Ana səhifə

Asal haqida shifodan go'zallikkacha!


Yüklə 203.5 Kb.
səhifə3/3
tarix24.06.2016
ölçüsü203.5 Kb.
1   2   3

INTOKSIKASIYADA - Erman o'simligini quritib Maydalanganidan 1 choy qoshiq miqdorda olib, unga qaynatib iliq holga keltirilgan 0,5 suv quyasiz. Uni 10 minut davomida past olovda qaynatasiz va 2-3 soatga tindirib qo'yasiz. Undan yarim piyola olib bir choy qoshiq asal solib aralashtirib bir kunda 3 marta ovqatdan yarim soat oldin 15-20 tomchidan ichasiz. 

QON TOMIR VARIKOZIDA 
1. qulmoq g'uddalarini maydalanganidan 2 osh koshiq miqdorda olib unga 0.5 litr suv quyib 15 minut davomida qaynab turgan suvda qaynatasiz, so'ngra sovuting 30-40 minut tindiring, suzib oling, undan ovqatdan yarim soat oldin bir kunda 3 martadan bir piyoladan iching. Shu eritmani dokaga shimdirib qon tomir shishgan joyga bog'lang. 
2. Bir bo'lak bo'z yoki boshqa ipli matoga asal surtib asalli tomonini bo'rtgan tomirlar ustiga qo'yib, ustidan polietlin plyonka o'rab doka bilan bog'lang. Birinchi kuni bunday kompress 2 soat tursin, ikkinchi va uchinchi kunlari 4 soat ushlab turing. Keyingi kun esa kompressni kechasi bilan qoldiring. 45-50 kompressdan keyin shifo topasiz. 
3. 2 osh qoshiq quritib maydalangan qulmoq (xmel) o'simligi bo'g'irsoqlarini 0.5 litr qaynoq suvga solib 15 daqiqa suv bilan bug'ida ushlab turiladi. 30-40 daqiqa damlangandan so'ng dokadan o'tkazib, 3 mahal 1 stakandan ovqatdan yarim soat oldin ichib turiladi. Undan tashqari, qulmoq damlamasiga dokani botirib shishgan qon tomirlariga ko'yiladi, bir vaqtning o'zida yarim choy qoshiq asalari gul changidan 2-3 mahal iste'mol qilinadi. 

QULOQ BITGANDA
1. Propolisning 10 foiz li spirtdagi eritmasini 1:2 nisbatda o'simlik moyi bilan aralashtirasiz. Dokani quloqni ichiga kiradigan qilib unga shu aralashmani shimdirib 24 soatga quloq ichiga tiqib qo'ying. Davolanish muddati 6-7 kun.
2. 200 gramm sarimsoqni go'shtqiymalagichdan o'tkazib, unga 200 gramm 96 gradusli tibbiy spirt quyib qora mato bilan o'ralgan idishda og'zini mahkam berkitib 10 kun davomida aralashtirib turib, tindiring. Keyin unga 50 gramm asal, 30 gramm propolisni 20 darajali tindirilmasini (dorixonada sotiladi) qo'shing. Aralashmani bir kunda 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin bir osh qoshiqdan ichib turing. 

BRONXITGA - Bir osh qoshiq aloy sharbati, 100 g tuzsiz sariyog', 100 g cho'chqa yoki g'oz yog'i 110 g tabiiy asal va 50 g kakao olib aralashtiring. Bir stakan qaynoq sutga bir osh qoshiqdan aralashtirib kuniga ikki martadan ichib borilsa, bronxit va o'pka-sil kasalliklari shifo topadi. 

SIL KASALLIGI - Bir stakan asal, bir stakan echki yog'i, 1 osh qoshiq oq qayin suvi aralashtiriladi. Past olovda qizdiriladi va so'ngra olib qo'yilib, ikki soatga tindiriladi. Aralashmani kuniga 3 marta bir osh qoshiqdan ichib boriladi. Ayiq yog'iga barobar miqdorda asal aralashtirib kuniga uch marta ichib borilsa, o'pka sil kasalligi daf bo'ladi. 

JIGAR KASALLANGANDA - Bir stakan turp sharbati teng miqdordagi asal bilan obdon aralashtiriladi. Jigar, o't va oshqozon kasalliklarida kuniga uch marta bir osh qoshiqdan ichib boriladi. 

HUSNBUZARNI DAVOLASH - Yangi siqilgan 1 stakan bodring suviga 1 choy qoshiq asal yaxshilab aralashtiriladi va yuzga surtiladi. 30-40 minutdan so'ng sovuq suv bilan yuvib tashlanadi. 

ERKAKLARGA MASLAHAT - 50 ml qaynatilgan suvga 1 choy qoshiq asal solib aralashtiriladi va bu aralashma soqol olingandan so'ng yuzga surtiladi. Asalli suv yuz terisini turli mikroblardan tozalaydi va yuzning tiniq bo'lishini ta'minlaydi. 

TUZ YIG'ILGANDA - 250 gramm petrushka o'simligining ildizi, shu o'simlikning barglaridan 150 gramm, 250 gramm limon po'stlog'ini go'shtqiymalagichdan o'tkazing. Bularning hammasiga 300 gramm asal qo'shib aralashtiring. Aralashmani 1 kun tindiring va bir kunda 3 mahal ovqatdan bir soat oldin 1 osh qoshiqdan iste'mol qiling. Davolanish muddati 3 oy so'ngra 1 oy tanaffusdan so'ng yana takrorlang. Jami muolajalar sonini 3-4 taga yetkazing. 

BEL OG'RIGANDA - Er qalampir (xren) ildizini qirg'ichdan chiqarib, yana shuncha xom kartoshkani ham qirg'ichdan o'tkazib unga 1osh qoshiq asal qo'shib aralashtiring. Belga istalgan moydan yaxshilab surtgandan keyin aralashmani qo'yib, yelim parda bilan yopib jun ro'mol bilan bog'lab oling. Birinchi martada nafini sezmaysiz. 5 kun davomidagi muolajadan keyin bel og'rig'i qoladi. 

SEMIZLIKDA 
1. Asalni bir osh qoshiqdagisini qaynatib iliq holga kelgan 100 ml suvda eritib ertalab nahorga iching. Keyin 2 soat davomida hech narsa yemang. Kechqurun uyquga yotishdan 2 soat oldin och qoringa yana 100 ml iching. Shu muolajani 1 oy davomida takrorlang. 1-2 xaftalik tanaffusdan so'ng yana davom ettirshingiz mumkin. 
2. 100 ml qaynatib iliq holga kelgan suvga 1 osh qoshiq asal solib aralashtirib ertalab nahorga ichib turing. Shundan keyin 2 soat ovqat yemang. Kechqurun ovqatdan 2 soat oldin takrorlang. Muolaja muddati 1 oy, lozim bo'lsa 1-2 haftadan keyin takrorlang. 

SOCH TO'KILGANDA 
1. Boshingizni yaxshilab yuvib arting, qurisin. Unga 15-20 famm miqdordagi asalni bir tekis qilib surting. Bir soat atrofida shunday tursin. Keyin iliq suv bilan yuvib tashlang. Agarda bir osh qoshi q dagi asalni qaynatib iliq holga kelgan suvda eritib shu vaqgda ichib tursangiz muolajaning nafi ortadi. 
2. Propolisni spirtdagi 10 foiz li eritmasini boshingizga surkang. Shu eritma bilan sochingizni chayqang. Bu muolaja sochingizni tez o'stiradi. 
3. Bir bosh sarimsoqpiyoz, bir osh qoshiq qatiq, bir choy qoshiq asalni aralashtirib 20 daqiqa muddatga soch ildiziga surtib qo'ying. Bu muolajani har 2 kunda bir, 10 marta taqqoslang. 

O'PKA SILI, OSHQOZON YARASIDA - Aloy o'simligining 5-1 yoshli barglaridan 1kg miqdorda olasiz, bargni yon qismidagi tikanlarini kesib tashlang. hammasini go'sht qiymalagichdan o'tkazing. Unga 0.5 kg toza asal va 1.2 litr miqdorda qizil vino qo'shib aralashtirib qorong'uda 5 kun saklang. Dastlabki besh kunda, bir kunda ovqatdan oldin bir choy qoshiqda, keyin bir osh qoshiqda 2 martadan iste'mol qiling. Bu tayyorlangan narsa o'pka sili, oshqozon yarasida, gripp, nafas yo'li kasalliklarida yaxshi naf beradi. 

SARIQ KASALLIGIDA - Asal va olma sharbatini teng mikdorda aralashtirib ertalab nahorga va kechqurun uyquga yotish oldidan 50 mldan ichib turing. 

SOVUQLIK OSHGANDA - Asal, dolchin va anor sharbatidan teng miqdorda olib 15 daqiqa past olovda qaynatiladi. Undan 10 kun davomida bir kunda 3 mahal 2 osh qoshiq miqdordagisini ichib yuriladi. 

KO'KRAK MASTITIDA - Asal va kungaboqar moyini teng miqdorda aralashtirib biroz muddat qaynating. Undan kasal ko'krakka kompress kabi qo'yib bog'lab ustidan ro'mol bilan bog'lab oling. Shifo topasiz. 

QULOQ OG'RIGANDA - Bir bo'lak bintni yangi asalga botirib quloqqa tiqib ko'ying. Bintni tortib chiqarish uchun uning bir uchini chiqaring. Ustidan paxta tiqib ko'ying. Shunday holda 3 kun tursin. 

KINDIK CHIQQANDA - Kindik chiqsa kiyik o'ti talqoniga pishirilgan oshqozoq qo'shib unga teng miqdorda asal qo'shiladi va uni aralashtiriladi. Shundan keyin bir kunda 2 mahal 3 kun moboynida kindik chiqqan joyga bog'lanadi. 

KO'P TERLASHDA - Yarim kilo asalga yarim kilo pishirilgan oshqovoq qo'shib aralashtiring, 2 soat tindirib, bir kunda 3 mahaldan 5 kun davomida bir piyolasini 5 kun mobaynida nahorga ichasiz. 

IMMUNITETNI OSHIRISHDA - Asal, asalari mumi, asalli mahsulotlar biologik faol quvvatga ega bo'lib immunitetni kuchaytiradi. 

TANA VAZNINI MUVOFIQLASHTIRISH - 1 osh qoshiq asalni sovutilgan 100 g qaynoq suvga obdon aralashtirib, nahorda ichiladi. 2 soat mobaynida hech narsa yeyilmaydi. Kechqurun yotishdan 2 soat oldin xuddi shu muolajani takrorlash kerak. Muolaja 1 oy davom etadi. Boshni yuvib bo'lgandan so'ng 15 g asalni yaxshilab ildiziga surtib 30-60 daqiqadan so'ng iliq suvda asal yuvib tashlanadi. Bu muolajani soch to'kilishida ishlatish lozim. Natijasi yanada yaxshiroq bo'lishi uchun, 4 osh qoshiqda asal ham ichib turiladi. 

OQ DOG'LAR - 2 osh qoshiq quritib tuyulgan sariq choy (zveroboy) ni 1 stakan qaynatilgan suvga solib, bug'langunga qadar qaynatiladi. Tayyor bo'lgan qaynatmani kasallangan joyga yaxshilab surtiladi. Bir vaqtda 1 osh qoshiq asalni qaynatilgan suvga aralashtirib 2-3 mahal iste'mol qilib turiladi. 

BALG'AMNI KETKAZISHDA - 300 gramm asalga 20 gramm murch talqonini obdon aralashtirib, bir kunda 3 mahaldan 7 kun davomida bir choy qoshiq miqdordagisini ertalab nahorga ichasiz. 

BITISHI QIYIN YARALARDA 
1. 80 gramm asal, 20 gramm baliq moyi, Zgramm kseroform kukuni (aptekada bo'ladi) olib aralashtirasiz va yuvib tozalangan yaraga bog'laysiz.
2. 50 gramm evkalipt bargiga 0.5 litr suv quyib, 5 daqiqa davomida dimlanadi va suzib olinadi. Unga 2 osh qoshiq asal qo'shib obdon aralashtiriladi. Tayyor bo'lgan damlama bilan yara va jaroxatlar yuviladi. 

MADORSIZLIQDA - O'rik bargini maydalaysiz, unga yong'oq bargi va mayizdan 400 grammdan olib ularni 200 gramm asal bilan aralashtirasiz. Bir kun tindirganingizdan keyin ovqat oldidan bir kunda 3 marta 1 osh qoshiq miqdordagisini iste'mol qiling. 

O'T PUFAKDA TOSH BO'LSA - Bir choy qoshiqdagi asalga bir choy qoshiq miqdorida kungaboqar moyini ohista soat mili yo'nalishida aralashtiring. Undan bir qoshiqni og'izga solib sekin so'rasiz. Ushbu muolajani 10 kun bajaring. 

STOMATIT, ANGINADA - 1 osh qoshiqdagi moychechak gulini bir piyola qaynoq suvda 10 daqiqa muddatga damlab qo'ying. Uni sovutib suzib olganingizdan keyin 1 choy koshiq asal qo'shib aralashtiring. Ushbu aralashma bilan og'izni chayqab, g'arg'ara qiling. 

BOLALARDA ICH YURISHMASA - 5-8 yoshli bolalarda ich yurishmay qolganda 10-20 gramm asalni qaynatib sovutilgan suvga aralashtirgandan keyin huqna qiling. 30 gramm asalni bir piyola sutga qo'shib aralashtirib kechqurun yotish oldidan ichiring. 

ASALLI ZIYNAT (Kosmetika) 
- Asalning shifobaxsh moddalarga boyligi tufayli uni pardoz andoz (kosmetika) ishlarida, teriga jilo-ko'rkamlik baxsh etish, yuzning go'zalligini saqlash maqsadida undan turli malham - surtmalar tayyorlanadi. quyida teri va yuz holatlariga ko'ra muvofiq keluvchi bir qancha asalli malhamlar tayyorlash tartibi va tarkibini e'tiboringizga havola etamiz. Bir choy qoshiq asalni glisirin va tuxum sarig'iga o'z miqdoricha aralashtirib, yuzga surtasiz. Bu terini tiniqlashtiruvchi, silliqlovchi va oziqlantiruvchi niqob bo'ladi.
- 2 osh qoshiq iliq moyini bir osh qoshiq asalari mumiga qo'shib, asta qaynatiladi. Unga yana bir oshqoshiq o'simlik moyini aralashtirasiz. hosil bo'lgan surtma quruq teriga muvofiq keladi. 
- 3 osh qoshiq asalga yarim choy qoshiq yanchilgan kofe, aralashtiriladi. Uni yuz va peshonaga, lab atrofiga surtish bilan birga ohista uqalanadi. Niqobni 20 daqiqadan so'ng namlangan latta bilan artib tashlanadi. Bu niqobning yuzni tozalash va tiniqlashtirishdagi samarasi juda yaxshi.
- 3 qoshiq asalni bir osh qoshiq yanchilgan yalpizga aralashtirib, 20 daqiqa atrofida yuzga niqob qilasiz.
- Quritilgan atirgulning gulbargidan 2 osh qoshiq olib, tuyilgan holda shuncha miqdordagi asalga yaxshilab aralashtirasiz. Yuz va dahan atrofiga nafis holda surtib, 15-20 daqiqadan so'ng iliq suvda chayib olasiz. 
- Uch dona bodom mag'zini ezib, uni bir choy qoshiq zaytun moyiga aralashtirasiz. Ustiga bir osh qoshiq asalni qo'shib iylaysiz. Bu aralashmani yuzga surtgach, 20 daqiqadan so'ng namlangan matoda asta artib olasiz. Bir osh qoshiq ko'k choy ustiga teng miqdorda qaynoq sut qo'shib besh daqiqa dam yedirasiz. So'ng ikki osh qoshiq asalni aralashtirib yuzga niqob qilasiz. 15-20 daqiqadan so'ng yuvib tashlash mumkin.
- Iste'moldagi oshqovoqdan bir osh qoshiq miqdorida qirib olib, ikki osh qoshiq asal bilan qorishtirasiz. Yuzni tiniqlashtiruvchi bu niqob ham 15-20 daqiqadan keyin yuvib tashlanadi.
- Ikki osh qoshiq asalga bir osh qoshiq suli unini aralashtirib, ustidan bir osh qoshiq qaynatilgan sut quyiladi. hosil bo'lgan surtma terini bejirim saqlash uchun ishlatiladi. Muolaja muddati 15 daqiqa. 
- Bir osh qoshiq asal va shuncha miqdordagi qirg'ichdan o'tkazilgan sabzi aralashtiriladi. Ustiga bir choy qoshiq bodom yog'i qo'shiladi. Uni qo'llash yuqoridagi surtmalar kabidir. 
- O'rtacha kattalikdagi olma qirg'ichdan o'tkazilib, bir osh qoshiq limon sharbatiga bo'ktiriladi. Ikki osh qoshiq asal va bir osh qoshiq sut aralashtiriladi. hammasi bir biriga qo'shiladi. hosil bo'lgan bo'tqa yuzga niqob qilinadi. 15-20 daqiqadan keyin yuviladi. Yuqoridagi asalli surtmalardan barcha turdagi yuz terilarini tiniqlashtirish, tozalash maqsadida qo'llash mumkin. Yog'li terilar uchun quyidagicha asalli kremlar tayyorlash mumkin. Shuni alohida eslatib o'tamizki, bu niqob uchun tayyorlanadigan kremlar yuzga surtilgach, albatta 15-20 daqiqadan so'ng iliq suvda asta chayib tashlanadi. Artinmasdan quritiladi. Niqoblarni dam olish kunlarida, yotishdan oldin qo'llash maqsadga muvofiq. Biz tav-siya qilayotgan malhamlar bir martalik bo'lib, uni yangi-yangi tayyorlagan ma'qul.
- Ikki osh qoshiq asal va po'chog'i bilan bir tilim limon birgalikda aralashtiriladi.
- Nordon olmani qirg'ichdan o'tkazib, limon sharbatiga aralashtiriladi. Bir choy qoshiq suli uni va ikki osh qoshiq asal qo'shilib, hammasi aralashtiriladi.
- Yuqoridagi tarzda va miqdorda karam, shaftoli, moy-chechak, suzma, tirnoqgulni alohida holda asalga aralashtirib surtma tayyorlash va qo'llash mumkin.
- Quruq terilar uchun esa alohida alohida har bir asalga qo'shiluvchini olib surtma tayyorlash mumkin. Bir osh qoshiq asalga tengma-teng olxo'rini ezib qo'shiladi. Yarim choyqoshiqlimon sharbati ham aralashtiriladi. Shu tarzda shaftoli moyi, oshqovoq qirmasi, bodom yog'i, maydalangan zig'ir, apelsin po'chog'ini aralashtirib kremlar tayyorlash va foydalanish mumkin. Yosh teri ya'ni sog'lom yuzlar uchun bir osh qoshiq asalni shuncha miqdordagi qirg'ichdan o'gkazilgan bodring, shaftoli, olma, anor sharbatiga qo'shib ishlatish tavsiya qilinadi. Yuzlarida yengil toshma, cho'tirlik yoki notekislik aks etgan ko'rinishlarda asalni olma sirkasi, qatiq, maydalangan qichitqi (krapiva) o't, suzma, yanchilgan gurunch unini aralashtirib surtiladi. Va odatdagidek, 15-20 daqiqadan so'ng yuvib tashlanadi. 
1   2   3


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət