Ana səhifə

1-Dars. Olingan bilimlar yuzasidan takrorlash


Yüklə 348 Kb.
səhifə4/5
tarix27.06.2016
ölçüsü348 Kb.
1   2   3   4   5

163- mashq. Gaplarni o'qing. Ularda ilgari surilgan g'oya haqida fikr yuriting. Matallarni belgilang.

Aql aqldan quvvat oladi. Ahmoqning aqli — to'pig'ida. Davlat bitar, bilim tugamas. Go'zallik — ilm-u ma'rifatda. Tirmashgan tog'dan oshar. Yurti boyning o'zi boy. Eldan ayrilguncha, jondan ayril. Ari zahrini chekmagan bol qadrini bilmas. Daryo suvini bahor toshirar, odam qadrini mehnat oshirar. Yigit husni mehnatda. Kiyimning yangisi yaxshi, do'stning — eskisi. Dono bilan nodon bitta buloqdan suv ichmas. Teran daryo tinch oqar. Ilm — tubsiz quduq. Yolg'onning umri qisqa. Do'stlik — barcha boylikdan afzal... Sabr tog'ni yiqitar. Marddan ot qolur, nomarddan — dod. Hunar oshatar, mehnat yashnatar. Ko'klam — mehnat bilan ko'rkam. Kumushdek ter to'ksang, gavhardek dur olasan.


HIKMATLI SO'ZLAR (AFORIZMLAR)

TAKRORLASH

Grammatik jihatdan gap holida shakllangan, xalqning turmush tajribasiga tayanib ma'lum bir shaxs tomonidan yaratilgan qisqa, obrazli barqaror birikmalarga hikmatli so'zlar (aforizmlar) deyiladi.

Masalan,


Odami ersang demagil odami,

Onikim yo'q xalq g'amidin g'ami.



(A. Navoiy)

Hikmatli so'zlar (aforizmlar) barqarorlik, mazmuniy yaxlitlik, takroriylik (ya'ni nutqda doimo bir xil tuzilishda quyma holda takrorlanish) belgilariga ko'ra boshqa barqaror birliklar bilan umumiylik kasb etsa ham, aniq muallifining borligi bilan ulardan farq qiladi.



Hikmatli so'zlarni o'rganib, xotirada saqlab, nutqda o'rinli qo'llay bilish kishining so'z san'atkori, donishmand bo'lishini ta'minlaydi.
Rebusni yeching. Tushirib qoldirilgan harflarni yozish natijasida hosil bo'ladigan hikmatli so'zni toping.





D




H







N

I







O



















R

T




Q




D

R




T




I







B




L




R

,




U

D




A

T










Yu

R




N




N

G







E




Q







I

B




Y







O’




U

R

.

















Javobi:

Dehqoni boy yurt qudratli bo'lur, qudratli yurtning dehqoni boy bo'lur. (I. Karimov)



164- mashq. Alisher Navoiyning qanday hikmatli so'zlarini bilasiz? Ulardan o'ntasini ko'chirib yozing. Ma'nosini sharhlab bering.
VATANGA OID HIKMATLI SO'ZLAR
1. Vatan — onaning ko'ksidan boshlanadi.

2. Vatan tuyg'usining manzillari beshikdan qabrgachadir.

3. Vatanni sevish hissi — bu shunchaki tug'ma mayl emas, u sarbaland va muqaddas tuyg'udir.

4. Vatan tuprog'i oyoqdan emas, balki qadoq bog'lagan qo'llardan bo'sa olgisi keladi.

5. Belingiz Vatan yukidan bukchaysin.

6. Vatan yuki zalvorli bo'lsa-da, maloli yo'q.

7. Quyoshga juftlik yarashmaganidek, Vatanning ham sherigi yo'q.

8. Vatan sadaqaga berilmagan, uni bizga taqdir ato etgan.

9. Vatan — eng katta taqdir.

10. Sen Vatanni madh etgan minbar — mehrobdir.

11. Iymon — vijdonning qiblasi. Vatan ham bamisoli qiblagohdir.

12. Vatan nechog'li ulkan bo'lmasin, u qalbga ham, ko'z qorachig'iga ham jo bo'la oladi.

13. Vatan ishqi oshiq sevgisidek qalbning tub-tubidan joy olgan bo'ladi.

14. Vatan xokini to'tiyoga aylantirish uchun al-kimyogar bo'lish shart emas.

15. Vatanfurush o'z oltin beshigini pullaydi.

16. Vatan tuyg'usi ustuvor yurtda vatanfurushning bozori kasoddir.



(Murod Xidir)
Yuqoridagi fikrlarni yozing va mag'zini chaqing. Siz ham Vatan haqidagi hikmatli fikrlarni davom ettiring. Ot so'z turkumining ishlatilishiga e'tibor bering.
165- mashq. Ilm haqidagi hikmatlarni yod oling.

1. Ilmsiz inson — mevasiz daraxt.

2. Nodonga ilm o'rgatmoq umrni zoye o'tkazmoqdir.

3. Ilm bir xazina bo'lsa, bu xazinaning kaliti savoddir.

4. Ilm kelinchakka o'xshaydi, u hikmat va pinhonlikni yoqtiradi.

5. Ilm — inson ziynati.

6. Qog'ozga tushirilmagan ilm unutilib ketadi.

7. Kimki ilm bilan aqlini oshirishga urinsa, mol-u davlat o'zi kelaveradi.

8. Ilm bo'lmasa odamning hayvondan farqi bo'lmas edi.

9. Molni ishlatganing sari ozayadi, ilm esa ko'payadi.

10. Har kimki erur ulamo mohir, Bo'lg'ay anga so'zning husni zohir.

(Shavqiy Kattaqo'rg'oniy)
166- mashq. Quyidagi hikmatlarni o'qing va ularga izoh bering. Ularda ilgari surilgan g'oyalar haqida fikr yuriting.
Tilimizning tovlanib turishida shoir uchun ne-ne bitmas-tuganmas xazinalar bor.

(M. Shayxzoda)

* * *


Til uslub uchun shaxmat taxtasidagi shohdir.

(K. Fedin)

* * *


Kitobxonga bir fikrni anglatish uchun yoki bir narsani tasavvur qildirish uchun kishining boshini qotirmaydigan ochiq, ravon va sodda til kerak.

(A. Qahhor)

* * *


O'zbek tili xazinasidagi so'zlar shu qadar ko'p va jilovkorki, bu tilda hech qiynalmasdan go'zal asarlar: she'rlar, qissa va hikoyalar bitish mumkin.

(N. Tixonov)
167- mashq. Amir Temur tomonidan aytilgan o'gitlarni daftaringizga yozib oling va ular haqida bahs tashkil qiling.

Ulamolar suhbatida bo'l, pok, sof niyatli kishilarga talpin. Kechira olishlik mardlik, kechira bilmaslik nomardlik. Ahli ehson bilan jahon gulshani obod bo'lar. Bir kalima shirin so'z qilichni qinga kiritadi. Kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilm-u donishning asosidir, hayotni o'rgatuvchi murabbiydir. Ilm va dinning mashhur kishilari o'z maslahatlari bilan podshohlarga yordam berib kelganlar. Dushmanning kulgani — siringni bilgani. Bir kunlik adolat yuz kunlik toat-ibodatdan afzal. Kuch — adolatdadir.


168- mashq. Hadislarni o'qing. Ularning hayotimizga naqadar to'g'ri kelishi haqida fikr yuriting. O'zingiz ham hadislarga namunalar ayting va daftaringizga yozing.

Kasbning eng yaxshisi kishining o'z qo'li bilan bajarilgan ishi va halol savodi. Sadaqaning afzali musulmon kishining ilm o'rganib, so'ng boshqa musulmon birodarlariga ham o'rgatishi. Halol kasbdan charchab uxlagan odam gunohlari kechirilgan holda tunaydi. Ilmni yozib qo'yish bilan bog'lab olinglar. Ilm ibodatdan afzal. Jannat onalar oyog'i ostidadir. Kimki shoshmay, sabr-qanoat bilan ish qilsa, qilgan ishi to'g'ri chiqadi. Saxiy kishining taomi shifodir. Odamlar bilan murosa-yu madoraga kirishish ham sadaqa hisoblanadi.



169-mashq. Matnni o'qing va undan o'zingizga tegishli xulosa chiqarib oling. Aflotunning o'z shogirdi Arastuga qilgan nasihatlari.

Hamisha ilm payida bo'lib, qalbing ham, ko'zing ham doimo bedor bo'lsin. Uyqu va oromni o'ylab bugungi ishni ertaga qoldirma. Badbaxt shunday kishiki, ishining oqibatini o'ylamaydi, gunoh ishlardan o'zini tiymaydi. Barchani birdek sev, biror kishi baloga duchor bo'lsa, unga ko'mak qo'lini cho'z. Har kimning gapini to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini bilmay turib, tekshirmay turib, hukm chiqarma. Qaysi ishda bo'lmasin, sustkashlik qilma. Yaxshilik qilishda chegara bor deb o'ylama. Hakimlar hikmatini yod ol. Mol-dunyo hirsini ko'nglingdan quv. Yoqimli odoblardan ko'z yumma. Tuban ishlarga qo'l urma. Hamma bilan gaplashganda ham kamtarlikni qo'ldan berma. Birovni xor sanama, hamisha adolatni o'zingga shior qil!


Savol va topshiriqlar
1. Barqaror birikma deganda nimani tushunasiz?

2. Barqaror birikmaning qanday turlari mavjud?

3. Frazeologizm nima?

4. Maqol va matal deganda nimani tushunasiz?

5. Qanday birikmalar hikmatli so'zlar (aforizmlar) sanaladi?
13-dars. O'ZBEK LEKSIKOGRAFIYASI (LUG'ATSHUNOSLIGI). ENSIKLOPEDIK (QOMUSIY) LUG'ATLAR VA ULARDAN FOYDALANISH
R e j a:
1. Leksikografiya haqida ma'lumot.

2. Lug'at va uning tiplari.

3. Ensiklopedik lug'atlar.

4. Filologik lug'atlar.


Leksikografiya lot. lexikos — so'z, grapho — chizmoq, yozmoq so'zlaridan olingan bo'lib, lug'at tuzish amaliyoti va nazariyasi bilan shug'ullanuvchi tilshunoslikning bo’limidir.

Leksikografiya nazariyasining predmeti lug'at tuzish tamoyillari va usullaridir.

Leksikografiya amaliyoti esa lug'at tuzuvchilarning ishini tashkil etish, so'zlarni kartochkalarga tushirish, sistemaga solish va saqlash singarilarni o'z ichiga oladi.

Leksikografiya nazariyasida lug'at turlari, so'zlik tarkibi va so'z maqolasining tuzilishi asosiy o'rinni egallaydi.



Avvalo, lug'atlar ikki turli bo'ladi: 1) ensiklopedik (qomusiy) lug'atlar; 2) filologik (lingvistik) lug'atlar.

Bu ikki turdagi lug'atlar lug'at birliklarining nimaga qaratilgani bilan farqlanadi. Lug'atga kiritilayotgan birliklar barcha tushunchalarni o'z ichiga olsa, ensiklopedik (qomusiy) lug'at; ma'lum bir tildagi so'zlarni o'z ichiga olsa, filologik (lingvistik) lug'at hisoblanadi.

ENSIKLOPEDIK (QOMUSIY) LUG'ATLAR VA

ULARDAN FOYDALANISH
Ensiklopedik (qomusiy) lug'atda turli xil tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar, ilmiy tushunchalar va boshqalar o'z ifodasini topadi. Umuman, ensiklopedik lug'atlar ma'lum bir xalqning madaniy-ma'naviy, ilmiy-amaliy, siyosiy-iqtisodiy hayotiga doir barcha tushunchalarni qamrab oladi va bu tushunchalar unda o'z izohini topadi.

Qomusiy lug'atlarni yaratish uzoq davom etadigan, mashaqqatli ish sanaladi. Unga kiritiladigan maqolalar tushunarli, ravon tilda berilishi, ular turli-tuman kartalar, sxemalar, rangli va oq-qora rasmlar, atoqli shaxslarning portretlari bilan bezatilishi lozim.

Misol uchun 14 jildli O'zSEning 1-jildini tayyorlash ishida 14 akademik, 13 akademiyaning muxbir a'zosi, 88 fan doktori, professor, 539 fan nomzodi va boshqa ko'plab mutaxassislar qatnashgan. Unda 3350 ta maqola mavjud. Mazkur jild ustida 1965— 1971-yillar mobaynida tayyorlov ishlari olib borilgan.

1971 — 1980-yillar oralig'ida O'zSEning 14 jildi nashrdan chiqqan. O'sha davr uchun bu juda katta voqea edi, lekin ushbu qomusiy lug'atdagi ko'plab maqolalar bugungi kun talabiga javob bermaydi, eskirdi. Ularni qayta ishlash, mustaqillik mafkurasi nuqtayi nazaridan yoritish lozim bo'lib qoldi. Shu tufayli O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi»ni yaratish to'g'risida maxsus qaror qabul qildi. Ana shu qaror asosida 2000— 2006-yillarda 12 jildli «O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi» yaratildi.

Toshkent shahrida ensiklopedik lug'atlar va kitoblarni nashr etish bilan shug'ullanayotgan alohida muassasa — O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti faoliyat ko'rsatmoqda.

175- mashq. «Uy-ro'zg'or ensiklopediya»sidan ism qo'yish (206—208-betlar), kutubxona (248—249-betlar), elektr asbob (500-bet) so'zlarini namunadagidek ko'chirib yozing. Bu haqda fikr yuriting.
Namuna:

Dessert — dasturxonga issiq ovqatdan so'ng tortiladigan shirin taomlar (kisel, kompot, krem va boshqalar), ho'l mevalar, konditer mahsulotlari. Dessert uchun maxsus idishlardan foydalaniladi (dessert likop, dessert qoshiq, pichoq va shu kabilar).


Savol va topshiriqlar
1. Leksikografiya nima va u nimalar haqida bahs yuritadi?

2. Lug'at deganda nimani tushunasiz va u qanday turlarga bo'linadi?

3. Ensiklopedik lug'at bilan filologik lug'atlar bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?

4. «Istiqlol» lug'at birligini ensiklopedik va filologik jihatdan izohlang.

5. Izohli va tarjima lug'atlarning farqini ayting.


  1. Qanday izohli lug'atlarni bilasiz?



15-dars. FILOLOGIK LUG'ATLAR VA ULARNING TIPLARI

Reja:

  1. Filologik lug'atlar haqida.

  2. Ularning boshqa lug'arlardan farqi.

  3. Turlari

Filologik lug'atlar ma'lum bir tildagi so'zlarni o'z ichiga oladi. So'zlar muayyan bir tartibda (yo alifbo asosida, yo mazmuniy guruhlar asosida) joylashtiriladi.

Filologik lug'atlarning o'zi, eng avvalo, izohli va tarjima lug'atlariga bo'linadi.

Tildagi so'zlarni izohlashga qaratilgan lug'atlar izohli lug'at, muayyan tildagi so'zlarning ikkinchi tilga tarjimasini berishga qaratilgan lug'atlar esa tarjima lug'at sanaladi.

1981-yili Moskvadagi «Pyccкий язык» nashriyotida nashr qilingan 2 jildli «o'zbek tilining izohli lug'ati», 2006—2008-yillarda O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr qilingan va 80 ming so'z hamda so'z birikmasini o'z ichiga olgan 5 jildli «o'zbek tilining izohli lug'ati», 2001-yili Toshkentdagi «Sharq» nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati tomonidan nashr etilgan «o'zbek tili faol so'zlarining izohli lug'ati» yoki o'zbekcha— ruscha, inglizcha—ruscha—o'zbekcha lug'atlar bunga misol bo'la oladi.



Izohli lug'atlar so'zlikning tanlanishiga ko'ra umumiy va tarmoq lug'atlarga bo'linadi. Tilning barcha so'zlarini izohlashga qaratilgan lug'atlar umumiy izohli lug'atlar, ma'lum bir tarmoqqa doir so'zlarnigina tanlab, ularni bir tartibda joylashtirib izohlashni maqsad qilgan lug'atlar tarmoq lug'at hisoblanadi. (Masalan, kasb-hunarga doir lug'atlar, ma'lum fan sohasi bo'yicha atamalar lug'ati va boshqalar.)

Har qanday lug'at shu lug'atning egasi bo'lgan xalqning katta madaniy va ma'naviy boyligi sanaladi.


176-mashq. Quyidagi berilgan izohli lug'atlarning nomini va nashr ma'lumotlarini daftaringizga yozib oling. Ularni topib, mazkur lug'atlar bilan ishlashni o'rganing.

«Navoiy asarlari lug'ati» — Toshkent, G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1972, 784 bet.

«O'zbek tilining izohli lug'ati» — Moskva, «Pyccкий язык» nashriyoti, 1981, 1-jild—632 bet; 2-jild—715 bet.

«Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati» — Toshkent, «Fan» nashriyoti. 1983, 1-jild - 656 bet; 1983, 2-jild - 644 bet; 1984, 3-jild - 622 bet; 1984, 4-jild - 634 bet.

«Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug'ati» — Toshkent, «Sharq» nashriyotmatbaa konserni Bosh tahririyati, 1998, 318 bet.

«O'zbek tili faol so'zlarining izohli lug'ati» — Toshkent, «Sharq» nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati, 2001.


177- mashq. «Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug'ati» (Toshkent, «Sharq» nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati, 1998 yil, 318 bet)dan olingan.

Alternativa (13-bet), birja (22—23-betlar), investitsiya (68—69- betlar), mafkura (106— 107-betlar), ombudsman (179—180-betlar), xalqaro tillar (231— 232-betlar) kabi atamalardan biriga berilgan izohni daftaringizga ko'chirib yozing va shu haqda fikr yuriting.


178- mashq. «O’zbek tili faol so'zlarining izohli lug'ati» (Toshkent, «Sharq» nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati, 2001)dan vatan, yurt, o'lka, diyor, maskan so'zlariga berilgan izohlarni o'qing, so'ng ular haqida bahs uyushtiring.
179- mashq. «Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug'ati»dan olingan quyidagi parchani o'qing.

Davlat tuzilishi va uning shakllari. Davlat o'z tuzilishi jihatidan uch turda: federativ, konfederativ va unitar tarzda bo'lishi mumkin. Bunday holat davlatning tarkibiy qismlari o'rtasidagi, qismlarning markaziy hokimiyat bilan o'zaro munosabatlari, shuningdek, har bir hududiy qismning huquqiy mavqeyi turlicha mohiyat kasb etishidan kelib chiqadi.

Unitar (yaxlit) davlatlar, federatsiyadan farqli o'laroq, viloyat, o'lka, tuman, guberna, grafliklar singari ma'muriy-hududiy qismlardan tashkil topgan tuzumdir.

Federativ (murakkab) davlatlar esa davlatchilikning avtonom (muxtor) shtatlar, hududiy yer birliklari kabi qismlardan tuzilgan bo'ladi. (Masalan, AQSHda shtatlar, GFRda hududiy yer birliklari federatsiyaning tarkibiy qismlaridir).

Konfederatsiya davlat tuzilishining shunday bir shakliki, unga ko'ra konfederatsiyani tashkil etuvchi davlatlar o'z mustaqilliklarini to'la saqlab qolgan holda muayyan bir maqsad (harbiy, xo'jalik, muhim ichki va tashqi siyosat masalalari)da o'z kuchlarini uyg'unlashtirib, ish ko'radilar.
Savollar va topshiriqlar

1. O'zbekiston Respublikasining davlat tuzilishi haqida so'zlab bering.

2. Unitar davlat deganda nimani tushunasiz?

3. O'zbekiston Respublikasida davlat kim tomonidan boshqariladi?


182- mashq. Sh. Rahmatullayev, N. Mamatov, R. Shukurovlarning «O'zbek tili antonimlarining izohli lug'ati»dan olingan quyidagi misolga diqqat qiling. So'ng botir-qo'rqoq, mag'lub-g'olib, sun'iy-tabiiy antonimlariga izoh bering.


ACHCHIQ 1

SHIRIN 1

Ta'mi qalampirnikiga

o'xshash


achchiq dori

achchiq anor



Ta'mi shakarnikiga o'xshash

shirin


chuchuk dori

chuchuk anor


Achchiq bilan chuchukni totgan bilar, uzoq bilan yaqinni yurgan bilar. (Otalar so'zi)




ACHCHIQ 2

SHIRIN 2

Kishining izzat-nafsiga tegadigan, xafa qiladigan

achchiq so'z

achchiq turmush


Kishiga rohat bag'ishlaydigan, xursand qiladigan

shirin so'z

shirin turmush


Achchiq savol berib shirin javob kutma. (Maqol)

16-dars. USLUBIYAT

USLUBIYAT VA NUTQ USLUBLARI TASNIFI
R e j a:

1. Nutq uslublari va ularning turlari.

2. Og'zaki so'zlashuv uslubi.

3. Badiiy uslub.

4. Rasmiy uslub.

5. Ilmiy uslub.

6. Publitsistik uslub.

Radio, televideniye orqali taralayotgan suxandonlar nutqini har kuni eshitasiz. Gazeta-jurnallarda e'lon qilinayotgan xabarlarni o'qiysiz. Badiiy asarlarni mutoala qilib, tilimizning badiiy-estetik quvvatidan bahramand bo'lasiz. Fizika, matematika singari fanlarni ham o'zbek tilida o'qiysiz, shu bilan birgalikda ko'cha-ko'yda, oilada, mahallada turli yoshdagi kishilar bilan muloqotga kirishasiz.

Agar yuqorida bayon qilingan nutqiy jarayonlarga e'tibor bilan qarasangiz, ularning hammasi garchi o'zbek tilining bevosita voqealanishi bo'lsa ham, lekin ma'lum jihatlari bilan bir-biridan farqlanishining guvohi bo'lasiz.

Demak, adabiy tilning ijtimoiy hayotning ma'lum sohasi doirasida qo’llaniladigan bir necha ko'rinishlari mavjud. Ana shunday ko'rinishlari nutq uslublari hisoblanadi.



Adabiy tilning ijtimoiy hayotning ma'lum sohasi doirasida qo'llaniladigan ko'rinishi nutq uslublari deyiladi.

O'zbek tilining nutq uslublarini o'rganuvchi tilshunoslik bo'limiga esa o'zbek tili uslubiyati deyiladi.

O'zbek tilining ichki tuzilishinigina o'rganish bizga bu til haqida to'la axborotni bera olmaydi, chunki til birliklaridan qachon, qayerda, qanday vaziyatda foydalana bilish ham katta ahamiyatga ega. Masalan, muhtaram, qimmatli, aziz singari so'zlarni ma'lum shaxs bildiruvchi so'zlarga faqat rasmiy, publitsistik uslublarda qo'shib ishlatishingiz mumkin: Muhtaram Solijon Soqiyevich! Qimmatli aka, aziz opajon kabi. Bunday birikmalarni yoningizda siz bilan oddiy holatda jonli muloqot qilib turgan kishilarga qo'llay olmaysiz. Agar shunday birikmalarni qo'llasangiz, noqulay ahvolga tushasiz.

O'zbek adabiy tili quyidagi uslublar orqali namoyon bo'ladi: 1) so'zlashuv uslubi; 2) publitsistik uslub; 3) badiiy uslub; 4) rasmiy uslub; 5) ilmiy uslub. Bulardan so'zlashuv uslubi og'zaki nutqqa xos bo'lsa, qolgan uslublar esa ham og'zaki, ham yozma shakllarga ega. Masalan, ilmiy asar yoki ilmiy ma'ruza matni yozma nutqqa, ilmiy ma'ruzaning o'zi esa og'zaki nutqqa xosdir. Shuningdek, badiiy uslubning ham yozma va og'zaki (xalq og'zaki ijodi) ko'rinishi borligini bilasiz.

Tilimizda barcha uslublarda teng qo'llaniladigan so'zlar bo'lishi bilan birga, faqat ayrim nutq uslubiari uchun xoslangan so'zlar ham mavjud. Shuning uchun so'zlar ana shu belgiga ko'ra ikki guruhga bo’linadi: 1) uslubiy betaraf so'zlar (masalan, so'zlamoq, gapirmoq, uy, daftar, ovqat va boshqalar); 2) uslubiy xoslangan so'zlar (mazkur, binobarin, dudoq, irin, qaroq, nigoh, tashlamoq, bayonnoma, nota va boshqalar).


Savol va topshiriqlar

1. Nutq uslublari nima va ular tilshunoslikning qaysi bo'limida o'rganiladi?

2. Nutqning qanday uslublari bor? 3. Uslubiy betaraf va uslubiy xoslangan s-ga m.k.

SO'ZLASHUV USLUBI
Reja:


  1. So'zlashuv uslubi haqida.

  2. Uning turlari


Kundalik hayotda uyda, ko'cha-ko'yda, ish joylarida va boshqa joylarda kishilarning bir-biri bilan erkin muloqotga kirishuvi so'zlashuv uslubi orqali yuzaga chiqadi.

Oddiy so'zlashuv uslubida so'zlovchi nutq vaziyatidan kelib chiqib, axborot uchun eng kerakli so'zlarnigina ishlatadi. Qolganlari nutqiy vaziyatdan bilinib turadi yoki imo-ishora va mimikalar bilan to'ldiriladi. Masalan, kinoteatr chiptaxonasidan chipta olish uchun so'raysiz:



- Beshinchidan ikkita (Menga beshinchi qatordan ikkita chipta bering deb o'tirmaysiz).

So'zlashuv uslubining o'zi ikki turga bo’linadi:

1) adabiy so'zlashuv uslubi; 2) oddiy so'zlashuv uslubi.

1   2   3   4   5


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət