, daraksiz ketmoq.

Yolg’iz bolam bedarak bo’p ketarmi (A. 323).

  1. Bejo burilmoq - besaranjom, notinch, bezovta, iztirobli harakat qilmoq.

Bejo burilgandir nazari Chibor (A. 93).

  1. Bejo qilmoq – nojo’ya, noo’rin.

Qorajonbek bolam, bejo qilibsan (A. 90).

  1. Bejoy bo’lmoq – uy-joyi yo’q, makonsiz.

Muna elda qizing bejoy bo’libdi (A. 253).

  1. Beklik qilmoq – beklarga xos xulq, xatti-harakat, yurish-turish qilmoq.

Sen bunday beklik qilding, bul beva-bechoralarning ekinini yegizib kuygan... (A. 31).

  1. Bel boylamoq – astoydil jazm qilmoq, kirishmoq.

Bel boyladim, endi o’zim borayin (A. 185).

  1. Beli bo'kraymoq – belini, ko’kragini ko’tara olmay enkayib qolmoq.

Beli bo'krayib qolgan, qulog`i tikrayib qolgan, bachchag`arning tishlari omochday, sochlari polochday, manlayidan tarlon ochgan, ikki chakkasining go'shi qochgan, bo'yinlari tirishgan, hamma yeri qurushgan, iyaklari burushgan, ko'ringan odam bilan urishgan, agar boshqa odam erinmasa, erinmasdan urushgan kampir (R. 21).

  1. Beli buralmoq – gavdani har turli to’lg’antirib yurmoq, qilpanglatmoq.

Chopib kelar qizlar beli buralib (A. 193).

  1. Berganiga ko’nmoq – ta’min etmoq, ehtiyojini qondirganiga rozi bo’lmoq.

Bir xudoning berganiga ko’naman (A. 176).

  1. Besoyib bo’lmoq – egasiz, kimsasiz bo’lmoq.

Qo’ng’irot mulki bo’lib qopti besoyib (A. 110).

  1. Betiga qaramaslik — hisoblashmaslik.

Qaramas otning betiga (А. 53).

  1. Betiga qarayolmaslik — nimadandir xavfsirab, biror ishga jazm qila olmaslik.

...agar ilgaridan ot uzib borib qolsa, do’stimning betiga qanday qarayman? (А.120).

  1. Beting-ko’zing demaslik — yuz-xotir qilmay tik aytmoq.

Beting-ko’zing degan gapni bilmading (А. 339).

  1. Betovfiq gapni gapirmoq — xosiyati yo’q, yomon gapni aytmoq.

Qo’y, betоvfiq gapni nima qilasan (А. 91).

  1. Bevatan bo’lmoq – uy-joysiz, makonsiz bo’lmoq.

Bormoqqa bog`im yo'q, yotmoqqa tog`im. // Aslim so'rasang, bevatandan bo'laman! (Rav.21).

  1. Bezovta bo’lmoq – tinchligi buzulmoq, halovati yo’qolmoq, notinch.

Bezovta bo’ldi gul yuzli dilbar (А. 125).

  1. Bibishchilik qilmoq – parokanda qilmoq.

Mamlakatni bibishchilik qiladi (А. 277).

  1. Bilganidan qolmaslik – o’z aqlidan qolmaslik, aqliga kelganini qilmoq.

O’zining bilganidan qolmadi (А. 148).

  1. Bilganiday qilmoq – xohlaganini, hushiga kelganini qilmoq.

Bunda kelsa bilganiday qiladi (А. 95).

  1. Bilmaganin bildirmoq – biror narsaning sirini, undan foydalanish yo’lini tushuntirmoq.

Qalmoq mening bilmaganim bildirdi (А. 93).

  1. Bino bo’lmoq – yuzaga, bunyodga kelmoq, tug’ilmoq.

Borib ko’rgin Oqtosh mamlakatingni, // Bino bo’lib, o’ynab-kulgan yurtingni. (Rus. 442).

  1. Bir boshga bir o’lim – o’limga tik borishga undamoq, mardlik ko’rsatmoq.

Qayda borsam bir boshima o’lim bor (А. 209).

  1. Bir gap bilan kelmoq – qandaydir voqealar haqida xabar olib kelmoq.

Avval bir gap bilan bunda kep eding (А. 46).

  1. Bir gap bo’lmoq- nimadir, qandaydir voqea haqida xabar bermoq.

Qo’ng’irot odamiga bir gap bo’libdi (A. 288).

  1. Bir hodisa bo’lmoq – aynan: bir gap bo’lmoq.

Bir hodisa ish bo’p bunda qoladi (A. 106).

  1. Bir og’iz bo’lmoq - bir tanu bir jon bo’lmoq, ahil bo’lmoq.

Jami o’zbek bir og’iz bo’p ko’radi (A. 69).

  1. Bir shekilli bo’lmoq – teng yoqalashmoq, yoqa bug’ishmoq.

Uning bilan bir shekilli bo’layin (A. 151).

  1. Bir yoqlik qilmoq – hal bo’lmoq, ajrim bo’lmoq.

Ko’kaldoshni bir yoqlik qilar edi (A. 107).

  1. Birovning chorig’iga toymoq - o’zganing aybi, gunohi uchun jazolanmoq.

Kim do’st, kim dushman, o’z ko’zim bilan ko’rayin, birovning chorig’ig’a birov toyib, o’lib ketmasin (A. 309).

  1. Bo’g’ini bo’shamoq – tana-gavdasining tarangligi, tetikligi yo’qolmoq, solqalanib yoki bepand bo’lib qolmoq, bo’shashmoq.

Enasi Rustamga nasihat aytar. // Shu zamon Rustamning bo’g’ni bo’shadi (Rus. 441).

  1. Bo’ri bo’lib kelmoq, tulki bo’lib kelmoq – quruq qaytdingizmi yoki undirib degan ma’noda.

Bo’ri bo’lib kelayapsanmi, tulki bo’lib kelayapsanmi? — dedi (A. 41).

  1. Bo’shlik qilmoq – bahs, kurash yoki biror ishni amalga oshirishda yengilmoq, eplay olmaslik.

Har ishga tortinib, bo’shlik qilasan (A. 24)

  1. Bo’taday bo’zlamoq – zor-zor yig’lamoq.

Goh yerlarda ketsam bo’taday bo’zlab (A. 280)

  1. Bo’y bo’ylamoq – bo’yi usib, qaddi-qomati go’zallashib yetilmoq.

Bunda qolgan Barchinoy bo’y bo’libdi, yor-yor (A. 355)

  1. Bo’y qiz bo’lmoq – balog’at yoshiga yetmoq.

Bo’y qiz bo’lib juda ham to’y bo’libdi, yor-yor (A. 355)

  1. Bo’yin iymoq — itoat qilmoq, rozi bo’lmoq, ko’nmoq.

Haqdan kelgan ishga bo’yin iyaman (A. 114)

  1. Bo’yin yo’g’onlik qilmoq – zo’ravonlik, mushtumzo’rlik qilmoq.

Ketmoqni hech ixtiyor qilmadi, qaraganda ham buning bo’yni yo’g’onligi qolmadi (A. 166)

  1. Bo’yin yor bermoq – moyil bo’lmaslik, istamaslik.

Ana endi Ravshanbek necha kunlar yo'l yurib, tunlar tunqotib, jonini koyitib, ozgina emas mo'l yurib, uch oy tinmasdan yo'l yurib, necha tog`u cho'l yurib, necha suvsiz el yurib, birovdan so'ramoqqa ham bo'yin yor bermay, «ishing bo'lmasin, Shirvonga kelib qoldim», deb dimog`i chog` bo'lib, gul-gul ochilib, o'ziga-o'zi aytdi (Rav.19).

  1. Bo’yini ko’rib quvonmoq – unib-usganini ko’rib xursand bo’lmoq.

Ko’rib quvonaman sening bo’yingni (A. 332).

  1. Bo’ylab qaramoq – bo’ylarini cho’zib, sergak holatda yon-atrofga qaramoq.

Har tarafga qushday bo’ylab qaradi (A. 90).

  1. Bo’yniga qarz bo’lmoq- biror kimsaning zimmasidagi burch, vazifa, majburiyat.

Arza xati qarz bo’p qolgan bo’ynima (A. 213).

  1. Bo’ynini uzmoq – o’ldirmoq.

Bo’yningni uzay taningdan (A. 105).

  1. Bo’zlab jo’namoq – zor-zor yig’lamoq.

Tomoshamon qalmoq bo’zlab jo’nadi (A. 161).

  1. Bo’zlab ketmoq — aynan: bo’zlab jo’namoq.

G’ayratingdan bo’zlab ketar qalmoqlar (A. 79).

  1. Bolalatib bormoq – ko’paymoq, urchimoq.

Nor, moyangni bolalatib borasan (A. 99).

  1. Borini bermoq – qo’lida, ixtiyorida mavjud bo’lgan narsalarini bermoq.

Berib qo’ydim men ham harna borimni(A. 238).

  1. Borishli-kelishli bo’lmoq — aloqali, munosabatli bo’lmoq, muomalali bo’lmoq.

Borishli-kelishli bo’lib yuradi (A. 26).

  1. Boshga urmoqnima iloj qilamoq, ilojoni qanday topmoq.

Bedavlatning boshga urar qiyasi (A. 132).

  1. Boshi birikmoq – biror ish haqida kelishib olmoq, gapni, maslahatni bir yerga qo’ymoq, yakdil bo’lmoq.

Ikki odamning boshi birikkan yerda (A. 355).

  1. Boshi bo’sh – unashtirilmagan, uylanmagan.

Boshi bo’shmi deyin, avval surayin // Yaxshi qizlar agar boshi bo’sh bo’lsa // Kelin qilib, biror ro’mol o’rayin (A. 34).

  1. Boshi ketmoq – o’ldirmoq. Aynan: boshi tanasidan judo bo’lmoq, boshini olmoq.

Qo’ng’irotning xoni ham zindonda yotibdi, buning bilan tug’ishgan yo akasi, yo ukasi bo’lsa, shunday odamning yo’lda boshi ketsa ham, bir yo’qlab kelar edi (A. 221).

  1. Boshi gangimoq — es-hushini yo’qotib yo’ldan ozmoq, kalovlanmoq.

Boshi gangib, cho’lda qolgan (A. 121).

  1. Boshidan qorong’i tuman ketmaslik — qayg’uli, noxush voqealarning hayotida ketma-ket bo’layotgani.

Ketmadi boshimdan qorong’i tuman (A. 362).

  1. Boshini qutqarmoq – jonini saqlamoq, og’ir ahvoldan qutqarmoq.

Hali ham qayt, ikki boshdan o’lasan, // Qayt endi, behuda g’arib o’lasan (A. 255).

  1. Boshini yemoq – o’z-o’zini yoki birovni halik qilmoq, yo’q qilmoq.

Mening biy o’g’lim boy edi, go’shginasi qoqqina, uyquginasi soqqina, gapga tushay boshingni yeguy, qaygayin desam yolg’iz, qayg’amayin desam yalmovuz: yigit o’lguy (Rav. 26).

  1. Boshiga kun tug’moq (tuvmoq) - kunini ko’rsatmoq, hayot kechirishga yo’l qo’ymaslik. Goh ul quvib // Dushman boshiga kun tuvib // Maydonda bedovlar suvib // Gurzi, xanjari ko’kda yog’ib (Rav. 109).

  2. Boshiga savdo tushmoq — hayotida ko’ngilsiz voqeaning sodir bo’lishi.

Ko’p savdolar tushib bunda boshingga (A. 149). Savdo tushdi yoshligimdan boshima, // Kim rahm etar ko’zdan oqqan yoshima (Rav. 71).

  1. Boshiga urmoq – nima keragi bor.

Boysarini boshingga urasanmi? - deb o’rlashib yotdi (A. 185).

  1. Boshikasta sho’r bo’lmoq – boshi g’am-tashvishdan chiqmaslik.

Boshikasta sho’rman, qayda boraman (A. 94).

  1. Boshin yerga solmoq – itoat qilmoq, bo’ysunmoq.

Xafa bo’lib boshin yerga solibdi (A. 102).

  1. Boshini kesmoq – o’ldirmoq.

Dushman bo’lsang, men kesarman boshingni (A. 104).

  1. Boshini olib ketmoq – hamma narsadan voz kechib, butunlay boshqa yerga, yurtga ketib qolmoq, jo’namoq.

Bu o’lkadan boshim olib ketayin (A. 8). Vafosi yo’q bunday shohlik davlatdan // boshim olib ketay bundan, albatta (Rus. 375).

  1. Bosib olmoq — zo’rlik bilan egallamoq, tortib olmoq.

Bildirmasa, bizni bosib oladi (A. 195).

  1. Botib ketmoq – qattiq tegmoq, og’ir tuyilmoq.

So’zi Alpomishga botib ketadi (A. 142).

  1. Botirlikni mashq qilmoq – botirlarga, dovyurak kishilarga xos ish, mardonavor xatti-harakatlar qilmoq.

«Mеn botirman» dеb polvonlik, botirlikni mashq qilib yurabеrdi. (Rus. 445).

  1. Burungiday bo’lmaslik – qadimgiday, avvalgi holga kelmaslik.

Borsam ham men burungiday bo’lmayman (A. 166).

  1. Chaq-chaq uchirmoq – chaq-chaq otib, ovozini barilla qo’yib, xushchaqchaqlik bilan sayramoq.

Suvga to’la hovuzlar, tevaragida katta-katta chinor, masti xurram bo’lib yurur tovuslar, gul-gul ochilgan, chaq-chaq uchurgan, gullar ochilgan, bargi sochilgan (Rav. 19).

  1. Chang’arog’i o’yilmoq – xonadonda noxushlik bo’lmoq.

Baxmal uyning chang’arog’i o’yildi (A. 80).

  1. Changiga giriftor bo’lmoq – makriga, qo’liga duchor bo’lmoq, yo’liqmoq.

Oqtoshning shahridan kеldi bir ayyor, // Mеn uning changiga bo’ldim giriftor (Rus. 434).

  1. Chatoq qilmoq — og’ir ahvolga solmoq, yomon qilmoq.

Ayol-erkak ko’rsang, chatoq qilasan (A. 91).

  1. Cher ketmoq – qayg’u-alam ketmoq, dard ketmoq.

Boybo’rining yuragidan cher ketar (A. 202).

  1. Chichqon ini ming tanga —qochishga joy topa olmay qolmoq.

Bunday tegina bersanglar, bir kunlari shuning nori kelar, boshimizga balo bo’lar, bizga chichqon ini ming tanga bo’lib qolar (A. 60).

  1. Chirog’i uchmoq – umri tugamoq, hayot shami o’chmoq.

    1. Qoraxon shohning chirog’i // Shu kun uchganday bo’ldi (Rav. 94).

  2. Chirpillab o’tirmoq – yoqib tushmoq, moyday yoqmoq.

Chirpillab o’tirdi so’ylagan so’zi (A. 67).

  1. Chirpinib ko’rmoq - harakat qilib ko’rmoq.

Xarchand chirpinib ko’rdi Qorajon nomdor (A. 136).

  1. Chirpinib tortmoq – harakat qilib, chirranib tortib ko’rmoq.

Qorajon chirpinib shul zamon tortdi (A. 138).

  1. Chivincha ko’rmaslik – zarracha ta’sir qilmaslik.

"Kultoy" aytdi: — Aytavur biz og’ir-yengilini bilmas edik biz uni chivincha ham ko’rmas edik (A. 336).

1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət