Ana səhifə

O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi Buxoro Davlat Universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakul’teti Iqtisodiy ta`lim va turizm kafedrasi


Yüklə 331.25 Kb.
səhifə3/5
tarix27.06.2016
ölçüsü331.25 Kb.
1   2   3   4   5

Oliy ta`lim muassasasi tasdiqlangan ishchilar miqdori va byudjet chegarasida (davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablag’lar), talabalarning miqdoridan kelib chiqqan holda belgilangan tartibda o’z strukturasini shakllantiradi.


2.2. O’zbekistonda Oliy ta’limni rivojlantirish tahlili.

Inson huquq va manfaatlarini ta’minlash, xalqimiz uchun munosib turmush sharoiti yaratib berish istiqlol yillarida O‘zbekistonda amalga oshirib kelinayotgan keng ko‘lamli islohotlarning asosiy maqsadidir.

Masalan, Davlat dasturining to‘rtinchi bo‘limida jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk barkamol avlodni tarbiyalash, kadrlarni kasb jihatdan hozirgi zamon talablari darajasida tayyorlash, ta’lim sifatini yanada oshirish va takomillashtirish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yuksaltirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab berilgan.

“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini hayotga tatbiq etish davomida zamon talablariga javob beradigan, barcha jabhalarda mamlakatimizni izchil rivojlantirishni ta’minlash shart-sharoitlariga mos keladigan, butun dunyoda e’tirof etilgan noyob uzluksiz ta’limning milliy modeli yaratildi. Mazkur tizimning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur mustahkam moddiy-texnik baza shakllantirildi, malakali pedagog kadrlar tayyorlandi, yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv-uslubiy adabiyotlar ishlab chiqildi.

"Obod turmush yili" Davlat dasturida ushbu ijobiy jarayonni yanada rivojlantirish maqsadida 217 umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish va 164 tasini kapital ta’mirlash, 159 akademik litsey hamda kasb-hunar kollejini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, oliy ta’lim muassasalarining 45 ob’ektini qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash rejalashtirilgan. Ularning barchasi kompyuter texnikasi, o‘quv-laboratoriya jihozlari va boshqa inventarlar bilan ta’minlanadi. Shuningdek, 55 musiqa va san’at maktabi, 116 bolalar sporti ob’ektini qurish va rekonstruksiya qilish hamda ularni barcha zarur jihozlar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Bugungi kunda mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlari va ularning hududlardagi filiallari optik-tolali aloqaga ega bo‘lib, ular “ZiyoNET” milliy ta’lim tarmog‘i hamda yuqori tezlik bilan ishlaydigan internetga ulangan. Ishga tushirilgan yagona axborot-kutubxona tizimiga 300 mingdan ortiq darslik, qo‘llanma va boshqa o‘quv adabiyotlariga doir bibliografik ma’lumotlar kiritilgan. 2013-2016-yillarda ushbu bazani 30 mingdan ortiq elektron darslik va kitoblar bilan to‘ldirish rejalashtirilmoqda.

Mamlakatimizda zamon talablariga javob beradigan yangi avlod darsliklarini yaratish tizimi shakllantirildi. Ayni paytda ular jami o‘quv adabiyotlarining 99,4 foizini tashkil qiladi. 2013-yilda kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy ta’lim muassasalarining kutubxona fondi 343 nomdagi 600 mingta o‘quv qo‘llanmalari bilan boyitiladi

Hayotimizning barcha sohasini jadal rivojlantirish mutaxassislar tomonidan zamonaviy bilim, qobiliyat va ko‘nikmalarni tizimli asosda o‘zlashtirishni taqozo etmoqda. Shunga muvofiq pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi takomillashtirilmoqda. Joriy yilda xalq ta’limi tizimidan 90 ming, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidan 23 ming, oliy ta’lim tizimidan 5,8 ming nafar xodimning malakasi va tajribasini oshirish tashkil etiladi. Umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining malakasini masofadan turib oshirish tizimi yanada rivojlantiriladi. Ushbu tizim bugun mamlakatimizning barcha hududida faoliyat ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, oliy o‘quv yurtlarining qator magistrantlari, ilmiy xodim va o‘qituvchilari ilg‘or xorijiy ta’lim muassasalarida tajriba oshiradi. Bularning barchasi ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogika texnologiyalarini keng tatbiq etish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Joriy yilda “Ta’lim grantlari dasturi”, “Iqtidorli talabalar uchun stipendiyalar dasturi” tanlovlarini o‘tkazish davom ettiriladi. Shuningdek, kam ta’minlangan oilalardan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida va oliy o‘quv yurtlarida o‘qiyotgan 100 nafar iqtidorli yigit-qizlar uchun kasaba uyushmasi stipendiyalari ta’sis etiladi.

Aksariyati an’anaga aylangan bu tadbirlar mamlakatimizning barcha hududidagi iqtidorli bolalarni aniqlash va ularning ijodini rivojlantirishga xizmat qilmoqda, o‘sib kelayotgan yosh avlodning yuqori salohiyatini namoyish etmoqda.

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportni yanada kengroq ommaviylashtirish maqsadida 2013-yilda qishloq aholisi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida “Alpomish” va “Barchinoy” hududiy musobaqalari, “Milliy qadriyatlar – beqiyos boyligimiz” shiori ostida milliy sport va xalq o‘yinlari respublika festivali, Navro‘z, Mustaqillik bayramlariga bag‘ishlangan umummilliy marafonlar tashkil etiladi. Buxoroda “Universiada – 2013” musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Davlat dasturida "Biz barkamol avlodmiz” o‘n kunligi, Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan “Har bir bolaga mehr va e’tibor” haftaligini o‘tkazish rejalashtirilgan. Bugungi kunda oldimizga qo'ygan buyuk maqsadlarimizga ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri- bularning barchasi, avvalambor, zamon talabiga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog'liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz.

Oliy ta'lim odatda 18-19 yoshdan boshlanadi va kamida 4 yil davom etadi. Ikki bosqichga bo'linadi.Ular oliy ta'lim muassasalari mustaqilligini kuchaytirish, jamoat boshqaruvini joriy etish. O'qishda mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda masofadan ta'lim tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqarish hamda o'zlashtirish, ta'limning insonparvarlik yo'nalishini ta'minlashni nazarda tutadi.

Respublika bo'yicha oliy ta’lim muassasalari 2014-yilda jami 75 ta ulardan Universitetlar 19 ta, Institutlar 37 ta, Akademiyalar 2 ta, Filiallar 11 ta, Chet el OTM filiallari 6 tani tashkil etadi ( 1-ilova). Prezident Islom Karimov 2013 yil  11 iyun kuni “O'zbekiston Respublikasi oliy o'quv yurtlariga 2013-2014 o'quv yili uchun qabul haqida” qaror qabul qildi. Qarorga binoan O'zbekiston oliy o'quv yurtlari 2013-2014 o'quv yilida 62,9 mingdan ortiq talabani o'qishga qabul qilindi. Ulardan 56 607 kishi bakalavriat yo'nalishiga qabul qilindi. Shundan 19120 kishi davlat granti asosida (2012/2013 o'quv yilida 19,34 ming) va 37487 kishi shartnoma to'lov asosida qabul qilindi. Magistraturaga esa 2013-2014 o'quv yili uchun 6,3 ming kishi, shu jumladan 1548 ta davlat granti, 4752 shartnoma to'lov asosida qabul qilindi.Tа’lim muаssаsаsi yuridik shаxs bo‘lib, qonun hujjаtlаridа belgilаngаn tаrtibdа bаrpo etilаdi. Nodаvlаt tа’lim muаssаsаsi O‘zbekiston Respublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsi belgilаgаn tаrtibdа dаvlаt аkkreditаtsiyasidаn o‘tgаn pаytdаn boshlаb yuridik shаxs huquqlаri vа tа’lim fаoliyati bilаn shug‘ullаnish huquqigа ega bo’ladi.

Tа’lim muаssаsаlаri o‘quv-tаrbiya mаjmuilаrigа hаmdа o‘quv-ilmiy-ishlаb chiqаrish birlаshmаlаri vа uyushmаlаrigа birlаshishgа hаqli. 


Tа’lim muаssаsаlаri ustаvdа belgilаngаn vаzifаlаrigа muvofiq pulli tа’lim xizmаtlаri ko‘rsаtish, shuningdek tаdbirkorlik fаoliyatining boshqа turlаri bilаn shug‘ullаnishgа hаqli.

Oliy o'quv yurti O'zbekiston Respublikasi tomonidan belgilangan tartibda tashkil etiladi, qayta tuziladi va tugatiladi.Oliy o'quv yurti O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi qonun, boshqa qonunlar, qonunlar dalolatnomasi , mazkur Nizom hamda oliy o'quv yurtining Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan Ustavga muvofiq faoliyat ko'rsatadi.

Oliy o'quv yurti-ta'lim, fan va madaniyat markazi sifatida o'z maqsadini inson, Vatan va jahon sivilizatsiyasi baxt-saodati yo'lida haqiqatni anglash, adolat va ezgulikni o'rnatish deb bilgan professorlar, o'qituvchilar, hodimlar va talabalarni o'zida mujassamlashtirilgan ijodiy hamkorlikdir.

Oliy o'quv yurtining bosh vazifalari quyidagilardan iborat:

-shaxsning ruhiy, aqliy madaniy va axloqiy rivojlanishga faoliyatning tanlagan sohasi bo'yicha oliy kasbiy ta'lim va malakaga bo'lgan ehtiyojni qondirish;

-jamiyatni O'zbekiston Respublikasining mustaqillik g'oyasi, vatanparvarlik, insonning ahloqiy prinsiplprini xurmat qilish ruhida tarbiyalangan oliy kasbiy ta'limga ega bo'lgan malakali mutaxassislarga , yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarni qondirish;

-iqtidorli va o'qishda faollik kursatayotgan talabalarga kundalik g'amxo'rlik va kerakli sharoit yaratib berish;

-fundamental va izlanuvchi, amaliy-ilmiy tadqiqotlarni va boshqa ilmiy-nazariy, tajriba-konstruktorlik ishlarini, jumladan, ta'lim muammolari bo'yicha bajariladigan ishlarni tashkil qilish va olib borish;

-o'qituvchi va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

-umuminsoniy qadriyatlarni to'plash, saqlash va orttirish;

-aholi o'rtasida bilimni targ'ib etish, uning ta'limiy va madaniy darajasini ko'tarish.

Oliy o'quv yurtlari filiallari, fakultetlar, ixtisoslashgan kollejlar, kafedralar, tayyorlov bo'limlari, ilmiy tekshirish laborotoriyalari, aspirantura, doktarantura, qo'shimcha kasbiy ta'limning o'quv bo'limlari, tajriba xo'jaligi va shu kabi boshqa bo'limlarga ega bo'lishi mumkin.

Davlat oliy o'quv yurti tarkibida yoki qoshida davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarini tashkil etish, jumladan yuridik shaxs maqomiga egalarini ham tegishli vazirlik bilan kelishilgan holda, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Oliy o'quv yurti va uning tuzilish bo'linmalari, hamda uning qoshidagi yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan korxona, muassasa va tashkilotlar yagona ta'lim kompleksidir. Shuni ta'kidlash kerakki, oliy kasbiy ta'limning har bir bosqichi, davlat ta'lim andozalari bilan belgilanadigan talabalarni ro'yobga chiqarishni ta'minlovchi ta'limiy xizmatlar majmuasidir.Shuning uchun o'quv yurtlari tarmog'i kengaymoqda, universitet ta'limi rivojlanmoqda.Oliy ta'limda kadrlar tayyorlashni markazlashtirishdan hududiy yo'nalishga o'tkazish ishi olib borilmoqda.

Bilimlarning yangi tarmoqlari bo'yicha kadrlar tayyorlash boshlanib yuborildi, oliy maktabni quyi bosqichli tizimiga o'tkazish amalga oshirilmoqda. Buning uchuna davlat ta'lim andozalari asosida oliy o'quv yurtlari rejalari va boshqa o'quv hujjatlarini ishlab chiqadilar. Bu hujjatlar Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan (standartlar, o'quv rejalar) tasdiqlanadi va joriy etiladi.

Hozirgi vaqtda OTMdagi buyurtmalar portfelida 80 mingdan ortiq buyurtmalar mavjud. Qishloq va suv xo'jaligi, yurisprudensiya, madaniyat va san'at, servis sohalarida yosh mutaxasislarning ish bilan ta'minlanish darajasi ancha yuqori ekanligini kuzatish mumkin. Bakalavr bitiruvchilarning ishga joylashish ko'rsatkichlarini ayrim vazirliklar bo'yicha taqqoslaganimizda, juda past foizlarni kuzatish mumkin. Tashqi ishlar vazirligi bo'yicha 10,7, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligida 12, Xalq ta'limi vazirligida 14,6, Sog'liqni saqlash vazirligida 5,4, madaniyat ishlari vazirligida 11,3, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport qo'mitasida 34,3, «O'zbekiston temir yo'llari» davlat aksionerlik kompaniyasida 23,1, qishloq va suv xo'jaligi vazirligida 8 foizni tashkil etishi bu idoralarning kadrlar siyosati bilan yetarli darajada qiziqmayotganligi ko'rsatadi.

Magistrlarning o'z mutaxassisliklari bo'yicha ish bilan ta'minlanish ko'rsatkichlari ham yuqoridagi vazirlik va tarmoq idoralarida quvontiradigan darajada emas.

Toshkent davlat aviatsiya, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya, Nukus davlat pedagogika, Toshkent temir yo'l transporti muhandislari institutlari bitiruvchilarining ishga joylashganlik ko'rsatkichlari ham ancha pastligi sezilayapti. Bu holat ish beruvchi korxona va tashkilotlar tomonidan berilgan buyurtmalar bajarilmay qolayotganligi sababli yuzaga kelganligi sababli e'tirof etish lozim.

Ish bilan ta'minlangan yosh mutaxassislar monitoringini olib borish maqsadida korxona va tashkilotlardan taqrizlar olindi. Moliya va bank sohasida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar zamon talablari darajasida bilimga ega. Yosh mutaxassislarning intelektual saviyasini yanada ko'tarish uchun oliy ta'lim mutaxassislari professor-o'qituvchilarning qisqa muddatli malaka oshirishini bank va moliya muassasalarida tashkil etish, diplom ishi va magistr dissertatsiyalari mavzularini mazkur muassasalar mutaxasislari bilan kelishgan holda tanlash maqsadga muvofiqdir.

Injenerlik, qayta ishov berish, qurilish va arxitektura sohalarida faoliyat ko'rsatayotgan mutaxassislarning kasbiy bilimlarini yanada ko'tarish, jahon sifat mezonlari darajasiga olib chiqish uchun ularning amaliy mashg'ulotlarini bevosita ishlab chiqarishda ko'proq o'tkazilishiga erishish, iqtidorlik yoshlarning bevosita dunyo tajribalari bilan tanishishiga e'tibor qaratish lozim. Maxsus fanlar uchun ajratilgan soatlarni ko'paytirish, professor-o'qituvchilarning ishlab chiqarishda malaka oshirishlariga alohida e'tibor qaratish taklif etilmoqda.

Ish beruvchi - iste'molchilar talab va istaklarini e'tiborga olish, o'quv reja va dasturlarining moslashuvchanligini ta'minlashda tanlov fanlari ro'yxatini kengaytirish taqazo etiladi. Bu esa ishlab chiqarish xususiyatlarini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash imkoniyatlarini beradi.

Qishloq va suv xo'jaligi sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashda mintaqaviy taqsimot mexanizmini ishlab chiqarish kadrlarning o'z ish o'rinlarini topib ketishida muhim ahamiyatga ega, deyilmoqda.

Yurisprudensiya yo'nalishida yosh mutaxassislar tayyorlashda kadrlarning soha organlarida ish tajribasiga ega bo'lishi alohida ahamiyatga ega.Demak, talabalarni boshlang'ich kurslardanoq huquqni muhofaza qiluvchi organlarda amaliyot o'tashiga yetarli e'tibor qaratilishi lozimligi bu soha xodimlari tomonidan alohida ta'kidlanayopti.

Tibbiyot muassasalaridan kelgan taqrizlarda oliy ma'lumotli medik bakalavrlik darajasi yetarli emasligi, ko'proq magistr-vrachlar tayyorlashni yo'lga qo'yish zarurligi ko'rsatilgan.Talabalar shifo maskanlarida bevosita kichik tibbiyot xodimi sifati ko'proq faoliyatlarini boshlashi lozim.

Agar jahon ta'limi amaliyoti tajribalari ko'zi bilan qaralsa, bu usulda hayratlanarli biron jihat yo'q. Ammo u bizning respublikamiz ta'lim tizimida yangilik.Oliy ta'lim muassasalarimizning boshqa birontasida auksion usuli hali qo'llanilmyapti.To'g'ri, kadrlarni ish bilan ta'minlashga qaratilgan marketing tadbirlari barcha universitetlar va institutlarda yo'lga qo'yilgan. Va bu borada ularda ham ayrim ibratli jihatlar mavjud. Lekin auksion orqali o'z bitiruvchi kadrlarini ishga taqsimlash yo'nalishida Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti katta tajribaga ega.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyasi va masofadan o'qitish texnologiyalarini joriy qilish. Prezidentimizning «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiyalarini joriy etish to'g'risida»gi Farmonlarida axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari sohasida raqobat muhitini shakllantirishga ko'maklashish, innovatsiya biznesini, shu jumladan mahalliy dasturiy vositalar va kompyuter texnologiyasini ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlash, iqtisodiyotni barcha slhalari va tarmoqlarini kompyuterlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish masalalari ko'ndalang qilib qo'yilgandir.

Darvoqe, biz kompyuter texnologiyasi sohasida mislsiz o'zgarishlar yuz berayotgan davrda yashamoqdamiz. Xususan Internetning paydo bo'lishi bu o'zgarishlar ichida alohida o'rin tutadi. Internet ma'lumotlarini uzoq masofalarga uzatish vositasi bo'lib, dunyo nuqtalarida yuz bergan yangiliklar va ma'lumotlarni barcha mamlakatlarga oniy lahzalarda yetib borishini ta'minlashni bilasiz. Xuddi shu imkoniyatlarga ko'ra, Internet endilikda sayyoramiz siyosiy-iqtisodiy moliyaviy, madaniy kabi barcha sohalarda xalqaro hamkordik aloqalarini jadallashtirishga hissa qo'shmoqda.

Hozirgi universitet jamoasi bir qator chet el universitetlari bilan yaqindan hamkorlik qilishmoqda, ya'ni bular Butunrossiya sirtqi moliya iqtisod instituti, Moskva davlat statistika, informatika va iqtisod universiteti, Merilend (AQSH) universitetlaridir. Chet el universitetlarining masofaviy o'qitish borasidagi tajribalari bilan bir necha professor-o'qituvchilar ushbu universitetlarda tajribasini oshirib keldilar.Ularda masofaviy o'qitish tizimining o'quv-uslubiy tashkiliy jihatlari to'liq ishlab chiqilgan bo'lib, oxirgi yillarda ushbu tizim asosida bitirgan talabalarga diplomlar berilmoqda.Shuni ta'kidlab o'tish joizki, ularda har bir o'quv semestri bo'yicha kompyuterda o'qitish dasturi ishlab chiqilgan bo'lib, talabani har bir fandan asosiy darsliklar bilan ta'minlashadi. Talabalar mustaqil ravishda va tyutorlar bilan hamkorlikda har har xil bir fan bo'yicha saboq olishadi. Talaba ma'lum bir darajada bilim olgandan keyin kompyuterlardagi o'qitish dasturida tyutor yordamida o'z ustida ishlab olgan nazariy bilimlarini mustahkamlaydi. Agar talaba ma'lum bir fan imtihon topshirishga tayyorligini aytsa, kompyuterda o'qitish dasturi muhitida imtihon topshiradi va tyutor uning olgan bahosini rasmiylashtirib beradi, ya'ni talabaning bilim darajasi ob'ektiv baholanadi. Chet el unversitetlarini olimlarining masofaviy o'qitishi sohasida erishgan yutuqlaridan bizning sharoitda ham keng foydalanish va tajriba almashish maqsadida 2002 yilning 12-13 iyun kunlari «Primenenie Internet v uchebnom protsesse» mavzusidagi xalqaro konferensiya va uning natijasi sifatida ma'ruzalar to'plami chop etildi. Ushbu ilmiy- amaliy konferensiya masofaviy o'qitish tizimini joriy qilish borasida bir qator ob'ektiv muammolar nafaqat bizning Respublikamizda, balki Rossiya Federatsiyasining institutlarida ham mavjubligini ko'rsatdi. Bu avvalambor masofaviy o'qitish tizimining o'quv-uslubiy asosini tashkil etuvchi elektron o'quv qo'llanmalarining ishlab chiqishining ko'p mehnat talabligi, qimmatligi va talabalarning ushbu tizim muhitida ta'lim olishlariga yetarli darajada tayyor emasligidir.

Hozirgi kunda Internetdan foydalanuvchilarning, ya'ni dunyo miqyosida kompyuter tarmog'iga ulanish imkoniga ega bo'lganlarining 88 foiz sanoati rivojlangan mamlakatlarga to'g'ri keladi. Bular esa dunyo aholisining atigi 17 foizni tashkil etadi.Masalan, AQShda ishlayotgan kompyuterlar soni dunyoning boshqa mamlakatlaridagi mavjud kompyuterlar soniga nisbatan ko'p.Bolgariyada esa Internetdan foydalanuvchilar soni Afrikaning shimoliy qismida joylashgan barcha mamlakatlardan ko'proq.Dunyo aholisining 23 foizi yashaydigan Janubiy Osiyoda esa atigi bir foiz aholi internet bilan ishlamoqda. Markaziy Osiyo mamlakatlarida bu ko'rsatkich hozirgacha 0,8 foizni tashkil qiladi.

Ekspertlar xulosasiga ko'ra, rivojlanib kelayotgan mamlakatlardagi muammolar va ehtiyojlarni o'rganish uchun Internet boshqaruvini mumkin qadar darajada kengaytirish lozim.

Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarini-isloh qilishning dolzarb masalalari.

Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarini isloh qilish O'zbekistonda yangi rivojlangan jamiyat qo'rish bilan chambarchas bog'liqdir. Uni amalga oshirishda biz albatta, namuna sifatida ta'limning xalqaro mezonalarini olishimiz lozim. Lekin o'z milliy xususiyatlarimizning barcha qirralarini ham hech bir unutmasligimiz shart.

Islohot oliy o'quv yurtlari faoliyatining barcha sohalarini qamrab oladi, shuning uchun ham u tub o'zgarishlar hisoblanadi. Barcha jabhalarda qayta qurish va takomillashtirishni amalga oshirish darkor. Xususan ta'lim tizimini va uning bosqichli tizimi: universitet ta'limini rivojlantirish, oliy maktab faoliyatining asosiy sohalari-ta'lim va ilmiy tadqiqotning mazmuni, shakli va uslubiyatini o'zgartirish, oliy o'quv yurti maqomini sezilarli darajada ko'tarish, lozim bo'ladi. O'sha davrdagi mansub «Oliy ta'limdagi ixtisosliklar va ixtisoslashuvlar ro'yxati» da 600 ga yaqin nomini uchratish mumkin va ularning har biri bo'yicha mutaxassis tayyorlangan. Ularning diplomiga bitta muayyan ixtisoslik yoki ixtisoslashuv nomi yozilgan.

O'zbekiston oliy o'quv yurtlarida o'sha paytlarda 300 ixtisoslik va ixtisoslashuv bo'yicha mutaxassislar tayyorlangan. Tayyorgarlikni tugatgach mutaxassislar o'z ixtisosliklariga mos muayyan ish o'rniga borishlari lozim edi. Shunday deb o'ylangan.Biroq amalda esa butunlay boshqacha hol edi. Shunday qilib xo'jalik yuritishning va ta'limning mavjud tizimi, ko'p hollarda mutaxassisni oliy darajada tayyorlamas edi. Ko'p bosqichli tizim jahon tajribasida allaqachon o'zlashtirlgan va amalda muvaffaqiyat bilan qo'llanmoqda.

O'zbekistonning mustaqil sharoitida u quyidagicha ko'rinishga ega, ya'ni 600 ga yaqin ixtisoslik va ixtisoslashuv mavjud bo'lib, oliy o'quv yurtlarimizda shular bo'yicha mutaxassislar tayyorlash mo'ljallanmoqda, lekin ular 103 yo'nalishga ajratilgan. Bilimning har bir yo'nalishida shunday sohalar mavjud, ular yettita: tabiiy fanlar va matematika, gumanitar fanlar, sog'liqni saqlash, ta'lim, texnika-fanlari, qishloq xo'jalik fanlari, harbiy ixtissosliklar. Bunday tayyorlash tartibi har bir shaxsni ham, jamiyatni ham qanoatlantiradi. Ancha chuqur va maxsus bo'limlar talab qiluvchi lavozimlarda ishlash uchun to'liq oliy ma'lumotga ega mutaxassislar va magistralr yetishtirilmoqda.

Mutaxassis bo'lib bakalavriyatni tugatsa, uni yaxshi o'zlashtirib tegishli test sinovidan o'tgan va bakalavriat tayyorlashning yo'nalishlaridan birga kiruvchi kursni o'tgan bitiruvchi hisoblanadi.

Mutaxassislik xodimlar tayyorlashning bosqichli tizimiga o'tish to'liq oliy ma'lumotli bitiruvchilar umumiy sonini, birinchi galda, respublika tanqislik sezmayotgan ixtisosliklar bo'yicha qisqartirishni taqazo etmoqda. Rivojlanayotgan va ustuvor xalq xo'jaligi tarmoqlari uchun mutaxassislar tayyorlash hajmini saqlab qolish, qator hollarda esa hatto ko'paytirish lozim. Bu birinchi galda iqtisodchilar, yuristlar, EXM bo'yicha mutaxassisliklar, informatika va ba'zi boshqalarga tegishli.

Oliy ta'limni isloh qilishning umumiy yo'llari bilan faoliyatining asosiy sohalari:

-tarbiya va ilmiy tadqiqot sohalarida ham mazmuniy, shakliy hamda uslubiy o'zgarishlar sezilarli darajada amalga oshirilishi kerak.

Oliy o'quv yurtlarining o'quv uslubiy adabiyotlari bilan ta'minlangan ham son, ham sifat jihatidan yaxshilash ahamiyat kasb etadi. Yangi darsliklar yaratish, tegishli o'quv-uslubiy va boshqa o'quv materiallari, yangi o'quv kasbiy dasturlarda va davlat standartlari talabalarini hisobga olgan holda qayta nashr qilish va o'quv jarayonida ulardan foydalanish zarur.

Iqtidorli talabalarni va aspirantlarni izlab topish va tanlash imkoniyati oliy o'quv yurtlaridan ixtisoslashtirilgan kollejlar, gimnaziyalar va litsey tashkil etilishi tufayli amalga oshiriladi.

O'zbekistonda bozor iqtisodiyoti sharoitida ta'lim, fan va madaniyat markazi sifatidagi oliy o'quv yurti professorlar, o'qituvchilar, xodimlar va talabalarning jamoasi hisoblanadi. Ular o'z oldilariga inson Vatan va jahon madaniyatlarini ravnaq yo'lida ezgulik va adolatni qaror topishi, haqiqatga erishganligini maqsad qilib qo'yilgan.

Oliy o'quv yurtining asosiy vazifasi bo'lib quyidagilar hisoblanadi:

-mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish;

-aholi orasida bilimni keng yoyish, uning bilim saviyasini va madaniy darajasini oshirish.

Oliy o'quv yurti o'z shahobchalariga, ixtisoslashtirilgan kollejlar, kafedra, tayyorlov bo'linmalari, ilmiy tadqiqot laborotoriya, aspirantura, doktarantura, qo'shma kasbiy bilim berish bo'limlari, tajriba xo'jaligi va boshqa tarkibiy qismlarga ega bo'lishi mumkin.

Oliy o'quv yurtlari tarkibiga yana ilmiy tadqiqot institutlari, litsey, gimnaziya, turlicha mulk egasi bo'lishi mumkin, korxona va tashkilotlar ham kirish mumkin.

Oliy davlat o'quv yurtlari fanlari ilmiy tadqiqot institutlari, uning tarkibiga kiradigan va kirmaydigan kollejlar, uning hamda malaka oshirishning va qayta tayyorlash institutlari, oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelishilgan holda kiritilgan takliflari asosida tashkil etiladi.



Oliy ta`lim tizimini boshqarish

O’zbekiston Respublikasida oliy ta`lim tizimining boshqaruvi Vazirlar Maxkamasi va O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida oliy ta`limni boshqarish davlat vakolatli organlari tomonidan amalga oshiriladi. Oliy ta`lim boshqaruv organi O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta``lim Vazirligi hisoblanadi. Oliy va O’rta Maxsus Ta`lim Vazirligiga, tarkibida oliy ta`lim muassasalari mavjud bo’lgan vazirliklar va boshqarmalar bilan birgalikda quyidagi vazifalar beriladi:

-bakalavr yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun davlat ta`lim standartlarini, o’quv reja va o’quv fanlari dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va bosqichma-boqich kiritib borish, hamda respublika oliy ta`lim muasalarini ular bilan ta`minlash;

-oliy ta`lim yo’nalish va mutaxassislik Klasifikotoriga zarur bo’lganda O’zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish;

-oliy ta`lim muassasi faoliyatining normativ-huquqiy ta`minotini ishlab chiqish va o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish;

-O’zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalari o’quv-uslubiy boshqaruvini amalga oshirish;

-oliy va o’rta maxsus kasb- hunar ta`limi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalarini muvoqlashtirish;

-ta`lim, fan va ishlab chiqarishning normativ-uslubiy integratsiyasini ta`minlash.

Oliy ta`lim sifatini boshqarishning ijtimoiy shakllarini rivojlantirish maqsadida oliy ta`lim muassasalarining rektorlar kengashi tashkil qilingan bo’lib, uning faoliyati belgilangan nizom bilan tartibga solinadi.

Oliy ta`lim muassasalarining boshqaruvi O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va mazkur nizom asosida amalga oshiriladi. Oliy ta`lim muassasining bevosita boshqaruvi rektor tomonidan amalga oshiriladi.Davlat oliy ta`lim muassasasi rektori O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, nodavlat oliy ta`lim muassasalari rektorlari ta`sischilar tomonidan tayinlanadi.

Oliy ta`lim muassasasining ish natijalari uchun to’liq javobgarlik rektor zimmasida turadi. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va oliy ta`lim muassasa Nizomiga ko’ra, rektor oliy ta`lim muassasasi nomidan barcha organ va tashkilotlarda faoliyat yuritadi, mol-mulkga belgilangan tartbda egalik qiladi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalarni taqdim etadi, bankda oliy ta`lim muassasasining hisob raqamini ochadi va kreditlar boshqaruvchisi hisoblanadi.

Oliy ta`limning davlat ta`lim standartlarini amalga oshirilishining alohida javobgarligi rektor zimmasiga yukklatilgan. Oliy ta`lim muassasasi vakolatlari doirasida rektor:

-oliy ta`lim muassasasi ishchilar va talabalari uchun majburiy bo’lgan buyruq va topshiriqlarni chiqaradi;

-prorektorlarning aniq majburiyatlarini va mas`uliyatlarini belgilab beradi;

-ishchi va xizmatchilarni, hamda ilmiy pedagogik xizmatchilarni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilagan tartibda ishga qabul qiladi va ishdan bo’shatadi;

-oliy ta`lim muassasa tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar va bo’limlarining ilmiy tadqiqot, tajribiy- eksperimental kompetentsiyasini aniqlab beradi, va ularning nizomlarini tasdiqlaydi;

-oliy ta`lim muassasalari ishchilari lavozimli maoshlarini orttiradi yoki qo’shimcha to’lovlarni belgilab beradi;

-kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki boshqa davlat organi bilan kelishilgan holda ishchilarning ichki tartib qonun qoidalarini tasdiqlaydi;

Qonunchilikda ko’rsatilgan boshqa vakolatlarni bajaradi.Rektor byudjetdan ajratilgan va oylik maosh fondi mablag’lari chegarasida, oliy ta`lim muassasasi xizmatchilarining lavozim maoshlari tarif setkasi va oyliklarga o’rnatilgan limitlardan kelib chiqqan holda:

-oliy ta`limni boshqarish bo’yicha davlatning vakolatli organi bilan kelishilgan holda ilmiy kengashning maslaxatiga ko’ra fakultetlarni ochish va yopish huquqiga ega;

O’zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalariga ajratilgan shtatlarga dekan va dekan o’rinbosarlarini tayinlash huquqiga ega. Oliy ta`lim muassasasi faoliyatining asosiy masalalarini ko’rib chiqish uchun ilmiy kegash tashkil qilinadi. Ilmiy kengashning tarkibi, vakolatlari, tartibi va faoliyati oliy ta`imni boshqarish bo’yicha davlatning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan Tipovoy qarori bilan tartibga solinadi. Oliy ta`lim muassasasida ijtimoiy boshqaruv organi bo’lgan vasiylar kengashi tashkil qilinadi. Uning tarkibiga ta`sischilar, mahalliy hokimiyat organlari, vazirlik va idora sohalari, muassasa va tashkilotlar, boshqa ta`lim muassasalari, ijtimoiy tashklotlar, fondlar va xomiylarning vakillari kiradi. Oliy ta`lim muassasasi shu oliy ta`lim muassasasi qoshida tashkil topgan akdemik litseylarning boshqaruvini va bir xil profilli kasb-xunar kollejlarning homiyligini amalga oshiradi. Oliy ta`lim muassasasi haqidagi amaldagi qonunchiligiga va Nizomiga ko’ra unda ijtimoiy tashkilotlar, ilmiy va ko’ngilli jamiyatlar, dissertatsiyani himoya qilish kengashlari, ilmiy-uslubiy va ilmiy-texnik kengashlar, hamda yosh olimlar kengashini va shunga o’xshashlarni tashkil qilinishi taqiqlanadi. Oliy ta`lim muassasasi tasdiqlangan ishchilar miqdori va byudjet chegarasida (davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablag’lar), talabalarning miqdoridan kelib chiqqan holda belgilangan tartibda o’z strukturasini shakllantiradi.

1   2   3   4   5


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət