Ana səhifə

Bitiruv malakaviy ishi


Yüklə 1.04 Mb.
səhifə2/3
tarix25.06.2016
ölçüsü1.04 Mb.
1   2   3

5-§. Yogoch va parda qatlamlarining dekorativligi

Yog‘ochning dekorativlik xususiyatlari

Yog‘och va undan ishlangan buyumlarning badiiy ifodasi aksariyat hollarda yog‘ochning dekorativliligiga qarab belgilanadi va ularga yog‘ochning rangi, yaltiroqligi va teksturasi kiradi.

Rangi. Yog‘ochning rangi hujayra bо‘shliqlaridagi pо‘kak, smola va surtilgan bо‘yoq moddalarining rangida bо‘ladi. Uning rangi bir qancha omillarga, masalan, daraxtning qanday nohiya hamda qanday sharoitda о‘sganligiga, yoshiga va boshqa sabablarga bog‘liq. Janubiy nohiyalarda о‘sgan daraxtlarning yog‘ochi och rangda bо‘ladi. Yosh daraxtlarning yog‘ochi, odatda, qari daraxt yog‘ochiga nisbatan oqish bо‘ladi.

Mebel, muzika asboblari, duradgorlik va badiiy buyumlar ishlab chiqarishda yog‘ochning rangi muhim ahamiyatga ega. Kо‘pgina daraxt yog‘ochlarining rangi turli usulda ishlov berib — bug‘lab, dorilab yoki turli ximiyaviy moddalar bilan bо‘yab kо‘rkamlashtirilishi mumkin.

Tabiatdagi har bir mavjud predmetning rangi uning fizik xossalariga, ya’ni yorug‘lik nurini qaytarish, sindirish va о‘tka­zish xususiyatiga bog‘liq bо‘ladi. Natijada yorug‘likning yuzaga tushayotgan nuri qaytgan, singan va yuzadan о‘tgan nurga bо‘linadi. Yorug‘lik nurini deyarli tо‘liq qaytaruvchi yoki о‘ziga singdiruvchi jismlarni tiniq bо‘lmagan jismlar deb, yorug‘likning kо‘p qismini о‘tkazuvchi jismlar esa tiniq (shaffof) jismlar deb qa­bul qilingan.

Tabiatda mavjud ranglar axromatik va xromatik ranglarga ajratiladi. Oq rang, kulrang va qora ranglar hamda ularni istalgan nisbatda aralashtirishdan hosil bо‘ladigan barcha rang­lar tuslari axromatik ranglar deb yuritiladi. Yorug‘lik nurini tanlamay yutadigan moddalar axromatik* rangda, tanlab yutadiganlari esa xromatik rangda bо‘ladi.

Har bir xromatik rang uchta xossaga: tusi, yorug‘liligi va tо‘yinganliligiga egadir.

Har xil jinsli yog‘ochlar о‘zining rangiga va tusiga kо‘ra ham axromatik, ham xromatik ranglarga ega bо‘lishi mumkin. Rangning tusi spektrda qatnashayotgan rangning to`lqin uzunligi λ bilan xarakterlanadi. Masalan, har xil jinsli yog‘ochlar uchun rang tusi λ=577÷599 nm atrofida bо‘ladi.

Yog‘och rangini ham sifat, ham miqdor jihatdan aniqlash borasida Rabkin YE. B. va Yanov V. V. kabi olimlarning olib borgan tekshirishlari diqqatga sazovordir. Ularning ishlari maxsus adabiyotlarda bayon etilgan.

Yog‘ochning rangi ustida sо‘z yuritilganda shuni yodda tutish kerakki, yog‘ochning rangi ochiq havoda kо‘p qolganida о‘zgaradi. Masalan, archa, qarag‘ay, arg‘uvon qorayadi, eman, qoraqayin, oqqayin esa oqaradi.

Yaltiroqligi yog‘ochning zichligiga, о‘zak nurlarining miqdoriga, yirik-maydaligiga hamda yog‘ochning kesilish tekisligiga bog‘liq. О‘zak nurlari yorug‘lik nurini ma’lum yо‘nalishda qaytarish xususiyatiga ega va ular radial qirqimda tangensial qirqimga qaraganda kо‘proq yaltiraydi.

Yaltiroqlik yog‘ochga yaxshi kо‘rinish beradi va jilvirlash, loklash yoki sintetik smolalardan tayyorlangan yaltiroq plyonkalar yopishtirish yо‘li bilan ham yaltiratilishi mumkin.

T e k s t u r a s i. Yog‘ochning ishlov berilgan yuzidagi tabiiy naqshiga tekstura deyiladi. Bu naqshlar yog‘och tolalari, yillik qavatlar va о‘zak nurlarining kesilib ketishidan hosil bо‘­ladi.

Teksturaning chiroyli chiqishi daraxt tanasining qanday yо‘nalishda kesilganligi, tolalarning yotishi, о‘zak nurlarining miqdori va yirik-maydaligi, yillik qatlamlarning bilinib turishi; rangning bir tusdan boshqa tusga о‘tishiga bog‘liq.

Nina bargli daraxtlar tangensial yо‘nalishda qirqilsa, yaxshi kо‘rinib turadigan yillik qatlamlar kesilib, tobora kengayib boruvchi konuslar hosil bо‘ladi, bu konuslar chizig‘idan esa ajoyib naqshlar kelib chiqadi.

Tekstura yog‘ochning manzaraliligini bildiradi, bu esa badiiy mebellar, turli buyumlar tayyorlashda, muzika asboblarini par­dozlashda muhim rol о‘ynaydi.

Yog‘ochning dekorativ xossalarini loklash yо‘li bilan yaxshilash

Yog‘ochning anatomik tuzilish xususiyatlarini aks ettiruvchi tekstura naqshlari bir tekislik bо‘ylab yotmay, hajmi bо‘ylab joylashgan. Ammo yog‘och tuzilishidagi о‘ziga xos bu alomatni bilishga uning noshaffofligi xalaqit beradi. Yog‘och yuzasida mayda g‘ovakchalar, kapillyarlar, о‘zak nurlari va mexanik ishlov berishdan qolgan izlar uning yuzasini notekis, g‘adir-budur qi­lib qо‘yadi. Bunday yuzalarga tushgan yorug‘lik nuri faqat dif­fuzion qaytish xususiyatiga egadir. Gap shundaki, yog‘ochning aso­siy tarkibiy qismi bо‘lgan sellyuloza va uning turdosh bо‘laklari nurni kо‘zguga о‘xshash qaytarishi mumkin. Lekin yorug‘lik nuri xaotik joylashgan g‘adir-budurliklardan har tomonga qarab tarqoq holda qaytadi. Bunday qaytishga yorug‘likning diffuzion qaytishi deyiladi. Agar yorug‘lik nuri sayqal berilgan yassi sirtlarga tushsa (kо‘zgu singari) tekis qaytadi. Diffuzion qaytishda nur rangli bо‘ladi, yog‘ochning g‘adir-budur sirti yana selektiv bо‘lmagan nur qaytishi hosil qiladi, ya’ni uning notekis joylaridan har tomonga qarab oqish rangli yorug‘lik shu’lalari sochilib turadi. Bunday notekis joylar yog‘och yuzasida shunchalik kо‘p joylashganki, kо‘z bilan ularni bir-biridan ajratib kо‘rish qiyin, natijada yorug‘lik shu’lalari oq tusli bо‘lib kо‘rinadi, u yuzalarning haqiqiy rangini bilib olishga imkon bermaydi.

Agar shunday yuzalar yupqa lok-bо‘yoq pardasi bilan qoplansa, u barcha notekis joylarni tо‘ldiradi. Natijada barcha kichik oqish nurlar birga qо‘shilib ketadi va ular yuzaning kо‘proq qismini kо‘rishga imkon beradi. Bunda yog‘och yuzasidan nurning kо‘zgudek qaytishi kamayadi, diffuzion qaytish esa о‘zgarmay qoladi. Yorug‘lik asosan «lok-havo» chegarasidan qaytadi, «lok va lok qoplanadigan yuza» orasidan esa juda kam qaytadi. Bu hodisani O. Frenel qonuni bо‘yicha izohlab berish mumkin. Qonunga asosan ikki jism chegarasidan yorug‘lik qancha kо‘p qaytsa, bu jismlar sindirish kо‘rsatkichlarining nisbati ham shuncha katta bо‘ladi (yuqori kо‘rsatkich doim kichigiga bо‘linadi). Havoning sindirish kо‘rsatkichi 1 ga yaqin, lekin loklarda u yuqoridir. Yog‘ochni pardozlash uchun ishlatiladigan loklarning sindirish kо‘rsatkichi 1,530—1,566, yog‘ochniki esa 1,521,55 atrofida. Shu-ning uchun havoni lokka almashtirish sindirish kо‘rsatkichlari nisbatini 1 ga ancha yaqinlashtiradi va bu bilan qaytuvchi nur­lar miqdori kamayadi.

Surkalgan loklar asosdagi har bir g‘ovakchalarni tо‘ldirib, unga tushayotgan va undan chiqayotgan yorug‘lik nuri qaytishini kamaytiradi. Yorug‘lik jism ichiga chuqurroq kirishi va undan qaytib chiqishi mumkin. Agar g‘ovakchalar bо‘yalgan bо‘lsa, ular bir xil rangdagi yorug‘lik nurini boshqasiga nisbatan kо‘proq yuta boshlaydi. Natijada qaytayotgan yorug‘lik nuri tushayotgan nurdan katta farq qiladi. Bu sirtning rangga tо‘yinganligini bildi­radi.

Shunday qilib, yog‘och teksturasini yanada yaxshilash uchun ishlatiladigan lok-bо‘yoq materialning sindirish kо‘rsatkichi yog‘ochning sindirish kо‘rsatkichiga teng yoki unga yaqin bо‘lishi kerak. Shunda yog‘och yaxshi hо‘llanadi, g‘ovakchalar orasiga lok kirib ular­ni berkitadi va havoni siqib chiqaradi.

Parda qatlamning dekorativ xususiyatlari

Parda qatlamning optik xususiyatlari. Insonda lok-parda qatlamining rangi va tiniqligi (shaffofligi) haqidagi tushuncha lok-bо‘yoq materiallar va yog‘ochining optik xossalari orqali paydo bо‘ladi. Ma’lumki, lok-parda qatlamlari har xil о‘tkazish koeffitsiyentiga ega, bu qatlamlar lok-bо‘yoqning rangi va tiniqligini xarakterlaydi. Juda yupqa parda qatlami ham yog‘ochning tabiiy rangini о‘zgartiradi. Bu ayniqsa har xil g‘ovak tо‘ldirgichlardan iborat tarkiblarni biror sirtga surtganda yaqqol namoyon bо‘ladi. Shuning uchun ma’lum optik kо‘rsatkichli lok va g‘ovak tо‘ldirgichni tanlash yog‘och buyumlarni sifatli pardozlashda muhim ahamiyatga egadir.

Lok-bо‘yoq materiallarning optik xossalari bu material­lar yorug‘lik oqimi bilan о‘zaro ta’sirlashganda namoyon bо‘­ladi.

Yorug‘lik tо‘lqinining elektromagnit maydoni ta’siridan muhitda paydo bо‘ladigan energiya tebranishlari u yoki bu darajada boshqa energiyaga aylanishi mumkin (issiqlik harakati, lyumi­nessensiya). Lok-bо‘yoq materiallar bir-biridan faqat ximiyaviy tarkibi bilangina emas, balki makromolekulalarining tuzilishi bilan ham farq qilgani uchun yorug‘lik oqimi (nuri) sinishi, yutilishi, qaytishi yoki tarqalishi mumkin.

Shunday qilib, dastlabki yorug‘lik oqimi I0 ni quyidagicha ifodalash mumkin:



bu yerda Iτ, Iρ, I —materialdan о‘tgan, sirtdan qaytgan va yutilgan yorug‘lik oqimlari. Bu yerda materialdan о‘tgan, qaytgan va yutilgan oqimlarning shu materialga tushgan yorug‘lik nuriga nisbatan о‘tkazish koeffitsiyenti , qaytish koeffitsiyenti , yutish koeffitsiyenti bi­lan belgilanadi, ya’ni



bu yerda ++=1 kelib chiqadi.

Yuqori molekulali moddalar spektrning kо‘rinadigan sohasida nurni yutish xususiyatiga ega emas. Shuning uchun polimerlarning spektrning kо‘rinadigan sohasida (=380800 nm) yorug‘likni о‘tkazishi asosan ularning yorug‘lik sochish va qaytarish xususiyatlari bilan bog‘lik.

Polimerlarning yorug‘lik о‘tkazish xususiyati bilan ularning tiniqligini farq qila bilish lozim. Tiniqlik modda qatlamlari orqali yо‘nalishini о‘zgartirmasdan о‘tayotgan yorug‘likning intensivligi bilan belgilanadi.

Lok-bо‘yoq qatlami ostidan yog‘och asos qancha aniq kо‘rinsa, polimer shuncha shaffof bо‘ladi. Material yorug‘likni yaxshi о‘tka­zishi lekin tiniq bо‘lmasligi mumkin. Material yorug‘likni qancha kо‘p qaytarsa, u shuncha tiniqmas bо‘ladi.

Yuqorida aytib о‘tganimizdek, polimer materiallar spektr­ning kо‘rinadigan sohasida nurni yutish xususiyatiga ega emas. Yorug‘lik spektrning infraqizil va ultrabinafsha sohalarida yutiladi.

Polimerlarni spektrning IQ nur sohasida nurlarni yutishi molekulalar tebranishining uyg‘onishi bilan bog‘liqdir. IQ nur sohasining kichik va о‘rta uchastkalarida (760—2500 nm) molekulalarning ichida tebranish paydo bо‘ladi, natijada molekulalarni tashkil etuvchi atom yadrolarining nisbiy joylashuvi о‘zgaradi. Bunday tebranishlar (valent tebranishlar) atomlar va bog‘lar orasidagi valentlik burchaklarni (deformatsion tebranishlar) birlashtiruvchi bog‘lar uzunligining о‘zgarishi bilan amalga oshiriladi. IQ nur sohasining uzoq uchastka­larida (25103—10106nm) og‘ir atomlarning, molekulalararo bog‘larning о‘z tebranishlari, makromolekulalar va ular segmentlarning bir-biriga nisbatan kо‘chish (siljish) tebranishlari yotadi.

Lok-bо‘yoq materiallar tarkibiga qо‘shiladigan barcha turdagi birikmalar ularning optik xossasiga ta’sir etmay qolmaydi. Lok-bо‘yoq qatlamlar qalin bо‘lsa, parda tiniqligi susayadi. UB nur va spektrning kо‘zga kо‘rinadigan sohalarida moddalar tomonidan yorug‘lik nuri yutilganda molekulalarning elektron qobiqlarigacha uyg‘onadi, natijada molekulalar past energiya: holatidan yuqori energiya holatiga о‘tadi.



Parda qatlamning rangi. Lok-bо‘yoq parda qatlamning rangi uning eng asosiy dekorativ xossalaridan biridir. Yog‘ochni par­dozlash texnikasida rangli shaffof parda qatlamlar hosil qilish uchun yo yog‘och sirtini bо‘yash yoki shaffof, bо‘yalgan loklarni surtish kifoyadir. Bunga, odatda yog‘och yuzasini bо‘yovchi moddalar eritmasi bilan bо‘yab, sо‘ngra tiniq rangsiz parda hosil qiluvchi moddalar surtib yoki tiniq, ammo kerakli rangga bо‘yalgan parda qatlamlari hosil qilib erishiladi.

Tiniq parda qatlamlarda yorug‘likning yutilishi quyidagi qonunga, asosan aniqlanadi:



bu yerda: Is- parda qatlamdan о‘tuvchi yorug‘lik intensivligi; Il- qaytgan nur intensivligi; a-bо‘yovchi modda tomonidan yorug‘likning yutilish koeffitsiyent; c-bо‘yovchi modda konsentratsiyasi; h-parda qatlam qalinligi, mkm.

Shunday qilib, lok surtish jarayonida parda qatlamning qalinligi bir tekis bо‘lmasa, sirtning rangi notekis bо‘ladi.

Lok-bо‘yoq materiallarga ularning tiniqligini о‘zgartmagan holda rang berish uchun bо‘yovchi moddalar qо‘shiladi. Odatda, ular organik moddalar bо‘lib, bо‘yovchi moddalarning sindirish kо‘rsat­kichi lok-bо‘yoq material va yog‘ochning sindirish kо‘rsatkichidan keskin farq qilmasligi kerak.

Parda qatlamlarning rangi, odatda, spektrofotometr yordamida barcha spektral ranglar uchun kо‘rinadigan nurlarning qaytish yoki о‘tkazish koeffitsiyentlarini aniqlash yо‘li bilan aniqlanadi.

Parda qatlamning yaltiroqligi. Parda qatlamlarning tashqi kо‘rinishiga baho berishda faqat ularning rangi, tiniq yoki tiniqmasligigina emas, balki qatlamlarning strukturasi va yuzasining silliqligidan kelib chiqadigan yaltiroqligi ham e’ti­borga olinadi. Chunki pardozlangan yuzaning tashqi kо‘rinishida yaltiroqlik muhim rol о‘ynaydi. Yaltiroqlikka parda qatlam yuzasining strukturasi va optik xossalari (yorug‘likning yutilish va sinish koeffitsiyentlari) ga katta ta’sir kо‘rsatadi. Lekin parda qatlamning yaltiroqligiga asosan uning yuzasining struk­turasi ta’sir qiladi.

Parda qatlam yuza strukturasini kо‘p sonli elementar maydonchalardan iborat deb qarash mumkin; ularning notekisligi yorug‘lik tо‘lqin uzunligining yarmidan ham kichik bо‘ladi; har bir maydonchaning о‘lchamlari esa tо‘lqin uzunligiga nisbatan katta bо‘lib, ular о‘zidan yorug‘likni xuddi elementar kо‘zgu singari qaytaradi.

Elementar maydonchalar xaotik ravishda joylashganda, masa­lan, yog‘ochni yoki parda qatlamni jilvirlagandan keyin, yorug‘lik tarqoq holda qaytadi va yuza xira bо‘lib kо‘rinadi. Agar yuza elementar maydonchalarning joylashuvida ayrim ustun keladigan yо‘nalishlar vujudga kelsa, nurlarning qaytishida ham ustunlik qiluvchi nurlar vujudga keladi, ya’ni bu nur yaltirab kо‘ri­nadi. Sirtning silliq bо‘lishi yaltiroqlikni keltirib chiqaradi. Agar hamma elementar maydonchalar bir tekislikda yotsa, sirt yorug‘likni kо‘zguga о‘xshab qaytaradi. Shunday yaltiroqlikni о‘zida mujassamlashtirgan parda qatlam hosil qilish uchun maxsus jarayon talab etiladi. Bu jilo berish jarayonidir.

Ham yaltiroq, ham ma’lum miqdordagi yorug‘likni diffuzion qaytaradigan sirtlarni qisman yaltiroq (poluglyansoviy) sirtlar deb atash qabul qilingan. Har qanday parda qatlam sirti yaltiroqligiga nisbatan bitta butun yuza bо‘ylab bir tekisda yaltiroq bо‘lishi talab qilinadi. Xira yuzada yaltiroq joylar, yaltiroq yuzada xira joylar bо‘lmasligi lozim.

Lok-bо‘yoq parda qatlamlarning yaltiroqligi fotoelektrik yaltiroqlikni о‘lchaydigan FB-2 asbobi yoki B. M. Buglay tomoni­dan taklif etilgan R-4 reflektoskopida aniqlanadi.

Lok-bо‘yoq parda qatlam sirtidan qaytgan yorug‘lik miqdori unga tushgan yorug‘lik miqdoriga nisbatan (O.Frenel qonuni bо‘yicha) quyidagi formuladan topiladi:



bu yerda Ir — qaytgan yorug‘lik nurining intensivligi; Il — tushgan yorug‘lik nurining intensivligi; — nurning tushish burchagi; —nurning sinish burchagi.

Formuladan kо‘rinib turibdiki, parda qatlam yaltiroqligiga asosan yorug‘likning yutilishi va sinishi bilan bog‘lik bо‘lgan uning optik xossalari ta’sir kо‘rsatadi. Optik xossalar о‘z navbatida lok-bо‘yoq material xossalariga va ular hosil qilgan parda qatlam strukturasiga bog‘lik bо‘ladi.

II. BOB. KASBIY TA’LIM MUTAXASSISLIK FANLARINI О‘QITISHDA

YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

1-§.Ta'lim texnologiyasi va uning tuzilishi

Ta'lim jarayoni nihoyatda murakkab va ko'p komponentlidir. Ta'lim samaradorligi pedagog va talaba-o'quvchining faolliligiga, ta'lim vositalarining mavjudligiga, ta'lim jarayonining tashkiliy, ilmiy-metodik mukammalligiga, jamiyatda ilmli kishilarga bo'lgan ehtiyojga va boshqa hali aniqlanmagan ko'pgina omillarga bog'liq. Jamiyat o'zining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy ehtiyojlari asosida ta'lim samaradorligi yuqori bo'lishini talab etadi.

O'zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy strukturalar yaratilayotgan hozirgi kunda keng, chuqur bilimli va bilim­larni amalda qo'llay oladigan shaxslarga talab kuchayib bormoqda. Bihmdon va tadbirkor, ijtimoiy faol shaxs jamiyat hayotida, mehnatda o'zining o'rnini topadi. O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov «...shuni yaxshilab tushunib olishimiz zarurki, jamiyatimizni yana­da demokratlashtirish va fuqarolik institutlarini shakllantirish, avvalo, aholining siyosiy, ijtimoiy va davlat hayotida nechog'lik faol ishtirok etishi bilan uzviy bog'liq», deb ko'rsatdi. Bunday faollik vujudga kelishi uchun bilimdon va harakatchan, milliy istiqlol g'oyasiga sodiq bo'lgan shaxsni shakllantirish kerak.

Ta'limning barcha bo'g'inlarini shunday tashkil etish kerakki, u yoshlarga chuqur va asosli bilim berish bilan birga keng qamrovli fikrlashga o'rgatsin. Ta'lim jarayonida talabada mustaqil bilim olish ehtiyoji shakllanib borishi hozirgi kunning talabidir.

Pedagogik amaliyot va tadqiqotlarda qator ish usullari qo'llab ko'rildi. Ta'limni muammoli tashkil etish, ta'limda o'quvchilarni faollashtirish, hamkorlik pedagogikasi, tayanch bilimlarga asoslanish, ta'limni optimallashtirish va boshqalar tajribadan o'tdi. Lekin bu pedagogik vositalar ayrim o'qituvchilarda samarali natija bersa ham, uni ommaviy yo'sinda ta'lim tizimiga kiritib bo'lmadi.

Pedagogik texnologiyaning asosiy mohiyati ta'limda talabalarni qiziqtirib o'qitish va bilimlarni to'liq o'zlashtirishga erishishdir. Ta'limda berilayotgan bilimlarni talabalarning aksariyat ko'pchilik qismi puxta o'zlashtirishi pedagogik texnologiyani joriy etishning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Pedagogik texnologiya asosida dars o'tishda eng asosiy talab tala­baning hayotiy tajribasi avval o'zlashtirgan bilimlari va qiziqishlari asosida bilim berishni ko'zda tutadi. Pedagogik texnologiya o'rganilayotgan soha bo'yicha talabalarda bilim yetarlicha bo'lmagan holda ham talabada salbiy kechinmaga o'rin qoldirmaslikni, bu talabaning aybi emasligini tan olishni talab etadi. Faollik ko'rsatilsa, bilimlarni o'zlashtirib olishga talabalarda ishonch paydo bo'lishiga erishish mumkin.

Mavjud pedagogika fanida dars jarayoniga oid berilgan ma'lumotlarda e'tibor ko'proq yangi bilimlarni bayon etish, uni mustahkamlash va natijasini hisobga olishga qaratilgan. Bilim berishda tala­baning avvalgi bilimlari, hayotiy tajribasi yetarlicha hisobga olinmagan. Dars rejasida avval o'tilgan mavzuni yakunlab, yangi mavzuga bog'lash taklif etilgan. Lekin shu yangi o'tilayotgan mavzu bo'yicha talabaning bilimini aniqlash, mavzuga xos bo'ladigan dastlabki ma'lumotlarni berish yetarlicha amalga oshirilmagan.

Pedagogik texnologiya talabalarning o'rganilayotgan soha bo'yicha bilimlarni esga tushirish, jonlantirish yangi bilimni o'zlashtirishga asos bo'ladi, deb ko'rsatadi. Bilimlar va tayyorgarlikni aniqlash ta­labani faollashtirish va bilim o'zlashtirishga ijobiy motivni keltirib chiqaradi. Mavzuni o'rganishga kirishishda erkin suhbat, munozara, aqliy hujum va boshqa shakllarda jonlantirish mumkin.

Pedagogik texnologiya ta'lim amaliyotida uchta darajada qo'llaniladi:

1.Umumiy pedagogik daraja. Umumiy pedagogik (umumdidaktik, umumtarbiyaviy) texnologiya o'quv-tarbiya jarayonining yaxlit tizimliligi, ma'lum bir region, o'quv yurti tomonidan uzluksiz ta'lim tizimining muayyan bir bosqichidagi texnologiyaning umumiy qonuniyatlari, ilmiy-nazariy asoslari, tamoyillari, amaliyotda qo'llashning umumiy xususiyatlari, shart-sharoitlarini ifodalaydi. Shu o'rinda qayd etish kerakki, uzluksiz ta'lim tizimining har bir bosqichida ta'lim mazmuni orqali tegishli o'ziga xos maqsad va vazifalarni amalga oshirish ko'zda tutilganligi sababli, pedagogik tex­nologiya ham o'ziga xos xususiyatga ega bo'ladi. Bu darajada pedagogik texnologiya pedagogik tizim tushunchasiga sinonim hisoblanadi. Uning tarkibiga ta'lim-tarbiya jarayonining maqsad va vazifasi, mazmuni, vosita va metodlari, tarbiya jarayonining ob`yekti va sub`­yekti faoliyatining algoritmlari kiradi.

2.Xususiy metodik darajada pedagogik texnologiyaning muay­yan bir predmet, kursni o'qitish jarayonining maqsad va vazifalarini amalga oshirish maqsadida foydalaniladigan ta'lim mazmuni, o'qitish vositalari, metodlari va shakllarining majmuasi tushuniladi.

3.Lokal (modul) darajada o'quv-tarbiya jarayonining ma'lum bir qismining xususiy didaktik va tarbiyaviy maqsadini hal etishga qaratilgan texnologiya tushuniladi. Unda o'quvchi- talabalarning mus­taqil ishlarini tashkil etish, ular bilimini nazorat qilish, shaxsiy fazilatlarini shakllantirish kabi masalalar ko'zda tutiladi.

Pedagogik texnologiya inson ongi, tafakkuri bilan bog'liq bilim­lar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushuntirish mumkin bo'lmagan pedagogik jarayonni ifoda etadi. Uning o'ziga xos jihati — tarbiya muammosini ham qamrab olishidir. Demak, texnologiya sa­maradorligi inson o'zining ko'p qirrali tomonlari bilan unda qanchalik to'liq namoyon bo'lyapti, uning psixologik-kasbiy jihatlari, ularning kelajakda rivojlanishi (yoki pasayishi) qanday hisobga olinyapti, degan savollarning yechimiga bog'liq ekan. Shu jihatdan olganda texnologiya shaxsning rivojlanish bosqichlarini loyihalashti­rish, tashxislash kabi imkomyatlarga ham ega bo'ladi. Bu esa peda­gogning texnologik jarayon bilan ishlash qobiliyatiga bog'liq.

Pedagogning belgilangan o'quv-tarbiya vazifalarini me'yoriy hujjatlarda ko'rsatilgan talablar asosida yo'l qo'yiladigan chegaraviy ko'rsatkichlar doirasida bajarish holati, ishlash qobiliyati deb atalishi mumkin. Demak, u yoki bu fan o'qituvchisining mahoratini aniqlashda uning faoliyati davlat ta'lim standartlari talablariga va peda­gogik shartlarga nechog'lik mos kelishi nazarda tutiladi.

Pedagogik nashrlarda pedagog faoliyatini baholash uchun qator ko'rsatkichlar tavsiya etiladi, jumladan:



  • pedagogik natijaviylik - pedagog guruhida fan bo'yicha o'zlashtirishning o'rtacha qiymati;

  • o'qitishning ilmiylik darajasi — pedagogning o'quv element­larini fan abstraksiyasi pog'onalari bo'yicha tushuntirishi;

  • ta'lim mazmunini metodik tayyorlash — umumiyligi, izchilligi, harakatdaligi, ortiqcha emasligi kabi talablarning e'tiborga olinishi;

  • ta'limda u yoki bu natijani qo'lga kiritish yo'llaridan samarali foydalanish — ekstensiv yoki intensiv sharoitda va hokazo.

Umuman olganda, pedagog uchun asosiy kasbiy-me'yoriy ko'rsatkich — bu, birinchi navbatda, o'z holatini pedagogik jaray­onda bunyodkor sifatida his etishi va anglab yetishidir. Pedagog o'zining ish faoliyatiga xususiy kasbiy yaroqliligini, pedagogik voqelikdagi o'z o'rnini baholay olmas ekan, undan hech qachon ijodkorlikni talab qilib bo'lmaydi. Demak, pedagogik faoliyatga kirib kelayotgan har bir inson o'zining unga moslanuvchanligini, shu kasbga layoqati, qiziqishi borligini to'liq tasavvur etishi kerak.

Ta'lim texnologiyasining asosiy maqsadi ham, o'quv predmetlarini to'liq o'zlashtirishga mos keladigan ta'lim loyihasini yaratishdir. Bunday loyiha hozirgi zamon psixologiyasi, didaktikasi va peda­gogik amaliyotining asosiy va ilg'or g'oyalariga tayangan holdagina yaratiladi.

Ta'lim — boshqariladigan jarayon bo'lib, uning natijasi, ko'p jihatdan, tayyorlangan didaktik loyihaga bog'liq. Didaktik loyiha esa ta'lim texnologiyasining mahsulidir. O'quvchi - talabalarning bilish faoliyatini didaktik loyihaga ko'ra boshqarish ta'lim texnologiyasi­ning pedagogik asosi sanaladi. Har qanday jarayonning boshlanishi va yakuni mavjud bo'lganidek, didaktik loyihani amalga oshirishning ham kirish va chiqish nuqtalari bor. Ikki nuqta orasiga juda ko'p nuqtalarni joylashtirish mumkin bo'lganidek, didaktik loyihani amalga oshirish ibtidosi bilan intihosigacha bo'lgan masofada ta'limning samarali usullari, vositalari ko'p topiladi. Bu erda ta'lim texnologiyasi eng samarali usul bo'lib, ta'limning samarali shaklini taniashda o'qituvchiga yordamga keladi.

Demak, maqsaddan etalonga yetib kelguncha o'qituvchi (peda­gog) va o'quvchi-talaba ongi juda ko'p hodisalar bilan uchrashadi. Ta'limga texnologik yondashish — bu ma'lumot va ta'lim mazmun­ini atroflicha tahlil qilish yo'li bilan o'quv-tarbiya jarayonining umumiy, xususiy maqsadlarini tahlil qilish, o'qituvchi (pedagog) va o'quvchi-talaba maqsadlarining uchrashgan nuqtalarida (o'qitish maqsadi, o'qish maqsadi) ta'limning didaktik maqsadini belgilash asosida ta'limni loyihalash va amalga oshirish yo'llari bilan mo'ljaldagi etalonga erishishdir. Umuman, ta'lim texnologiyasi haqida gap ketganda o'zaro daxldor quyidagi hodisalarni bir-biridan farqlashga ehtiyoj tug'iladi: ta'limni didaktik loyihalash; loyihani amalga oshi­rish; ta'limning joriy va oraliq natijasiga ko'ra didaktik loyihaga tuzatish va o'zgartirishlar kiritish; ta'limni takrorlash va yakuniy nazoratdan iborat. Bu hodisalarning birinchi va ikkinchisi an'anaviy ta'lim tajribasida ham uchraydi. Ta'lim texnologiyasining an'anaviy ta'lim tizimidan farqi shundaki, ta'lim natijasi va uning etalon darajasida bo'lishi doimo o'qituvchi (pedagog) hamda o'quvchi-tala­baning diqqat markazida turadi. O'qituvchi (pedagog) ta'lim nati­jasini tez-tez tekshirib, o'quvchi-talabalarni o'zlari erishgan yutuqlardan ogoh qilib turadi va o'quvchi-talabalar o'zlari erishgan yutuq va kamchiliklarni anglab, yutuqlarini yanada ko'paytirishga, kamchiliklarini esa bartaraf etishga harakat qiladi. O'quvchi-talabalar ta'limning zaruriyligini, ular ta'lim jarayonining haqiqiy sub`yektiga aylangan paytida sezishadi.

Ta'lim texnologiyasi bo'yicha qilinadigan ishlar ikki qismdan iborat: ta'lim loyihasini tayyorlash va loyihani amalga oshirish.

1.Ta'lim loyihasini tayyorlash. Loyiha o'qituvchi yoki ekspert a'zolari tuza olish faoliyatining mahsuli bo'lib, qator umumiy xususiyatlarga ega. Loyiha asosida o'qituvchi (pedagog) va o'quvchi-tala­balarning kelajakda birgalikda amalga oshiradigan faoliyati yotadi.

Ta'lim loyihasi ma'lumot mazmunini davlat standartlari talablari asosida tahlil etishdan boshlanadi. Tahlil ma'lumot mazmuni elementlari (bilimlar, ko'nikma va malakalar, ijodiy faoliyat tajri­basi, munosabatlar) dasturlarda qanday berilganligi, darsliklarda qan­day aks ettirilganligiga qaratiladi. Keyin ta'lim mazmuni o'rganiladi, u yoki bu mavzuni o'rganishdan ko'zda tutilgan maqsad, ta'limning didaktik maqsadi, o'qituvchi (pedagog) va o'quvchi-talabalar maqsa­di, maqsadlarni amalga oshirish va hisobga olish varaqalari, beriladigan uy ishlari miqdori, mavzular bo'yicha o'tkaziladigan test savollari, reyting nazorati bosqichlari, etalon darajasida o'zlashtirish usuli oldindan belgilab qo'yiladi. Bu ishlarning barchasi ongda ta'lim modelini yaratishga olib keladi.

2.Ta'lim loyihasini amalga oshirish. Ta'lim loyihasi bevosita ta'lim sharoitida amalga oshiriladi. Bu jarayonda quyidagi ishlarga alohida e'tibor qaratiladi:



  • o'rganilayotgan mavzu bo'yicha maqsad, vazifalar bilan o'quvchi-talabalarni oldindan tanishtirish, muammo, topshiriqlarni, shuningdek, uy vazifalari, mustaqil bajariladigan ishlarni, ularni bajarish tartibi, paytini e'lon qilish, mavzuni to'liq o'z­lashtirish bo'yicha ko'rsatmalar berish, o'zlashtirish me'yorlarini aytib berish;

  • o'quvchi-talabalarni faol, mustaqil faoliyatga rag'batlantirish, ular diqqatini bo'lim yoki mavzu mazmuniga tortish, uni qanday o'rganish zarurligini aytib berish, bilishga qiziqish uyg'otish, o'qish-o'rganishga havas, muammolarni bajarishga ehtiyoj uyg'otish, emotsiyalar, tafakkur hodisalari, bilimlarni o'quv holatlariga tat­biq etish yo'llari orqali mavzu bo'yicha ma'lumotlar to'plash, to'plangan ma'lumotlar yuzasidan joriy nazoratni tashkil etish, mavzuni to'liq o'zlashtirishga oid o'zgarish, qo'shimcha, tuzatishlarni belgilash;

  • bo'lim yoki mavzu bo'yicha to'plangan bilimlarga ishlov berish.

Ta'lim jarayoni stoxastik xarakterga ega. Unda kutilgan va kutilmagan, rejalashtirilgan, favqulodda va tasodifiy hodisalar ham uchrab turadi. O'rganilgan bilimlarga ishlov berish jarayonida ham joriy nazorat natijalariga asoslanib loyihaga yangi o'zgarish, qo'shimcha va tuzatishlar kiritiladi;

  • bo'lim yoki mavzu bo'yicha umumiy xulosalar chiqarish, chiqarilgan xulosalarni murakkab o'quv holatlariga tatbiq qilish, oraliq nazorat natijalariga ko'ra mavzu yoki bo'lim bo'yicha axborot to'plash, to'plangan axborotlarga ishlov berish jarayonlarida o'quvchi-talabalar erishgan yutuqlarni tahlil qilish, o'quvchi-tala­balarning bilim va malakasi, ijodiy faoliyat tajribasidagi kamchiliklarini ko'rsatish, guruhdagi har bir o'quvchi-talabaga yakuniy nazoratgacha bajariladigan qo'shimcha topshiriqlarni berish, ularni o'quv materialini yanada atroflicha o'zlashtirishga rag'batlantirish;

  • yakuniy nazoratning asosiy vazifasi o'quvchi-talabalarning ma'lumot va ta'lim mazmuni elementlarini etalon darajasida o'zlashtirishlarini aniqlash, etalon darajasidan past o'zlashtirgan o'quvchi-talabalarni ogohlantirish, qo'shimcha topshiriqlar berish kabilardan iborat.

Zamonaviy pedagogik texnologiya ta'lim maqsadini aniq o'rnatishdan boshlab to uning natijalarini baholashgacha bo'lgan bosqichlarning har biri uchun ijodiy faoliyatni talab etadi. Pedagog faoliyatining texnologiyalanuvchanlik darajasini prof. N.Sayidahmedov quyidagi mezonlar asosida alohida ajratib ko'rsatgan.

1.Tashxislanuvchan o'rnatilgan maqsad — o'quvchi-talaba to­monidan didaktik, jarayon mahsuli sifatida o'zlashtirilgan aniq o'lchamli tushunchalar, amallar va faoliyat turlari.

2.Ta'lim mazmunini o'quv elementlari yordamida bayon qilishda abstraksiya pog'onalarining va axborotlarni o'zlashtirish darajasining hisobga olinishi.

3.O'quv materiallarini o'zlashtirish bosqichlarining yetarlicha mantiqiy qat'iyanligi — didaktik jarayon tuzilmasiga mosligi.

4.O'quv jarayoniga yangi vositalar va axborotlashtirish usullarining joriy etilishi.

5.O'qituvchining qoidabop (algoritmli) va erkin, ijodiy faoliyatidagi mumkin bo'lgan chetga chiqish chegarasining ko'rsatilishi.

6.O'quvchi-talaba va o'qituvchi faoliyatida shaxsiy motivlashganlikning ta'minlanishi (erkinlik, ijodiyot, kurashuvchanlik, hayotiy, kasbiy mohiyat va boshqalar).

7.O'qitish jarayonining har bir bosqichida kommunikativ munosabatlarning, axborot texnikalari bilan muomala qilishning maq­sadga muvofiqligi.

Yuqorida berilgan ko'rsatkichlar loyihalangan o'quv jarayoni­ning texnologik darajasini to'liq ifodalaydi, amalda joriy etilishi esa pedagogni yuqori malakali mutaxassisga aylantiradi, talabaning nufuzini ham birmuncha oshiradi va ijodiy faoliyatni rivojlantirishning yangi qirralarini ochadi.

Zamonaviy pedagogik texnologiyani muntazam tahlil qilib bo­rish, loyihalashtiruvchi vositalarning eng zarurini tanlash metodlarining maqsadga muvofiqligini aniqlay bilish (ta'lim metodlari), olinishi zarur bo'lgan natijani oldindan tahlil qilish (maqsadlarning amalga oshishiga erishish), o'quv jarayonining yaxlitligini ta'minlash kabi tamoyillarga asoslanadi. Pedagogik texnologiyalarni ta'lim jarayoniga joriy qilish, ayniqsa, xorijiy davlatlardagi peda­gogik texnologiyalar tajribalaridan foydalangan holda o'zimizning tizimlashtirilgan ta'lim jarayonining zamonaviy pedagogik texnologiya tizimini vujudga keltirish borasidagi amalga oshiriladigan ishlarni umumlashtirish va hayotda qo'llash uchun quyidagi tadbirlarga amal qilish maqsadga muvofiqdir:

1.Ta'lim jarayoni ishtkokchilari - o'qituvchi (pedagog) va o'quv­chi-talabalar o'rtasida:

O'quv rejasini ishlab chiqish, ya'ni o'qituvchi (pedagog) bo'lim va bobni o'rganish rejasini tuzar ekan, ushbu rejada o'quvchi-talaba va o'qituvchi (pedagog) faoliyati o'z ifodasini topmog'i lozim. Za­monaviy pedagogik texnologiya tamoyillaridan biri bo'lgan o'quv materialining o'qituvchi (pedagog) va o'quvchi-talaba o'rtasida izchil rejalashtirilgan taqsimoti o'qituvchi (pedagog)dan ta'lim jarayonini izchil boshqarishni talab qiladi.

2.Fanning ichki bog'lanishi va fuqarolararo bog'lanish imkoniyatlaridan maqsadli foydalanish.

Har bir o'rganiladigan kichik va yirik o'quv birliklari oldin o'rganilganlarga tayanadi. Bunda fanlararo bog'lanishlar va o'quvchi-talabalarning tayyorgarlik darajalarini bilish ham muhim tomonlardan biridir. Demak, o'quvchi-talabani yangi bo'lim, bobni o'rganishga olib kirishda undagi mavjud bilimlarga tayanish, agar mavjud bilirnlar yangi bobni, bo'limni o'rganishga yetarli bo'lmasa, oraliq tayyorgarlik olib borish va shundan keyingina bilimlarni o'rganishning navbatdagi bosqichiga o'tish mumkin.

3.O'quv birliklarini (mezonlarini) belgilash.

O'quv birliklari o'quvchi-talaba o'rganishi lozim bo'lgan tu­shunchalar, ta'riflar, qoidalar, qonunlar, hodisalar, voqealardan iborat bo'lib, ular orasidagi mantiqiy bog'lanishning ta'minlanishi shu bob yoki bo'limning o'zlashtirilishiga olib keladi. O'qituvchi (pedagog) bob, bo'lim uchun ajratilgan soatlarda o'quvchi-talaba­lar o'rganishi lozim bo'lgan mezonlar hisoblanib, o'quvchi-talaba bilimini baholashning chegaraviy qiymati aniqlab olinadi. O'quv rejasini tuzishda o'qituvchi (pedagog) va o'quvchi-talabalar bilishi kerak bo'lgan o'quv birliklarini bo'limlar, boblar bo'yicha aniqlaydi va ularga mustaqil topshiriq sifatida bo'limni o'rganishdan oldin vazifa qilib beradi.

4.Diagnostik tahlil.

O'quvchi-talabalar bilimidagi notekisliklarni aniqlash, ularni to'ldirib va navbatdagi o'zlashtirish bosqichiga ko'tarish maqsadida diagnostikalash amalga oshiriladi. Diagnostikalash quyidagi maqsad­larni amalga oshiradi:



  • o'quvchi-talabalar o'zlashtirish darajasini diagnostikalash;

  • ular bilimidagi yetishmovchiliklarning oldini olish;

  • aniqlangan yetishmovchiliklarni to'ldirish maqsadida maxsus topshiriqlar ishlab chiqish;

  • maxsus topshiriqlar bajarish soatlarini belgilash;

  • yakuniy diagnostik tahlil qilish.

Diagnostika ta'lim texnologiyasining asosiy elementlaridan biri hisoblanib, asosiy o'zlashtirishdagi kamchiliklar soatini aniqlash, har bir o'quvchi-talabaning bilim darajasini aniqlash, rejaning borishiga tuzatishlar kiritish yo'li bilan ta'lim jarayonining natijasi kafolatlanganligini ta'minlaydi.

5.Tuzatish kiritish.

Bo'lim yoki bobning o'zlashtirilish darajasining diagnostik tah­lili natijasi 50 foizdan kam ko'rsatkichni bersa, o'qituvchi (peda­gog) ta'lim jarayonining borishiga tuzatish kiritishi shart.

6.Qayta to'ldirish (nuqsonlarni yo'qotish).

Qayta tuzatish kiritilishidan (korreksiya) maqsad olingan bilimlardagi kamchiliklarni bartaraf etishdan iborat. Kamchiliklarni bartaraf etish to'ldirish asosida amalga oshiriladi.

7.Kutilishi lozim bo'lgan natijani olish.

Bu element zamonaviy pedagogik texnologiyalarning markaziy g'oyasi hisoblanadi. Pedagogik texnologiya ta'lim jarayoni natijasi kafolatli bo'lishini talab qilar ekan, jarayon borishidan ko'zda tu­tilgan maqsad amalga oshirilishi va natijali bo'lishining rejalashtirilishini o'qituvchi (pedagog)lar oldiga vazifa qilib qo'yadi.

Ta'lim texnologiyasi asosida o'tkaziladigan mashg'ulotlar an'ana­viy pedagogik amaliyotdan qator xususiyatlariga ko'ra farq qiladi:



  • mashg'ulotlar o'quvchi-talabalarning o'quv maqsadlarini oydinlashtirishdan boshlanadi;

  • ta'lim-tarbiya jarayoni oldindan qayd etilgan natijaga mo'ljallab tashkil etiladi;

  • har bir o'quvchi-talaba o'z faoliyati xususiyatlariga mos kela­digan sur'atda ishlaydi;

  • jamoa a'zolarining har biri o'zlari erishgan natijadan tez-tez ogohlantirib turiladi; erishilgan natija ta'limning har bir bosqichida etalonga birlashtirib turiladi;

  • natija o'quvchi-talabalarning asosiy o'quv maqsadlariga ko'ra aniqlanadi;

  • o'quv materialini to'liq o'zlashtirgan o'quvchi-talaba keyingi mavzuni o'rganishga o'tadi;

  • etalondan past o'zlashtirgan o'quvchi-talabalar uchun ta'lim o'xshash sharoitlarda takrorlanadi;

  • o'quvchi-talaba uchun o'qish-o'rganish harakatiga teng maqsad­larni amalga oshirishdan boshlanadi;

  • o'quvchi-talaba harakatga teng maqsadlardan oraliq maqsadga - bilimlarga, undan umumiy o'quv maqsadiga qarab boradi;

  • harakatga teng maqsaddan umumiy o'quv maqsadiga qarab borish o'qish-o'rganishning sikliyligini ta'minlaydi;

yakuniy (nazorat) baho o'quv kursi to'liq o'rganilgach chiqariladi.

2-§. Kasbiy ta`lim mutaxassislik fanlarini о‘qitishda qо‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar

Kasbiy ta`lim fanlarini o'qitish jarayonida qo'llash mumkin bo'lgan ba'zi bir treninglar (texnologiyalarga)ga tavsifnoma berib, ba'zilarini o'tkazish tartibi to'g'risida metodik tavsifnoma keltiramiz:

«TARMOQLAR» metodi - o'quvchi - talabani mantiqiy fikrlash, umumiy fikr doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni o'rgatishga qaratilgan.

«3x4» metodi - o'quvchi - talabalarning erkin fikrlashi, keng doirada turli g'oyalarni bera olishi, ta'lim jarayonida yakka, kichik guruh hol­da tahlil etib, xulosa chiqara olishi, ta'rif bera olishiga qaratilgan.

«BLITS-O'YIN» metodi — harakatlar ketma-ketligini to'g'ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o'rganayotgan predmeti asosi­da ko'p, xilma-xil fikrlardan, ma'lumotlardan kerakligini tanlab olishni o'rgatishga qaratilgan.

«INTERVYU» texnikasi - o'quvchi-talabalarga savol berish, eshita olish, to'g'ri javob berish, savolni to'g'ri tuzishni o'rgatishga qara­tilgan.

«IERARXIYA» texnikasi — oddiydan murakkabga, murakkabdan oddiyga o'tish usullarini qo'llash orqali ularni mantiqiy, tanqidiy, ijodiy fikrlashga o'rgatishga qaratilgan.

«BUMERANG» texnikasi - o'quvchi - talabalarni dars jarayo­nida , darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o'rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so'zlab bera olish, fikrini erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o'quvchi - talabalarni baholay olishga qaratilgan.

«TALABA» treningi - o'quvchi - talabalar bilan individual holda ishlash o'qituvchi va talaba o'rtasidagi to'siqni yo'q qilish, hamkorlikda ishlash yo'llarini o'rgatishga qaratilgan,

«O'QITUVCHI SHAXSI» treningi — o'qituvchining innovatsion faoliyatini ochib beruvchi «O'qituvchi shaxsiga qo'yiladigan talab­lar» mavzusidagi mustaqil fikrlashga, ijodiy insho yozish orqali fikrlarni bayon qilishga qaratilgan.

«MULOQOT» texnikasi o'qituvchilarni auditoriya diqqatini o'ziga jalb etish, dars jarayonida hamkorlikda faoliyat ko'rsatishga, uni tashkil etishni o'rgatishga qaratilgan.

«BOSHQARUV» texnikasi o'qituvchilarni auditoriyani boshqarishdagi usullari hamda o'quvchi - talabalarni ish jarayonida boshqarish usullari bilan tanishtiruvchi va shunga o'rgatishga qaratilgan.



Fikrlar hujumi (aqliy hujum)

«Aqliy hujum» - muammolarni hal qilishda keng qo'llanadigan anchagina mashhur metoddir. Bu usul katta miqdordagi g'oyalarni yig'ish, talabalarni ayni bir xil fikrlash inersiyasidan holi qilish, ijodiy vazifalarni yechish jarayonida dastlab paydo bo'lgan fikrlarni yengishdir. U qatnashchilarni o'z tasavvurlari va ijodlaridan foy-dalanishga undaydi va berilgan har qanday muammoga ko'p sonli yechimlar topishda yordam beradi (Bu vaziyatda men nima qilishim kerak? Bu to'siqni qanday bartaraf qilishimiz kerak?). Aqliy hujum qadriyatlarni tanlash va muqobillarini aniqlashga yordam beradi.

Aqliy hujumni o'tkazish qoidalari, foydalanish usullari quyidagilardan iborat:

1.O'ylash jarayonida hech qanday baholashlarga yo'l qo'yilmaydi. Agar o'ylash jarayonida g'oyalarni baholaydigan bo'lsak, qatnashchilar e'tiborini o'z fikr va g'oyalarini himoya qilishga qaratib, ularning yangilari va yaxshilari ustida bosh qotirmay qo'yadilar. Ba­holash qoidadan istisno qilinishi kerak.

2.Hammani o'ta xilma - xil kutilmagan g'oyalar doirasida o'ylashga undash kerak. Haqiqatdan ham aqliy hujumda kutilmagan g'oyalar yuzaga kelmas ekan, ayrim qatnashchilar o'z shaxsiy fikrlarini qayta ko'rib chiqishlari aniq bo'lib qoladi.

3.G'oyalar miqdori rag'batlantiriladi. Miqdor deyarli doimo o'sib, sifatga aylanadi. Tezkor izchillikda katta miqdorda g'oyalar paydo bo'lganda, odatda, baholash istisno qilinadi.

4.Har bir kishi o'zgalar g'oyasiga asoslanishi va ularni o'zgartirishi mumkin. Oldin taklif etilgan g'oyalarni biriktirish yoki o'zgartirishga, ko'pincha, sabab bo'lganlardan ko'ra yaxshiroq g'oyalarni keltirib chiqaradi.

Samarali «Aqliy hujum» metodidan foydalanish quyidagilarni taqozo etadi:



  • qatnashchilar bemalol o'tiradigan qilib joylashtiriladi;

  • g'oyalarni yozish uchun doska yoki varaqlar tayyorlab qo'yiladi;

  • muammo aniqlanadi;

  • ish qoidalari belgilanadi;

  • g'oyalar hech qanaqasiga baholanmaydi;

  • fikrlarga to'liq erkinlik beriladi;

  • miqdorga intilish;

  • o'qish, qayta o'zgartirish va boshqalar;

  • g'oyalar haqida so'rash va aytilishi bilan yozib olish;

  • qog'oz varaqlari to'lganda, ularni devorlarga osib qo'yish;

  • o'zidan qo'shib yangi g'oyalarni rag'batlantirish;

-ishni davom ettirish va o'zgalar g'oyasiga aralashmaslik. «Aqliy hujum» metodining mohiyati ham o'ziga xos xususiyatga ega. Bunda maqsad berilgan qisqa vaqt ichida ma'lum muammoning yechimini topishga qaratilgandir. Bu psixotexnik o'yin mashg'ulot jara­yonida ijodiy va noandoza fikrlashni uyg'otadi. Bitta yoki bir necha guruh tashkil etiladi va ular oldiga muammo qo'yiladi. Talabalar o'z oldiga qo'yilgan muammoni yechish uchun turli g'oyalarni ilgari suradi. Yechim variantlari qancha ko'p bo'lsa, tanlash jarayoni shunchalik oson bo'ladi. Har bir ilgari surilgan g'oyani atroflicha ko'rib, kengaytiriladi va ular orasidan eng to'g'ri g'oyani muammoning yechimi sifatida qabul qilinadi. Muammoni yechish vaqti oldindan belgilab olinadi va unga qat'iy amal qilinadi. «Aqliy hujum» o'yini qiyin vaziyat-lardan qutulish chorasini tez topishga, muammoni ko'ra bilish chegaralarini kengaytirishga, fikrlash bir xilligini yo'qotishga va keng doirada tafakkur yuritishga imkon beradi. Bundan tashqari jamoadagi munosabatlar o'zgaradi, kurashish kayfiyatidan ijodiy hamkorlik kayfiyatiga o'tiladi va guruh yanada jipslashadi.
«Tarmoqlar» (Klaster) metodi

Bu usulning ma'nosi - fikrlarning tarmoqlanishi. «Klaster» tex­nologiyasi - pedagogik strategiya bo'lib, u o'quvchi - talabalarni biron - bir mavzuni chuqur o'rganishlariga yordam beradi. O'quvchi - talabalarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma - ketlik bilan uzviy bog'langan holda tarmoqlashlariga o'rgatadi. Bu usul biron mavzuni chuqur o'rganishdan avval o'quvchi - talabalarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda ken­gaytirish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, o'tilgan mavzuni mustahkamlash, umumlashtirish hamda o'quvchi - talabalarni shu mav­zu bo'yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.



« Bumerang» texnologiyasi

Bu texnologiya bir mashg'ulot davomida o'quv materialini chu­qur va yaxlit holatda o'rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo'naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo'lgan mavzularni o'rganishga yaroqli bo'lib, o'z ichiga og'zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi. Har bir mashg'ulot davomida talabalarning turli topshiriqlarni baja-rishi, navbat bilan o'qituvchi yoki talaba, iqtisodchi yoki tadbirkor rolida bo'lishi, kerakli ballni to'plashiga imkoniyat yaratadi.

«Bumerang» texnologiyasi tanqidiy fikrlash va mantiqni shakl­lantirishga imkoniyat yaratadi hamda g'oya va fikrlarni yozma va og'zaki shakllarda bayon qilish ko'nikmalarini rivojlantiradi.

Mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi, ya'ni bo'lajak o`qituvchilarda jamoa bilan ishlash mahorati, muomalalik, xushfe'llik, o'zgalar fikriga hurmat, rahbarlik sifatlarini shakllantirish, ishga ijodiy yondashish, o'z fa­oliyatini samarali bo'lishiga qiziqish, o'zini xolis baholash kabilar.



«Veyer» (elpig'ich) texnologiyasi

Bu texnologiya murakkab, ko'ptarmoqli, mumkin qadar muam­mo xarakteridagi mavzularni o'rganishga qaratilgan. Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo'yicha axborot beriladi va ularning har biri alohida muhokama etiladi. «Veyer» texnologiyasi tanqidiy, tahliliy, aniq va mantiqiy fikrlarni rivojlanti­rishga hamda o'z g'oyalari va fikrlarini yozma va og'zaki shaklda bayon etish hamda himoya qilishga imkoniyat yaratadi.

Ushbu texnologiya mavzuni o'rganishning turli bosqichlarida qo'llanilishi mumkin:


  • boshida o'z bilimlarini erkin faollashtirish;

  • mavzuni o'rganish jarayonida uning asoslarini chuqur fahmlash va anglab yetish;

-yakunlash bosqichida olingan bilimlarni tartibga solish.

Asosiy tushunchalar quyidagilar:

1.Aspekt (nuqtai nazar) bilan predmet, hodisa va tushuncha tekshiriladi.

2.Afzallik — biror narsa bilan qiyoslangandagi ustunlik, imtiyoz.

3.Fazilat — ijobiy sifat.

4.Nuqson — nomukammallik, qoidalarga, mezonlarga nomuvofiqlik.

5.Xulosa — muayyan bir fikrga, mantiqiy qoidalar bo'yicha dalildan natijaga kelish.

Ta'limdan tashqari bu texnologiya tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:



  • jamoa, guruhlarda ishlash mahorati;

  • muammolar, vaziyatlarni turli nuqtai nazardan muhokama qilish mahorati;

  • murosali qarorlarni topa olish mahorati;

  • o'zgalar fikriga hurmat;

  • xushmuomalalik;

  • faollik;

  • ishga ijodiy yondashish;

  • muammoga diqqatni jamlay olish mahorati.

Ta'lim samaradorligini oshirishda «Blits-o'yin», «Chorraha», «Muomala texnologiyasi» kabi ish o'yinlaridan ham foydalanish mumkin. Masalan, «Agar men ... bo'lsam», «Men shunday qilgan bo'lar edim» kabilar.

«Skarabey» texnologiyasi

«Skarabey» interfaol texnologiya bo'lib, u o'quvchi-talabalarda fikriy bog'liq-

likni kuchaytiradi, mantiq va xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi. Talabalarda muammoni hal qilishda o'z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur texnologiya mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o'rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarni aniqlash imkonini beradi hamda turli g'oyalarni ifodalash va ular orasidagi bog'liqliklarni aniqlashga imkon yaratadi.

«Skarabey» texnologiyasi o'quvchi - talabalar tomonidan oson qabul qilinadi, chunki u faoliyatning fikrlash, bilish xususiyatlarini inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. U talabalar tajribasidan foydalanishni ko'zda tutadi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o'tkazish imkoniyatlariga ega. «Skarabey» texnologiyasi alohida ishlarda, kichik guruhlarda va mashg'ulotlar o'tish jarayonida qo'llanilishi mumkin.

«Skarabey» texnologiyasidan o'quv materialining turli bosqichlarini o'rganishda foydalaniladi:


  • boshida - o'quv faoliyatini rag'batlantirish sifatida («Aqliy hu­jum»);

  • mavzuni o'rganish jarayonida - uning mohiyati, tuzilishi va maz­munini belgilash; ular orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar xarakterini aniqlash; mavzuni yanada chuqurroq o'rganish, yangi jihatlarini ko'rsatish;

  • oxirida - olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash maq­sadida.

Mazkur texnologiyaning ayrim afzalliklari sifatida idrok qilishni yengillashtiruvchi chizma shakllardan foydalanishni ko'rsatish mumkin.

Ta'limdan tashqari «Skarabey» texnologiyasi tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:



  • o'zgalar fikriga hurmat;

  • jamoa bilan ishlash mahorati;

  • imkoniyatni ko'rsatish ehtiyoji;

  • xushmuomalalik;

  • ishga ijodiy yondashish;

  • o'z qobiliyati va imkoniyatlarini tekshirishga yordam beradi;

  • «men»ligini ifodalashga imkon beradi;

- o'z faoliyati natijalariga mas'ullik va qiziqish uyg'otadi. Psixotexnik o'yinlar didaktik o'yinlarning o'ziga xos xususiyatiga ega bo'lgan turi hisoblanadi. Bu o'yinlar o'quv jarayonida kerak bo'luvchi malaka, xotira, fikrlash, diqqat va tasavvur kabilarni shakllantiruvchi o'qitish usuli hisoblanadi. Psixotexnik o'yinlar ko'proq o'quvchi - talabalarni bilim, ko'nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.



Mavzu. YOGOCHLARNI PARDOZLASH USULLARI

(ma’ruza – 2 soat, amaliy mashg‘ulot - 2 soat)

III. 1 - §. «Yog‘ochlarni pardozlash usullari» ma’ruzasini olib borish texnologiyasi

Mashg‘ulot shakli

Mavzu bо‘yicha ma’ruza

Ma’ruza rejasi



1.Pardozlash materiallari.

2.Pardozlashda e’tiborga olinadigan yogoch materiallarning xossalari.

3.Yog‘och buyumlarni pardozlash usullari.

4.Himoya-dekorativ parda qatlam turlari va parda qatlamning himoya qilish xususiyatlari.



5.Yogoch va parda qatlamlarining dekorativliligi

О‘quv mashg‘ulotining maqsadi

Yog‘ochlarni pardozlash usullari to`g`risida umumiy tushuncha berish.

Tayanch tushuncha va iboralar

Plyonkali qoplama materiallar, dekorativ plyonkalar, lok-bо‘yoqlar, g‘ovaktо‘ldirgichlar, gruntlash, tekstura sel­lyuloza, lignin, tabiiy smolalar, bо‘yovchi, oshlovchi moddalar, ninabargli daraxt, yog‘och-qirindili va yog‘och-tolali plitalar, shaffof pardoz, shaffofmas pardoz, o‘xshatib pardozlash, maxsus pardozlash usuli, parda qatlam, daraxt yillik halqalari, yelim va sintetik plyonkalar, par­da hosil qiluvchi moddalar, plastifikator va sikkativlar, pigment, axromatik va xromatik ranglar, g‘ovakchalar, kapillyarlar, о‘zak nurlari,

Pedagogik vazifalar:

О‘quv faoliyati natijalari:

ma’ruzaning maqsadi va vazifalari bilan tanishtirish;

ma’ruzaning maqsadi va vazifalarini aytib bera oladilar;

ma’ruzaning tuzilmasi, о‘quv faoliya-tini baholash mezonlari hamda tavsiya qilinadigan adabiyotlar rо‘yxati haqida ma’lumot beriladi;

ma’ruzaning tuzilmasi, о‘quv faoliyatining о‘ziga xos xususiyatlari va baholash shakllarini aytib bera oladilar;

Pardozlash materiallarining tarixi to`g`risida tushuncha berilib, hozirgi zamon pardozlash materiallarining afzalliklari va qo`llanish usullari tushuntiriladi.

Pardozlash materiallarining tarixi to`g`risida tushunchaga ega bo`ladilar, hozirgi zamon pardozlash materiallarining afzalliklari va qo`llanish usullarini tushuntirib bera oladilar.

Pardozlashda e’tiborga olinadigan yog‘och materiallarning xossalaridan g‘ovakligi, qattiq yoki yumshoqligi, teksturasi, rangi, namligi, tolalarining yо‘nalishi va shu kabilar tushuntiriladi.

Yog‘och materiallarning pardozlashda e’tiborga olinadigan xossalarini ta`kidlab, ular to`g`risida to`liq ma`lumot bera oladilar.

Yog‘och buyumlarni pardozlash usullaridan shaffof (tiniq), shaffofmas (tiniqmas), biror narsaga о‘xshatib pardozlash va maxsus pardozlash tushuntiriladi.

Yog‘och buyumlarni pardozlash usullarini tushuntirayotganda ularning har biri to`g`risida alohida to`xtalib bir-biridan farqi, qo`llanish sohalari to`g`risida tushuncha bera oladilar.

Himoya-dekorativ parda qatlam turlari va xususiyatlari tushuntirilayotganda, ishlatilayotgan materialning turi va xossasiga, pardozlash texnologiyasiga va himoya qatlami yuzasining sifat kо‘rsatkichlariga bog‘liq ekanligi ta`kidlanadi.

Himoya-dekorativ parda qatlam turlari va xususiyatlari to`g`risida tushuncha-ga ega bo`ladilar, ishlatilayotgan materiallarning turi va xossasiga, pardozlash texnologiyasiga va himoya qatlami yuzasining sifat kо‘rsatkichla-riga bog‘liq ekanligini misollar orqali tushuntirib beradilar.

Yog‘ochning dekorativliligiga uning rangi, yaltiroqligi va teksturasi, parda qatlamlarining dekorativliligiga esa ularning optik xususiyatlari, rangi va yaltiroqligi asos bo`lishi tushuntiriladi.

Yog‘ochning dekorativliligini tushunti-rayotganda uning rangi, yaltiroqligi va teksturasi to`g`risida ma`lumot beradi-lar, parda qatlamlarining dekorativliligi ularga ishlatilayotgan materiallarga bog`liqligini tushuntirib bera oladilar.

О‘qitish vositalari

ma’ruza matni, kompyuter slaydlari, doska

О‘qitish usullari

ma’ruza, namoyish, blits-sо‘rov, «Veyer» (elpig'ich) texnologiyasi

О‘qitish shakllari

frontal, kollektiv ish

О‘qitish sharoiti

Texnik vositalar (kompyuter, mul-timedia proektor) bilan ta’minlangan, guruhlarda ishlash usulini qо‘llash mumkin bо‘lgan auditoriya.

Monitoring va baholash

Suhbat, kuzatish, savol-javob

«Yog‘ochlarni pardozlash usullari» ma’ruza mashg`ulotining texnologik xaritasi

Ish bosqichlari

О‘qituvchi faoliyatining mazmuni


Izoh


Tinglovchi

faoliyatining mazmuni



1-bosqich.

Mavzuga kirish

(20 min)


1.1.Ma’ruzaning rejasi, asosiy mazmuni bilan tanishtiradi. Reyting-baholash tizimini tushuntiradi.

1.1-ilova

Tinglaydilar

1.2.Mazkur ma’ruza bо‘yicha amaliy mashg‘ulot, uning ma’ruza bilan uzviyligi haqida qisqacha ma’lumot beradi. Asosiy adabiyotlarning rо‘yxati bilan tanishtiradi. О‘quv dasturi va tarqatma materialni tinglovchilarga tarqatadi.



Yozadilar,

tinglaydilar



1.3.Blits-sо‘rov usulida mavzu bо‘yicha ma’lum bо‘lgan tushunchalarni sanab berishni sо‘raydi

1.2-ilova

Tushunchalarga javob beradilar

2 -bosqich.


Asosiy bо‘lim
(50 min)

2.1.Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar bilan tanishtiradi.




Tinglaydilar

2.2.Ma’ruza rejasining 1-4 punktlari bо‘yicha tushuntiradi, har bir punkt nihoyasida umumlashtirib boradi. Jarayon kompyuter slaydlarini namoyish qilish bilan olib boriladi.


1.4-ilova

Komp’-yuter slay-dlari



Tinglaydilar. Tarqatma materiallar tо‘plamida keltirilmagan qirralarini konspekt qilib boradilar.

2.3.Tayanch iboralarga qaytiladi. Tinglovchilar ishtirokida ular yana bir bor takrorlanadi (“Veyer” (yelpig`ich) usulida). Mavzuga oid bо‘lmagan iboralar olib tashlanib, kerakli tushuncha va iboralar qо‘shiladi.

1.3-ilova


Har bir tayanch tushuncha va iboralarni muhokama qiladilar.

Barcha ma’lumotni tizimlashtiradilar. Konspekt qiladilar.


3-bosqich.


Yakun-lovchi
(10 min)

3.1.Mavzu bо‘yicha yakunlovchi xulosalar qiladi. Mavzu bо‘yicha olingan bilimlarni qaerda ishlatish mumkinligini ma’lum qiladi.




Savollar beradilar

3.2.Mavzu maqsadiga erishishdagi tinglovchilar faoliyati tahlil qilinadi va baholanadi.







3.3.Mavzu bо‘yicha mustaqil о‘rganish uchun topshiriqlar beradi.

1.4-ilova

Topshiriqni yozib oladilar

3.4.Mavzu bо‘yicha bilimlarni chu-qurlashtirish uchun adabiyotlar rо‘yxatini beradi.




Yozadilar

3.5.Keyingi mazvu bо‘yicha tayyorlanib kelish uchun savollar beradi.



Yozadilar


1.1-ilova
1   2   3


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət