Ana səhifə

Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi


Yüklə 222 Kb.
tarix18.07.2016
ölçüsü222 Kb.


TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
DAVOLASH FAKULTETI

FAKULTET VA GOSPITAL JARROXLIK KAFEDRASI


Tasdiqlayman”

TTA o‘quv ishlari bo‘yicha

prorektor prof. O.R. Teshaev

_________________________

«27» avgust 2015 yil




Ma'ruza mavzusi:
Ko‘ks oralig‘i kasalliklari
Davolash fakultetining 5 kurs talabalari uchun

Toshkent – 2015

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
DAVOLASH FAKULTETI

FAKULTET VA GOSPITAL JARROXLIK KAFEDRASI


«TASDIQLAYMAN»

Davolash fakulteti dekani

professor Zufarov P.S.

____________________

«27» avgust 2015 yil

Ma'ruza mavzusi:
Ko‘ks oralig‘i kasalliklari
Davolash fakultetining 5 kurs talabalari uchun
Jarroxlik UMK yig‘inida

ko‘rib chiqilgan va ma'qullangan

protokol № 1

«27» avgust 2015 yil dan


Toshkent – 2015
Ko‘ks oralig‘i kasalliklari

O‘QITISH TEXNOLOGIYASI


Talabalar soni – 60-120.

Davomiyligi – 90 minut.

O‘quv mashg‘uloti shakli

Ma'ruza – vizualizatsiya.

Ma'ruza rejasi

  1. Ko‘ks oralig‘i organlari anatomiyasi, sintopiyasi.

  2. Ko‘ks oralig‘i kasalliklari diagnostik metodlari.

  3. Ko‘ks oralig‘i kasalliklari tasnifi, klinikasi, davosi.

  4. Mediastinit etiologiyasi, patogenezi, klassifikatsiyasi, klinikasi, diagnostikasi, dif. diagnostikasi, davosi.

O‘quv mashg‘uloti (ma'ruza) maqsadi: talabalarni ko‘ks oralig‘i kasalliklari etiologiyasi, patogenezi, tasnifi, tashxislash va qiyosiy tashxislash, zamonaviy davolash tamoyillari xamda oldini olish usullari bilan tanishtirish.

O‘qituvchining vazifalari:

-Ko‘ks oralig‘i kasalligi etiologiya va patogenezi bilan tanishtirish

-Kasallik zamonaviy klassifikatsiyasini berish

-Kasallik diagnostikasi metodlari. Zamonaviy da'volash usullari. Profilaktika metodlari bilan tanishtirish va profilaktikasi.

-Kasallik asoratlari va da'volash usullari bilan tanishtirish.


O‘quv faoliyati natijalari:

Talaba bilishi lozim:

  1. Ko‘ks oralig‘i klinik anatomiyasi.

  2. Mediastinit etiologiyasi, patogenezi, klassifikatsiyasi, klinikasi, diagnostikasi, dif. diagnostikasi, davosi.

  3. Ko‘ks oralig‘i kasalliklari tasnifi, klinikasi, diagnostikasi va davosi.




O‘quv metodlari va texnikasi

Ma'ruza – vizualizatsiya, texnika: blits-so‘rov, yo‘naltiruvchi savollar, «ha-yo‘q» texnikasi.

O‘quv vositalari

Lazer proektor, vizual materiallar, informatsiya bilan ta'minlash.

O‘quv shakllari

Kollektiv bilan ishlash.

O‘quv sharoitlari

TSO bilan ishlashga mo‘ljallangan auditoriya.


MA'RUZANING TEXNOLOGIK KARTASI


Bosqichlar, davomiyligi

Faoliyat

O‘qituvchi

Talabalar

1 bosqich

Kirish

(5 minut)

1. 1. Mavzuning nomi, maqsadi, ma'ruzadan kutilayotgan natija-lar va uni o‘tkazish rejasini aytadi.

1. Tinglaydilar.



2 bosqich

Bilimlar dolzarblashtirish

(20 minut)

2.1. Talabalar bilimlarini dolzarblashtirish maqsadida yo‘naltiruvchi savollarni beradi; anatomiya, normal va patologik fiziologiya fanla-ridan bilimlarni takrorlaydi. Blits-so‘rov o‘tkazadi.

2.2. Slaydlarni ekranga chiqaradi va ularga ta'rif beradi.



2.1. Savollarga javob beradilar.

2.2. Slaydlarda ko‘rsa-tilgan ma'lumotlarni o‘rganadilar.





3 bosqich

Informatsion

(55 minut)

3.1. Ma'ruza materiallarini ketma-ketlik bilan rejadagi savollar bo‘yicha izohlaydi, vizual ma'lumotlar va yo‘nal-tiruvchi savollar tizimini qo‘llaydi.

Mavzuning muhim tomonlarini alohida e'tibor bilan yoritib beradi, ularni yozib olishni taklif qiladi.



3.1. Berilgan ma'lu-motlarni mazmunini muhokama qiladilar, aniqlik kiritadilar, savollar beradilar.
Asosiylarini yozib oladilar.


4 bosqich

Yakuniy

(10 minut)

4.1. O‘tilgan mavzuni mustah-kamlash maqsadida ma'lum bir klinik holatlarni qo‘llash orqali bir qator savollar beradi.

4.2. Mustaqil ishlash uchun vazifalar beradi.



4.1. Savollarga javob beradilar.

4.2. Tinglaydilar, yozib oladilar..




Mavzuni asoslash: Ko‘ks oralig‘i kasalliklari diagnostikasi va davolash usullari zamonaviy pulmonologiyada o’z aktualligini saklab kelmokda. Oxirgi yillar ma'lumotiga kura ko‘ks oralig‘i kasalliklari davolash buyicha erishilgan muvaffokkiyatlarga karamasdan, mazkur kasallikka duchor bulgan bemorlar soni kupayib bormokda. Shu maqsadda har bir umumiy amaliyot shifokori bu kasallikni diagnostikasi va davolash usullarini bilishi shart.

Ma'ruza maksadi: talabalarni ko‘ks oralig‘i kasalliklari uning klinik kechimini va asoratlarini, diagnostikasi, differensial diagnostikasi va davolash usullari bilan tanishtirish.

Tarbiyaviy maksadlar: Ko‘ks oralig‘i kasalliklari uning bulishi mumkin asoratlari va ularni oldini olish xamda davolash buyicha talabalarni bor bilimlari diapazonini kengaytirish, klinik fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, talabalarni amaliy mashg‘ulotlarga tayyorlashdan iborat.

Ma'ruza masalalari: Ko‘ks oralig‘i kasalliklari buyicha tushuntirish berish, ko‘ks oralig‘i kasalliklari etiopatogenezi va tasnifi, Ushbu kasallikning klinik manzarasi va asoratlarini yeritish, diagnostika va differensial diagnostikasi, ko‘ks oralig‘i kasalliklari zamonaviy davolash usullarini yeritish.

Muxokama uchun savollar:

  1. Mavzuni asoslash - 5 min

  2. Ko‘ks oralig‘i anatomiyasi va fiziologiyasi buyicha ma'lumot – 20 minut.

  3. Ko‘ks oralig‘i kasalliklari bilan xastalangan bemorlarning shikoyatlari, anamnez iva ob'ektiv kursatkichlari – 10 minut.

  4. Ko‘ks oralig‘i kasalliklari bilan xastalangan bemorlarni tekshiruv usullari – 20 minut.

  5. Ko‘ks oralig‘i kasalliklari tasnifi – 10 min.

  6. Ko‘ks oralig‘i kasalliklari klinik kechimi – 15 min.

  7. Ko‘ks oralig‘i kasalliklari patogenetik davolash prinsiplari – 10 min.

Anatomik-fiziologik ma'lumotlar

Ko‘ks oralig‘i — kukrak bo‘shlig‘ining orqa tomonidan umurtqa pog‘onasi, oldingi tomondan ko‘krak, yon tomonlardan mediastinal plevra, pastdan diafragma bilan che­garalanib turadigan qismi bo‘lib, Ko‘ks oralig‘i yuqorida aniq chegaralarsiz bo‘yin sohasiga o‘tadi.

Ko‘ks oralig‘i shartli ravishda yuqori va pastkiga bo‘linadi, satxi IV ko‘krak umurtqasi damidan o‘tadi. Tra­xeya yuqori ko‘ks oralig‘ini shartli ravishda oldingi va orqa ko‘ks oraligiga buladi, yurak xaltasi esa pastki va oldingi, o‘rta va orqa ko‘ks oralig‘iga bo‘linadi. Ko‘ks oralig‘i topografik-anatomik boglik, organlar va to‘qimalarning yig‘indisi hisoblanadi. Yuqori ko‘ks oralig‘ida traxeya, qizilo‘ngach, ayrisimon bez, aorta ravogi, yelka-bosh venalari, ko‘krak limfatik yuli buladi.

Pastki Ko‘ks oraliganing oldingi va urta kismlari yurak va perikard bilan band, o‘rta qismining yuqori uchdan bir kismida esa traxeya bifurkatsiyasi, upka arteriyasi, aortaning yuqoriga ko‘tariladigan k,ismi joyla­shadi. Va nixryat, pastki orkd oraligida aortaning pastga tushadigan k,ismi, kizilungach, kukrak limfa yuli, sim-patik va parasimpatik nervlar utadi.

Tekshirish usullari. Tekshirishning asosiy usuli x.ar tomonlama rentgenologik tekshirish (rentgenoskopiya, polipozitsion rentgenografiya, tomografiya).

Kompleks tomografiya zamonaviy, eng kup ma'lumot beradigan usul hisoblanib, kukrak kafasidan va beril-gan xar kanday darajada kundalang kesma olishga imkon beradi. Bundan tashkari, anik diagnostika uchun kuyidagi-lar kullanilishi mumkin:

Pnevmomediastikografiya — Ko‘ks oraligaga gaz kiri-tilgandan keyin rentgenologik tekshirish. Ko‘ks oralig‘i usmalarining konturini aniklashga yordam beradi.

Sun'iy pnevmotoraks — plevral bushlikka gaz yuborish fonida tekshirish. Upka usmasini Ko‘ks oraligidagi us-malar va kistalardan fark kilish imkonini beradi.

Angiografiya — yurak va yirik tomirlar bushliklarin* kontrast tekshirishdan iborat.

Material olish va uzil-kesil diagnozni anikdai uchun: bronxlar orkali punksiya, torakoskopiya, transto rakal aspiratsion biopsiya, mediastinoskopiya, periarte rial mediastinotomiyadan foydalaniladi.

Ko‘ks oralig‘i shikastlari. Ko‘ks oraliganing ochik, v; yopik shikastlari fark kilinadi. Ularni yana organlar shikastlanmagan yaralanishlar, oldingi Ko‘ks oralip shikastlangan yaralanishlarga bulish mumkin. Klini manzarasi kaysi organ shikastlanganiga va kon okish da

rajasiga boglik.

Yopik shikastlar kupincha Ko‘ks oraliri yirik tomi; larining shikastlanishi va ichiga kon okib gematom shakllanishi bilan utadi. Upka va bronxlar shikastlanganda Ko‘ks oraliga emfizemasi rivojlanadi. Ko‘ks oraliri gematomasi va emfizemasi nafas qisishi, sianoz, venalarning bo‘rtib chikishi bilan yuzaga chikadi. Rentgenogrammada Ko‘ks oralirining kengayganligi, gematomada uning Koronrilashganligi va emfizemada yorur tortganligi aniklanadi.

Davolash: yalliglanishga karshi, xaet uchun muxim or­ganlar ishini normaga solishga karatilgan davolash olib boriladi.

Operatsiya kilib davolashga organlar, yirik tomirlar-ning yirtilib kon okishi, Ko‘ks oraliri organlarining bosilishi, funksiyasining keskin pasayib ketishi kursax-ma bulib xisoblanadi.



Ochik shikastlar. Klinik manzarasi shikastlangan or­gan turiga, kon okish darajasiga boglik,.

Davolash — xirurgik. Operatsiya turi shikaet xarakte-riga borlik.
YaLLIRLANISh KASALLIKLARI

Utkir mediastinit — Ko‘ks oralig‘i kletchatkasining ut­kir yiringli yalliglanishi. Uning paydo bulishiga aksariyat Ko‘ks oralirining ochik, shikastlari, yot jismdan teshilishi, ximiyaviy moddadan kuyishi, instrumental tekshirish usullari, buyinning chukur flegmonasi tarka-lib ketishi sabab buladi.

Klinik manzarasi. Utkir mediastinit umumiy va maxalliy simptomlarning jadal rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Kasallik xaroratning birdaniga 39—40°S gacha kutarilishi, gektik xarakterdagi isitma, et junji-kishi, rarak-garak terlash bilan boshlanadi, nafas kisi­shi, sianoz, taxikardiya erta boshlanadi, arterial bosim pasayadi, orir intoksikatsiya belgilari k,ayd kilinadi. Bemorlar kukrak va buyindagi tortadigan sanchikli orrikdardan shikoyat kiladilar, ular buyinni yozishda, boshni burishda, kukrakni bosishda kuchayadi. Bemorlar majburiy xolat egallaydilar (boshini oldinga kilib kaddini baland kuyib yotadilar). K,izilungach, bronxlar teshilganda mediastinal, sungra teri osti emfizemasi vujudga keladi. K,onda yukori leykotsitoz, formulaning chapga siljiganligi, SOE oshganligi ma'lum buladi. Rent-genogrammalarda ko‘ks oralig‘i kulankasining kengaygan­ligi, ichi bush organlar teshilganda Ko‘ks oraliri fonida gaz kayd kilinadi.

Davolash: konservativ tadbirlar utkazish fonida operatsiya usuli qo’llaniladi. Operatsiya infeksiya manbaini bartaraf kilish va ko‘ks oralig’ini antiseptik eritma bilan doimiy yuvish uchun qo’sh bushliqli silikon naychalar bilan adekvat drenaj qilishdan iborat. Konservativ tad-birlar bakteriologik tekshiruvlar nazorati ostida mas­siv antibakterial terapiya, dezintoksikatsiya, infuzion, immun kuvvatlaydigan terapiya utkazishdan iborat.

Xronik mediastinit utkir turining okibati bulishi mumkin. Unga sil, antipolipoz, zaxm sabab bulishi ex,-timol. Idiopatik sklerozlaydigan mediastinit xam fark, kilinadi.

Klinik manzarasi. Xronik mediastinit uzok vakt mobaynida simptomlarsiz kechishi mumkin. Keyinrok kukrak kafasida ogrik, subfebril xarorat, yutal, nafas kisishi, lanjlik, yutishda kiynalish, kukrakda kisilish sezgisi paydo buladi. Bu simptomlar odatda sil (upka sili, limfatik tugunlar sili), zaxm klinik manzarasi bilan utadi. Sklerozlaydigan mediastinitda asta-sekin yukori kovak venaning bosilish simptomlari paydo buladi (yuz kerikishi, kulda shish, sianoz), kukrak teri osti venalari kengayishi sodir buladi. Diagnozni tasdikdash uchun kizilungach va yukori kovak venaga kontrast modda yuborib rentgenologik tekshirishdan foydalaniladi.

Davolash: spetsifik antibakterial preparatlar tayin-lashdan iborat. Idiopatik sklerozlaydigan mediasti­nitda nur terapiyasi, kortikosteroidlar kullaniladi. X,ayot uchun muxim organlar bosilib kolganda operatsiya kilish-ga kirishiladi.
KO‘KS ORALIG‘I O‘SMALARI VA KISTALARI

Ko‘ks oralig‘i o‘smalarining talaygina gistologik tiplari mavjud. Kelib chikishiga kura ularni nevrogen (ganglionevromalar, neyroblastomalar, simpatikoblasto-malar, oreoxomotsitomalar, nevrinomalar va nevrogen sarkomalar); mezenximadan kelib chikkan (fibromalar, fibrosarkomalar, lipomalar, liposarkomalar, limfangio-malar, gemangiomalar, angiosarkomalar va b.); limfatik tugunlar retikulyar tukimasidan paydo bulgan (limfosar-komalar, retikulosarkomalar, limfogranulematoz); em­briogenez buzilishi okibatida paydo buladigan ayrisi-mon bezdan kelib chikadigan (dermoid kistalar va tera-tomalar, seminomalar, xarinoepitelioma, kukrak kafasi ichidagi bukok) usmalar buladi. Ko‘ks oralig‘i kistalari xakikiy selamik kistalar va perikard divertikullariga, bronxogen va enterogen parazitar kistalarga bulinady. Bular embriogenez buzilishlari okibatida kelib chikadi.

Ko‘ks oralig‘i usmalari va kistalarini soxta usmalar, anevrizmalardan (aorta, upka arteriyasi, tok. vena anevrizmasi), diafragma churrasi, kizilungach usmalaridan tafo-vut kilish kerak.

Klinikasi. Ko‘ks oraligining usmalari va kista-lari ilk boskichlarida simptomlarsiz kechadi va profi­laktika maksadida rentgenologik tekshiruvda aniklanadi. Keyinchalik usib ketganda va atrofdagi organlarni bosib kuyganida kukrak kafasida ogrik, nafas olish kiyinla-shuvi, nafas nervlarining infeksion kasalliklari paydo buladi. Simpatik nerv kasallanganda Gorner simptomi aniklanadi, kaytuvchi nerv kasallanganda tovush bugi-lib koladi. Yurakning bosilishi kukrak qafasining ung yarmida ogrik paydo bulishi, yurak ritmi buzilishida namoyon buladi. Nevrogen usmalar orka miyaning bosilish simptomlari — sezuvchanlik buzilishining xar xil tur-lari, parez, falajlik, chanok, organlari funksiyasi bu­zilishlari bilan yuzaga chikishi mumkin. Yukori kovak vena bushligining kattik bosilishi «yuqori kovak vena» kompleksiga olib keladi, bunda yuz, buyin, kullar, gav-daning yukori yarmida shish va sianoz paydo buladi. Shu bilan birga usmaga alokdsor simptomlar paydo bulishi xam extimol. Ko‘ks oralig‘i usmalarining kupchiligi xavfsiz. G’oyat katta usmalarni odatda operatsiya qilsa buladi. Ko’ks oralig’ining ko’pgina usmalari vaqt utishi bilan xavfli turga aylanadi. Shundan kelib chikib, xrzirgi vaktda bemorning axvoli imkon bersa, ko‘ks oralig‘i usmasini olib tashlash kerak, degan fikr quvvatlanmoqda.

Ko‘ks oraliri usmalari va kistalarining ayrim turlari klinikasi, diagnostikasi va davolash. Nevrogen usmalar — Ko‘ks oraligining eng kup uchraydigan xavfsiz usmalari xisoblanadi. Odatda orka Ko‘ks oraligida joy-lashadi. Ular simpatik nerv gangliylari va uzaklari, adashgan va kovurgalararo nervlar, orka miya pardalaridan kelib chikadi. Gistologik tuzilishi jixatidan bular ney-rofibroma, neyromioma, ganglionevroma, paraganglioma, feoxromotsitomalardir. Orka miya ildizlaridan chikadigan usmalar kisman orka miya kanali ichiga, kisman Ko‘ks oraligiga «kum soat» tipi buyicha usadi. Shu munosabat bilan bemorlar orkadagi ogrikdan shikoyat kiladilar, ularda orka miyaning bosilish simptomlari, parezlar va falajliklar rivojlanadi.

Rentgenologik alomatlar tuxumsimon yoki yumalok shakldagi intensiv gomogen kulankasining anik kontur-lari bor, Ko‘ks oraligining orka yukori bulimlarida joylashadi, sun'iy pnevmotoraks kuyilgandan keyin yaxshi bilinadi.

Davolash — xirurgik, usma olib tashlanadi.

Kukrak kafasi ichidagi bukok. Kukrak kafasi orkasi-.dagi bukok tereoptoz (kalkonsimon bezning kukrak orkasi pastiga tu shishi) va kukrak kafasi orkasida joylashgan kushimcha kalkonsimon bezga bulinady. Askariyat o’ng tomonlama kukrak orkasi buqog’i uchraydi.

Kukrak orkasidagi bukokning mux,im simptomlari tra-xeyaning bosilishi va deviatsiyasi xisoblanadi. Ulchamlari katta bulganda ko‘ks oralig‘idagi yirik tomirlarning bo­silish simptomlari — buyin teri osti venalarining ken-gayishi va urib turishi, bosh ogrigi, yuz salkishi rivoj-lanishi mumkin. Rentgenologik jixatdan traxeya va kizil-ungachni joyidan siljitadigan anik konturlari bulgan kulanka aniklanadi. U131 bilan skenirlash eng kup ma'lumot beradi.

Davolash — buqoqni xirurgik olib tashlashdan iborat.

Timomalar — ayrisimon bez usmalari, xavfsiz va xavfli bulishi mumkin.

«Kompressiey sindrom» dan tashkari aregenerator ane­miya, Kushing sindromi bilan namoyon buladi. Kup lol­larda miasteniya simptomlari (skelet mushaklarining birdaniga bushashishi, chaynash, yutish, nutk, nafas buzi-lishi, mushak gipotrofiyasi) bilan utadi, bular antixo-linesteraza preparatlari yuborilgandan keyin kamayadi.

Diagnostika usullaridan mediastinografiya eng kup ma'lumot beradi. Davolash — bezni operatsiya nuli bilan olib tashlash­dan iborat.

Dermoid kistalar va teratomalar. Dermoid kistalar endoderma elementlaridan rivojlanadi, devorlari ka­lin, bushligida yopishkok suyuklik, teri va soch element-lari buladi. Teratomalar urta ko‘ks oralirida bir necha pusht varakdaridan rivojlanadi. Ogrik va «kompression sindrom» paydo bulganda diagnostika kilinadi.

Davolash — operatsiya kilib olib tashlanadi.

Perikard kistalari. Embrional davrda tukimalarning rivojlanish nuksoni bilan boglik- Aksariyat ung kar-diodiafragmal burchakda joylashadi. Kechishi kupincha simptomlarsiz. Katta ulchamlarda bulganda yurak soxasida ogrik, aritmiyalar kayd kilinishi mumkin. Rentgenologik tekshirishda aniklanadi.

Davolash — kista operatsiya kilib olib tashlanadi.

Bronxogen kistalar. Odatda traxeya va yirik bronxlarga taallukli. Kistalar ulchami kattalashib ketganda bemor-lar shikoyatlar kiladilar. Ular kuruk yutal, nafas kisishi, stridoroz nafas xrlida yuzaga chikadi. Rentgenologik jixatdan traxeyaga tegib yumalok, kulanka aniklanadi.

Davolash — kistani xirurgik kesishdan iborat. Ope-ratsiyaga kursatma bulib asoratlari: yiringlanish, per­foratsiya (teshilish) xisoblanadi.

Enterogen kistalar. Orka Ko‘ks oraligining pastki bulimlarida joylashadi. Birlamchi ichak naychasidan ri-vojlanadi. Kistalarning ichki pardasi xlorid kislota ishlab beradigan me'da epiteliysi bilan koplanganligi tufayli devorida yaralar paydo bo’lishi, qon oqishi, perforatsiya yuz berishi mumkin. Ular ichi kovak organlarga, perikard, plevra bushligaga teshib kirib yiring x,osil kilishi extimol. Diagnostika uchun pnevmomediastinogra-fiya kup ma'lumot beradi.

Davolash — kistalarni operatsiya yuli bilan olib tash-lashdan iborat.

Lipomalar — kupincha ung kardiodiafragmal burchakda joylashadi. Simptomsiz kechadi. Katta ulchamlargacha yetishi mumkin, shundagina Ko‘ks oraliga organlarining bosilish simptomlari yuzaga keladi. Rentgenologik tekshirishda aniklanadi.

Davolash — operatsiya kilinib, usma olib tashlanadi.

Limfomalar. Mediastinal limfatik tugunlardan ri-vojlanadi. Odatda oldingi Ko‘ks oraligida joylashadi. Tabiatiga kura xavfli xisoblanadi.

Simptomlari intoksikatsiya bilan boglik — loxaslik, darmon kurishi, gavda temperaturasi kutarilishi, orik-lab ketish, terida kichima paydo bulishi. Katta ulcham-larga yetganda — yutal, kukrakda orrik, Ko‘ks oralig‘i organlarining bosilish simptomlari buladi.

Diagnostika uchun rentgenologik tekshiruv, mediasti-noskopiya, mediastinotomiya utkaziladi.

Davolash — xirurgik. Davolash erta boskichlaridagina amalga oshiriladi, keyinchalik nur va ximiyaviy preparat-lar bilan davo kilinadi.



ADABIYOT:

1. Vasilenko V.X. Grebenev A.L. Diafragma kizilungach teshigining churralari, M. -Meditsina 1989

2. Karimov Sh.I. Xirurgik kasalliklar, tibbiet oliy O‘quv yurtlari davolash fakultetining talabalari uchun darslik.

-Toshkent, Ibn Sino nomidagi nashriet, 1991

3. Grejdev A.F. Kolyakin Ya.G. Kisilgan diafragmal churralar. Xirurgiya 1990

4. Kuzin M.I. Xirurgik kasalliklar, 1986

5. Панцирев Ю.М. Клиник хирургия 1988

6. Дж. Мерта. Справочник врача общей практики. М.: Практика, 1998


Мавзу буйича Интернетдаги адреслар:

www.rmj.net,

www.consilium-medicum.com,

www.mediasphera.ru,

www.laparoscopy.ru,

www.ehpb.com,

www. medmore.ru,

www.gastroportal.ru,

www.medilexicom.com,

www.encicloperdia.com





Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət