Ana səhifə

Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Yüklə 415.5 Kb.
səhifə3/3
tarix27.06.2016
ölçüsü415.5 Kb.
1   2   3

Xarakterning ahloqiy xislatlari.

Xarakter kuchi va mustahkamligini ifodalaydigan barcha xislatlar ularda shaxsning ahloqiy maslagi, ma’naviy qiyofasi namoyon bo’lgani uchun ijobiy qimmatga ega bo’ladi.

Ahloqiy yoki ma’naviy xarakter xislatlari deb kishining ahloqiy e’tiqodlarini aks ettiradigan xislatlariga aytiladi. Ma’naviy xarakter xislatlari, jumladan kishini boshqa odamlarga jamiyatga, mehnatga va shuningdek, o’z-o’ziga munosabatida namoyon bo’ladi
2.2. O’QUVChILAR E’TIQODLARINI IFODALAYDIGAN XARAKTER XISLATLARI VA O’Z-O’ZIGA BO’LGAN MUNOSABATLAR

O’quvchilar e’tiqodlarini ifodalaydigan xarakter xislatlari va o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlar.Kishining ma’naviy qiyofasi haqida avvalo, uning hatti-harakati va hulqiga qarab hukm qilamiz. Kishining ma’­naviy qiyofasi avvalo uning hatti-harakatlari va hulqida namoyon bo’ladi.



Ahloqli odam deb o’zlarining intilishlarida, qarorlarida va harakatlarida har doim gumanistik ahloq prinsplariga amal qiluvchi kishilarni aytamiz.

Qat’iyat, sabot, dadillik, matonat, tashabbuskorlik, mas’uliyat hissi intizomlilik va shu kabi iroda xislatlari kishining ahloqiy qiyofasini, uning mustahkam e’tiqod va barqaror ahloqiy hissini ifodalaganligi sababli, biz bu xislatlarni yuksak sifatlar deb taqdirlaymiz.

Ular qaysi kishi xarakterining ma’naviy darajasi, avvalo o’z faoliyatlarida yoki o’zining ayrim hatti-harakatlarida, tamoyillarida asoslanadigan motivlarida namoyon bo’ladiki, kishi o’z intilish, qarorlarini va o’z harakatlarini shuningdek, boshqalar tomonidan chiqariladigan qaror va harakatlarini shu nuqtai nazaridan baholaydi. Xalqimizning azal-azaldan, masalan, To’maris, Shiroq, Farhod va bugungi kunning boshqa ko’pgina qahramon yigit va qizlari xarakterining mustahkam matonatli bo’lganligi ulardagi e’tiqod, ularning vatanparvarlik, o’z xalqiga, davlatiga fidokorona sadoqat ruhida tarbiyalanganliklari samarasidir. Kishilarning ma’naviy fazilatirostgo’ylik, to’g’rilik, xalq manfaatlariga, Vatan manfaatlariga sadoqatliliklaridadir. Ahloqli kishilar davlat manfaatlarini shaxsiy manfaatlaridan yuqori qo’yadigan kishilardir.

Milliy xarakterni olijanob ahloqiy fazilati – Vatan va o’z xalqining baxtu-saodati uchun, jamiyat ideallarini amalga oshirish uchun kurashlarda o’z hayotini qurbon qilishga tayyor turishdir.

Kishining boshqa odamlarga va mehnatga bo’lgan munosabatlarida ifodalanadigan xarakter xislatlari.

Kishining boshqa odamlarga bo’lgan munosabatlarida ifodalanadigan xarakter xislatlari odamning hatti-harakatlari va nutqida yaqqol namoyon bo’ladi.

Kishining boshqa odamlarga bo’lgan munosabatlarida ifodalanadigan ijobiy xarakter xislatlari, avvalo, kishining boshqa odamlar bilan nechog’li el bo’lib ketishidadir. Bu xa­rakter xislati kishining hamisha boshqa odamlar bilan birgalikda bo’lishga, jamoaning umumiy manfaatlari bilan nafas olishga, birgalikda qilinadigan ishlarda qatnashishga intiluvida namoyon bo’ladi. Kishilarga el bo’lib ketadigan odamlar hatto oz bir muddatga bo’lsa ham yakka qolgan paytlarida ich-ichlaridan eziladilar.

Xarakter xislati bo’lgan el bo’lib ketishning, o’z navbatida, har bir kishida ba’zi bir xususiyatlari ham bo’ladi. Chunonchi, kishi naqadar el bo’lib ketaveradigan bo’lmasin, shunga qaramay har bir kishining boshqa odamlarga ijobiy munosabati bir hil bo’lavermaydi har bir odamning boshqalarga qaraganda o’ziga eng yaqin ko’rgan, ko’ngliga yoqqan oshno-og’aynisi bo’ladi. Har bir odamning o’z o’rtoqlari, do’stlari bo’ladi. Buni boshqacha qilib aytganda, kimgadir mehr-muhabbat qo’yishi (sadoqat) deyiladi.

Odamlar bilan munosabat, el bo’lib ketish doirasi har bir kishida turlicha namoyon bo’ladi. Bir hil odamlarning o’rtoqlari, do’stlari ko’p bo’ladi boshqa birovlarining oshno-og’aynilari, do’stlari kamroq bo’ladi. Odamlar do’stlik munosabatlari va mehr-muhabbatlarining barqarorligi yoki beqarorligi jihatidan ham bir-birlaridan farq qiladilar. Bir hil odamlar o’z do’stlik munosabatlarida sobit qadam, vafodor, mehr-muhabbatlaridan hyech qachon aynimaydigan bo’ladilar. Bu–xarakterning ijobiy xislatidir, albatta.

Ammo odamlar bilan munosabatida yoki birodarligida beqaror, subutsiz, aynama kishilar ham bo’ladi, bunday kishilarning do’stlik va mehr-muhabbatida tutiriq bo’lmaydi. Ulardagi yor birodarlik hissi ba’zan juda ham jo’sh urib ketishi, shuningdek, darrov so’nib, yo’qolib ketmog’i ham mumkin. Bunday odamlar hali boshqa bir kishi bilan do’stlashib ketaveradi, bunisidan aynib, unisi bilan do’stlashadi.

Odamlar bilan munosabatdagi bunday tuturiqsizlik ham xarakter xislatidir, lekin u salbiy xislat.

Odamlar bilan keng doirada va barqaror el bo’lish xislati, odatda, optimizmdan iborat ijobiy xarakter xislati bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. Bu xislat olam va hayotga beg’ubor hamda quvnoq nazariya bilan qarashda ifodalanadi. Xarakteri e’tibori bilan optimist odam hatto hayotida ba’zi bir qiyinchilik yoki muvaffaqiyatsizliklarga duch kelgan paytlarda ham ertangi kunining beg’ubor bo’lishligiga qattiq ishonadi.

Xarakterning e’tibori bilan odamga el bo’lmaydigan, yakkalanib yuruvchi kishilar bo’ladi. Ular shaxsiyatparast, xudbin bo’ladilar, butun hayotida fikru-zikri va hatti-harakati faqat o’zining shaxsiy manfaatini qondirishga qaratilgan bo’ladi. Bunday odamlar faqat o’z rohat farog’ati, o’z foydasinigina o’ylaydi xolos. Bunday shaxsiyatparast va xudbin kishilar orasida odamlar bilan chiqisha olmaydigan, jizzaki, odamlarni yoqtirmaydigan, odamlar ham ularni yoqtirmaydigan shaxslar bo’ladi. Bunday kishi­lar, ko’pincha, o’taketgan xudbin bo’ladi ular hyech bir narsada biror yaxshi tomon ko’rmaydilar va ko’rishni istamaydilar. Odamlarga ishonmaydilar, o’z kuchlariga ishonmaydilar.

Kishining odamlar bilan el bo’lib ketish darajasi bir odamning barcha hatti-harakatida ayrim hulq atvorlarida va so’zlarida namoyon bo’ladi.

Kishining hatti-harakatlari va so’zlarida uning boshqa odamlarga bo’lgan sifatlari chunonchi, samimiylik haqqoniylik kabi sifatlari namoyon bo’ladi.

Samimiy va haqqoniy odam deb hatti-harakati va nutqida har doim to’ppa to’g’risini, haqiqatni aytuvchi kishilarni aytamiz. Bunday odamlar qalbi pok, hamma vaqt to’ppa-to’g’risini odamning betiga dangal aytuvchi kishi bo’ladilar.

O’z so’zi va hatti-harakatlarida samimiy bo’lmagan odamlarni, boshqacha «ikkiyuzlamachi» «munofiq» deb aytadilar. So’z boshqa-yu, ishi boshqa bo’lib qolsa, bu juda ham yomon bir holdir. Bu hol munofiqlikka olib boradi.

Kishi xarakterining bunday salbiy xislatlari uning ko’zbo’yamachilik, aldamchilik, qalloblik, firibgarlik singari hatti-harakatlarida namoyon bo’ladi. Hayot shuni ko’rsatdiki bunday hatti-harakatlarni faqat ayrim kishilarga nisbatangina qo’llanib qolmaydi, hattoki o’z jamoasiga va o’z davlatiga nisbatan ham qo’llaydigan odamlar uchraydi.

Samimiyat va haqqoniylik kishi xarakterining eng muhim xislatlaridan biridir. Bu xislatlarni o’stirish tarbiyaning muhim vazifasidir.

Kishi xarakterining yana bir ijobiy xislati gumanizm «insonparvarlik»dir ya’ni har bir mehnatkash kishi bilan munosabatda uning qadr-qimmatini zo’r e’tibor va sergaklik bilan saqlashdir. Xarakterning bu xislati kishilar to’g’risida g’amxo’rlik ko’rsatishda, har bir kishida uning yaxshi, ijobiy, qimmatli tomonini topa bilishda ifodalanadi. Gu­manizm mehribonlikda, ziyraklikda, kishilarning ruhiy holatni, dilidagi tuyg’ularini tushuna bilishda ularning ehtiyojlarini avaylay bilish va yordam ko’rsatishga tayyor tura bilishda ifodalanadi. Mehribon bo’lish – hushmuomala bo’lish demakdir.

Kishiga e’tibor, mehribonlik va hushmuomalalik ham har bir kishining hatti-harakatida va so’zida namoyon bo’ladi. Kishining so’zi naqadar kuchli ta’sir ko’rsatishini biz bundan oldin ham so’zlab o’tgan edik. Kishilarga mehribon, e’tibor bilan qaraydigan odamning shirin so’zi ulariing ruhini ko’taradi, ularga madad beradi, g’am-g’ussalarini yengillashtiradi, ularga umid bag’ishlaydi dillarini shod qiladi.

Insonparvarlik bilan birga qo’shilgan haqqoniylik yuksak ijobiy xarakter xislatidir. Afsuski, xarakterida salbiy xislatga, ya’ni insonparvarlikka zid bo’lgan dag’allik ancha o’rin olgan kishilar hali ham uchrab turadi. Bunday salbiy xarakter xislati ham shunday odamlarning xudbinligi natijasidirki, u odamlar faqat o’zingni bil, o’zgani qo’y «mislida» ish ko’radilar va boshqa kishilarga, hatto o’z yaqin odamlariga ham har qadamda faqat yomonlik sog’inishga tayyor turadilar. Bunday odamlarning hatti-harakatida ham, gap so’zida odatda har doim zaharxandalik, mensimaslik, dag’allik va beparvolik sezilib turadi, ularning boshqa odamlar bilan munosabatdagi hatti-harakati kishining dilini vayron qiladi, kayfiyatini buzadi, kishida o’z kuchiga ishonmaslik, ma’yuslik, umidsizlik tuyg’ularini uyg’otadi. Xudbin to’ng odam boshqa kishilar bilan munosabatlarida ko’pincha so’zda ham, ishda ham berahm va adolatsiz bo’ladi. Bunday odamlar o’zlarining salbiy xususiyatlarini, odatda, boshqalarga to’nkaydilar. Har qanday, hatto chittakkina muvaffaqiyatsizliklari sababini o’zlaridan emas, balki boshqa kishilardan ko’radilar.

Bunday salbiy xarakter xislatlari o’tmish qoldig’i bo’lib hozirgi vaqtda barham topib bormoqda. Xarakterning bunday salbiy xislatlari batamom barham topib ketmog’i uchun bizda hamma sharoitlar yaratilgandir. Xudbin to’ng kishining har qanday noloyiq hatti-harakati har bir jamoada darhol amaliy zarbaga uchraydi, keng jamoatchilik bunday noloyiq hatti-harakatni qattiq tanqid ostiga oladi. Ma’lumki, jamoatchilik tanqidiy tarbiyalash va qayta tarbiyalashning eng samarali vositasidir.

Kishi xarakterining mehnatga bo’lgan munosabatida ifodalanadigan xislat ayni vaqtda uning iroda kuchini ko’rsatadigan, shuningdek, kishining boshqa odamlarga, eng avvalo, o’z jamoasiga bo’lgan munosabatini ifodalaydigan xislat hamdir. Axir, har bir kishi boshqa odamlar bilan, o’z jamoasi bilan faqat kimlargadir ijobiy va kimlargadir salbiy munosabatda bo’lishi orqaligina bog’liq bo’lib qolmasdan, balki, asosan, mehnat faoliyatidagi real ishtiroki orqali bog’liqdir.

Kishi xarakterining ijobiy xislati mehnatni sevish, ya’ni mehnatsevarlikdir. Bunday xarakter xislati kishining biror ishni shunchaki bajarish ehtiyoji bilan bog’liq bo’lmay, balki uni yaxshilab bajarish ehtiyoji bilan bog’liqdir. Bunday xislat kishining mehnat faoliyatidagi halolligi, saranjom-sarishtaligi va intizomliligi bilan bog’liqdir. Kishida bunday xarakter xislatining mavjudligi, mehnatning bu kishida ehtiyojga aylanib qolganligidan dalolat beradi. Mehnatni sevish, tejash–ehtiyot qilish xislati bilan yaqindan bog’liqdir.

Tejab, ehtiyot qilib xo’jalik yuritadigan davr kishisi jamiyatning muqaddas va dahlsiz asosi bo’lgan mulkni mustahkam saqlaydi va qo’riqlaydi. Ehtiyotkor odam mol-mulkning buzilib, yorilib ketmasligi uchun, shuningdek, o’z buyumlariniig butunligi uchun ham qayg’uradi. Bu uniig o’z zarur ehtiyojlarini buzish hisobiga dunyo orttirish emas, albatta.

Kishi xarakterining salbiy xislati dangasalik, ehtiyot qilmaslik mehnatga beparvolik bilan qarash, topshiriqlarni yuzaki bajarishlikdir. Bunga ayrim kishilar ongida bo’ladigan mehnatga boyvachchalarcha mensimay munosabatda bo’lish singari eskilik qoldiqlari ham kiradi.

Kishi xarakterining bunday salbiy xislatlari ko’pincha ma’naviy javobgarlikni sezmaslik bilan bog’liq bo’ladi. Halol mehnat qilish, jamiyat baxti-saodati, uchun kurashish bizning asosiy tamoyillarimizdan biridir.

Kishining boshqa odamlarga bo’lgan munosabatlarida va hatti-harakatlarida uning o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlarini ifodalovchi xarakter xislatlari ham namoyon bo’ladi. Bu o’z-o’ziga baho berish deb ataladigan xarakter xislatidir.

Jamiyat o’rtasidagi hilma-hil munosabatlarida odam ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz ravishda o’zini boshqalar bilan taqqoslaydi va o’zida boshqalarga o’xshash yoki farq qiladigan xislatlar topadi. Odamda o’zi haqida, uning o’zligi haqida ma’lum bir fikr paydo bo’ladi.

O’z-o’ziga yuksak baho berish odamning o’zligini anglashning muhim bir tomonini tashkil etadi. Kishining o’z-o’ziga beradigan bahosi uning haqiqiy sifatlariga mos bo’lishi yoki mos bo’lmasligi ham mumkin. Odam o’zidagi sifatlarga ortiqcha baho berib yuborish yoki ularga yetarli baho bermasligi ham mumkin. Shunday odamlar ham bo’ladiki, ular ko’pchilik tomonidan e’tirof etilgan ma’lum bir fazilatlarga ega bo’lib, bu fazilatlariga o’zi ham yuksak baho beradi. O’z-o’ziga baho berish kishining o’z qadr-qimmatini, o’z sharafini bilish, yuksak singari xarakter xislatlarida ifodalanadi.

O’z-o’ziga yuksak baho berish ba’zi odamlarda iftixor tariqasida ifodalanadi bunday odamlar o’zidagi mavjud bir fazilatni doim qayd qilibgina qolmay, balki o’zini boshqalardan afzal tomonlari borligini ham qayd etadi. O’z qadr-qimmatini, izzat-nafsini bilish,faxr salbiy xislat emas, albatta. Bu yerda ayrim kishida bo’ladigan guruhlanishni ko’zda tutilmay, balki bu odamning nima bilanfaxrlanishini, o’zi uchunfaxr deb nimani tushunishini ko’zda tutishga to’g’ri keladi.

Fahr, izzat-nafs, o’z qadr va martabasini bilish, faqat xudbinlikdan, egoistlikdan iborat bo’lib qolsa, u vaqtda bunday xarakter xislati salbiy deb hisoblanadi. Bunday xususiyat, ko’pincha, takabburlik, manmanlik, dimog’dorlik, kibrlanish, g’ururlanish tariqasida ifodalanadi,

Shunday odamlar borki, olijanob xislatlarga ega bo’ladi, ammo hyech vaqt bu xislatini odamlarga pesh qilmaydi, hyech bir holda bu xislati bilan kerilmaydi. Bunday odamlar kamtar, oddiy kishilar bo’ladilar; bunday odamlarning hatti-harakatida, gap so’zida takabburlik, dimog’dorlik, man­manlik bo’lmaydi. Kamtarlik va soddadillik kishi xarakterining ijobiy sifatidir.

Kamtar odam umum orasidan o’zini ajratib ko’rsatishga, haqiqatdagi yoki ayniqsa, o’rni-tagi yo’q xizmatlarini bo’rttirib pesh qilishga urinmaydi. U o’zining boshqalardan afzallik tomonlarini agar shunday tomonlari bo’lsa ko’z-ko’z qilishiga intilmaydi, hammaning diqqatini o’ziga qaratishga harakat qilmaydi.

Kamtar kishi odamlarga o’zini savlat qilmaydi, uning odamlarga bo’lgan muomalasi, kiyimi, yurish turishi, nutqi, o’zini tutishi va odatlari har doim tabiiy va samimiy bo’ladi. Ijtimoiy va shaxsiy hayotda oddiylik va kamtarlik alohida ahamiyatga egadir.

Kamtarlik o’z-o’zini tanqid va o’ziga nisbatan qat’iy talabchanlik bilan o’z ishiga to’g’ri baho bera bilish, ishidagi kamchiliklarni ko’ra bilish, o’z hatti-harakati va faoliyatini tahlil qila bilish ham baho berish bilan o’z kamchiliklarini dadil ochib tashlash va ularga iqror etish hamda ularga halollik hamda vijdonan bartaraf qilish choralarini ko’rish bilan chambarchas bog’liqdir.

Kishidagi kamtarlik ba’zan tortinchoqlik, uyatchanlik tarzida namoyon bo’ladi. Yana shunday odamlar ham uchrab qoladiki, biron g’arazni, o’z shaxsiy manfaatini ko’zlab va bunga yetishmoq uchun boshqa odamlar oldida o’z insonlik qadr qimmatini yerga urishga tayyor turadi. Bunday odamlarning hatti-harakatlarida hushomadgo’ylik, tilyog’lamalik, laganbardorlik singari nihoyat past qiliqlari ko’rinib turadi. Odamlardagi laganbardorlik, tilyog’lamalik, hushomadgo’ylik salbiy xarakter xislatidir.

Ba’zi odamlar borki ular haqiqatda o’zlarida bo’lmagan fazilatlarni o’zlarida bor deb ko’rsatmoqchi bo’ladilar. Bunday odamlar o’ziga bino qo’ygan maqtanchoq, manman ko’zbo’yamachi bo’ladi, o’zini katta tutib, gerdayib yuradi. Bunday kishilar, ko’pincha, juda katta ketib gapiraveradilar-u lekin amalda, haqaqatdan tuturiqsiz, noshud, puch odam bo’ladilar.

Kishining o’zida yo’q sifatni bor degani bilan bu gap hali uning xarakteridagi haqiqiy ijobiy xislat bo’la olmaydi. Balki, aksincha, kishining o’zida yo’q sifatni bor deb ko’rsatishga urinishi, kishining o’zini ma’lum bir fazilat egasi deb o’ylab yurishi uning xarakteridagi xislat bo’lib qo­ladi. Shunday qilib, kishining chinakam olijanob xislat­lari uning o’zida bor deb hisoblangan, lekin aslida yo’q xislatlar bo’lmay, balki shu kishi to’g’risida uning ishiga qarab jamoatchilik o’rtasida tug’ilgan fikr tasdiqlagan xislatdir. Ta’lim-tarbiya jarayonida oldini olish bizning asosiy vazifamizdir.

Biz kishida hilma-hil ko’rinishda va turlicha namoyon bo’ladigan bir qancha xarakter xislatlari bilan tanishib chiqdik.

Har qaysi xarakter xislati bir biridan ajralgan bo’lmay, balki ular bir-birlari bilan bog’liq holda namoyon bo’ladilar. Shuning uchun bir xarakter xislatining o’zi ham turlicha odamlarda turlicha namoyon bo’lmog’i mumkin. Chunonchi, dadillik bilan qilinadigan bir hatti-harakatning o’zi ma’qul yoki noma’qul, ahloqda muvofiq yoki nomuvofiq bo’lmog’i mumkin. Kishidagi mardlik singari xarakter xislati faqatgina undagi iroda bilan bog’liq bo’lmay, balki aql-idrok va tuyg’u hissiyotlar bilan bog’liqdir. Mardlik ayni vaqtda ahloqiy xislat hamdir. Har bir kishining xarakteri kishi shaxsida mujassamlanadigan turlicha xislatlarning alohida bir tarzda birlashuvidir.

Kishilar xarakterini klassifikasiya qilishga yoki xa­rakter tiplarini aniqlashga urinish hollari psixologiya tarixida ko’p martaba uchragan. Shunga qaramay, hanuzgacha bir xarakter klassifikasiyasi va tipologiyasi yaratilgani yo’q.

Shu sababli ayrim kishilarni xarakterlashda odatda shu kishiga xarakterli bo’lgan bir-ikkita muhim belgisi ko’rsatiladi. Chunonchi, ba’zi kishilarni mustahkam, kuchli xarakterli desak, ba’zilarini kamtar, mehnatsevar, yana boshqalarini esa hushmuomala, dilkash va hokazolar deb ataymiz.

Kishining o’z faoliyatlarida, tuyg’u-hissiyot va nutqlarida, uning boshqalarga va o’z-o’ziga munosabatlarida namoyon bo’ladigan xarakter xislatlari bu kishining o’z hayotida qanday maqsadlarga amal qilishga qarab, o’z hayotini va qiladigan ishlarini qanday tushunishga qarab, ijobiy yoki salbiy bo’lmog’i mumkin.

Shuning uchun ham uning barcha xarakter xislatlari yuqori ahloqiy sifat kasb etadi. Ekspluatator sinflar sharoitida qat’iyat, matonat, mustaqillik singari xarakter xislatlari, ekspluatatorlik maqsadiga qaratilganligi tufayli ahloqqa zid, yaramas, xarakter xislatlari deb hisoblanadi.

Shunday kishilar ham uchraydiki, ularning xarakterini aniqlash qiyin bo’ladi. Bunday odamlar haqida xalqimiz juda o’rinli ravishda: «na rahmonga chiroq va na shaytonga kasov, shunchaki bir odam» deb ataydilar.

Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, kishi temperamenti uning xarakteri tarkibiga kiradi, shu sababli ham xarakterning fiziologik asosi nerv sistemasining tipidan iborat.

Ijtimoiy muhitning ta’siri, tarbiya va mehnat faoliyati jarayonida kishi xarakterini tarkib topishida, shubhasiz uning nerv sistemasida ham o’zgarishlar yuz beradi. Bunday o’zgarishlar nerv sistemasining plastiklik deb ataluvchi xususiyatiga ko’ra yuzaga keladi.

Xarakter xislatlari shaxsning keyin hosil qilinadigan va mustahkamlanib qoladigan xususiyatlari bo’lganligi tufayli, xarakterning fiziologik asosi ham individual hayot jarayonida nerv sistemasining o’zgargan xususiyatlaridan iborat. Hayvon nerv faoliyati tiplarini analiz qilib I.P.Pavlov bunday deb yozadi:

«Tip hayvon nerv faoliyatining tug’ma konstitusion turi - genotipdir. Lekin hayvon tug’ilganidan boshlab tashqi sharoitning g’oyat hilma-hil ta’sirlariga duch keladi va bunga muayyan faoliyatlari orqali u muqarrar javob berishi lozim bo’ladiki, ko’pincha, bu faoliyatlar mustahkamlanib, nihoyat butun hayoti oxirigacha saqlanib qoladi, shu sababli hayvonning batamom tarkib topgan nerv faoliyati tipga oid belgilar bilan tashqi muhit ta’siri ostida hosil bo’lgan o’zgarishlarning qotishmasidir – fenotip, xarakterdir».

I.P.Pavlov o’zgaruvchan nerv sistemasi tipini katta miya yarim sharlari po’stining sistemalilik ishi bilan va nerv jarayonlarining tarkib topgan, muvozanatli sistemasidan iborat bo’lgan dinamik stereotip bilan bog’laydi.

Stereotip shaxsdagi mustahkam odat bo’lib qolgan xususiyatlarning, jumladan, xarakter xislatlarining ham nerv-fiziologik asosidir.

Xarakterning nerv fiziologik asosini tushunish uchun I.P.Pavlovning ikkinchi signal sistemasidagi ta’limoti katta ahamiyatga egadir. Ikkinchi signal sistemasi nutq va tafakkurning fiziologik asosi bo’lishi bilan birga kishi hulqini ham idora qiladi.

«Normal o’sgan odamda deb yozadi I.P.Pavlov, - ikkin­chi signal sistemasi odam hulqining oliy boshqaruvchisidir». Xarakterning fiziologik asosi to’g’risida gapirganda barcha xarakter xislatlari go’yo faqat nerv sistema tipi xususiyatlari bilangina belgilanadi deb tushunish yaramaydi albatta.

Xarakterning fiziologik asosi xarakterning mazmunini tashkil qiladigan sifatlarni, chunonchi, ijtimoiy maslak, mardlik, o’z burchiga sadoqatli bo’lishlarni o’z ichiga olmaydi va ololmaydi ham albatta. Xarakter psixologiyasining mazmuni o’zining kelib chiqishi jihatidan ijtimoiy kategoriyadir; psixologiya xarakterning mazmunini tashkil qilgan tomonlarini yoritishligi tufayli, u ijtimoiy fanlar qatoriga kiradi,

Kishi xarakteri tabiiy, tug’ma bo’lmay, balki keyin hosil bo’ladi va tarbiyalanib yetishadi. «Xarakter tarkib topadi, xarakter hosil bo’ladi» degan iboralar shuni ko’rsatadiki, odamlar kishi xarakterining tarbiya ta’siri bilan o’zgarishi xususiyatiga ega ekanligini o’zlarining kundalik oddiy kuzatib borishlaridan bilib olganlar.

Burjua olimlaridan bir qanchasining Krechmer va uning izidan boruvchilar, odam xarakteri va uning taraqqiysi tamomila kishining tana tuzilishi bilan, faqat shu bilan belgilanadi, deb isbotlashga urinishlari fanga hilof reaksion urinishdir. Bunday olimlar xarakterning tarkib topishida shuningdek shaxsning psixik hayotining taraqqiy etishida ijtimoiy sharoit ham, insonning faoliyati ham, tarbiya ham hyech qanday rol o’ynamaydi deb da’vo qiladilar.

Kishining xarakteri tug’ma, doimiy va o’zgarmaydigan nar­sa emas. Hyech bir bola mehnatsevar, yoki dangasa, rostgo’y yoki munofiq, botir yoki qo’rqoq, intizomli yoki intizomsiz bo’lib tug’ilmaydi.

Har bir odamning xarakteri temperamenti asosida, ij­timoiy muhit ta’siri bilan, tarbiya, amaliy faoliyat jarayonida va kishi o’z-o’zini tarbiyalash bilan taraqqiy qilib, o’zgarib boradi.

Xarakterning taraqqiysi kishining irodasi, aql-idroki va hissiyotlarining taraqqiy qilib borishi bilan mustahkam bog’liqdir. Shu sababli, kishining irodasi, aql-idroki va tuyg’u-hissiyotlarining taraqqiy qilib borishi va ularning tarbiyalanishi haqida aytilgan fikrlarning hammasi kishi xarakterining taraqqiysiga ham tegishlidir.

Kishining butun hayoti davomida uning xarakterining tarkib topishga ijtimoiy muhit avvalo shu kishi birga yashab va ishlab kelgan jamoa katta ta’sir ko’rsatadi.

Xarakterning taraqqiysida muhitning roli kishining bolalik chog’laridan boshlaboq nihoyat kattadir. Ma’lumki, bola kichik yoshdan boshlaboq taqlidchan bo’ladi. Bolalar ota-onasiga va atrofdagi boshqa yaqin kishilariga o’xshashlikka moyil bo’ladilar. Ular kattalarning yurish turishlari, hulq-atvori, imo-ishoralari, dasturxon ustida o’zlarini qanday tutishlari va kichkina bolalarga munosabatda bo’lishlariga va ularning gap-so’zlariga hattoki ularning gap ohanglarigacha hamma mayda narsalarigacha taqlid qilishga urinadilar. Shuning uchun ham ijtimoiy muhitning ta’siri ostida boladagi ayrim xarakter xislatlari juda yoshlikdan boshlaboq, go’yo o’z o’zicha hosil bo’lgan xususiyat tariqasida mustahkamlana boshlaydi. Kattalarga taqlid qilish xususiyati bolalarning o’sib borish davrida ham saqlanadi. Shuning uchun ham bola xarakterining taraqqiyotida kattalarning bolaga juda yoshlikdan boshlab ibrat bo’lishlari katta rol o’ynaydi.




XULOSA

Psixologik va pedagogik adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish hamda turli ta’lim-tarbiya muassasalarida o’tkazilgan tadqiqot natijalari asosida quyidagi xulosalarga keldik.

Inson bolasining shaxs sifatida shakllanishi, psixik rivojlanishi, o’quvchilik davriga to’g’ri keladi. O’quvchilik davri o’zining serqirraligi bilan boshqa davrlardan farqlanadi. Shu nuqtai-nazardan olib qaraydigan bo’lsak, yoshlarimizni qolaversa, maktab o’quvchilarni har tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalashimiz uchun avvalo ularning psixologik xususiyatlarini xarakterini mukammal bilishimiz darkor.

Eng avvalo biz o’quvchilar xolatlarga ko’proq e’tibor qaratishimiz lozim.

Zero, biologik va psixologik o’zgarishlarning katta qismi xuddi o’smirlik va o’spirinlik davriga to’g’ri keladi va bu jarayonda o’quvchilar ruhiy dunyosida keskin o’zgarishlar yuzaga keladi.

O’quvchilarning xarakterini, xulqiga, harakatlariga turli ziddiyat va muommolarga duch kelmasligi uchun uni atrofida o’rab turgan yaqin kishilari, eng avvalo ota-onasi, o’qituvchilari qolaversa, maktab ruhshunoslari ular bilan tushuntirish ishlari olib borishlari, uning ichki, ruhiy dunyosidan boxabar bo’lishlari lozim. Lekin bu davrda o’quvchilarda shunday bir holat kuzatiladiki, ular o’zlarini katta odamdek tutishni, o’zlari erkin qarorga kelib, erkin ish yuritishni xohlamadi va birovlarning pand-nasihatlariga unchalik e’tibor berilmaydi.

Ular o’zlarining temperament tillarida xarakterlarida bo’layotgan o’zgarishlarni ularga tegishli bolishini, buni boshqalar bilmasligini hohlamadi.

Agar oilada, ta’lim-tarbiya muassasalarida umuman jamiyat hayotida o’quvchilarga sog’lom va qulay muhit yaratib berilmas ekan, bu o’quvchilar hayotida turli salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Chunki o’quvchilar xarakter sifatlari bu davrda juda ham ta’sirotlarga, hissiyotlarga beriluvchan xarakterlarni o’zgartirishi bo’lib, salbiy ta’sirga va his tuyg’ularga o’zi bilgan va bilmagan holda berilib ketishi mumkin va bunga o’zi uchun tog’ri yo’l deb qabul qiladi.

Maktab, kollej, litsey o’quvchilarida bilish jarayonlarida ya’ni xotira, xayol, diqqat, idrok, tafakkur, tasavvur xususiyatlariga ham bir qator o’zgarishlar yuzaga kelar ekan, bu davrda o’quvchilar ko’proq xayol suradigan, diqqatni beqaror tez ko’chadigan, o’quvchilar ko’proq hissiyotga beriladigan, o’ta irodali yoki umuman irodasiz holatga tushib qolishadi.

Ularning xarakter va temperament xususiyatlarida ham bir qator ijobiy va salbiy o’zgarishlar yuzaga keladi.



Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. I.A.Karimov. “Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyoining poydevori” T. 1997.

  2. I.A.Karimov. “Bunyodkorlik yo’lidan”. Yuksak malakali mutaxassislar-taraqqiyot omili. –T., O’zbekiston, 4 jild, 1996, 54 be.

  3. I.A.Karimov. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”. T.“Manaviyat” 2008.

  4. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. T.1997.

  5. “Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo’yiladigan Davlat talablari”-T, 2000.

  6. M.Sh.Rasulova va boshqalar “Uchinchi ming yillikning bolasi” tayanch dasturi va o’quv qo’llanmasi. –T, 2001.

  7. K.Xoshimov, S.Ochilov. “O’zbek pedagogikasi antologiyasi”. –T. “O’qituvchi”. 1996.

  8. V.M.Karimova. “Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot”, -T. “O’qituvchi”. 1999.

  9. V.M.Karimova, F.A.Akromova. “Psixologiya”. –T. “O’qituvchi”. 2000.

  10. Ye.G’oziyev. “Psixologiya muommolari”. –T., “O’qituvchi”. 1996.

  11. Ye.G’oziyev. “Psixologiya”. –T. “O’qituvchi”. 2002.

  12. Ye.G’oziyev. “Oliy maktab psixologiyasi”. -T. 1997.

  13. Ye. G’oziyev, X.Ibragimov. “Psixologiya metodologiyasi”.2000.

  14. M.G.Davletshin, S.M.To’ychiyeva. “Umumiy psixologiya”. –T. 2002.

  15. M.G.Davletshin, “Zamonaviy maktab o’qituvchisi”. T.1998.

  16. M.G.Davletshin taxririda. “Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya”. –T. 2004.

  17. M.G.Davletshin. “Ta’limning psixologik asoslari”. –T. 1990.

  18. A.V.Petrovskiy taxririda. “Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya”. Moskva 1979.

  19. A.V.Petrovskiy. “Umumiy psixologiya”. 1992.

  20. V.A.Kruteskiy. “Pedagogik psixologiya asoslari”. –T. 1976.

  21. P.I.Ivanov. “Ta’limning psixologik asoslari”. –T. 1963.

  22. G.Jalolova. “Bolalarni maktabga tayyorlashda noan’anaviy o’yinlardan foydalanish”. –T. 2004.

  23. M.Vohidov “Bolalar psixologiyasi”. T.1982.

  24. Q.Daminov “Bolalar psixologiyasida tadqiqot metodlarining qo’llanish tarixidan”. –T. 1992.

  25. M.Xalilov. Bilish jarayonlari. – Samarqand 1992.

  26. M.Xalilov. Umumiy psixologiya. (ma’ruzalar matni 1-2 qism) – Samarqand. 2003.

  27. S.Oxunjonova, N.Ismoilova. “Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash haqida” (tarbiyachi va ota-onalar uchun tavsiyalar). –T,1991.

  28. O’.Otavaliyeva. “Bolalar psixologiyasi”. S. 2003. 1-2 qism.

  29. “Xalq ta’limi” jurnali. 2000,4; 2005,6; 2007,4,5;-sonlar

  30. “Uzluksiz ta’lim” jurnali. 2006,3-4 sonlar.

  31. “Maktabgacha ta’lim” jurnali. 2003,7k,8,9; 2006,3-4 sonlar.

  32. “Maktab va hayot” jurnali. 2001 y, 3 son. 2005 1-son.

  33. E.G’oziyev. “Umumiy psixologiya”. –T. 2010.

INTERNET SAYTLARI


  1. www.gov.uz http://www.edu.uz

  2. http://bankrabot.com

  3. http://planetadisser.com

  4. http://www.bestdisser.com

  5. http://www.miu.by/rus/info

  6. www.ht.ru – «Human Technologies»

1   2   3


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət