Ana səhifə

1-Dars. Olingan bilimlar yuzasidan takrorlash


Yüklə 348 Kb.
səhifə2/5
tarix27.06.2016
ölçüsü348 Kb.
1   2   3   4   5

62-mashq. Gaplarni o'qing, ko'chma ma'noda ishlatilgan so'zlarni toping va izohlang.

1. Bola onasining oldiga tushib, pildirab ketdi. (Oybek) 2. Otam yetimlarning boshini siladi. 3. Mungli kuy yurakni tirnar edi. 4. Soraxon qo'l siltab, onamning o'zlari ham urishqoqlar, dedi. (A.Qahhor) 5. Yo'lchining so'zlariga hayratlanib, chol yoqasini ushladi. (Oybek) 6. Bolalar yopishavergach, xaltani ochishga majbur bo'ldi-da, labini burib vaysay boshladi. (Oybek) 7. Kuyov qo'lini ko'ksiga qo'yib: «...ishoning, dada, Karomatni boshimga ko'taraman», dedi. (S. Ahmad) 8. O'shanda ham Yusuf amaki dadamni yolg'izlatmay, holidan xabar olib turgan. (H. Nazir) 9. Kuyov bo’lmay qaro yer bo'lgur na o'ligini ko'rsatadi, na tirigini. (A. Qahhor)


63- mashq. She'rni o'qing, ko'chma ma'noda ishlatilgan so'zlarni topib ularni izohlang.

Barcha haq ishida bo'ling salomat,

Yog'sa ham har yondan tavqi-malomat,

Ezgu ishingizni ettiring davom,

Yaratgan qo'llagay sizlarni mudom,

Kim sherik bor desa agar Ollohga,

Shubhasiz botgaydir katta gunohga.

Nohaqdan bir inson qonini to'kmoq,

Gunoh dengiziga baayni cho'kmoq.

Ota-onasiga kimki bo'lsa oq,

Bu ham og'ir gunoh sanalgay mutloq.

Agarda yolg'ondan bersa guvohlik,

Uning ham gunohin kechirmas Holiq.

Shu to'rtta gunohdan bo'lsa kim forig',

Bilingki, ularning manglayi yorug'.

(O. Bo'riyev)
64- mashq. Ko'chiring. «Palak» so'zining bir necha xil ma'nolari borligini bilib oling. Siz ham uyingizda til, ter kabi so'zlarning ma'nolarini ana shunday izohlab keling.

1. Palak. Ma'lum bir urug'dan ko'karib chiqib, yeryuzalab o'sib, gullab hosil beradigan poliz o'simligining tanasini bildiradi: qovun palak, tarvuz palak, bodring palak.

... So'lg'in palaklarda o'smay qolib ketgan xomaklar yiltillab qolar, goh surmaday qorayib ko'rinar edi. (A. Muxtor)

2. Palak. Polizchilar nutqida ba'zan qovun yoki handalak urug'i tushunchasida ham qo'llanadi. Masalan: To'rt egat palak ekdim.

3. Palak. Xalqimiz urf-odatiga ko'ra, qizlarni kuyovga uzatish uchun gul (kashta) ipakli matolar tayyorlanadi.
Iblisni rahbar deb qarshi oldilar,

Balki, sayladilar undan ham ortiq.

Poyiga ipakdan palak soldilar,

So'ng yuksak bir taxtni etdilar tortiq.



(A. Oripov)
4. Palak. «Parvoyi palak» iborasida o'z ishiga mas'uliyatsizlik, e'tiborsizlik bilan qarash, beg'amlik ma'nolari tushuniladi.

Atrofda bo'layotgan voqealarga Mo'ydinning parvoyi palak edi.

5. O'xshatish ma'nosida ham qo'llaniladi. «Bir palakdan har xil xamak chiqadi deganlari rost ekan-da», dedi so'fi yonidagilarga qarab.
65- mashq. Keltirilgan misollardan metafora usuli bilan so'z ma'nosini ko'chishining yo'llarini aniqlang, ularga izohlar bering.
Rahmi kelib bulutning

Yig'lab to'kar yoshini.

Qushlar qochar, majnuntol

Ko'taradi boshini.

Bulutning orasidan

Quyosh kulib qaraydi,

Majnuntolning yuvilgan

Sochlarini taraydi.



(E. Vohidov)
Qalam ushladimmi demak — o'yin bas,

Yayrab ocholmaydi gul dudog'ini

Shundoq yurak yutib so'rasha olmas,

Xonamda qoldirgan qo'g'irchog'ini.

Burchak-burchakda jim tortishar burun,

Bilmam qanday o'y-u xayol ichida.

Tuzsiz she'rlarim deb shirindan shirin,

Bolalarim yurar oyoq uchida...



(M. Yusuf)
66- mashq. Quyidagi ismlarning qaysi predmetlarga nisbatan qo'yilganini aniqlang. So'ng sinfdoshlaringizning ismlaridagi metafora usuli bilan qo'yilgan nomlarni toping va ularni izohlang.

Yo'lbars, Bo'riboy, Qoplonbek, Burgutbek, Lochinoy, Gulnora, Gulchehra, Feruza, Yoqutoy, Asalxon, Oyxon, Arslon, Bobur, Gilosxon, Charos, Ozoda.


67- mashq. «Qovunlar payrovi»ni o'qing. Ko'chma ma'noda kelgan so'zlarni aniqlab, ularga tavsif bering.

Odiljon:


— Qovun tanlashda tashqi ko'rinishiga qarab tanlamaslik kerak ekan. Yaxshi qovun deb olsam, pirsildoq chiqib qoldi.

Muhammadjon:

— Yangi qovun navlarini yaratayotgan mirishkor dehqonlarimizga rahmat, oshqovoqqa o'xshaganini oluvdim, obinovvot ekan.

Odiljon:


— Bu safar qovun tanlashda adashmagan ekanman, oq qovun deb olsam, eski chopon chiqib qoldi.

Muhammadjon:

— O'zi kichkina-yu, nimaga tosh bosyapti desam, bo'rikallaga o'xshaydi.

Odiljon:


— Rahmat, qovun bahonasida ozgina kulishib ham oldik. Xalqi- mizning dasturxoniga shirin-shakar qovunlarni yetkazib berayotgan dehqonlarimizning umri boqiy bo'lsin.

Savol va topshiriqlar
1. Metafora deganda nimani tushunasiz?

  1. Metafora yo'li bilan ma'no ko'chishiga o'zingiz beshta misol keltirib, ma'no ko'chish asosini tushuntirib bering.



METONIMIYA YA UNING USLUBIY XUSUSIYATLARI
- Metonimiya yunoncha metanymia — qayta nomlash demakdir.

Narsa va hodisalar o'rtasida makon va zamondagi o'zaro —— aloqadorlik asosida birining nomini ikkinchisiga ko'chishi metonimiya hisoblanadi.

Yuqoridagi misollarda shoir bilan uning asarlari (chunki shoir va uning asari o'rtasida ongimizda doimiy bog'lanish bor), choy ichiladigan joy bilan choy qaynatiladigan buyum o'rtasidagi aloqadorlik asosida birining nomi ikkinchisi uchun ko'chgan:



Navoiyni qo'lga oldim deganda Navoiy asarlarini, Bedilni o'qir edim deganda ham uning asarlarini tushunamiz.

Metonimiya asosida ko'chma ma'no hosil qilish fikrimizni lo'nda, ifodali, ta'sirchan bayon qilishning bir yo'li sanaladi.


68- mashq. Gaplami o'qing, aloqadorlik asosida so'z ma'nosining ko'chish o'rinlarini izohlang.

«Rossiya»ga qanday borsam bo'ladi? (Bekatdagi yo'lovchining murojaati)

Ichak-chavog'im tugadi, endi kalla sotaman. (Qassobning gapidan)

Mabodo, «Besh bolali yigitcha» kelmadimi? (Kitobxonning sotuvchiga bergan savolidan)

Navbatim sumka ko'targan «jinsi»dan keyin. (Xaridorning javobi)

«Navoiy»ni kechadan beri ko'tarib yuribman. (O'quvchining nutqidan)


69- mashq. Gaplarni o'qing, aloqadorlik asosida yangi ma'no hosil qilingan o'rinlarni topib ularga izoh bering.

«Oltin vodiy» poyezdi, olmaning afrosiyobi navi, «Zarafshon» futbol komandasi, amarfuzin malhami, Hojimatov damlamasi, Sarimsoqovning yarimmaydoni, rentgen apparati, «Chorsu» mehmonxonasi, «Ford» avtomobili, «Toshkent» qahvaxonasi, volt, amper kabi so'z va so'z birikmalaridagi so'z ma'nosining ko'chishida nimalarga e'tibor berilganini aniqlang.


Savol va topshiriqlar
1. Metonimiyada ko'chma ma'no qanday asosda vujudga keladi?

2. Metonimiyaning metaforadan farqini tushuntirib bering.

3. Metonimiya yo'li bilan ma'no ko'chishga ikkita misol keltirib, ma'no ko'chish sababini izohlang.

5-dars. SINEKDOXA VA VAZIFADOSHLIK HAMDA

ULARNING USLUBIYATI

SINEKDOXA VA UNING USLUBIY XUSUSIYATLARI

Sinekdoxa yunoncha synekdoche — birgalikda anglash so'zidan olingan bo'lib, bo'lak orqali butunni yoki butun orqali bo’lakni ifodalashni bildiradi.

Ma'no ko'chishning bu turi ham nutqimizning ta'sirchanligini oshirishda, ifodali, jozibali bo’lishida katta ahamiyatga ega.



VAZIFADOSHLIK VA UNING USLUBIYATI

Narsa va hodisalar o'rtasidagi vazifaviy bir xillik asosida birining nomi orqali ikkinchisining ifodalanishi vazifadoshlik asosida ma'no ko'chish deyiladi.

Vazifadoshlik asosida vujudga kelgan so'zlarni bilish, ularning ilgari qanday shakldagi narsalarni ifodalaganligini anglash tilimiz imkoniyatlarining naqadar boy ekanligini his qilishimizga yordam beradi.



Savol va topshiriqlar

1. Sinekdoxa ko'chma ma'no hosil qilishning qanday usuli?

2. Sinekdoxaning metafora va metonimiyadan farqi nimada?

3. Sinekdoxaga uchta misol topib, ko'chma ma'no hosil bo'lish sababini tushuntiring.

4. Vazifadoshlik asosida ma'no ko'chishi deganda nimani tushunasiz?

5. Vazifadoshlik asosida ko'chma ma'no ifodalashning metafora, metonimiya, sinekdoxa asosida ko'chma ma'no ifodalashdan qanday farqi borligini tushuntiring.

6. Vazifadoshlik asosida ko'chma ma'noning ifodalanisliiga uchta misol keltiring va ko'chma ma'no ifodalash sababini izohlab bering.

6-dars. ATAMA VA ATAMASHUNOSLIK.

R e j a:
1. Atama haqida ma'lumot.

2. Atama bilan umumxalq so'zlarining munosabati.

3. Atamalarning tildagi ahamiyati.

4. Atamashunoslik haqida.


Atamalarni tartibga solish har bir tilda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun atamalarni yaratish tamoyillari va ularni tartibga solish muammolari bilan shug'ullanuvchi tilshunoslikning maxsus bo'limi borki, bunday bo'lim atamashunoslik (terminologiya) deb yuritiladi.

Atamashunoslikning o'rganish birligi atamalar (terminlar)dir.

Har bir fan, kasb-hunar tarmog'i atamalarsiz ish ko'ra olmaydi. Shuning uchun atamashunoslik muammolari faqat tilshunoslikninggina muammosi bo'lib qolmay, u barcha fan va kasb-hunarning ham asosiy masalalaridandir. Shuning uchun ham Vazirlar Mahkamasi qoshida barcha fan, kasb-hunar sohalarida atamalarni tartibga solish muammosi bilan shug'ullanuvchi atamashunoslik qo'mitasi faoliyat ko'rsatib kelmoqda.

Atamalarni mumkin qadar milliylashtirish, tilimizning ichki imkoniyatlaridan atamalar yaratishda unumli foydalanish (kichik korxona, jamoa xo'jaligi, tadbirkor, qo'shma korxona kabi), shu bilan birga, iqtisodiy-siyosiy, ilmiy-texnik taraqqiyotimizga doir yangi tushunchalarni ifodalovchi chet tilidan kirib kelgan atamalarni ham zarur hollarda qabul qilish (kompyuter, fermer, dizayn) hozirgi atamashunosligimizning bosh tamoyili sanaladi. Shuning uchun ham xalq o'rtasida keng iste’molda bo'lgan radio (ovoznigor emas), aeroport (tayyoragoh emas), institut (oliygoh emas), avtobus (ko'pkursi emas), telefon (durovoz emas), samolyot (uchoq emas) kabi atamalar tilimizda saqlab qolindi.

Shuningdek, iqtisodiy hayotimizda mustaqillik sharoitida buyuk burilishlar bo'lganligi sababli, ana shu reallikni ifodalovchi qator chet tilidan kirgan atamalar tayyor holda qabul qilindi: birja, diler, aksiya, audit, auditor kabi. Ana shu yo'llar bilan atamalar izga solinmoqda.

Istagan o'zbek tilida so'zlashuvchilardan ildiz nima deb so'rasangiz, o'simlikning oziqa bilan ta'minlab turadigan qismi deb javob beradi.

Lekin matematikaga daxldor kishilar bu savolga √ ishorasi, matematik amallardan biri ekanligini aytadi.

Ko'rinadiki, bir so'z umumxalq tilida bir ma'noni, ma'lum ixtisoslik sohasida esa boshqa ma'noni ifodalaydi yoki qosh so'zi umumxalq tilida «odamning yuz qismida ko'z kosasidan tepada yoysimon shaklda o'sib chiqqan yung» hamda «yon» (qoshimda o'tiribdi) ma'nolarini bildirsa, duradgorlikda boshqa ma'noni ifodalaydi.

Muayyan fan tarmoqlari, kasb-hunar sohalarida ma'lum tushunchalarni aniq ifodalash uchun umumxalq tilida ishlatilayotgan so'zlardan ma'nosini maxsuslashtirish yo'li bilan foydalaniladi. Masalan, yuqorida keltirilgan misolda matematik tushuncha uchun umumxalq tilidan ildiz so'zining ma'nosini maxsuslashtirish yo'li bilan olingan. Agar umumxalq tilida ana shunday so'zlarni topish imkoniyati bo'lmasa, u vaqtda boshqa tillardan tayyor holda olinadi. Masalan, fonema, valentlik, element, sinus, kosinus va boshqalar.

Ma'lum fan yoki kasb-hunar sohasidagi muayyan bir tushunchani aniq ifodalash uchun ma'nosi maxsuslashtirilgan so'z yoki so'z birikmalariga atama (termin) deyiladi.
Savol va topshiriqlar
1. Atama deganda nimani tushunasiz?

2. Atama qanday hosil qilinadi?

3. Atamaning umumxalq so'zidan qanday farqi bor?

4. Atamalarni yasash va ularni tartibga solish muammolari tilshunoslikning qaysi bo'limida o'rganiladi?


76- mashq. Geografiya faniga oid atamalarni izohi bilan ko'chiring. Namuna: garmsel — issiq (quruq) shamol.

Durbin, vulqon, atlas, gerbariy, gipoteza, materiklar, kanal, kontur karta, magnit, mineral, meteorologiya, radiatsiya, toponim, ekvator, yupiter, qo'ltiq, balans, biosfera.


77- mashq. «Amir Temur davrida davlat boshqaruvida ayollar» mavzusida matn tuzing. Matn ichida quyidagi atamalarni ham qo'llang.

Saroy, manbashunoslik, elchi, etnograf, sharqshunos, mohir siyosatchi, sulola, musiqachi, davlat, meros, tillaqosh, baldoq, chopon, qilich, kamar, muzey.


78- mashq. 3 guruhga bo’lining. Belgilangan qisqa muddat ichida 1-qator ilm-fanga oid, 2-qator san'at va madaniyatga, 3-qator texnikaga oid atamalarni navbat bilan yozuv taxtasiga yozing. Qaysi guruh atamalarni ko'p va to'g'ri topa olsa, o'sha guruh g'olib deb topiladi.

8-dars. ATAMASHUNOSLIK MUAMMOLARI
Reja:

  1. Atamashunoslikning bugungi muammolari.

  2. Ularni (atamalarni) tartibga solish.

Har qanday fan sohalarining rivojida shu fanga doir atamalarni izga solish katta ahamiyatga ega.

Istiqlolga erishgunga qadar o'zbek ilmiy-texnikaviy va boshqa sohalardagi atamalarning rivojiga e'tibor berilmadi. Natijada atamalarning ko'pchiligi rus tilida qanday bo'lsa, shundayligicha olindi. Masalan, spravka, doklad, kanselyariya va boshqalar.

Mustaqillik sharoitida atamalarni izga solish eng dolzarb vazifalardandir.

Atamalarni tartibga solish harakati mustaqillikning ilk davrlarida turli yo'sinda olib borildi: a) rus tilidan va bu til orqali Yevropa tillaridan kirib kelgan atamalarning o'rniga arab-fors tilidan atamalar tanlash: aeroport o'rniga tayyoragoh; samolyot o'rniga tayyora; institut o'rniga oliygoh, rayon o'rniga nohiya, radio o'rniga ovoznigor, telefon o'rniga durovoz kabilar; b) rus tilidan va bu til orqali Yevropa tillaridan kirib kelgan atamalarning o'zbek tilining ichki imkoniyatlarini qidirib, o'zbekcha muqobillarini topish. Agar muqobili bo'lmasa, boshqa tillardan olingan atamalarni o'zbek tili fonetik qonuniyatiga moslashtirib qo'llash. Masalan, aksiya — hissa, aksioner — hissador, kanselyariya - devonxona, pechat — muhr, gimn — madhiya, tamojnya— bojxona, bank — banka, samolyot — samolyot, vertolyot — vertolyot, raketa — raketa, tank — tank, telefon — telefon, kompyuter — kompyuter kabi. Atamalarni izga solishning keyingi yo'li istiqbolli yo'l ekanligijiammaga ayon bo'ldi, chunki boshqa tillardan atama qabul qilmaydigan birorta ham til yo'q. Masalan, telefon, kompyuter atamalari dunyoning hamma tillariga kirib borgan.

Hozirgi kunimizda o'zbek tili birja, dizayn, lizing, marketing, menejment, monitoring, audit singari yuzlab boshqa tillardan olingan atamalar hisobiga boyib bormoqda.



Savol va topshiriqlar
1. Atamalarni tartibga solishga qanday zaruriyat tug'ildi?

2. Atamalarni tartibga solishning qaysi yo'llarini bilasiz va qaysisi sizga ma'qulroq?

3. Iqtisodiyot sohasida qabul qilingan beshta yangi atama toping va ular ishtirokida gap tuzing.
81-mashq. Uyga topshiriq. «O'lmas navolar» mavzusida insho yozing. San'atshunoslikka oid atamalardan foydalaning. Inshoga quyidagi to'rtlikni epigraf qilib oling.

San'atga baxsh umrning so'ngsiz mo'jizasi bor,

U dunyoni tark etsa, undan dunyo qoladi.

Inson umri sarhadli, qo'shiq umri poyindor,

Navosiz yuraklardan o'lmas navo qoladi.
83- mashq. Grammatik o'yin — topshiriq. Ikki guruhga bo'lining. Tilshunoslikka ) oid atamalardan foydalanib, tez aytish bo'yicha so'z zanjiri tuzing.

Bunda so'zning oxiridagi tovushga qarab, ikki guruh shu tovushdan boshlanuvchi so'z aytadi.




I guruh

ko'makchi

olmosh

adabiy til



yasovchi

II guruh

imlo


sheva

leksikologiya

ibora



O'ZBEK TILI LEKSIKASINING RIVOJLANISHI.

O'ZBEK TILI LEKSIKASINING BOYISH MANBALARI
R e j a:

1. Leksika tarkibidagi o'zgarishlarning sabablari.

2. Ayrim leksemalarning eskirishi va uning sabablari: arxaizmlar va istorizmlar (tarixiy so'zlar).

3. Yangi so'zlarning paydo bo'lish sabablari.

4. Neologizmlar.

Bizni qurshab turgan olamdagi hamma narsa va hodisalar uzluksiz o'sishda-rivojlanishdadir. Masalan, hovlingizga ko'chat ekdingiz. U ko'karib, asta-sekin rivojlana boshlaydi, lekin uning rivojlanish jarayonini oddiy ko'z bilan kuzata olmaysiz. Ko'chat ekilgan holat bilan uning bir necha oy yoki yil o'tgandan keyingi holatini solishtirsangiz, undagi ro'y bergan o'zgarishlarni payqaysiz.

Xuddi shuningdek, siz bilan biz gaplashib turgan til ham muttasil rivojlanishda, o'zgarishdadir. Bu o'zgarishlarni shu tilning ikki davr oralig'idagi holatiga qarab bilib olamiz. Masalan, Navoiy tili bilan hozirgi davrdagi o'zbek tili yoki Fitrat, Cho'lponlar davri bilan bugungi o'zbek tilini solishtirsak, bu ikki davr oralig'ida ro'y bergan o'zgarishlar leksikada ko'proq aks etganini sezishimiz mumkin.

Ko'rinadiki, bunday o'zgarishlar tilning lug'at jamg'armasida ko'proq namoyon bo'ladi, chunki xalqimiz tarixida ro'y bergan iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy o'zgarishlar tufayli yangi so'zlar kirib keladi, ayrim so'zlar iste'moldan chiqib ketadi. Masalan, eski o'zbek tiliga xos cherik (askar), o'ko'sh (ko'p), talim (bir qancha) singari so'zlar bugungi kunda qollanilmaydi.



Ular o'zbek tili leksikasining eskirgan qatlamini tashkil qiladi. Ularga nisbatan eskirgan so'zlar yoki arxaizmlar va istorizmlar atamasi ishlatiladi.

Bunga zid o'laroq, konsalting, audit, summit singari so'zlar esa tilimizga endigina kirib kelyapti. Ular yangi paydo bo'lgan so'zlar, ya'ni neologizmlar sanaladi.

Sobiq sho'rolar davrida siyosiy byuro, pioner, komsomol, oktabrat singari so'z va birikmalari faol qo'llanilgan bo'lsa, mustaqillik sharoitida bunday so'zlarni ifodalaydigan tushunchalarga hayotda o'rin qolmadi. Shuning uchun ular iste'moldan chiqib ketdi. Hozirgi kunda yangicha davlat va xo'jalik boshqaruviga, bozor iqtisodiyotiga doir bir qator yangi so'zlar paydo bo'ldi. Ayrim eski o'zbek tilida qo'llanilgan so'zlar yangitdan olib kirildi. Masalan, hokimiyat, hokimlik, vazir, vazirlik, devonxona va boshqalar.

Shunday qilib, o'zbek tili leksikasi turmushimiz uchun keraksiz bo'lib qolgan tushunchalarni bildiruvchi so'zlarning iste'moldan chiqib ketishi, yangi paydo bo'lgan tushunchalarni ifodalovchi so'zlarning esa kirib kelishi hisobiga doimo o'zgarib, rivojlanib, boyib boradi.
Savol va topshiriqlar
1. Tilning rivojlanishi deganda nimani tushunasiz?

2. O'zbek tili leksikasidagi o'zgarishlar haqida gapiring.

3. Mustaqillik sharoitida yangi paydo bo'lgan so'zlarni ayting.

93- mashq. Quyidagi arxaik so'zlarga ma'no jihatdan muqobil zamonaviy so'zlar toping.

Bitik, cherik, etmak, yog'iy, dubulg'a, firqa, yovuq, handasa, fasohat, fiqh.


O'ZBEK TILI LEKSIKASINING BOYISH MANBALARI
R e j a:

1. O'zbek tili leksikasining boyish manbalari haqida.

2. Ichki imkoniyatlar asosida o'zbek tilining boyishi.

3. Boshqa tillardan so'z olish asosida leksikaning boyishi.


O'zbek tili leksikasi bir qancha manbalar asosida boyib, rivojlanib boradi. Ularni, eng avvalo, ikki katta guruhga ajratish mumkin: 1) o'z ichki imkoniyatlari asosida; 2) boshqa tillardan so'z olish asosida. Ularning birinchisi ichki manbalar, ikkinchisi esa tashqi manbalar sanaladi.

1. O'zbek tili leksikasining birinchi yo'l bilan boyib borish imkoniyatlari juda kengdir. Masalan, a) ilgari qo'Ilanilib, keyin iste'moldan chiqib ketgan so'zlardan yangi tushunchalarni ifodalash uchun foydalanish: vazir, hokim, viloyat, shirkat, noib, tuman kabi; b) yasovchi qo'shimchalar yordamida yangi so'z yasash: uyali telefon, omonatchi, pudratchi, bojxona, auditchi (auditor), dizaynchi (dizayner) vaboshqalar; d) dialektal so'zlarni faollashtirish: mengzamoq (Xorazm) «o'xshatmoq», «tenglashtirmoq», «qiyoslamoq» ma'nosida.

2. O'zbek tili leksikasi tashqi manbalar asosida ham boyib bormoqda. Dunyoda boshqa tillardan so'z olmasdan faqat o'z ichki imkoniyatlari asosidagina rivojlanadigan birorta ham til yo'q. Bundan o'zbek tili ham mustasno emas. Faqat ma'lum zarurat tufayli yangi tushunchani ifodalovchi o'z tilimizning ichki imkoniyatlari asosida ifodalab bo'lmagandagina tashqi manbalarga murojaat qilish foydalidir. Bobolarimiz Mahmud Koshg'ariy, Alisher Navoiylar ham shunga da'vat qilganlar.

Keyingi davrlarda tilimizga Yevropa tillaridan bir qancha so'zlar yangi tushunchalar bilan birgalikda kirib keldi. Masalan, monitoring, diler, skayner kabi.

Bularning hammasi o'zbek tili leksik imkoniyatlarini kengaytirib, boyitmoqda
Quyidagi chizmani daftaringizga ko’chiring va uni yodda saqlang.



96- mashq. Uyga topshiriq. Yuqorida berilgan chizmaning har biriga misollar yozing.
97- mashq. O'zlashma so'zlarning qaysi tilga oid ekanligini ko'rsating (arabcha, forscha, lotincha, ruscha)

Saodat, taxt, mashina, a'lo, she'r, karaxt, badjahl, shoir, maorif, xo'roz, gazeta, baxt, ruchka, sehr, stol, bioximiya, dazmol, ruxsat, ro'za, qoida, sur'at, obyekt, donishmand, parta, paravoz, muomala.



98- mashq. O'zbek tili leksikasining tashqi manba asosida boyishiga misollar ko'chiring.

99- mashq. Quyidagi matnni ko'chiring. Rus tilidan hamda arab va fors-tojik tilidan o'zlashgan so'zlarni alohida-alohida ko'chiring.
Savol va topshiriqlar
1. O'zbek tili leksikasi qaysi yo'llar bilan boyib, rivojlanib bormoqda?

2. Leksikaning ichki manbalar asosida rivojlanishi deganda nimani tushunasiz va ularning usullari qanday?

3. Tashqi manbalarga qanday holatlarda murojaat etiladi?

Quyidagi chizmani daftaringizga ko'chiring va uni yodda saqlang.


100- mashq. Tilimiz taraqqiyotida sinonimlar muhim ahamiyatga ega bo'lib, u ikki xil baza asosida paydo bo'ladi: tilning ichki imkoniyatlari asosida va boshqa tildan so'z olish natijasida. E'tibor bering!


1. Tojik tilida

chorpoya


olov

chopon


kissa

dasta


buqa

jilt


oftob

osmon


2. O'zbek tilida

so'ri


o't

to'n


cho'ntak

sop


novvos

muqova


quyosh

ko'k

Tojik tilidan so'z o'tish natijasida qo'shma va juft so'zlar ham paydo bo'lgan.

Bosh (pana), qon (xo'r), qo'sh (nay), shirin (so'z), yalang (bosh), qahr-g'azab, to'y-tomosha, sog'-salomat, achchiq-chuchuk.


101- mashq. Berilgan so'zlar qaysi tillardan o'zbek tilining leksik qatlamiga o'zlashganligini lug'at yordamida aniqlang. Bu so'zlarning o'zbek tilida qo'llanish sabablarini tushuntiring.

Sport taym, lizing, aviatsiya, garaj, okean, xorijiy kompaniyalar, firma, kooperativ, avans, sug'urta, aksiya, apelsin, limon, lenta, pyesa, epos, kokteyl, obyekt.



9-dars. QO'LLANILISH DOIRASI CHEGARALANMAGAN VA CHEGARALANGAN SO'ZLAR. NOMSHUNOSLIK
R e j a:

1. So'zlarning qo'llanish doirasiga ko'ra tasnifi.

2. Qo'llanish doirasi chegaralanmagan so'zlar (umumiste'moldagi so'zlar).

3. Qo'llanish doirasi chegaralangan so'zlar.


So'zlar qo'llanilish doirasiga ko'ra chegaralanmagan va chegaralangan so'zlarga bo'linadi.
1   2   3   4   5


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©atelim.com 2016
rəhbərliyinə müraciət