Ana səhifə

Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Yüklə 469 Kb.
səhifə4/5
tarix26.06.2016
ölçüsü469 Kb.
1   2   3   4   5

III BOB. Talaba - yoshlarni ma’naviy shakillantirish bo’yicha oila, mahalla va oliy o’quv yurtlari hamkorligi va tajriba- sinov natijalari

3.1. Talaba - yoshlarni ma’naviy shakillantirishda OO’Yu, oila va mahalla hamkorligi

Davlatimiz mustaqilligining mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy tarbiya va boshqa sohalardagi islohotlarining taqdiri, yurtimizning buyuk kelajagini barpo etish fuqarolarning, ayniqsa yosh avlodning ma’naviy-axloqiy tarbiyalanganlik darajasiga, yuksak ongiligi, ijtimoiy faolligiga bevosita bog’liq. Shu bois mamlakatimiz mustaqillikining dastlabki kunlaridan boshlab ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalariga davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida alohida e’tibor qaratib kelmoqda.

Zero, ta’dim-tarbiyani takomillashtirishda ham davlat bosh islohotchidir.

Ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlardan asosiy maqsad quyidagilardir:

Birinchidan, ijtimoiy siyosiy iqlimga ijobiy ta’sir ko’rsatishga umuman mamlakatdagi mavjud muhitni butunlay o’zgartirishga;

Ikkinchidan, inson hayotda o’z o’rnini topishini tezlashtirishga;

Uchinchidan, jamiyatga mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakillantirishga;

To’rtinchidan, insondagi mavjud salohiyatni to’la ro’yobga chiqarishga;

Beshinchidan, ongli, tafakkuri ozod, zamonvaiy dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga voris bo’lgan, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etadigan komil insonlarni tarbiyalashga qaratilgan.

Yoshlar ongini zaharlashga qaratilgan turli tahdidlar, ma’naviy xurujlar avj olgan bugungi murakkab sharoitda xushyorlik va ehtiyotkorlik zarurligini barchamiz angladik va his etib turibmiz. Chunki “ommaviy madaniyat” niqobi ostida yoshlar qalbiga chuqurroq kirib ularning ma’naviyatini zaharlashga o’rinayotgan “kuch”lar har birimizni tashvishga solmoqda. Muxtaram yurtboshimiz I.Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asarida, “Tabiiyki, “ommaviy madaniyat” degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo’ravonlik, individualizm, egosentrizm g’oyalarini tarqatish, kerak bo’lsa, ushning hisobidan boylik ortirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo’porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo’ymaydi” [3,117].

Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog’liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xaf solmoqda va ko’pchilik butun jahonda bamisoli bolo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish naqadar muhim ekanini anglab olmoqda” deb ta’kidlab o’tadi.

Shu boisdan ham yoshlar o’rtasida ma’rifiy targ’ibot tadbirlari tashkil etilib, ularni yot g’oyalar ta’siriga tushib qolishini oldini olish choralarini ko’rish bugungi dolzarb vazifadir.

Jamiyat hayotida tarbiyaviy ish hamisha dolzarb bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi. Shu bois XX asrning jonkuyar pedagogi Abdulla Avloniy “Tarbiya bizlar uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidur”- deb ta’kidlaganligi bugun o’z tasidig’ini topmoqda. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya ishini davlat darajasidagi ustuvor vazifaga aylantirilishi ham jamiyatimizda yoshlarni ma’naviy barkamol, kuchli, bilim va yuksak taffakurga ega bo’lgan kadrlar qilib tarbiyalashda qanchalik muhim ish ekanligining isbotidir. Yosh avlodni ma’naviy tarbiyasida oila va mahallaning o’rni beqiyos ekanligi, ular o’rtasida o’zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish va takomillashtirish zarurligi oydinlashmoqda.

Yosh avlodni tarbiyalashda oilaning vazifalari:



  • oilada sog’lom muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarzini hisobga olish, farzandlar uchun ota-ona har tomonlama ibratli bo’lishi, farzandlarning ota-onaga, Vatanga muhabbat tuyg’usini shakllantirish, o’zaro g’amxo’r bo’lishni ta’minlash:

  • oilada huquqiy tarbiyani yaxshilash, oila a’zolarini o’z huquq va burchlarini anglab yetishlarini va ularga rioya qilishlarini ta’minlash:

  • farzandlarga chuqur dunyoviy bilim asoslarini berish, ularni ma’rifatli va ma’naviyatli kishilar qilib yetishtirish:

  • bolalarning ma’naviy barkamol va jismonan sog’lom bo’lishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy muhitni yaratish:

  • bolalarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, istiqlol g’oyalari va milliy tafakkurga sadoqat ruhida tarbiyalash:

  • bolalarning bo’sh vaqtlarini pedagogik nuqtai nazardan kelib chiqib mazmunli tashkil qilish, ularga qo’shimcha ta’lim berish:

  • farzandlarida mavjud bo’lgan iste’dod kurtaklarini rivojlantirish uchun zarur sharoitlarini yaratish:

  • o’z farzandarimizning OO’Yu, mahalla, davlat va jamiyat oldidagi burchlarini to’la ado etishlari uchun oilada mas’uliyatli bo’lish:

  • ota-onalar o’zlarining pedagogik va psixologik bilim saviyalarini doimo oshirib borish:

  • bolalarda tejamkorlik va mshbmlarmonliklarning ma’naviy axloqiy tomonlarini shakillantirish:

Yoshlarni tarbiyalashda mahallaning vazifalari:

  • mahalla faollari tomonidan tarbiya muassasalari bilan birgalikda ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshirilishi kerak bo’lgan masalalarni muhokama qilishda qatnashishi va oqilona yechimlarini topishda faollik ko’rsatish:

  • ma’nan nosog’lom oilalarni mahalla yig’inlarida muhokama qilish, ularga nisbatan jamoatchilik choralarini ko’rish:

  • mahalla hududidagi o’quv-tarbiya muassasalariga iqtisodiy va ijtimoiy yordam ko’rsatishni qo’llab-quvatlash:

  • ota-onalar orqali talabarga tashabuskorlik, mehnatsevarlik, milliy g’urur, vatanparvarlik, milliy odob, baynalmilallik kabi xislatlarini singdirishni har tomonlama rag’batlantirish:

  • yoshlarn diniy mazxablar va sektalar, aqidaparastlikning mohiyatini to’g’ri anglab yetishiga ota-onalar orqali ta’sir ko’rsatish, ulug’ ajdodlarimizning tarbiyaviy o’gitlarini singdirib borishga jamoatchilikni safarbar qilish:

  • turli jamg’armalar, xotin-qizlar qo’mitalari, turli jamiyatlar birlashmalar va ijodiy uyushmalarning yoshlarni milliy istiqlol g’oyalari asosida tarbiyalash ishiga, muamoli masalalarning yechimini topishga faol jalb qilish:

  • mahalla hududidagi ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarning imkoniyatlarini o’quv-tarbiya muassasalari moddiy-texnik negizini mustahkamlashga jalb qilishga ko’maklashish:

  • mahalla hududida o’quv-tarbiya muassasalari bilan birgalikda turli ko’rik-tanlovlar, sport musobaqalari, anjumanlar, bayram va bellashuvlar tashkil qilish, turli yo’nalishlarda iqtidori bo’lgan yoshlarni ijtimoiy va moddiy jihatdan qo’llab-quvatlash:

  • ta’lim va tarbiya berishda ijobiy natijalarga erishayotgan namunali oilalar hayoti tajribasini ommalashtirib, mahalla hududida “oila saboqlari” mashg’ulotlarini tashkil qilish:

  • mahallada istiqomat qilayotgan xalq ustalari, san’atkorlar, ziyolilar va barcha ijod ahlining imkoniyatlaridan foydalanib turli to’garak va klublar faoliyatini tashkil qilish:

  • yoshlarda O’zbekistonga, uning tabiatiga muhabbat, tarixiga qiziqish, milliy urf-odatlarimizni asrab-avaylash, mamlakatmiz rivojiga o’z hissasin qo’shish, mahalla obodonligi, aholi uchun javobgarlik hissini shakllantirish:

  • huquqiy, ma’naviy, ma’rifiy, tarbiyaviy, ijtimoiy tushunchalar berish uchun OO’Yu bilan hamkorlikda turli tadbirlarni amalga oshirish:

  • turar joylarda, mahallalarda olib borilayotgan barcha tarbiyaviy, ma’naviy, ma’rifiy, madaniy-ommaviy va sport tardbirlari markazi mahalla bo’lishiga erishish .

Yuqorida ko’rsatilganidek, mahalla azaliy udumlar, urf-odatlar va an’analarga tayangan holda ulkan ma’naviy tarbiya vazifasini bajaradi. Keksalarning pand-nasihati, kattalarning shaxsiy ibrati, jamoaning hamjihatligi orqali odamlar ongiga ezgulik g’oyalari singdirilib boriladi.

Mahallada kuchli ta’sir kuchiga ega bo’lgan jamoatchilik fikri mahalla ahlining, ularning xulq-atvorini, o’zaro munosabatlarini adolat va ma’naviy mezonlar asosida tartibga solib turadi.

Mahallada keng jamoatchilik o’rtasida g’oyaviy-mafkuraviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali yo’lga qo’yish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Ayniqsa, har bir kishi qalbida milliy qadriyatlar, mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, el-yurt sha’ni uchun kurash, o’zaro yordam kabi fazilatlarni tarkib topishida mahallaning o’rni beqiyos.

Yoshlarimizni ma’naviy yetuk bo’lib yetishishida oila va mahalla birday mas’ul. Buning uchun birinchi navbatda ota-ona, mahalla har jabhada yoshlarga ibrat, o’rnak bo’lishi lozim. Yoshlarni ma’naviy tarbiyalashda oila va mahalla o’zaro hamkorlikda faoliyat ko’rsatsa, bu ikki tarbiya maskani tarbiya ishida katta samaradorlikka erishishi mumkin.

Oilada yoshlar tarbiyasini to’g’ri yo’lga qo’yishda mahalalarning o’rni kattadir. Chunki mahalla kishilarni birlashtiradigan, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan jamoa vazifasini bajarib kelgan.

Har bir oila biron-bir tadbir o’tkazmoqchi bo’lsa, avvalo mahalla bilan maslahatlashishga, turli xil muammolarni shu yerda hal qilishga harakat qilganlar. Shuning uchun ham milliy qadriyat hisoblanadiyu yillar davomida mahalalarda yangi yangi ma’naviy, ilmiy qadriyatlar vujudga kelgan, shakllangan va rivojlangan, xalqimizning turmush tarziga singib borgan.

Keyingi vaqtlarda Respublikamiz mahallalarida madaniy va ma’rifiy ishlarni keng yo’lga qo’yish bo’yicha, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan ishlarni amalga oshirishga katta e’tibor berilmoqda.

Joriy yilda Respublikamiz miqyosida mahalalar tomonidan o’n to’qqiz mingdan ziyod ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilgan. Jumladan, Qoraqalpog’iston Respublikasida 1192ta, Andijon viloyatida 7340ta ,Buxoro viloyati 279ta, Jizzax viloyatida 239ta, Navoiy viloyatida 249ta, Namangon viloyatida 861ta, Toshkent viloyatida 2349ta, Samarqand viloyatida 3686ta ijtimoiy va ma’naviy muhitni sog’lomlashtirishga qaratilgan turli uchrashuvlar, tadbirlar o’tkazilib bu tadbirlarga yoshlar keng qamrovli jalb etildi. O’tkazilgan tadbirlar ta’sirchanligini oshirish, maqsadida turli videoroliklar, jonli tasviriy vositalar, televideniya va matbuotdan keng foydalanganligi ayni muddao bo’ldi.



Hozirgi vaqtda Samarqand viloyatida 1094ta mahalla mavjud. Mahallalarning barchasida “Yoshlar bilan ishlash komissiyasi” vakillari va faollar hamkorlikda ish reja va chora - tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Ushbu dastur asosida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Mahallalarda amalga oshirilgan ma’naviy tadbirlarga va uchrashuvlarga 2011-2012 yillar davomida 490 mingdan ziyod aholi jalb etilgan. Bularning ko’pchiligini mahalla yoshlari jumladan, maktab o’quvchilari, kollej va lisey, oliy o’quv yurtlari talabalri tashkil etdi.

Samarqand viloyatining mahallalarida 2012-yilning I choragi davomida amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar Samarqand shahrida 914tani, Kattaqo’rg’on shahrida 198tani, Bulung’ur tumanida 263tani va h.k tashkil etib, ularda “Mustahkam oila-jamiyat tayanchi”, “Oila tinch-yurt tinch”, “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”, ‘‘Ma’naviyat insonni ulg’ayishi va kuch-qudrat manbai’’, “Ma’naviyatga tahdid-o’zligimiz va kelajagimizga tahdid’’ , “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz taraqqiyoti poydevori”, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik jamiyat barqarorligi kafolati”, “Kichik biznes vva xususiy tadbirkorlik yili: mazmun va mohiyat”, “Oila-el yurt tayanchi”, “Yoshlar va sog’lom turmush tarzi”, “Diniy ekstremizmga qarshi yuksak ma’naviyatimizni qurol qilaylik”, “O’zbekiston yoshlari mutasiflik xavfi tarafdori emas”, “Biz missionerlikka qarshimiz”, “Men ekstremizmni qanday tushunaman”, “Ajdodlarga munosib avlod bo’laylik”, “O’zbekiston - biz sening sodiq farzandimiz”, “Ajdodlar merosi-milliy tarbiya asosi”, “Dinlararo bag’rikenglik”, “Milliy armiyamiz-mustahkamligimizning tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolati”, “Mardlar qo’riqlaydi Vatanni”, “Xushyorlik va sergaklik- zamon talabi”, “Urf-odatlarimiz va qadriyatlarimiz”, “Mirzo Ulug’bek”, “Odam savdosi- qullik balosi”, “Giyohvandlik illat”, “Terorizm-taraqqiyot dushmani”, “Amir Temur jahon nigohida”, “Mirzo Ulug’bek jahon ilm-faniga qo’shgan hissasi”, “Alisher Navoiy ma’naviyati”, “2012 yil mustahkam oila yili”, “Buyuk va muqaddassan mustaqil Vatan”, “Zahriddin Muhammad Bobur-buyuk shoir va davlat arbobi”, “Vatanni sevmoq-iymondandur”, “Vatan va millat muqaddasdir”, “XX1 asr yoshlari:milliy ma’naviyat va odob-axloq muammolari”, “Ommaviy madaniyat milliyligimizga tahdid”, “O’zbekiston 20 yoshda”, “O’zbekiston yagona Vatan” va boshqa mavzularda turli tadbirlar o’tkazidib kelinmoqda. Bu tadbirlarda talaba yoshlar orasida yurtimiz tarixiy ulug’ ajdodlarimizning boy meoni, milliy ma’naviyatimiz, urf-odatlarimiz, an’analarimiz, respublikamizda amalga oshirilayotgan bugungi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, diniy ekstrimizm va terrorizmga qarshi kurashishni targ’ib qilish maqsadida olimlar, yozuvchilar, jamoat arboblari, professor-o’qituvchilar, ziyolilar, matbuot xodimlari, jurnalistlar keng jalb etilgan. Ishtirokchilar mustaqillikning ma’naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimizni ko’z qorachig’idek asrab-avaylash, yoshlarimizni yot mafkuraviy xurujlardan ximoya qilish, Vatan uning bugungi va ertasi uchun dahldor, ma’sullik tuyg’usini kuchaytirish borasidagi ishlarga e’tibor qaratishmoqda. Chunki, xalqaro maydonda mafkuraviy, g’oyaviy kurashlar va globalashuv, axborot xurujlaridan himoyalanish, avvalo aholining shuningdek yoshlarimizning ijtimoiy-siyosiy savodxonligi, faolligini oshirish, mamalakatimizda amalga oshirilayotgan o’zgarishlarga nisbatan daxldorlik xislatini uyg’otish, milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizga asoslangan siyosiy mafkuraviy, ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini shakillantirishini taqozo etadi. Shulardan kelib chiqib, ta’kidlamoq zarurki, yoshlar qalbiga chuqur kirib boradigan, ularni kayfiyati va ruhiyatini ko’taradigan, ezgu maqsadlarga chorlaydigan zamonaviy targ’ibot usullaridan keng va samarali foydalanmoq zarur.

Shuningdek, diniy ma’rifat va ma’naviy axloqiy tarbiya masalalari bo’yicha maslahatchilarning oilalar bilan ishlashni takomillashtirish maqsadida seminarlar, davra suhbatlari keng yo’lga qo’yilgan. Turli diniy oqimlar ta’siriga tushib qolgan yoshlarni aniqlash va ularni bu yo’ldan qaytarish maqsadida mahalla oliy o’quv yurtlari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Ma’naviyat targ’ibot” markazi, bilan izchil hamkorlikdagi sa’y-harakatlar o’zining ijobiy samaralarini bermoqda.

Samarqand viloyatidagi barcha mahallalarda diniy ma’rifat va ma’naviy axloqiy tarbiya masalalari bo’yicha maslahatchilar faoliyat olib bormoqda. Bulardan tashqari, har bir mahalla fuqarolar yig’ini qoshida oila madaniyatini shakillantirish, yoshlar tarbiyasini to’g’ri yo’lga qo’ish, turli zararli illatlar, oqimlar ta’sirini oldini olish qaratilgan say’i-harakatlari bilan giyohvandlikning, OITSga chalinishning oldini olish bo’yicha ijobiy natijalarga erishilmoqda. Targ’ibot-tashviqotlar, o’tkazilayotgan davra suhbatlar, tadbirlar natijasida viloyat bo’yicha giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarga chalingan yoshlar soni ancha kamaygan.

Shu yil 21-23 fevral kunlari Samarqand viloyatidagi barcha mahallalarda “Respublikada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish, yoshlar tarbiyasi bilan shug’ullanish samaradorligini oshirishda mahallaning diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo’yicha maslahatlarining vazifalari” mavzusida hududiy o’quv-seminarlar tashkil etildi. O’ylaymizki,bunday tadbirlar o’zining ijobiy samaralarini beradi, albatta.

Har bir oilada sog’lom turmush tarzi shakillanishiga erishilsa, bu shubhasiz mahallaning yutug’idir.

Mahalla faollari yoshlarning odob-axloqini, yurish-turishini doimo nazorat qilib turishsa, o’sha maskanda tinchlik va soyishtalikning beqarorligi ta’minlanadi. Yoshlar tarbiyasida eng muhim bo’lgan jihatlar bizningcha, ularda Vatanga muhabbat tuyg’usini shakillantirishdir. Bu esa, o’z navbatida, ijtimoiy, ma’naviy, siyosiy, g’oyaviy va mafkuraviy tarbiya asosida tashkil topadi. Bu borada Samarqand shahridagi “Mir Said Baraka” nomidagi mahallada bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Talaba-yoshlarning ma’naviy ongini yuksaltirish maqsadida bir qator ishlar qilinmoqda. Avvalo har bir oilaning moddiy va ma’naviy ahvoli o’rganilmoqda. Kam ta’minlangan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarning ro’yxati tuzilib, ularning birortasi e’tibordan chetda qolmaslikka harakat qilinmoqda.

Mahalladagi qobiliyatli, iste’dodli yoshlarni aniqlash maqsadida turli ko’rik-tanlovlar olib borilmoqda. Bu tanlov va tadbirlarda san’at, sport, fan va boshqa sohalarda o’z iqtidorini namoyon qilgan yoshlar rag’batlantirilib, zarur imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Buning uchun mahallaning o’z faxriy yorlig’i ta’sis etilgan. 14-yanvar- Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlab o’tkazilgan tadbirda mahalladagi yoshlar,talabalar faol ishtirok etishdi. Ularning 20 nafariga “Faxriy yorliq” va estalik sovg’alar topshirildi. Ular bu tadbirda o’zlarining ona-Vatanga bo’lgan cheksiz muhabbatini chizgan suratlar, yozgan she’rlar, insholar va teatrlashtirilgan sahnalari bilan ishtirok etdi.

Bundan tashqari Navro’z, Mustaqillik bayramlarida ham har xil ko’rik-tanlovlar, sport musobaqalari o’tkazib boriladi, jamoat ishida faol, o’quv yurtida o’zining intizomli va o’qishi bilan ajralib turgan talabalarning Toshkent shahriga sayyohati uyushtirildi. Yoshlar Oliy Majlis Senatida bo’lib, senatlar bilan suhbatlashgani ularda katta tassurot qoldirgan. Shuningdek, ular “Ma’naviyat va ma’rifat” markazida, kutubxonalarda, muzeylarda, teatrlarga borib, ularning faoliyati bilan batafsil tnishgan. Yoshlarni tafakkurini boyitish, dunyo voqialaridan doimo xabardor bo’lib turishi uchun 9ta oilaga kompyuter jamlanmasi, 6ta oilaga rangli televizorlar ko’pchilik oilalarga kitoblar sovg’a qilinishi yoshlarga ko’rsatilayotgan g’amxo’rlikning bir ko’rinishidir. Bu ezgu ishlarning samarasi o’laroq, mahallada 7 yildan buyon biror bir noxush holat sodir bo’lgani yo’q. Bunday natijaga erishishda mahallada ma’naviy targ’ibot ishlarini yaxshi yo’lga qo’yilganligi asosiy omillardan biridir.

Ota-onasiga, xalqiga, Vataniga mehr-muhabbatli kishi komil va ma’rifatli insondir. Xalqimizning ma’naviy merosini o’rganishda, ajdodlarning ibratli ishlaridan o’rnak olishda Maxmud Qoshg’ariy, Yusuf Xos Xojib, Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy asarlari bu mahalla uchun beqiyos xazina hisoblanadi. Shu bois, mahallada o’tkaziladigan har qanday tadbirda ularning o’gitlaridan, asarlaridan keng foydalanilmoqda.

Mahalla va oila hamkorligi doirasida Samarqand viloyati va shahri mahallalarida birgina 2012 yilning 3 oyi davomida 5423ta ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazildi. jumladan, mahallalarda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni yuqori saviyada o’tkazish, yoshlarda Vatanparvarlik, burchga sadoqat, xushyorlik va ogohlik tuyg’ularini mustahkamlash va ularni Qurolli Kuchlar safiga tayyorlash maqsadida 4 yanvardan 15 yanvarga “Mardlar qo’riqlaydi Vatanni”, “Yigitlar Vatanning faxri va ko’rki” mavzusida viloyatning 1094ta mahallalarning barchasida davra suhbatlari, uchrashuvlar va tadbirlar o’tkazildi. Samarqand viloyati va shaharlardagi “A.Navoiy”, “Bahor”, “Tong”, “Mir Said Baraka”, “A.Qahhor” mahallalarida bu tadbirlar uyushqoqlik bilan olib borildi va 300 mingdan ortiq yoshlar faol ishtirok etishdi.

8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni”, “Navro’z” bayrami munosabati bilan “Jannat onalar oyog’i ostidadir”, “Ayol-oila charog’boni”, “Navro’z-yasharish va yashnash bayrami”, “Navro’z-iymon-e’tiqod va mehr bayrami”, “Assalom Navro’zi olam” mavzularida suhbatlar, uchrashuvlar va bayram tadbirlari uyushtirildi va bu tadbirlarda 400 mingdan ziyod aholi ishtirok etib, shundan 289ming nafarini yoshlar tashkil etdi.

Mahallalarda yoshlarni kasb-hunarga o’rgatish maqsadida “Usto-shogird” yo’gnalishi bo’yicha kam ta’minlangan oilalarda tarbiyalanayotgan yoshlarni kasbga o’rgatish maqsadida joriy yilnng 3 oyi mobaynida 260 nafar yigit-qizlar hunar o’rganishga yo’naltirildi. Kasb-hunarga yo’naltirilgan yigit-qizlarning barchasi hunar o’rganish kurslarini tugalladi.

Navro’z umumxalq bayrami munosabati bilan o’tkazilgan umumxalq xayriya hasharida har bir mahalladagi yoshlar ishtirokida mahalla va ko’chalarga ko’chat o’tkazish, bog’-rog’lar va gulzorlar yaratish ishlari amalga oshirildi.

Viloyatning barcha mahallalarida Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi viloyat bo’limi, “Kamolot” YoIH viloyat Kengashi, “Mahalla” jamg’armasi viloyat bo’limi, “Nuroniy” jamg’armasi viloyat bo’limi hamkorlikda 2012 yil 1-chorak davomida “Diniy ekstremizm va aqidaparastlikning jamiyat taraqqiyotidagi zarari”, “Farzandlarga ta’lim-tarbiya berishda ijobiy natijalarga erishayotgan, namunali oilalar hayoti tajribasini ommalashtirish”, “Milliy istiqlol g’oyalarini yoshlar ongiga singdirish” mavzularida 3000 mingga yaqin turli xil tadbirlar, davra suhbatlari va muloqotlar o’tkazildi. Unda 290minga yaqin yoshlarning ishtiroki ta’millandi. Yoshlarni turli xil oqimlar ta’siriga tushib qolishini oldini olishga qaratilgan ma’naviy-m’rifiy seminar, davra suhbatlari oyda ikki arta muntazam o’tkazilib borilmoqda.

Mahallaning bugungi kundagi eng muhim vazifalaridan biri mahalladagi oilalarni mustahkamlash, yoshlar tarbiyasini hamkorlik asosida nazorat qilib borishdir. Yoshlar tarbiyasida biron bir ijobiy samaraga erishish uchun, avvalo hamkorlikni yo’lga qo’yish lozim. Bu burada Samarqand shahri mahallalarida ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Shahardagi “Bahor”, “Tong”, “Mirzo Ulug’bek”, “So’zangaron”, “G’afur G’ulom”, “Abdulla Qahhor”, “Mir Said Baraka” kabi mahallalarda (ommaviy) yoshlar tarbiyasida maqtovga loyiq tarbiyaviy-ma’rifiy ishlar amalga oshirilayotganini ko’rish mumkin. Bu mahallalarda olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning mazmun mohiyatiga ko’ra yoshlarni milliy istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalash va uni singdirish, yoshlar, talabalar o’rtasida tashviqot olib borish muhim vazifalardan hisoblanadi.

Bu mahallalarning barchasida talaba-yoshlarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy, madaniy, tarixiy an’analariga, urf-odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslanib, talaba-yoshlarni shaxsini tarbiyalash bu kamol toptirish bo’yicha ma’naviyat xonalari tashkil etilgan.

Bu ma’naviyat xonalari bugungi davr talabiga javob bera oladigan jihozlar (burchaklar, plakatlar, stentlar) bilan ta’minlangan. Bularda yurtimiz erishgan barcha sohalar iqtisodiyot, qishloq xo’jaligi, ilm-fan, ijtimoiy hayot, sport sohalari, tariximiz, milliy an’analar, urf-odatlar, qadriyatlarimiz to’laligicha aks ettirib berilgan. Bu mahallalarning barchasi doimiy ravishda gazeta va jurnallarga obuna bo’lib keladi. Ma’naviyat xonalarida “Ma’rifat”, “Xalq so’zi”, “Huquq”, “Turkistan”, “Sog’lom avlod”, “Oila va jamiyat”, “Nuroniy”, “Jamiyat”, “Vatanparvar”, “Adolat sari”, “O’zbekiston ovozi”, “Ishonch”, “Inson va qonun”, “Zarafshon”, “Samarqand”, “Soliq va bojxona” gazetalarning barcha sonlari mavjud. Ma’naviyat xonalari doim mahalla ahli va talaba-yoshlar bilan gavjum bo’ladi. Ular gazetalarni muntazam ravishda o’qib boradi. Bu ham ularni ma’naviy tafakurrini boyishiga omil bo’lib xizmat qiladi. Samarqand shahar va tumanlaridagi “Tong”, “Yangi ariq”, “Maroqand”, “Kaftarhona”, “Nurli kelajak” mahallalarida hafta kunlarida ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo’yicha yig’ilishlar va seminar o’tkaziladi. Yig’ilishga ota-onalar, mahalla faollari, mahalla yoshlari, talabalari, shuningdek, “Ma’naviyat targ’ibot” markazi xodimlari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faollari, o’rta va oliy ta’lim o’quv yurtlarining tajribasi professor o’qituvchilari taklif etiladi. Ishtirokchilar mahalladagi ma’naviy tarbiya borasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish va samaradorligini oshirish bo’yicha dastur ishlab chiqadilar. Chunki, hozirgi vaqtda ko’pgina yoshlarni ma’naviyati buzilayotganligi barchamizga ayon. Ular omma orasida o’zini tuta bilmaydilar. Andisha, iffat, hayosizlik, axloqsizlik qilib, bizning milliyligimizga to’g’ri kelmaydigan turli nomaqul ishlarni amalga oshirmoqda.

Ushbu dasturda yoshlarni to’g’ri, ma’naviy boy qilib tarbiyalashda oila, mahalla, qo’ni-qo’shnilar, ta’lim muassasalarini hamkorligi muhim tarbiyaiy ta’sir kuchiga ega ekanligi ko’rsatib o’tilgan.

Mahallalarda ma’naviy ma’rifiy muhitni saqlash va samaradorligini oshirishda mahalladagi oilalar bilan quyidagi ishlarni amalga oshirishi lozim:


  • mahallada olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarni samaradorligiga erishish uchun ishchi guruhini tuzish va uni tarkibini belgilash;

  • mahalladagi talabalarga, yoshlarga ma’naviy xizmat ko’rsatishni yaxshilash, ularni qulay-sharoitlar yaratib berish klublar, to’garaklar tashkil etish, sport inshootlari qurish va keng jalb etish;

  • fanimiz madaniyatimizga ulkan hissa qo’shgan (Imom al-Buxoriy, Baxoviddin Naqshbandi, Zamag’shariy, Termiziy, farg’oniy al Xorazmiy va boshqalar)ning tavallud sanasini mahalla ahli bilan nishonlash;

  • mustaqillik bayrami, Konstitutsiya kuni, O’qituvchilar va murabbiylar kuni, Xotin-qizlar bayrami , Vatan himoyachilari kuni, Navro’z bayrami, ramazon va Qurbon hayitlari bayramlarini keng nishonlash;

  • mahallada yurtimiz tarixi, ulug’ ajdodlarimizni boy marosimi targ’ib qilish;

  • mahalladagi talabalarga, yoshlarga Vatanparvarlik tuyg’ularini singdirish;

  • yurtimizda amalga oshirilayotgan bugungi barcha sohalardagi islohotlarni mohiyatini ochib berish;

  • mamlakatimizda ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar barcha teng huquqli ekanligini tushuntirish va targ’ibot ishlarini olib borish;

  • milliy davlatchiligimizga ulkan hissa qo’shgan Jaloliddin manguberdi, Amir Temur, Muhammad Boburlar amalga oshirgan ishlari mavzularda suhbatlar o’tkazish;

  • mahalla yoshlarida milliy g’urur, istiqlolga fidoyilik tuyg’ularini mustahkamlash;

  • mahalla aholisi o’rtasida mustaqillik g’oyalarini, milliy istiqlol mafkurasini targ’ib qilish;

  • mahalladagi istedodli yoshlarga kerakli imkoniyatlarni yaratib borish va boshqalar ko’rsatib o’tildi.

Samarqand shahri va tumanlaridagi mahallalarda yoshlarga sog’lom ma’naviy muhit yaratish borasida ulkan ishlar olib borilmoqda. Mahalladagi ma’naviy ishlarni yanada jonlantirish va talaba yoshlarni ma’naviy tarbiyasidagi ahamiyatini hisobga olib, quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Birinchidan, milliy qadriyatlarimizdan sanalgan mahallada tarbiyaviy ishlar ko’lamini kengaytirish;

Ikkinchidan,mahalla ishini qayta ko’rish;

Uchinchidan, mustaqillik vazifasidan kelib chiqib mahalla dasturlarini ishlab chiqish;

To’rtinchidan, mahallada oila hamkorlini ta’minlash va kuchaytirish;

Beshinchidan, mahallada o’tkaziladigan urf-odatlar, an’analar, marosimlarda sharqona uslubni soqlab qolish;

Oltinchidan, mahalladagi mavjud oilalar-ruhiyatini, ijtimoiy sharoitini o’rganib chiqish;

Yettinchidan, mahalladagi yoshlar bilan tarbiyaviy tadbirlar ko’lamini kengaytirish, jumladan, oqsoqollar, e’tiborli kishilar yoshlar bilan iymon e’tiqod, ota-ona hurmati, farzanddik burchi, Vatan qadri, mahalla obro’si haqida suhbatlar uyushtirish mahallada o’tkaziladigan barcha tadbirlar yoshlarning qatnashishi muhim ekanligi, Vatan mahalladan, oiladan boshlanishi, allomalar, mutaffakirlarning tarbiyaviy fikrlarini tushuntirish, hozirgi kun siyosati, talabi va unda yoshlarning o’rni haqida fikrlar almashish; yoshlarning orzu-istaklari, kelgusi rejalari haqida: yigitlik burchi, sha’ni, oiladagi boshliq sifatida o’rni haqida gapirib berish va boshqalar.

Sakkizinchi, ichkillik ko’p sodir bo’ladigan va notinch oilalarni aniqlab, ular bilan jamoat orqali yoki yakka tarzda tarbiyaviy suhbatlar uyushtirish;

To’qqizinchidan, yoshlarni bo’sh vaqtini foydali ishlarga yo’naltirish maqsadida tadbirlar tashkil etish;

O’ninchidan, ko’p bolali oilalar mahallaning diqqat markazida bo’lishi;

O’n birinchidan, mahalla yoshlari ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida oila va ta’lim muassasalari bilan yaqindan aloqa o’rnatish va boshqalarga e’tibor berilgan tadbirda ko’zlangan maqsadga erishish mumkin.

Hozirgi kunda yoshlarning ma’naviy ehtiyojini qondirishda an’ana va yangi dasturlar ishlab chiqishni taqozo etadi. Chunki, mahallada, oilada olib boriladigan urf-odat, turli xil marosimlar o’z mohiyatiga ko’ra, ma’naviy madaniyat va turmush tarzining muhim elementlari sifatida har bir shaxsni ijtimoiy muhit bilan bog’lovchi vosita hisoblanadi. Eng muhimi, yangi urf-odatlar, ayniqsa yoshlarning o’zaro munosabatlariga ijobiy ta’sir ko’rsatibgina qolmay, dunyoni aslidek tushunish va idrok etishga, umuman, inson ma’naviy qiyofasini mukammalashuviga olib keladi.

Milliy an’anaga, urf-odatlar xalqimiz hayotining mazmuniga, kundalik turmush tarziga singib ketganligini ko’rish mumkin. Oilada tarkib topgan an’ana, urf-odatlar insonning axloqiy ruhda tarbiyalashning muhim vositasi bo’lib qolgan. Shu ma’noda yoshlarni ma’naviy-axloqiy estetik qarashlari, xulq atvori va hatti-xarakatlarini baholashda, ularni burch, vijdon, or-nomus, g’urur, Vatanparvarlik, insonparvarlik kabi tushunchalarga bo’lgan munosabatlarini hisobga olish zarur.

Hozirgi davrda mahalladagi oilalarning kamol topishi ko’p jihatdan yangi ijtimoiy sharoitga qay darajada mos kelishiga, ularning qanchalik yaxshi tashkil etilganligiga va kishilarning madaniy maishiy ehtiyojlari qay darajada qondirilayotganligiga bog’liqdir.

Oiladagi mahallalardagi moddiy va ma’naviy ehtiyojlar kishilarning o’zaro munosabatlarini mustahkamlaydi, shaxsning madaniy saviyasini ko’taradi. Ichki madaniyatning tarkibiy qismi hisoblangan milliy qadriyatlar, ya’ni an’ana, urf-odatlar inson hayotining asl mohiyatini tashkil etadi. Zero an’ana va urf-odatlarning yoshlar ruhiyatiga rag’batlantiruvchi ta’sir kuchini ota-onalar, mahalla doimo nazarda tutmoqlari darkor. Ayniqsa, oilaviy maishiy va ijtimoiy turmush urf-odatlari, ijtimoiy vazifalarini aniq tarixiy vosita nuqtai nazaridan mahliyo qilish, ularga mustaqillik sharoiti, milliylik va islomiylik nuqtai nazaridan yondoshish, birinchidan yoshlarni ma’naviy jihatlari tarbiyalash; ikkinchidan oilani negizini mustahkamlaydi; uchinchidan, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga bo’lgan munosabat mutlaq ijobiy tomonga o’zgaradi. Bu esa, o’z navbatida, oila a’zolarning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga olib keladi.

Ota-bobolarimizdan meros qolgan chiroyli va ramziy ma’noga ega bo’lgan urf-odatlarni bilish, bevosita ularda ishtirok etish va aynan ana shu urf-odatlarning o’tkazish tartibini, qonun-qoidalarini bilish yoshlarni ma’naviy shakillanishida muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.

Mana shunday malaka va ko’nikamalarni yoshlardan tarkib toptirish vazifasi avvalo, oilaga, mahalla jamoasiga yuklatiladi.

Ma’lumki, bugungi kunda yoshlar tarbiyasida oila va mahalla hamkorligi o’rni tobora ortmoqda. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonunida oilaning jamiyat, davlat oldida ma’suliyatini anglab yetadigan komil insonlar tarbiyalashdagi o’rniga alohida e’tibor qaratilgan.

Tarbiya o’ta murakkab va serqirra jarayon bo’lib, yoshlar tarbiyasi, ularning ijtimoiy hayot jarayonidagi o’rni bugungi kunda sezilarli darajada ortib bormoqda.

Oilada singdirib boriladigan odob-axloq qoidalari ijtimoiy foydali mehnat, ta’lim olish, bo’sh vaqtlarida tur xil to’garaklarga qatnashish yoshlarning kelgusi hayotlarida ijtimoiy huquqiy munosabatlarning faol subeyktlariga aylanishlari muhim ahamiyatga ega. Yoshlarda ma’naviy shakillantirish esa eng muhim va murakkab vazifalardan biridir.

Yoshlar tarbiyasini yo’lga qo’yish avvalo oiladan boshlanadi. Ayniqsa, o’zbekona oila sharoitida shakillangan mehr-oqibat, ota-onaga hurmat, ular oldidagi burchlarga sadoqat bilan yondoshish, ona-Vatanga bo’lgan muhabbat kabi insoniy fazilatlar oilada shakllanadi. Prezidentimiz I.A.Karimov “Oilaviy tarbiya masalasida xatoga yo’l qo’ymaslik uchun avvalo har qaysi xonadondagi ma’naviy iqlimni o’zaro-hurmat, axloq-odob, insoniy munosabatlar asosida qurish ayni mudao bo’lur edi’’ deb takidlan edi [3,55]. Oilada ota-ona o’z farzandlariga o’zlarining kasb-koriga sadoqat, yashab turgan zaminiga mehr-muhabat, xulq-atvori, bir-biriga bo’lgan o’zaro hurmati, jamiyat va davlat oldidagi burchlarini qanchalik ado etishlari bilan farzandlariga ibrat maktabi bo’lishligini unutmaslik lozim. Oilada yoshlarni ma’naviy shakllantirishda barkamol shaxs sifatida voyaga yetkazishda ota-ona har tomonlama bilimdon, ustoz, ma’naviy, siyosiy va huquqiy bilimlarga ega bo’lishi lozim. Chunki, oilada bola ma’naviy olamini yaratadi, yaxshilik va yomonlik haqidagi eng sodda tushunchalarni shakllantiradi, atrofida sodir bo’ladigan voqyea-hodisalarga ijobiy yoki salbiy fikrlarini bildira boshlaydi. Ayni paytda ota-ona o’zining bilimdonligi bilan to’g’ri va aniq yo’l ko’rsatishi, ijobiy fikrlashni to’g’ri yo’lga qo’yish, yaxshi yomonga ijobiy yoki salbiy munosabat bildirishlarini faqat va faqat tarbiya orqali amalga oshiradilar.

O’zaro hamkorlikka asoslangan tarbiya aniq ishlab chiqilgan yillik va istiqbolli rejaga asoslanilsa, o’zaro hamkorlik rishatali yanada mustahkam va maqsadli bo’ladi.

Mahallalarda yoshlarni tarbiyalashda ota-bobolarimiz uslubini qo’llash, tarixiy marosimimizga va milliy tarbiyamizga asoslanishimiz lozim. Ta’lim tarbiya sohasidagi eng muhimi umuminsoniy va milliy madaniy qadriyatlar ustivorligidir. Bu esa yoshlarga bosh tarixiy, milliy madaniy meros, ming yillar davomida shakllangan milliy tarbiyamiz ana’analari asosida tarbiya berishdir.

Darhaqiqat, mahalla bugungi kunda to’laqonli tarbiya institutiga aylanib bormoqda. Chunki har qaysi inson oilada tug’iladi, keyinchalik mahallada ulg’ayadi.

Talabalar yoshlar mahallada kamol topar ekan, bugun ana shu mahallaning orasida yetishib chiqqan mashhur kishilar, ustoz-murabbiylar, harbiylar, xalq qahramoni unvonlariga sazovor bo’lgan hurmatli kishilar, mashhur sportchilarning ibratli hayot yo’llarini o’zlariga namuna qilib olishlari kerak.

Bugun oila va mahalla hamkorligida yoshlar tarbiyasini yo’lga qo’yishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim:


  • beqiyos milliy institut bo’lgan mahallaga ibrat maktabi sifatida qarash va uning faolligini oshirishda yoshlarni muntazam ravishda jalb etish;

  • oila va mahallaning ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy hamkorlik aloqalarini jonlantirish;

  • talabalarni, mahalla yoshlarini mahallada bo’ladigan tarbiyaviy tadbirlarga faol qatnashishini qat’iy ta’minlash;

  • talabalar va yoshlarni bo’sh vaqtlarini samarali tashkil etishda mahallada obodonchilik ishlariga faol jalb etish;

  • faol talaba yoshlarni nafaqat ta’lim muassasalarida, balki mahallalarda ham rag’batlantirish chora-tadbirlarini belgilash;

  • mahallalarda ibratli oilalar tajribasini o’rganish va ommalashtirish;

  • mahalla yoshlari o’rtasida hayotiy qiyinchiliklar va ruhiy tushkunliklarga uchragan va turli noxush xatolarga duch kelganlarga yordam beradigan maxsus ijtimoiy xizmat ko’rsatish bo’limlarini tashkil etish;

  • oila va yoshlarning ijtimoiy muammolarini o’rganish hamda monitoring tizimi, metodikasini ishlab chiqish va b.q.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, dunyoning biror bir davlatida mahalla institutiga bo’lgan e’tibor bizning mamlakatimizdagidek emas. Shunga ko’ra, tarbiyada o’zaro hamkorlik va unga xos tajribalarni o’rganish hamda ommalashtirish bugungi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi.

1   2   3   4   5


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət